|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
"Dolzarb 90 kun" shiori ostida toʼgarak mashgʻulotlariga start berildi
Yakkabogʻ tumani 37- umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning yozgi taʼtil davomida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" shiori ostida toʼgarak mashgʻulotlariga start berildi. Bu esa oʼz navbatida oʻquvchilarimizni taʼtil davomida bilim olishlari uchun xizmat qiladi.
❗️Hozirda shunga o'xshash holatlar ko'paymoqda.
Hurmatli fuqarolar e'tiborli bo'ling !!! ✅
#Maktab_maslahatchilari
Onasi bilan oʻqiyotgan bolajonlar
✅ Maktab maslahatchilari uchun "Renessans" bolalar oromgohida oʻquv jarayonlari boʻlib oʻtayotganidan xabaringiz bor.
🌐 Ular orasida yosh bolalari bilan kelib, treninglarda qatnashayotgan maslahatchilar ham bor. Ularga onalari va qaynonalari hamrohlik qilib mashg'ulot vaqtida farzandlariga qarab turishga koʻmak berishmoqda.
..
Bizni kuzating
Pedagoglar 3+1 tizimida malaka oshirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF–5368-son, 2020 yil 24 yanvardagi PF–5924-son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qaytatayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori va Jismoniy tarbiya va sport buyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2025-yildagi rejasiga asosan 250 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va 44 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘riqchilari may oyida 3+1 tizimida malaka oshirishdi.
Bugun 294 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va 44 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘riqchilari Qarshi shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida test jarayonlarida ishtirok etmoqda.
#PF_51
#Muallim_munosabati
“... Prezidentimizning muallim — jamiyat tayanchi degan so‘zlari meni yanada mas’uliyatli, intiluvchan va yangilikka ochiq bo‘lishga undaydi. Endi so‘z emas, amaliy qo‘llab-quvvatlash davri boshlandi. Ta’lim tizimidagi islohotlar yanada jadallashmoqda. Har bir fidoyi o‘qituvchi bu farmondan kuch olib, bilim va tarbiya bilan kelajak poydevorini yaratishda davom etsa maqsadga muvofiq boʼlar edi. Bundan keyin yanada rahbarligim ostidagi taʼlim tashkilotida faoliyat yurituvchi pedagoglarni har bir darslarida bolalarga bilim berish bilan birga, ularning orzularini ham qanotlantirishga harakat qilishlarida sharoitlar yaratishga zamin yarataman. ”, — deydi u.
✅✅✅✅
#Universitetlar_faoliyati
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabz davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
➖ Unda vazir o‘quv binosining holati, auditoriyalar, mashg’ulot jarayonlari, Talabalar turar joyi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
🔰 Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tashabbus va takliflarga quloq tutildi hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
📍 Vazir Hilola Umarova kun davomida Shahrisabz davlat pedagogika instituti qoshidagi Yoshlar markazida ham bo‘lib, talabalar hamda mas'ullar bilan suhbatlashdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda markazda Institutning Tasviriy san’at, Texnologik ta’lim va Musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 317 nafar talabaga ikki smenada o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.
Bizni kuzating
Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida yig'ilish o'tkazildi — QASHQADARYO
Ma'lumki, “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzusida ochiq muloqot, seminarlar tashkil etilmoqda.
Bugun o'tkazilgan yig'ilishda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat sho’basi boshlig’I O.Murodov hamda boshqarma ma’sul xodimlari tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.
Muloqot davomida mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirildi.
Bundan tashqari korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻrganish uchun yetkazildi.
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqotda viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'lim katta tezkor vakili Jurayev Ulug’bek ham ishtirok etib, ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyasiz tizimga aylantirishda galdagi vazifalar muhokama etildi.
Ochiq muloqot davomida ta'lim xodimlariga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
❗️Mazkur targ'ibotlar kelgusida Qashqadaryo viloyatidagi barcha tuman(shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarida va ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Hamkorlik doirasidagi jarayondan lavhalar...
Viloyat maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi hamda 'International Bridge" o'quv markazi hamkorligida test o’tkazildi.
Qamashi tumani 7-o'rta ta'lim maktabida Qamashi tumani nemis tili o'qituvchilari uchun bepul sinov test jarayonlari tashkil etildi. Test jarayonlariga qatnashgan o'qituvchilar erishgan natijalarini ko'rib o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortdi.
24-Май куни эфирга кетган "Миллат руҳи" эшиттиришини журналист Х. Шаропова тайёрлаган. Телесерилларнинг бадиий тилдан узоқлашиб борилаётгани танқид қилинган. Қарши шаҳридаги 9-умумий ўрта таълим мактаби, маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари Мафтуна Аҳмедова ва она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси Шахло Мўминовалар ўзбек тилига ўқувчиларнинг меҳрини уйғотиш, адабий тилда сўзлашишларининг муҳимлиги ва бу борада қилинаётган ишлар ҳақида тўхталганлар.
/channel/oltinvoha
11-май куни эфирга узатилган "Дилдан суҳбат" эшиттиришида Касби туманидаги "Баркамол авлод болалар мактаби" тўгарак раҳбари Муҳаббат Умирова билан суҳбат ўтказилди. Илми ҳунари билан ёш авлодга ҳаётий тажрибаларини ўргатиб келаётгани ва уларнинг келажаги учун ҳунарнинг аҳамиятли жиҳатлари хусусида сўз борди. /channel/oltinvoha
Читать полностью…#Bitiruvchilar_hayotidan
Kitob tumanidagi 60-maktab filialini bu yil bir nafar o‘quvchi tugatdi
✅ Muslima Toshtemirova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining olis togʻ bagʻridagi moʻjazgina Aspiduxtar qishlogʻida yashaydi. U joriy yilda qishloq hududida joylashgan 60-maktab filialining 11-sinfini tamomladi.
➖ Hayratlanarlisi, maktabda 15 nafar oʻquvchi boʻlib, Muslima shu taʼlim dargohining yagona bitiruvchisi. Uning orzulari koʻp: tibbiyot oliygohiga oʻqishga kirish, malakali shifokor boʻlib qishloq odamlarining dardiga darmon boʻlishni istaydi.
👉 Muslima oʻqigan maktab, uning kelajak maqsadlari, ustozlarining oʻz kasbiga boʻlgan mehri va fidoyiligi xususida batafsil bu yerda: https://uza.uz/oz/posts/bitta-oquvchi-on-tort-ustoz-va-tog-bagridagi-maktab-video_723440
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Bolalar_sayyorasi
🥳Yozgi taʼtil kunlarini maroqli o‘tkazing!
➡️O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari mazmunli o‘tishi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Bolalar sayyorasi” deb nomlangan multfilmlar jamlanmasi taqdim etiladi.
◀️120 ta maʼrifiy-tarbiyaviy, xususan, tarbiya, ilm-fan, ingliz tili, koinot, matematika, rus tili, tabiiy fanlar, texnologiya kabi sakkizta yo‘nalishdagi multfilmlarni o‘g‘il-qizlar bo‘sh vaqtlarida tomosha qilishi mumkin.
😎Mazkur multfilmlar vazirlikning rasmiy UzEdu1/playlists">YouTube sahifasiga joylangan.
🛍Aziz o‘quvchilar! Multfilmlarni tomosha qilib, yozgi ta’til kunlarida vaqtingizni unumli o‘tkazing!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Live
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅ Ayni damda 2024-2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
❗️Birozdan so‘ng 9-sinf o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan qurʼa tashlash jarayonlari boshlanadi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/sdLlMH_I1sA?feature=share
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Yarmarka
#Hamkorlik
Yosh mutaxassislar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Jarayonda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripov, birinchi oʼrinbosar M. Panjiyev hamda sohaviy masʼullar ishtirok etdi.
Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarni ta’lim tizimiga jalb etish, ular uchun ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob beradigan pedagog kadrlarni saralash maqsadida o‘tkazildi.
Yarmarka davomida bitiruvchi talabalar o‘zlari tanlagan ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi va shu joyning o‘zida ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga pedagogik faoliyatga oid amaldagi qonunchilik, ishga qabul qilish tartibi, o‘quv yili uchun ehtiyoj mavjud maktablar va bog‘chalar, to‘lov-shartnoma asosida ishga kirish imkoniyatlari hamda ustama va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan anketalar to‘ldirilib, ularning rezyumelari viloyatdagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga yo‘naltirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlashda, ularni mehnat bozoriga moslashtirishda va ta’lim tizimini malakali kadrlarga boyitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yarmarka davom etmoqda.....
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
🎓 ILM – ENG BUYUK SHARAF!
⚡️ 2025-yil 24-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida 2024–2025 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va maktab tashkil etilganining 8 yilligi tantanalaridan videorolik.
#BolalarniHimoyaQilishKuni
#ДеньЗащитыДетей
#OrzugaHayotBaxshEtaylik
#GiveLifeToADream
#ДаримЖизньМечте
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
"YANGILIKLAR" 29.05.2025
#29may
Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida yig'ilish o'tkazildi — QASHQADARYO
|📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
| ✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
Qashqadaryolik oʼqituvchidan ajoyib natija....
Ommalashtirish ishlarining sertifikatlari chiqdi)
Mavzu:
“11-sinf o‘quvchilari uchun ‘My life online’ mavzusiga asoslangan holda ijtimoiy tarmoq va zamonaviy raqamli qurilmalar yordamida gibrid ta’limni tashkil qilish”.
Taʼlim tashkilotida sport musobaqasi tashkil etildi — GIMNASTIKA
2025-yil 27-may kuni Muborak tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Gimnastikaga ilk qadam" shiori ostida bog‘chalararo sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumandagi 4 ta MTT ishtirok etdi. Musobaqa bolalarda sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni rag‘batlantirish va gimnastika elementlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.@Qashqadaryo_MMTB Читать полностью…
Tashkiliy ishlar doirasida sport maktabidan tajribali gimnastika murabbiylari taklif qilindi.
Musobaqa davomida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etishdi va sportga bo‘lgan mehrlarini namoyon qilishdi. Bu kabi tadbirlar orqali bolalarni viloyat darajasidagi tanlovlarga tayyorlash rejalashtirilmoqda,- deydi taʼlim tashkiloti masʼullari.
Koson tumanida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Tanlov davomida ishtirokchilar huquqiy savodxonlik, mantiqiy fikrlash va dolzarb masalalarni hal qilishdagi bilim va ko‘nikmalari asosida baholandi. Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan ishtirokchi faxriy diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi tanlovlar yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash va ularni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
#Natija
Maktab direktoridan ajoyib natija
Chiroqchi tumani 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori Ilyos Rajabov umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat uchun O‘zbek tili va adabiyot fanidan test topshirib C+ darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.
@Qashqadaryo_MMTB
‼️‼️‼️
Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi 90 ta kambagʻalligi yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi.
Manfaatdorlikni bildirish joriy yilning 20-may kunidan 2-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Soʼrovnoma asosida faol ishtirok etgan "Eng yaxshi maktab direktorlari" gʼolib deb topildi
1-o'rin: Shohida Safarova, Qarshi tumani 27-maktab direktori.
2-oʼrin: Imom Kavkayev, Gʼuzor tumani 22-maktab direktori.
3-oʼrin: Elmira Xasanova, Qarshi shahar 10-maktab direktori.
Eslatib oʼtamiz, mazkur soʼrovnoma viloyat miqyosidagi umumtaʼlim maktab direktorlari oʼrtasida tashkil etilgan.
Tez orada boshqarma boshligʼi ishtirokida gʼoliblar eʼtirof etiladi.
16-май куни эфирга узатилган " Болажон" эшиттиришида МТТларда тарбияланувчилар қамровини ошиб бораетгани ва жорий йилнинг 15-май куни етказилган ведиоселекторда бу каби ислоҳотларни янги босқичга олиб чиқиш кераклиги,пелагог кадрлар тайёрлаш ва малака ошириш тизимини такомиллаштиришга қаратилгани устувор вазифалар ҳақида вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг бошлиғининг ўринбосари Даврон Тожиев мулоҳазалари берилди. /channel/oltinvoha
Читать полностью…1 nafar bitiruvchisi bor maktab haqida
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan Aspiduxtar qishlog‘idagi 60-maktabning filialida jami 15 nafar o‘quvchi turli sinflarda tahsil oladi. Joriy yilda bir nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirdi. Uning ismi — Muslima Toshtemirova.
Muslimani o‘qitish uchun har kuni 3-4 nafar o‘qituvchi, haftalik jadvalga muvofiq esa jami 14 nafar pedagog 7 kilometr tog‘li yo‘ldan qatnab dars o‘tgan. Agar qalin qor yog‘ib qolsa, unda o‘qituvchilar 1 kun avval kelib, maktabda tunab qolishga majbur bo‘lishgan. Chunki yo‘llar yopilib qoladi.
– Qishlog‘imizda shifokor yo‘q. Men yaxshi o‘qib, shifokor bo‘lmoqchiman. Shu yerga qaytib, odamlarga yordam berishni orzu qilaman, – deydi Muslima.
Битта ўқувчи, ўн тўрт устоз ва тоғ бағридаги мактаб — ҚАШҚАДАРЁ
Китоб туманида жойлашган Аспидухтар қишлоғи – тоғ бағридаги кам сонли хонадонга эга, мўъжазгина қишлоқ. У ердаги мактаб филиалида эса атиги 15 нафар ўқувчи таҳсил олади. Шу 15 нафарнинг ичида бир нафар 11-синф битирувчиси – Муслима Тоштемирова ҳам бор. Уни ўқитиш учун ҳар куни 3-4 нафар ўқитувчи, ҳафталик жадвалга мувофиқ жами 14 нафар педагог 7 километр масофадан қатнаб дарс ўтади.
Бу мактаб Китоб туманидаги 60-мактабнинг филиали. Ҳудуд Деновбола қишлоғидан 7 километр олисда жойлашган. Лекин бу 7 километр – оддий йўл эмас, тоғли, қаттиқ ёғинлардан кейин деярли имконсиз бўлиб қоладиган оғир шароитли масофадир.Атрофини чўққиси булутлар билан уйғунлашиб кетган баланд тоғлар ўраб олган, қор қоплаган елкасида шамол урилса ҳам ўрнидан жилмайдиган арчазорлар бағридаги бир мактаб ҳаётнинг самимий манзарасини тасвирлаб тургандек.
Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари
#xalqaro_olimpiada
⚡️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻtkaziladi
✅ Olimpiada 28-may — 4-iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
📊 Unda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mоngoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 115 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Bizni kuzating
📷Jarayondan fotolavhalar
Читать полностью…#Ayni_damda
"ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik- tanlovi viloyat bosqichi o'tkazilmoqda...
Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan "Kitobxonlik festivali" doirasida "ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Tanlovning tuman, shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan maktab jamoalari bugun tanlovning viloyat bosqichida bellashmoqdalar.
Tanlov nizomiga ko'ra ishtirokchilar
3 ta SHART asosida bellashishadi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Olimpiadachilar_oromgohi
#savollarga_javoblar
✅ Fan olimpiadalari markazi va Iqtidorlar maktabi hamkorligida Olimpiadachilar oromgohi — “Summer Science Camp" tashkil etilmoqda.
➖ Mazkur oromgoh yuzasidan eng ko’p kelib tushayotgan savollarga javoblar videolavhada.
Bizni kuzating