“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi yakunlandi
Natijalarga koʻra:
1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidan “Guliston” MFY jamoasi 100 mln so‘m;
2-o‘rin: Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan “Paxtazor” jamoasi 60 mln so‘m;
3-o‘rin: Toshkent shahri, Olmazor tumanidan “Beruniy” MFY jamoasi 40 mln so‘m
✊🏻Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan barcha bilimdon yoshlarimizni tabriklayman!
@alisher_sadullaev
⚡️“Bilim uchun 100 million” loyihasining onlayn bosqichi yakunlandi
Bu yilgi mavsum 10 ta turdan iborat bo‘ldi. Olimpiada qariyb 120 ming o‘zbekistonlikni qamrab oldi. Onlayn bosqichda barcha turlarda to‘liq qatnashgan, eng yuqori o‘rinni qayd etgan (ketma-ketlik asosida) 100 nafar ishtirokchi Toshkentda o‘tadigan finalda ishtirok etadi.
Final 12-dekabr kuni o‘tkaziladi. 9-dekabr kuni final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 100 nafar ishtirokchining barchasi bilan bog‘lanib, finalning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida to‘liq ma’lumot berildi. Finalchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, qolgan 99 finalchi esa — 1 mln so‘mdan mukofot bilan taqdirlanadilar.
Barcha bilimdonlarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz, finalchilarga esa omad yor boʻlsin!
@alisher_sadullaev
“Ibrat Academy” — mening ustozim!
Dars tayyorlashga vaqt bo’lmasligi, mablag’ yetishmasligi va professional o’qituvchi topa olmasligingiz endi muammo emas! “Ibrat Academy” ilovasi yuqoridagi barcha muammolar uchun munosib yechimdir.
Ilovani yuklab olish: Android | iOS
@ibratfarzandlari
Odamlar tabiiy ofatlar, kasalliklar, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turli kutilmagan muammolarga duch keladi. Shunday vaziyatda volontyorlar odamlarning joniga oro kiradi, ularni qo‘llab-quvvatlab qiyinchilik vaziyatida hech qanday tamasiz yordam beradi.
Bugun yurtimizda 61 ming nafar yoshni qamrab olgan 99 ta volontyorlik guruhlari xuddi shunday ezgu maqsadlar yo‘lida faoliyat ko‘rsatyapti.
Kimgadir chin dildan yaxshilik qilish istagi tinchlik bermaydigan barcha ko‘ngillilarni 5-dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Zarur paytda hamyurtlarimizga tezkor va beminnat yordam berish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish borasidagi ezgu maqsadlar yo‘lida aslo tolmang.
@alisher_sadullaev
⚡️"Zukko kitobxon" tanlovining dekabr oyi uchun kitoblar ro’yxati!
Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
📚Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @kitobxontestbot orqali hoziroq ro’yxatdan o’ting!
@alisher_sadullaev
📚“Yoshlar uchun 1000 kitob”
Jahonning tan olingan ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, kitob holida chop etish muhimligini ziyolilar, keng jamoatchilik anchadan beri aytib keladi. Nihoyat, bunga oid Prezident Qarori chiqdi.
📚Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.
🔰 Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;
2️⃣-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro‘yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi.
❕Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar ro‘yxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
🗓 2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko‘riladi.
➡️ Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq davlat xaridlari talabgorlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
📲 O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Yangi loyiha va yangi dars premyerasi
Oʻzbekistonning eng zoʻr ustozlarini oʻzida jamlagan online darslar loyihasi — "Ustoz AI"ga start berildi.
Ustoz AI — zamonaviy kasblar va fanlarni oʻrgatuvchi sifatli va bepul onlayn darslar loyihasi. Unda:
•SAT
•GMAT
•Matematika
•Grafik dizayn
•Videomontaj
•Marketing
•HR
•va yana shu kabi 40+ sohalarga doir bepul darslar tez orada sizlarga taqdim etiladi.
Bugun UstozAI'da birinchi dars — SAT kirish darsi premyera qilindi. Butun bir SAT Math kursi uzluksiz ravishda YouTube kanalida taqdim etib boriladi. Birinchi darsni loyihaning 🌐YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Barcha qoʻshimcha maʼlumotlar uchun UstozAI'ning telegram sahifasiga aʼzo boʻling:
📚 @ustozai
🏆♟ O’zbek shaxmatida ayollar o’rtasida ilk jahon chempioni!!!
Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo’lgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON CHEMPIONI bo’ldi.
Oxirgi turda qanday natija bo’lishidan qat’i nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo’lgan yagona ta’qibchisi — qozog’istonlik shaxmatchini o’zaro o’yinda mag’lub etgan. Musobaqa nizomiga ko’ra, ochkolar teng kelib qolsa, o’zaro o’yinga qaraladi.
UzChess kanalining yozishicha, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.
Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o’z yosh toifalarida kumush medalni qo’lga kiritgan edi.
👏🏻BARAKALLA, AFRUZA!!! Ota-onang va ustozlaringga rahmat.
👉 manba 👈
🏴 Angliya 1:2 O‘zbekiston 🇺🇿 oldinga chiqib oldi🤩 U-17 JCH.
Laziz Mirzayevning shedevr goli
@alisher_sadullaev
“Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan telegramda ovozli suhbatimiz davom etadi
👉 Ishtirok etish uchun havola:
/channel/alisher_sadullaev?livestream
👉 YouTube orqali ko'rish:
https://youtube.com/live/Pmu39_o3mtQ
@alisher_sadullaev
20-noyabr kuni soat 20:00 da “Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan telegramda ovozli suhbat o‘tkazamiz. Mazkur muloqotda agentlik tizimi xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, o‘quv markazlar vakillari hamda yoshlarimizning ishtirok etishlari muhim.
Ovozli suhbat linki: /channel/alisher_sadullaev?livestream
@alisher_sadullaev
⚡️ "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘lib o‘tadi?
🗓 Tanlov o‘tkaziladigan sanalari bilan yuqoridagi jadvalda hududlar kesimida tanishing.
Ma'lumot o‘rnida: Tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1️⃣ “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2️⃣ “Tezkor savol-javob” sharti.
📚 @yoshkitobxonuz
Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli!
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilmoqda. Bu ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun zamin bo‘lmoqda.
Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli. Ularning bilimi ham, intilishi ham yangicha. Shuning uchun sanoat zonalarini yoshlarning o‘ziga berish kerak. Bu tumanlar uchun tayyor "loyihalar fabrikasi" bo‘ladi. Mutasaddilar faqat korxonalarni innovatsiyaga o‘tkazishga, bozorga chiqishga ko‘maklashishi kerak. Bunda asosiysi - tannarx, sifat, raqobat, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
@alisher_sadullaev
@Ibratfarzandlari loyihasi orqali Fransuz tilini o'rganib, yuqori darajaga erishgan 15nafargacha yoshlar uchun grant asosida Fransiyaga ta'lim va kasb sayohatlari tashkil etiladi. Loyiha juda istiqbolli bo'lishiga Fransiya birdamlik va ta'lim assotsiatsiyasi Prezidenti Alain Payen ham ishonch bildirdi. Dastur 2024-yilning oktabr oylariga reja qilinmoqda.
Yoshlar tezroq Fransuz tilini o'rganishni boshlaymiz 🤝
@alisher_sadullaev
⚡️Jamoamiz bilan Parij shahrida YUNESKOning bosh shtab kvartirasida o‘tkazilayotgan yoshlar forumida O‘zbekistonda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va xalqaro hamkorlik loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazishmoqdamiz. Qisqacha tadqimotlarimizdan birini e'tiboringizga havola qilaman.
@alisher_sadullaev
Madhiya bu shunchaki oddiy bir kuy emas. Uning qadr-qiymatini ayniqsa chet el davlatlarida xizmat safarlarida bo'lganimizda, sportchi va iqtidorli yoshlarimiz shohsupaning eng yuqori cho'qqilaridan turib kuylaganida biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. Shu daqiqada bizdan baxtliroq inson bo'lmaydi.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni 10-dekabr – O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklayman!
Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishi har birimiz yodda tutishimiz zarur.
@alisher_sadullaev
Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 31 yil bo’ldi.
Bu yillar davomida Konstitutsiyamiz xalqimiz irodasi, inson qadri uchun takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda alohida “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 14-bobi 5 ta moddani o‘z ichiga olgan qonun shakllanishi bu yoshlar uchun huquqiy tirgakdir!
Yurtimizning bosh qomusi- Konstitutsiyamizni o'rganishga, o'z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga, uning davlatimiz siyosatida muhim o'rin tutishini anglashga va o'rganishga har birimiz mas'uldirmiz.
@alisher_sadullaev
2023/2024-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʼlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarining gʼoliblari eʼlon qilindi.
Nomdor stipendiya sohibi boʻlish, yoshlarimizga nafaqat yutuq balki kelgusi mas'uliyatni ham olib keladi. ijtimoiy tarmoqlarda kechadan beri ko'p talabalar quvonchli postlar joylashmoqda. Ushbu yutuq bilan avvalo shu talabalarning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!
@alisher_sadullaev
O'zbekistonlik iqtisodchi do'stimiz Behzod Hoshimov Iqtisodiy rivojlanish, savdo va investitsiyalarni shakllantiruvchi muhim masalalar to'g'risida YeTTB bosh iqtisodchisi va Oksford professori Beata Javorcik bilan birgalikda juda qiziqarli podkast tayyorlabdi. Anchadan buyon o'zim ham "Hoshimov Iqtisodiyoti" loyihasini kuzatib boryapman.
🤝Loyiha to'g'risidagi fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutamiz. Sizlar uchun juda qiziqarli bo'ladi degan umiddamiz!
https://youtu.be/odzwRErTbNg?si=6WXbbvACrBufuzo5
⚡️ El-Lobregat ochiq shaxmat turnirining birinchi kuni g’alabalar bilan boshlandi!
🇪🇸 30 -noyabrdan 8-dekabrgacha Ispaniyaning Barselona shahri mezbonlik qiladigan El-Lobregat ochiq shaxmat turnirida ayni damda 1-tur bahslarida 15 dan ortiq shaxmatchilarimiz raqiblari ustidan g’alaba qozondi.
🔥 Turnir 9 raunddan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda boʻlib oʻtmoqda. El-Lobregat turniri 1-tur bahslari davom etmoqda.
✅ Shaxmatchilarimizni jonli efirda qoʻllab-quvvatlab turamiz doʻstlar!
👉🏻 Natijalarni hamda jarayonlarni kuzatib boring
@alisher_sadullaev
Italiyada yosh qizlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida birinchi o'rinni egallagan Afruza Hamdamova bugun erta tongda yuzlab muxlislar, jamoatchilik, shaxmat hamda OAV vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.
Afruza hamda delegatsiya a'zolarini aeroportda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib olib, Prezidentimizning tabrigi va sovg'asini yetkazdilar.
Shuningdek, Yoshlar Press klubida chempion qizimizga 100 million soʻm, murabbiyiga esa 50 million soʻm pul mukofotlari topshirildi.
👏 BARAKALLA, AFRUZA!!!
@alisher_sadullaev
⚡️ U-17 terma jamoamiz Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
U-17 Jahon chempionatining chorak finali doirasida 25-noyabr Toshkent vaqti bilan 13:30 da “Manahan” stadionida boshlandi.
Yoshlarimizga omad yor bo‘lsin!
Uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.
@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlarimiz dunyoning 8ta eng kuchli terma jamoalari safiga kirish vazifasini uddalashdi. Angliyani jahon chempionatidan chiqarib yuboradigan kunlarga ham kelibmiz. Endi kattalardan ham shunday natijalar kutib qolamiz.
Yoshlarimizga esa tasanno deymiz. Kelgusi o'yinlarida omad!
@alisher_sadullaev
G'alabaga teng durang. Shaxsan birinchi taymdan ko'nglimiz to'lmagan bo'lsa ham ikkinchi taymda terma jamoamiz o'z darajasida o'ynadi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, Eronni uyimizda taslim etish masalasi kechroqqa qoldi.
Tashakkur, yigitlar!
“Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan telegramda ovozli suhbatimiz davom etadi
👉 Ishtirok etish uchun havola:
/channel/alisher_sadullaev?livestream
@alisher_sadullaev
4 mingdan ortiq ishtirokchilarni o’zida jamlagan sovrin jamg‘armasi 600 mln so‘m bo‘lgan “Zakovat-Gambit” xalqaro turniri yakunlandi
Turnirda an’anaga ko‘ra, bu yil ham jahonning eng mashhur shaxmat ustalari shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi Vladimir Kramnik, jahon chempioni Xou Ifan musobaqa qatnashchilari uchun master-klass va hayajonli shaxmat seanslarini o‘tkazdi.
“Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining:
E guruhi g‘oliblari
D guruhi g‘oliblari
C guruhi g‘oliblari
B guruhi g‘oliblari
A guruhi g‘oliblari
✊🏻Barcha g’oliblarni chin dildan samimiy tabriklaymiz! Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan samarali foydalanib, kelgusida chinakam vatanparvar va fidoyi inson bo‘lib yetishishingizga ishonamiz.
@alisher_sadullaev
Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!
🇺🇿O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.
💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Safarimiz yakunida YUNESKO bosh direktori Odri Azule xonim bilan ham muloqot qilib, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati haqida ham so'zlab berdik. Safarimiz juda ko'p yangi tashabbus va g'oyalarga boy bo'ldi.
@alisher_sadullaev
Yoshlar bilan uchrashuv #Fransiya
Do'stlar, aytib o'tganimdek, ayni kunlarda xizmat safari bilan Fransiyada bo’lib turibmiz. Kelishimiz bilanoq, Elchimiz bilan maslahatlashgan holda yosh vatandoshlar bilan uchrashdik. Fransiyada ta’lim olayotgan o’zbekistonlik yoshlarimizdan ham yoshlar siyosatiga oid takliflar va tashabbuslarni eshitdik.
Jonli va qizg'in muloqotda yoshlarga chet tillarini, shuningdek xorijdagi yoshlarga O'zbek tilini o'rgatish, ta'lim va kasb imkoniyatlari, ijod va tadbirkorlik yo'nalishida Fransiya yoshlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Ish rejamiz esa -juda tig’iz. Bu haqida keyinroq yana batafsil ma’lumot berib boramiz.
@alisher_sadullaev
Joriy yilning, 10-noyabr kuni respublikamiz bo’ylab “Biz bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o’tkaziladi.
Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz.
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.
@alisher_sadullaev