alimuhammad_hasan | Неотсортированное

Telegram-канал alimuhammad_hasan - Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

-

•Broaden your horizon. •Dunyoqarashingizni kengaytiring. Founder of: Muslih (Books) CEO of: Yuksalish Kokand (Leaders academy) Abu Dhabi Kokand (Education&consulting) @Ali_Muhammad_Hasan_bot

Подписаться на канал

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Uch xil toifa inson haqida gaplashamiz!

Siz qaysi toifa vakilisiz?

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“Alpha school” lokatsiyasi

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Odamlar sizni tashqi ko’rinishingizga qarab kutib olishadi…!

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yuksalish akademiyasi Qo’qon filiali lokatsiyasi.

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Instagram sahifa yuritilish tartibi quyidagicha:

◦Tadbirkorlar bilan suhbat ko’rinishida ularning biznes yoki xizmatlarini yoritish.
(Uzunroq formatdagi videolar bo’ladi)

◦Shaxsiy fikrlar bilan ulashib borish, manfaatli kontentlar berish.
(Imkon qadar qisqaroq, oddiy videolar)

◦“Life style” Hayot tarzini yoritib borish.
(Asosan “story” formatda bo’ladi)

Obuna bo’lib oling

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Azizlar biz yana mediaga qaytyapmiz…

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

• Qulfni yasagan inson yoʻqki, uni kalitsiz yasagan boʻlsa...
• Mushkulingiz qanchalik boʻlmasin, Sizni yaratgan Zot tashlab qoʻymaydi.
• Alloh qalblardagi nidoni lablar pichirlashidan oldin eshitadi...
• Agar kutilmagan narsangizni olib qoʻysa ham, Alloh bilan birga boʻling. Shunda ega boʻlishingiz xayolingizga kelmagan narsani tezda berib qoʻyadi.

Shayx Muhammad Mutavalliy Shaʼroviy

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kuni kecha instagram tarmog’ida bir e’lon bilan bo’lishgan edik, shuni telegramda ham qoldiryapman.

Yangi loyihamizga yaqin kunlarda start beramiz insha Alloh.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ramazon hayiti muborak bo’lsin!

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kechagina marhabo ila kutib olgan rahmat oyimizning bugun so’ngi kuni…

Alvido, alvido ey Ramazon oyi…

Barchamizni kelgusi yil ushbu oylarga esonlikla yetkazsin.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Agar siz abadiy yashamoqchi bo’lsangiz va kelgusi hayot sizga qiziq bo’lmasa, unda hayotingizni bemalol ma’nosiz suhbatlarga, kimnidir g’iybatiga, har xil yechib bo’lmas ijtimoiy muammolar muhokamasiga ketkazishingiz mumkin.

Lekin hayot bir martta beriladi va u tugayapti…

Bilaman, bu gapni ming marta eshitgansiz, lekin buni haqiqatdan ham anglab yetganlar juda ham kam.

Inson kunlari cheklangan, bugungi kun, 07-aprel, 2024 yil boshqa hech qachon qaytib kelmaydi. Men boshqa hech qachon 26 yoshga kirmayman, quyosh botadi va bo’ldi, insoniyat tarixida yana bir qaytarib bo’maydigan kun yakunlandi.

Aynan shu narsani anglab yetgan inson, avtomatik ravishda nimani, qayerda va qachon qilishini biladi. Va siz uni atrofdagi shovqin bilan boshqa aldolmaysiz. Unga baribir, u band, u muxim uchrashuvga kech qolyapti, ishlarini bitirib olishi kerak, hayotdagi vazifalarini bajarish bilan band, uni ikkilamchi narsalar boshqa qiziqtirmaydi.

Unga time-management strategiyalari, yuqori samaradorlik sirlari ham kerak emas, uni yagona narsa harakatga keltiradi - bu hayot tugayotganligi hissi

©️

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Hamma boshqacha

“-Buni qara shirinligini” deb 3 oylik bolasini rasmini ko’rsatadi. Boladaka bola deb o’ylaysiz. Odob jihatidan “vuuy” deb qo’yasiz.

Yaqini vafot etgan odamga: “hamdardman” deysiz. Dardini his qila olmasligingizni bilib aytasiz.

Shu kitob/kino hayotimni o’zgartirdi deydi, sizga ta’sir ham qilmaydi.

Odamlar dunyoda yashashidan tashqari, o’z mental dunyosida ham yashaydi.

Mental dunyo - genetika, xotiralar, bolalikdagi og’riqlar, o’ylar kombinatsiyasi. Har bir odam uchun unikal. Bir dona. Mental dunyosidan kelib chiqib bir ish kimgadur yomon, kim uchundir yaxshi. Kimgadur qadrli, kimgadur ahamiyatsiz.

Menga mos ish degani sizga mos degani emas. Hammaga yoqadi degani, sizga yoqadi degani emas. Menga qadrli inson, sizga hech kim.

Mental dunyoyingizga qarshi chiqsangiz siqilishni boshlaysiz. Yolg’on o’rab olgandek bo’ladi.

"Nega boshqachaman?, meni tushunishmaydi" demang. Hamma boshqacha. Ko’rsatishga uyalib, bir xil tutishadi xolos.

©️Aziz Rahimov

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Shunchaki vaqtni oʻtkazish uchun ham yashayotganlar qatoriga qoʻshilib qolishdan O’zi asrasin…

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Eng ko’p vaqt o’tkazadigan 5ta odamimizga o’xshab ketamiz. (J. Rohn)

Farzandingizga qiladigan eng katta yaxshiligingiz uni to’g’ri muhitga qo’yishingiz. (Yagodkin)

10-12 yoshida aqlli bolalar bilan do’st bo’lganlar 18 yoshida IQ darajalari katta o’sgani kuzatilgan. (J.Clear)

O'zgarishimiz uchun, muhitimiz o'zgarishi kerak. Tabiiy, yaxshiroq, kuchliroq muhit xohlaymiz. U muhitdagilar esa o’ziga o’xshaganlarni yaqinlashtiradi.

Shu tufayli u muhitga kira olmaymiz. Nima qilish kerak? Yechim nima?

Kitob, biografiyalar, buyuk insonlarning hayot yo'llari.

O’rtog’ingiz bilan gaplashsangiz ham baribir hayotini aytib beradi. Kitoblar ham shu. Qulog’ingizga emas, ko’zingizga aytib beradi xolos.

Bu ham yaxshigina muhit beradi.

-Keyinchi? Keyingi qadam nima? Yaxshi odamlar muhitga qanday o’taman?

Buyuklardan ilhomlanib yashashni boshlayvering. Muhitni o’zi sizni qidirib keladi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“Hokand klub” tadbirkorlar klubi.

Yuqorida aytib o’tganimdek, uchrashuv a’lo kayfiyatda va foydali suhbatlar ustida bo’lib o’tdi Alhamdulillah.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Kuchli mo’min zaif mo’mindan afzal!

Hozirgi kunda kuchli mo’min bo’lish uchun nima qilish kerak?

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun Qo’qon shahridagi ilg’or o’quv markazlardan biri Alpha school haqida gaplashamiz.

Markaz haqida Alpha school asoschisi va rahbari Ayubxon Sobirov bilan suhbat qildik.
Suhbat biroz uzunroq bo’ldi lekin foydali bo’ladi degan umiddamiz.

Video telegramga joylanmadi, uzun bo’lganligi sabab bo’lsa kerak.
Ushbu link orqali ko’rishingiz mumkin

https://www.instagram.com/reel/C_QXOv7sQhC/?igsh=MTJrd3Z4ODlkdGc1cg==

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Inson shaxs sifatida rivojalnishi uchun avval bir narsani o’zgartirishi kerak bo’ladi!

Videoda shu haqida so’z ketadi.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun Yuksalish liderlar akademiyasi Qo’qon filiali haqida gaplashamiz.
Akademiya haqida Qo’qon filiali menejeri hamda rakurs media rahbari Kamoliddin Isroilov bilan suhbat qildik.

Suhbat biroz uzunroq bo’ldi lekin foydali bo’ladi degan umiddamiz.

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Xayrli tong azizlar!

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Assalamu alaykum do’stlar.
Bundan bir yil avval bir rubrika boshlagan edik, boshqaruvimizdagi loyihalarni tanishtirishni va faoliyat doirasini yoritib berishni boshlagan edik. Endilikda shu rubrikamizni boshqacharoq formatda davom ettirishni niyyat qildik.

Endi nafaqat o’zimizni boshqaruvimizdagi loyihalar, balki atrofimizdagi yaqinlarimiz va boshqa siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan xizmat turlari va bizneslarni. Loyiha asoschilari yoki ularni vakillarini o’zlaridan eshitamiz va xizmatlaridan foydalanib ko’ramiz.

Bu loyiha faqatgina Qo’qon hududi bilan chegaralanmaydi. Borgan viloyat va shaharlarimizda, hamda chet el safarlarida ham sizlarga foydali bo’lgan manzillar bilan tanishtirib boramiz. Lokatsiyalarini esa telegram kanalda ulashib boramiz.
Sahifamga obuna bo’ling va loyihalarni tadbirkor ko’zi bilan kuzatib boring.

Undan tashqari shaxsiy fikrlar bilan ham ulashib boramiz!

Instagram | Telegram

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun bir necha oydirki ustida ishlab kelayotgan loyihamiz “Toza ulov” o’z o’ziga xizmat ko’rsatish shaxobchamizning, o’ziga hos ochilish marosimini o’tkazdik.

Bugun shahrimizdagi haydovchilarga bepul xizmat ko’rsatildi.

Toza ulov - Ulovingizni toza saqlang.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ikki yigit suhbatlashdi.
— Qayerda ishlaysan?
— Falon joyda.
— Oyliging qancha?
— 1 mln 800 ming.
— Atigi 1 mln 800 mingmi? Oz-ku? Shunchani qanday yetkazasan?
Bu gapni eshitib yigit ishini yomon koʻrdi. Maoshini koʻtarishlarini soʻrab, shikoyat qildi. Boshligʻi bosh tortdi. Ishdan boʻshadi. Ishi, oz boʻlsa ham puli bor edi. Endi tamoman ishsiz qoldi.

Bir ayol boshqasidan soʻradi.
— Yaqinda farzandli boʻldingiz. Tuqqaningizda eringiz nima sovgʻa qildi?
— Hech nima.
— Shu toʻgʻrimi? Yoʻq, oʻzingiz ayting? Siz ne ne azoblar bilan unga farzand tugʻib bersangiz-u, u arzimagan boʻlsa ham, sovgʻa bermasa? Nima, sizni qadringiz yoʻqmi?
Bu gaplar uning yuragini qizdirdi. Eri ishdan qaytganida gʻazab bilan kutib oldi. Urishishdi. Janjallashishdi. Ahiyri sovgʻa oʻrniga ajralishga erishdi.

Ota xotirjam yashardi. Undan soʻrashdi:
— Nima oʻgʻlingiz sizni koʻrishga tez-tez kelib turmaydimi?
— Ishi qiyin. Boʻsh vaqti kam.
— Siz uchun ham vaqti yoʻqligiga ishonasizmi?
Ota farzandidan oldin rozi edi. Endi undan gina qilishni boshladi. Qalbidagi musaffolik ketdi. Loyqalandi.

Bunaqa savollar hammamizga beriladi. Har kuni. Har doim. Ham eshitamiz. Ham aytamiz. Biz uni eshitayotgan odamga qanday taʼsir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy soʻz bilan bir insonning hayotini agʻdaramiz.

Xulosa oʻzingizdan....

Internetdan olindi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Assalamu alaykum va rohmatulloh.

Ramazon hayiti muborak bo’lsin aziz dindoshim, Alloh taolo qilingan barcha ibodatlarni va duolarni O’zi qabul qilsin. Ajrlarni karrot karrot qilib ko’paytirib bersin insha Alloh.

Ikki dunyo saodatiga yetadigan bandalaridan qilsin. Xayrli hayot barakali rizq bilan siylasin.

Keyingi yil Ramazonga yetishligimizni O’zi nasib qilsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

10-aprel – Ramazon hayiti

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maʼlum qilishicha, joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga toʻgʻri kelmoqda.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ramazonning so’ngi Jumasi muborak bo’lsin!

Vaqt juda tez o’tib ketyapti...
Kechagina kirib kelgan Ramazonning bugun so’ngi Jumasi.

Vaqtimizni qadriga yetaylik.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bizlarni bugun taqsimlaydigan xayring, xidoyat beradigan nuring, ulashadigan rahmating, beradigan rizqingdan eng koʻp nasibador bandalaringdan qilgin!

Juma tongi muborak boʻlsin.

Assalamu alaykum !

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ramazon tuhfasi…

Juma muborak!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Qizlar o’qib nima qilardi?

Yillar davomida xalqimizda shunday steriotiplar bor, qiz bolaga o’qib nima bor, qiz bola birovni hasmi ertaga berib yuboramiz kabi…

Bu bizni hamiyatimizdanmi yoki tushunchamiz noto’g’riligidanmi?

Aslida esa qanday bo’lishi kerak?

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Boshlangan hafta barchaga xayrli bo’lsin.

Bugun klubimizni navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi, bir qator mavzularda suhbat o’tkazdik. Klub yig’ilishidan qisqacha lavha ham ko’rishingiz mumkin.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…
Подписаться на канал