zirauzuz | Неотсортированное

Telegram-канал zirauzuz - Zira.uz - Lazzat bilan!

2681

⭐Eng sara va ishonchli retseptlar ⭐Foydali va qiziqarli maqolalar ⭐Har kunlik va haftalik taomnomalar Va yana boshqa pazandachilikka oid ko'plab yangiliklar👩‍🍳 Теlefon: +998 78-148-15-55 Chat: t.me/zirauz_chat https://instagram.com/zirauzb

Подписаться на канал

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🌯Videoretsept: meksikancha burrito

Burrito — turli xil nachinka solib bug’doy unidan yumshoq chalpak ichiga o’ralgan meksikancha taom. Nachinka sifatida - qiyma, dukkakliklar, guruch, pomidor, avokado yoki pishloqni ishlatish mumkin. Bu taomni lavash bilan tayyorlash usulini sizga tavsiya etamiz - tez va mazali.

Kerakli masalliqlar: mol go’shtidan qiyma, piyoz, tomat pastasi, bulg’or qalampiri, sarimsoqpiyoz, konservalangan makkajo’xori, qattiq pishloq, salat barglari, tuz, qora murch, va xohishga ko’ra achchiq qalampir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-meksikancha-burrito/

❓Achchiq taomlarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍌Videoretsept: pishirilmaydigan bananli pirog

Tayyorlanishi oson bo’lgan, ayni vaqtda juda chiroyli ko’rinishga va qiziqarli ta’mga ega pirog. Pechenyedan kroshka, banan, qaynatilgan quyultirilgan sut va krem aralashmasi ajoyib uyg’unlik yaratadi. Nachinka va krem juda shirin bo’lganligi sababli, asos uchun shirin bo’lmagan pechenye ishlatishni tavsiya qilamiz.

Kerakli masalliqlar: qumoq pechenye, sariyog’, qaynatilgan quyultirilgan sut, banan, qaymoq, tvorogli pishloq, quyultirilgan sut.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-pishirilmaydigan-bananli-pirog/

❓Pechenyedan asosli pirog tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart

Karamellangan piyoz va qo’ziqorinli tart ham bayram dasturxonini bezatadi, ham oilaviy tushlik uchun to’g’ri keladi. Tayyorlanishi oson va tez, mazasi esa esda qolarli.

Kerakli masalliqlar: shampinyon, piyoz, o’simlik yog’i, sariyog’, balzamik sirka, shakar, tuz, qora murch, xamirturushsiz qatlama xamir, parmezan pishlog’i, petrushka.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-karamellangan-piyoz-va-qo-ziqorinli-qatlama-tart/

❓Odatda shampinyonlar bilan nima tayyorlaysiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍫🥧Videoretsept: mikroto’lqinli pechda shokoladli keks

Mikroto’lqinli pechda juda tez tayyorlanadigan keks retsepti. Uydagilar hoziroq biron-bir pishiriq so’rashganda, bu retsept sizga yordamga keladi. Keks juda yumshoq, ustidagi glazur esa uni yanada mazaliroq qiladi.

Kerakli masalliqlar: un, shakar, kakao, qabartma, sariyog’ yoki o’simlik yog’i, iliq suv, sut, kakao, shakar.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-mikroto-lqinli-pechda-shokoladli-keks/

❓Mikroto’lqinli pechda pishiriq pishirib ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥩🥯Videoretsept: mol go’shtilik mini-vellingtonlar

Vellington mol go’shti - bu qatlama xamir ichida pishirilgan an’anaviy inglizcha taom. Bunday taomning mini variantini sizga taklif qilamiz. Ular juda mazali, antiqa va bayramona ko’rinishga ega.

Kerakli masalliqlar: mol go’shti bon-file qismi, sariyog’, o’simlik yog’i, piyoz, shampinyon qo’ziqorini, xantal, xamirturushsiz oshirma xamir, tuxum, tuz va murch.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-mol-go-shtilik-mini-vellingtonlar/

❓Vellington go’shtini tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🧀Videoretsept: uyda tayyorlangan motsarella pishlog’i

Motsarellani ham salat, ham pitsa, ham buterbrodlar uchun ishlatishadi. U yumshoq ham emas, qattiq ham emas, qatlamlarga ega. Uchta masalliqdan uy sharoitida motsarellani tayyorlab ko’ring - bu juda maroqli, natijada esa mazali pishloq tayyor.

Kerakli masalliqlar: pasterizatsiya qilinmagan sut, 9% sirka, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-uyda-tayyorlangan-motsarella-pishlog-i/

❓Uy sharoitida pishloq tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍓🍮Videoretsept: qulupnay bilan tvorogli toblatma

Qulupnayli qayla ostida mayin ta’mli tvorogli toblatma - mukammal shirinlik. Pishgandan so’ng toblatma biroz cho’kadi, uni qolipdan chiqarishga shoshmang - u juda mayin, butunlay sovushini kuting.

Kerakli masalliqlar: tvorog, tuxum, qaymoq yoki smrtana, shakar, vanil shakari, manna yormasi, qulupnay, suv, makkajo’xori kraxmali.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-qulupnay-bilan-tvorogli-toblatma/

❓Tvorogli toblatmalarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥗Videoretsept: sabzavotli «Пикантный» salat

Salatning nomi uni juda yaxshi tariflaydi - ta’mi juda yorqin, kuchli, biroz achchiq. Sabzavotlar va smetana, xantal, sarimsoqpiyoz, murch aralashmasi juda mazalidir. Bunday tez va oson sabzavotli salatni go’shtli taomlar yoniga yoki tushlik o’rnida iste’mol qilish mumkin.

Kerakli masalliqlar: karam, qizil karam, sabzi, konservalangan makkajo’xori, maribadlangan bodring, smetana, xantal, sarimsoqpiyoz, tuz, murch.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-sabzavotli-pikantnyiy-salat/

❓Sabzavotli salatlarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥞Videoretsept: yaponcha pankeyk

Pechda pishiriladigan bu ajoyib yaponcha pankeyklar ta’mi suflega o’xshab ketadi. Bunday ishib pishishining siri - xamirga ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shilishidadir. Pechdan chiqargandan so’ng ular biroz cho’kib usti yorilishi mumkin, ammo xavotirga o’rin yo’q - ta’miga bu ta’sir qilmaydi.

Kerakli masalliqlar: tuxum, sut, asal, un, shakar, limon sharbati.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yaponcha-pankeyk/

❓Bunday pankey ta’tib ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

📸🥯Batafsil fotoretsept: «Maritotso» italyancha bulochkalari

Limon sedrasi qo’shilgan xushbo’y xamirturushli xamirdan pishirilgan shakar qiyomi surtilgan bulochkalar va mayin ko’pirtirilgan qaymoqli kremdan iborat bulochkalar barchaga yoqishi aniq. Bu betakror ta’mga ega bulochkalarni uy sharoitida tayyorlash oson, ular juda ham yumshoq va me’yorida shirin bo’lib pishadi.

Kerakli masalliqlar: un, Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi, iliq sut, shakar, tuxum sarig’i, zaytun yoki o’simlik yog’i, limon sedrasi, suv, qaymoq, shakar upasi, Dr. Bakers vanilin-intensivi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/batafsil-fotoretsept-maritotso-italyancha-bulochkalari/

❓Qanday nachinkali bulochkalarni ko’proq yoqtirasiz?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🧀🍗Videoretsept: «Kordon Blyu» tovuqli ruletchalari

Mazali go’sht, erigan pishloqli nachinka, xushbo’y dudlangan go’sht - bunday lazzatli uyg’unlik bu ruletchalarda. Yoniga sevimli garnir yoki sabzavotli salat qo’shsangiz foydali tushlik yoki kechki ovqat tayyor.

Kerakli masalliqlar: tovuq filesi, dudlangan mol go’shti, pishloq, tuxum, panirovka uchun non bo’laklari, un, o’simlik yog’i, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-kordon-blyu-tovuqli-ruletchalari/

❓Kechki ovqatga tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍫Videoretsept: 2 ta masalliqdan brauni

Faqat tuxum va shokoladdan tayyorlanadigan brauni - ishonib bo’lmaydi. Biz ham, bu usulni ko’rib ishonmadik va tayyorlab ko’rishga qaror qildik. Natijasi bizni hayron qoldirdi! Brauni juda ajoyib bo’lib pishdi, ta’mi biroz sufle va shirin quymoqni eslatdi, albatta ta’tib ko’rish kerak.

Kerakli masalliqlar: tuxum, shokolad.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-2-ta-masalliqdan-brauni/

❓Tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: chak-chak

Chak-chak — qiyom va qovurilgan kichkina xamir bo’lakchalaridan iborat shirinlik. Bu sharq oshxonasining eng mashxur va sevimli pishiriqlaridan biri, barcha milliy bayramlarda dasturxon bezagi hisoblanadi.

Kerakli masalliqlar: tuxum, un, soda, tuz, «Blanc Bleu» gazlanmagan mineral suvi, shakar, limon sharbati, o’simlik yog’i.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-chak-chak-2/

❓Chak-chakni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍞Videoretsept: yaponcha sutli non «Xokkaydo»

Uqalanmaydigan va qatib qolmaydigan yumshoq, mayin va havodor pishiriqdir. Nonning ta’mi ko
proq bulochkaga o’xshaydi, biroz shirin, ustiga sariyog’ surtib iste’mol qilish uchun mukammal tanlov. Bu nonni tayyorlashda «Tan Djun» nomli qaynatma non tayyorlash texnikasidan foydalaniladi - ajoyib va oson.

Kerakli masalliqlar: iliq suv, un, tuxum, iliq sut, sariyog’, shakar, quruq xamirturush, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yaponcha-sutli-non-xokkaydo/

❓Uyda non pishirasizmi yoki faqat sotib olasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍪🎁Videoretsept: syurprizlik pechenyelar

Ichida syurprizlik qumoq pechenyelarni xohishga ko’ra bezatish mumkin. Ularni ham dumaloq, ham boshqa shaklda pishirish mumkin. Ularning qiziqarli qismi, ichidagi qandolat bezagidadir. Ayniqsa, bolajonlar bunda «musiqali» pechenyelarni sevadi😍

Kerakli masalliqlar: sariyog’, shakar upasi, vanil shakari, tuxum, un, makkajo’xori kraxmali, qandolat bezaklari, limon sharbati, ozuqa bo’yoqlari.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-syurprizlik-pechenyelar/

❓Tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥯Videoretsept: o'rikli bulochkalar

Yumshoq, havodor, xushbo’y abrikosli mazali va chiroyli shakldagi bulochkalar. Xohishga ko’ra nachinkasiga boshqa meva yoki rezavor mevalar ishlatish mumkin, ammo suvli mevalarni ishlatishni tavsiya etmaymiz.

Kerakli masalliqlar: sut, quruq xamirturush, shakar, smetana, sariyog’, tuxum, un, abrikos, shakar upasi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-o-rikli-bulochkalar/

❓Abrikosli pishiriqlarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: qaymoqli qayla ostida tovuq va sabzavotlar

Qaymoq va pishloqli qayla ostida sabzavotlar va ziravorlar bilan dimlangan mayin tovuq filesi - foydali tushlik uchun ajoyib tanlov. Uni sevimli garnir bilan yoki alohida taom sifatida dasturxonga tortish mumkin.

Kerakli masalliqlar: tovuq filesi, qovoqcha, sabzi, sarimsoqpiyoz, qaymoq, motsarella pishlog’i, tuz, qora murch, paprika, sariyog’.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-qaymoqli-qayla-ostida-tovuq-va-sabzavotlar/

❓Qanday garnirni yaxshi ko’rasiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: jigarli nachinkali kartoplyaniklar

Kartoplyaniklar - kartoshka pyuresidan turli-xil nachinkalik o’rtacha kotletalardir. Biz nachinka sifatida jigarni ishlatdik, ammo nachinkasiga istagan narsani qo’shishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar: kartoshka, tuxum, un, tuz, qora murch, qizil paprika, mol jigari, piyoz, sariyog’, rozmarin, qaymoq, o’simlik yog’i.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-jigarli-nachinkali-kartoplyaniklar/

❓Jigarli taomlarni yoqtirasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥑Videoretsept: avokadolik «Yashil ma’buda» salati

Bu juda ham foydali salatning asosiy siri - zapravkasidadir. Salatning masalliqlarini o’zgartirish mumkin - boshqa ko’kat va sabzavotlar, pishloq qo’shish mumkin. Qomati haqida qayg’urganlarga, ayniqsa, yoqadi.

Kerakli masalliqlar: karam, bodring, avokado, limon sharbati, petrushka yoki kashnich, zaytun yog’i, suv, yong’oq, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-avokadolik-yashil-ma-buda-salati/

❓Avokado yaxshi ko’rasizmi? Uni tanlashni bilasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥒🥗Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan oson salat

Atigi 2 ta masalliq va smetana va xantal asosidagi zapravkaning ajoyib uyg’unligi. Salatning ta’mi juda yengil va yaxna. Uni ham alohida, ham asosiy taom oldiga tortish mumkin.

Kerakli masalliqlar: qisqichbaqa tayoqchalari, bodring, yogurt yoki smetana, xantal donalari, zaytun yog’i, tuz, qora murch, kunjut.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-qisqichbaqa-tayoqchalaridan-oson-salat/

❓Qisqichbaqa tayoqchalaridan salatlarni yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍕☀️Videoretsept: «Oftob» pitsasi

O’rtasida ko’pgina erigan pishloqli quyosh shaklidagi ajoyib pitsa. Bunday shakldagi pitsaning chetlari yeyilmagan qolmaydi. Yaxshi eriydigan pishloq tanlashni tavsiya qilamiz, chunki erigan cho’ziluvchan pishloq, bu retseptning siri.

Kerakli masalliqlar: qatlama xamir, tomat pastasi, dudlangan kolbasa, suluguni yoki motsarella pishlog’i, tuxum va suv.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-oftob-pitsasi/

❓Pitsa yaxshi ko’rasizmi? Qaysi nachinka eng yaxshi ko’rganingiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥞Videoretsept: sinnabon-pankeyklar

Barcha sinnabon - ustida glazurlik dolchinli bulochakalarni biladi. Ammo bulochka tayyorlash uchun ko’p vaqt kerak, shuning uchun sizga ta’mi va ko’rinishi mashhur bulochkalarga o’xshash pankeyk retseprini tavsiya qilamiz. Ularni nonushtaga tayyorlash mumkin.

Kerakli masalliqlar: sut, tuxum, sariyog’, shakar upasi, un, qabartma, tuz, shakar, dolchin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-sinnabon-pankeyklar/

❓Siz nimani tanlaysiz: pankeyk yoki sinnabon?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍝Videoretsept: pomidor-qaymoqli qaylalik pasta

Restorandagi kabi ko’rinishga ega tez tayyorlanadigan taom - pomidor-qaymoqli qaylalik pasta. Agar pomidorlik yoki qaymoqlik qaylalar orasida tanlayolmasangiz, mana bu ikki ta’m uyg’unligi sizni hayratda qoldiradi. Pomidorlar nordonligini qaymoq va pishloq bosadi.

Kerakli masalliqlar: pasta, piyoz, sarimsoqpiyoz, tomat qaylasi, o’simlik yog’i, qaymoq, motsarella pishlog’i, tuz, qora murch, quritilgan rayhon.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-pomidor-qaymoqli-qaylalik-pasta/

❓Pasta uchun souslardan qaysi biri siz uchun eng sevimli?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥Videoretsept: «Filadelfiya» pishlog’ini uyda tayyorlash usuli

Tvorogli pishloq mayin ta’mga ega bo’lib, undan buterbrod, pishiriq uchun krem, issiq ovqatlar, salatlar va chizkeyk tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Do’konlarda tvorogli pishloq turlari juda ko’p, biz esa uni uy sharoitida tayyorlab ko’rishni taklif qilamiz.

Sizga faqat smetana, tuz va limon sharbati kerak bo’ladi, natijasi esa do’kondagidan qolishmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-filadelfiya-pishlog-ini-uyda-tayyorlash-usuli/

❓Qaysi tvorogli pishloqni ko’proq sotib olasiz? Uyda tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍫Videoretsept: yong’oq va shokolad pastali rulet

Shokoladli rulet — juda ham chiroyli pishiriq. Shokolad pastasi va yong’oq bo’lakchalari yumshoq xamir bilan o’ralib, barchani o’z ta’mi va chiroyi bilan o’ziga jalb qiladi.

Kerakli masalliqlar: un, Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi, iliq sut, shakar, sariyog’, tuxum, Dr. Bakers vanilin-intensiv, shokolad pastasi, yong’oq, suv, tuz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-yong-oq-va-shokolad-pastali-rulet/

❓Shokoladli pishiriqlarni yaxshi ko’rasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍜Videoretsept: tuxumli ramyon

Ramyon — butun dunyoga mashxur yapon taomi. Bu mazali va to’yimli sho’rva asosida bulyon, lapsha, tuxum va ko’k piyoz. Qolgan masalliqlarni ta’bga ko’ra qo’shish mumkin.

Kerakli masalliqlar: mol go’shti, suv, sarimsoqpiyoz, zanjabil, ko’k piyoz, bulg’or qalampiri, tuxum, ramyon uchun lapsha, soya qaylasi, o’simlik yog’i, tuz va shakar.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-tuxumli-ramyon/

❓Ramyon sizga yoqadimi? Uyda tayyorlab ko’rganmisiz?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

📸🎂Batafsil fotoretsept: «Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» torti

«Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» — bu quyultirilgan sut asosidagi qatlamlar va tvorogli pishloq, maskarpone va quyultirilgan sut asosidagi kremdan iborat tort.

Bu retseptda biz Dr. Bakers mahsulotlaridan foydalandik — bu biz sevib ishlatadigan Dr. Oetker pishiriqlar uchun mahsulotlarining yangi nomi. Brendning nomi o’zgargan bo’lsada, sifati o’sha-o’sha baland darajada qoldi. Qadoqlar dizayni ham o’zgarmadi, shuning uchun Dr. Bakers mahsulotlarini osonlikcha do’konlarda topishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar: tuxum, quyultirilgan sut, Dr. Bakers qabartmasi, un, tvorogli pishloq, maskarpone pishlog’i, Dr. Bakers vanil shakari.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 130 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/batafsil-fotoretsept-molochnaya-devochka-yoki-sutli-qiz-torti/

❓Uyda tort tayyorlaysizmi yoki sotib olasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍎Videoretsept: olma va yong’oqli rulet

Bu shirinlikdagi karamellangan olma, havoli biskvit, mayin krem va yong’oqlarning ajoyib uyg’unlikli hayratda qoldiradi. Olmalar uni yanada shirin qilsa, yong’oq bu shirinlikni biroz bosib, balans hosil qiladi.

Kerakli masalliqlar: olma, limon, shakar, makkajo’xori kraxmali, yong’oq, tuxum, shakar, un, Dr. Bakers qabartmasi, o’simlik yog’i, tvorogli pishloq, qaymoq, shakar upasi, Dr. Bakers vanil shakari.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 80 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-olma-va-yong-oqli-rulet/

❓Mevali desertlarni yoqtirasizmi?

Reklama huquqi asosida.

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🥬Videoretsept: ko’katli bichak somsa

Bichak somsa — yupqa xamirdan ko’katli to’rtburchaklar. Bu somsa pechda emas, tovada qovurib tayyorlanadi. Nachinka tarkibiga xohishga ko’ra sevgan ko’katlaringizni qo’shishingiz mumkin. Bahoriy tushlik uchun a’lo tanlov.

Bu somsani tayyorlashimizni instagram sahifamizda bir kuzatuvchimiz iltimos qildi, agar biron bir taomni bizning saytimizda ko’rishni istasangiz - kommentariyalarga yozing👇

Kerakli masalliqlar: suv, tuz, o’simlik yog’i, un, ko’k piyoz, ismaloq, qizil lavlagi barglari, piyoz, tu, murch, zira, sabzavotli ziravor.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-ko-katli-bichak-somsa/

❓Ko’k somsani yaxshi ko’rasizmi?

Читать полностью…

Zira.uz - Lazzat bilan!

🎥🍳🥬Videoretsept: ismaloq va feta pishloqli toblatma

Bunday toblatma — ko’katlar mavsumida har kungi taomnomaga yangiliklar qo’shish uchun a’lo tanlov. ЗTuxum qo’shilganligi sababli, u to’yimli, ismaloq esa uni foydali qiladi. Nonushta uchun mukammal, asosiysi - toblatma issiqligida, tuxum sarig’i suyuq, pishloq erigan bo’lganida iste’mol qilish kerak.

Kerakli masalliqlar: ismaloq, qaymoq, tuxum, feta pishlog’i, tuz, tost uchun non, o’simlik yog’i.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

Tayyorlash usuli: https://zira.uz/uz/recipe/videoretsept-ismaloq-va-feta-pishloqli-toblatma/

❓Tayyorlab ko’rasizmi?

Читать полностью…
Подписаться на канал