zirauzuz | Неотсортированное

Telegram-канал zirauzuz - Zira.uz - Lazzat bilan!

2681

⭐Eng sara va ishonchli retseptlar ⭐Foydali va qiziqarli maqolalar ⭐Har kunlik va haftalik taomnomalar Va yana boshqa pazandachilikka oid ko'plab yangiliklar👩‍🍳 Теlefon: +998 78-148-15-55 Chat: t.me/zirauz_chat https://instagram.com/zirauzb

Подписаться на канал

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥗 Videoretsept: teriyaki tovuq bilan iliq salat

Teriyaki tovug’i qo’shilgan oson va tez salat ayniqsa osiyo taomlarini sevuvchilarga yoqadi. Bu usul bo’yicha tayyorlangan tovuq mazali va meyorida achchiq bo’lib pishadi, ko’katlar va sabzavotlar bilan birgalikda esa to’liq tushlik o’rnini bosadi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-teriyaki-tovuq-bilan-iliq-salat/

❓Iliq salatlarni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍫🎂Videoretsept: pishiriqsiz shokoladli tort

Bu tort pechda pishirilmasdan tayyorlanadi, ta’mi esa chizkeyk va mussning aralashmasiga o’xshaydi. Kuchli shokolad ta’miga va bayramona ko’rinishga ega shirinlik.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-pishiriqsiz-shokoladli-tort/

❓Pechda pishirilmaydigan shirinlik tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

Pomidordan salat

Bizning bosh muharrir, Irina Salixova, o’z telegram kanalida gohida sevimli taomlari haqida yozadi, va ularning retseptlari bilan bo’lishadi. Bugun yana bir oson va tez tayyorlanadigan salat retseptini biz bilan bo’lishdi.

Hozir sabzavotlar mavsumi avjidadir, bundan foydalanib barcha yoz ne’matlariga to’yib olish kerak. Men Korzinka, Makro va boshqa do’konlarni juda yaxshi ko’raman va xurmat qilaman, ammo meva va sabzavotlarni bozordan sotib olishni tanlayman. Ranlar, iforlar va tanlovning kattaligi - nafaqat mahsulotlardan, balki sotib olish jarayonidan ham zavqlanaman.

Sotuvchilar bilan suhbat qurishni juda yaxshi ko’raman - nima tayyorlashimni va qanday masalliqlar qo’shishimni aytib beraman. Ular esa, o’z navbatda, eng yaxshi va taomga to’g’ri keladiganini tanlashda yordam berishadi.

Bu safar ham, bozorga biron aniq maqsadsiz bordim. Ko’rib yoqtirgan narsalarimni olaman deb. Meni eslab qolgan sabzavotlar sotuvchisi uzoqdan ko’rib kulimsiradi,men esa o’tib keta olmadim. Cherri pomidorlarini ko’rib qoldim - shoxchada 30 000 so’m kg, shoxchasiz 20 000 so’m. Sariq va qizil cherrilari bor edi. Anchadan beri Jeymi Oliver retseptidan salat tayyorlamoqchi bo’lganim esimga tushub ketdi. Men bu oshpaz ko’rsatuvlari bilan ilhomlanib zira.uz loyihasini ochganman. Shuning uchun 2 rangdan yarim kilodan va 1 kilo eng shirin qizil pomidordan sotib oldim.

Bu mukammal to’plam bilan ko’kat sotuvchilarining oldiga borib, bazilik, ya’ni yashil rayxon sotib oldim. Juda xushbo’y ya mazali.

Uyda esa salatni osonlik bilan qaytardim. Faqat zaytun qo’shmadim, chunki bizning oilada ularni hech kim yemaydi. Ammo siz yoqtirsangiz, asl retsept bo’yicha zaytun ham qo’shiladi.

Cherrilarni o’rtasidan bo’lamiz. Bir nechta rayxon bargini maydalab, qo’shamiz.

Barcha masalliqlarni idishga solib, quyidagilarni qo’shamiz:
- mazali katta tuz (men pushti gimalay tuzini qo’shdim, Green apple marketda narxi 70 000 so’m atrofida - bir yilga yetadi)
- zaytun yog’i
- xushbo’y ziravorlar
Qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz. Pomidorlarni ezishdan qo’rqmang, qancha suvi chiqib ezilsa, shuncha yaxshi.
- olma yoki balzamik sirkasi (1 choy qoshiq)
- balzamik krem

Yana bir marta aralashtirib, salat uchun idishga solib, dasturxonga tortamiz. Agar biroz vaqt tursa, yanada mazali bo’ladi.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥☕️🍦Videoretsept: muzqaymoqli qahva

Muzqaymoqli qahva yoki glyasse — tetiklantiruvchi, yaxna, juda mazali ichimlik bo’lib, uni shirinlik o’rnida ham iste’mol qilish mumkin.

U faqatgina 2 ta masalliqdan - qahva va muzqaymoq, tez va oson tayyorlanadi. Ta’bga ko’ra ko’pirtirilgan qaymoq va shokolad bilan bezatish mumkin.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-muzqaymoqli-qahva/

❓Bunday ichimliklarni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

Bizning bosh muharrir, Irina Salixova, o’z telegram kanalida gohida sevimli taomlari haqida yozadi, va ularning retseptlari bilan bo’lishadi. Bugun yana bir yoz oqshomida kechki dasturxon uchun oson va tez tayyorlanadigan salat retseptini biz bilan bo’lishdi.

Bu salatimning ham asosiy masallig’i - pishloq. Birinchi salatda buratta edi, ikkinchisida - mini-motsarella, bugun esa - xalumi. Uni biz oldindan qovurib olamiz.

Xalumini qovurishdan oldin nimani bilish kerak:

1. Tovaga yog’ quymaymiz, u quruq va tagiga olmaydigan bo’lishi kerak. Pishloqni 0,7-1 sm qalinlikda kesish kerak. Men yupqakesib qo’ydim, qalinroq bo’lgani yaxshi.
2. Xalumini quruq, qizdirilgan tovaga qo’ygandan so’ng, tovani biroz «vjik-vjik» qilamiz, ya’ni silkitamiz (videoda ko’rsatilgani kabi). Buni pishloq yopishib qolmasligi uchun qilamiz.
3. Xalumini chiroyli rangga kirgunicha qovuramiz - biroz qizartirib.
4. Pishloqni boshqa tomoniga aylantirib, yana shunday qilamiz.

Bu salat uchun men juda mazali zapravka ishlataman, u barcha ko’katli-sabzavotli salatlarga to’g’ri keladi.

Kerakli masalliqlar:
1. Zaytun yog’i.
2. Sifatli xantal. Tarkidiba asal bo’lsa yanada yaxshi.
3. Agar xantal asalsiz bo’lsa - alohida asal qo’shamiz.
4. Provans ko’katlari aralashmasi. Tayyor aralashma bo’lmasa, o’zimiz oregano va rozmarinni aralashtiramiz.

Barchasini qopqoqli idishda birlashtirib, yaxshilab aralshtiramiz. Mazasi ta’rifga ojiz, juda lazzatli. Bu aralashmani sovutgichda saqlaymiz.

Salatni tayyorlaymiz.

Salat uchun katta idishga ko’kat solamiz, men «Spring» dan tayyor aralashmani ishlatdim. Yoki salat bargi, rukkola, latuk salatini birlashtirish mumkin. So’ngra, pomidor, bodring, xohishga ko’ra quritilgan pomidor qo’shamiz. Ustiga tejamasdan zapravka qo’shib, aralashtiramiz. Oxirida sovutilgan xalumini qo’shamiz. Istasangiz, pishloqni gril tovasida qovuring, pishloq ustida chiroyli chiziqlar paydo bo’ladi.

Dasturxonga tortayotganda ko’proq ko’katlar+har bir portsiya uchun xalumi qo’shamiz. Demak, xalumi bo’laklarini mehmonlar soniga qarab qovuramiz.

Salat tayyor! Mazali! Juda ham!

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🧁Videoretsept: «Bushe» pishirig’i

Bu shirinlikda yumshoq biskvit, qaymoq asosidagi krem va shokoladli glazur ajoyib uyg’unlik yaratadi. Pishiriq juda mayin ta’mli va chiroylidir. Juda yengil va bayramona.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-bushe-pishirig-i/

❓Kremli pishiriqlarni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍆Videoretsept: baqlajondan chips

Chipslar nafaqat mazali, balki foydali ham bo’lishi mumkin. Biz kartoshkali chipsga o’rganganmiz, ammo chipslarni barcha sabzavotlardan tayyorlash mumkin. Baqlajondan chips tayyorlab ko’rishni taklif qilamiz, hozir bu sabzavotning ayni mavsumi.

Asosiy masalliq, albatta, baqlajon, marinad uchun esa balzamik krem yoki sirka, zaytun yog’i, tuz, qora murch va sarimsoqpiyoz kukuni kerak bo’ladi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-baqlajondan-chips/

❓Chips yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍝Videoretsept: qovoqchadan tovuqli pasta

Bu daom juda tez tayyorlanadi, ta’mi esa sizni hayratda qoldiradi. Masalliqlar uyg’unligi juda mayin, yoniga salat yoki garnir ham kerak emas. Bu retsept, ayniqsa, parxezdagilarga yoqadi.

Taom uchun qovoqcha, tovuq filesi, cherri pomidori, qattiq pishloq, sariyog’, qaymoq yoki smetana, tuz va qora murch kerak bo’ladi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-qovoqchadan-tovuqli-pasta/

❓Tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🇹🇷🥮Nima tayyorlaymiz: turkcha pishiriqlar

Turkcha pishiriqlar ta’mi bilan ajralib turadi. Yong’oq yoki qiyomli, ajoyib ko’rinish va ta’mga ega shirinliklar barchani qalbidan alohida o’rin olgan.

Siz uchun turk oshxonasinig turli-xil pishiriqlarini tayyorlash usullarini to’pladik. Tayyorlang va barchani hayratda qoldiring.

Batafsil: https://zira.uz/uz/2023/06/14/nima-tayyorlaymiz-turkcha-pishiriqlar/

❓Qaysi turk pishirig’ini yaxshi ko’rasiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🫑🍅Videoretsept: «Isroilcha» salat

Bu salat o’zining yorqin ko’rinishi bilan kayfiyatni ko’taradi. Uning ajralib turadigan tomoni - sabzavotlarni mayda qilib to’g’ralishida.

Tarkibida: qizil va sariq bulg’or qalampiri, pomidor, bodring, piyoz, petrushka, tuz, limon sharbati va zaytun yog’i.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-isroilcha-salat/

❓Siz salatga masalliqlarni qanday to’g’rashni yaxshi ko’rasiz - maydami yoki yirikmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍔 Videoretsept: uyda tayyorlanadigan tovuqli gamburgerlar

Uyda tayyorlangan burgerlar, ayniqsa qaynatilgan tovuq filesidan nachinkalik burgerlar, kafedagidan farq qiladi. Uyda tayyorlashning afzalligi shundaki, xohishga ko’ra mayonez o’rniga smetana, ketchup o’rniga pomidor qaylasi ishlatish, ko’proq sabzavotlar qo’shish mumkin, Yoki umuman o’zgartirmasdan tayyorlang - ta’b va kayfiyatga ko’ra.

Sizga gamburger uchun bulochka, tovuq filesi, smetana yoki mayonez, pishloq, ketchup, sariyog’, tuz va ziravorlar kerak bo’ladi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-uyda-tayyorlanadigan-tovuqli-gamburgerlar/

❓Qanday nachinkali gamburgerlarni yoqtirasiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍆🧀Videoretsept: baqlajondan gazak

Bu taomning ko’rinishi va mayin ta’mi hech kimni befarq qoldirmaydi. Uni ham gazak, ham garnir, ham asosiy taom sifatida dasturxonga tortish mumkin.

Kerakli masalliqlar: baqlajon, tomat pastasi, tuz, ismaloq, cherri pomidori, motsarella pishlog’i.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-baqlajondan-gazak-2/

❓Baqlajondan sevimli taomingiz bormi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥬🥒Videoretsept: yashil salat

Xantal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati aralashmasi ostida turli-xil ko’katlar, bodring, feta pishlog’idan iborat yorqin va foydali salat. Zapravka uchun xantal donachalarini ishlatishni tavsiya qilamiz - u xushbo’yroq va ta’mi ham qolgan masalliqlar ta’mini o’zgacha ochadi.

Kerakli masalliqlar: salat bargi, petrushka yoki kashnich, ko’k piyoz, shivit, bodring, feta pishlog’i, zaytun yog’i, xantal donachalari, sarimsoqpiyoz, limon, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yashil-salat/

❓Ko’kat yaxshi ko’rasizmi? Qaysi ko’katni ko’proq ishlatasiz va nimaga qo’shasiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥⚽️🍪Videoretsept: «Futbol to’pi» pechenyesi

1 iyun, bolalarni himoya qilish kuni, va bunday junda ularni ajoyib pishiriq bilan hursand qilish mumkin. Agar ularni tayyorlash jarayoniga jalb qilib, birgalikda tayyorlasangiz - juda maroqli va esda qolarli bo’ladi. Bugun nima tayyorlashingizni bilamiz😉

Kerakli masalliqlar: un, sariyog’, shakar, tuxum, kakao kukuni, vanil shakari.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-futbol-to-pi-pechenyesi/

❓Farzandlaringiz bilan birgalikda taom tayyorlashni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥦🥗Videoretsept: brokkoli bilan vitaminli salat

Brokkoli - vitaminlar va antioksidantlarga boydir. U qarsilloq bo’lib qolishi va foydali xususiyatlarini yo’qotmasligi uchun, ucni juda kam vaqt davomida pishirish kerak.

Bu salat haqiqqiy vitaminli bomba - sabzavotlar va biroz achchiq zapravka aralashmasi uni nafaqat foydali, balki juda mazali ham qiladi.

Kerakli masalliqlar: brokkoli, sabzi, marinadlangan bodring, konservalangan makkajo’xori, tabiiy yogurt yoki pitsa, xantal donalari, sarimsoqpiyoz, tuz, qora murch, shivit.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-brokkoli-bilan-vitaminli-salat/

❓Brokkoli yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍗Videoretsept: gruzincha tovuq«Shkmeruli»

Oson va tez tayyorlanadigan juda mazali taom. U juda xushbo’y va mayin qaymoqli qayla ostida. Xohishga ko’ra tovuq oyoqlari, xatto butun tovuqni ishlatish mumkin, garnir sifatida esa kartoshka pyuresi to’g’ri keladi.

Bu retsept bo’yicha tayyorlangan tovuqni ta’tib ko’rishni tavsiya etamiz 😉

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-gruzincha-tovuq-shkmeruli/

❓Taom yoniga qanday garnir tanlardingiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

📸🥩🥯Batafsil fotoretsept: tomat qaylasi ostida go’shtli «Atirgullar»

Chiroyli go’shtli «Aturgullar» - bu tomat qaylasi ostidagi dangasa chuchvaralar. Ularni tovada, pechda, multivarkada, bug’da yoki suvda qaynatib tayyorlash mumkin. Har doim har-xil ta’m va yangi taom.

Kerakli masalliqlar: tuxum, un, o’simlik yog’i, suv, mol go’shtidan qiyma, piyoz, sarimsoqpiyoz, ko’kat, bulg’or qalampiri, tomat qaylasi, o’z sharbatidagi pomidorlar, sariyog’, tuz va ziravorlar.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/batafsil-fotoretsept-tomat-qaylasi-ostida-go-shtli-atirgullar/

❓Tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍒🍦Videoretsept: muzqaymoq bilan olchali kobler

Kobler - kam xamir va ko’pgina nachinkali pishiriq. Olchali kobler retseptini sizga taqdim etamiz - yumshoq xamir, nordon olcha va erib ketadigan muzqaymoq uyg’unligi.

Koblerni iliq holatda muzqaymoq bilan iste’mol qilishni tavsiya etamiz - yanada mazaliroq bo’ladi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-muzqaymoq-bilan-olchali-kobler/

❓Olchali shirinliklarni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍝🧄Videoretsept: «Alio va olio» pastasi

Ba’zida, shirin italyancha pasta tayyorlash uchun bir-necha oddiy masalliqlar yetarli. «Alio va olio» bu eski italyan usuli bo’lib, unda zaytun yog’ida qovurilgan sarimsoqpiyozli sous ishlatiladi. Nomi o’zi aytib turadi: italyanchadan «aglio e olio» «sarimsoqpiyoz bilan yog’» deb tarjima qilinadi.

Tarkibida oddiy masalliqlar - pasta, sarimsoqpiyoz, zaytun yog’i, petrushka va bir chimdim quritilgan achchiq qalampir.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-alio-va-olio-pastasi/

❓Qanday shakldagi pastani ko’proq ishlatasiz: penne, qush ini, fettuchini yoki spagetti?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍧Videoretsept: yaponcha moti shirinligi

Yaponcha desert moti - ikki yildan beri mavsum yangiligi. Guruchli undan xamirga o’ralgan qaymoqli krem va nachinka. Ajoyib, mayin va albatta ta’tib ko’rish kerak.

Asosiy sir bu yerda undadir - xamirning cho’ziluvchanligi unga bog’liq.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yaponcha-moti-shirinligi/

❓Moti ta’tib ko’rganmisiz? Yoqadimi

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: «Midiya» paxlavasi

Bu paxlava barchani nafaqat ta’mi, balki tashqi ko’rinishi bilan hayratda qoldiradi - bunday shakl berish ko’ringandan ko’ra osonroq. U juda mayin va mazali.

Nachinka uchun istalgan yong’oqni ishlatish mumkin, har biri o’zgacha ta’m qo’shadi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-midiya-paxlavasi/

❓Paxlava nachinkasida qanday yong’oqni yaxshi ko’rasiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🎂🥛Videoretsept: yogurtli chizkeyk

Yogurtli chizkeyk mayin va yengil bo’ladi, bu esa yoz payti uchun mukammal tanlov. Tvorog va yogurtli asosi mayin, biskvit esa yumshoq.

Xohishga ko’ra rezavor meva qo’shish mumkin - shirinlikning ta’mi va ko’rinishiga chiroy qo’shadi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yogurtli-chizkeyk/

❓Yogurtdan chizkeyk tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🧀🥯Videoretsept: shivit qo'shilgan pishloqli bulochkalar

Pishloq va shivitli nachinkali mini-bulochkalar xamirturushsiz tayyorlanilishiga qaramay yumshoq va havodor bo’lib pishadi, va sovuq holatida ham shunday qoladi. Ularning nachinkasi juda xushbo’y va cho’ziluvchan, xamiri esa mayin.

Ham gazak sifatida, ham non o’rnida issiq ovqat bilan dasturxonga tortish mumkin.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-shivit-qo-shilgan-pishloqli-bulochkalar/

❓Qanday bulochkalarni ko’proq yaxshi ko’rasiz: shirin nachinkalimi yoki shirin emasmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

Bizning bosh muharrir, Irina Salixova, o’z telegram kanalida gohida sevimli taomlari haqida yozadi, va ularning retseptlari bilan bo’lishadi. Bugun yana bir oson va tez tayyorlanadigan salat retsepti haqida bizga aytib beradi.

Bu salat, barcha tayyorlaydigan taomlarim kabi, - faqat bir fikr. Yoqtirmaydigan masaalig’ingiz bo’lsa - qo’shmang, aksincha, sevimli masallig’ingizni qo’rqmasdan qo’shing.

Bizga ko’katlar aralashmasi kerak bo’ladi. Men «Spring» dan tayyor aralashmalarni sotib olaman. Qizil karami bo’lmagan aralashmalarni ko’proq yaxshi ko’raman, menga hidi yoqmaydi. Bunday aralashmalarni KOrzinka do’konlarida topish mumkin, lekin, afsuski, barcha do’konlarda emas. Bilishimcha, «Spring»ning telegram bot orqali buyurtma berish va yetkazib berish xizmati ham bor, ammo men ishlatib ko’rmaganman.

Zapravka - yong’oqli sous. Tamaki brendi ta’mi, «Чим-Чим» dan ko’proq yoqdi.

Quritilgan pomidorlarni tayyorini sotib oldim, oldinlari mana bu usulda uyda tayyorlardim. Xozir, afsuski, bunga vaqtim yo’q, tayyorlanish usuli osonligiga qaramay. Albatta tayyorlab ko’ring! Salatga ham pomidorlarni, ham biroz yog’ini qo’shaman.

Mini-motsarella. Oxirgi marta rasmdagi brendni sotib oldim. Men uchun biroz sho’r, lekin men umuman tuzsiz ovqat iste’mol qilishga o’rganganman, agar siz sho’r yeguliklarni yaxshi ko’rsangiz - sizga yoqadi. Men yana qidirishni davom etaman.

Salatda avokado ham bor. Har doim Korzinkadan sotib olaman. Uni tanlashni ham bilish kerak - avokado biroz yumshoq bo’lishi kerak, pishgan va mazali bo’lishi uchun.

Barcha masalliqlarni salat uchun katta idishga solib, dasturxonga tortishdan oldin aralashtiraman. Har doim masalliqlar har-xil bo’ladi, gohida qizil baliq yoki tunets balig’i qo’shaman, gohida boshqa ta’mli zapravka ishlataman. Tayyorlab ko’radigan barcha variantlarni siz bilan bo’lishaman.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍌🍦Videoretsept: bir masalliqdan muzqaymoq

Yozning issig’ida hech narsa muzqaymoq kabi hursand qilmaydi. Sizga mazali va foydali, shakar qo’shilmaydigan va juda oson tayyorlanadigan muzqaymoq tayyorlash usulini taqdim etamiz.

Eng qizig’i, tayyorlash uchun faqat banan kerak bo’ladi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-bir-masalliqdan-muzqaymoq/

❓Uyda muzqaymoq tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🇹🇷🍪Videoretsept: turkcha pechenye «Shekerpare»

Turkcha shirinlik deganda shirin, yumshoq, yong’oqli va qiyomli pishiriq xayolga keladi. «Shekerpare» pechenyesida ham shunday - mayin xamir, bodom va ko’pgina shirin qiyom. Pechenyening o’zi ham, qiyomsiz juda mazali va shirasi kamroq, ham qiyom bilan, ham qiyomsiz ta’tib ko’rishni tavsiya qilamiz.

Ko’p masalliq kerak bo’lmaydi, faqat: un, bug’doy yormasi (mannaya krupa), sariyog’, tuxum, shakar, shakar upasi, suv va limon sharbati.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-turkcha-pechenye-shekerpare/

❓Eng yaxshi ko’rgan turkcha shirinligingiz qaysi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: qovoqchadan lazanya

Agar siz, bizning kabi lazanyani sevsangiz, mana bunday, yengilroq usulini ta’tib ko’rishni tavsiya qilamiz. Xamir o’rniga - qovoqcha, nachinkasi suvli, pishloqli qatlami esa ishtahaochar.

Sizga juda kam masalliq kerak bo’ladi, asosiysi - qovoqcha, mol go’shtidan qiyma, pishloq va tomat pastasi.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-qovoqchadan-lazanya/

Lazanyani yaxshi ko’rasizmi? Uyda tayyorlaganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥩🫕Videoretsept: go’shtli ruletchalar

Chuchvara xohlab qoldingizu, tugishga vaqt yo’q, muzlatgichda ham qolmadi. Bunday holatda yordamga mana bunday to’yimli va mazali taom retsepti keladi. Ta’mi juda ham chuchvaraga o’xshaydi, faqat shakli va tez tayyorlanishi bilan farq qiladi.

Kerakli masalliqlar: tuxum, iliq suv, tuz, o’simlik yog’i, un, qiyma, piyoz, sabzi, kartoshka, tomat pastasi, qora murch.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-go-shtli-ruletchalar/

❓Siz tayyor qiyma sotib olasizmi yoki o’zingiz tayyorlaysizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

Pomidor va burattalik salat.

Bizning bosh muharrir, Irina Salixova, o’z telegram kanalida gohida sevimli taomlari haqida yozadi, va ularning retseptlari bilan bo’lishadi. Bugun sizga ajoyib ko’rinishga ega, mazali, tez tayyorlanadigan salat retsepti haqida aytib beradi.

«Uyda ko’proq salatlar tayyorlashni boshladim. Oralarida sevimlilari ham paydo bo’ldi. Qiziqarli fikrlar va masalliqlar haqida sizga aytib beraman. Salat tez tayyorlanishi men uchun muhim. Shuning uchun, qadamlar juda oson.

Bozordan pomidor sotib olayotganingizda sotuvchidan eng yupqa po’stlog’ligini berishini so’rang. Agar yupqasini topa olmasangiz, po’stlog’idan tozalab oling.

Pomidorni 8-10 bo’lakga kesamiz.

Tarelka o’rtasiga buratta pishlog’ini qo’yamiz. Atrofiga chiroyli qilib pomidor bo’laklarini teramiz. Har bir pomidor ustiga pesto qaylasini surtib, ustidan balzamik krem va zaytun yog’i quyamiz.

Dasturxonga shunday tortib, iste’mol qilishdan oldin burattani tarelkada kesamiz. Juda mazali uyg’unlik - pomidor + burrata + qo’shilgan barcha qaylalar. Agar bunday salat ta’tib ko’rmagan bo’lsangiz, albatta tayyorlang.

Pesto qaylasini barcha katta bozorlarda topish mumkin. Shuningdek, Makro va Korzinka supermarketlarida bo’ladi. Rasmda ko’rsatilgan qaylaning 2 xili bor - parmezan pishlog’i qo’shilgan va rukkola qo’shilgan. Ikkisi ham juda lazzatli. Men parmezanligini sotib oldim. Albatta, pesto qaylasini uyda ham tayyorlash mumkin - retsept bu yerda.

Burrata pishlog’ini har doim Ekobozorda, «Сырный домик» do’konidan sotib olaman. Narxi - 30 000 so’m atrofida. Makro va Korzinkada ham boshqa brendni pishlog’i bor. Men ta’tib ko’rmaganman, u ham mazali bo’lsa kerak.

Balzamik krem - monini. Eng sevgan narsam. Ekobozor yoki Oloy bozoridagi «Рыбное местечко» do’konida aniq bor. Narxi - 40 000 so’m atrofida.

Oxirgi bir-necha yil davomida Borges firmasining zaytun yo’gidan foydalanaman. Korzinkada topish mumkin.

Bu salatni boshqacha qilib bezatish va dasturxonga tortish fikrlari bor, qiziq bo’lsa, albatta, ko’rsataman. Yoz uzun, bu demak balkonda hali ko’p kechki ovqatlar bizni kutmoqda:)»

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍑Videoretsept: beze va o’rikli pirog

Qarsillagan merenga qatlami ostodagi shirin o’rikli nachinka va uqalanib ketadigan xamir. Bu ta’mlar uyg’unligi juda mazali, suvli va yorqin ta’mga ega. Agar o’rik shirin bo’lsa, xamirdagi shakar miqdorini kamaytirish mumkin.

Kerakli masalliqlar: tuxum, shakar, sariyog’, un, qabartma, o’rik, shakar upasi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-beze-va-o-rikli-pirog/

❓Bunday piroglarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…
Подписаться на канал