Umrzoq Uralov - Matematik repititor (Jizzax) • youtube.com/c/alphraganus • instagram.com/al_phraganus • t.me/alphraganus • tiktok.com/@al_phraganus
❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent
Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!
Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!
Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)
O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)
O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)
O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)
O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)
O‘zbek tili: 1 nafar
ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Chizma chizishni o'rganamiz.
Youtube orqali ko'rish
14-iyuldan toki Bugungi kungacha BMBA tomonidan berilgan Majburiy Matematika testlari.
Variantlar:20 ta
Savollar takrorlanmagan.
Qaysidir variantni qaysidir savolida kamchilik topsangiz @Sardor8822 ga murojaat qiling.
Kalitlarini tayyorlayapmiz. Nasib qilsa yarim soatlarda tashlaymiz.
@Math_Master_tests
JIZZAXDAGI KANALIMIZ KUZATUVCHILARI UCHUN MAXSUS TAKLIF. ENG ZO'RLARIDAN TA'LIM OLING.
Читать полностью…📚 Farzandingizning sog‘lom o‘sishi — har bir detallarda!
👶 Bolangiz kun bo‘yi o‘tiradigan partadan tortib, ta'lim uslubigacha — hammasi uning to‘g‘ri rivojlanishi uchun muhim.
🎓 BEST MAKTABI — ipidan ignasigacha o‘ylangan, har bir bolaga g'amxo‘r muhit yaratadigan zamonaviy ta’lim maskani.
✅ Ergonomik jihozlar
✅ Sifatli ovqatlanish
✅ Tinch va xavfsiz muhit
✅ Har tomonlama rivojlanishga yo‘naltirilgan tizim
📍 Bolangizga eng yaxshisini tanlang!
📞 Murojaat uchun:
+998912079999
📍 Manzil:Toshloq mahallasi
🔍 Mo'ljal:Prim restorani orqasi
14-iyul 1-smena savollari 77 ta savol (To’liq)
2-smena savollari ertaga tashlanadi.
Iltimos kanaldan testni foydalansangiz test mualliflik huquqini buzmagan holda foydalaning.
@rustambek_oqiw_orayi
Hurmatli abituriyentlar!
Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.
✅ Test sinovlari har kuni ikki smenada:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📝 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!
Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Barchangizga omad!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2025 #Abituriyent2025
2025/2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik
🖥 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.
📌 Joriy yilda jami ro‘yxatdan 671 397 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafarini (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari tashkil etdi.
👨💼🧑💼 Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 361 019 nafarini (53,8 %) xotin-qizlar, 310 378 nafarini (46,2 %) erkaklar tashkil etadi.
✅ Joriy yilda 486 196 nafar (72,4 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.
🏛 Joriy yilda test topshirish hududi bo'yicha eng ko‘p Toshkent shahrida 115 989 nafar, Samarqand viloyatida 72 305 nafar, Farg‘ona viloyatida 66 383 nafar, Qashqadaryo viloyatida 62 484 nafar va Andijon viloyatida 56 025 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🪕👮♀️ Abituriyentlarning 39 307 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 10 572 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 18 854 tasi haqiqiy ekanligi aniqlandi, 3 370 ta sertifikat esa darajasi yoki turi mos kelmaganligi, muddati o‘tganligi va haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi sababli rad etildi.
📚 Umumta’lim fanlari bo‘yicha 85 140 nafar, chet tillari bo‘yicha esa 58 216 nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🧾 Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.
🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 65 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1169 ta guruhda, 35 070 nafar, bir kunda esa 70 140 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi hamda test sinovlari 10 kun davomida o‘tkaziladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent #qabul2025
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
b2 olish nasib qildi. Alhamdullilah
Читать полностью…📚 Har bir daqiqasi foydali loyihaga marhamat!
📌 “Mutolaa” marafonida siz turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan olib boriladigan manfaatli suhbatlarda qatnashasiz.
••• Qolaversa, bir dona kitob oʻqib 5 million soʻmgacha, eng faol targʻibotchi bo’lib 4 million so’mlik pul mukofotlari yutib olishingiz, yuzlab sovgʻalar, kitoblar va bonuslarga ega boʻlishingiz mumkin.
🔥 Eng qizig'i - loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL 👇
/channel/mutolaamarafon_bot?start=220434305
/channel/mutolaamarafon_bot?start=220434305
https://www.instagram.com/reel/DKrfjbYNg1F/?igsh=MThwZXMyeDIxbDJmcQ==
Do'stlar, sizlardan ushbu video commentariyasida maksimal aktivlik kutib qolaman. Faol bo'la oladigan + qilinglar, oldindan rahmat. Yordam bera olishingizga ishonaman, Umrzoq Uralov😉
🔲🔲🔲🔲
🔲🔲🔲
🔲🔲
🔲
MATEMATIKA FANIDAN TEZLIKNI OSHIRISH UCHUN TAYYORLANGAN 10 TALIK TESTLARIMIZNI YOUTUBE TARMOG'IDA HAM KUZATIB BORING. SIZ UCHUN FOYDALI KONTENTLAR YARATISH PAYIDAMIZ.
...::: MATEMATIKA :::...
1️⃣-test: https://youtu.be/3hPMns1tnkU
2️⃣-test: https://youtu.be/meThRaNi0mQ
3️⃣-test: https://youtu.be/xOedRJZHZXs
4️⃣-test: https://youtu.be/YYsXJFRAs48
5️⃣-test: https://youtu.be/IGkMkU8RfkA
6️⃣-test: https://youtu.be/JgxipQ0Exss
7️⃣-test: https://youtu.be/z76HY-UNCts
8️⃣-test: https://youtu.be/UQ8SO61VL3Y
9️⃣-test: https://youtu.be/bYuHCqLD0nk
🔟-test: https://youtu.be/wqDBY3ugZYs
1️⃣1️⃣-test: https://youtu.be/BfFWHOwBpKU
1⃣2⃣-test:
https://youtu.be/920YVRsOkyw
Milliy sertifikat javobi chiqyapti...
Читать полностью…Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
Kvotalar e’lon qilinganach kòpchilikda turli xildagi savollar tuğilgan bòlsa ajab emas. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor:
1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;
2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;
3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.
❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.
❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
O’tgan yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, grantga 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Keling aniq misolda ko‘ramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 145 ta grant kvotasi ajratilibdi (o’tgan yili 115 ta edi). Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 145 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.
Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov (chegara) qo‘yiladi. Masalan, 145 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 145 ta kvotaning yarmini, ya’ni 72 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.
Milliy sertifikatga tayyorlanadigan abituriyentlar bormi? Qabulimiz ochildi. Kuzda imtihon topshirishni istagamlar
941930001
ga yozamiz.
💰 O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 27 foizga oshdi
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyun oylarida chet eldan O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 8,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga (27 foiz) ko‘p.
Mablag‘larning 78 foizi 🇷🇺Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) yuborilgan. Qolgan qismi 🇰🇿Qozog‘iston, 🇺🇸AQSH, 🇰🇷Janubiy Koreya, 🇹🇷Turkiya, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇱🇹Litva va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmi 🇬🇧Buyuk Britaniyadan 2 barobar, 🇪🇺Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (🇮🇪Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, 🇳🇱Niderlandiya 44 foiz, 🇵🇱Polsha 20 foiz), 🇺🇸AQShdan esa 15 foizga oshgan.
Pul o‘tkazmalarining ortishiga o‘zbekistonlik migrantlar ishlaydigan davlatlarda ishchi kuchiga talab ko‘paygani va ish haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, milliy valyuta kurslari mustahkamlanishi ham bunga taʼsir qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
👩🏻🏫 BestSchool — Baxtli bolalar maktabi
📢 1-sinf uchun atigi 11 ta joy qoldi!
Bu joy sizning farzandingizniki bo‘lishi mumkin! 💫
📚 Yangi bilimlar, ✨ yangi orzular va 🌟 yorqin kelajak aynan shu yerdan boshlanadi! 🚀
✅ 1–4-sinflarga qabul ochiq!
⏳ Joylar soni cheklangan — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
📍 Manzil: Jizzax shahar, Toshloq mahallasi
📍 Mo‘ljal: Prim Restorani
📞 Telefon: +998 91 207 99 99
📱 Instagram: @BestSchool
14-15-iyul kunlari BMBA tomonidan tushadigan testlar asosida 5 ta variant tayyorladik.
Foydasi tegadi degan umiddamiz.
Kalitlarini ham yaqin orada ulashamiz.
@Math_Master_Tests
ASSALOMU ALAYKUM! BUGUNGI TUSHGAN SAVOLLARNI KOMMENTARIYADA TOPISHINGIZ MUMKIN!
Читать полностью…📌 #Qabul2025 | #Abituriyent2025
Test sinovlarida ishtirok etmaydigan abituriyentlar haqida
🧾 Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagan. Ular quyidagi ballar bo‘yicha taqsimlangan:
▪️ 189 ball – 361 nafar
▪️ 180–189 ball oralig‘i – 207 nafar
▪️ 170–180 ball oralig‘i – 57 nafar
▪️ 160–170 ball oralig‘i – 46 nafar
▪️ 150–160 ball oralig‘i – 3 nafar
▪️ 126 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 3 nafar
▪️ 96 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 1 nafar
🗓 Test sinovlari yakunlangach, ushbu abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida, 15 kun davomida quyidagilarni tanlaydi:
✅ Oliy ta’lim muassasasi
✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
✅ Ta’lim shakli
✅ Tanlov ustuvorligi
⚠️ Eslatma: Belgilangan muddatda tanlovni amalga oshirmagan yuqoridagi toifaga kiruvchi abituriyentlar oliy ta’lim bakalavriati tanlovida ishtirok eta olmaydi va talabalikka tavsiya etilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul2025 #Abituriyent2025
DIQQAT! DIAGNOSTIK TESTLAR ISHGA TUSHIRILDI
📌 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi.
🧾 Diagnostik testlar quyidagi fanlar bo‘yicha:
▪️ tarix
▪️ matematika
▪️ fizika
▪️ biologiya
▪️ kimyo
▪️ geografiya
▪️ ona tili va adabiyot
▪️ chet tili
▪️ davlat va huquq asoslari
▪️ majburiy fanlar
📥 Testlarda ishtirok etish uchun havola:
👉 https://my.uzbmb.uz/service/43
📊 Test natijalari yechilgan zahoti onlayn tarzda ko‘rsatiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
O'zgartira olmaydigan narsalarni qabul qilish: Ichki xotirjamlikka erishish yo'li
Hayotda ko'p narsalar bizning nazoratimizdan tashqarida sodir bo'ladi. Tabiatning o'zgarmas qonunlari, boshqalarning qarorlari, hatto o'tmishdagi xatolarimiz ham bizning irodamizga bo'ysunmaydi. Stoik faylasuf Seneka ta'kidlaganidek, bu o'zgarmas haqiqatlarga qarshilik ko'rsatish faqatgina azoblanishga olib keladi. Aqlli inson esa, bu narsalarni qabul qilib, ularga moslashishni o'rganadi. Bu esa, ichki xotirjamlikka erishishning kalitidir.
O'zgartira olmaydigan narsalarga misollar:
Tabiat hodisalari: Yomg'ir yog'ishi, qor yog'ishi, zilzila bo'lishi kabi tabiat hodisalarini biz o'zgartira olmaymiz. Ularga qarshilik ko'rsatish o'rniga, soyabon olib yurish, issiq kiyinish yoki xavfsiz joyga ko'chish kabi choralarni ko'rishimiz mumkin.
Boshqalarning xatti-harakatlari: Yaqinlarimizning, hamkasblarimizning yoki hatto begonalarning xatti-harakatlarini biz nazorat qila olmaymiz. Ularga nisbatan g'azablanish yoki xafa bo'lish o'rniga, ularni tushunishga harakat qilish va o'zimizning munosabatimizni o'zgartirishga urinib ko'rishimiz kerak.
O'tmishdagi xatolarimiz: O'tmishda qilgan xatolarimizni o'zgartira olmaymiz. Ular haqida o'ylab, pushaymon bo'lish yoki o'zimizni ayblashning foydasi yo'q. Buning o'rniga, xatolarimizdan saboq olib, kelajakda yaxshiroq bo'lishga harakat qilishimiz kerak.
O'zgarmas haqiqatlarni qabul qilishning amaliy yo'llari: (O'rganganlarim va kechinmalarimdan)
Vaziyatni tahlil qiling: O'zingizni qaysi o'zgartira olmaydigan narsa bezovta qilayotganini aniqlang. Bu tabiat hodisasi, boshqa odamning xatti-harakati yoki o'tmishdagi xato bo'lishi mumkin.
Qabul qiling: Bu narsani o'zgartira olmasligingizni tan oling. Bu haqiqatga qarshilik qilish faqatgina sizga azob beradi.
Moslashing: Vaziyatga moslashish uchun nima qila olishingizni o'ylab ko'ring. Bu muammoga boshqacha yondashish, o'z munosabatingizni o'zgartirish yoki yangi maqsadlar qo'yish bo'lishi mumkin.
O'zingizga e'tibor bering: Stressni kamaytirish uchun meditatsiya, yoga yoki boshqa dam olish usullaridan foydalaning.
Yordam so'rang: Agar o'zingizni yomon his qilsangiz, do'stlaringiz, yaqinlaringiz yoki mutaxassisdan yordam so'rashdan qo'rqmang.
O'zgartira olmaydigan narsalarni qabul qilish oson emas, lekin bu ichki xotirjamlikka erishishning muhim qadamidir. Esingizda bo'lsin, biz o'zgartira olmaydigan narsalarga qanchalik tezroq moslashsak, shuncha tez hayotdan zavqlana boshlaymiz.
SA+YDULLA+YEV A+LOUDDIN.
100%👍👍👍
Jizzax shahri
Best school o'quv markazi
@alphraganus
https://www.instagram.com/reel/DLEWzCmI9RN/?igsh=ZDh4NnV3YWU3Y3M2
Comment like share qo'llab quvvatlash uchun
Kitob o'qish uchun eng qulay ilova. Mutolaa albatta mobil qurilmangizda ushbu ilova bo'lishi shart.
Читать полностью…Ular buni qanday eplashdi?
@alphraganus
Kimdadir shunday fikr tug'ildimi, men ham eplay olaman?
Check out this brilliant move: https://www.chess.com/analysis/game/live/139280045406?move=24&tab=review
Читать полностью…Tuyaning dumi yerga tekkanda deb aytmasdim, O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqqanda derdim. Endi ularni sinonim sifatida foydalanishdan qutqarganingiz uchun rahmat. ❤️❤️❤️
Читать полностью…The most motivational poster I have ever seen
Читать полностью…