•Broaden your horizon. •Dunyoqarashingizni kengaytiring. Founder of: Muslih (Books) CEO of: Yuksalish Kokand (Leaders academy) Abu Dhabi Kokand (Education&consulting) @Ali_Muhammad_Hasan_bot
"Confidence" – “O’ziga bo’lgan ishonch” O‘zbeklar uchun muhim bo‘lgan yo‘qotilgan ko‘nikma
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbek millatiga, qora ko‘zlarimizga qarata haqoratli so‘zlar ishlatilayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Bu juda og‘riqli va tashvishli holat. Hammamiz e’tiroz bildiryapmiz, nega mutasaddilar bunga munosabat bildirishmayapti, nega bu masala ko‘tarilmayapti deya?
Ha, bu haqiqatan ham muhim savol.
Lekin, masalani chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, bu bir "oqibat". Har qanday oqibat esa bir "sabab" ortidan keladi. Asl sabab nima? Nega bizga boshqacha qarashmoqda?
O‘z kuzatishlarim va tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bizga o‘ziga bo‘lgan ishonch ingilizcha qilib aytganda – “CONFIDENCE” o’ziga bo’lgan ishonch va mas’uliyat yetishmaydi!
- O‘zini erkin va to’g’ri tutish
- Erkin suhbatlashish
- G‘ururini, sha’nini himoya qilish
- Haqqini talab qilish
- Vaziyatlarga to’g’ri baho berib farosat bilan yondoshish
- Har qanday ishga mas’uliyat bilan yondoshish
Bu ko‘nikmalar yetishmagani uchun bizni boshqalar boshqacha qabul qiladi. Chet elga ilk safarimda, 18 yoshimda, bu haqiqatni yaqqol ko‘rdim. Qora ko‘zlarimizga past nazar bilan qaralganiga guvoh bo‘ldim. Bu qattiq og‘riq bo’ldi. Lekin yillar davomida angladimki: chet elda o‘zini hurmat qildira olgan o‘zbeklar ham talaygina! Ularning bitta asosiy jihati bor edi – CONFIDENCE.
Allohning fazli bilan necha yil chet elda istiqomat qilgan bo’lsam, biror martta ham bizga past nazar yoki hurmatsiz muomila bilan murojaat qilishmagan Alhamdulillah. Albatta Allohning fazlidan va biroz suhbat orqali tanigandan keyin.
CONFIDENCE deganda nimani tushunish kerak?
Ko‘pchilik bu so‘zni faqatgina "o‘ziga ishonch" deb tarjima qiladi. Xa bu to’g’ri tarjima. Lekin aslida bu faqat ichki ishonch emas, balki tashqi ko‘rinish, muomala va hayot tarzi bilan ham bog‘liq. Confidence – o‘ziga ishonish, o‘zini munosib tutish va boshqalarga o‘z qadrini ko‘rsata olish san’ati!
✅ Uyg‘un tana tili va ishonchli turish
✅ Gapirish uslubi – qat’iy lekin hurmat bilan
✅ Har qanday holatda o‘zining qadr-qimmatini saqlash
✅ Suhbatda dominant bo‘lish, fikrini ochiq bildirish
✅ O’z haqqini talab qilishni bilish
✅ O‘zini doim rivojlantirishga harakat qilish
Agar biz shularni rivojlantirmasak, oqibat yana o‘sha: boshqalar bizni qanday ko‘rishni xohlasa, shunday qabul qiladi. O‘zimiz esa o‘z o‘rnimizni topa olmaymiz.
Shu sababdan CONFIDENCE mavzusida yangi rubrikani boshlayapmiz insha Alloh. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda bu borada foydali kontentlar, postlar va video materiallar chiqib boramiz.
Maqsad – millatimizga ushbu yo‘qotilgan ko‘nikmani qaytarish!
Biz aslida buyuk millat bo’lgan, ko’plab qahramonlar yetishtirgan va dunyoga o’z so’zini ayta olgan millat va davlatmiz. O’zligimizga qaytish vaqti keldi!
@AliMuhammad_Hasan
Men hayotimga maʼno beradigan hayajonlanish, muhabbat, tadqiqot, maʼrifat lahzalarini istayman.
Bir burda non yeyish uchun oʻtadigan hayot bu maʼnosiz, quruq davomiylikning oʻzginasi.
©️Doktor Mustafo Mahmud
@AliMuhammad_Hasan
Diqqatni o’g’irlash – Asrning eng katta biznesi
Telefoningiz e’tiboringizni tortish uchun ataylab shunday ishlab chiqilgan. Nima uchun? Chunki kimdir sizni ustingizdan pul ishlayapti.
Bugungi kunda biz "diqqat iqtisodiyoti" (attention economy) deb ataladigan davrda yashayapmiz. Bu shuni anglatadiki, sizning e’tiboringiz – bu mahsulot, ya’ni sotuvda. Kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar va ilovalar sizni iloji boricha ko’proq ekran qarshisida ushlab turish uchun ishlab chiqilgan. Chunki ular qancha ko’p vaqt va diqqatni jalb qilsa, shuncha ko’p daromad topadi.
Qanday ishlaydi?
- Ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari sizni uzoqroq ushlab qolish uchun qiziqishlaringizni o’rganadi.
- Mobil ilovalar sizni iloji boricha tez-tez qaytishga undash uchun bildirishnomalar yuboradi.
- Video platformalar sizni cheksiz skroll qilishga majbur qilish uchun avtomatik ravishda keyingi videoni qo’yib beradi.
Natijada nima bo’ladi?
📊 Statistikaga ko’ra, insonlar bir kunda 6-8 soat vaqtlarini telefonda o’tkazishyapti. Bu haftasiga 40+ soat, oyiga 180+ soat degani!
- Hayotidan qoniqish hissi pasayadi
- O‘zini boshqalarning eng yaxshi versiyasi bilan taqqoslash kuchayadi
- Ehtiyojdan tashqari keraksiz mahsulotlar sotib olinadi
- Oxir oqibat baxtsizlik girdobi
Vaqt qanday o’tganini bilmay qolasiz. Ammo bu sizning foydangizga ishlaydimi? Yo’q! Siz o’z vaqtingizni boy beryapsiz, kimdir esa buning evaziga pul ishlayapti.
Nima qilish kerak?
Vaqt va e’tiboringizni boshqaring, telefon sizni emas.
Maqsadsiz skroll qilishni kamaytiring.
Foydasiz kontent emas, hayotingizga foyda keltiradigan ma’lumotlarni iste’mol qiling.
O’z vaqtingiz va energiyangizni o’z kelajagingizga investitsiya qiling!
E’tibor sizniki uni o’zingiz boshqaring!
@AliMuhammad_Hasan
Agar bir ahmoqqa ruchka sovg’a qilsangiz-da, u sizni masxaralab maqola yozgan, ustingizga bo’xton mazg’avasini ag’dargan bo’lsa, yoki bir cho’loq kishiga qiynalmay yursin deb hassa hadya qilsangiz-da, u o’sha hassa bilan boshingizni yorib qo’ysa, ajablanib, sarosimaga tushib yurmang. Chunki insonlarning asli shudir. Shunday bo’lgach, ulardan o’pkalab, o’zingizni qiynoqqa solib yurishingizdan nima foyda?
-Meni hechkimga zararim tegmasa, aksincha foydali bo’lay desam-u, kishilar menga dushmanlik qilishini hech tushunmayman.
Eh, sodda inson noshukur kimsalar o’zlarini yaratgan, rizq bergan, hamma nematini muhayyo qilib qo’ygan Parvardigoridan ham norozi bo’lishadi-yu, nega endi siz va bizga o’xshagan xatokor bandalarini ayblashmasin?!
Chunki ehtimol, siz ulardan iqtidorlidirsiz, balki boyroqdirsiz? Yoki g’am-tashvishlaringizni o’zgalar huzurida dasturxon qilishdan iymanib, hamisha odamlar ko’zida shod, mas’ud yurishga odatlangandirsiz? Ehtimol ularga qaraganda omadli ko’rinarsiz?
Nima bo’lganda ham ulardan qandaydir ustunligingiz bor. Ular alamidan, hasadidan, ko’rolmaslikdan sizni yoqtirmaydi. Ochiq dushmanlik ko’rsatolmasa ham, chekka-chekkada g’iybatingizni qiladi, tuxmat gaplar tarqatadi, obro’yingizni to’kishga urinadi, hech bo’lmaganda bir g’ashingizga tegib qo’yadi.
Shuni yaxshi bilib olingki, siz haqingizda aytilgan yomon gaplar hech qachon sizga zarar keltirmaydi, aksincha, ziyoni o’sha gapni tarqatganga yetadi.
O’zingizni shunga tayyorlayvering. Har qadamda oyoqdan chalishlar, fitnalar, ta’na-malomatlar, tanqidlar, xusumatlar, o’ch olishlarga duch kelaverasiz.
Chunki siz ayrimlar kabi tanbal, ishyoqmas emassiz. Odamlarga foydangiz tegib turibdi. Nima ishga qo’l ursangiz do’ndirib qo’ya olasiz, kun sayin yashnab boryapsiz. Alloh sizni shunday salohiyatli, faol va g’ayratli qilib yartgan ekan, sizni sindirishga, badnom qilishga qasd etuvchilar chiqaveradi.
Siz barchaga yoqishga urunmang, chunki bu ilojsiz ish, shunchaki yo’lingizni davom ettiring. Sizga tosh otadiganlar doim topiladi.
Siz qanday yashamoqchisiz kitobidan.
@AliMuhammad_Hasan
Izohsiz…
Biz bugun hayotimizdagi ne’matlarga shukr qila olyapmizmi?
@AliMuhammad_Hasan
Inson va sinovlar
Inson tabiati ko’p hollarda shunday: ba’zilari qashshoqlikda sabr qiladi, lekin boylik kelgach, uni behuda sarflaydi va kibrga beriladi. Ko‘pchilik tanilmaganida kamtar bo‘ladi, lekin mashhur bo’lganda ortiqcha maqtovga o‘ch bo‘lib qoladi. Ba’zi odamlar borida shukr qiladi, yo‘qligida esa nolishga o‘tadi.
Ya’ni sinovlar turlicha, inson bir turli sinovga bardosh bersa boshqasiga bera olmay qolish ehtimoli yuqori. Yerda turgan temir list har qanday og’irlikni ko’tarishi mumkim, ammo uni yuqoriga ko’tarilganda ozgina yuk bilan ham bukulib ketadi. Material o’zgarmadi ammo vaziyat o’zgardi. Vaziyat o’zgarganda ham turib bera olish qobilyatini esa faqatgina inson shakillantirishi mumkin holos.
Xuddi daryo suvi sokin ko‘ringan joyda ham chuqur bo‘lishi mumkin bo‘lgani kabi, insonning asl kuchi ham sinovlardan qanday o‘tishida bilinadi. Daraxt ildizi chuqur bo‘lsa, u qurg‘oqchilikka chidaydi; aksincha, yuzaki ildizli daraxtlar birinchi kuchli shamolda qulab tushadi. Inson ham xuddi shunday – uning sinovlari, ehtiyojlari va imkoniyatlari doim o‘zgarib turadi. Bugungi holat ertaga qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin.
Shuning uchun kelajakda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun har bir vaziyatni chuqur anglash va sinovlarni to’g’ri baholash zarur ekan. Har bir qiyinchilik bu biz uchun yangi sinov, yangi imkoniyat bo’lishi mumkin. Agar biz o‘zimizni tayyor his qilsak, sabr-toqat bilan har bir sinovni yengib o‘tishimiz mumkin.
Ammo shoshilinch va befarq qarorlar bizni haqiqiy o‘sishdan, ongli hayotdan mahrum qiladi.
@AliMuhammad_Hasan
Ushbu podcastni har bir inson eshitishi foydadan holi bo’lmaydi deb o’ylayman. Har bir yigit - qiz, erkak - ayol, ota - ona ko’rishi va tushunishi, o’ziga kerakli jabhalarini umumiy tahlil bilan olishi shart.
Bir ko’rganimda boshlanishini ko’rib, qolgan qismiga vaqtim bo’lmay shu bilan esimdan chiqqan ekan. Hozir yo’lda ketar ekanman, to’liq eshitib sizlarga ushbu tavsiyani beryapman.
P.s. Suhbatda gap notiqlik haqida emas.
#Vaqt
- O’tgan ishlarga nadomat qilish va barcha odamlarni rozi qilishga urunish bilan vaqtingizni zoe qilmang.
- Ehtimol bu fursat oxirgi fursat bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir fursatga e’tiborli bo’ling.
- Inson taraqqiy etishdan to’xtagan paytda qarigan bo’ladi.
- Orziqib kutgan kunimiz kelishini orzu qilamiz-u, lekin o’tib ketayotgan kunlar bizning umrimiz ekanini unutib qo’yamiz.
- Taqvo qilib ol, chunki sen tun botgandan so’ng tonggacha yashashingni bilmaysan. Qancha qancha kishilar sog’ bo’la turib vafot etdilar.
@AliMuhammad_Hasan
Sakinat – Ruhiy Osoyishtalik Kaliti
Hayotning shovqinli va tezkor oqimida, qalbimizda tinchlik va osoyishtalikni topish qanchalik muhimligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Sakinat topish – bu nafaqat atrofimizdagi shovqinlardan qochish, balki o‘zimizni, ruhimizni, qalbimizni tarbiyalashdir.
Biz ko‘plab sinovlar, tashvishlar va hayotning shovqinlar bilan yuzma-yuz kelamiz. Har bir qiyinchilik, har bir tashvish bizni o‘sish va kuchayish imkoniyatimizga aylanishi mumkin. Lekin, bu uchun biz tinchlanishni, ichki sokinlikni va sabr-toqatni topishimiz zarur
Misol uchun, ish joyida yuzaga kelgan muammolar, oilada kelgan tushunmovchiliklar yoki jamiyatdagi chalkashliklar barchasi bizning ichki dunyomizni buzib, qalbimizni charchatadi. Ammo, agar biz har bir vaziyatni tinchlik bilan, yaxshilab o‘ylab hal qilsak, to‘g‘ri qarorlar qabul qilsak, har bir sinov bizni yanada mustahkam, aqilliroq va sabrliroq qiladi.
Sakinat – bu nafaqat ruhiy osoyishtalik, balki har birimiz uchun mustaqil qarorlar qabul qilish, har bir vaziyatda tinchlik va aniqlikni saqlash demakdir. “Alloh taoloning zikri ila qalblar orom topadi” degan oyat bizga shuni eslatadiki, haqiqiy tinchlikni topishning kaliti Allohni eslash va unga bo‘lgan ishonchdir.
Ushbu moborak Ramazon oyida hayotimizdagi shovqin va tezlikni bir chekkada qoldirib, qalbimizni osoyishtalik bilan to‘ldiraylik. Ibodatlarda mustahkam bo’lib haqiqiy sakinatni topish nasib etsin.
@AliMuhammad_Hasan
Ramazon tuhfasi…
Juma muborak!
@AliMuhammad_Hasan
Hozirgi kunda jamiyatimizdagi eng katta muammolardan biri!
https://youtu.be/itkUJSYrg1U?si=OMcjnF5mwTCl10bR
Bugun, 🕒 15:00 da
😉YouTubeda 1%Bilim ning birinchi podkast premyerasi bo‘ladi!
📕 Mavzu: Nega xatolarimizni ko’rishga qiynalamiz. Tasdiqlash xatosi (Confirmation Bias)
Tasdiqlash xatosi? Nega o‘z xatolarimizni ko‘rish qiyin? Va eng muhimi – qanday qilib bundan qutilish va aniqroq fikrlashni o‘rganish mumkin?
15 daqiqalik podkastda aynan shular haqida gaplashamiz:
Tomosha qilish uchun link:
👉 ▶️ https://youtu.be/3VULGx2tqak
➡️ Iltimos, do‘stlaringiz bilan ham ulashing! Kanal rivojiga hissa qo‘shish va bilimni kengroq yoyish uchun bu juda katta yordam bo‘ladi.
Ko‘rishguncha!
Shoshilinch va noto'g'ri qarorlar
Hayotimizda ko‘p marta shoshilinch va noto‘g‘ri qarorlar qabul qilib qo'yamiz. Oqibati esa o'zimizga yoqimsiz bo'ladi. Ko‘p hollarda, masalani to‘liq anglamay, tahlil qilmay, aql egalari bilan maslaxat qilmay, faqat his-tuyg‘ularimiz bilan, tez va befarq qarorlar qabul qilamiz. Bunday qarorlar kelajakda katta xatoliklarga, afsusga va yo‘qotilgan ishonchga olib keladi.
Masalan, biror kutilmagan vaziyatda, g‘azab yoki qo‘rquv bilan "hammasi yaxshi bo‘ladi gapiraveraman" deb o‘ylamasdan gapirib qo‘yish, keyinchalik har qanday munosabatlarda, do‘stlik, oila va hamkorlik rishtalarini buzib yuborishi hech gap emas. Shoshilinch qarorlar natijasida, biz o‘zimizga ham, atrofdagilarga ham adolatsiz gaplar aytamiz, bu esa inson qalbida chuqur yara ochishi mumkin. Eng yomoni bunday noto'g'ri harakatlarni to'g'irlash va yomon oqibatlarini oldini olish mumkin vaziyatda ham o'z bilganimizdan qolmaymiz. Bu esa yanada yomon natijalarga olib borish ehtimoli bor. So’ngi pushmon o’zinga dushman deganlaridek, noto’g’ri qarorlarni olib afsuslanib yurganlar qancha. Lekin poyezd o’tib ketgach uni qaytarib bo’lmaydi. Vaqti borlar esa qadriga yetishi kerak.
Bunday shoshilinch va hissiyot bilan olingan qarorlar, moliyaviy qarorlarda ham yomon natijalarga olib boradi. Xissiyotga berilib xisob-kitobni to'liq qilmay yoki hozir kelayotgan joylari bunga ham yetadi deb, ortiqcha xarajatlarni qilib qo'yish, qandaydir majburiyatlarni yuklab olish keyinchalik qiyinchiliklarga va yetishmovchiliklarga olib keladi. Chunki hayot past balandliklardan iborat. "Bir unday bir bunday" deb bekorga aytilmagan. Issiq sovuqni hisobini olib harakat qilmaslik zararlarga olib boradi.
Moliyaviy maslada olingan noto'g'ri qarorlar ham ko'p jihatdan tasir o'tkazadi. Munosabatlar keskinlashishi, yomonlashishi hech gap emas. "Pul jigardan bo'lgan" deb qo'yishadiku. Shuni inobatga olish kerak. Inson o'z qadrini arzimagan summalar uchun tushurmasligi kerak, buning uchun esa to'g'ri qarorlar qabul qilish kerak. Agar siz shunday vaziyatda bo'lsangiz havotirga o'rin yo'q bu sizga yetarlicha tajriba bo'ladi.
Bundan tashqari, boshimizga tushgan har bir qiyinchilik va og'riqli vaziyatlar aslida biz uchun sinovdir. Agar biror qiyinchilik yuzaga kelsa, bu hayot bizga "to‘g‘ri qaror qabul qil, sabr-toqat bilan harakat qil" deya sinovdan o‘tkazmoqda. Agar biz sokinlik bilan, puxta o‘ylab, qat’iyat bilan qaror qabul qilsak, keyinchalik bu sinov yaxshilik va muvaffaqiyatga olib keladi. Lekin, his-tuyg‘ular oqibati bilan qabul qilingan shoshilinch qarorlar, o‘ylamasdan aytilgan gaplar natijasida, insonlar orasidagi ishonch poydevori kuchsizlanib, munosabatlarda ajralish va noroziliklarga sabab bo'ladi.
Yechim shundaki, har qanday vaziyatda tinchlanish, muammoni chuqur tushunishga harakat qilish, maslaxat qilish va eng to'g'ri bo'lgan qarorni qabul qilishdir. Har bir qiyinchilik – aslida, biz uchun o‘sish va rivojlanish imkoniyatidir. Agar biz vaziyatni sinov deb qabul qilib, to‘g‘ri yechimga yetib kelsak, kelajakda bu sinov bizni yanada kuchliroq, donoroq va sabrliroq qiladi insha Alloh.
@AliMuhammad_Hasan
📢 YouTube’da yangi loyiha – "Sarchashma"!
Ko‘pchilik shogirdlarim: "Ijtimoiy tarmoqlarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar, nasihatlar ko‘p, lekin qanday qilish kerakligi aniq tushuntirilmagan", - deb aytishadi.
😊 Shuning uchun biz "Sarchashma" loyihasini boshladik. Bu loyihada hayotimizdagi muammolarni yuzaki yoritib ketmaymiz – ularning ilmiy asosini tushuntirib, haqiqatan ishlaydigan yechimlarni taqdim etamiz.
Ilk sonimizda "UYQU" mavzusini muhokama qildik va quyidagi savollarga ilmiy asoslangan javoblar berildi:
- Nega 8 soat uxlaysiz, lekin baraka sezilmaydi?
- Ajdodlarimiz qanday uxlashgan?
- Uyqu bosqichlari: qaysi biri eng muhim?
- Segmentli uyqu nima va u kimlarga mos?
Videoni tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim.
📺 To‘liq video YouTube kanalimizda!
👉 Havola: https://youtu.be/r1pGhWQHucA
@Doniyor_Nasriddinov
O'rinsiz hafa bo'lish va Asossiz ayblash
Hayotimiz davomida ba'zan insonlar o'zaro munosabatlarda asoslarsiz hafa bo'lish va asoslarsiz ayblash holatlari kuzatiladi. Bunday xatti-harakatlar nafaqat qarshi tarafni noqulay xolatga qo’yadi, balki ishonch poydevorini buzadi va munosabatlarda norozilik, nafratni keltirib chiqarishi ham mumkin. Bu holat ham boshqalarga, ham o'zimizga zararli natijalarga olib keladi.
O'rinsiz Hafa Bo'lish:
Asossiz hafa bo'lish – bu o'zimizni va atrofdagilarni keraksiz g'azab va norozilik bilan to'ldirishdir. Bunday munosabatlar, qalbning tinchligini buzib, ruhiy osoyishtalikni yo'qotishga olib keladi.
Asossiz Ayblash:
Asossiz ayblash – bu boshqalarni asoslanmagan sabablar bilan, xiyonat, adolatsizlik kabi tagi yo’q bo’lgan shubha gumonlar bilan ayblashdir. Bu holat nafaqat shaxsiy munosabatlarni, balki butun jamiyatning ishonchini buzadi. Natijada, do'stlik, oila va ish rishtalari susayib ketadi.
Nima uchun bu xavfli?
Bunday keraksiz g'azab va asossiz ayblash, bizni halol, ochiq va sabr-toqatli bo'lishdan chalg'itadi. Bu holat inson qalbini ifloslaydi, Alloh taoloning marhamatidan uzoqlashishiga va jamiyatda ajralish, shubha va noroziliklarning kuchayishiga sabab bo'ladi. Inson bundan o’zini tiyishi lozim.
Haqiqiy yechim:
Yaxshi niyat, masalalarga yaxshi gumon bilan qarash, ochiq muloqot va sabr-toqat orqali, biz o'zimizni va boshqalarni yaxshiroq tushunishga intilishimiz lozim. Har birimiz o'z so'zimizga sodiq qolishimiz, berilgan va’dalarni bajarishimiz va insoniy qadriyatlarimizni himoya qilishimiz kerak. Masalan, agar kimdir xato qilsa, "Nima sababdan bunday bo'ldi? Qanday yordam bera olaman?" deb so'rash, munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.
Qalbimizni tinchlantirib, halollik va ochiqlikka intilaylik. Shu yo'l bilan nafaqat shaxsiy hayotimizda, balki jamiyatimizda ham ishonch va birlikni tiklashimiz mumkin, insha Alloh.
@AliMuhammad_Hasan
Kelajakni ongimizda shakllantirgan zahoti u ro’yobga kela boshlaydi. Bizning qarashlarimiz, niyyatlarimiz orzularimiz, maqsadlarimiz va rejalarimiz - barchasi, albatta, kelajakdir.
Binobarin, uni tasavvur qila olar ekanmiz, bas, u kelajak vujudga kelgan borliqqa aylanib, bizni o'ziga ergashtirib boradi insha Alloh.
Zero Alloh taolo nasib qilmaganini hayol qildirmas!
@AliMuhammad_Hasan
Safar bizdan, zafar Allohdandir!
Yo’lga otlanmaganga, ovga chiqmaganga, rizq orqasidan harakat qilmaganga ne’mat yo’qdir!
Insha Alloh biz qidirganimizni topamiz.
©️Ertugrul G’oziy
@AliMuhammad_Hasan
Xitoy havfi, muammolar va yechimlar haqida post yozgan edim. Shundan so’ng, Paradigma.uz loyihasi tarafidan qisqa intervyuga chaqirishgan edi.
Suhbat davomida Xitoyning O’zbek tadbirkorlariga va xalqqa qanday foyda va zararlari borligi. Undan tashqari, biz hozir qanday yechimlar qilishimiz mumkinligi haqida ojizona fikr bildirgan bo’ldik.
Kirib, ko’rib o’z fikringizni qoldirishingiz mumkin. Oxirigacha ko’rib hulosa qilish tavsiya qilinadi.
@AliMuhammad_Hasan
https://youtu.be/991ym0YXnHM?si=DNt2T8mprNIhaKzW
Yurish sizni qutqaradi
Oddiy yurish hayotingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin va bu quruq gap emas. 2018-yilda "The Lancet" jurnalida 1,2 million odam ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 20-30 daqiqa yurish o‘lim xavfini 20-30% ga kamaytiradi. Ammo eng muhimi - kayfiyatingiz osmonga ko‘tariladi! Sayrdan keyin o‘zingizni ajoyib his qilasiz: endorfinlar sizni baxtli qiladi, stress yo‘qoladi, energiya to‘lib-toshadi.
Bahor keldi, ko‘chaga chiqish uchun eng yaxshi vaqt. Kuniga 7,000 - 10,000 qadam yurib ko’ring va hayotingiz yangi ranglar bilan boyiydi. Bu oddiy odat emas, bu doim o’tiradigan zamonaviy insonni majburiyati, chunki yurish bilan siz o‘zingizni haqiqatdan ham qutqarasiz. Sog’lomroq va chinakam baxtliroq his qilasiz.
©️Abdusattor Abdurahimov
@AliMuhammad_Hasan
Kuni kecha “Kitoblashamiz” kitobxonlar davrasida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Suhbatda Sezai Karakochning “Tirilish nasli” deb nomlangan kitobni yoritib berdik.
Ma’lumot o’rnida ushbu yopiq klubimizda aktiv kitobxonlar soni 70 dan ortdi, safimiz kengayishda davom etmoqda Alhamdulillah.
Jamiyat rivoji yo’lida manshunday davralar ko’plab va doimiy bo’lib turishi kerak.
@AliMuhammad_Hasan
"Sherning 75% urinishlari muvaffaqiyatsiz tugaydi!
Lekin bu hol uni takror harakat qilib ko‘rishdan to‘smaydi. Uning bu qat’iyati ochlik sababidan emas.
Balki tabiatning hammasi tan oladigan "Boy berilgan harakatlar" qonuniyatiga ishonganidan bo‘ladi. Faqat insongina bu qonunni inkor etadi.
Bir necha harakatda muvaffaqiyatga erishmagandan keyin o‘zini omadsiz his qila boshlaydi.
Darhaqiqat, yagona muvaffaqiyatsizlik – urunib ko‘rishdan to‘xtashdir."
©️Mubashshir Ahmad
@AliMuhammad_Hasan
https://youtu.be/OxtyhPBpFY4?si=aSOplDoondHgvaxL
Читать полностью…Agar koʻnglingda orzu qilganing juda katta koʻrinib ketsa, ushbu oyatni takrorla.
وَمَا ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ بِعَزِيزٍ
“Bu (ish) esa Alloh uchun qiyin emasdir.” (Ibrohim surasi, 20-oyat.)
Unutma koinotni va undagi narsalarni yoʻqdan bor qilgan Zot sening tasavvuringga keltirgan narsani hozir qilishdan ojiz emas.
@AliMuhammad_Hasan
Marhabo, marhabo ey Ramazon oyi, marhabo tarovehlar, tasbihlar va hatmi Qur’on oyi…
Bu oyning avvali rahmat, o’rtasi mag’firat va oxiri jahannamdan ozod bo’lishlikdir…
Ramazon muborak…
Ilk saharlik muborak…
@AliMuhammad_Hasan
Brain rot - Miya chirishi, Sun’iy intelekt, Ongsizlashtirish, Qaramlik, Fantastikalar real hayotda.
Bir necha yillar avval Mask insonlar miyasiga implant chiplar o’rnatmoqchi ekan deyilganda “Bo’lishi mumkin emas, buning iloji yo’q hech kim rozi bo’lmaydi” deyilgan edi. Ammo, bugungi kunda jamiyat shu darajaga olib kelindiki, u chiplarni nafaqat taqishga rozi bo’lishadi balki yaxshigina summaga sotib olishgacha borishadi yaqinda…
Bunga sabab nima? “Brain rot” ya’ni miyyaning chirishi. Bugungi kunda hukumatlar va yirik kompaniyalar shu darajada insonlar miyyasini chiritish va ongsizlashtirish bilan shug’ullanishyaptiki, agar ichiga kirib ozgina tahlil qilaman desa inson qo’rqib ketadi, bu dunyoda yashagisi ham kelmay qoladi hatto.
Va bu ongsizlashtirishda har bir mamlakatning o’zini “local xizmatchilari” bor, ular o’zlari bilib yoki bilmay kishilarni ongsizlik tubiga tortishmoqda. Bu ishlarini esa yaxshi ish qilyapman deb ham xisoblashadi.
Uyg’oninglar biz havf ostidamiz, bu ketishimiz yaxshi emas ahvol chatoq deyilsa “qo’ysangizchi o’zingiz nimani qoyillatdingiz?” deya itob qilib, birchaqaga olmayotganlar ham talaygina. Ey dindoshim, vatandoshim uyg’on.
Bir tarafda texnika shiddat bilan rivojlanib insonlarni borgan sari dangasa va ongsiz qilish uchun, maksimal darajada “miyam ishlamay qolyapti” endi unga chip o’rnatishim kerak degan tushunchaga qadar olib kelish uchun kurashyapti. Yana bir tarafdan esa katta kuchlar dunyoni bo’lishib olish harakatida.
Sun’iy intelektlar, gadjetlar, yo’q olamdagi pullar. Shiddatli siyosatlar, urushlar, kuchsiz davlatlarga gegemonlar hukm o’tkazishi, ichidan sotib olishi bular hammasi nima?
5 yil avval bo’lishi mumkin emas deyilgan masalalar bugun ko’z o’ngimizda. Bugun ular aytishyapti “sizlarga hech qanday bilim kerak emas, til kerak emas hammasini siz uchun biz hal qilamiz” deyishmoqda. Shunchaki sun’iy intelekt ulangan ko’zoynakni taq va hamma narsani bil, shunchaki oddiy. Lekin bu rostdan ham oddiymi?
“Vohima qilavermang endi zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish kerakda” ham deb qo’yishadi. Xop foydalan lekin bu nimalarga olib borishini ham bir o’ylab ko’r. Bolalarni tinchlantirish uchun ularni qo’llarida gadjetlar, chunki ona ham “zamonaviy dunyodan ortda qolmay” ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishi kerak va ol senga autizm kasalligi, klip fikrlash, miyya yarim shari rivojlanmay qolishi kabi bir dunyo masalalar.
Na qadryatimiz haqida qayg’uryapmiz, na Vatanimizning chinakam mustaqilligi haqida, na dinimiz, na iymonimiz, na ongli yashash haqida… O’zi bu dunyoda nima qilyapmiz? To’y qilish uchun, moddiy orzu havaslarni amalga oshirish uchun, oshqozonimiz bo’sh qolmasligi uchungina harakat qilyapmiz holosmi?
Xa to’g’ri bularni o’ylashga imkon bormi? Degan savol ham dolzarb!Afsuski o’ylash uchun imkon qoldirilmayapti.
Inson o’z uyida ijorada turgandek, aslida arzon va o’zini haqqi bo’lgan “komunal” tizimlarga bir dunyo pul to’lab, mashinasi yurishi uchun kunlab navbatlarda turib, oilamni boqishim kerak deb kunu tun mexnat qilib, “kredit” va “nasiya” larni shu qadar urchitilganidan, agar to’lmasam hamma narsam musodara bo’ladi deb, qarzdan boshi chiqmay, halovatini topa olmay yurgan xalq nima haqida o’ylasin?
O’ylayotganlarning ham qo’lidan hech narsa kelayotgani yo’q, bunga esa yetarli “sabab” lar bor. Bugun hatto tadbirkorlar komunal to’lovlarga, ijora haqiga, hodimlar oyligiga pul yetkaza olmayapti. Ko’rpani tortib bir joyini yopsa, boshqa tarafi ochilib qolyapti. Ular nima qilsin? Nima haqida o’ylasin axir?
Bugun dunyoda kapitalizm shu darajada hukmronki, inson qadri, manfaatlari, qadryatlari, e’tiqodi kabi masalalarga “tupurib” qo’yilgan.
-Yechim nimada?
-Bilmayman, shuning uchun qiynalib kettim…
Dunyo qayerga qarab ketyapti bilmayman. Oxirimiz bahayr bo’lsin, to’g’ri yo’ldan adashtirib qo’ymasin.
@AliMuhammad_Hasan
“Menga boʻlaveradi“ demang,
“Menga eng yaxshisi kerak“ deng!
“Charchadim“ emas,
“Dam olishim kerak“ deng.
“Aybdorman“ emas,
“Bu menga tajriba boʻldi“ deng.
“Vaqtim yoʻq“ emas,
“Keyinroq bajaraman“ deng.
“Xarakat qilaman“ emas,
“Bajara olaman“ deb ayting.
“Men bunga loyiq emasman“ demang,
“Men eng yaxshilariga loyiqman“ deng.
Insha Alloh hammasi siz o’ylagandanda yaxshiroq bo’ladi.
@AliMuhammad_Hasan
Baxt formulasi haqida 2 yil avval yozib qoldirgan ekanmiz. Formula hech qachon o’zgarmaydi…
/channel/AliMuhammad_Hasan/2133
Ushbu videoni ko’rilishi shart deb hisoblayman. O’zimizdagi ko’plab muammolarga va tushunmayotgan jarayonlarimizga yechim bo’lishiga ishonaman.
Videoda uyquni ilmiy asoslar bilan yoritib berilgan. U bizga qanchalar muhim va qanday vazifalar bajarishini tushuntirgan. Haqiqiy mo’jizalar guvohiga ilmiy asoslar bilan aylanishimiz mumkin. Sifatli uyqu qanday bo’lishi va unga qanday erishilishi haqida juda aniq javoblar bor ekan. Baraka topishsin, loyiha bardavom bo’lishiga tilakdoshmiz.
Xitoy havfi, muammolar va yechimlar
Hozirgi vaqtda hech birimizga yangilik emas, Xitoy juda katta oqim va agressiya bilan O’zbekston bozoriga, nafaqat bozori balki hududiga shiddat bilan kirib kelmoqda.
2024 - yil ma’lumotlariga ko’ra 70 mingdan ziyod Xitoyliklar tashrifi bo’libdi, bu yilga kutulayotgan raqam esa daxshatli darajada katta 300 mingga yetishi taxmin qilinmoqda.
Yangiliklarda go’yoki “Xitoyliklar kelib maxsulotlarni xalqimizga arzon yetkazishyapti, faloncha yoshlarni ish bilan taminlashyapti” degan gaplarni eshityapmiz.
Vaholangki asl haqiqat bunday emas!
Bu vaziyatda bizga qanday havflar bor?:
Avvalo arzon yetkazib berish degan masalaga to’xtalsak, bu shunchaki “demping” ya’ni atayin bozorni sindirib o’ziga qoldirish uchun zararga bo’lsa ham sotib, qolgan o’yinchilarni maydondan quvib yuborish. Qolganlar o’yindan chiqqandan keyin esa o’zinikini qo’yadi.
Ish bilan taminlashga kelsak, bu tarafda 100 ta odamni ish bilan taminlasa 1000 ta vatandoshlarimizni ishsiz qoldiradi. Shu zaylda vatandoshlarimizni o’z diyorimizda ishchi (qul) qilib oladi. O’z zaminimizda? Tushunyapsizmi? Chet elga borib ishlayotganimiz yetmaydimi? Endi o’z Vatanimizda ham chet elliklarga qul bo’laylikmi?
Uyg’ur xalqi holati barchamizga ma’lum, so’ngi vaqtlarda tarqalgan videolarga ko’ra, Uyg’urlarni o’ta qattiq qiynoq ostida zavod va fabrikalarda tekinga, zo’ravonlik bilan ishlatishlari ko’rinmoqda. (Alloh ularga najot bersin) agar biz ham choralar ko’rmasak Xitoy ayab o’tirmaydi juda qattiq agressiya bilan O’rta Osiyoni egallashga kirishgan!
Afrika ham 10 yil avval biz kabi iqtisodiyotimiz rivojlanyapti deb hursand bo’lgan edi milliardlab qarz olib, hozirgi ahvoli butun dunyoga ma’lum. Ya’ni biz A nuqtadamiz ular esa C nuqtada. Xitoy strategiyasi shunday.
Siyosiy va madaniy tahlikalar haqida ham bir dunyo qarashlarim bor, lekin ularni aytmasam ham hamma tushunib turibdi…
Xitoy qarz bergandan keyin o’zinikini qo’yadida, intelekti kuchli bo’lgandan keyin, sifatli arzon mahsulot bergandan keyin nima qilish kerak? Foydalanamizda deydiganlar ham yo’q emas afsuski…
Xo’sh bunga qanday yechim qilishimiz mumkin?
- Xukumat tarfidan qilinadigan yechimlar quyidagicha:
1. Har bir Xitoylik tadbirkor albatta bitta O’zbek tadbirkori bilan ishlashi shart va majburiy bo’lishi kerak. 49 ga 51 ko’rinishida (zotan bu qonunda ham belgilangan bo’lishi kerak) Arab mamlakatlari singari, hech qanday tashqaridan kelgan tadbirkor bitta arab kafilligisiz, sherikligisiz bir ish qila olmaydi. Bu nima degani? avval Arabni boy qiladi keyin o’zi boy bo’ladi. Marhamat O’zbeklarni ham boy qilaylik.
2. Peshtaxtalarda Arab va Rus harflariga qarshilik qilingani kabi Xitoy erogliflariga ham taqiq qo’yish va mavjudlarini oldirib tashlash. Zotan xalqimiz bitta harfini ham tushunmaydi, bu shunchaki manaviy va siyosiy bosim.
3. Shiddat bilan o’zlariga xususiyalshtirib mulklarni sotib olishlarini to’xtatish faqat va faqat ijoraga berish, shunda ham birinchi punktda aytilgani kabi, bir Uzbek vositachiligi bilan.
- Tadbirkorlar tarafidan qilinadigan tadbirlar:
1. O’z sohalarida rivojlanish, ilm olish, yangiliklarga ochiq bo’lib, sifatli maxsulot va xizmatlar taklif qilish.
2. Birlashib harakat qilish, hamjamiyatlar tashkil etish. Kuchlarni birlashtirib gegemonlik qilishlariga yo’l qo’ymaslik. Bir soha vakillari birlashib o’sha sohaning manfaatlarini birgalikda himoya qilish.
3. Agar chet elliklarga ko’proq imkoniyat berib biznikilarni tupikka tiqishsa ,shunchaki birlashib ishni to’xtatish. Ish tashlash qilish ham mumkin xatto.
- Xalq tarafidan:
1. Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni sotib olish.
2. Aqlli, mulohazali harakat qilib, oshqozon bilan o‘ylashni bas qilish.
3. Farzandlarni yaxshi o‘qitish va milliy qadriyatlarni singdirish.
Azizlar bu aziz Vatan barchamizniki, faqat o’zimizni o’ylashni bas qilib, o’zga qo’llar vatanimizni tor mor qilmasligi uchun harakat qilishimiz kerak. Kelinglar birlashaylik, kuchlarni to’g’ri tarafga ishlataylik.
@AliMuhammad_Hasan
Feedback modeli — kerak. Chunki har kimning gapini “haq” deb qabul qilib yuraversang, oxirida kimligingni ham unutasan. Maqtov odamni yalqov qiladi yoki havolantiradi, tanqid esa qotiradi yoki cho’ktiradi. Bu model qaysi gapni qanday tahlil qilishni o‘rgatadi. Xatolarini tuzatish uchun tanqid kerak, kuchliroq bo‘lish uchun esa to‘g‘ri maslahat. Tahlil qilish qobiliyatni yo‘qotgan odam — o‘zi haqida eshitishdan ko‘ra, boshqalar fikri bilan yashaydigan “zombie”ga aylanadi.
#decisionmaking
#feedbackmodel
-Bir foiz bilim (Xurshid Maroziqov)
@AliMuhammad_Hasan