alisher_sadullaev | Неотсортированное

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

134890

Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!

Подписаться на канал

Alisher Sadullaev

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1 martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi hamda 4 yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi, buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️"Ibrat Academy"dan navbatdagi katta yangilikni kutib oling!

Endi "Super Start" bilan ingliz tilini 0 dan o'rganish har doimgidan osonroq va tezroq bo'ldi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan darslarimiz kreativ amaliyotga boy darslari bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan Siz uchun ishlab chiqilgan.

Asosiy grammatika va so‘z boyligini mustahkamlang
Interaktiv darslar va mashqlar orqali o‘rganing
✅Dastlabki kunlardanoq natija


Hoziroq "Ibrat Academy" ilovasidan "Super Start" darslarini boshlang!

Google play | App store

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Hurmatli obunachilar, eslatib o‘tmoqchiman, telegramdagi tanlov g‘oliblari 19:00 da e'lon qilinadi.

Telegram sahifamda sizlar uchun eng qiziqarli xabarlarni yanada mazmunli va interaktiv qilish maqsadida storislar joylab borishni o‘ylab qoldim. Buning uchun Sizlarning yordamingiz kerak!

Buning uchun Premium obunachilarimiz ushbu havola orqali ovoz berishlari mumkin.

/channel/boost/alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bu yoshlar bilan butun O'zbekiston faxrlansa arziydi!

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'z bilimi, mehnati va harakati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bir guruh yoshlar bilan tanishing. Ularning rejalari va niyatlari olam-olam. Eng xayron qolarlisi, ular hamma ta'lim olishni orzu qiladigan oliygohlarga 100% grant asosida qabul qilinishgan, xususan Harvard, Stanford, Columbia, MIT va yana o'nlab nufuzli top universitetlar shu jumlasidandir.

Biz ular bilan yoshlar uchun yangi loyihalarni muhokama qildik, yangi rejalar tuzdik. Umid qilamanki, o'zbekistonlik yoshlar uchun global maydonda loyihalarimiz yana ko'payadi!

#uzbekpower #top100 #youth #uzbekistan

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Qadrli kitobxon yoshlar, kanalimiz obunachilari sizlar uchun foydali bo‘lgan tanlov tashkil etmoqchimiz

Tanlovda g’olib bo’lgan 25 nafar obunachilarimizga
- 3 oylik Telegram Premium hamda
- 3 oylik “Mutolaa” Premium sovg‘a qilamiz. Bu bilan “Mutolaa” ilovasining barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishingiz mumkin!

⏳G’oliblar 2-fevral kuni soat 19:00 da ma’lum bo’ladi.

‼️Tanlovda qatnashish uchun ushbu kanalga /channel/alisher_sadullaev shunchaki obuna bo’lsangiz yetarli.

❗️Eslatma: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Husanov muammoli jamoaga kelgani, City hali ham krizisdan chiqishga harakat qilayotgani bilinib turibti. Ustiga-ustak, sariq kartochka bosimni oshirib yubordi.

Hammasi hozircha go'yo City o'zining ichki dunyosi va irodasi bilan kurashayotgandek. Abduqodir ham aynan shunday holatda o'zi bilan o'zi jang qilayotgandek.

Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Pep darajasidagi murabbiy Abduqodirni tushunishiga va dalda bo'lishiga ham ishonaman.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🔥Tarix!

⚡️Yurtdoshimiz Abduqodir Husanov “Manchester City”da ilk marta “Etihad” stadionida asosiy tarkibda “Chelsea” jamoasiga qarshi Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da maydonga tushadi!

“Manchester City” ga esa omad tilaymiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bu aslida juda kam(

“Mutolaa” ilovasi orqali kitoblar 5.000.000+ marta oʻqildi!


Fikrimcha, 100 million bo'lsak va sifat ham bo'lsa, sal kitobxon bo'lsak kerak.

@mutolaaxona

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bek va Lola 20 million martadan ko'proq ko'rildi

Endi bolajonlarimiz multfilmning 6-qismida sanoq sonlarni o'rgana olishadi. Eng muhimi o'z ona tilimizda o'rgana olishadi.

Marhamat 👉https://youtu.be/R4tef0CP93w?feature=shared

Sizlar ham uyda Bek va Lolani ko'rasizmi?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Ko'pchilik yoshlar xalqaro imtihon xarajatlarini qaytarib olishda muammolar yuzaga kelganini bizga ma'lum qilishgan edi. Bugun Xalq Banki mutasaddilari bilan hamkorlikda kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishni boshladik.

O'z o'rnida Xalq Banki vakillariga yoshlarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarimizni esa avvalo o'z ona tilimizni mukammal o'zlashtirib, shu bilan birga xorijiy tillar hamda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.

Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

📚 Yangi yilni ajoyib bir kitobni yakunlash bilan boshladim.

Boshqaruv, innovatsiya va katta lloyihalarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish bo'yicha juda qiziq ma'lumotlar keltirilgan ekan. Ayniqsa, eng og'ir sharoitdagi mamlakatlar rivojida qanday qilib kreativ loyihalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi hamda fikrlar isboti bilan ko'rsatilganligi kitob qiymatini yanada oshirib yuboradi.

Siz ayni vaqtda qaysi kitobni mutolaa qildingiz/qilmoqdasiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xalqimizning umidi bo‘lgan yosh shaxmatchimiz, ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova 15 yoshida dunyo reytingining Top-20 taligiga kirgani bilan tabrikladilar.

♟️So’nggi yillarda nafaqat shaxmatchi yigitlarimiz, balki qizlarimiz ham tarixiy natijalarga erishmoqda.

👏Ofarin Afruza, biz siz bilan faxrlanamiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Ibrat Farzandlari loyihasi orqali til o'rganib, sertifikat olganlar bormi obunachilarimiz ichida?

Qaysi tilni o'rgana oldingiz, qaysi darajagacha? Yana qanday imkoniyatlar loyihada aks etishini xohlar edingiz?

Javoblaringiz uchun rahmat!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️G'alaba jamoaniki, mas'uliyat esa shaxsiy!

Yilning eng zo'r yetakchilarini g'oliblik bilan tabriklayman!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida Stanford, Garvard, Yale, British Columbia, Seoul NYda ta'lim olayotgan yoshlarimiz ayni vaqtda bepul master-klasslar tashkil etishmoda. Siz ham hoziroq ishtirok etishingiz mumkin.

👉/channel/Top100_Uni?livestream

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Aksariyat hamkasblarim, davlat xizmatchilari til o'rganishga vaqt yetishmasligini aytishardi.

Vanihoyat o'zbek tilida sun'iy intellekt yordami bilan ingliz tili darslarini oson va tez o'rganish mumkin.

Omad! Sinab ko'ringlar, natijalarni, taassurotlarni izohlarda yozib qoldiring. Jamoamiz a'zolari loyihani rivojlantirishda davom etishadi!

Yuklab olish: Google play | App store


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bilimdon yoshlar, kanalimiz obunachilari!

Sizlar uchun foydali bo‘lgan tanlovimiz g’oliblari aniqlandi.

G’olib bo’lganlarga tez orada “Mutolaa Premium” telegram shaxsiy sahifalariga promokodlar yuboramiz, hamda g’oliblarga “Telegram Premium” ham avtomatik yuboriladi.

Qadrli obunachilarimiz uchun yanvar oyi o’tkazilgan tanlovdan so’ng fevral oyida ham tanlov tashkil etmoqchimiz. Telegram kanalimizni kuzatib borishni tavsiya qilamiz.

👏Barcha g’oliblarni tabriklaymiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bolajonlarimiz uchun milliy qadriyatlarimiz asosida animatsion multfilmlar yaratayotganimizdan xabaringiz bor.

Kuni kecha “Bek va Lola” multserialining 7-qismi efirga uzatildi. Ushbu qism bolalarimizga shakllarni o‘rgatishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, “Beruniy sarguzashtlari” animatsion multfilmi va “Yashil makon” multseriallari YouTube sahifalarida e’lon qilindi.

1. “Bek va Lola” — www.youtube.com/watch?v=wBlWy0qweIs

2. “Beruniy sarguzashtlari” — www.youtube.com/watch?v=106k7WQEJyk

3. “Yashil makon” — www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k

Kelgusida ham bolajonlarimiz uchun ana shunday foydali va qiziqarli loyihalarni davom ettiramiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Kecha sahifamda e’lon qilingan tanlov bo‘yicha juda ko‘pchilik qanday g‘olib bo‘lish va ishtirok etish mumkinligi haqida yozmoqda

Ushbu savollarga qisqacha javob bersam;

1. G‘oliblar Telegram'ning o‘z tizimi tomonidan tasodifiy tanlanadi. Ya’ni, biz emas, balki Telegramning algoritmi o‘yin g‘oliblarini aniqlaydi.

2. Hech qanday cheklov yo‘q – hamma ishtirok etishi mumkin! (oldingi va yangi obunachilar /channel/alisher_sadullaev)

3. G‘olib bo‘lish uchun shunchaki kanalga obuna bo‘lish va telegram tomonidan avtomatik tanlanishni kutish kerak.

4. Tanlov g‘oliblari 2-fevral kuni 19:00 da aniqlanadi.

Muhim! Tanlovda ishtirok etish uchun hech qanday qo‘shimcha harakat talab etilmaydi. G‘oliblar avtomatik ravishda aniqlanadi va ularga Telegram 25 ta va Mutolaa 25 ta Premium obunasi taqdim etiladi.

Endilikda bunday tanlovlarni har oy o‘tkazib, ko‘plab yoshlarga Telegram va Mutolaa Premiumlarini sovg‘a qilib boramiz!

Bilimdon, faol obunachilarimiz uchun shunday tanlovlar har oyda bo‘lishini xohlarmidingiz? Izohlarda fikringizni qoldiring.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Respect, Pep. G'alaba muborak City!

Professional ustoz va kuchli jamoa bilan bir safda bo'lsangiz, ular Sizni albatta yolg'izlatib qo'yishmaydi. Buyuk jamoalarning kuchi ham ayni shu sifat bilan o'lchanadi. Ular jamoaning kuchiga va ruhiyatiga ishonishadi.

Abduqodir uchun hammasi oldinda, u shu to'lqinda suzishni o'rganishi va harakatlanishda davom etishi zarur. Endi haqiqatan ham tezroq ingliz tilini o'rganib olishi kerak-ka o'xshaydi.

UPD: Muxlislar qo'llab-quvvatlovi alohida bir katta mavzu. Bu shunchaki super!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Qiyin bo'lishi aniq edi. Abduqodir ukajon, hayajonlanma.

UPD: Nimalar deyapman, o'zim hayajonlanib o'tiribman-ku. Qo'rquv ham bor, lekin hammasini yengishimiz kerak.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnirda amaldagi jahon chempioni Gukesh ustidan g'alaba qozonishga juda yaqin. O'yin eng muhim pallaga ko'chdi.

Jonli efirda Nodirbekni qo'llab-quvvatlab turaylik!

👉https://www.youtube.com/live/bOVlwZ8Rc8o?si=KrDEbqsRIIJJ6IsY

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Abduqodir Husanovni rasman dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri Manchester City futbolchisiga aylangani bilan chin qalbimdan tabriklayman.

O'zbekiston futboli uchun katta qadam va yutuq.

Abduqodir ota-onangiz hamda murabbiylaringizga alohida tashakkur!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Shu kunlarda ko'rgan kontentlarim ichida eng ta'sirlisi shu bo'ldi!

Haqiqatan ham, Otabek aka boshchiligidagi jamoa juda dolzarb mavzuni ko'tarib chiqishgan. Dunyodagi vaziyatdan to'g'ri xulosa qilishga yetarli asos bo'ladi.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Yangi 2025-yil yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin.

Yangi yilingiz muborak bo'lsin, azizlar.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yodingizda bo'lsa, yosh ijodkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgankurash_ibrat?si=Vzc_BeZSgWmQUByQ"> kurash veb-serialini e'lon qilgandik. Qisqa vaqtda serialning 6ta qismlari 185ming marta ko'rilibdi. Ilk qadamlar uchun yomon natija emas, ammo bugun yana bir bor eslatib o'tmoqchi edim veb-serial haqidagi fikrlaringizni biz bilan bo'lishing, uni tomosha qiling.

Marhamat: https://youtu.be/wr6VWdRWuJY?si=eQJlMUVocc1yyRPT

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Taxminan 9-10 yillarcha oldin yoshlar bilan turli mavzularda milliy kutubxonada debatlar o'tkazardik. Yuzlab yoshlar, ingliz tili bo'lsin, rus tili, koreys tili hatto yapon tilidan ham juda yuqori darajada muloqot qila olishar edi. Vaqti-vaqti bilan, hattoki kutubxonaning birinchi qavatdagi zaliga sig'mas edik...

Yaqinda eslab, tahlil qilsam shu klubga a'zo bo'lgan aksariyat yoshlar dunyoning nufuzli universitetlarida ta'lim olishdi, katta xorijiy korxona va tashkilotlarda hozirda ishlab kelishmoqda. Eng muhimi ular jamoalarining qon tomiri yoki asosiy yetaklovchisiga aylanishgan. Menimcha bunday tabiiy liderlarni tarbiyalab bergan klubni takrorlash qiyin, ammo yaqinda bir katta yangilikka ko'zim tushib qoldi va juda suyundim.

"Ibrat farzandlari" loyihasining "Ibrat debate" klubi lideri Azizbek dunyoning top oliygohlaridan biri bo'lgan Garvard oliygohida o'qish uchun 100 foizlik grant yutib oldi. (tasavvur qilayapsizmi, $400K, to'rt yuz ming dollardan ko'proq grantni Azizbek yutib olgan). Bu shunchaki xayratlanarli. Qoyil, Azizbek. Ota-onaningizga, ustozlaringizga rahmat.

P.S. Ma’lumot uchun: Hozirda Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekistonlik yoshlarni Garvard,  Kembridj, Oksford va boshqa shu kabi top oliygohlarga yo‘naltirish uchun "Top 100" loyihasi doirasida ularni o‘qishga tayyorlab, yubormoqda.

Maktab bitiruvchilari ham mazkur loyihalarda ishtirok etib,  nufuzli oliygoh talabalari bo‘lishi mumkin. Bu loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Mahalla yettiligi — xalqimiz ishongan tizim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ta'kidlab, umuman yangicha tizim - “Yettilik” yaratildi.

🔍Hozirda mahallada "yettilik" xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tashkil etishmoqda. Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi bugun o'z mahallasida yoshlarning bandligi, ta'limi, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun ishlamoqda.

Ushbu videolavha orqali "mahalla yettiligi"ning faoliyati haqida ma'lumot beradi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

So'nggi vaqtlarda yoshlar o'rtasida elektron savdo, treyding, kriptovalyuta va ko'plab Internet bilan uzviy bog'liq moliyaviy mavzular ko'paymoqda.

Ularning qonunchilikdagi tartibi, soha rivoji va yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, shu soha vakillari, mutaxassislar bilan telegramda ochiq muloqot o'tkazsak.

Nima deysizlar?

Читать полностью…
Подписаться на канал