alisher_sadullaev | Неотсортированное

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

134890

Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!

Подписаться на канал

Alisher Sadullaev

⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi

Parviz ota-onasining mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.

Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Jahongirmirzo Marg'ilonda ilm-fan, muhandislik hamda 3D bo'yicha global dunyo uchun kontent tayyorlaydi.

Ayni vaqta barcha ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube, Instagram) 750 mingdan ortiq obunachilari bor.

Prezidentimiz Jahongirmirzoning loyihasini yuqori baholab, u bilan faxrlanishlarini aytib o'tdilar. Aynan shu kabi foydali kontentlarni boshlash uchun Yoshlar ishlari agentligi 100 million so'mgacha grantlar berishini e'lon qildilar.

Yana shunday foydali kontent yaratayotgan yoshlardan kimlarni bilasiz?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi.

Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan o‘zgarib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof qilindi.

Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.

Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.

Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu laboratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi”ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

Bu imtiyoz 3-yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi.

Umuman, "Yoshlar daftari" tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’kidlandi.

Rahbarlar yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlaridan, o‘z vaqtida band bo‘lmagan yoshlar bilib-bilmay nomaqbul ishlarga qo‘l urishi, diniy radikalizm ta’siriga tushib qolishi, jinoyat ko‘chasiga kirishi mumkinligidan ogohlantirildi.

Yunusobod, Asaka, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Pastdarg‘om tumanlari, Olmaliq va Buxoro shaharlarida bu boradagi ishlar qoniqarsizligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlarni kasb va tilga o‘qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda.

Unga ko‘ra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi. Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi.

Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.

Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.

Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.

Bu davlat va jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.

Bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. Birgina “Yoshlar daftari” orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

O‘tgan 8-yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Shu bilan birga, Sho‘rchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar ko‘pligi u yerdagi rahbarlarning mas’uliyatsizligidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azm-u shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

Buyuk shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, yoshlik – bu qalbning oltin sozi. Bunga qo‘shimcha qilib, yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Aholimizning 60 foizini aynan yoshlar tashkil etishi ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz.

Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi?

Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”,

- dedi Prezident.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Javohir Sindarov shaxmatning freestyle yo'nalishida amerikalik super grossmeyster Hikaru Nakamura ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Javohir, barakalla! Yarim finalda ham omad yor bo'lsin.

https://www.youtube.com/live/mJftDnIHfhQ?si=Y4BgJT3-Efe6L8C9

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿Bugungi kunda yoshlar faqat tomoshabin emas – ular qarorlar qabul qilinadigan joyda bo‘lishi kerak!

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati Raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna ham ishtirok etdilar. Uchrashuvda Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga Laylo Aslonova parlament raisi etib, bir ovozdan saylandi. Shuningdek, Ibrohimjon Jo‘raboyev hamda Azizbek Ochilboyev Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.

Yangi tarkib 100 nafardan iborat bo‘lib, uning 95 foizini oliy ma’lumotli yoshlar, 30 foizini esa xotin-qizlar tashkil etadi. Bu esa yoshlarning Senat faoliyatida bevosita ishtirok etishi, o‘z fikrini bildirish va yangi marralarni zabt etishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

Davlatimiz rahbarining bugungi kunda olib borayotgan islohotlari yoshlarning parlament hayotidagi o‘rni qanchalik muhim ekanligini yaqqol namoyon etmoqda. Zero, qonunlar qabul qilinayotganda yoshlarning manfaatlarini inobatga olish juda muhim, chunki aynan ular kelajak avlod hayotiga bevosita ta’sir qila oladi.

Yoshlar parlamenti a’zolariga ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilayman!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!

Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.

Ma'lumot o'rnida, Azizbek 4 yil ta'lim uchun Garvarddan jami 360 ming dollar grant yutib oldi 🔥


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

So‘ng Prezidentimiz faol yoshlar bilan muloqot qildi.

Turli hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va nodavlat o‘quv markazlari, korxona va fermer xo‘jaliklari vakillari, yosh olim va sportchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari ko‘rib chiqildi.

“Bugungi kunda Vatanimiz o‘z taraqqiyotining yangi bir tarixiy bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu davrda oldimizda ilgari duch kelmagan murakkab vazifalar, g‘ov va to‘siqlar paydo bo‘lishi tabiiy, albatta. Lekin qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz.

Chunki bizning olis va yaqin tarixda ne-ne sinovlardan o‘tgan, donishmand xalqimiz bor, bugun barcha soha va tarmoqlarda maydonga dadil chiqayotgan g‘ayrat-shijoatli yoshlarimiz bor.

Sizlar bilan maslahat va muloqotni o‘z faoliyatimizda asosiy mezonlardan biri, deb bilamiz.

Sizlar ham bunday yuksak ishonchga munosib bo‘lib, jonajon Vatanimizni har tomonlama rivojlangan, go‘zal va farovon mamlakatga, Uchinchi Renessans diyoriga aylantirishda oldingi saflarda bo‘lasiz, deb ishonaman”
,

- dedi Prezident so‘zining yakunida.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

“Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.

“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi.

Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

Bundan tashqari, dunyoning nufuzli ”Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.

Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon”davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ”Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil qilinadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani ta’kidlandi.

“Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘istonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda bir million sun’iy intellekt muhandislarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.

O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.

Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar.

O‘tgan yili kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asoslari belgilandi.

Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da namunaviy “Kreativ park” tashkil qilindi.

Endi, kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etiladi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi.

Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.

O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti.

Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi.

Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi.

Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿Prezident bugun yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatga imzo chekkanini e’lon qildi.

Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bugungi kunda oliygohlarni tugatayotgan 90 ming yoshlar mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda qiynalmoqda.

Shu bois, ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankga 100 million dollar resurs beriladi.

Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiya ish o‘rinlarini yaratish, kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ilgari oliy ta’limda 1 ta o‘rin uchun kamida 10 nafar yigit-qiz kurash olib borar edi. Qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirildi. Tizimda qamrov 42 foizga yetdi.

Xotin-qizlarga kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko‘paydi.

Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”,

- dedi Prezident.

O‘tgan 25-yil ichida davlat hisobidan 800 nafar yoshlar xorijga o‘qishga yuborilgan bo‘lsa, birgina "El-yurt umidi" jamg‘armasi orqali so‘nggi 7-yilda 3 barobar ko‘p o‘g‘il-qizlarimiz bunday imkoniyatga ega bo‘ldi.

Endi, Yoshlar agentligi xorijda o‘qiyotgan har bir talabaga bosh-qosh bo‘lib, ehtiyojlarini aniqlashi, Vatanga qaytib, o‘z o‘rnini topishi, muvaffaqiyatli karera qilishi kabi masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan teng mas’ul bo‘lishi belgilandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi.

Hozirgi vaqtda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik.

Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan katta forumda Toshkent shahridagi Prezident maktabi global darajada eng nufuzli nominatsiyada g‘olib deb topildi.

Buning bosh omili nimada, deb so‘rasangiz, men avvalo yoshlarga munosabat davlat miqyosida butunlay o‘zgarganida, deb javob bergan bo‘lardim. O‘g‘il-qizlarimiz yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini sezib, o‘zlariga beqiyos kuch olmoqda”,

- dedi Prezident.

Bundan besh yil oldin Senat va Qonunchilik palatasida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. U yerda yoshlar siyosiy yetakchilik, demokratiya maktabi, parlamentarizm maktabi qanday bo‘lishini amalda ko‘rdi. Oxirgi saylovda ana shu yoshlarimizdan ikki nafari Qonunchilik palatasiga, 250 nafari kengashlarga deputat bo‘lib saylandi.

Endi barcha tizimdagi rahbarlar
yoshlarning baralla ovozini eshitishga
majbur.
Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q”
,

- dedi Prezident.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti boshlanadi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, faol yoshlarning takliflari eshitiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Qoyil, Abduqodir Husanov (hujumkor himoyachi) hozirgina City tarkibida gol urdi 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Barakalla, qoyil-e. Hammasini shunday qoldirmadi-ye!


UPD: Abduqodirning Lansda urgan golini shu tarzda haqiqiy egasiga qaytarib berishdiyov)

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yig'ilishda masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, o‘quv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi. Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.

Misol uchun, “Amazon”da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga “Facebook”dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.

Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi taʼkidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Подписаться на канал