zavuchlardan | Неотсортированное

Telegram-канал zavuchlardan - O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

586

Xalq ta'limi xodimlari uchun maxsus kanal! 🇺🇿Ta'limga oid O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 🎓O'zbekiston Respublikasi MMT Vazirligining buyruqlari 📚 Zaruriy hujjatlar to'plami muhim siz uchun keraklilari

Подписаться на канал

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Bilasizmi

Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?


Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Yangi tartibga ko'ra pedagoglarga malaka toifa berish tartibi bo'yicha quyidagi o'zgarishlar amalga oshirildi:

Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan bo'ldi;

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan bo'ldi;

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan bo'ldi.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Vazir ustamasi yillik kvotasining 92 foizi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun ajratiladigan bo'ldi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-dekabr 576-sonli buyrug'i bilan vazir jamg'armasi hisobidan 2024-2025-o'quv yilida pedagoglarni qo'shimcha rag'batlantirish to'g'risida ko'rsatma berildi.

Buyruqqa ko'ra vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustama to'lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan soni ya'ni — yillik kvota belgilanadi.

Bunda yillik kvotaning 92 foizi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga va 8 foizi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablari pedagog kadrlariga ajratilishi belgilandi.

Masalan, bu yil ham vazir jamg'armasi hisobidan ustama oladigan pedagoglar uchun yillik kvota 2000 ta belgilansa, shuni 160 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktab o'qituvchilariga, 1840 tasi esa vazirlik tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilariga beriladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili kvotalar 2000 nafar etib belgilangan bo'lib, shundan 1697 nafar nomzod vazir ustamasiga tavsiya etilgan.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Direktor o'rinbosarlarining barchasi 100 foiz offlayn shaklda malaka oshiradi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlangan.

Unga ko'ra direktorning ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshirishi belgilandi.

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda, 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilandi.

Ma'lumot uchun:

Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (offlayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi "Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasida" (onlayn), 30 foizi pedagogika yo'nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta'lim tashkilotida malaka oshiradi.

Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

CHQBT rahbarlarining malaka oshirish shakli haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. (o'zgarishlar bor)

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Sõragan_edingiz

Kimlar vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga da'vogarlik qilishi mumkin?


Vazir jamgʻarmasidan beriladigan ustama yoki mukofot pullariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar daʼvogarlik qilishi mumkin.

Quyidagilar malakali pedagog kadrlar hisoblanadi:

➖oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlar;

➖oʻquvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagog kadrlar.

Quyidagilar maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar hisoblanadi:

➖taʼlim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan rahbar kadrlar, psixolog va kutubxonachilar;

➖oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoki oʻz mahorat maktabini tashkil qilgan metodistlar;

➖respublika boʻyicha tashabbus koʻrsatgan, ishlari respublika va xalqaro miqyosda ommalashgan yoki maktab taʼlimi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar.

Demak xulosa shuki, vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga malakali pedagog kadrlar hamda ilgʻor xodimlar toifasiga kiruvchilar daʼvogarlik qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bu yil Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun ham alohida kvota ajratilmoqda.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Ingliz tili bo'yicha qiziqarli va foydali videodarslarini kuzatib borishni tavsiya qilamiz

@shohruhmuallim o'zining shohruxihtiyorovich">YouTube sahifasida ingliz tili bo'yicha qiziqarli va foydali videodarslarini joylab bormoqda. Ushbu sahifani kuzatib borishni tavsiya qilamiz.

▶️ shohruxihtiyorovich" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@shohruxihtiyorovich

👉@xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

❗️Мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги ходимлар учун яхши янгилик.

2030 йил 1 январга қадар мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги муассаса ва ташкилотларнинг (вазирлик марказий аппарати ва унинг ҳудудий бўлинмаларидан ташқари) бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан амалга ошириладиган иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларга ижтимоий солиқ ставкаси 1 фоиз миқдорида белгиланади.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 29 декабрдаги ПФ-221-сонли фармонининг иловаси 6-банди.

Мазкур Фармон 2023 йил 29 декабрдан кучга кириб бўлган.

Демак, давлат мактаблари ва боғчаларига хизмат кўрсатувчи бухгалтерлар бу янгиликдан ҳозироқ хабардор бўлишлари керак. Уларга юбориб қўямиз.

👉@yuristkadr

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

ММТВ нинг 28.12.2023 йилдаги
"Мактаб ва мактабгача таълим тизимидаги таълим ташкилотлари раҳбар, мутахассис ва педагог кадрларининг 2024 йил учун малака ошириш курсларида ўқитиш режаларини тасдиқлаш хақида" ги 577-сонли буйруғи
/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

✅29.12.2023-yil. Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 17.09.2021-yildagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

➖ Unga ko‘ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;
➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Табиий фанларни интернетсиз ўргатадиган PheT платформаси ўзбек тилида (+видео)

Мазкур платформадан бир ярим миллиард нафарга яқин инсон фойдаланган.

📽
https://uza.uz/posts/555009

Батафсил:
https://uza.uz/posts/555009

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

MMTV ning 2023-y. 14-dekabrdagi Yangi yil bayramini o‘tkazish to‘g‘risidagi
06-06/3-3389-sonli xati /channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Ўқувчилар учун онлайн олимпиадалар давом этади! Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ташаббуси билан
2023 йил 15-26 декабрь кунлари математика, физика, кимё, биология, она тили ва адабиёт ва инглиз тили фанларидан 4-11 синф ўқувчилари ўртасида, қўйидаги график асосида ўтказилади:
4-11 синф ўқувчилари тизимдан рўйхатдан ўтиб онлайн олимпиадаларда иштирок этишлари ва ўз билимларини синаб кўришлари мумкин.
Олимпиадада иштирокчиларга 20 та тест топшириқлари тақдим қилинади ва уларни бажариш учун 1 соат вақт ажратилади.
Онлайн олимпиадаларда иштирок этиш учун ўқувчилар ушбу ҳавола орқали https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn рўйхатдан ўтиши шарт!
Олимпиада натижалари ва QR-кодли иштирокчи сертификатларини ўқувчилар соат 23:00 дан кейин тизимда кўришлари ва юклаб олишлари мумкин бўлади.
Ўқувчилар онлайн олимпиадаларда кун давомида соат 10:00 дан 19:00 га қадар иштирок этишлари мумкин.
Онлайн олимпиадаларда иштирок этиш мутлақо бепул.

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

ММТВ нинг 26-10-2023 йилдаги "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танловини ўтказиш хақидаги
/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

СИЗ УЧУН ФОЙДАЛИ!!!

Умумий ўрта таълим мактаблари фаолиятини ташкил этиш бўйича асосий норматив ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати:

1.
Таълим тўғрисида Қонун

2. Умумий ўрта таълим тўғрисида Низом

3. Давлат хизматлари
- 1-синф онлайн қабул;
- ўқувчини бир мактабдан бошқа мактабга онлайн кўчириш;
- чет эл фуқаролари фарзандини мактабга қабул;
- экстернат имтиҳон;
- дубликат шаҳодатнома
кўрсатиш бўйича Регламент

4. Ўқувчилар ҳаракати
- ўқувчини бир мактабдан бошқа мактабга ўтказиш;
- ўқувчини хорижий давлатдаги таълим муассасасига ўтказиш;
- хорижий давлатда таълим олган Ўзбекистон Республикаси фуқаросини мактабга ўтказиш)
тўғрисида
Низом

5. Якуний давлат аттестацияси тўғрисида Низом

6. Мактаб битирувчиларига шаҳодатнома бериш Тартиби

7. Мактаб битирувчиларига олтин ва кумуш медал бериш Тартиби

8. Педагогик кенгаш тўғрисида Низом

9. Синфларни комплектлаш ва тарификация Низоми

10. Педагогик мутахассисликларнинг намунавий йиллик иш режасини шакллантириш Тартиби

Манба

Каналга аъзо бўлиш  I  Савол юбориш I Муҳокама гуруҳи I kundalik.com бўйича видеоқўлланмалар

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Bayram muborak aziz ,uztozlar!

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

✅Direktorlar kengashi to‘g‘risida NIZOM

✅Direktor lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazish tog‘risida TARTIB

✅Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining malaka tavsiflari

✅Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari lavozimiga nomzodlarni ochiq tanlov asosida saralash va lavozimga tayinlash SXEMASI

✅Direktorlar kengashi RO‘YXATI

Kanalga ulaning👉
http://t.me/kquvonchbek

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Вазир жамғармаси устамасига даъвогарлар учун фанлар спецификацияси

➡️ https://idum.uz/ru/archives/17496

————————————

Спецификация предметов для претендентов на получение надбавки фонда министра народного образования

➡️ https://idum.uz/ru/archives/17496


✅ @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

CHQBT rahbarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi

2024-yil 15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) Toshkent davlat pedagogika instituti, Farg'ona davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida malaka oshirishadi.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kursi o'qitish rejasida CHQBT rahbarlari kiritilmagan.

Belgilangan tartibga ko'ra ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarorida qayd etilgan.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

O'qituvchilarning diagnostika test natijalarida yiqqan ballariga ko'ra qanday shaklda malaka oshirishi ma'lum bo'ldi

4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlandi.

❕Shuningdek, o'qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko'ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:

➖ 76-100 ball natija ko'rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);

➖ 56-75 ball natija ko'rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o'quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);

➖ 31-55 ball natija ko'rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);

➖ 0-30 ball natija ko'rsatgan pedagoglar to'rtinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi.

Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.


🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

MMTV

👉@xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Sõragan_edingiz

Qaysi toifadagi fan o'qituvchilariga 70 foizlik ustama beriladi va bu qachondan boshlab kuchga kiradi?


Pedagog xodimlarga malaka toifasi berishning yangi tartibiga ko'ra xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish yo'lga qo'yilmoqda.

Pedagoglarga 70 foizlik ustama berish qachondan boshlanadi?

Ushbu tartibni yo'lga qo'yish uchun birinchi navbatda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar pedagoglarga malaka toifasi berish tizimini xalqaro e'tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o'tkazishi kerak.

Shundan keyingina xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga 2025-yil yanvar oyidan boshlab bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash boshlanadi.

70 foizlik ustama faqat chet tili fani o'qituvchilariga beriladimi

Yo'q, bunday emas. Katta ehtimol bilan ushbu 70 foizlik ustamalar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati qo'lga kiritgan barcha pedagog xodimlarga beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori tasdiqlangan ilovada alohida pedagoglar qatlami belgilanmagan. Demak bu barcha pedagoglar uchun tatbiq qilinadi.

Bizningcha, 2025-yil 1-yanvarga qadar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish tartibi bo'yicha yana alohida qo'shimcha hujjat imzolanadi.

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING
BUYRUGʻI
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan
2024-2025-oʻquv yilida pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish
toʻgʻrisidagi 576-sonli buyrug‘i
2023-yil 27-dekabr
/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

ММТВ нинг 15.12.2023 йилдаги 02-02/5-2063 сонли хати
7-8 синф ўқувчилари ўртасида "Ал-Хоразмий" фан олимпиадаларини ўтказиш тўғрисида
/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 692-sonli qarori

⏳2023-yil 29-dekabr

📜Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 17.09.2021-yildagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

©️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Manbaa

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Кунлардан бирида  ўқитувчи Шалва Амонашвили хонада йиғилган ҳамкасб ўқитувчилардан сўради: "20 дақиқа кечиккан бола синфга кирганда нима қиласиз?"
Ўқитувчилар ўз вариантларини таклиф қилишди:" синфдан чиқ"," кундаликни бер","ўтир, дарсдан кейин гаплашамиз"... Шалва Александрович бу жавоблардан хафа бўлади.

У шундай деди: "бола кирганида, мен чин юракдан:"Салом, болам, илтимос,жойинга ўтир, биз сенсиз дарс бошлай олмадик, биз сени кутдик", деб айтардим.  Шундай қилиб, уч, тўрт, беш марта... ва бола кечикишни тўхтатади. Бунда боланинг психологияси: агар у ўзини бирон бир жойда албатта севилишини ҳис қилса,  у ерда қадрли, шахс сифатида ҳурматга сазовор бўлса, у ҳеч қачон у ерга кечикмайди".

Шалва Амонашвили еттинчи синфгача икки баҳога ўқиган ,аммо мактабни олтин медал билан тугатган, бу эса мактабга  янги  келган ёш грузин тили ўқитувчисининг  болаларга ҳурмат билан муносабатда бўлиши ва ўқишга муҳаббат уйғотиши сабаб бўлган .

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Директорлар_кенгаши

✅ Maktab ta’limiga doir muhim islohotlardan biri sifatida joylarda “Direktorlar kengashi” tashkil etilayotganligidan xabaringiz bor. Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat? Kengash faoliyatining direktorlarni tanlash va malakasini oshirishdagi vakolati qaysi mezonlarda aks etadi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbоsari Hasanxon Husanovning “Madaniyat va ma’rifat” telekanali muxbiri savollariga bergan javobida bu jihatlarga alohida e’tibor berilgan.

Shuningdek, muloqot davomida:

➖“Direktorlar kengashi”ni tashkil etishdan maqsad nima, bunga qaysi zaruratlar asos bo‘lmoqda;

➖“Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Unga maktablar boshqaruvini tashkil etishda qanday vakolatlar berilmoqda;

➖Kengash a’zolari qaysi mezonlarga asosan tanlanadi, tanlov tamoyillari nimalardan iborat;

➖"Direktorlar kengashi" maktab direktorlariga o‘z faoliyatini tashkil etishda qanday ko‘mak beradi kabi mavzuga doir muhim savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Tabriknoma

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlari, aziz ustoz va murabbiylarni davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan qutlaydi.

Xalqimiz faravonligi va tinchligimizning huquqiy tayanchi bo‘lgan Bosh qomusimiz har birimiz uchun hayotiy va kasbiy yo‘limizni yoritguvchi mayoq bo‘lish bilan bir qatorda katta iftixor va g‘urur bag‘ishlaydi.

Soha xodimlarini yana bir bor ushbu muhim bayram sanasi bilan tabriklaymiz.

Bayram muborak bo’lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

⚡️⚡️O‘qituvchilar uchun mezon asosida baholash tizimi bo'yicha BEPUL ekspress kurs

Mazkur kurs Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-markazi ko‘magida yaratilgan.


Kurs 60 daqiqa davom etadi va beshta tematik moduldan iborat:
➖Formativ baholash;
➖Sinf ishi va uy vazifasi;
➖Summativ baholash;
➖Summativ ish turlarini qo‘shish;
➖Summativ ishlarni tahrirlash va o‘chirish;
➖Choraklik, yarim yillik, yillik yakuniy baholarni hisoblash tartibi.
➖“eMaktab” tizimida pedagog ishini avtomatlashtirish imkoniyati.

👉Video
👉Kursga havola
____

⚡️БЕСПЛАТНЫЙ экспресс-курс для учителей по критериальной системе оценива
ния

Создан при поддержке Центра педагогического мастерства и международного оценивания при Агенстве специализированных учебных заведений 👩🏻‍🏫

Курс длится всего 60 минут и состоит из пяти тематических моду
лей:
➖Формативное оценивание;
➖Работа на уроке и домашние задания;
➖Суммативное оценивание;
➖Добавление типов суммативных работ;
➖Редактирование и удаление суммативных работ;
➖Порядок расчета итоговых оценок за четверть, полугодие, год;
➖Возможности автоматизации работы педагога в системе eMaktab.

👉Видео-инструк
ция
👉Ссылка на
курс

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#videoqo'llanma

📹UzASBO dasturiy majmuasi (
zp.uzasbo.uz sayti)da o'qituvchilarga soat biriktirish videoqo'llanmasi

Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Агар устоз бўлмаса...

Юлдузларимиз бу жумлани тўлдиришди.

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Abituriyentlar mandatni 6 xil usulda bilib olishlari mumkin

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” boʻlimiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari boʻyicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

➡️ @e_dtm_mandatbot
➡️ @e_dtm_mandat1bot
➡️ @e_dtm_mandat2bot
➡️ @e_dtm_mandat3bot
➡️ @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali: abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi.

my.uzbmb.uz saytidagi natijalar shunday ko‘rinishda bo‘lsa:
🟩yashil rang — davlat granti;
🟨sariq rang — toʻlov-kontrakt;
🟥qizil rang  — talabalikka tavsiya etilmagan boʻladi.

Manba

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…
Подписаться на канал