Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Taxminan 9-10 yillarcha oldin yoshlar bilan turli mavzularda milliy kutubxonada debatlar o'tkazardik. Yuzlab yoshlar, ingliz tili bo'lsin, rus tili, koreys tili hatto yapon tilidan ham juda yuqori darajada muloqot qila olishar edi. Vaqti-vaqti bilan, hattoki kutubxonaning birinchi qavatdagi zaliga sig'mas edik...
Yaqinda eslab, tahlil qilsam shu klubga a'zo bo'lgan aksariyat yoshlar dunyoning nufuzli universitetlarida ta'lim olishdi, katta xorijiy korxona va tashkilotlarda hozirda ishlab kelishmoqda. Eng muhimi ular jamoalarining qon tomiri yoki asosiy yetaklovchisiga aylanishgan. Menimcha bunday tabiiy liderlarni tarbiyalab bergan klubni takrorlash qiyin, ammo yaqinda bir katta yangilikka ko'zim tushib qoldi va juda suyundim.
"Ibrat farzandlari" loyihasining "Ibrat debate" klubi lideri Azizbek dunyoning top oliygohlaridan biri bo'lgan Garvard oliygohida o'qish uchun 100 foizlik grant yutib oldi. (tasavvur qilayapsizmi, $400K, to'rt yuz ming dollardan ko'proq grantni Azizbek yutib olgan). Bu shunchaki xayratlanarli. Qoyil, Azizbek. Ota-onaningizga, ustozlaringizga rahmat.
P.S. Ma’lumot uchun: Hozirda Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekistonlik yoshlarni Garvard, Kembridj, Oksford va boshqa shu kabi top oliygohlarga yo‘naltirish uchun "Top 100" loyihasi doirasida ularni o‘qishga tayyorlab, yubormoqda.
Maktab bitiruvchilari ham mazkur loyihalarda ishtirok etib, nufuzli oliygoh talabalari bo‘lishi mumkin. Bu loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!
@alisher_sadullaev
⚡️Mahalla yettiligi — xalqimiz ishongan tizim
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ta'kidlab, umuman yangicha tizim - “Yettilik” yaratildi.
🔍Hozirda mahallada "yettilik" xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tashkil etishmoqda. Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi bugun o'z mahallasida yoshlarning bandligi, ta'limi, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun ishlamoqda.
➖ Ushbu videolavha orqali "mahalla yettiligi"ning faoliyati haqida ma'lumot beradi.
@alisher_sadullaev
So'nggi vaqtlarda yoshlar o'rtasida elektron savdo, treyding, kriptovalyuta va ko'plab Internet bilan uzviy bog'liq moliyaviy mavzular ko'paymoqda.
Ularning qonunchilikdagi tartibi, soha rivoji va yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, shu soha vakillari, mutaxassislar bilan telegramda ochiq muloqot o'tkazsak.
Nima deysizlar?
⚡️Yilning so‘nggi va eng exclusive marafoni spikerlari bilan tanishing!
12 soat davomida, onlayn tarzda, turli xil davlatlarning top universitetlari talabalari bilan suhbatlashamiz. Ushbu talabalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Kechagi post izohlarida ko'rsatilgan Garvard, Stanford, Yale hamda Princeton kabi TOP universitetlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan muloqot qila olasiz. O'zingizni qiziqtirgan savollarni ularga bera olasiz. Umid qilamanki, Sizlar uchun juda foydali muloqot bo'ladi.
Sana: 20-dekabr.
Manzil: /channel/Top100_Uni
Yangilikni e'lon qilsam!
Bachkana, qaynona, qaynota hamda kelin mavsuzidan nari o'ta olmaydigan kino va seriallardan charchagan bo'lsangiz, yosh ijodkorlar Sizlar uchun oila davrasida ko'rish mumkin bo'lgan yangi veb-serialni taqdim etishadi. Veb-serial yoshlarni qiynayotgan aktual muammolarni yuzaga olib chiqish bilan birga, ularning asl sabablari nimada ekanligiga ham e'tibor qaratadi.
Ochig'i bir nafasda ko'rib tugatdim, yosh va ko'pchiligi havaskor ijodkorlar e'tiborni bunday darajada ushlab tura olishadi deb o'ylamagan edim. Sizlar uchun qattiq tavsiya qilaman, ayniqsa har bir yetakchi va rahbarlar ko'rishi kerak bo'lgan veb-serial. Ota-onalar uchun haqiqiy ko'zgu. Yosh ijodkorlarga gap bo'lishi mumkin emas, kichik xatolar ham hatto serialni bezab turibdi. Serial uchun bastalangan maxsus musiqa va yangi yuzlar odamga haqiqiy yoshlikni qaytarib beradi. Omad va faqat omad!
P.S. YouTubedagi serialning birinchi qismida yozib qoldirilgan eng mazmunli izoh egalariga ijodkorlar tomonidan maxsus sovg'alar taqdim etilar ekan.
Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/T4swCbMEz7Y?feature=shared
⚡️Birinchi o'quv markazlari forumini yuqori kayfiyatda yakunlab oldik. Endi yana yuz minglab yoshlar zamonaviy kasblar va chet tillarini o'rganishlari uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ladi.
Undan ham quvonchilisi, onajonim erta tongdan reanimatsiya bo'limidan qo'ng'iroq qildilar. Ahvollari ancha yaxshi, duolaringiz ijobati bo'lsa kerak. Doktorlarimiz ham qo'ldan kelgan barcha yordamni ko'rsatdilar, tez orada to'liq tuzalib ketamiz deb Yaratgandan umid qilib so'rayman. Hech birimiz bemor bo'lmaylik.
#duo
Kun davomida yoshlarga zamonaviy kasblar va chet tillarini o'rgatish bo'yicha birinchi o'quv markazlari forumida bo'ldim. Kayfiyat juda a'lo.
Kechga yaqin esa onamning sog'liqlari biroz og'irlashganini eshitdim. Juda mayus tortdim. Onamni qattiq yaxshi ko'rganimdanmi, hamma ishlarim esimdan chiqdi. Hozir ularni ko'rgani keldim, ahvollari juda og'ir, ammo Yaratgandan shifo tilayman. Duolaringizda ularni eslab, shifo tilashingizni so'rab qolaman. Erta tongda, shifo bilan uyg'onsinlar.
Prezidentimiz ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi.
Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.
Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta'kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi.
Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Bu tizim 1 iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Bek va Lola 11 million marta ko'rildi!
Bugun Bek va Lola multserialining 5-qismi e'lon qilindi.
Bu safar qahramonlarimiz bolalar uchun qanday qadriyatlarni ilgari surishganini albatta ko'rishingiz shart.
Izohlarda bugungi qism haqida yozilgan mazmunli va batafsil sharh egalariga jamoamiz nomidan maxsus sovg'alar yetkazilib beriladi.
👉https://youtu.be/n0TMTQ3ik74
⚡️Bugun Prezidentimiz yoshlar uchun mana bunday yangilikni e'lon qildilar:
Maʼlumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi koʻplab dasturlar bor. Jumladan, Oʻzbekistonlik yoshlar taʼtil vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti.
Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish tizimi yoʻlga qo'yiladi.
⚡️"Bek va Lola" multserialining qanday yaralishi haqida qisqacha. Milliy qo'shiqlarimiz, milliy o'yinlarimiz va milliy qadriyatlar. Eng qiziq joyi musiqa bastalash va bolalar uchun yodda qoldigan she'r yozish – o'ta murakkab jarayon. Lekin bizning yoshlar bu ishning uddasidan chiqishmoqda. Marhamat, ko'ring: /channel/alisher_sadullaev/4875
Shunday kreativ jamoaga qo'shilinglar, Sizlar ham.
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.
@alisher_sadullaev
⚡️Ayni damda Germaniyada 3 oy davomida amaliyot dasturlari, "work and travel" kabi loyihalarda ishtirok etib kelgan talaba yoshlar bilan muloqot qilayapmiz.
Ular ikki masalani:
- Talabalarning bilet xarajatlarini uchun qarz berish (taxminan 600-1000 USD), keyin ularni talabalar Germaniyadagi ish vaqtida 3 oy davomida davlatga qaytarib berishi,
- Ko'proq til o'rgatish va qo'shimchasiga balki viza xarajatlarini kompensatsiya qilish takliflarini ham berishdi.
Muloqot davom etmoqda, Sizda qanday takliflar bor?
⚡️O‘quv markazlari forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Avvalroq aytganimdek, eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari, hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirish uchun o‘quv markazlari forumini tashkil etyapmiz.
Forumni yuqori saviyada va barcha uchun tizimli hamda qiymatli o‘tkazish, shuningdek byudjet mablag‘larini tejash maqsadida, forum xarajatlarini qoplash uchun o‘quv markazlari o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyati yaratildi (ixtiyoriy).
O‘quv markazlari ochmoqchi bo‘lgan, xorijiy tillar hamda kelajak kasblariga qiziquvchi yoshlar uchun alohida master-klaslar tashkil etiladi. Spikerlar tarkibi kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Marhamat, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, 14-15-dekabr kunlari O‘zbekistonning eng katta o‘quv markazlari hamjamiyatiga aʼzo bo‘ling.
👉https://forum.kelajakkasblari.uz/
🎉 Finalda katta sovgʻalar!
⚡️Faol obunachilarimizga 100ta kitob va 100ta "mutolaa premium" sovg'a qilmoqchiman.
Faqat bitta shart bilan: "Mutolaa" marafoni doirasidagi onlayn muloqotda faol ishtirok etish zarur va suhbat davomida Sa’dullo Quronov qalamiga mansub “Galaktikada bir kun” asari boʻyicha savollar ham beriladi va toʻgʻri javob topgan tinglovchilarga bir qator sovgʻalar tayyorlangan.
Suhbat vaqtigacha kitoblarni albatta mutolaa qiling va sovg'alarni yutib oling.
• Suhbat 30-noyabr kuni 19:00da @mutolaaxona kanalida boʻlib oʻtadi.
Mutolaa vaqti keldi!
⚡️G'alaba jamoaniki, mas'uliyat esa shaxsiy!
Yilning eng zo'r yetakchilarini g'oliblik bilan tabriklayman!
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida Stanford, Garvard, Yale, British Columbia, Seoul NYda ta'lim olayotgan yoshlarimiz ayni vaqtda bepul master-klasslar tashkil etishmoda. Siz ham hoziroq ishtirok etishingiz mumkin.
👉/channel/Top100_Uni?livestream
Toki o'zbekistonlik bolalar kitoblarni sevib qolmagunlaricha, yoshlar uchun kitob o'qish kisloroddek muhim manbaga aylanmaguncha, biz mehnat qilaveramiz, mehnat qilaveramiz. Bu ish bizning gardanimizga tushgan, bu vazifa katta vazifa. Uni uddalash bizga mas'uliyat va sharaf.
#mutolaavaqtikeldi
@mutolaaxona
⚡️Sizlar uchun super imkoniyatni e'lon qilmoqchimiz.
Chekka hudud-mi, shahar-mi?, hammaga birdek imkoniyat. Dunyoning eng nufuzli universitetlarida grant olib o'qish niyatingiz bormi?
Endi dunyoning eng nufuzli universitetlari, xususan Garvard, Stanford, Yale hamda Princeton kabi TOP universitetlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan muloqot qila olasiz.
Faqat savolimga aniq javob bering, qaysi top universitet va qaysi o'zbekistonlik talaba bilan muloqot qilgan bo'lar edingiz?
⚡️Yaqin soatlar ichida yana bir qiziq loyihani e'lon qilamiz. Ajoyib, oxirgi kunlardagi eng hayajonli tashabbuslardan biri bo'lsa kerak.
Obunachilarimizga savol) Qanday loyiha e'lon qilinadi deb o'ylaysiz?
🤲 Erta tongdan yaxshi xabar. Hali ham reanimatsiyada bo'lsak ham onajonim ovqatlanishga kuch topa oldilar. Nafas olishlari og'ir bo'lsa ham, gaplasha olishga kuch topa olayaptilar. Yaratgandan shifo so'rab qolaman. Duolaringizda eslab shifo so'raganingiz uchun ham rahmat. Hech qachon bemor bo'lmang.
Читать полностью…⚡️Bugun sizlar bilan quvonchli xabarni bo‘lishmoqchiman!
Kuni kecha British Council hamda IDP IELTS imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarimiz haqida ma’lumot taqdim etishdi.
Unga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.
Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.
8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.
Albatta, Prezidentimiz har tomonlama yoshlarimiz chet tillarini o‘rganishlari uchun yaratayotgan imkoniyatlari natijasida, xorijiy til imtihonlarida yuqori natija qayd etayotganlar soni nafaqat miqdor bo’yicha, balki sifat bo‘yicha ham oshib bormoqda.
Yoshlarimizni chet tillarini o‘rganishlari, global dunyoda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib olga intilishlarida omad tilaymiz.
@alisher_sadullaev
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Mutasaddilarga 1 martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi. To‘garak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025 yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.
Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi.
@alisher_sadullaev
#Qiziq
Bugun ertalabdan yoshlarforumiz.uz platformasiga kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqar ekanman, bir necha juda qiziq fikrlarga ko'zim tushdi.
Dilnoza Muhammadiyevaning - galofit o‘simliklaridan ajratib olinadigan endofit bakteriyalardan suspenziya tayyorlab, uni sho‘rlanish va stress sharoitlariga qarshi qo‘llash bo‘yicha bildirilgan taklifi meni qiziqtirib qo'ydi.
Nasibjon Sharofiddinovning - @mutolaaxona loyihasini rivojlantirish bo'yicha bergan takliflari, xususan, oylik marafonlar hamda asar mualliflari bilan muloqotlar, qahramonlarni sun'iy idrok orqali gavdalantirish yoki o'quvchilarga mutolaaning sovg'alarini taqdim etish kabi ko'plab takliflari bizga juda ma'qul. Biz Nasibjonni mutolaa jamoasiga ham taklif qilamiz.
Sardor Mahmudjonovning - suvsiz hamda toshloq yerlarda kovul o'simligini yetishtirish va bu orqali aholi bandligini ta'minlash bo'yicha qilgan ishlari, taklifi ham juda qiziq.
Albatta, qolgan takliflarni ham o'rganib chiqmoqdamiz. Ayni damda ularga aloqaga chiqib, takliflarini vazirlik idora rahbarlari yoki ilmiy institutlarga yo'naltiramiz. Loyihaning ommalashishiga hissa qo'shamiz.
Siz ham tashabbus va g'oyalaringizni yoshlarforumi.uz platformasiga yuboring. Takliflaringiz vazirlik va hokimliklar tomonidan qo'llab-quvvatlanishida albatta yordam beramiz.
@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlarimiz uchun, xususan talabalar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor!
👉/channel/alisher_sadullaev/4870
⚡️ Qarshi shahrida “Oʻquv markazlari forumi” boʻlib oʻtdi. Forumda shahar hokimi Normoʻmin Xolboyev ishtirok etib, oʻquv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashabbuskorlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Qolgan tuman va shahar hokimlaridan ham tashabbuskorlik kutib qolamiz.
manba
Batafsil: /channel/oquvmarkazlarforumi
⚡️Jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lgan yoshlar diqqatiga!
Yil yakunlari bo'yicha yoshlarning yangi tashabbus va g'oyalarini eshitish uchun katta maydon hozirlayapmiz.
Unda faol ishtirok etgan va boshqalardan zukkoligi, intiluvchanligi hamda mehnatsevarligi bilan ajralib turgan yoshlarni Respublika agentlik jamoasiga taklif qilmoqchimiz.
Albatta, saralangan nomzodlarni suhbat asosida o'zimiz uchun kelajak jamoasi sifatida ham tayyorlab boramiz. Eng muhimi fikrlar, g'oyalarni eng yuqori minbarlardan qaror chiqaruvchilarga ham yo'llash imkoniyati va minglab yoshlar uchun foydali tashabbuslar ilgari surish imkoniyati Sizda paydo bo'ladi.
Forum yuzasidan qanday fikr va takliflaringiz bor?
⚡️Bugun yoshlar bilan kechki muloqotda kitobxonlar uchun katta sovg'alar tayyorlab qo'yganmiz!
Qanday sovg'alar deb o'ylaysiz?
/channel/mutolaaxona?livestream
@mutolaaxona ko'rishguncha. Bunaqasi hali bo'lmagan)
⚡️Eng yaxshi savol egalariga ham maxsus sovg'alarimiz bor.
Xususan, inson muvaffaqiyatida oilaning o'rni, ta'lim olishga oid yoki rejalar tuzishga oid fikrlar. Jamoani boshqarish va umuman qanday qilib loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlash bo'yicha savollar kutaman.
Albatta, savollar sohalar kesimida cheklanmagan. Erkin va kreativ savollarga ham javob berib o'tamiz.
Vanihoyat!
Albatta ko'ring 👉https://youtu.be/L7EWaWv8JQI?feature=shared
Multfilmda bolajonlarimiz uchun qanday g'oyalar aks etganini to'liq yozgan izoh egalariga maxsus sovg'a yetkazib beramiz.
Batafsil va izohlarda to'liq ochib berilgan izohlarga ustuvorlik beriladi.