alimuhammad_hasan | Неотсортированное

Telegram-канал alimuhammad_hasan - Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

-

•Broaden your horizon. •Dunyoqarashingizni kengaytiring. Founder of: Muslih (Books) CEO of: Yuksalish Kokand (Leaders academy) Abu Dhabi Kokand (Education&consulting) @Ali_Muhammad_Hasan_bot

Подписаться на канал

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Agar ajdod va avlodlaring sha’nini saqlashni istasang munosib o’g’ilni tarbiyalab voyaga yetkaz.

Agar millatni sha’nini saqlashni istasang, munosib qizni tarbiyalab voyaga yetkaz.

Har ikkisini ham amalga oshirish uchun, o’zingni nafsingni tarbiyalab Kamolotga yetkaz.

Chunki tarbiya, amalda ko’rsatiladi!

Bizlarga millatni va ajdodlar sha’nini saqlaydigan va yanada shonlantiradigan zurriyotlar nasib etsin. O’zimizni ham shunday zurriyotlardan qilsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Tarixni oʻqisangiz amin boʻlasiz, islom hech yoʻq boʻlib ketmaydi. Zaiflashadi, taʼsirini yoʻqotadi. Lekin oz oʻtmay yana yangilanadi, qayta kuch toʻplaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Ummatimning misoli yomgʻirning misoli kabidir; avvali yaxshimi yo oxirimi, bilib boʻlmaydi”. (Ahmad va Termiziy rivoyatlari).

Xullas, tushkunlikka tushmang. Rabbimiz taolo aytadi: “Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar”. (“Oli Imron” surasi, 139-oyat).

©️Mubashshir Ahmad

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Ojizmiz, quvvatsizmiz, qo’limizdan hech narsa kelmaydi…

Allohim O’zing najot ber, Islomni va musulmonlarni aziz qil!

Bizlarga Manfaatli ilm, shijoat, g’ayrat, quvvat, sof qalb va sog’lom fikr ber. Millatimiz qayg’usi, vatanimiz g’amida yashashlikni nasib et!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Hayotingiz so’ngida qilgan ishlaringizga emas, qilmagan ishlaringizga afsuslanasiz!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

YANGILIK!

Endilikda siz akademiyamizda o’tiladigan darslarning mazmun-mohiyati haqida qisqacha bilib olishingiz mumkin !

YUKSALISH liderlar akademiyasi o’z o’quvchilariga nima bera oladi?

Biz o’quvchilarmizni 12 ta modul bo’yicha o’qitib boramiz va har bir modul hayotda kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni nazariy hamda amaliy shaklda beradi.

DEMAK BOSHLADIK!

1- Modul : “O’zlikni anglash va maqsad qo’yish”

Mavzuni YUKSALISH liderlar akademiyasi Qo’qon filliali rahbari Ali Muhammad Hasan yoritib berdilar!

☎️ Xoziroq murojaat qiling!
(93) 648-77-00

📍Manzil: To’qqizbuloq ko’chasi 9-A uy,
Mo’ljal: Ximik “Media Park” , “Universal” bank yonida.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Islom - Ilm, zamonaviylik, ijtimoiy adolat va odil tuzum demakdir.

Quyida bunga dalillar keltiriladi:

1. “Ilm Chinda bo’lsa ham borib o’rganing” hadisi dinimizda ilmga katta e’tibor qaratilganiga ochiq dalildir.

2. “Ikki kuni bir xil o’tgan kishi zarardadir”, deydilar Payg’ambarimiz alayhissalom. Xo’sh, ikki kuni bir xilda o’tmasa, nima bo’ladi? Xar kun bir pog’ona yuqori siljiymiz. Ya’ni taraqqiyot va zamonaviylik Islom sifatidandir. Usiz rivonlanish bo’lmaydi. U hammani olg’a boshlaydigan, o’stiradigan eng kuchli dvigateldir.

3. “Qo’shnisi och bo’la turib, to’q uhlaydigan bizdan emasdir” hadisi insonlarni ijtimoiy adolatga targ’ib etadi.

4. “O’ziga ravo ko’rganini mo’min birodariga ham ravi ko’rmoq” qoidasi odil tuzum g’oyasini o’rtaga tashlaydi.

Umuman olganda odamzotning baxt-saodatga erishishi uchun nima lozim bo’lsa, hammasi Islomda. Payg’ambarimiz alayhissalom esa uning yetkazuvchisidirlar.

©️Najmiddin Erbokan (“G’oyam” kitobidan)

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

O'zingizga yoqqan narsani qiling. O'qing, o'rganing, rivojlaning. O'zingizni ichingizdan o'zgartiring. Haqiqiy zavq keltiradigan ishni qiling, shunda siz yanada baxtli bo'lasiz.

©Pavel Durov

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Tong…
Quyosh…
Toza havo…
Tafakkur…
_______________

Poyezd yo’li…
Maqsad…
Birlik…
Yo’l ayrilishi…

-Tushunarsizmi?

Unda videoni ko’ring.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Inson hayotida shunday holatlar bo’ladiki, ba’zan o’ziga yaqin deb bilgan kishilardan voz kechishiga to’g’ri keladi.

Buning asosiy sababi esa, katta ehtimol bilan bu ishda bir xayr borligi bo’ladi. Aslida biz voz kechishni istamaymiz lekin, qarshimizdagi inson o’z harakatlari bilan bunga majbur qilib qo’yadi.

Bizga nima yaxshi ekanligini esa Yaratgan bizdan ko’ra yaxshiroq biladi. Biz yaxshi deb o’ylaganlarimiz aslida biz uchun yomon, biz yomon deb o’ylaganlarimiz aslida biz uchun yaxshi bo’lishi mumkin.

Ba’zan kimlardandir voz kechishga to’g’ri kelganda, bu ishni amalga oshirish kerak. Chunki kishining atrof muhiti hayotda juda katta ahamiyatga ega. Do’stlaringizning kimligi sizni kim ekanligingizni ko’rsatib beradi.

Har qanday holatda ham sobit turganlar esa, albatta yaxshi natijalarga erishadilar, Allohning fazli bilan.

Alloh taolo hammamizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin, atrofimizni yaxshi insonlar bilan to’ldirsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Agar sizning huquqingiz buzilayotgan boʻlsa, huquqi buzilmayotgan odamni koʻrsatib, “nega buning ham huquqi buzilmayapti” deb soʻrash, adolat talab qilish emas.

©️Xurshid Yoʻldoshev

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

DIQQAT!

30- sentabr soat 10:00 hamda 15:00 da bo’lib o’tiladigan qabul imtihoniga tashrif buyuring va farzandingizning shaxsiy rivojlanishiga ilk qadamni boshlang!

Imtihonda yuqori ball olgan:

♻️ 5 kishiga 50% lik
♻️ 10 kishiga 30% lik
♻️ 10 kishiga 20% lik
chegirmalarni sovg'a qilinadi.

📌IMTIHON 30-sentabr kuni soat 10:00da hamda 15:00da bo'lib o'tadi

Kurs 10 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar uchun mo'ljallangan bo'lib, davomiyligi 3 oy.

Kurs davomida:
✅Shaxsiy rivojlanish va o'zlikni anglash, maqsad qo'yish, notiqlik mahorati, shu kabi 14 ta modul bo'yicha 30 ta nazariy va 8 ta amaliy darslar o'tiladi.

☎️ Xoziroq murojaat qiling!
(93) 648-77-00

📍Manzil: To’qqizbuloq ko’chasi 9-A uy,
Mo’ljal: Ximik “Media Park” ro’parasi, “Universal” bank yonida.

Telegram | Instagram | Facebook | yuksalish_kokand">Tik-tok

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Tong buyuk maqsadlarni boshlash uchun, kun ularni amalga oshirish uchun, tun ular bilan birga uxlamoq uchun! Bugun qanday maqsad qoʻydingiz ?

Maqsadlarimiz bizni kutmoqda!
Ha,ular doim bizni kutadi.
Taslim boʻlmang. Chunki har doim yangidan boshlash imkoni bor. Xuddi tong bizga yangi umid bergani kabi hayot ham yangi eshiklarni ochaveradi. Faqat... Faqat toʻxtamang.

Assalamu alaykum

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Har bir tong — yangiliklarni koʻrish, oʻrganish imkoniyati, gʻaroyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni mashaqqatlarga qaramay unutilmas lahzalarga boy qilish oʻz qoʻlimizda...
Taqdir bizni oʻzimiz oʻylab topolmaydigan soʻqmoqlar orqali, albatta choʻqqiga yetaklaydi.

Assalamu alaykum

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Agar xulqing seni obro'yingni ko'tarmasa, mansabing ko'tarmaydi.

Agar feling seni ziynatlamasa, liboslaring seni ziynatlamaydi.

Bu hayot shunday, din, xulq va odob. Agar bularni yo'qotsang, hurmat kutmagin.

-Janohuttolib

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Agar insonni maqsadi aniq bo’lsa, aslida shuni o’zi juda katta baht. Chunki orzu, maqsad bu - shu maqsad va orzuga yetkazish uchun barcha vaziyat va hodisalarni o’zga tortuvchi juda katta magnit hisoblanadi.

Hozir, shu yerda orzu qilishga, maqsad qo’yishga va intilishga so’z bering.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Alloh taolo bizga chin mo’minlardan bo’lishni va ustun bo’lishimizni nasib etsin!

Qayta kuch to’plash jarayonida bizlarni to’g’ridan to’g’ri ishtirok etadiganlardan qilsin!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Uyg’on ey Millat, uyg’on ey Musulmon ahli!

Bugun o’z holatim va Musulmon jamiyati ayanchli holatda ekanidan juda chuqur nadomatga tushdim, yuragim ezildi va uyalib ketdim.

Shu kunlarda G’azoda bo’layotgan holatdan barchani birdek habari bor. Bugun biz naqadar ojiz va naqadar chorasiz ekanligimiz ko’rinib qoldi, bu qadar xo’mrizliklarni ko’rib turib biror bir davlat ovoz chiqara olmayapti.

Yordam berish u yoqda tursin bugungi kunda zaruriy bo’lgan internet tarmog’i bilan ta’minlay olmayapti. Chunki butun boshli davlatlar o’zi uchun suniy yo’ldosh uchira olmagan ekan. U yerda internet uzib qo’yildi va mustaqil davlatlar va 2 milliard musulmon jamiyati, internet ulab berishi uchun bittagina odam og’ziga qarab qoldi.

Butun Islom jamiyati, 50 dan ortiq Musulmon davlatlar va 2 milliard musulmon insonlar shunchaki istemolchilarga aylantirilgani juda fojiyaviy holat.

Shunchalar istemolchi jamiyatga aylantirilibmizki, Dunyoning bizga ehtiyoji yo’q, bugun barcha musulmonlar va davlatlar yo’q bo’lib qolsalar dunyo siyosati va iqtisodi katta talofat ko’rmaydi.

Lekin bugungi kunda eng jirkanch ishlarni qilayotgan manabu siyonistlar yoki ishlab chiqruvchiga aylangan Xitoy yo’q bo’lib qolsa, dunyo anchagina o’ziga kelolmaydi. Yoki dunyoda faqat musulmonlarni o’zi qolsa juda og’ir ahvolda qolib ketadi.

Bunga sabab biz na Dinimizni na dunyoyimizni mahkam tuta oldik. Dunyoni tutdik faqatgina muttaham nafsimiz qongunga qadar, birlamchi ehtiyojlar va hoyu havaslarimiz tugagunga qadar tutdik holos. Afsus!

Ilmsizligimiz sabab, nafsimiz quliga aylanganimiz sabab, biz uzoqni tugul ertamizni ko’rolmay qoldik. Shunchaki barcha narsani yutqizdik, qo’yib yubordik. Afsus!

Bugun bu holat bizni ko’zimizni ochishi kerak, ochishi shart. O’rnimizdan turib harakat qilishimiz, o’qib, izlanib, ilm olib o’zimizga kelib olishimiz kerak. Eng kamida ilm oladiganlarga zamin yaratib berishimiz kerak.

Bir vaqtlar bizning jamiyatlar qudratga ega bo’lgan vaqtda bu yuzsizlar qo’rqishgan va o’zlarini itoatda ko’rsatishgan. Ammo juda qattiq tayyorgarlik ko’rishgan, bugungi kun uchun.

- Nima uchun biz kelajak uchun tayyorgarlik ko’rmasligimiz kerak?
- Nima uchun qo’l qovushtirib o’tirishimiz kerak?
- Qani bizdagi yurak?
- Qani bizdagi shijoat?
- Qani bizdagi g’ayrat?

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Uyal ey nafsim uyal!

Sen uchun eng aziz diyorlardan bo’lgan bir diyor vayron bo’layotgan vaqtda, sen xotirjam yurishga uyal ey nafsim.

Qanchadan qancha begunoh insonlar qatlayon bo’layotgan bir vaqtda, sen o’z huzuringni, shahvatingni o’ylashga uyal ey nafsim.

Birodarlaring, onalar, norasidalar, muslimalar ochiqchasiga qiynoqqa solinib, och, suvsiz, issiqliksiz, boshpanasiz qoldirilgan bir vaqtda, hursandchilik payida yurishga, taomlarni tanlab, isrof qilib yeyishga uyal ey nafsim.

Qo’rquvdan, havfdan ularni ko’ziga lahza uyqu kelmagan bir vaqtda, sen hotirjam uhlab, xatto u qadar hotirjam uhlaganingdan turolmay qolayotganingdan uyal ey nafsim uyal.

Ular yaqinlarini yo’qotib, ojizlikdan yig’layverib ko’zida yosh qolmagan bir vaqtda, sen shuncha aziyatni ko’rib, kuzatib, tahajjudda bir tomchi yosh chiqara olmaganingdan uyal ey nafsim, qalbing qotib ketganidan uyal ey nafsim uyal.

Butun jahon vijdonli kishilari, xatto musulmon bo’lmagan kimsalar ular uchun qayg’urayotgan bir vaqtda sen qardoshlaringni qo’llay olmaganingdan uyal ey nafsim uyal!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Asli nimalarni o’rganish muhim?

Yoshlarda juda ko'p ko'nikmalar yo'q. Bugungi kunda bizdagi maktab va universitetlar bu ko'nikmalarni berishga yetarlicha yoki umuman e'tibor qaratmaydi, asosan quruq bilim berish bilan chegaralanadi.

1. Kommunikasiya - muloqot qilish ko'nikmasi (to'g'ri savol berish, hamkasblar va mijozlar bilan muloqot qila bilish);

2. Mustaqil firklash, muammolarga mustaqil yechim bera olish. Afsuski aksar yoshlarga chaynab, og'ziga solib qo'yish kerak;

3. Jamoada ishlashni bilish. Boshqalar bilan fikr almashish, o'z fikrini taklif qilib, umumiy muammo ustida jamoa bo'lib ishlash;

4. Kreativ fikrlash. Muammoga noodatiy yechimlarni taklif qilishni bilish;

5. O'z ustida ishlash. Yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirish. Kitoblar, onlayn kurslar, darslar orqali yangi bilimlar olish;

6. Ish etikasi. Rostgo'ylik, halollik;

7. Time management. Vaqtdan unumli foydalana bilish. Ishlarni to'g'ri taqsimlash va hokazo;

Bu hammasi ham emas aslida. Chet el universitetlarida har bir ko'nikmaga alohida urg'u beriladi. Har bir fanga qo'shimcha 2 ta ko'nikma biriktiriladi.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

12 yoshida Konstantinopolni fath qilishni maqsad qilgan Muhammad Fotih Sulton, 21 yoshida o’z maqsadiga yetdi.

Hozirgi kunda, bizning jamiyatimizda yoshlarning holati qanday? Nafaqat yoshlar balki juda ham katta qism kattalar ham bemaqsad yashab yurishibdi.

Biz fikrlashimizni qayta uyg’otishimiz kerak.

Millat qahramon kutyapti!

Har bir inson o’ziga aytishi kerak, “Men qila olaman” Allohni fazli bilan.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yana bir ajoyib ot minish mashg’uloti🔥

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Yaltirashni hohlaysan, lekin nega ishqalanishga chidab bermaysan?

©️Jaloliddin Rumiy

Ya’ni inson kuchli shaxs bo’lishi uchun muvaffaqiyatli kariyera qurishi uchun albatta qandaydir qiyinchiliklarni yengib o’tishiga to’g’ri keladi. O’zingiz tanigan va hurmat qilgan har qanday muvaffaqiyatli insondan so’rab ko’ring, u albatta qiyinchilik davralardan, sinovlardan o’tib kelgan.

Aynan shu narsa insonni kuchli, irodali qiladi. Mustahkam qilichlar ham juda kuchli zarbalardan so’ng, qizdirilgan cho’g’ga kirib chiqqandan so’nggina mustahkam bo’lgan. Shunday ekan qiyin vaziyatlar va muammolar sizni albatta yanada kuchliroq qiladi. Yaltirashni hohlaysizmi ishqalanishga ham chidab bering.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Musulmonlarning asosiy vazifasi haq va botil kurashida haq tomonida turishdir. Musulmon odam haqiqat qaror topishi va butun insoniyatning tinch-farovon, ozod yashashi uchun bor kuchi bilan, tamasiz, holis mehnat qilishi kerak.

Islom - Buyuk Yaratuvchiga ta’zim va hurmat, butun mavjudodlarga shafqatu marhamat dini. O’zimizni isloh qilib, kamolotga yetkazish va atrofdagilarga foyda keltirish uchun qilinadigan barcha say-harakatlarga xizmat deyiladi aslida.

Bir musulmon uyiga yegulik olib kirolmayotgan bo’lsa, “Menga nima, axir ularni ochlikka men mahkum etganim yo’q-ku”, deyiilmaydi. Haq yo’li va da’vosi bunday yondashuvni qat’iyan man etadi.

Buning aksi o’laroq shu narsani hech qachon unutmasligimiz kerak: “Men musulmonman. Jiddu jahd qilaman. Hammaning qornini to’yg’azadigan jamiyat qurilishi uchun bor imkonimni ishga solaman. Yo’qsa, boyagidek qiyinchilik bilan kun kechirayotgan, boshiga ochlik balosi tushgan kimsalar hisobini Alloh mendan so’raydi”.

Inson bo’lmoq demak - mana shunday fikrlamoq demak. Yaxshi odam aynan shunday o’ylaydi, tafakkur qiladi.

©️Najmiddin Erbakan

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

-Tugʻilgan kuningiz esdan chiqsa chiqsinu, biroq nima uchun tugʻilganingiz esdan chiqmasin.

-Siz vaqtni tejamasangiz, vaqt sizni tejaydi.

-Agar siz halol mehnat qilsangiz, odamlar sizni oʻzlari izlab topadi.

-Bilmaslik garchi ayb emas, illo fazilat ham emas.

-Yuksalishni istasang — boshqalarni yuksaltir!

Juma muborak!

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“Yuksalish liderlar akademiyasi” Qo’qon filialida yangi mavsum uchun qabul imtixoniga start berildi.

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

“Alpha school” da bo’lib o’tgan davra suhbatidan lavhalar.

Suhbat juda ham a’lo kayfiyatda, savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Foydali bo’ladigan ba’zi o’rinlarini, keyingi videolarda joylashga harakat qilamiz.

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Jumʼa muborak.

Barchangizga ikki dunyo saodatini va yaxshiliklarini, Allohu Kariymdan soʻrab qolaman!
Ilohim, koʻzlagan xayrli maqsadlaringizga erishtirsin, bugungi ulugʻ kunning fayz-barokatidan barchamizni rizqlantirsin!

Assalamu alaykum

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

@AliMuhammad_Hasan

Читать полностью…

Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bugun “Alpha” schoolda.

Читать полностью…
Подписаться на канал