alisher_sadullaev | Неотсортированное

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

134890

Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!

Подписаться на канал

Alisher Sadullaev

⚡️ Bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni kashf etish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Mavzu” onlayn olimpiadasiga start bergandik.

❓ Bugun olimpiada haqida tez-tez berilayotgan bir qancha savollarga javob beramiz.

1. Olimpiada nima uchun Telegram orqali o’tkazilmoqda?

Sababi, Telegram ko’pchilik uchun qulay hamda bu platformani ishlatish katta internet tezligi talab qilmaydi.

2. Qolgan fanlar bo’yicha ham olimpiada o’tkaziladimi?

Albatta, tez orada olimpiadaga boshqa fanlar ham qo’shiladi. Qaysi fanlar bo’yicha o’tkazilsa sizlarga qiziqroq? Izohlarda yozib qoldiring!

3. Maksimal ball 40 ball bo’lsa, nega bundan yuqori ball berilgan holatlar kuzatilmoqda?

Bir vaqtning o’zida juda ko’p ishtirokchilar test ishlagani uchun shu kabi holatlar kuzatilgan. Texnik xodimlar tomonidan holat o’rganilib, nosozliklar bartaraf etildi.

4. Olimpiada savollari internetdan olinganmi, javoblar internetda bormi?

Olimpiada uchun maxsus savollar bazasi ishlab chiqilgan bo’lib, murojaatlardan so’ng tashkiliy jamoa savollarni qayta nazoratdan o’tkazdi. Savollar ekspertlar ishtirokida aynan mana shu olimpiada uchun tuzilgan.

Yana qanday savollaringiz bor? Yozib qoldiring👇

✊Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

♟Hamma shaxmatni yaxshi ko'rar ekan)

Murojaatimiz o'z manziliga yetib bordi. Do'stona hamkorligimiz davom etadi.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

💥 100 mingdan ko'proq kitobxonlar mutolaa orqali elektron va audio kitoblarni o'qishmoqda.

👉 /channel/mutolaaxona

#million

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bolalar uchun yangi kutubxona

Samarqand viloyati Payariq tumani O'ymovut mahallasi yoshlari bilan muloqotda mahalladagi 61-umumta'lim maktabi o'quvchilari va kutubxonachisi maktab kutubxonasidagi kamchiliklar va kitoblar yetishmayotgani bo'yicha murojaat qilishgan edi.

Yoshlarning bilim olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida kutubxonani qaytadan ta'mirlab, kitob javonlari, kompyuter va konditsioner o'rnatgan holda 1000 dona kitoblar to'plamini sovg'a qildik.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz shu yilning o'zida 1 million kitobxonlarga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda "kitobxon millat"ga aylanish nasib qilsin.

Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling:

Play Market | App Store

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Gooooollllll

JCh 2026 saralash bosqichida milliy terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov 20 daqiqada Hong Kong darvozasiga ilk golni kiritdi

🇭🇰 Hong Kong 0:1 🇺🇿Oʻzbekiston

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun JCh-2026 saralash bosqichida milliy terma jamoamiz Gong Kong milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2026 saralash bosqichi 26-mart
Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

✊🏻Yigitlarga omad yor bo‘lsin!

Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda ko'rishingiz mumkin.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi davomida "Qumtepa" yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Sanoat zonasida birinchi bosqichda 52 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Prezidentimiz mutasaddilarga sanoat zonasi maydonidan samarali foydalanish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni hunarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sayxunobod tajribasi asosida 14 ta tumandagi 788 ta mahallaga iqtisodiy idoralarning rahbar va masʼul xodimlari biriktirilgan. Ular “mahalla yettiligi” bilan birga 557 ming xonadondagi imkoniyatlarni o‘rgangan.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlar yilida kitobxon yoshlarimiz uchun yana bir yangi mega loyiha— “𝐌𝐮𝐭𝐨𝐥𝐚𝐚”

“Qo‘rqma” asari asosida yaratilgan mazkur film premyerasini tez orada “Mutolaa” loyihasining Mutolaaxona/">YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

😊 “Mutolaa” ilovasini yuklab olish:


Play Market | App Store

🤝 Ushbu loyiha kitobxonlik uchun Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi loyihalardan biri boʻlishiga ishonamiz.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini e’tirof etib, Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelishiga umid bildirdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

Barchangizga ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayyomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami muborak boʻlsin.

Tinchlik va bag‘rikenglik elchisi bo‘lgan—Navro‘zi olam har bir inson, har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu-baraka olib kelsin!

Navro‘z bayrami mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga, eng sevimli va ardoqli ayyomga aylangani bilan cheksiz faxrlanamiz.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi sanoat va ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurib, mahalladagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Sergeli tumanidagi qariyb 76 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yoshlar bog’i”da jamoatchilik vakillari bilan birga bahorgi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimizga yuqori daromad taklif etmoqda.

🖥 Hozirda ko'plab yirik IT kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjud. Shu sababdan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimiz ushbu loyihada ishtirok etish mumkin!

📑Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring. Siz bilan bog‘lanib, IT kompaniyalarga ishga joylashishingizga yordam beriladi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Farzandingiz yoki do'stlaringiz professional shaxmatni bepul o'rganishini xohlaysizmi?

👉🏻Izoh yozish va shaxmat darslarini boshlash uchun:
https://youtu.be/N28xw2UyQDk

♟Shaxmat ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan yangilik. 5 karra O'zbekiston chempioni, xalqaro shaxmat ustasi Bobur Sattorovdan shaxmat bo'yicha Strategiya darslari boshlandi.

Shaxmatni o'rganayotgan va shaxmatchi tanishlaringizni izohlarda belgilang. 3 nafar eng yaxshi izoh egalariga "Uzchess" tomonidan maxsus professional shaxmat doskalari sovg'a qilinadi!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Doʻstlar, xabar berganimizdek bugundan mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi.

Ochilish marosimida respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)laridan bir vaqtning oʻzida 89 ming nafar yosh onlayn ulanib, barcha O’zbekiston yoshlari ishtirokida besh tashabbus olimpiadasining 2024-yilgi mavsumiga start berildi.

Eslatib o’tamiz, mahalla yoshlari o’rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumi doirasidagi tanlov va sport musobaqalar mart oyidan dekabr oyiga qadar 5 bosqichda (mahalla-sektor-tuman (shahar) -hududiy-respublika) oʻtkaziladi.


Barchangizga omad yor bo'lsin!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fonni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlashlari imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

#Chellenj

🌿Mamlakatimiz bo’ylab ayni vaqtda “Yashil makon” umummilliy loyiha ayni qizg’in davrida. Biz ham yaqinda jamoa bilan Toshkent shahar Yangi hayot tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida 500 ga yaqin pavloniya daraxtlar ekdik.

🌳Daraxt ekishdan avval, suv bor, parvarish qilish imkoni bor yerni topish oson bo'lmadi. Toshkent shahrida yana bitta mo'jazgina bog'imiz bo'ladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

"Uzchess" loyihasi tomonidan Bloger va influenserlar o’rtasida “Uzchess media ligasi” tashkil qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega bloger va influenserlar endi o'zlarining shaxmat qobiliyatlarini "Uzchess" bilan sinovdan o'tkazishadi.

Do'stlar, o'yinlarni jonli kuzatishni istasangiz ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting.


Turnir 30-mart soat 14:00 da Kreativ park binosida bo'lib o'tadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Shunday ulug' kunlarda mehrimiz va mehnatimiz bilan yana bir “Yoshlar bog‘i” ni qad rostlashiga o'z hissamizni qo'shdik

Bugun Toshkent shahar Yangi hayot tumanida joylashgan “Marhamat” mahallasida 200 dan ortiq iqtidorli va faol yoshlar, davlat mukofoti sovrindorlari, sportchilar, shaxmatchilar, yosh tadbirkorlar, volontyorlar, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida 425 tup pavloniya ko'chatlari ekildi.

Pavloniya o‘sayotgan muhitiga qarab, har-xil balandlikda qad rostlaydigan, maksimal 30 metrgacha yetadigan hatto tarkibida 2% gacha ohak bo‘lgan quruq tuproqlarda ham o‘sadigan daraxt hisoblanadi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

📍 JCh-2026 saralash bosqichi

🇺🇿 Oʻzbekiston 3 – 0 Hong Kong
🇭🇰

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 yoʻllanmasi uchun yana bir qadam tashladi. 2-saralash bosqichining 4-turida Hong Kongni qabul qilgan yigitlarimiz yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Parallel kechayotgan bahsda Eron Turkmanistonga magʻlub boʻlmasa, terma jamoamiz muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Vikipediyada 10 mingga yaqin yangi maqola kiritilib, 50 mingdan ziyod tahrir ishlari amalga oshirildi. Umumiy maqolalar soni esa, chorak million — 250 mingdan oshdi.

4-9-mart kunlari boʻlib oʻtgan “WikiOromgoh IV” da O‘zbekistondagi 130 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 182 nafar talaba ishtirok etdi. Olti kun davomida yoshlar tajribali Vikipediya administratorlaridan mahorat darslarini olish bilan bir qatorda, o‘zlarining ilk maqolalarini ham yaratishdi.

Oromgoh yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekcha Vikipediyada 10 mingga yaqin yangi maqola kiritilib, 50 mingdan ziyod tahrir ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich orqali o‘zbekcha Vikipediyadagi umumiy maqolalar soni chorak million250 mingdan oshdi. O'zbekcha Vikipediya teranligi esa 32,4 ko‘rsatkichiga oshgan. Vikipediyalar tarmogʻida esa 42-oʻringa koʻtarildik.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

“O‘zbekiston dunyoning eng oldi, eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylansin” – Prezident Shavkat Mirziyoyev samimiy tilaklarini bildirib, Namanganda iftorlik qildi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.  


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezidentimizning “Mahalla tizimlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofatlash” to’g’risidagi farmoni ham e’lon qilindi.

Taqdirlangan faollar orasida:

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Birlik” mahalla yoshlar yetakchisi Mirzayev Sarvarbek Anvarbek o’g’li “Kelajak bunyodkori” medali bilan;

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi “Navbahor” mahalla yoshlar yetakchisi Allaberganova Nafosat Ganjayevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani yanada quvonarlidir.

Bugungi bayram bilan mahalla tizimi xodimlarini samimiy qutlayman, mas’uliyatli ba serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman! Oliyjanob ishlarga bosh-qosh bo‘lib kelayotgan jonkuyar mahalla oqsoqollari, yoshlarni dardu tashvishi bilan beminnat xizmat qilayotgan yoshlar yetakchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqidan:

Yoshlik – inson umrining bahori, uning Navro‘z bayramidir. Yoshlik – odamzod kamolot osmonida yulduzdek charaqlaydigan bebaho davrdir.


Yangi O‘zbekiston farzandlari – yuzlab, minglab o‘g‘il-qizlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan bu fikrni amalda isbotlamoqdalar. Ularning kuch-g‘ayrati, ezgu harakatlariga qanot berish maqsadida biz joriy yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildik.

Bugungi kunda yurtimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida, madaniyat va san’at, IT va sport yo‘nalishlaridagi nufuzli tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lib kelayotganlari barchamizni quvontiradi.

Birgina misol. Navqiron sportchilarimiz o‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning ushbu musobaqalardagi rekordini yangiladilar.
Xabaringiz bor, yaqinda mashhur shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylandi.

Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda—dedi Prezident oʻz nutqida.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Davlatimiz rahbari Navro‘z shukuhi kezib yurgan Dilbuloq mahallasida bo‘ldi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

"Turonbank" Aksiyadorlik tijorat banki birinchilardan bo‘lib respublikamizdagi moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni ishga jalb etishni yo‘lga qo‘ygan.

Bank tomonidan tashabbuskor yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlash, bilim hamda ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida maxsus strategiya ishlab chiqilgan. Quvonarlisi, bankda faoliyat yuritayotgan xodimlarning 35% ini yoshlar tashkil etadi.

2022-yilda “Turonbank stipendiyasi” loyihasi yo'lga qo'yilgan bo'lib, hozirga qadar 200 nafar talaba ushbu stipendiya sohibiga aylangan. Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga esa to‘lov kontraktlari ham to‘lab beriladi.

Shuningdek, Turonbankning iqtidorli yoshlari Germaniya, BAA, Janubiy Koreya, Chexiya, Xitoy, Turkiya va boshqa qator davlatlardagi nufuzli taʼlim dasturlarida ishtirok etishlari ham taʼminlangan.

Darvoqe, shaxmat olimpiadasi g‘olibi va xalqaro grossmeyster Jahongir Vahidov va bank o‘rtasida hamkorlik tuzilgan bo‘lib, Jahongir Vahidov hozirgi kunda ushbu bankning ambassadori hisoblanadi.


🤝Ishonamizki, bu kabi loyihalar yaqin kelajakda albatta o‘z samarasini beradi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida yaxlit klaster tizimini rivojlantiriladi.

P.S. Yuqoridagi suratlar esa, Turonbankda faoliyat yuritayotgan yoshlarimiz bilan uchrashuvdan.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

"Mutolaa" loyihasi tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub “Arslon o‘rgatuvchi” she’ri O’lmas Temur (Abdurahmonov) ijrosi etildi. Marhamat, tinglab ko'ring.

“Mutolaa” loyihasini eng faol targ’ib qilgan, izohlarda kitobxon do'stlarini belgilagan 10 nafar faol yoshlarimizga kitoblar to’plamini sovg’a qilamiz.

👉🏻Izoh yozish va targ'ibot qilish uchun:
https://youtu.be/tcI8MKRLI0w?si=WuzEyNTgLMeWQGkJ

"Mutolaa" ilovasini yuklab olish uchun :

Play Market:
👉🏻https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa

App Store:
👉🏻https://apps.apple.com/uz/app/mutolaa/id6475738561

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Germaniyaning "Papenbur" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, Germaniyada kasbiy taʼlim olish (ausbildung) dasturi bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda "Papenburg" kompaniyasida 80 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yosh kasbiy (ausbildung) taʼlim olmoqda.

Muhokamalarimizda yozgi taʼtilda 10 nafar o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarini "Papenburg" kompaniyasiga tashrifini tashkil etish, nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan video darsliklarni tayyorlashda hamkorlik qilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nemis tili o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilgan 10 nafar yosh ushbu kompaniyada kasbiy taʼlim olishmoqda.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

💐Muhtarama onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz! Qutlug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin!


Sizlarga, butun mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Mana shunday quvonchli kunlarimiz ko'p bo'lsin. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Подписаться на канал