Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Prezident va yoshlar uchrashuvida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy ekspert shtabi vakili, Buyuk Britaniya, Daniya va Norvegiyaga biriktirilgan Maqsad ismli yosh mutaxassis qizimiz so‘zga chiqdi.
🇬🇧 U yaqinda Londonda o‘tkazilgan xalqaro yarmarkada ishtirok etib, O‘zbekiston vakili sifatida o‘z tajribalari va yurtimiz salohiyatini namoyish etishgani, yarmarka taassurotlari, xorijiy tajribalar va takliflari haqida ochiq fikr bildirdi.
@alisher_sadullaev
"Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: birinchisi-dunyoga kelgan kuni, ikkinchisi-nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni.
Mark Tven.
⚡️O‘zbekiston yoshlari qanday maqsadlar bilan yashayotganini, qanday salohiyatga ega ekanini va bu yurtdagi eng katta boylik aynan ular ekanini eslatib turadigan rolik!
@alisher_sadullaev
🔥 Startaperlar diqqatiga!
🚀 HackUnicorn summer camp'ga qabul ochildi!
HackUnicorn nima?
Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ventures hamkorligida tashkil qilingan eksklyuziv yozgi oromgoh!
Oromgoh davomida startaplarni MVP'dan business modelgacha olib chiqish bo‘yicha Silicon Valley va Y-Combinatordan maxsus guest speakerlar, va mahorat darslari olib boriladi. Oxirgi taqdimot vaqtida ishtirokchilar eng yaxshi loyihalar uchun investitsiya yutish imkoniga ham ega bo‘ladilar.
📌 Qachon va qayerda bo‘ladi?
Oromgoh joriy yilning 31-iyulidan 5-avgustigacha Bo‘stonliq tumanining Yoshlar oromgohida bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Talablar:
- Kamida MVP darajadagi startap loyiha
- 18-yoshdan 30-yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar oromgohga qabul qilinadi.
Deadline: 20-iyul, soat 00:00.
❗️Muhim: Deadline'dan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi.
👉 Ro‘yxatdan o‘ting
📷 Instagram | 🚀 Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan iqtiboslar
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi va yoshlar bilan muloqot qildi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.
Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi.
Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.
Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.
Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.
Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.
Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Haydarova “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, ota-onasiga Prezident sovrini – avtomobil sovg‘a qildi.
“Dilbarxon qizim, sen o‘z misolingda inson chin dildan harakat qilsa, ko‘p narsaga erisha olishini isbotlading, bu yo‘lda ko‘pchilik uchun namuna bo‘lding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”,
🇺🇿 O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.
Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.
Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.
Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.
Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.
Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.
Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.
Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.
Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.
Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.
Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.
Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.
Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.
@alisher_sadullaev
Bugun 31 yoshga to‘ldim. Hayot nihoyatda tez va hayratlanarli o‘tmoqda. Stanfordda turib do‘stlar yo’llagan tabrik va tilaklarni o‘qiyapman-u bolalik orzularim yodga tushmoqda. Tabiiyki, eng unutilmas xotiralar onam bilan bog‘liq. Ehtimol, Siz tanigan bugungi Alisher shaxsining shakllanishiga o‘sha voqealar sabab bo‘lgandir.
…Taxminan 15 yil oldin. Ingliz tilini o‘rganishni endi boshlagandim. Uyimiz shaharga yaqin edi. Bir kuni shahardagi o‘quv markaziga bordim. Hayajondaman. Maqsad: O‘zbekistondagi nufuzli universitetlardan birida o‘qish, keyinchalik ota-onam duosi bilan yaxshi joyda ishlash va yurtga xizmat qilish.
Afsuski, markazda mening darajamga mos boshlang‘ich guruhlar yo‘q ekan. Shu sabab meni olti oydan beri ingliz tilini o‘rganayotgan, savol tuzib, javob bera oladigan darajaga yetgan guruhga qo’shishdi.
Birinchi darsda juda hayajonlandim. O‘qituvchimiz darsni “Nega ingliz tilini o‘rganyapsiz?” degan savol bilan boshladi. Inglizcha javob berilishi kerak bo‘lgan savolga tayyormasdim. Bosim, hayajon, chorasizlik…
Yonimdagi boladan o‘zbekcha jumlani ingliz tiliga tarjima qilib berishini iltimos qildim. Yaxshiyamki, partadoshim ingliz tilini ancha tushunib qolgan ekan, aytgan fikrimni ingliz tiliga o‘girib berdi.
Navbat menga keldi. O‘qituvchimiz savolni takrorladi. Men esa: “Because of my mom,” deb javob berdim. Sinfda kutilmaganda qattiq kulgi ko‘tarildi. Hamma kulardi. Bir zumda sinfdagi harorat o‘zgardi. Qizarib ketganim o‘zimga-da bilindi. “Shunchalar kulgili xato qildimmi? Hammasi ustimdan kulyaptimi?” degan fikr chaqmoqdek chaqib o‘tdi.
Yashirinishga joy, qochishga kuch yo‘q edi. Shu payt o‘qituvchi hammaga “to‘xtanglar” degan ishora qilib, savolni takrorladi. Men ham o‘sha javobni qayta aytdim. Bu safar o‘qituvchimiz sabab jiddiyligini sezganday, chuqurroq tahlil qilishga kirishdi. “Why because of your mom?” deb so‘radi. Men o‘zbek tilida javob berdim: “Onam ancha yildan beri bir dard bilan kurashmoqda. Davoni o‘zbek tilidagi adabiyotlardan hamda mahalliy tibbiyot xodimlaridan topolmadim. Shu sababli xorijiy ilmiy manbalardan izlashga qaror qildim.”
Biroz oldin gulduros kulgidan zirillagan xonaga allaqanday sukunat cho‘kdi. Hamma jim. Kulganlar qizarib, uyalganday bo‘lib qolishdi. Meni bu holat hayron qoldirmadi. Chunki bunday qarashlarga allaqachon ko‘nikkandim. Maktabda, mahallada, ko‘chada…
O‘quv markazidagi birinchi haftada o‘qituvchim ingliz tilini yaxshi tushunib muloqot qilishim uchun “Oxford 3000 Essential Words” ro‘yxatini yodlashimni tavsiya qildi. Eslasam, o‘sha davrlarda kuniga 17-18 soat dars qilgan ekanman. Hovlidagi barcha xo‘jalik ishlarini qo‘limda lug‘at, kitob bilan bajarardim. Surunkali tayyorgarlik sabab ilk haftada 1000 ta so‘z yodladim va sezilarli o‘sishni his qildim. Keyingi bosqich – grammatika edi. Taxminan 6 oy ichida bir necha bor yuqori guruhlarga o‘tib, IELTS darajasiga chiqib oldim.
Bu yangi daraja edi, lekin uni ham uddalasa bo‘lardi. Guruh kuchli, lekin menda onam uchun qilinayotgan harakat undan-da kuchli edi. Bu bosqichga kelib, xorijiy tadqiqotlarni o‘qib, tushuna boshlagandim…
Oradan yillar o‘tdi. Xudoga shukr, bugun onam ancha bardam. Dadam va opalarim menga bu yo‘lda juda katta yordam berishdi.
Tasodifni qarangki, bugun Stanfordda menga yana shunday mazmundagi savol berishdi: “Qanday qilib Stanfordga keldingiz? Sizni bu yerga nima yetaklab keldi?”
Men esa yana o‘sha qadrli, eng ahamiyatli javobni berdim: “Because of my mom.”
Onajon, Otajon! Meni bu dunyoga keltirganingiz uchun rahmat! Bu umrni Prezidentimiz rahbarligidagi jamoada yoshlarga katta imkoniyatlar, loyihalar, yaxshiliklar yaratish yo‘lida sarflash – mening eng katta, eng oliy maqsadim.
@alisher_sadullaev
💡Yaqinda sizlardan Stenford professorlari taklif qilgan qadriyatlar ro‘yxatidan o‘zingiz uchun eng muhim deb bilgan to‘rttasini tanlab ko‘rishingizni so‘ragandim. Izohlarda ko‘pchilik menga “siz o‘zingiz qaysi qadriyatlarni tanladingiz?” deb yozishdi. Bugun shu savolga javob bermoqchiman.
Marhamat: @stanford_kundaligi
⚡️Bu yilgi 30-iyun Yoshlar kuni juda ko‘p yangi imkoniyatlar hamda samimiy muloqotga boy bo‘ldi. Prezidentimiz yoshlar uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar e’lon qildilar, ularning mehnatini e’tirof etib, nufuzli davlat mukofotlari bilan taqdirladilar.
Kelajakda yana ko‘plab yoshlarimiz safimizda shunday e’tirof hamda yutuqlarga erishishlariga ishonamiz. Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin!
@alisher_sadullaev
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev: Farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.
#mirziyoyev #yoshlarkuni
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan iqtiboslar
@alisher_sadullaev
🇺🇿Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
#mirziyoyev #yoshlarkuni
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida qayd etilgan asosiy natija va yutuqlar
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:
“Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.
Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.
Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.
Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!
Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.
🇺🇿 Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.
“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir.
Azm-u shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxt-u iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxt-u saodatidir”, - dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev
“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,
“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”,
🇺🇿 So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.
“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.
Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.
Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”, - dedi Prezident.
Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.
Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.
Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.
Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.
Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.
Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilaydi.
Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.
Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha yetarli bilim oladi.
“Raqamli avlod qizlari” tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.
Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 “Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.
@alisher_sadullaev