Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Oila — bu qalbning eng samimiy maskani.
Qiz farzandlar esa shu maskanning gulidir. Ularning chehrasidagi tabassum butun uyni yoritadi, qalbidagi mehr esa yuraklarni iliq qiladi.
Har bir ota-ona uchun qiz farzand — Yaratganning eng nozik in'omi. Ularning orzulariga qanot bo‘lib, har bir kichik yutug‘idan ilhom topish — bu dunyodagi eng go‘zal baxtdir.
Qizlarimizga mehr beraylik, ularga ishonaylik va ularga shunday tarbiya beraylikki, kelajakda ulardan butun millat faxrlansin.
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
Barchangizni bahorning go‘zal tuyg‘ulari ila yo‘g‘rilgan, ezgulik va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Navro‘z – nafaqat tabiatning uyg‘onish fasli, balki mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birdamlik ayyomidir. Ushbu qutlug‘ kunlarda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik va to‘kin-sochinlik tilayman.
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!
@alisher_sadullaev
Shu ikki o'g'lonni Prezidentimiz yonlarida ko'rganimdan juda xursandman. Qanday chiroyli va faxrli lahza 🇺🇿
Читать полностью…⚡️Eng yaxshi muhandislik g‘oyalari egalarini 9 ta elektromobil va super mukofotlar kutmoqda!
Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, innovatsion g‘oya va loyihalaringiz orqali elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olishingiz mumkin!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 toifa ishtirokchilar — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
1-o‘rin sohiblariga 9 ta elektromobil;
2-o‘rin uchun Xorijiy davlatlarda malaka oshirish;
3-o‘rin uchun pul mukofoti beriladi.
Tanlov aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi. Arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
✊Barchaga omad tilayman!
@alisher_sadullaev
⚡️Xorijiy tillar bo’yicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd so‘m kompensatsiya pullari qoplab berildi
Bugungi kunga qadar xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga 80 mlrd 42 mln so‘m mablag‘ ajratish orqali 42 779 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berildi.
Muhim jihati, 2024-yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshganligi kuzatildi.
⚡️Shuningdek, tizimda yoshlar yana bir yangi imkoniyat yaratildi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pog‘onaga ya'ni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yo'lga qo'yildi.
Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.
⚡️Prezidentimiz har doimgidek yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimizga keng yo‘l ochib, ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqdalar. Bu safar Davlat Rahbari e’tiboriga tushgan yana bir iqtidorli yosh Ummatoy Yo‘ldosheva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga maslahatchi bo‘ldilar.
Ummatoyga faoliyatlari davomida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
@alisher_sadullaev
Bilimdon obunachilarimiz, sizlar uchun test jarayonlari bo‘yicha qisqacha ma’lumotlarni ulashmoqchiman!
Ayni vaqtda test ishlagan obunachilarimiz soni 9 mingdan oshdi. Shundan 70%+ natija ko‘rsatganlar soni 1100 ga yetdi.
TOP10 va TOP100 ga kirganlar soni hozircha 1 nafar. Demak, hali judayam katta imkoniyatlar sizlarni kutmoqda. Barchaga omad tilaymiz!
Eslatma: Qatnashmadim deb o‘ylamang, haliyam imkon bor. Hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting!
Test ishlash ertaga 14-mart kuni 12:00 gacha davom etadi!
🇺🇿 O'zbekistonda IELTS 9.0 olganlar bormi o'zi?
@alisher_sadullaev
⚡️Ko‘plab bilimdon obunachilarimiz “Zukkotest” (@kitobxontestbot) yuzasidan savollar berishmoqda.
Sizni aynan qanday savol qiziqtirmoqda? Savollarga javob beramiz.
⚡️Bilimdon yoshlar uchun ajoyib yangiligimiz bor!
Endi chet tillari, kitobxonlik, zakovat, shaxmat, zamonaviy kasb va fanlar yuzasidan @kitobxontestbot manzilida katta tanlovlar tashkil etmoqchimiz. G‘oliblarga pul mukofotlari, yuzlab “Mutolaa premium”, bepul “Super start” obunasi sovg‘a qilinadi!
Kechroq batafsil e’lon qilaman, ungacha sizlardan faol bo'lib, ushbu yangilikni bilimdon do‘stlaringizga yetkazishingizni so‘rab qolaman. Albatta, izoh hamda munosabatingiz tanlovni yuqori darajada o‘tkazishimiz uchun juda muhim!
⚡️”Bek va Lola” orqali yana bir muhim mavzuga qo‘l urdik. Bu safar yo‘l harakati qoidalarini asosiy mavzu sifatida olib chiqdik.
Farzandlarimiz hayoti xavfsizligi uchun kichik bo‘lsa ham hissa qo‘sha olsak, biz bundan olam-olam faxr olamiz.
Sizlardan katta madad, shu xabarni hech bo‘lmasa tanish ota-onalaringizga, yaqin do‘stlaringiz hamda tanish ota-onalar guruhlariga jo‘natsangiz, ularning ham farzandlariga yetib borar edik.
https://youtu.be/If-I1ZSnTRk?feature=shared
🇺🇿Azizbek Turdimurodov — Sirdaryo tuman hokimi lavozimiga tayinlandi
Davlat rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak ishonchning yana bir yaqqol namunasi. Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azizbek Turdimurodov Sirdaryo tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Azizbek Turdimurodovni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan tabriklab, uning yangi islohot va tashabbuslari sirdaryolik yoshlar uchun manfaatli bo‘lishiga tilakdoshmiz!
@alisher_sadullaev
Qiziq taklif!
Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotidan keyin ko‘p tashabbuslar ilgari surildi.
Shu tashabbuslardan qaysi birining atrofida samimiy suhbat tashkil qilsak bo‘ladi? Qaysi imkoniyatni tezroq amalga oshishini kutayapsiz?
Marhamat, izohlarda belgilab, tashabbuslardan birini batafsil yozing.
P.S. Eng faol obunachilarga til o‘rganishlari uchun vaucherlar, ibrat super start, mutolaa premium va ko‘plab sovg‘alarimiz bor.
⚡️Sirdaryolik Kamola 24 yoshida transport vaziriga yordamchi bo‘ldi
Kamola o‘z oldiga katta marralar qo‘ygan. Ayol-qizlarimizning yo‘l qurilishi sohasida ham munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari uning eng asosiy maqsadlaridan biri.
Jamoamiz nomidan Kamola Irisqulovaga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
#prezident #yoshlar
@alisher_sadullaev
🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!
Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.
Ma'lumot o'rnida, Azizbek 4 yil ta'lim uchun Garvarddan jami 360 ming dollar grant yutib oldi 🔥
@alisher_sadullaev
Obunachilarimiz orasida tadbirkor yoki tadbikorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan yoshlar bormi?
Sizlar bilan yangi imkoniyatlar yuzasidan muloqot qilmoqchimiz. Bizda ham Sizlar uchun yaxshi imkoniyatlar bor. Muloqotimiz tufayli minglab yangi ishchi o'rinlari yaratilsa ham ajab emas.
Izohlarda savollarga batafsil yozib, javob bering, shaxsan o'zim har bir izohga javob berib boraman.
O'yin haqida nima deysizlar?
Lekin yutdik, 16 ochko. O'zi vaziyat qanday Jahon Chempionatiga chiqa olamizmi? Imkoniyatlar yaxshimikan?
⚡️Ikki kun davomida Samarqand viloyati, Ishtixon tumanining eng olis hamda chekka mahalla yoshlari bilan muloqot qildik.
700 nafar iqtidorli va salohiyatli eng olis hududlaridagi yoshlar zamonaviy oromgohlarga yo‘llanma olishdi. Ular eng zo‘r mentorlardan ingliz tili, IT, kitobxonlik, sport hamda shaxsiy rivojlanish dasturlari bo'yicha bir hafta davomida darslar olishadi.
Yana o‘nlab loyihalar chekka hudud yoshlari uchun yo‘lga qo'yiladi.
⚡️Bek va Lola ijodkorlari bilan bu safar ham juda qiziqarli mavzuga qo‘l urdik.
Bu galgi sonimiz bolajonlarda uy jonivorlariga bo‘lgan mehrni uyg‘otib, xususan “Baroqvoy” nomli mushukchaning bolalar hayotining ajralmas qismiga aylanib qolganini aks ettiradi.
Sizlardan katta madad, shu xabarni hech bo‘lmasa tanish ota-onalaringizga, yaqin do‘stlaringiz hamda tanish ota-onalar guruhlariga jo‘natsangiz, ularning ham farzandlariga yetib borar edik.
Premyera soat 10:00da bo‘lib o‘tadi. Albatta farzandlaringiz bilan birga tomosha qiling:
👉https://youtu.be/sB24ZokEp78?feature=shared
⚡️Tanlov ishtirokchilari uchun ajoyib xushxabarni e’lon qilmoqchiman!
Do‘stlar, avval faqat 100% natija qilganlarga pul mukofoti va premium obunalar sovg‘a qilishimiz haqida aytgan edik. Lekin, tanlov natijalaridan kelib chiqib, eng yuqori ballni qo‘lga kiritganlarga ham sovg‘alar berishga qaror qildik! Sizlar bu fikrga nima deysizlar?
1. TOP10 reytingdan o‘rin olganlarning har biriga 1 million so‘m pul mukofoti beramiz;
2. TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna sovg‘a qilamiz;
3. 70%+ natijani qayd etganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma promokodlar jo‘natildi. Bu promokodlardan 48 soat ichida foydalanishingiz mumkin!
4. Yaqin kunlarda g‘oliblar bilan ovozli muloqot o‘tkazamiz va ularning “ZUKKOTEST” tanlovi haqida fikrlarini eshitamiz.
5. Albatta, tanlov haqidagi so‘rovnomada ishtirok eting. Agar biz 70-75% ijobiy fikr yig‘a olmasak, tanlovni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz. Agar tanlov sizlar uchun foydali bo‘lsa, biz uni yanada mukammal qilib davom ettiramiz!
🤝Ishtirokingiz uchun rahmat, bilimdonlar!
@alisher_sadullaev
⚡️Bilimdonlar tayyormisiz?
Ertaga 13-mart kuni 12:00 dan boshlab “ZUKKOTEST” loyihasiga start beramiz! 24 soat davomida obunachilarimiz o‘zlarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin!
E’tibor qiling, testda faqat kanalga obuna bo‘lgan foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz shoshiling, hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
G‘oliblarni pul mukofotlari va premium obunalar kutmoqda!
@alisher_sadullaev
⚡️Ko‘plab bilimdon obunachilarimizni o‘ylab, “Zukkotest” tanlovi yuzasidan berilgan savollarga javob bermoqchiman.
1. Tanlov menga nima beradi? Tanlovda qatnashish avvalambor, bilimingizni mustahkamlash, mantiqiy fikrlash va beshta yo‘nalishda salohiyatingizni oshirish imkonini beradi. Bu siz uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.
2. Biz shunchaki tanlov emas, sovg‘alarga boy bo‘lsin deb “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovasidan premium obunalar sovg‘a qilishga kelishdik. Bundan tashqari, TOP10 reytingga kirgan ishtirokchilarimizning har biriga 1 million so‘mdan pul mukofotlari berishni maqsad qilganmiz.
3. Tuzilayotgan savollar ham aynan sizlarning kitobxonlik, chet tillari, zamonaviy kasblar, shaxmat va intellektual bilimlaringizni oshirishga qaratilgan. Albatta, bu sizlarga oson bo‘lishi uchun darsliklarni oldindan e’lon qilganmiz.
4. Test qachon bo‘lib o‘tadi? 13-mart kuni boshlanadi va 24 soat davom etadi.
5. Tanlovda kimlar qatnasha oladi? Biz bu tanlovga umuman chegara qo‘ymaganmiz. Istagan odam qatnashishi mumkin!
6. Nega yo‘nalishlar har xil? Tanlov maqsadi turli yo‘nalishlarni qamrab olish. Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan mavzular qisqa bo‘lib, o‘qib tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli muddat belgilangan.
7. Bitta test to‘plamini qayta ishlash imkoniyati bormi? Yo‘q. Har bir ishtirokchi bitta to‘plamni faqat bir marotaba ishlashi mumkin.
8. Testlar soni qancha? 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 45 ta savol bo‘lib, ular Telegramning ixtiyoriy (random) tanlovi asosida tushadi.
9. G‘oliblar qanday aniqlandi? Eng yuqori ball to‘plagan va eng kam vaqt ichida javoblarni aniq topgan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi. Agar natijalar teng bo‘lsa, bunda testni eng qisqa vaqt ichida tugatgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.
10. Biz barchani g‘olib bo‘lishini istaymiz! Test savollarini 70 foizi (32-44) va undan ko‘piga to’g’ri javob berganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirmali promokod berishni reja qilganmiz. Bu esa bilimingiz orqali pullaringizni tejash imkonini beradi!
Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: @kitobxontestbot
Tayyormisizlar? Jamoamiz bilan “ZUKKOTEST” loyihasiga start berdik!
Endi bilimdon yoshlar o‘z bilimini sinab ko‘rish bilan birga qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. 13-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi:
1. “Mutolaa” ilovasidan “Galaktikada bir kun” 1-2 kitob;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasining matematika darsligi;
4. “Uzchess” loyihasining shaxmat darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari
Test qanday o‘tadi?
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt.
⚡️Mukofotlar:
TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;
TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;
70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirma;
Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va hozirdan tayyorgarlikni boshlang!
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda yangi xodimlarni lavozimga qo‘yishda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi ta’kidlandi.
Bundan buyon mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan yoshlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinishi kerakligi qayd etildi.
Ishga qabul qilishni ochiq va shaffof o‘tkazish, davlat xizmatchilari reestrini belgilash, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini o‘rganish bo‘yicha farmon loyihasini kiritishni vazifa qilib topshirdi - Yurtboshimiz
@alisher_sadullaev
⚡️Mahliyo O‘roqova bilim va kitobga bo‘lgan ishtiyoqi bilan hayotini o‘zgartira oldi. U 15 yoshida kitob o‘qib otasiga avtomobil sovg‘a qilgan! Bu uning tirishqoqligi va matonatining yorqin isbotidir.
Ayni damda kitobxonimiz O‘zbekistondagi eng katta mobil kutubxona “Mutolaa” jamoasida mehnat qilmoqda.
Jamoamiz nomidan Mahliyoga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!
#prezident #yoshlar
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.
Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida bir qator hujjatlar almashildi. Xususan, Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim ham imzolandi.
@alisher_sadullaev
🔥Hozirgina U-20 yoshlar futbol jamoamiz Janubiy Koreyalik yoshlarga o'yinning oxirigacha 3:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edilar.
Yigitlarimizning irodasi evaziga deyarli so'nggi 4 daqiqa ichida 2ta gol urdik. Hisob tenglashdi 3:3. Oldinda olovli 2ta ekstra taymlar.
Omad yigitlar! Jahon chempionatiga bir qadam qoldi!
UPD. Penaltilar seriyasida yutkazdik. Hali hammasi oldinda, omad yigitlar!
⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi
Parviz ota-onasining mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.
Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!
@alisher_sadullaev
⚡️Jahongirmirzo Marg'ilonda ilm-fan, muhandislik hamda 3D bo'yicha global dunyo uchun kontent tayyorlaydi.
Ayni vaqta barcha ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube, Instagram) 750 mingdan ortiq obunachilari bor.
Prezidentimiz Jahongirmirzoning loyihasini yuqori baholab, u bilan faxrlanishlarini aytib o'tdilar. Aynan shu kabi foydali kontentlarni boshlash uchun Yoshlar ishlari agentligi 100 million so'mgacha grantlar berishini e'lon qildilar.
Yana shunday foydali kontent yaratayotgan yoshlardan kimlarni bilasiz?
@alisher_sadullaev