alimuhammad_hasan | Неотсортированное

Telegram-канал alimuhammad_hasan - Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

-

•Broaden your horizon. •Dunyoqarashingizni kengaytiring. Founder of: Muslih (Books) CEO of: Yuksalish Kokand (Leaders academy) Abu Dhabi Kokand (Education&consulting) @Ali_Muhammad_Hasan_bot

Подписаться на канал

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

📍 Toshkent

Bu hali bir boshlang’ich, bizni katta ishlar va mas’uliyatli vazifalar kutib turibdi…

Bugungi kungacha juda ham ko’p ommaviy chiqishlar qilganman, ya’ni auditoriya qarshisida nutq so’zlab kelganman. Bu man uchun oddiy va tabiiy holga aylangan. Allohning fazli bilan chiqishlarimiz doim muvaffaqiyatli bo’lgan. Lekin asosiy chiqishlarimiz, dars o’tgan davralarimiz deyarli 95% Qo’qon shahrida bo’lgan.

Toshkentda qatnashgan seminarlarimizda va uchrashuvlar jarayonida umumiy muhokamalarda faol qatnashar edik, ammo Toshkentda tadbirkorlarlarga birinchi martta dars o’tib berdim. Alhamdulillah go’zal o’tdi. Allohni fazli bilan doim, birinchi martta qilayotgan ishimni ham hardoim qilib yurgandek bajarib ketaveraman.

Onamni doimiy duolari bor:
“Yuzingiz issiq, so’zingiz keskir bo’lsin o’g’lim” deb duo qiladilar. Alloh taolo O’z fazli bilan, onamni duolari sababidan ham borgan joylarimizda so’zimizni eshitiladigan, o’rnimiz bilinadigan qilib qo’yadi, Alhamdulillah.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“O’ziga nisbatan Ishonchsizlik - bu bilimsizlik oqibati”

Aktyor va boshlovchi Rustambek Nasriddinovdan o’ziga bo’lgan ishonch muhimligi haqida qisqacha, holis fikr

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O’ziga bo’lgan ishonch bu har qanday muvaffaqiyat uchun poydevor!

Davrobek Turdiev dan o’ziga bo’lgan ishonch muhimligi va uni rivojlantirish haqida qisqacha.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kuni kecha Hyatt Regency Tashkentda bo’lib o’tgan Mirshod Shakirov asos solgan Business diplomat loyihasining “Lelel 4” bosqichining O’zbekiston qismida ishtirokchi sifatida qatnashdim. O’ziga hos atmosfera mujassam bo’lgan, o’z sohalarida muvaffaqiyatli, saralangan tadbirkorlar jamoasi bilan uchrashuv va dars juda ham mazmunli o’tdi. Dars mavzusi “Global intelekt” hamda “Global fuqaro” mavzulari doirasida bo’lib o’tdi, o’zimiz uchun zaruriy bilim va ko’nikmalarni hosil qildik.

Janob Mirshod Shakirov, xalqaro munosabatlar ya’ni Diplomatiya bo’yicha yetuk mutaxasis hisoblanadilar. Angliya elchixonasida muhim vazifalardan birida mas’ul bo’lganlar. Shu kungacha 70 dan ortiq Davlat rahbaralari (Prezidentlar) bilan uchrashganlar. Xalqaro tadbirkor hamda oliy janob inson Mirshod aka Shakirovni o’zim uchun chin ma’noda ustoz deb qabul qildim. Ustoz man uchrashgan katta tadbirkorlar va ustozlar ichida “Aura”si eng kuchlilaridan deb bemalol ayta olaman.

Ustoz bilan loyiha doirasidagi uchrashuvdan avval alohida formatda ofislarida anchagina suhbatlashdik, shundan so’ng loyihada ishtirok etishga taklif qildilar. Aslida bu loyiha uchun ancha vaqt oldin ro’yxatdan o’tib, bir necha bosqichdagi saralashdan ham o’tish kerak bo’ladi. Nasibamiz bor ekan biz ham safda bo’ldik.

Alloh taolo ustozni ilmlariga va himmatlariga baraka bersin. O’zbekistondagi tadbirkorlarni xalqaro darajada statusga ega tadbirkor va shaxs sifatida tarbiyalashni niyat qilganlar. Bunga astoydil bel bog’laganlar. Alloh maqsadlariga yetkazsin, bizlarni ham yelkadosh qilsin.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Telegram blogimni 2021 - yildan buyon yuritib kelar ekanman. 4 yil bo’libdi.

Shu 4 yilda joylangan postlardan quyidagilarni bir joyga jamlab qo’ygim keldi.

Fikrlarim va shaxsiyatim bilan tanishmoqchi bo’lgan inson, umumiy shu postlar orqali xulosa qilishi mumkin. Va albatta o’qiganlar uchun manfaatli ham bo’ladi insha Alloh.

1. Blogdagi birinchi post. Maqsad haqida.
2. Ishoning sizdan judayam yuqoridagi inson yo’q
3. Himmat
4. Fikrlash
5. Natija
6. O’rganish
7. Birlashish
8. Nikoh
9. Oila qurish
10. Tafakkur
11. Atrof muhit
12. Ta’lim
13. Ilk ommaga gapirishlardan
14. Siz hech qachon 100% tayyor bo’lmaysiz
15. Qiyinchiliklar sizni o’stiradi
16. Yiqildingmi? Nima qilibdi?
17. Agar 20 yildan keyin ham O’zbekiston o’zgarmasa…
18. Siz eng yaxshisi bo’ling
19. Jamoaviy yig’ilish
20. Jamiyat uchun foydali bo’ling
21. O’zingizga yarashadigan ishni qiling
22. Ustozning faxrlanishi
23. Tasavvur qiling
24. Dars berishdan maqsas nima?
25. Kelajagimiz bunday bo’lmasligi kerak
26. Ot minish haqida
27. Mendan nega ko’p safarga chiqasiz deb so’rashadi…
28. Motivatsiya
29. Boylik
30. Kambag’allik ayb emas
31. 12 yoshida fath
32. Uyg’on ey millat
33. Qizlar o’qib nima qiladi?
34. “Hokand united” klubi ilk uchrashuv
35. Odamlar sini tashqi ko’rinishingizga qarab kutib olishadi..
36. Turk og’amiz bilan suhbat
37. Yo’lga chiqmaguningcha yo’ldoshlarni topmaysan…
38. Shunday kambag’al insonlar borki…
39. Erkak kishi qachon xotirjam bo’ladi?
40. Yil sarhisobi
41. Ta’limchilar
42. Kitobxonlar
43. Diqqatni o’g’irlash
44. “Confidence” O’ziga bo’lgan ishonch

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Demak siz tayyorsiz…

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Siz kimligingiz – nimaga ishonishingizga bog‘liq.
O‘ziga va o’zingizga ishoning, dunyo sizga ishonadi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O’ziga bo’lgan ishonch avvalo “O’ziga☝🏼” bo’lgan ishonchdan shakillanadi…

O’ziga va o’zingizga ishoning!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O’zingizga bo’lgan ishonchni oshirish uchun top 3 odat. Agar siz shu odatlarni muntazam qilib borsangiz, o’zingizga bo’lgan ishonchingiz karrasiga ortadi.

Video kontentlar doimiy instagramda joylab borilyapti

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Blog yuritishdan maqsad!

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ruslar bizga haqoratli so’zlar aytmasligi uchun nima qilishimiz kerak?

Xitoy iqtisodiyotimizni sindirib yubormasligi uchun nima qilishimiz kerak?



P.s. Xabaringiz bor biz yangi yo’nalishda kontentlar joylab boryapmiz. Videolar doimi ushbu instagram sahifamda joylab borilmoqda. Qiziq bo’lsa obuna bo’lib oling.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonch “confidence” – Kibr yoki qo‘pollik emas!

Ko‘pchilik o‘zini ishonchli, dadil tutishni kibrli, qo‘pol, boshqalarni mensimaydigan va e’tiborga olmaydigan odam sifatida tasavvur qilishi ham mumkin.

Lekin bu katta xato! O‘ziga ishonchli odam hech qachon:

Boshqalarni behurmat qilmaydi, qo’pollashmaydi va dag’dag’a qilmaydi. Aksincha yaxshi munosabat o’rnata oladi.
Tanqidni to’g’ri tahlil qilib chiroyli javob qaytara oladi, masxara yoki tajovuz bilan javob qaytarmaydi.

Demak, farqni bilib olishimiz kerak:

O‘ziga ishongan odam – xotirjam va o’zini bosib olgan bo’ladi.
U o‘zini isbotlashga majbur emas. Gapini sokin, lekin ishonchli ohangda aytadi.

Qo‘pol yoki quruq gaplar aytadigan odam – notinch va shubhali.
U doim o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, boshqalarni pastga urush, ezishga urinish orqali “o’zini katta ko‘rsatmoqchi” bo‘ladi.

O‘ziga ishongan odam – hurmat qiladi
Boshqalarni ham, o‘zini ham qadrlaydi. U hurmatni talab qilmaydi, uni harakati bilan qozonadi. Aslida ham hurmat talab qilinmaydi, unga erishiladi.

Unutmang:
O‘ziga ishonchli odam jim tursa ham, odamlar u bilan hisoblashadi. Qo‘pol odam baland ovoz bilan baqir chaqir qilsa ham ishonch uyg‘otmaydi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishongan odamni tanib olishning 3 belgisi

Atrofingizda ba'zi odamlar bor, to‘g‘rimi? Ular gapirmay turib ham e’tiborni tortadi. Qayerga borsa, o‘sha joyga boshqacha aura olib kiradi. O‘zini bemalol, qulay tutadi. Atrofdagilar esa unga tabiiy hurmat bilan munosabatda bo‘ladi.
Ularda nima bor? – O‘ziga bo‘lgan ishonch! (Confidence)

Demak, o‘ziga ishongan odamni qanday tanisak bo‘ladi?

1. Qarashlari aniq va to‘g‘ri
Bunday odam ko‘zini yashirmaydi. U bemalol ko‘zga tik qaraydi va nigohini olib qochmaydi. Bu – ichki ishonchning kuchli belgisi. Chunki ko‘zlar yolg‘on gapirmaydi.

2. Nutqi ravon va dadil
U gapirganda to‘xtab-to‘xtab, ikkilanish bilan emas – ravon, aniq va ohang bilan so‘zlaydi. Uning nutqida “ee…”, “bilmayman” kabi ishonchsizlik belgilari kam.

3. Tana tili ochiq va barqaror
U hovliqmay, ishonch bilan harakat qiladi. Gavdasi tik, qo‘llari yashirin emas, tana holati esa ochiq va xotirjam. Bu – ichki ishonchning tashqi ko‘rinishi.

Eslab qoling:
O‘ziga ishonchli ko‘rinish bu tug‘ma emas – bu mashq va amaliyot natijasida erishsa bo’ladigan ko’nikma!

Bugundan e’tibor bering:

Ko‘z bilan aloqa qilayapsizmi?
Gapirganingizda ovozingizda ishonch bormi?
Tanangiz qanday turibdi?

O‘zgarish faqatgina niyat qilish bilan emas – harakatdan boshlanadi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonchni “confidence”ni yo‘q qiladigan 3 ta xato

Ko‘pchilik o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashni xohlasa ham, ba’zi xatolar sabab o‘zini zaif his qiladi. Agar siz ham quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsangiz, ulardan qochish vaqti keldi!

1. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirish:
Doim boshqalar bilan o‘zingizni taqqoslash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yemiradigan eng katta xato. Har kimning yo‘li har xil, siz o‘z yo‘lingiz bilan oldinga yuring!

2. Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish:
Xato qilish tabiiy holat. Muhimi undan saboq olish va oldinga harakat qilish. O‘ziga ishongan inson har qanday xatodan o‘sish uchun foydalanadi. O’tmishdagi xatolar bilan yashab, bugungi kunini va kelajagini yo’qotmaydi.

3. Salbiy fikrlash va o‘ziga past baho berish:
“Men eplay olmayman”, “Menda o’xshamaydi” degan fikrlar sizga cheklov qo‘yadi. O‘zingiz haqingizda ijobiy gapiring, imkoniyatlaringizga va qobilyatlarinbizga ishoning!

Siz bu xatolarni qilayotgan bo’lsangiz, bugundan boshlab ularni yo‘q qilishga harakat qiling.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

"O‘ziga Ishonch tug‘ma narsa emas – Uni shakllantirish mumkin!"

Ko‘pchilik o‘ziga ishongan odamlarni ko‘rib: "U tug‘ma shunaqa, menga esa bu berilmagan", “Uni shaxsiyati o’zi shundayda, men esa boshqachaman” deb o‘ylaydi. Lekin bu noto‘g‘ri! O‘ziga ishonch – mashq qilib rivojlantirsa bo’ladigan ko‘nikma. U tajribalar orqali doimiy rivojlanib boradi.

Aslida hamma insonda tug’ma mavjud bo’ladi, lekin uni yo’qotib qo’yadi desamchi?

Xa aslida ham shunday, bunga dalil shuki. Rosululloh s.a.v “Har bir chaqaloq sof fitrat bilan tug’uladi, uning ota-onasi yo yaxudiy, yo nasoro, yoki Musulmon qilib tarbiyalaydi” deb marhamat qilganlar. Shundan qiyos olsak bo’ladiki, har bir chaqaloq o’ziga bo’lgan ishonch, jasurlik, qat’iyat, mas’uliyat kabi ko’nikmalar bilan tug’uladi. Ya’ni sof fitrat bilan. Uni atrof muhiti qanday inson bo’lib shakillanishiga ta’sir ko’rsatadi. Katta bo’lgandan keyin ham inson o’zini o’zgartirishi mumkin, shunchaki miyadagu bloklarni yechish kerak. Bu esa bilim va tajriba orqali bo’ladi.

O‘ziga ishonchni qanday shakllantirish mumkin?
- O‘zingiz haqingizda ijobiy fikr yuriting
- Qobiliyatingizni doim rivojlantirib boring
- O‘zingizni kichik sinovlardan o‘tkazib, ularga dosh bering (chellenjlar)
- Atrof muhitingizni yaxshilang
- Allohning sizga bergan imkoniyatlariga shukr qiling va ulardan foydalaning

Birinchi qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang! Chunki ishonch – harakat bilan paydo bo‘ladi.

Siz o‘z ustingizda ishlashga tayyormisiz?

Ertangi mavzu: O‘ziga ishonchni yo‘q qiladigan 3 ta xato

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Fikrlash

Yaxshilab o’ylab ko’rilsa fikr yurg’izish bu juda katta nemat ekanligini tushunib yetadi kishi. Chunki, bir olim inson aytganidek: Hozirgi vaqtda fikrlovchi shaxslar kamayib, olamon ko’payib bormoqda…

Aslida dinimiz bizni fikrlashga, tafakkur qilishga, aql yurg’izishga takror va takror targ’ib qiladi, chaqiradi.
Ya’ni Islom dini ko’r ko’rona ergashiladigan emas. Balki, fikrlab, aql yurg’izib ergashiladigan din.

Ming afsuslar bo’lsinki ayni paytda juda ham ko’pchilik insonlar fikrlamay qo’ydilar, hatto oddiy masalalarda ham. Tangani ikki tarafi bor ahir, nega shu haqida o’ylab ko’rmaymiz? Biz ko’rayotgan, tushunayotgan narsa boshqadir balki, ya’ni biz faqat o’z qarashlarimiz bilan baho berayotgandirmiz, aslida esa boshqacha bo’lishi ham mumkinku.

Siz o’zingiz tarafda turib olib 9 desangizu u tarafdagi insonga 6 ko’rinsa bu yerda kim haq? Ikki taraf ham o’zi uchun haqli albatta. Bunday vaziyatda bahoni tashqaridan berish kerak bo’ladi. Buning uchun esa insonda fikrlash qobilyati bo’lishi kerak.

Inson fikrlamas ekan juda ko’p hatolarga yo’l qo’lyishi mumkin, agar fikr yurg’izmasa zotan ahmoq bo’lib qolmaydimi inson?

Har qanday masala bo’lsa ham avval uning ustida biroz fikr yuritmoq lozim. Holatni, masalani tahlil qilish lozim, inson o’ziga savollar berishi kerak.
Masalan: Eng oddiy savol uslubi, ammo foydali: Kim? Qanday? Qachon? Qayerda? Nima uchun? kabi bo’lishi mumkin.

Ko’pchilik insonlar bunday savollarni hayollariga ham keltirmaydilar, shosha pusha noto’g’ri tushunchalarga kelib olishadi, balki u tushuncha noo’rindir, balki katta hato qilayotgandir, buni esa o’ylab ham ko’rmaydi.

Muammoli holatlarda Savollar bo’yicha yondashuv shunday bo’lishi mumkin.
1. Muammo nimada?
2. Muammining paydo bo’lish sababi?
3. Muammoni hal qilishning qanday yo’llari mavjud? va ho kazo.

Boshqalar uchun hulosa qilishga hech qachon shoshilmang, balki siz ko’rmagan, hatto o’ylab ham ko’rmagan, ahamyatga ega jihatlar bordir u insonda.
Siz buni qayerdan bila olasiz?

Alloh taolo fikrlashdek nematni bizga bergan ekan undan foydalanaylik. Fikrlovchi shaxs bo’lishga harakat qilaylik, shunchaki siradan bir olamon bo’lib qolmaylik.

P.S. Qandaydir muhim qaror qabul qilishdan avval yaxshilab fikr yurg’izaylik, bu qarorimiz qanchalik to’g’ri. Nafaqat qaror qabul qilishda balki, har qaysi holatga nisbatan xulosaga kelishdan avval, tahlil qilib fikrlab so’ng o’z munosabatimizni bildiraylik.

Ya Robbi barchalarimizga Aql, fikr ber va foydali ilm bilan bizlarni rizqlantir.
Amiyn ajmaiyn.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“Hayotingizdagi har qanday inson siz uchun yo investitsiya yoki xarajat”

Ya’ni siz umringizni kimgadir sarflaganingizda vaqtga nisbatan invistitsiya qilasiz, hayotingiz uchun, rivojlanishingiz uchun, yoki keraksiz insonlar bilan keraksiz suhbatlar va vaqt o’tkazish orqali umringizni xarajat qilib yuborasiz. Atrofingizdagilar kimlar ekanligiga diqqat qiling.

Saidmurod Davlatov hamda Mirshod Shakirov Xalqaro tadbirkor va ustozlar ishtirokida “Business dialog” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Juda ham ajoyib atmosferada, kerakli bilimlarni oldik. Tashkilotchi @business_diplomat jamoasiga alohida tashakkur bildiramiz. Tashkiliy ishlar a’lo darajada.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Toshkent - Business Diplomat Level 4
uchun start nuqtasi.
Global liderlik, emotsional intellekt va strategik fikrlash bir joyda.
O’zgarishni istaganlar uchun bu boshlanish.
Kelajak - xalqaro tafakkur bilan quriladi.

©️ Mirshod Shakirov

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Assalamu alaykum va rohmatulloh.

Qurbon hayiti muborak bo’lsin azizlar! Alloh taolo qilingan barcha ibodatlarni va duolarni O’zi qabul qilsin. Ajrlarni karrot karrot qilib ko’paytirib bersin insha Alloh.

Ikki dunyo saodatiga yetadigan bandalaridan qilsin. Xayrli hayot barakali rizq bilan siylasin.

Qurbonlik qilganlarni amallari qabul bo’lsin, bu yil qila olmaganlarga kelasi yillarga nasib qilsin. Hotamtoy boylardan bo’lish nasib qilsin!

Keyingi yil shu kunlarga sog’ salomat, iymon bilan yetishligimizni O’zi nasib qilsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishongan inson – har qanday muhitda o‘z joyini topadi.
Bu kuch tashqaridan emas, ichingizdan boshlanadi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Erkak kishi bilishi shart bo’lgan uch sport turi: Ot minish, suzish va kamondan o’q uzish. Ushbu sport turlari uchun o’tkazilgan vaqt uchun inson so’roqqa tutilmaydi.

Ayniqsa ot minish insonda o’ziga bo’lgan ishonch, qat’iyat, dovyuraklik (дух) ni oshiradi va boshqaruv qobiliyatini rivojlantiradi.

Erkaklarga yuborib qo’yamiz.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bu matnga 1 daqiqa sarflasangiz 10 yil vaqtingizni saqlab qolasiz:

Bir joyda quyidagi yozuvlarni o’qib qoldim. Va bunga 100% qo’shilaman.

1. Ota-onangiz uchun vaqt ajratishni hoziroq boshlang, qulay vaqtni kutib o'tirmang. Ular hayotingizning ildizidir. Ular bilan ko'proq ko'rishing, ularni tinglang, yonlarida bo'ling. Bu sizni ichki jihatdan kuchli qiladigan
eng katta sarmoyalardan biridir.

2. Turmush o'rtog'ingizni tanlash - hayotingizdagi eng muhim qaror. Sizga nasib bo'lgan inson sizni ilhomlantirishi yoki butun rejalarni buzishi mumkin. Agar maqsadingiz o'sish, muvaffaqiyat va ertangi kunga ishonch bo'lsa, sizni pastga tortadigan odamni tanlamang. Har bir boshlagan ishingizda sizni qo'llaydigan, siz bilan birga o'sadigan, hayotingizni umumiy vazifaga aylantiradigan insonni toping.

3. 25 yoshdan keyin odamlar sizga potensialingiz uchun emas, balki natijalaringiz uchun qaray boshlaydi. Hech kim sizga ochilishingizni kutib o'tirmaydi. O'zingizni ko'rsata olmasangiz, vaqt zoye ketmoqda. Umid qilishni bas qiling, aniq natijalarni ko'rsatish vaqti keldi. Harakatni boshlang, atrofdagilar bu yutuqlarni sezadi.

4. Hayotingizni o'zgartirishni bugun boshlang. O'zingizga rahm qilishni yig'ishtiring. Sizni yaxshiroq bo'lishga olib boradigan muhim qadamlarga erta emas, bugun qadam qo'ying. Har kuningizni, sog'lig'ingiz, yaqinlaringiz bilan muloqot va maqsadlaringiz sari yo'naltiring. Bir necha kun ichida natijalarni ko'rasiz.

5. Atrofingdagi odamlar - ko'rinmas resurs yoki eng katta to'siq. Ular kelajagingizni belgilaydi. Agar atrofingizda shikoyatchi, maqsadsiz, oqim bo'yicha yashaydiganlar bo'lsa, siz ham shunday bo’lib qolishingiz mumkin. Sizni ilhomlantiradigan, darajangizni ko'taradigan va harakat qilishga majbur qiladigan odamlarni toping. Hozirning o'zida atrofingizdagilarni baholang: agar kimdir sizni pastga tortsa - muloqotni cheklang. Sizga energiya va maqsad beradigan odamlarni izlang. Ular bilan rivojlanishingiz tezlashadi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Blogimni faol yuritishga harakat qilyapman, lekin ishlar, loyihalar ko’p bo’lganligi uchun o’tirib yozishga imkon qila olmayapman.

Hozirgi kunda Toshkentda faoliyatimni davom ettiryapman, media ishlaridan tashqari, katta bir loyihani umumiy boshqaruvini “management”ini olganman. Shuni hisobiga ham vaqt yetishmovchiligi bo’lyapti.

Qo’qondagi loyihalarimiz ham davom etyapti Alhamdulillah. Sheriklarimiz va jamoadoshlarimiz yo’qligimizni bildirmay. Joy joyiga qo’yib olib borishyapti, Alloh bardavom qilsin.

Instagramdagi video postlar chiqib turibdi chunki uni bir urinishda 10-15 ta kontent olib qo’yganmiz, sekin joylab borilyapti. Bugun ham yangi bir foydali kontent joylanadi insha Alloh.

Bu postni bir bildirish deb hisob qilasizlar. Kuzatishda davom eting, juda yaxshi yangiliklar, loyihalar va albatta kerakli bilimlar bilan ulashib turamiz. Rahmat.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonch yo‘lida eng ko‘p uchraydigan 5 xato va ularning to‘g‘ri yo‘nalishlari

1. O‘ziga ishonchni tug‘ma deb o‘ylash:
Ko‘pchilik “Ular shunaqa tug‘ilgan”, deb o‘ylaydi.
Aslida esa: O‘ziga ishonch tajriba va amaliyot mahsuli. Uni o‘zingiz ham o‘stira olasiz.

2. Tashqi ko‘rinishga aldanish:
Ba’zilar faqat imidj (kiyim, so‘zlar) orqali ishonchli ko‘rinishga urinadi.
Aslida esa: Ichki ishonch bo‘lmasa, tashqi ko‘rinish uzoqqa olib bora olmaydi.

3. O‘zini doim solishtirish:
“U mandan yaxshi gapiradi”, “U yaxshiroq ko‘rinadi”…
Aslida esa: O‘zini boshqalar bilan emas, o‘zining kechagi holati bilan solishtirish kerak.

4. Qo‘rquvdan qochish:
Ko‘pchilik ishonchsizlikni yashirish uchun harakat qilishdan qochadi.
Aslida esa: O‘ziga ishonch — qo‘rqib turib ham harakat qilishdan boshlanadi.

5. Shunchaki kutib yurib, o‘tib ketadi deb o‘ylash:
“Vaqti kelganda o‘zgaraman” deyish — illuziya.
Aslida esa: Vaqt emas, harakat o‘zgartiradi. Kichik qadamlardan boshlash kerak.

O‘ziga ishonch – bu oddiy odatlar yig‘indisi

Tana tili, qarash, gapirish uslubi, holatingiz – bularning bari ahamiyatli.
Har kuni kichik mashqlar – katta o‘zgarishlarga olib keladi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonch harakatlardan boshlanadi, kichik harakatlar yig’indisi = natija

O‘ziga ishonch haqida o‘ylaganda, ko‘pchilik bu katta nutqlar, omma oldida chiqish yoki katta muvaffaqiyatlardan boshlanadi deb o‘ylaydi.

Aslida esa o‘ziga ishonch kichik va doimiy harakatlardan shakllanadi.

Quyidagi oddiy mashqlarni har kuni bajaring foydasi seziladi:

Oynaga qarab o‘z aksingiz bilan gapirishni va turishingizni mashq qilish, tabassum qilish. Va Rosululloh s.a.v ning oynaga qaraganda qilgan duolarini qilish. “Ey Allohim ko’rininshimni go’zal qilganing kabi xulqimni ham go’zal qil”. Har bir inson go’zal shaklda yaratilgan.

Har kuni ertalab “Men bu ishni qila olaman, men bunga qodirman Allohni fazli bilan” deb ayting. Bu miyani qayta dasturlaydi.

Tanishingiz bo‘lmagan odamlarga ham salom bering
Avval osonrog‘i do‘kondagi sotuvchi, haydovchi, qo‘shni. Ko‘z bilan aloqa qilib “Assalamu alaykum” deganingizning o‘zi ham o‘ziga ishonchni kuchaytiradi.

To‘g‘ri yuring va yelkalarni tik tuting
Gavda ichki holatning aksidir. Orqaga bukilgan yelkalar, egilgan bosh – ishonchsizlik belgisidir. O‘zingizni tik tuting – kayfiyatingiz ham ko‘tariladi.

Kichik g‘alabalarni yozib boring
“Bugun begona odam bilan gaplashdim”, “Bugun qo‘rqib turgan joyda harakat qildim.”
“Bugungi rejalarimni vaqtida bajardim” Har kuni bitta kichik g‘alaba katta o‘zgarishlarga qadam bo’ladi.

Xulosa:
O‘ziga ishonch bu nazariya emas, amaliyot! Katta gaplar bilan emas, har kuni kichik harakatlar bilan shakllanadi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O’ziga bo’lgan ishonchni oshirish bo’yicha 10 ta qadam!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Nega ba’zi odamlar o‘ziga ishonmaydi?

O‘ziga ishonch yo‘qligi aslida ko‘p muammolarnibg ildizi bisoblanadi. Lekin bu muammo qanday shakillanib qolgan?

Quyida 3 sababni ko‘rib chiqamiz:

Bolalikdagi salbiy tajribalar
“Sen eplay olmaysan”, “Sen shunaqasan” “sen undaysan, sen bundaysan” degan gaplarni bolaligida ko‘p eshitgan odamning ichki ovozi ham o’ziga shunday deyaveradi. U o‘ziga ishonmaslikni o‘zlashtirib oladi.

Ko‘p solishtirishlar
Odam doim o’zini boshqalar bilan solishtirib, o’zini yetarli deb his qilmaydi. “U mendan yaxshi”, “Men orqadaman” degan fikrlar ishonchni tugatadi. (Aslida esa siz hech kimdan orqada emassiz, hammasi o’z vaqtida bo’lyapti)

Xatolardan qo‘rqish va tanqiddan cho‘chish
Biror ishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan odam endi qayta shu ishni qilmay qo’ya qolishni tanlaydi. Chunki tanqid, masxara, yoki rad etilishdan qo‘rqadi. (Aslida esa har bir xato yoki muvaffaqiyatsizlik, siz uchun tajriba va keyingi darajaga chipta)

Esingizda qolsin, o’ziga ishonch yo‘qligi butun umrlik muammo emas, bu tuzatib bo‘ladigan holat. Siz shunchaki shu paytgacha miyangizga noto‘g‘ri dasturni o‘rnatgansiz, endi uni yangilash vaqti keldi.

Tayyormisiz?

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonchni rivojlantirishning birinchi qoidasi

O‘ziga ishonchni mustahkamlashni boshlamoqchimisiz? Unda eng birinchi va muhim qoida – "O‘zingiz bilan qanday gaplashayotganingizni kuzating!"

Siz ko‘pincha o‘zingizga qanday gapirasiz?
- “Men eplay olmayman”
- “Bu men uchun juda qiyin”
- “O‘zimga ishonmayman”

Agar shunday fikrlar doimiy ravishda miyangizda aylanib yursa, siz sekin o‘zingizga nisbatan ishonchsizlikni shakllantirib borasiz. Chunki ong sizning so‘zlaringizni qabul qiladi va ularga mos ravishda harakat qiladi.

O‘zingiz bilan gaplash usulingizni o‘zgartiring!
- “Men buni o‘rganishim mumkin”
- “Men buni sinab ko‘raman”
- “Menda yetarlicha kuch va qobiliyat bor”

Ishoning, o‘zingiz haqingizdagi fikrlarni o‘zgartirsangiz, hayotingiz ham o‘zgaradi insha Alloh!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Assalamu alaykum va rohmatulloh.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshim! Alloh taolo bu muborak oyda qilgan barcha ibodatlaringizni, duo va xayrli amallaringizni O‘zi qabul qilsin. Ularni karrot-karrot qilib ajru mukofot bilan siylasin.

Alloh bizlarni ikki dunyo saodatiga yetadigan bandalaridan qilsin, qalbimizga sokinlik, hayotimizga baraka ato etsin. Rizqimizni halol va mo‘l qilib, oilamizni tinchlik va muhabbat ila siylasin.

Keyingi Ramazonga sog‘-salomat yetib borishimizni, yana mana shunday pokiza kunlarga yetishimizni O‘zi nasib qilsin!

Hayitingiz muborak bo‘lsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O‘ziga ishonch nima?

Bu – o‘zingizga va Alloh taolo bergan qobiliyatingizga shubha qilmaslik, nimanidir amalga oshirishdan oldin o‘zingizni cheklamaslik degani. Zero inson sabablarini to’g’ri qilsa natija Alloh tarafidan beriladi. Yaxshi bo’lsa ham yomon bo’lsa ham xayrlisi shu bo’ladi. Buni bilgan inson esa har doim xotirjam bo’ladi va o’ziga bo’lgan ishonchi mustahkam bo’ladi.

Nega u muhim?
✅ Qaror qabul qilish osonlashadi
✅ Boshqalar sizni hurmat qila boshlaydi
✅ Katta imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaysiz
✅ Hayot sifati oshadi

O‘ziga ishongan odam har qanday sharoitda o‘zini erkin his qiladi. U fikrini aniq bildiradi, boshqa odamlar ta’siriga tushib ketavermaydi va maqsadiga ishonch bilan yuradi.

Siz ham shunday bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda, postlarni o‘tkazib yubormang!

Ertangi mavzu: O‘ziga ishonch tug‘ma narsa emas – uni shakllantirish mumkin!

O‘ziga Ishonch – Hayotdagi eng katta kuch!"

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…
Подписаться на канал