alimuhammad_hasan | Неотсортированное

Telegram-канал alimuhammad_hasan - Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

-

•Broaden your horizon. •Dunyoqarashingizni kengaytiring. Founder of: Muslih (Books) CEO of: Yuksalish Kokand (Leaders academy) Abu Dhabi Kokand (Education&consulting) @Ali_Muhammad_Hasan_bot

Подписаться на канал

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yomon xulq-atvor(xarakter)ni ko‘rish oson.

Yaxshisini ko‘rish qiyin.

Sababi, yaxshi xulq asosan qilinmagan ishlardan iborat.

Qilinmagan g‘iybat, xo‘mraymagan chehra, aytilmagan so‘kish, qaralmagan nazar…

Buning ustiga ular “mening fe’lim chiroyli” deb yurmaydi ham.

Demak, chiroyli fe’llik odamlar kamligidan tashqari, ularni sezib olish ham qiyin.

Bundan 2 ta xulosa shuki:

Yaxshi fe’llik deb o‘ylagan odamlarimiz, biz o‘ylagandan yaxshiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Shundaylarni topganlarning vazifasi – qo‘yib yubormaslik bo‘ladi.

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Vafo

Vafo – bu ishonch, sodiqlik va halollikning timsolidir. Insonning do‘stlik, oila va ishdagi munosabatlarida o‘z so‘ziga sodiq qolishini, halol va sadoqatli bo‘lishini anglatadi. Vafo – bu barcha munosabatlarning mustahkam poydevori hisoblanadi, inson hayotidagi osoyishtalikni ta’minlaydi.

Vafo nimalarni anglatadi?

Oila munosabatlarida sodiqlik: Oilaviy rishtalarda bir-biriga bo‘lgan ishonch va mehrni mustahkamlash, har doim o‘z so‘ziga sodiq qolish. Berilgan vadalarni bajarish, ishonchni suistemol qilmaslik hamda to’laqonli shariat me’zonlariga amal qilish.

Do‘stlik va hamkorlikda vafo: Do‘stlik va ishbilarmonlik aloqalarida halollikni, kelishilgan va’dalarga rioya qilishni, va sadoqatni saqlash.

Ishda vafo: Biznes va ish joyida kelishuvlarga amal qilish, shaxsiy manfaatlar va umumiy maqsadlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlash.

Diniy vafo: Allohga bo‘lgan sodiqlik, uning buyruqlariga qat’iy rioya qilish va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotiy o‘rnaklariga amal qilish orqali Allohning zikrini hayotimizda aks ettirish.

Diniy nuqtai nazardan, Qur’on va hadislarda sodiqlik va vafo yuqori qadrlanadi, chunki ular inson qalbini poklaydi va jamiyatimizda ishonch hamda osoyishtalikni mustahkamlaydi. Dunyo hayotida ham, vafo bu barcha munosabatlarning barqarorligining kalitidir. Xuddi shunday, sodiqlik va halollik orqali o‘zaro ishonchni mustahkamlab, biz nafaqat o‘zimiz, balki atrofimizdagi insonlarning ham hayotini yaxshilashimiz mumkin.

Shu sababli, hayotimizning barcha sohalarida – oila, do‘stlik, ish va ijtimoiy munosabatlarda vafo va sodiqlikni saqlashga intilishimiz zarur. Vafo orqali biz Allohning marhamatini, insoniy munosabatlarning go‘zalligini va haqiqiy barqarorlikni his qilamiz, insha Alloh.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Qat'iyat

Qat'iyat– bu maqsadga erishish yo‘lida, har qanday to‘siqlarga qaramasdan, tinimsiz harakat qilishdir.


Qat'iyat hayotdagi eng muhim sifatlardan biridir. Hayotda har birimiz maqsadlarimizga erishish uchun turli qiyinchiliklarga duch kelamiz. Keng ko‘lamdagi muvaffaqiyatlar uchun qat'iyat juda zarurdir. Qat'iyat – bu har xil sinovlardan o‘tish, xatolarni tuzatish va oldinga intilishdir.

Dunyo hayotida qat'iyatni namoyon qilish – bu maqsadlaringizga sodiq qolish va muvaffaqiyat qozonish uchun o‘z kuchingizni sarflab, hech qachon taslim bo‘lmaslikdir. Masalan, biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun qat'iyat talab etiladi. Ishlab chiqarishda, ilm-fanda yoki kundalik hayotda – qat'iyat bizni yo‘ldan adashmasdan harakat qilishga majbur qiladi.

Rosululloh (s.a.v.) ning hayotlarida qat'iyatni ko‘rishimiz mumkin. Ular har doim maqsadlariga ishonch bilan erishish uchun sabr va qat'iyatni birlashtirganlar. Bu nafaqat diniy tushuncha, balki har qanday insonning hayotida qo‘llaniladigan qiymatdir. Mashhur jurnalistlardan bir aytgan edi "Hayotim davomida juda ko'p muvaffaqiyatli insonlar bilan suhbat qildim, ularning muvaffaiyat yo'li har xil ammo, ularni birlashtirib turuvchi bir nuqta bor, u ham bo'lsa Qat'iyatdir" degan edi. Agar maqsadni aniqlab, qat'iyat bilan harakat qilsak, bizga Allohning yordami ham keladi.

Qat'iyat nafaqat harakatda, balki fikrda ham mavjud bo‘lishi kerak. Bizni qiyinchiliklar yo‘ldan urishi mumkin, ammo qat'iyatli inson hech qachon o‘z maqsadlaridan voz kechmaydi. U muammolarni hal qilish uchun izlanadi, o‘rganadi, yangiliklar o‘zlashtiradi va har doim oldinga intiladi.

Dunyoviy va diniy hayotda qat'iyat – bu to‘g‘ri yo‘ldan qaytmaslik, orzu qilish va unga erishish uchun qo‘llaniladigan kuchdir. Har birimizda bu sifatni rivojlantirish va undan foydalanish orqali katta yutuqlarga erishish mumkin insha Alloh.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Assalamu alaykum, do'stlar!

Telegram blogimizni yana faollashtirdik va bundan buyon siz bilan tez-tez yangiliklar, foydali maslahatlar, qiziqarli va ilhomlantiruvchi postlar orqali aloqada bo'lib turamiz. Qator ijtimoy tarmoqlar bilan barobar Telegramda ham faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz va bu orqali har biringiz uchun yangi imkoniyatlar va bilimlar hosil qilishni maqsad qilganmiz.

Shuningdek, bizda bir qancha yangi loyihalar ham start olish arafasida. Bu loyihalar siz uchun aniq foydali bo'ladi, insha Alloh. Sizni qiziqtirgan va o'zingizni rivojlantirishga yordam beradigan materiallar bilan ta'minlashni davom ettiramiz.

Bundan buyon yanada qiziqarli va foydali kontentlar kuting, sizni hech qanday yangilikdan chetda qoldirmaslikka harakat qilamiz.

"Telegram blog asosan yozma shakilda yuritiladi" Boshladik🚀

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Onamni aytganlari, Umar r.a voqealarini eslatdi…

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Erkak kishi qachon xotirjam bo’ladi bilasizmi?

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ona...

Onalarni bizga Jannat qilib bergan olamlarning Robbi Alloh taologa hamd bo'lsin. "Jannat onalar oyog'i ostidadir" degan Habibimiz, Allohning Rosuli Muhammad Mustafo ﷺ ga salovotu-salomlar bo'lsin.

To'qqiz oy farzandini qornida ne-ne azoblar ila ko'tarib yurgan, dunyoga keltirgan, tunlarini uning yig'isini to'xtatish, uni uxlatish bilan o'tkazgan, butun dunyo bera olmaydigan mehr-muhabbatni bergan, bir yulduz so'rasa, oyni olib bergan, ulg'aygunga qadar unga ko'z-quloq bo'lgan, hatto ulg'ayganida ham unga o'zining o'sha yosh bolasiga bergan mehrni bergan, farzandi oilali bo'lganida ham unga g'amxo'rlik qiladigan, yordam berishdan ojiz qolganida ham, duolari ila qo'llab turadigan, va ba'zida duolarida o'zini ham unutib qo'yadigan, farzandini deb butun bir dunyoga qarshi tura oladigan, umid, dalda, kuch bag'ishlaydigan, o'zining dunyochalik g'am-tashvishi bor bo'lganida ham, hammasini bir chekkaga surib, yana farzandi haqida qayg'uradigan, ular tufayli sochlariga oq oralagan, yuzlariga ajin tushgan, farzandiga nimadir bo'lsa joni unikidan ko'proq og'rigan, farzandiga ikki dunyo saodatini tilagan, Jannat oyog'i ostida bo'lgan Zot-Ona!

Men sabr neligini onamdan o'rgandim. Onamning siyratida sabr qilmoq neligini ko'rdim. Har qanday holatda ham, kuchli, iymonli bo'la olgan, sabr qilgan, hech qachon Allohga o'zining holatidan shikoyat qilmagan, doim sabr va shukr ila Allohdan madad kutgan onam. Dunyo tashvishlari uning yelkasiga tushganida, har azobga g'iring demay, shikoyat qilmay, shunday holatda ham mening dardim ila yashagan onam...

Yiqilaman deganimda, qo'limdan tutgan, tugadim deganimda, menga umid bag'ishlagan Jannatim. Hech bir duosida meni untumagan mehribonim. Qo'limga bir tikan sanchilsa ham joni og'rigan suyukligim. Ranjiganimda meni mehr to'la bag'riga bosgan, Alloh bergan yagonam. Yo'qolib qolsam, eng avval yo'qligimni sezgan, meni Allohga omonat qilib topshirgan Onajonim! Kasal bo'lganimda Allohdan menga shifo so'rab tinmay duo qilgan parvonam...

Onajon! ko'zingizdan oqqan har tomchi yosh, qalbingizning og'riq ila urgan har zarbasi, har qanday holatga ham jimgina ko'nikkan sabringiz, meni yig'lamasin deya bedor o'tkazgan har tuningiz, Allohning zikri ila olgan har nafasingiz, meni deya chekkan har azobingiz Jannatga kirishingizga kafolat bo'lsin! Allohim sizni Jannat bog'larida sayr qildirsin, u yerdagi baxtiyorlardan biri bo'ling! Bebahoginam! Allohim sizga Jannati Firdavs va O'zining go'zal jamolini ko'rishingizni nasib aylasin! Amiyn!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

🎙 FACE TO FACE INTERVIEW

🇸🇦 Arab davlatlarida ishlash istagidagilar uchun imkoniyat. 13 va 14 dekabr kunlari Arab davlatlaridan ish beruvchilar tashrif buyuradi va "Face to Face" intervyu bo'lib o'tadi.

💸 Arab davlatlarida $600 dan $3.000 gacha oylik ish haqqi olishingiz mumkin.

Talablar:
- Soha bo'yicha mutaxassislik
- Ingliz tilini bilishlik
- 21 yoshdan yuqori bo’lishlik

⚠️ Shoshiling! Ishlar soni cheklangan.

↗️ Imkoniyatlar eshigini biz bilan oching!

☎️ | +998889117100

💬 | Telegram orqali bog’lanish:
@Naimixkokand

😎 Telegram | 😎 Instagram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kecha Central Asian Franchising & Business Expo - 5 Xqaro Franshiza va biznes sotish ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Tadbir ajoyib kayfiyatda o’tdi va ko’pgina yangiliklar oldik. Rejalarimizga qo’shimchalar kiritdik.

Frinchising bo’yicha bilimlarni yanada oshirdik desak ham bo’ladi.

Yuqoridagi lavhalar orqali ko’rishingiz mumkin.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun Qo’qon universitetiga “KU” ga shahrimizning yetakchi tadbirkorlari bilan tashrif buyurdik. Univirsitet ajoyib ochiq siyosatga o’tishibdi.

Tadbirkorlar bilan ochiq ishlashni va ochiq tanqid va takliflarini qabul qilishlari haqida aytib o’tishdi.

Kelajakda hamkorliklar bo’yicha ham suhbatlar o’tkazilmoqda.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kuz faslidan esdalik…

-Alloh taoloning xabari va iznisiz xatto bir barg ham yerga tushmas ekan…
-Alloh taolo xatto yer ostida qimirlayotgan har bir hashorotgacha rizqini to’liq qilib yetkazar ekan…
-Insonning qadarida yozilgan har bir ish sodir bo’lishiga shak shubha yo’q ekan…

Xo’sh, sen o’z hayotingda bo’layotgan jarayonlardan Alloh haq va taoloning xabari yo’q deb o’ylaysanmi?

Biz qazoyi qadarga iymon keltirgan bandalarmiz, yaxshi kun ham yomon kun ham Alloh taolodan ekanligiga shubhamiz yo’q. Demak bu hayoti dunyoda biz har bir ishni faqatgina sababini qilishgagina mas’ulmiz natija esa faqat va faqat Allohdan.

Haza min fazli Robbi

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Avf qilish

Bugun olgan eng yaxshi sabog’im.

Butun insoniyat Alloh Taoloning avfiga muhtojdir, biz xatokor bandalarni Alloh taolo avf qilib turmas ekan biz hech qachon saodatga erisha olmaymiz.

Oisha r.a Rosululloh s.a.v. dan yo Rosululloh agar men Qadr kechasini topgudek bo’lsam Allohdan eng ko’p nimani so’ray deganlarida, Rosululloh s.a.v o’rgatgan duolari ham aynan avf qilishini so’rash edi “Allohumma Innaka afuvun kariym, tubibbun afva fa’fu anna”

Alloh taolo bizlarni avf qilishini istar ekanmiz, avvalo bizda ham aynan ushbu sifatdan foydalanish topilishi lozim ekan.

Avf qilishni 4 xil ko’rinishi bor;

1. Halimlik - Bu sifat insonni jaxli chiqqan vaqtda o’zini qo’lga olish va jazavaga tushmaslikdir.
2. Kechirish - Bu Inson boshqa bir insonni qilgan aybi yoki xatosi uchun ma’lomat qilishga qodir bo’lgan vaqtda ma’lomat qilmasdan shunchaki kechirishidir.
3. Avf qilish - Bu esa inson aybdor yoki xatokorni jazolashga quvvati bo’la turib, uni jazolamasdan avf qilishidir.
4. Ehson - Bu sifat ambiyolar sifatidandir, xatokorni yoki o’ziga yomonlik qilgan insonni kechirish u yoqda tursin unga yaxshilik qilib javob qaytarishdir.

Avf qilishning mukofoti shu qadar ulug’ ekanki buni tasavvur qilishning o’zi insonga juda ham katta saodat beradi. Qiyomat kunida, mahsharda barcha bandalar jahannam qarshisida tiz cho’kkan holatda turar ekan, shu vaqt bir nido eshitilar va ey bandalar ichida hayoti dunyoda qaysi bir kishi bir insonni Alloh uchun avf qilgan bo’lsa yoki kimni birovda haqqi bo’lib Alloh uchun kechirgan bo’lsa, tursin Jannatga kirsin deyilar ekan.

Alloh taolo bizlarni avf qilsin va o’zimizni ham avf qilguvchilardan qilsin!

Kimdir mani ranjitgan bo’lsa yoki ko’nglimni og’ritgan bo’lsa Alloh uchun avf qildim. Agar man ham kimnidir ko’ngliga ozor bergan bo’lsam Alloh uchun avf qilishlarini so’rayman.

Zero shu amalimiz sabab Alloh taolo bizlarni Jannati bilan siylasa…

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yo’lga chiqmaguningcha yo’ldoshlarni ko’rmaysan…

Inson qachonki bir maqsad qo’yib, shu maqsad yo’lida harakatni boshlamas ekan u yo’lda ketayotganlarni hech qachon ko’rmaydi.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Navbatdagi loyihamiz, Halol muddatli to’lov asosida xizmat ko’rsatuvchi tashkilot @barakasavdorasmiy loyihasi rahbari, yosh tadbirkorlardan biri @shodmonovjavlon bilan bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida loyiha haqida to’liq tasavvur hosil qilishingiz mumkin va tadbirkorlikka qiziqishi bo’lgan yoshlar uchun 3 tavsiya bilan ham tanishasiz.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun Turkiyalik qardosh xalqimiz vakili, Payitaht 1453 restorani asoschisi, tajribali usta (oshpaz) Bilol Cevikbas bilan suhbatimiz bo’ladi.

Suhbat, Restoran bilan tanishishdan tashqari, muvaffaqiyat omillari, tez nom chiqarganlik sababi va bir qator yaxshi mavzularda bo’lib o’tdi.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ishonchning Tushishi – Sabablari va oqibatlari

Ishonch – bu insonlar va jamiyatning asosi, lekin bugungi kunda uni tushuradigan yoki umuman yo‘q qiladigan sabablar borgan sari ko‘payib boryapti. Quyidagi omillar ishonchni pasaytiradi yoki butunlay yo‘q qiladi:

Xiyonat va aldanish:
Do‘stlik, oila va ishdagi munosabatlarda berilgan va’dalarni buzish, yolg‘on gapirish va sirlarni oshkor etish ishonchning eng katta dushmani hisoblanadi. Bu holat odamni ishonchini butkul yakson qilib, qayta ishonmaslikka olib keladi. Bir mecha martta imkoniyat berilganda ham bu holat takrorlansa, endi tiklashning imkoni yo’q.

So‘z va ahdlarni buzish:
Berilgan va’dalarni bajarishdan voz kechish, kelishilgan shartlarga amal qilmaslik – bularning barchasi ishonchni tushuradi, hatto umuman yo‘q qilishi mumkin.

Adolatsizlik va noaniqlik:
Doimiy adolatsizlik, noto‘g‘ri va shaffof bo‘lmagan muloqot, qarorlar qabul qilishda shaxsiy manfaatlarga ustunlik berish – bularning barchasi ishonchni pasaytiradi.

Axloqsizlik va etik qoidalarni buzish:
Jamiyatda axloqiy qadriyatlar va etik me’yorlarga rioya qilmaslik, yolg‘on va aldovli xatti-harakatlar, so‘zda va amalda mos kelmaslik ishonchni umuman yo‘q qiladi.

Muloqot yetishmasligi:
Ochiq va halol muloqotning bo‘lmasligi, shubha va savollarni tug‘diradigan noaniq munosabatlar ham ishonchning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Bunday salbiy omillar sabab, insonlar orasidagi ishonch tobora susayib ketyapti, rishtalar parchalanmoqda va jamiyatda shubha, yolg‘on gaplar hamda xiyonat tarqalmoqda. Agar ishonch susayib, umuman yo‘q bo‘lsa, oila, do‘stlik, ish va siyosat – barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyot imkonsiz bo‘lib qoladi.

Biz bunday holatga rozi bo‘la olmaymiz! Har birimiz ishonchni qayta tiklash, berilgan so‘z va va’dalarga sodiq qolish, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida qat'iy choralar ko‘rishimiz zarur. Faqat shunda jamiyatimiz mustaqil, adolatli va sog‘lom taraqqiyotni ta’minlay oladi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Qo‘qon ta’lim hamjamiyatining ilk qadami!

Alhamdulillah, uzoq vaqtlardan beri o‘ylab yurgan rejalarimizdan biri ro‘yobga chiqdi! Qo‘qon shahridagi barcha o‘quv markaz rahbarlari va asoschilarini bir joyga to‘plab, ta’lim sohasini rivojlantirish, manfaatlarni himoya qilish va birgalikda harakatlanish uchun hamjamiyat shakllantirish yo‘lida ilk uchrashuvimizni o‘tkazdik.

Yig‘ilishda ta’lim sohasida yillar davomida faoliyat yuritayotgan tajribali ustozlardan tortib, endigina shu yo‘nalishga qadam qo‘yayotgan yangi o‘quv markazlar vakillarigacha ishtirok etdi. Hamma bir ovozdan bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va ijobiy fikr bildirdi.

Bizning maqsad – raqobat qilish emas, balki birlashib rivojlanish!
✅ Tajriba almashish
✅ Ta’lim sifatini oshirish
✅ O‘quvchilar uchun yanada samarali muhit yaratish
✅ Ta’lim sohasidagi umumiy manfaatlarni himoya qilish

Bu tashabbus chet eldagi “Union” tashkilotlari kabi ta’lim industriyasini rivojlantirish va unga real foyda keltirishga xizmat qiladi.

Bu safar ba’zi do‘stlarimiz qatnasha olmadi, lekin kelasi uchrashuv yanada keng doirada bo‘lishiga ishonamiz. Navbatdagi yig‘ilish bizning binoda bo‘lib o‘tadi InshaAlloh.

Bu hamjamiyat uzoq yillar davomida ta’lim rivojiga xizmat qiladi va ko‘plab yaxshiliklarga sabab bo‘ladi degan umiddamiz.

Alloh taolo bu ishni xayrli va bardavom qilsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Himmat

Qayta faoliyatdagi birinchi postni himmat haqida yozishga qaror qildim. Alloh taolo himmatimizni baland qilsin.

Himmat – bu faqat jismoniy kuch emas, balki qalbdagi ishonch, qat'iyat va sabrning ham kombinatsiyasidir. Allohga to‘liq ishonish va uning yordamiga tayangan holda, har qanday qiyinchilikka qarshi turish himmatning mohiyatidir. Bu bizni har qanday imtihonlarda boshqalar oldida o‘zimizni erkin tutishga, hamda musibatlar oldida sabr qilishga undaydi.

Rosululloh (s.a.v.) o‘z hayotlarida eng katta sinovlarni sabr-toqat bilan, ishonch va himmat bilan bosib o‘tdilar. Ular, har doim Allohga ishonib, yuksak maqsadlarga erishish uchun davom etdilar. Payg‘ambarimizning hayotlari bizga katta dars va o'rnakdir. U kishi qiyinchiliklarga duch kelganlarida ham, shaxsiy himmatlarini yo‘qotmaganlar, balki bu holatlarni yaxshilikka aylantirganlar.

Islomda himmat, faqat jismoniy emas, balki ruhiy kuchni ham anglatadi. Biz o‘zimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun, faqatgina tashqi imkoniyatlarga tayanmasligimiz kerak. O‘z ichki kuchimizga, Allohga ishonishimiz va har bir qiyinchilikda sabr qilib, unga to‘liq ishonishimiz zarur.

Rosululloh (s.a.v.) hayotlarining har bir bosqichida bizga himmatni qanday ko‘rsatishni o‘rgatganlar. U kishining sabri, umidi va har doim Allohga bo‘lgan ishonchlari biz uchun eng ulkan o‘rnakdir. Alloh taolo Qur'onda shunday deydi: “...Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?” (Ar-Ra’d, 28-oyat). Himmatni oshirishda, qalbni faqat Allohga bo‘ysundirib, uning yordamiga tayanish zarur.

Shunday qilib, har birimizning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz va himmatimiz faqatgina Allohga ishonishda va uning yo‘lida qat'iyatli bo‘lishimizda yotadi. Bunda, faqatgina Rosululloh (s.a.v.) ning o‘rnak hayotlariga amal qilishimiz kerak holos.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yil sarhisobi

Yil yakuni va 2025 - yil boshi a’lo darajada o’tdi Alhamdulillah, sababini quyida keltiraman va bira to’la yil sarhisobini ham qoldiraman. Shovqin tingandan keyin joylaylik dedim)

⁃ Yil boshidayoq markabimni yangisiga almashtirish nasib qildi
⁃ Eng asosiy fokus qaratayotganim “Naimix” xususiy bantlik agentligining Qo’qon fililalini ochib, ishlarni boshladik
⁃ Itline brendimizni rivojlantirishga e’tibor qaratdik
⁃ Distribyutsiya sohasiga ham kichik miqdorda sarmoya kiritib ish boshlab qo’ydik
⁃ Yangi biznes tajribasi o’laroq O’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi avtomobil yuvish shahobchasini ochdik (Toza ulov)
⁃ Ta’lim doirasida bir nechta tashriflar amalga oshirdik
⁃ Doimiy sportni va aktiv hayotni ushlashga harakat qildik
⁃ Tadbirkorlar bilan ikki marotaba biznes sayohatlar tashkil qildik
⁃ Turkiya sayohatiga chiqdik
⁃ Bir qancha samarali uchrashuvlar
⁃ Tajribali ustozlardan darslar
⁃ “Hokand united” tadbirkorlar klubi tashkil etildi
⁃ Bepul kutubxona va “Yosh kitobxon” ijtimoiy loyihasiga asos soldik
⁃ “Safinatul kutub” kitobxonlar jamoasi tashkil etildi (Nasib qilsa book kafe ham ochish niyyatidamiz)
⁃ Va nihoyat yil yakunini Saudia Arabistoni, Makka shahrida ibodat bilan yakunladik Alhamdulillah
⁃ Yil boshini boshlash va bu yil rejalarini ham aynan shu muborak diyorlarda qilish nasib qildi
⁃ Albatta faqat yutuq emas bir qancha qiyinchilik va yo’qotishlar, stressli vaziyatlar ham bo’ldi. Kichik jarrohlik amaliyotini ham boshdan o’tkazdik
⁃ Ammo Robbimni karami keng, yo’qotganlarimizdandan topganlarimiz ziyoda va afzal bo’ldi. Haza min fazli Robbik.

Xar bir ne’mat uchun Alloh taologa cheksiz hamd aytamiz. Ne’matlarini to’kis qilib hayotimizga ofiyat ato etsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Tasavvur qiling, bugun hayotingizni oxirgi kuni…

Siz qanday tarix yozishni hohlar edingiz?

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Biz kimlarni qadrlayapmiz?

https://www.instagram.com/reel/DEAem1mMvwo/?igsh=MTM5ZXhramF1cjRlYg==

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Shunday kambag’al odamlar borki…

Bunday kambag’allikdan O’zi asrasin.

Instagramda yangi kontentlar chiqadi, obuna bo’lib qo’ying.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Do’stlar instagram sahifamda shu kabi sifatli va foydali kontentlar joylashni boshladik. Doimiy yangi videolarni kuzatib borish uchun instagram sahifamizga ham obuna bo’lib qo’ying

https://www.instagram.com/reel/DDXFhIUIiZ1/?igsh=MWxsbHRjdDhuM2YxZw==

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Tadbirkorlar jamoasi bilan Qo’qon Universitetiga tashrif.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bir muddat tanaffusdan so’ng, ko’pgina g’ayrat shijoat va yangiliklar bilan qaytyapmiz insha Alloh🔥

Kuzatishda davom eting, ajoyib habarlarimiz bor.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bu dunyoga kimlar kelib, kimlar ketmadi.
Barcha ishlar chala qoldi, umr yetmadi…

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kishi bu hayotda o’zi yashab o’tadigan hayot yo’lini tanlashga mas’uldir. U qanday yo’lni tanlasa yo’l oxiridagi natijaga ham tayyor bo’lishi lozim.

Lekin hayotda shunday holatlar borki, biz natija uchun javob bera olmaymiz, shunchaki harakatimiz uchun so’ralamiz. Ertaga Alloh Taolo bizdan “Nima uchun suvni o’chirmading?” deb emas, balki “Nima uchun o’chirishga harakat qilmading?” Deb so’rash ehtimoli katta.

Shuning uchun biz qo’limizdan kelgan harakatni qilamiz va natijani Allohga havola qilamiz.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Baraka savdo lokatsiyasi

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Suhbatdan qisqa parchalar joylagan edik, telegramga joylash hayoldan ko’tarilibdi.

Balki foydali bo’lar…

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ushbu suhbat videosining to’liq formatini joylayabman, qiziq bo’lsa bemalol 14 daqiqa vaqt ajratib ko’rishingiz mumkin.

Albatta siz uchun qiziqarli va foydali bo’ladi insha Alloh.

Instagram | Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал