Hatto omad ham qattiq mehnatga, oʻrganishga va natijalarga bogʻliq.
Siz qattiq ishlagan, koʻproq tajribaga ega boʻlgan va koʻproq natijalarga erishgan sari koʻproq omadli boʻlib borasiz.
Bu nimadan? Avvalo omad kerakli vaqtda kerakli joyda boʻlib qolishdir. Oʻsha kerakli vaqtda kerakli joyda oʻsha omadni ushlab qolish uchun tayyor boʻlib yetib borish endi omad emas, bu oʻsha darajaga yetgan shaxsiyatdir.
Masalan, deylik matematikadan olimpiada soʻnggi bosqichida eng oson savol sizga tushdi va gʻolib boʻldingiz. Lekin, buni omad desangiz, siz oʻsha olimpiada finaliga yetib keladigan darajada yillar davomida matematikani oʻrgangansiz.
Mehnat, tajriba, natijalar, shaxsiyat muhim. Omad boʻlsa oʻzi keladi, siz shunchaki oʻsha imkoniyatni ushlab qoladigan darajada boʻlasiz yoki yoʻq. Siz shaxs sifatida tayyor boʻlsangiz, omad (hayotning bonuslari) bir joyda boʻlmasa, boshqa joyda albatta keladi.
@allaevuzb
Kecha Prezident va tadbirkorlar uchrashuvida davlat rahbari aytib o‘tgan 10ta qiziqarli ma’lumot:
1. Joriy yilda O‘zbekistonda startaplarga tashqaridan 134 million AQSH dollari investitsiya qilingan. Faoliyatini noldan boshlab, aylanmasini 10 million AQSH dollaridan oshirgan startaplar soni 50tadan oshgan. O‘
2. O‘zbekistonda band aholining 52 foizi xizmat sohasida ishlamoqda. Ishlab turgan firmalarning 68 foizi xizmat sohasida.
3. O‘zbekistonda yiliga 250 trillion so‘mlik davlat xaridlari amalga oshiriladi.
4. Yon qo‘shnilarimiz importi 90 mlrd dollar, unda bizning ulushimiz 4 foiz. MDH importi 500 mlrd dollar va bizning ulushimiz 2 foiz
5. 2024-yilda 7 oyda eksport 13 foizga oshgan, umumiy raqam 10 mlrd AQSH dollaridan o‘tgan.
6. O‘zbekiston 2026-yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi.
7. Davlat banklari bergan kreditning 92 trillion so‘mi yoki 30 foizi 10ta yirik davlat korxonasiga to‘g‘ri keladi.
8. O‘tkazilgan so‘rovnomada tadbirkorlarning 38 foizi Islom moliyasi asosida kredit olish istagini bildirgan.
9. Xalqaro moliya korporatsiyasiga ko‘ra O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik faktoring xizmatiga talab bor.
10. 100tadan ortiq xodimi bor korxonalar soni 3000taga yaqinlashgan, ularda 440 000ta ish o‘rni yaratilgan. Xususiy sektordan 5 million so‘mdan ortiq maosh oladigan ishchilar soni 1 milliontadan oshadi. 370 mingtasi 10 milliondan ortiq maosh oladi.
va qo‘shimcha, bu yili tadbirkorlarning tovar aylanmasi 25 foizga ko‘payib, 986 trillion so‘mga yetgan.
@allaevuzb
Bugun 20-avgust mamlakatimizda tadbirkorlar kuni. Bu bilan barcha tadbirkorlarni yaʼni hamkasblarni tabriklayman. Ularning fidoyiligi, kurashuvchanligi va matonatini qoʻrqmasdan barchaga oʻrnak qilib koʻrsatish mumkin.
Oʻzim tadbirkorman, yaxshi bilaman, siz boshqalardan farqli ravishda har kuni kurashasiz, nafaqat oʻzingiz, balki jamoangiz, oilangiz va siz sabab bevosita yoki bilvosita tirikchilik qilayotgan insonlar uchun ham kurashasiz. Siz har kuni qiyinchiliklarga duch kelasiz, yangi yoʻllarni izlaysiz va gʻoyalaringizni amalga oshirasiz.
Sizning tadbirkorlikka boʻlgan ishtiyoqingiz mamlakat iqtisodiyotini oʻstiradi, ish oʻrinlari yaratadi, ijtimoiy tizimni yaxshilaydi va innovatsiyalarni rivojlantiradi. Sizning masʼuliyat va muammolardan qoʻrqmasdan orzular sari harakatingiz bugungi va kelajak avlodlar uchun ilhomlantiruvchi ibratdir.Bu kun sizga mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishidagi rolingiz muhimligini eslatib tursin. Soliqlaringiz orqalimi, ish oʻrinlari orqalimi, yaratgan qulaylik va innovatsiyangiz orqalimi, yaxshi kelajak qurishga qoʻshgan hissangiz va sadoqatingiz uchun siz qahramonsiz.
Tadbirkorlik ruhini oʻzida mujassam etgan va hayotimizga ijobiy oʻzgarishlar kiritayotgan barcha tadbirkorlarni bayram bilan tabriklayman.
Tadbirkorlar kuni muborak!
@allaevuzb
Prezident matbuot kotibi kanalida davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi murojaati yoritib borilmoqda. Yangiliklar orasida uzoq kutilgan yaxshilari bor.
Kuzatib borish: /channel/Press_Secretary_Uz
Astrologiya va astronomiya.
ko'pincha aralashib ketadigan ikki soha, bir-biridan juda farq qiladi. Astronomiya — bu kosmosdagi yulduzlar, planetalar va galaktikalar haqida ilmiy o'rganishdir. U kosmik jismlarning harakatlarini, tuzilishini va tarixini tadqiq etadi.
Astrologiya esa odamlarning tug'ilgan vaqti va joyiga asoslanib, ularning shaxsiy xususiyatlari va hayot yo'nalishini bashorat qilishga harakat qiladi. Bu qadimiy amaliyot bo'lib, ilmiy asosga ega emas.
Shunday qilib, astronomiya — bu ilm, astrologiya esa ko'proq ijtimoiy va madaniy qadriyatlar bilan bog'liq.
To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=VSUDz47grTY&t=8s
Ичимлик сувидан қарзи борларга кредит бермаслик таклиф қилинмоқда
Ўзбекистонда истеъмолчиларнинг ичимлик суви ва канализация хизматларидан қарздорлиги сал кам 1 трлн сўмга етган. Мавжуд 5 млн хонадондан ярмида қарздорлик мавжуд.
“Ўзсувтаъминот” компанияси вакили ҳозирда қарздорлиги бор истеъмолчиларга кредит бермаслик тизим ишлаб чиқалоётганини маълум қилди.
Агар истеъмолчининг номида уй бўлмаса-да, лекин у рўйхатда турадиган хонадон сув таъминоти тизимидан қарздор бўлса ҳам, ҳеч қайси турдаги кредит берилмаслиги айтилмоқда.
Бу жуда ёмон қарор ва иқтисодчи Отабек Бакиров бир неча сабабларни келтириб ўтди. Сув тизимидаги муаммоларни банклар бўйнига олмаслиги керак.
@bankir
AQSH va Xitoyni savdo urushi, aslida Oʻzbekiston uchun imkoniyat boʻlishi kerak edi, lekin biz bu narsadan barcha notoʻgʻri xulosalarni chiqarmoqdamiz — ularga oʻxshab boj qoʻyish kerak deb oʻylayapmiz. Keling toʻgʻri xulosa qilganlar haqida aytay.
The Economist yozishicha, Xitoyning “grinfild” toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari (bor narsani sotib olish emas, yangi shaxta yoki zavod qurishga boʻlgan sarmoyalar grinfild deyiladi) oʻtgan yili rekord darajadagi 162 milliard dollarga yetdi. Bu bir yil avvalgi 50 milliard dollardan koʻproq boʻlib, deyarli toʻrtdan uch qismi ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Buning sababi: Xitoy firmalari ishlab chiqarishni boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga oʻtkazish orqali savdo toʻsiqlarini chetlab oʻtishmoqda.
Bu narsa ancha oldin boshlangan edi: 2012-yilda [JSTning] antidemping qoidalariga nomufoviq harakatlari uchun Amerika bozoridan chiqib ketgan quyosh panellari kompaniyalari boshlab berishgan edilar. Amerika hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri Xitoydan deyarli quyosh panellarini import qilmaydi. Lekin dunyodagi uchta eng yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari JinkoSolar, Trina Solar va Longi Janubiy-Sharqiy Osiyodan katta zavodlar qurishgan, ana oʻsha yerda ishlab chiqarilgan panellarini AQSh korxonalari sotib olishmoqda. Shu Xitoy korxonalari uchun eng katta mijoz hali ham AQSh, lekin nyuans shundaki, ular ishlab chiqarayotgan davlat oʻzgargan.
Nima demoqchi boʻlganim endi ayondir?
Xitoy elektromobillariga AQSH bojlarni oshirgani haqida eshitdik, endi esa Iyul oyida BYD kompaniyasi Tailandda Janubiy-Sharqiy Osiyoda birinchi avtomobil zavodini ochdi. Xitoyning CATL akkumulyator firmasi esa Janubiy-Sharqiy Osiyoda ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va Marokash va Turkiyaga sarmoya kiritmoqchi. Malayziya, Vyetnam, Misr kabi mamlakatlar hozir juda katta hajmda Xitoydan sanoatga boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini olib kelib AQSH va Yevropaga Xitoy texnologiyalari va brendlari asosida eksportni yoʻlga qoʻyish bilan mashgʻullar.
AQSH cheklovlar kiritganida ham, juda koʻp OAVlarda taxminlar chiqqan edi — “BYD endi Meksikada zavod quradimi” degan — chunki Shimoliy Amerika erkin savdo bitimiga koʻra, Meksikada ishlab chiqarilgan tovarlar AQSHga bojsiz kiritiladi. Albatta dunyodagi eng katta avtomobil bozorini taʼminlash uchun Xitoy korxonalari harakat qilib koʻrishlarida hech kim shubha qilmayapti.
Endi Oʻzbekistonga buni nima aloqasi bor?
Toʻgʻridan toʻgʻri aloqasi bor. Oʻzbekistondan ishlab chiqarilgan tovar AQSHga borishi uchun cheklovlar yoʻq — toʻgʻri biz hali ham JST aʼzosi emasmiz (boʻlishimiz ham no aniq), lekin alohida baland bojlar belgilanmagan. Demak biz ham janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari kabi yoʻl tutsak boʻlar edi — Xitoy korxonalari va sarmoyasiga qurilgan zavodlardagi tovarlarni chet el bozoriga, jumladan AQSH bozoriga eksport uchun ishlatishimiz mumkin edi, lekin biz boshqa yoʻlni tanladik. Kichik bozorga qaratmoqdamiz diqqatni. Biz ham BYD zavodini ishga tushirganda maqsadni chet el bozorlari uchun qoʻyganimizda, bu narsa mahalliy isteʼmolchilarga oʻlpon va oʻgʻir yuk boʻlib tushmas edi. Xuddi janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari quyosh panellari bozorida yetakchilikni olib olgani kabi, Xitoy texnologiyalarida asosida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni gʻarb mamlakatlariga eksport qilishini maqsad qilib olishimiz mumkin edi. Bu narsa ham bizni iqtisodiyotimizni samaradorlikni ham oʻsha korxonalarni moliyaviy ahvolini yaxshilar edi.
Yakshanba aksiyasini kutganlarga, bugun xarid qilingan har 3 kitobga bitta kitob qoʻshib sovgʻa qilamiz.
Aksiya internet doʻkon orqali xaridlarga ham, kitob doʻkonlarimizda ham birdek amal qiladi.
Maqsadsiz erkak baxtsiz hayot kechiradi.
Shu narsani har bir yosh yigitga yetkazishimiz kerak. Oxirgi vaqtda ko'p yoshlar bilan gaplashib, aksari nima xohlashini bilmasligini ko'rdim. Nima xohlashini bilmagani, aniq maqsadi bo'lmagani uchun ham umri shunchaki Tik Tok, o'yinlar va nimadirlar bilan o'tib ketadi. Komfort zonaga o'chlik ham juda kuchli. Biroz o'sha komfort zonadan chiqib jon kuydirish og'irlik qiladi.
Biz erkaklar mavjudot sifatida ovchimiz. Oila mas'uliyati ertaga bizni bo'ynimizda bo'ladi. Kuchli bo'lib, birinchisi kuchli juftga ega chiqishimiz, keyin ularga bosh bo'lishimiz, oilani ta'minlashimiz kerak. Bizni kuchsiz bo'lishga, maqsadsiz o'z iziga qo'yib yashashga, shunchaki komfortni katta qadamlardan ustun ko'rishga haqqimiz yo'q. Erkak bo'lmoqchimisan, maqsad qo'yib, ovga chiqib, o'lja ovlab yashashga majbursan. Bu sening taqdiring.
Shu uchun kichikdan boshlab kattagacha aniq maqsad qo'yib, o'shanga qarab harakat qilishni yosh yigitlarimizga o'rgatishimiz kerak.
Erkakni shunchaki pul, stabil oiladan tashqari harakat orqali maqsadga erishish ham (o'lja ovlash) baxtli qiladi. U maqsad programmist bo'lib dastur yozish, quruvchi bo'lib uy qurish, shunchaki mashina yoki uy olish, xohlagan natija olib keladigan narsa bo'lishi mumkin. Maqsadlarga qancha ko'p erishilsa, (qancha ko'p o'lja ovlansa), shuncha testosteron ham oshib borib, erkak charxlanadi. Harakat va maqsadga erishish bizning tabiatimizning bir qismi.
@allaevuzb
"Profi"ni nechta abituriyent tanladi?
⚡️ Shu vaqtgacha "Profi University"da 10 dan ziyod kirish imtihonlari o'tkazildi. Va ularning har biriga qatnashgan abituriyentlarning hayajonlari, samimiy tabassumlari va imtihoni jarayonini Sizlar bilan bo'lishdik.
Xo'sh, hozirgacha necha abituriyent "Profi University"ni tanladi?
2024-yilning 15-avgust holatiga ko'ra, 32407 nafar abituriyent Profi University'ga kirish imtihonlarida qatnashdi, 6328 nafar abituriyent esa talabalikka tavsiya etildi. Qabul qilinganlarning 1546 nafari 2024-2025 o'quv yilida "Profi University"da stipendiya asosida tahsil oladi.
Keyingi imtihonlarga qadar ro'yxatdan o'tib, imtihonda qatnashishingiz mumkin, ehtimol, keyingi stipendiya asosida o'qishga qabul qilinadigan abituriyent Siz bo'larsiz!
📌Navbatdagi kirish imtihoni 23.08.2024 soat 10:00da bo'lib o'tadi
☎️ 78-777-11-11
——-
Сколько абитуриентов выбрали «Profi»?
⚡️ На данный момент в «Profi University» проведено более 10 вступительных экзаменов. Мы делились с вами волнением, эмоциями, искренними улыбками абитуриентов, участвующих в каждом из них, а также атмосферой экзаменов. Так сколько абитуриентов выбрали Profi University?
На 14 августа 2024 года 32407 абитуриентов прошли вступительные экзамены, и 6328 абитуриентов были рекомендованы к поступлению в студенты. Среди поступивших 1546 будут учиться на основе стипендии в «Profi University» в 2024-2025 учебном году.
Вы можете зарегистрироваться прямо сейчас и сдать экзамен.
До следующих вступительных экзаменов, возможно, именно Вы станете следующим претендентом на стипендию!
📌 Следующий вступительный экзамен состоится 23.08.24 в 10:00
☎️ 78-777-11-11
@profiuniversity
Кўникишимиз зарур бўлган муҳим нарсалардан яна бири рақобатдир. Олдин дунё жуда локал характерга эга бўлган. Тарихчи Роберт Гордон ёзмоқда, бир аср олдин америкаликларни 75 фоизида на телефон, на изчил почта хизмати бўлган. Бу рақобатни маҳаллий рамкада ушлаб турган.
Ёки ўзимизда ҳам 2016 йилгача бўлган ёпиқлик бизни иҳоталаган. Ҳозир реаллик бошқа, биз доимий ўсадиган рақобат муҳитида яшашга мажбурмиз. Глобал дунё ҳаммага бутун дунё эшигини очмоқда. Энди сизга дунёнинг хоҳлаган нуқтасидаги хоҳлаган инсон рақиб бўлиши мумкин. Бизда ҳали кадрлар ва бизнесда чет элликлар билан рақобат кучли даражага етмади, лекин ҳаммаси олдинда.
Масалан, бир чекка тумандан келган йигит стоматолог бўлиб туманга қайтиб борди. У янги билимлари билан тумандаги бошқа стоматологларга рақобат қилиши мумкин. Нари борса қўшни тумандан кимдир келиб рақобат қилади. Лекин, бир неча йилдан кейин ўша туманда у билан ҳинд, хитойлик, рус ёки турк стоматологи рақобат қилишини ўйланг. Ҳозир бу ҳали узоқдек туюлиши мумкин. Лекин, кафе ресторанлар, қурилиш ёки текстил каби соҳаларда бу жараён аллақачон бошланган.
Глобал дунё эшик очмоқда дедик, ана у стоматолог йигит зўр бўлиб Италиядага чекка туманга бориб, у ердаги стоматологларга рақиб бўлиши, ўша ердаги маҳаллий гўзални уни орзусида юрган Лучиодан тортиб олиши имкони ҳам бор.
Глобал рақобатда ўз ўрнимиз бўлиши учун бундан кейин рақобат доимий ўсиб боришини тан олишга, ундан кейин рақобатлашишни ўрганишга маҳкуммиз.
@allaevuzb
Bloomberg дунё бойлари янги рейтинги эълон қилди.
— Илон Маск (Tesla, Space X ва б) 235 млрд $ билан энг бой бўлиб қолмоқда;
— Джефф Безос (Amazon) $193 млрд билан иккинчи ўринда;
— Марк Зукерберг (Meta) 188 млрд $ билан учинчи ўринга чиқиб олди
— LVMH эгаси Бернар Арно рейтингда тўртинчи ўринга тушиб кетди. Бойлиги 184 млрд $.
@allaevuzb
Солиқ кодексига ўзгартириш киритилмоқда
Тегишли қонун лойиҳаси билан, юқори барқарорлик рейтингидаги тадбиркорлик субъектларини рағбатлантириш мақсадида, уларда солиқ текширувларини ўтказмаслик ва ҚҚС суммаси ўрнини қоплашни 1 кун муддатда текширувларсиз амалга оширишни жорий қилиш таклиф этилмоқда.
Шунингдек, бошқа солиқлар бўйича мавжуд ортиқча тўлов суммасини қайтаришни 3 кун муддатда амалга ошириш, тадбиркорлик субектлари ҳуқуқларининг самарали ҳимоя қилинишини таъминлаш ҳамда айрим бюрократик тартиб-таомилларни бекор қилишга қаратилган ўзгартиришлар киритиш назарда тутилмоқда.
👉 @bahodirahmedoff 👈
Олдинги пост давоми:
Ҳудудларда шошилинч эвакуация кетмоқда. Ҳозирча 76 минг ман кўрган энг катта рақам. Аҳолига эвакуация учун 1000 рубль ( 1 400 000 Сўм)дан пул берилмоқда. Бу аллақачон кулгига сабаб бўлди.
Курскда бутун дунё қўрқадигани атом электр станцияси бор. Ҳали украинлар АЭСдан узоқ бўлишсада, қўлга олишган тақдирда вазият бутунлар издан чиқади.
Асосий савол украинлар олдинда давом этишадими ва эгалланган ҳудудда ўз позицияларини мустаҳкамлаб билишадими? Муҳими Украина бу ҳужум билан вазиятни кескин ўзгартирди. Энди муаммога ечим топиш учун Москва қайсидир ресурсни бу йўналишга йўналтиришга мажбур бўлади. Агар фронтнинг бир қисми йўналтирилса, унда рус қўшинлари фронтда кучсизланади ва украинларга бошқа имконият очиб беришади. Бунақа мураккаб ҳолат эҳтимолий музокараларда ҳам украинларнинг позициясини кескин мустаҳкамлади.
Шунақа қилиб 2022 йил февралда 3 кунда Киевни эгаллаш учун бошланган босқин русларнинг сезиларли ҳудуди босиб олиниши билан давом этмоқда. Кейинги кунларда воқеалар ривожи бутун дунёга қизиқ бўлса керак.
@allaevuzb
Dunyoda eng koʻp turist boradigan davlatlar reytingi. Bir necha oʻn yildan beri Fransiya dunyoning eng turistik davlati boʻlib qolmoqda. 2023-yilda mamlakatga 89.4 mln turist boribdi. Olimpiada sabab 2024 bundan ham koʻp boʻlsa kerak.
Agar mana shu roʻyxatda ham 15talikka kirishni uddalasak iqtisodimiz, xizmat koʻrsatish, infratuzilma, umuman YaIM butunlay boshqa darajaga chiqadi.
@allaevuzb
Yoshligimizning yana bir qismi ketdi, "Mail.ru agent" xizmati yopilibdi.
ICQdan so‘ng VK kompaniyasi "Agent Mail.ru"ni ham yopdi. Bu xizmat dastlab Mail.ru pochta xizmatiuchun xabarnoma vositasi sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan to‘laqonli messenjerga aylanib, 20 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatdi. Kompaniya yopilish haqida batafsil ma’lumot berdi.
"Agent Mail.ru" 2003-yil mayda elektron xatlar haqida xabarnoma olish vositasi sifatida ishga tushib, o‘sha yilning noyabrida esa messenjer funksiyalariga ega bo‘ldi.
"M-Agent" deb nomlangan bu xizmat Rossiyaning birinchi internet-peyjeri hisoblanadi. Xizmatdan nafaqat kompyuterlarda, balki internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan mobil telefonlarda ham foydalanish mumkin edi," - deb ma’lum qildi Mail.ru.
O‘z rivojlanishining cho‘qqisida "Agent Mail.ru" audio va video qo‘ng‘iroqlarni, "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i funksiyalarining bir qismini, "Mening dunyoyim" musiqiy pleyerini, ICQ bilan integratsiyani, video ko‘rish imkoniyatini, ob-havo ma’lumotlari xizmatidan foydalanishni va boshqa ko‘plab funksiyalarni qo‘llab-quvvatladi.
"Bekor qilingan" xizmat foydalanuvchilariga muqobil ravishda shaxsiy yozishmalar uchun "VK Messenger"ga va ish uchun VK Workspace’ga o‘tish taklif etilmoqda.
15 yil oldin yarim tungacha Mail ru agentdan qizlar bilan yozishib chiqqanlarimiz esga tushib ketdi. Xullas, yoshligimizdan yana bir xotira yopildi.
@allaevuzb
FIFA yaratilishi tarixi
FIFA video o'yinlar seriyasining qanday yuzaga kelgani va rivojlanganini yoritadi. Ushbu video o'yinlar seriyasi dastlab 1993-yilda EA Sports tomonidan chiqarilgan va shundan buyon futbol o'yinlari bozorida muhim o‘rin egallagan. Video yozuv FIFA o‘yinlari qanday qilib o‘yin texnologiyalari, grafikalar va o‘yinchilarning fikr-mulohazalariga asoslanib rivojlanganini, shuningdek, qanday qilib futbolning global mashhurligini oshirganini ko‘rsatadi.
To'liq videoga havola
👉https://www.youtube.com/watch?v=KmxWWSzDaCI&t=38s
Bugun Prezident tadbirkorlarga murojaatidan eʼlon qilingan 10ta katta yangilik:
1. Agar tadbirkor olgan kreditini toʻlolmasa, endi garovga qoʻyilgan mulk oʻsha vaqtdagi narxi boʻyicha hisoblanadi. Masalan, tadbirkor 10 milliard soʻmlik kredit uchun 12 milliard soʻmlik binoni qoʻydi. Tadbirkor kreditni toʻlolmasa, bank shartnomasi summa boʻyicha binoni hisoblab olardi. Lekin, mulk narxi undan beri ancha oshgan boʻlishi mumkin. Yangi tartib boʻyicha mulk qayta narxlanadi.
2. Soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda soliq hajmi 100 million soʻmda oshsa, jinoiy ish qoʻzgʻatilardi. Endi bu raqam 2 baravarga koʻpayadi yaʼni 200 million soʻmga chiqadi. Manimcha, 200 ham juda kam raqam.
3. Biznesni faoliyatini toʻxtatishga asos boʻladigan qonun buzilish holatlari qaytadan koʻrib chiqiladi. Aholining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqariladi. Reyestrga kirgan mezon boʻlmasa, tadbirkorning faoliyatini kelib toʻxtatishga organlarning haqqi boʻlmaydi.
4. Xizmat koʻrsatish sohasida aylanmasining 40 foizdan kami naqd pulda boʻlgan tadbirkorlarga toʻlangan QQSning 40 foizi, aylanmaning naqd pul qismi 40 foizdan koʻp boʻlganlarga QQSning 20 foizi keshbek qilib qaytarib beriladi. Qonuniy ishlaydigan tadbirkor boʻlsa, imkon boricha naqd toʻlovlarni kamaytiradi.
5. Yangi startaplar xorijdan olib keladigan har bir dollar investitsiyaga davlat ham 1 dollar qoʻshib investitsiya qiladi. IT Park oldida 10 AQSH million dollarlik venchur jamgʻarma shakllantiriladi.
6. Nihoyat hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvi xususiy sektorga beriladi. Oktyabrda sinov tarzida Samarqand viloyatida xususiy operator jalb qilish uchun tender boʻladi.
7. Tovar hisob-faktura va yuk xati bitta yagona hujjatga birikadi. Ularda toʻldiriladigan maʼlumotlar 49tadan 4taga pasayadi. Demak, toʻgʻri tushungan boʻlsam, schyot-faktura yuk xati oʻrniga oʻtib boshlaydi.
8. Elektr toki va gazga oʻrnatilgan limit yengillashadi. Oldin limitdan oshgan isteʼmolga tarif 2 karra oshgan. Endi, isteʼmol limitdan 20 foizdan koʻp oshmasa, bazaviy taʼrif boʻyicha toʻlanadi. 20 foizdan oshsa, tarif faqat oshgan qismiga 20 foizga oshadi.
9. Tadbirkorlarning 38 foizi Islom moliyasi asosida kredit olish istagini bildirgan. Yangi qonun loyihasi boʻyicha banklarga Islom moliyasi boʻyicha ishlashga ruxsat beriladi.
10. Mikromoliya banklari tashkil etishga ruxsat beriladi. Ularda ustav fondi uchun 50 milliard soʻm yetarli boʻladi.
Undan tashqari faktoring tashkilotlariga ruxsat berilishi, kichik biznes uchun mikrokredit hajmi 100 milliondan 300 million soʻmgacha oshirilishi kabi bir qator yaxshi eʼlonlar boʻldi.
Sifatli ijro taʼminlangan holatda, yangiliklar biznes uchun haqiqatdan foydali boʻladi deb oʻylayman.
@allaevuzb
Pul bilan baxtni sotib olib boʻlmaydi degan gapni yaxshi koʻrishadi.
Lekin, pul bilan
- sifatliroq oziq - ovqat
- sayohat
- sifatli tibbiy xizmat
- bolalaringiz uchun sifatli taʼlim
- yaxshiroq hududda qulay turar joy
- kerak boʻlganda oʻz ustingizda ishlash erkinligini
olishingiz mumkin.
Bu sizning va oilangizning, yaqinlaringizning hayot sifatida keskin aks etadi.
Hayotda yashashdan maqsad pul boʻlmasligi kerak. Lekin, uning ahamiyatini eʼtiborga olmaslik xato. Erkak kishi doimo koʻproq daromadga intilishi, borini aql bilan ishlatib koʻpaytirishga harakat qilishi zarur.
@allaevuzb
Монтжуикнинг сеҳрли фаввораси - Барселонадаги Монтжуик тепалигида жойлашган фаввора.
У 1929 йилги Бутунжаҳон кўргазмаси учун маҳаллий муҳандис Карлос Буигаснинг лойиҳаси бўйича эллипс шаклида футуристик услубда қурилган.
Майдоннинг ҳар томондан "сув экстраваганзаси" ёнида нафис мусиқалар янграйди, фонтаннинг 3620 га яқин сув сепиш нуқталари ўзининг сеҳрли рақсини ижро этади.
Ҳар йили Монтжуик фавворасига 2,5 миллионга яқин турист ташриф буюради. Каталония.
Parda Podcastning navbatdagi mehmoni yozgi olimpiada oʻyinlari gʻolibi Diyora Keldiyorova boʻlibdi.
Podcastda siz Diyorani butunlay boshqa tomondan kashf etishingiz mumkin.
https://youtu.be/8APUZ1XABJM?si=P8On9iobcSzObbY2
Anonim bot ishlamay qolgan ekan, yangilab qo'ydim. Bemalol, xohlagan masalada murojaat qilsa bo'ladi:
/channel/questianonbot?start=332983-1839_605745778b
- Har kuni 20 betdan (25 daqiqa) kitob oʻqisak, bir yilda oʻrtacha 30ta kitob oʻqiymiz
- Kuniga 100 000dan pul yigʻib borsak, koʻpaytirish hisobini olmagan taqdirda ham 36 500 000 yigʻiladi
- Har kuni 2 kmdan yugirsak bir yilda 730 km yuguramiz
- Har kuni biror aniq soha boʻyicha mutaxassislar videosini Youtubedan 25 daqiqadan koʻrib borsak, bir yilda oʻsha sohada boshlangʻich mutaxassis darajasida fundamental bilimlarga ega boʻlamiz.
Bular hammasi odat darajasiga kirib, shaxsiyatda paydo boʻladigan oʻzgarish va ishonchni raqamlarda oʻlchab boʻlmaydi.
"Atom odatlar"da gap koʼp.
@allaevuzb
Тез-тез маҳсулотнинг нархи ҳақида унинг тан нархидан келиб чиқиб хулоса қиламиз. Масалан, Apple компаниясига iPhoneни ишлаб чиқариш 250 долларга тушишини ўқиб, беш маротаба қимматига сотаётганлигини айтамиз.
Ёки 1200 сўм турган сувни, 2500 сўм сотишганини кўриб, дўконни устига бирга-бир қўйган ноинсофликда айблаймиз.
Бизнесни ичидан тушунадиганлар билишадики, операцион харажатлар бизнеснинг асосини ташкил этади. Маҳсулотнинг тан нархидан ташқари ходимларнинг маоши, ижара, солиқлар, логистика, патентлар, дастурий таъминот, маркетинг, коммунал хизматлар, интернет ва бошқа харажатлар ҳам сезиларли бўлади. Баъзида шу даражадаги, операцион харажатлар маҳсулотнинг тан нархига нисбатан анча қиммат бўлиши мумкин. Бизнесда ҳамма операцион харажатлар айнан маҳсулотнинг нархида акс этади. Одатда қайси компаниянинг асосли операцион харажатлари кўп бўлса, у ерда бизнес жараёнлар тўғрироқ йўлга қўйилган ва бу хизмат сифатида акс этган бўлади.
Шу учун ҳам нарх масаласида фикр билдирганда ҳаммаси доим нисбий. Масалан, одам гавжум жойдаги дўкон билан одам кам жойдаги дўкон нархлари ўртасида фарқ бўлиши табиий. Чунки одам гавжум жойда бир кунда 500 марта савдо, одам кам жойда 50 марта савдо бўлиши мумкин. Лекин, дўконларнинг операцион харажатлари 10 маротаба фарқ қилмаслиги мумкин. Биринчи дўкон опарацион харажатларини 500та савдо устига илдирса, иккинчи дўкон 50та савдо устига илдиради.
Шунга ўхшаб, бизнеснинг асосини маҳсулотнинг тан нархидан кўра операцион харажатлар шакллантиради. Ким бизнесда жараёнларни тўғри ташкиллаштириб, операцион харажатларни тўғри йўлга қўйиб билса, ўша ютиб чиқади.
Ғарбда «Шайтон деталларда яширинади» деган жумла бор. Ташқаридан қараб, маҳсулотга шунча нарх қўясанми ноинсоф дейиш осон. Агар, ичкаридан туриб анализ қилинса, ҳақиқий деталлар кўрилса ҳаммаси мураккаброқ бўлиб чиқади.
Юқоридаги гапларим соғлом бозор иқтисодиёти ҳолатида амал қилади. Бозордаги рақобат нархларнинг ошиб кетмаслигини таъминлайди. Монополия ҳолатига юқоридаги гаплар тўғри келмайди. Чунки монополь бошқа танлов йўқлиги учун маҳсулотини хоҳлаган нархда сота олади.
Тадбиркор ва тадбиркор бўлмоқчи бўлган дўстларимизга тавсиям, операцион харажатларга беэътибор бўлманг, уларни асоссиз ошириб юборманг. Якунда бизнесингизнинг тақдирини айнан шу харажатлар ҳал қилиб қўйиши мумкин.
@allaevuzb
Ўзбекистон тамаки маҳсулотлари контрабандасига қарши кураш янги даражага чиқади!
Сўнгги йилларда Ўзбекистонда яширин бозор қонуний бозорга нисбатан тезроқ ўсмоқда. Ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари бу ҳолатга қарши мунтазам кураш олиб бораётганига қарамасдан, фақат тамаки маҳсулотларининг ноқонуний айланмаси ҳар куни ўсиб бормоқда.
Масалан, фақат 2024 йилнинг биринчи ярмида мамлакатда 940 миллион дона ноқонуний сигарет мусодара қилинди. Ноқонуний айланма сабаб давлат бюджети 400 миллиард сўм солиқ тушумларидан маҳрум бўлгани таҳмин қилинмоқда.
Ноқонуний маҳсулотларда энг кўп қўлланилаётган схема транзит экан. Сигарета Ўзбекистонга транзит юки сифатида киради. Кейин бу сигаретлар "экспорт қилинади", аммо амалда улар бозорларда қолиб, яширин равишда сотилади. Бу ҳолат айниқса Фарғона водийсида ривожланган. Бу ҳудуд бир неча йилдан бери тамаки маҳсулотларининг ноқонуний савдоси бўйича етакчилардан бири бўлиб келмоқда.
Бу ҳолатга қарши курашиш учун Ўзбекистонда барча мумкин бўлган чоралар кўрилган, лекин асосий чора 1 сентябрдан бошлаб кучга киради. 2024 йил 3 июндаги “Алкоголь ва тамаки маҳсулотлари бозорини тартибга солиш ва унинг ноқонуний айланишини олдини олиш чораларини кучайтириш тўғрисида”ги Президент Фармонига чиққан. Унга кўра энди тамаки маҳсулотларини ташувчилар транзит товарлар учун ҳам божхона органлари ҳисобларига акциз солиғи, ҚҚС ва божхона божларига тенг суммани ўтказишлари керак бўлади. Тамаки маҳсулотлари Ўзбекистон ҳудудидан чиқиб кетганлиги тасдиқлангандан сўнг, пул маблағлари қайтарилади.
Бундан ташқари, эндиликда Ўзбекистон орқали сигаретларни фақат қабул қилувчи давлатнинг акциз маркаси қўйилган ҳолда ташиш мумкин бўлади.
Бу чоралар контрабандистларни “узилган транзит” схемасидан фойдаланиш имкониятини тўсиши керак.
Менимча, бу контрабандага қарши курашишнинг ажойиб чорасидир. Чунки курашни фақат оқибатлар билан эмас, балки сабаблар билан ҳам олиб бориш керак.
Shamol qanday ishlaydi?
Yan To'plesning “Shamol qanday ishlaydi” mavzusidagi videosi, shamolning fizikaviy prinsiplari va uning energiya ishlab chiqarishdagi roli haqida chuqur tushuncha beradi. Video shamolning qanday hosil bo'lishini, ya'ni atmosfera bosimining farqlanishi tufayli havo oqimining yuzaga kelishini tushuntiradi. Shamol, yer yuzasidagi harorat va bosim farqlari natijasida harakatlanadi, bu esa yuqori bosim zonasidan pastki bosim zonasiga havo oqimining yuzaga kelishiga olib keladi. Yan To'ples, shamolning tezligi va yo'nalishi qanday o'lchanishi, uning energiya ishlab chiqarishdagi samaradorligi va shamol turbinlarida qanday ishlatilishi haqida batafsil ma'lumot beradi. Video, shamolning tabiiy jarayonlar va texnologik qurilmalarda qanday ishlashini ko'rgazmali misollar bilan tushuntiradi.
To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=ULgoDSWIZXY
Ўзбекистон Қозоғистон томони билан икки мамлакат фуқаролари ички ҳужжат – ID-картани тақдим этган ҳолда чегарани кесиб ўтиш масаласини муҳокама қилмоқда - Президентнинг ташқи сиёсат масалалари бўйича махсус вакили Абдулазиз Комилов
Қўшниларнинг ҳаммаси билан шу ишни йўлга қўёлсак, катта ютуқ бўларди. Интеграция.
👉 @Zafarbek_Solijonov
"Farzandlarimizni ajratishimiz kerak emas, qizmi o'g'ilmi yoshligidan xato qilishga ruxsat berishimiz, qo'llab-quvvatlashimiz kerak"- Shahzoda Abdusalom.
Parda Podcast’ning navbatdagi sonida bloger Shahzoda bilan yumor va ijtimoiy masalalar, kontent qilish hamda heyterlar haqida suhbat bo’libdi.
https://youtu.be/zekxhFH_6fU?si=oo8EzLN545FVzWVX
6 август куни кутилмаганда Украина қўшинлари Россиянинг Курск регионига бостириб киришди. Ҳозирча Москва ҳужумни тўхтатолмади. Кремль руслар томонидан ҳаракатсизликда айбланмоқда, аҳолини бўлса эвакуация қилишмоқда. Кремль «новояз»да буни «хохиший эвакуация» деб номлаб ҳам бўлди. Шунақа қилиб 2022 йил февралда бошланган уруш расман Россия ҳудудига ҳам кўчди.
Охирги бир неча ой фронтда икки томонлама стабиллик пайдо бўлганди. На русларда, ну украинларда ҳужумга ўтиш учун ортиқча ресурс қолмагандек. Шу учун ҳам Украина ҳудудидаги фронт деярли ўзгаришсиз қолди. Лекин, кутилмаганда Украина фронт қолиб Россия ҳудудига ҳужумга ўтди ва ҳозирда бу кўплаб Украина ҳамкорлари учун ҳам сюрприз бўлиб қолмоқда. Воқеаларни турли хил руспараст ва Ғарб манбаларидан ўрганиб чиқиб, тармоқдаги видео ва маълумотларни солиштирдим.
Энг биринчи эътиборимни тортган нарса, бу сафар ҳатто рус ҳукумат пропаганда ОАВси ҳам воқеаларни тан олмоқда. Улар орасида паника кучли сезилмоқда.
Биринчи Россияга бостириб кирган украинлар сони 300-350та атрофида дейилган эди. Кейин, рақамлар ўзгариб бошлаган. Жиддий манба Форбес ҳозирда Россияга кирган украин қўшинларини 6-10 минг атрофида демоқда. Демак, бошида айтилганидек бу кичик гуруҳ эмас, бутун бошли қўшиндир. Бу сафар Киев бирма-бир рус қишлоқларини забт этиб, украин байроғини ўрнатиб кетмоқда. Уларга қарши ҳудудда ҳарбий хизматга жалб қилинган «чақирилувчи» нопрофессионал қўшин қўйилган. Улар деярли урушсиз ҳудудларни бўшатиб беришмоқда. Бугун маълумот чиқди, украинлар рус қўшинлари ҳаракатларини кузатиш учун маҳаллий камералар тизимини бузиб киришган ва ундан фойдаланишган. Демак, уруш IT майдонида ҳам кетмоқда.
Қўшиннинг ишини осонлаштириш учун украин ҳаво кучлари русларнинг ҳаво ҳарбий базалари ва қурол яроқ захираларига ҳужумларни кўпайтиришган. Бу рус ҳарбийларини яхшигина гангиратиб қўймоқда.
Асосий фокус энди Курскка кетганда икки кундан бери украинлар энди Белгородга ҳам ҳужум қилишгани ва бир қисм ҳудудни эгаллашгани айтилмоқда.
Бугун бир нечта манба украинлар нафақат бостириб киришмоқда, яна позицияни мустаҳкамлаш учун тизимни йўлга қўйишмоқда деб ёзди. Демак, бу шунчаки бир марталик ҳужум эмас, ҳақиқий узоқ муддатли стратегик ҳаракат. Бунда логистика эффективлиги жуда баланд бўлиб, бир томондан қўшин тўхтовсиз зарур қурол-яроқ, ёнилғи, озиқ овқат ва бошқа маҳсулотлар билан таъминласа, иккинчи томондан шу катта тезликда асирлар Украина ҳудудига ташилмоқда. Логистика, айниқса уруш логистикаси жуда мураккаблигини ҳисобга олса, шахсан ман бу тизимда Ғарбнинг ҳарбий мутахассислари яхшигина ёрдам беришяпти деб ўйлайман.
Москва тезроқ жавоб қайтариб вазиятни ўнглашга ҳаракат қилди. Лекин, бу олдиндан кўрилган экан шекилли, ҳаракатдаги рус қўшинлари тез бузиб ташланди. Айрим манбалар бунда ҲИМАРС ишлатилганлигини айтмоқда.
Аҳолини тинчлантириш учун рус ОАВси ва з блогерлар Курскка ёрдамга бораётган конвойлар видеоларини эълон қилишди. Кўринишидан бу стратегик қўпол хато бўлган. Блогерлар ва ТВ видеоларидан украинлар ҳаракатдаги қўшиннинг аниқ локацияларини билиб олишган ва уларни осонлик билан забт этишмоқда.
Россия вазиятни ҳаво ҳужумлари билан ўнглашга ҳаракат қилмоқда. Лекин, ҳозирча бу етарли бўлмаяпти.
Россия аҳолиси учун уруш ҳақиқий шок бўлди. Улар уруш қандай қилиб ўз ҳудудларига кўчганини, украинлар нимага олдинлаётганлигини тушуниб етишмаяпти. 3 кунда олиниши керак бўлган Киев рус аҳолисининг катта бир қисми онгида шаклланган имижини бузиб ташлади. Одатдагидек аҳоли йиғилиб, Путинга мурожаат қилмоқда ва президентни ёрдамга чақирмоқда. Видеолардан бирида содда аҳоли маҳаллий ҳокимиятни айблаб, улар Путиндан ҳақиқатни яшираётганини айтишмоқда.
Давоми кейинги постда:
Apple сунъий интеллект функциялари учун ойига $20 гача олишни бошларкан
Apple iPhone, iPad ва Маc’даги баъзи ақлли Apple Intelligence функциялари учун ойига 20 долларгача тўлов олишни бошлаши мумкин.
Яқинда бўлган WWDC кўргазмасида Apple Intelligence ақлли функцияларининг биринчи тўплами: янгиланган Siri, Genmoji, Image Playground ва стандарт Apple иловаларига интеграцияланган бошқа кўплаб хусусиятлар тақдим этилган. Бу функциялар, асосан, фойдаланувчилар қурилмаларида ишлайди.
Маълум бўлишича, Apple янада илғор Apple Intelligence хусусиятларини ишлаб чиқиб, улар киритилгандан кейингина хизмат учун тўловни жорий қилар экан. Лекин бундай функцияларни ишлаб чиқиш учун камида уч йил керак бўларкан.
🧠@nurbekalimov