Хаётий ва Ибратли ҳикоялар... Хикматлар хазинаси... Инсон такдирини аччик синовлари... Hamkorlik va reklama uchun 👇👇 @Bronzam . . . . . .
🍂 1998 yillar, 2-sinf o‘quvchisi edim. Onam bilan yolg‘iz yashardik. Otam necha kunlarda bir ko‘rinib turar, chunki yana bir oilasi bor edi. Yeb-ichishimiz onamning maoshlari hisobidan, onam maktabga dars berar edilar. Bir kuni onam tog‘amnikiga borishimizni aytib qoldilar. Sevindim, chunki tog‘amni uyi katta, puli ko‘p va judayam ko‘p mazali shirinliklar makoni edi. Avtobusga mindik, nogahon ko‘zim onamning hamyonlariga tushib qoldi. Bir dona 5 so‘mlik, oxirgi pul va shu pulni yo‘l kira uchun to‘ladi. Manzilga yetib keldik va ozgina piyoda yurib tog‘amning uyiga yaqinlashdik. Tog‘amning mashinasi ko‘rinmasdi, asosan tashqarida turardi. Uyni taqillatdik, eshikni tog‘amning xotini kelinoyim ochdi. Ichkariga kirdik va har doimgidek men katta hovliga yugurdim, chunki o‘zimiz bir xonali kvartirada yashardik.
O‘ynab-o‘ynab onam va kelinoyim turgan xona derazasi oldiga keldim va suhbatlarini eshitib qoldim. Kelinoyim tog‘amni cho‘ldaligini, hozir xech qanday yordam berolmasligini takrorlar edi. Onam esa yalinar, iltimos qilar edilar. Men onamni bunaqa ahvolda birinchi marta ko‘rib turardim. O‘yin, hovli esimdan ko‘tarildi. Sal turib onam xonadan chiqdilar va menga ketishimizni aytdilar. Bu holatdan men garangsirab qolgandim, chunki tog‘amnikidan bu ahvolda hech tez qaytmaganmiz. Hayrlashib turgan payt onam "Aqalli 5 so‘m berib turing, iltimos uyga qaytishga avtobusga pulim qolmadi" deb yana yolvorib so‘radilar. Kelinoyim esa yelka qisib, seyfni kaliti tog‘amdaligini, uyda umuman pul yo‘qligini aytdi. Xayrlashib, uydan uzoqlasha boshladik. Yo‘lda onamga bir necha savollar bermoqchi edim, lekin onam ko‘zlaridan yosh oqardi, judayam qayg‘uli yig‘lardilar...
Sal turib onam uyga piyoda ketishimizni, qaytishda yo‘l kiraga pul qolmaganini aytib qoldilar. Men buni sezgandim, onamga piyoda ketishimizga roziligimni, xafa emasligimni aytdim, onam yana yig‘lay boshladilar. Uyimiz 10 kilometrlar orasida edi.
Shunda ko‘zlarim osmonga boqardi, ichimda bir gap aylanardi, "Yo Alloh, hamma sendan qo‘rqadi, sen o‘zing tengi yo‘q kuch sohibisan, hamma narsaning egasisan. Menku piyoda ketaman, lekin onamni men uchun yig‘latma, onamni men uchun yig‘latma..."
Bu orada o‘zimning ham ichim to‘lib keldi, lekin sezdirmadim...
... Shu payt oldimizdan katta tezlikda ko‘k rangli "RAF" mikroavtobusi o‘tib qoldi. Ko‘cha oxirida tezlik bilan chapga, katta yo‘l tomon qaytdi. Hamma yoq chang bosib, atrofni arang ko‘rib bo‘lardi. Katta yo‘lgacha yana kamroq yo‘l qolgandi va noiloj shu changlar orqali borishimiz kerak edi. Noiloj arang changlar orasidan yura boshladik va ne ko‘z bilan qaramay, osmondan changlar orasidan pullar yog‘ilardi. Haqiqiy pullar...3, 5, 10 so‘mlik pullar. Quvonganimdan pullarni sakrab-sakrab terardim. Qo‘llarim pulga to‘lib onamni oldilariga kelganimda onam yerga o‘tirib, ro‘mollarini tishlab yig‘lardilar, goh menga goh osmonga qarab yig‘lardi. "Onajon, endi piyoda ketmaymiz, Alloh bizni eshitdi, Alloh yordam berdi" deb xursandligimdan baqirardim. Onam esa ko‘z yoshlarini to‘xtatolmasdilar. Uyga qaytdik va shu kuniyoq onam bayramlarda pishiradigan, mening sevimli qozonkabobimni pishirdilar, judayam xursand edik. Bu xodisadan keyin mening yagona tayanchim, qalqonim va sirdoshim Alloh edi. Allohga ming shukrlar bo‘lsinki, onam sababli oliy ma’lumotli, oilali va hozirda katta tadbirkorlik faoliyati sohibiman. Jajji qalbdan chiqib, Allohga yetib borgan murojaat sabab, yillar davomida Allohning marhamatiga, kuch qudratiga ishonch orqali qalbda iymon mustahkamlanib boraverdi.
Bu boshimdan o‘tgan "Hayotdagi qiyinchilarim" kitobimning bir bo‘lagi...
Bolaga yoshligidagi ishonch va mehrini so‘ndirmang, uning ulug‘lanishiga ishoning, yoshligidan Allohning borligiga ishontiring...
©️ Azizjon (ijtimoiy tarmoqdan olindi )
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
📝Оқила она...
Эрта тонг турмуш ўртоғимни ишга кузатгач, тез-тез нарсаларимни йиғдиму уч ёшли ўғлимни олиб, онамникига жўнадим. Онажоним ва адажоним мени очиқ юз билан кутиб олдилар. Аммо мен уйга кирдиму, онамни қучиб йиғлай бошладим. Бу ҳолатни кўрган адажоним қўлимдан набираларини олдилару, бошқа хонага набирасини олиб ўтдилар..
"Онажон, мен ортиқ чидай олмайман, ажрашаман куёвингиз билан. Жонимдан тўйиб кетдим онажон" - деб, махкам қучиб йиғлай бошладим. Онажоним: "Хўп қизим, хўп қизалоғим, сен нима десанг биз розимиз. Адажонинг билан мен доимо сени қўллаб қувватлаймиз. Ўзингни бос кизалоғим, доим ёнингдамиз" - деб мени овутдиларда ошхонага олиб ўтдилар.
"Ўтир қизим, чой ичамиз, ўзингни бос кизалоғим" - деб онам мени жонимга оро кирдилар. Мени юпатдилар. Бирга ўтириб чой ичдик. Мен аста ўзимни қўлга олиб, онажоним билан суҳбатлаша бошладим. Онажоним нима гаплигини сўрадилар. Мен айтдим:
"Куёвингизни қилиқлари жонимга тегди. Ишдан кеч қайтадилар, доим баҳонаси тайёр, гоҳида мендан араз қиладилар, мен билан тузу-қуруқ дилдан гаплашмайдилар, мени ёмон кўрадилар. Мен бундай ҳаётда яшай олмайман. Гоҳида менга жахл қилиб бақирадилар, тўйиб кетдим онажон."
Онажоним сукут билан бир оғиз гап қўшмай тингладилар. Сўнгра бир оз вақт жим ўтирдиларда бир оқ коғоз ва қалам олиб, коғозга ўртасидан вертикал қилиб чизиқ чизиб менга узатдилар ва дедилар:
"Ушбу чизиқни чап томонига куёвимни айбларини бирма-бир ёзиб чиқ."
Мен "Нега онажон" - деб сўрашимга эътибор ҳам бермасдан.
-"Ёз, ёз сен ёзавер" - дедилар. Мен ҳам бир оз ўйланиб ўтириб, иштиёқ билан коғозга ёза бошладим.
”Ишдан кеч қайтади. Менга жахл қилади. Мен билан гаплашмайди. Менга бақиради” каби феълларини қоғозга ёзар эканман ўйладим "Онажоним яхши дейдиган куёвларини аҳволини бир кўриб қўйсинлар, бир боплаб ёзай, коғозлар тўлиб кетсин". Ёзиб тугатдимда онажонимга коғозни узатдим. Онажоним ёзганларимни ўқиб ҳам кўрмадиларда, коғозни ўзимга қайтариб, дедилар:
"Энди ҳар бир ёзган куёвимни ёмон феълини рўбарасига, чизиқни ўнг томонига уларни ўша феълига сени ўзингни, қиладиган жавобингни ёзиб чиқ" - десалар бўладими?
"Ёз, ёза қол" - мен жавоб ёзмай хеч қаёққа кетолмаслигимни англагач амаллаб ёза бошладим.
"Ишдан кеч қайтадилар" ни рўбарисига – “Кеч келгани учун қовоқ уйиб кутиб оламан.
"Менга жахл қиладилар" ни рўбарисига - ”Мен кейин хафа бўламан, овқат тайёрламайман. каби ўзимни ҳам уларга жавоб ҳисларимни амаллаб коғозга туширдим. Онажонимга узатар эканман "Куёвизда, хаммасини бошлайдиган" дедим. Онам қўлимдан коғозни олдиларда, қайчи билан ўрта чизикдан тенг иккига бўлиб қирқдилар. Куёвларини ёмон феъллари ёзилган бўлагини, ғижимлаб ахлат челагига ташладилар. Мени қўштирноқ ичидаги феълларим туширилган коғозни ўзимга узатдиларда:
"Кизалоғим, ҳаёт ўйинчоқ эмас, қўлингда ўз қўлларинг билан ёзилган феълларинг турибди. Хозир кийинасан, набирам биз билан қолади. Қўлингдаги коғоз билан уйингга борасан. Ўз уйингда ўз феълларингни ўқиб, хазм қиласан. Куёвим сени қандай феълларингга чидаётганини ўйлайсан. Аклингни йиғ. Ўшандан кейин хам "йўқ мен хақман" десанг биз рози." - дедиларда мени қўлимга коғозни тутқазиб кўчага чиқариб қўйдилар.
Мен нима бўлганини англаб, англамей уйга кириб келдим. Ошхона курсисига омонатгина ўтирдимда, ўз қўлларим билан ёзган чиройли феълларимни уқий бошладим. Ўқир эканман "Наҳот мен шунчалар аёл бўлсам, наҳот мени турмуш ўртоғим шунчалар феълимга чидаб яшаётган бўлсалар" - дедим. Мен ўзимни шайтонга қулоқ тутган нафсимни деб, бир ўғлимни тирик етим қилишга, ўзимни эса бебахт қилишга бир қадам қолганлигини сездим. Ҳушёр торттимда, турмуш уртоғим ишдан келишларига тансиқ овқат тайёрладим. Уйларни гўзаллаштирдим. Турмуш ўртоғим ишдан қайтдилар. Мени юзимда табассум, очиқ чеҳра билан уларни кутиб олдим. Ҳурматларини жойига қўйиб, аёллик мулозаматини қуюқлаштирдим. Хўжейним ҳайрон, хурсанд эдилар. Ва ниҳоят "бугун кун бошқачами?" дедилар. Мен дедим:"Сизни менга такдир қилиб берган Аллоҳимга хамдлар бўлсин.Энди хаёт бошқача".
@ibratli_sozlar
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
👑 Sultonimga...
💞 Ey qalbimning sultoni 👑
Meni, xato qilsam hadeb ularni yuzimga solib, mulzam qilavermang, xatolarimni unuting, o‘zimni emas...
Oila a’zolaringizga yomonlamang, ularni mendan ko‘nglilarini qoldirmang...
👑 Ey umrimning podshohi,.
Menga qo‘l ostingizdagi qulingizdek, cho‘ringizdek qaramang, malikangizdek qarang... Boshqa ayollarni menga maqtamang, fazilatlarini aytmang, meni boshqalarga qiyoslamang.
Men — qizg‘onsa, begonasirab, o‘zini ortiqcha his qilib, uzoqlashadigan, yuragi muzlaydigan, nafrati qo‘ziydigan hilidanman... 💔
👑 Ey hayotimning homiysi..
Ishga ketayotganingizda, ko‘chaga shoshayotganingizda, men bilan quyuq xayrlashing. Baqirib-chaqirib uyni tark etmang. Chunki siz kun davomidagi kayfiyatimning omilisiz. Siz ko‘chada insonlar bilan ovora bo‘lib, meni unutishingiz mumkin, ammo mening sizdan boshqa ko‘nglimni hushlaguvchi yo‘q...
👑 Ey ko‘nglimning ko‘chasini yashil bog‘chasi... Men ko‘chadan kelishingizni to‘rt ko‘z bilan kutaman, ko‘chadan kelib meni e’tiborsiz qoldirmang. Kichkinagina bo‘lsa ham shirinlik qistirib keling qo‘ltig‘ingizga. Chunki men muhabbatni hadyalar bilan his qiladigan fitratda yaratilganman.
👑 Ey jannatimning rahbari...
Menga so‘kinishlar bilan, haqoratlar bilan, yomon hulqli ayollarga ishlatiladigan so‘zlar bilan tanbeh bermang, chunki men muslimaman, farzandlaringizni onasiman, qalbim so‘kishlarga o‘rganib, beparda so‘zlardan iymanmaydigan, hulqi buzuq ayolga aylanib qolmay. Quloqlarimni fahshdan qutqaring, unga o‘rgatib qo‘ymang. Siz menga qilayotgan muomalani men farzandlarimga qilaman.
Men sizning, farzandlarimiz esa mening takrorimdir...👨👩👦👦
✨ Post sizga yoqqan boʻlsa, reaksiyalaringizni kutaman 🤗
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
❓“Эримни ўйнаши бор экан, нима қилай?”
❗️Бу саволга жавоб битта,
Жавоби 👇👇👇😊
/channel/+zYWeCav5vu9lOGEy
/channel/+zYWeCav5vu9lOGEy
🔴 𝗤𝗢𝗡 𝗚𝗨𝗥𝗨𝗛𝗜𝗡𝗚𝗜𝗭𝗡𝗜 𝗧𝗔𝗡𝗟𝗔𝗡𝗚 𝗩𝗔 𝗦𝗜𝗭𝗚𝗔 𝗙𝗢𝗬𝗗𝗔𝗟𝗜 𝗕𝗢‘𝗟𝗚𝗔𝗡 𝗠𝗔𝗦𝗟𝗔𝗫𝗔𝗧𝗡𝗜 𝗢‘𝗤𝗜𝗡𝗚.😳😱
⁉️ 𝗦𝗜𝗭𝗡𝗜𝗡𝗚 𝗤𝗢𝗡 𝗚𝗨𝗥𝗨𝗛𝗜𝗡𝗚𝗜𝗭 𝗤𝗔𝗬𝗦𝗜❓❓
🔻 𝗧𝗘𝗞𝗦𝗛𝗜𝗥𝗜𝗕 𝗧𝗔𝗡𝗟𝗔𝗡𝗚 🔻
🍀 Bir yigit ushbu suratni ijtimoiy tarmoqqa joylab, shunday deb yozibdi:
Men uch yildan beri ishlayman va birinchi olgan maoshimdan boshlab xar oy bir qismini onamga beraman, toki menga qilgan yaxshiliklarini oz bo‘lsada qaytarmoqchi bo‘laman.
Kuni kecha meni chaqirib, menga bir sumkacha berib, shunday dedilar: Bu, menga bergan pullaring, ol! Undan bir riyol xam ishlatmadim. Uni sening to‘yinga yig‘ib qo‘ydim, ol, 18,000 riyol (salkam 5000$).
Onangiz bilan musobaqalashsangiz, shuni bilingki, mag‘lub - doimo siz bo‘lasiz...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
❌АСЛО ҚИЛМАНГ 😱❗️
🚫БУ ИШНИ ҚИЛСАЙНГИЗ ЖИНЛАР СИЗДАН ЎЧ ОЛАДИ👹
ЖИНЛАРДАН ҚУТИЛИШ ЙЎЛЛАРИНИ ЎРГАНИНГ😨
👉🏻Видеони Кўриш😳👇
🌿Qanday yaxshi edi...
Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...
Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?
🌿 Nasiba...
Deraza ortidan lip etib sharpa o‘tdi.
- Ashraf ota, - dedi Oyjamol.
– Nima qildik?
Er-xotin jigar qovurib, endi yemoqchi bo‘lib turishgan edi. Egamqul aftini keskin burishtirib:
- Oshga pashsha tushdi. Yashir, - dedi.
- Ko‘zimiz uchib turuvdi-ya! Qorong‘udayam tinmaydi bu chol...
Oyjamol qovurdoqni yashirdi. Eshik ochildi, ro‘molga tovoq tugib olgan chol ko‘rindi.
— Kampir osh qiluvdi, - dedi chol.
— Sizlargayam ilindik…
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Keksa odamning kampiri vafot etdi. Shundan soʻng u odam koʻzoynagini taqishdan voz kechdi...
Sababini soʻrashganida:
“Undan keyin qarashga arzirli bir narsa qolmadi” - deya javob berdi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
ТИКУВЧИ ЧОЛ✂️👳♂
Кичик бир қишлоқда тикувчи чол яшар экан. Лекин у қимматбаҳо ва чиройли кийимларни тикар ва яхшигина нархга сотар экан.
Кунлардан бир кун шу қишлоқда яшайдиган камбағал кишилардан бири келиб тикувчига дебди: Сиз касбингиз орқали яхшигина даромад топасиз, лекин нима учун бизга ўхшаган фақиру фуқароларга эҳсон қилмайсиз. Ана, қишлоғимиздаги қассобни кўринг, у ҳар ойда камбағаллар учун маълум миқдордаги гўштни текинга тарқатади. Шундан ўрнак олсангиз бўлмайдими?!-дебди. Тикувчи чол унга ........давоми👇👇👇
🥀🍃Қишлоқ аёли...
Пардозни юзлари ҳеч ҳам кўрмаган,
Қиммат ресторанга бир бор кирмаган.
Рўзғорнинг ташвишидан бўйин бурмаган,
Сабрингизга таъзим қилай қишлоқ аёли!
Қўлида икки челак саҳарлаб турган,
Ўн чақирим ҳеч гапмас далада юрган.
Тандиру-ўчоқ билан суҳбатлар қурган,
Сабрингизга таъзим қилай қишлоқ аёли!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
#Диққат Охиргача ўқинг⁉️
ҲАЙР БЎҒИМДАГИ ОҒРИҚЛАР
БУ ВОСИТА 10 КУНГА ҚОЛМАЙ БУ́ҒИМ ОҒРИҚЛАРИНИ ЙУ́Қ ҚИЛАР ЭКАН!!!
Ҳатто энг чарчаган тизза бўғимини ҳам 2 кун ичида тиклаш мумкин! Бунинг уч ун бу оддий воситани суртинг...
Батафсил малумот:👇👇👇
👍 Буюртма беринг мутахассисдан хозирок БЕПУЛ КОНСУЛЬТАЦИЯ олинг✅Читать полностью…
Товуқ гўштини асло еманг! Сабабини билсангиз, шокка тушишингиз аниқ⁉️
14 йил деганда Аллоҳ менга ўғил фарзанд насиб этди. Уни роса эркалатиб катта қилдим. Ўғлим 12 ёшга тўлганда спортга боришни бошлади. Семирмаслик учун йиллар давомида товуқ гўшти еб юрди. Бир куни уйимизга отамни зиёрат қилиш учун 70 йиллик қадрдон шифокор дўсти келди. Ўғлим товуқ еб турганини кўриб, товуқни олиб, отиб юборса бўладими?! “Бу нима қилганингиз?” десам, жаҳл билан сабабини тушунтириб берди. Сабабини эшитиб, шокка тушиб қолдим. Дарҳол телефонни қўлимга олиб, товуқ ейдиган танишларимни огоҳлантирдим.
Отамнинг дўстининг айтишича: болага кўп бора товуқ гўшти берилса, бола вояга етганда…
🌿 Usmoniylar davrida qishning sovuq kunlarining birida, bir kishi derazadan tashqarini tamosha qilayotib, sut-qatiq sotuvchining ovozini eshitib, xotiniga debdi:
- Sut-qatiq olaylikmi onasi?
- Xamma narsa bor, sut-qatiqqa extiyojimiz yo‘q.
- Bizni extiyojimiz bo‘lmasa, sut-qatiqchining extiyoji bor. Bu sovuqda bu ko‘chadan uchinchi bor o‘tishi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Brilliant yoki tilla
Deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashdinggiz ❌
Bular 8 karat tillali Kumushlar
Judayam toza ishlangan
Sariq rangi o‘chmaydi🔴
Bularda hozir skidkani bombasi
Hoziroq kanalga ulanib oling👇
🌹Глютенсиз нонлар ва десертлар!
✅ глютенсиз
✅ дрожжасиз
✅ хамиртурушсиз
✅ шакарсиз
Бизнинг нон ва ширинликларимизда ун ва шакар йўқ, мутлақо углеводсиз ва безарар!
Қанд миқдорини оширмайди ва семиртирмайди!
Кимларга мумкин:
Хаммага мумкин ва фойдали:
▶️ Соғлом одамларга
▶️ Кето диетага ўтганлар учун
▶️ Пп қивотганлар учун
▶️ 1 ва 2 тоифадаги диабетиклар учун
▶️ Глютен ва лактоза истеъмол қила олмаганлар учун.
⬇️Заказ учун: ⬇️ @GlutenFreeBakeryadmin
📱 +998887888346
📲Каналимиз: /channel/GlutenFreeBakery
📸 Бизнинг инстаграм:
https://www.instagram.com/gluten__freebakery/profilecard/?igsh=MWFja3l2ajFjdjIyeA==
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🖤 Kishi sevgani bilan har doim barobardir, u sening ko‘nglingda va sen ham uning ko‘nglindadirsan. Uzoqlik faqat badanlarni bir-biriga uzoqlashtirar, ammo ko‘ngillarni aslo, agar sevarkansan doimo uning birla barobarsan.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Qaynona...
✒️Qarindoshlar hayrlashgan, birov ketgan, birov kuzatgan "hay-hay" bo‘lib turgan hovlida birov-birovni tanimaydigan darajada gavjumlik xukmron...
Mahalla boshida do‘kon ochib o‘tiradigan Bahri hola to‘y boshi- kuyovning onasi Ra’noxonni odamlar ichidan qidirib topdi.
-Aylanay, charchameygina, tugatvoooldiz, o‘rgiley sizdan, Ra’noposhsha, birinchi o‘g‘il uylashiz, "bilmasez kere" dib o‘ylab yonizga keldim.
O‘g‘lizam kuyovmisan-kuyov bo‘ptida o‘ziyam, o‘rgilib ketey, hali kelin-qizimni oldilariga kirib ketmadilarmi?!
Ra’noxon hayron bo‘lib "yo‘o‘o‘q" deb bosh silkidi.
-Ha vaqtida kepman unda. Shu bolezchi- endi kelinni oldiga kirib ketayotganida uch marta chaqiring, ismini aytib xo‘pmi?!
-Nimaga tinchlikmi?!
-Hay soddasizda aylaney, irim-dirimi shu, ko‘ngli- sizdan bo‘linmasin diyman. Shu uch marta "Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘o‘n" diysiz bo‘ldi, o‘rgilib "onam" dib bir-ikki qarasin, xo‘pmi?!
-Voy man o‘g‘limni xijolat qilib, bunaqa qilolmiyman, qo‘ying, bolamni qandoq chaqiraman, uyalaman-yey...
-Hay, hay qayoqqa ketdiz endi, obbo, yaxshilik qilaman desam...
Eshik oldida o‘g‘li ko‘ringani sabab Ra’noxon qizarib, ichkari uyga zing‘illab kirib ketgan edi...
O‘rtog‘i bilan kuyov liboslari yarashib turgan Masrurjon ko‘zi bilan kimnidir qidirib hovli o‘rtasigacha keldi.
Hizmatda idish tashib yurganlardan birini to‘xtatib, onasini so‘radi.
-Voy bo‘ylaringdan holeng aylansin, azamatdek kuyov bo‘psan-a?! Onang o‘sha- iiiichkari uyga kirib ketdilar, boraqol- uning oldiga pishillab yetib borgan Bahri hola kuyovning yelkasiga qoqib, ichkari uyni ko‘rsatib yubordi.
-Oyi, kiraveraymi?!- eshik oldidan ovoz berdi Masrurjon.
Ichkari uyda Ra’noxon o‘zicha nimanidir qidirib turgan bo‘ldi.
O‘g‘li kirib kelib, engashib oyoqlarini quchdi.
-Qo‘y, o‘g‘lim, tur o‘rningdan- beihtiyor Ra’noxonning yuzlaridan yosh dumaladi.
-Yig‘layapsizmi?! Oyi?!
-Yo‘q, hursandchilikdan bu, qara, mana katta bo‘lib uylanadigan payting ham kelibdi. Kechasi ukang bilan yonimda yotishni talashardinglar. "Manga qarab yoting, yo‘q manga" deb... Ahiyri "hich qaysininggamas, osmonga qarab yotaman" dirdim. O‘g‘lim shunaqa vaqt tez o‘tarkan-da"...
Masrurjon o‘rnidan turib, jilmayib onasini quchoqladi.
-Boraqol o‘g‘lim, kelin kutib qolmasin, baxtli bo‘linglar, hamisha ikki qo‘lim haqqilaringizga duoda bo‘ladi!
-Ho‘p oyi, faqat sizga mana bu narsani berishim kerak.
-Nimani?!
Masrurjon qo‘ynidan bir juft bilak uzuk chiqardi.
-O‘g‘lim bu nima qilganing?!
-Sizga, mani ko‘tarib katta qilgan qo‘llaringizga- arzimas sovg‘a! Bu hali boshlanishi, Alloh nasib etsa Hajlarga yuboraman, inshaalloh...
Masrurjon ikki yuzidan o‘pib, chiqib ketdi.
Ra’noxon yig‘i aralash jilmayib, o‘g‘lining to‘ydan oldin ko‘p chiqimlarini hohlamay kamaytirganini sababini endi tushungandek bo‘ldi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Rashk
Sud zali. Er: – Bu ayol bilan yashashni istamayman! Xotin: – Men ham!
Sudya: Qaroringiz qatʼiymi?
Er-xotin: Qatʼiy!
Hukm: Shu kundan boshlab sizlar qonunan er-xotin emassiz! Sud zalidan chiqaverishda ayolning telefoni jiringladi. – Kim u!? Erkakning ovozimi? Nima ishi bor ekan senda? – Oʻzingiz-chi, sud davomida kotiba qizdan koʻzingizni uzmadingiz-ku!
Nilufar SAPEVA
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Otajon o‘ksimang o‘g‘lim yo‘q deya
O‘zim o‘rnin bosay o‘nta o‘g‘ilni
Aytishar otanga ming rahmat deya
Ko‘taray borimni berib ko‘ngilni...
Maxsharda yursalar savobni izlab
O‘g‘il tanimaydi hatto otasin.
Qiz esa quchoqlab der ekan yig‘lab
Mana savobim oling hammasin...
Bergan mehringiz, tuzingiz haqqi
Ota sizni juda yaxshi ko‘raman.
Qalbdagi pok iymonim haqqi
Sizni jannatga olib kiraman...
©️ Xurshid Rashidov
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Vafo...
• 1889 yil... Suriya, Shom shahri…
• Suratdagi sirtdagi kishining ismi Samir, nasroniy…
• Samirni ko‘tarib olgan kishi esa musulmon, ismi Muhammad.
• Samir nogiron edi, yurolmasdi, Shom ko‘chalarida kezishi uchun Muhammadga muhtoj edi…
• Muhammadning esa ko‘zi ojiz, u ko‘chadagi chuqurlarga tushib ketmasligi uchun sirtidagi Samirga muhtoj edi.
• Ya’ni Samirning yurar oyog‘i Muhammad, Muhammadning ko‘rar ko‘zi Samir edi.
• Biri ko‘ra olar, ikkinchisi yura olardi!
• Bir-biriga suyangan ko‘r musulmon va cho‘loq nasroniy!
• Bu ikki do‘st birga yurib, birga turar, bitta joyda ishlab, bitta joyda dam olishardi.
• Samir eski shahardagi qahvaxonalarning birida qissalar aytar, Muhammad esa o‘sha qahvaxona eshigi oldida xumus sotardi…
• Kun kelib Samir vafot etdi!
• Uning vafoti Muhammadni og‘ir qayg‘uga soldi.
• Bir hafta uyini berkitib olib, yig‘ladi.
• So‘ngra uning uyiga yupatish uchun borgan insonlar vafot etgan holda topishdi!
• Vafo uchun diniy e’tiqod bir xil bo‘lishi shartmas, balki inson bo‘lish lozim xolos!
• O‘z dindoshining orqasidan xiyonat qilib yurganlarga zora ibrat bo‘lsin, vafodorlarga oqibatda mujda bo‘lsin deb, ushbu tarixiy hodisani sizlarga ham ilindim.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
#ДОЛЗАРБ_МАВЗУ
😱 ЎҒИЛ ФАРЗАНД КЎРИШ УЧУН, ШУ АМАЛНИ УЧ ЖУМА ҚИЛСАНГИЗ ИНШААЛЛОҲ НИЯТИНГИЗГА ЕТАСИЗ❗️❗️❗️
#ҚИЗ_ТУҒЁТГАНЛАР_УЧУН_ТАВСИЯЛАР
👉👉👉БАТАФСИЛ 👈👈👈
#ulashing
Er xotiniga dedi:
- Kechasi bilan traktorday tarillab xurrak otyapsan!
- Sal chiroyliroq o‘xshatish qilsangiz bo‘lardi.
- Kechirasiz xonim! Birga o‘tkazgan fayzli oqshomlarimizda, sizning nafasingiz baxor shamoli sezilayotganda, lolaqizg‘aldoqlar qiyg‘os ochilgan dalalarga ishlov berayotgan baquvvat mashinalar kabi navo taratmoqda:)
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🥒🍅Қишга мазали тузламалар рецептлар🫑🍅
🍅🍅ПОМИДОРНИ КОНСЕРВАЦИЯСИЗ ЁПИШ🍅🍅
🥒🥒БОДРИНГ ТУЗЛАМА🥒🥒 СОЛЁНЫЙ 😋
🍅🥒ПОМИДОР МАРИНАДЛАШНИ ОСОН УСУЛЛАРИ🍅🥒
🍆🍆 БАҚЛАЖОНЛИ ИКРАЛАР 🍆🍆
🌶🌶ҚАЛАМПИР ТУЗЛАШ🌶🫑
😍😍ОСОН БУЗУЛМАЙДИГАН УСУЛДА МУЗЛАТИШ
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/TP7HjVGUWDkvVKUD
DADASI ❤️
Gul berib ko‘nglim oling 🌹
Xar kun yonimda bo‘ling
Aylanib ming o‘rgiling
Dadasi xoy dadasi.
Erkalang shirinim deb 🍦
So‘zlari asalim deb
Xammadan afzalim deb
Dadasi jon dadasi.
Uyga keling shomgacha 🏠
Daydimang oqshomgacha
Kutmay yarim tungacha
Dadasi xoy dadasi.
Qaramang xech qizlarga 💃
Uchmang shirin so‘zlarga
Boqmang ohu ko‘zlarga
Dadasi jon dadasi.
Yurmang aslo chap tomon 🤔
Bilasiz rashkim yomon
Qolmaysiz biling omon
Dadasi xoy dadasi.
Oyingiz bo‘lay tanho 🌝
Siz uchun eng bebaho
Kerakmas molu dunyo
Dadasi jon dadasi..
Кимга жўнатишни ўзилар биласизлар-а✉️
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Дадаси биз шундай бахтли оила бўлайликки фарзандларимиз бахтни кўчадан эмас биздан ўрганишсин..
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Onangizni eslab qo‘ying.
Haqlariga bir duo qilib qo‘yingki sizning g‘amingizni ortib bukchaygan yelkalari dard chekmasin.
Beshigingizni bedor tebratib chiqqan qo‘llari uzoq umrguzaronlikda sizni duo qilib yashasin. Sizni shu yoshga, shu holatga yetkazaman deb ajin oralagan yuzlari, so‘liqqan ko‘zlari endi faqat va faqat quvonchdan kulsin.
Ilohim, ilohim dunyodagi hamma Onalar farzandlari baxtiga omon bo‘lsin!
«Sizni yaxshi ko‘raman, Ona!» - deng. Axir jannat aynan sizning yoningizda turibdiku, shuni unutmang!
Jannat Onalar oyog‘i ostidadir.
Hadis
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Ajoyib bir nonvoy bor edi. Haridorlar kalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday kilayotganini sababini hech kim bilmasdi... Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda nonvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularning ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun Huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni xam ranjitmagin!!!"- deya iltijo qildi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚