zavuchlardan | Неотсортированное

Telegram-канал zavuchlardan - O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

586

Xalq ta'limi xodimlari uchun maxsus kanal! 🇺🇿Ta'limga oid O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 🎓O'zbekiston Respublikasi MMT Vazirligining buyruqlari 📚 Zaruriy hujjatlar to'plami muhim siz uchun keraklilari

Подписаться на канал

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24 avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Ассалому алайкум, хурматли узтозлар!
Улуғ айъём Қурбон ҳайитингиз  қутлуғ ва муборак бўлсин..!

Аллоҳ таоло  ўтган кунларда қилган тоат-ибодатларингизни қабул қилсин. Улуғ Раббимиз қалбингизга шодлик, юзингизга нур, хонадонингизга барака, фарзандларингизга, барча яқинларингизга ва сиз севган инсонларга омонлик, сиҳат-саломатлик, Исломга мувофиқ осуда ҳаёт берсин. Келаси йилларда ҳам амалда собит, иймонда зиёда бўлиб шу байрамни қайта-қайта нишонлашни Аллоҳ барчаларимизга насиб қилсин.🤲 Улуғ айём Қурбон ҳайитингиз қутлуғ бўлсин!

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

✅ O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 10-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Manba : Ta’lim nazorati rasmiy kanali

©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Мактаб директорига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш ҳуқуқи берилади

Шунингдек,
фармонга кўра, 2023 йил 1 сентябрдан:

▫️туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг мактаб фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатлари бекор қилинади;

▫️ҳудудларда энг тажрибали мактаб директорларидан иборат Директорлар кенгашлари тузилади;

▫️мактаб директорлари Директорлар кенгаши тавсиясига асосан ҳудудий бошқармалар томонидан очиқ танлов асосида лавозимга тайинланади.

📋 2024 йил 1 январдан мактаб директорларини ҳар 5 йилда бир маротаба касбий сертификациялаш тизими жорий этилади.

❕Бунда, сертификациядан ўта олмаган директорлар белгиланган тартибда лавозимидан озод этилади.

🔘 Фармонга мувофиқ, қуйидагилар бекор қилинади:

🔸маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарларини лавозимга тайинлашда туман (шаҳар) маънавият ва маърифат маркази томонидан тавсия бериш амалиёти;

🔸жисмоний тарбия фани ўқитувчиларини ишга қабул қилишда спорт соҳасидаги ваколатли давлат органининг ҳудудий бўлимлари ҳамда спорт мактаблари методистлари томонидан йўлланма бериш тартиби.

✅ 2024 йил 1 январдан:

▫️бола туғилганидан сўнг, доимий яшаш манзилидаги микроҳудудга бириктирилган мактабда онлайн ҳисобга қўйилади;

▫️мактабларнинг ҳар ўқув йили учун қабул режаси my.maktab.uz электрон платформасида шакллантирилади.

➡️ Шунингдек, 2023/2024 ўқув йилидан “Сирдарё тажрибаси” асосида ҳар битта ҳудудда биттадан замонавий “Баркамол авлод” болалар мактаблари ташкил қилинади.

Манба

👉Xalq ta'limi Info

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

IT бўйича раҳбар ўринбосарлари махсус курсларда ўқитиладиПрезидент қарори

2024 йил 1 апрелдан давлат органлари ва ташкилотлари раҳбарларининг рақамлаштиришга масъул ўринбосарлари ва ходимлари рақамлаштириш соҳасидаги қоидалар ва қонунчилик талаблари бўйича “ҳаёт давомида таълим олиш” тамойили асосида ўқитилади.

Бунда ўқувлар махсус ахборот платформаси орқали ташкил этилади.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

2023/2024 ўқув йилидан 1-синф ўқувчилари учун «Информатика ва ахборот технологиялари» фани жорий этилади.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Умумий ўрта таълим муассасалари учун 2023-2024 ўқув йилига мўлжалланган таянч ўқув режаси тасдиқланди.

2023 йил 15 май
@zavuchlardan

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

/channel/c/1218099928/6471

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi.

🔹 O'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etdi.

🔹 Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlandi.

🔹 2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilindi.

🔹 So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirildi.

Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin:

➡️ http://certificate-ommalashtirish.uz/table

⚙️ Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|edurtm_uz">You Tube|Facebook|Instagram

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

☄️Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmasligini, o‘quv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi.

🌐Manba
🔽
/channel/uzedu/21156

Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Hurmatli ustozlar!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda medianing o'rni, rahbar va pedagog xodimlarning media savodxonlik darajasini o'rganish hamda media savodxonlikni rivojlantirish bo'yicha takliflarni shakllantirish orqali ilmiy-tadqiqot olib borish maqsadida MAKTAB DIREKTORLARI VA PEDAGOG XODIMLARI O‘RTASIDA so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

🔖 Mazkur ANONIM so‘rovnoma natijalari tahlilidan umumta’lim maktab direktorlari media kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishda foydalaniladi.

📝 Ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

👇 So‘rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://forms.gle/oFBL1r6CwUNd6da5A

❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#toifakiritish

O'qituvchilarning toifasini kiritish yo'riqnomasi

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#TAVSIYA

- 3-chorakdan boshlab maktabdagi kompyuterlardan samarali foydalanish bo'yicha o'quvchilarimizga tavsiyalar ishlab chiqildi.

Rasmda:
🟢 O'quvchilarimiz o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun foydali ta'lim resurslari ro'yxati
🟢 O'quvchilarimiz shaxsiy rivojlanish hamda qo'shimcha ko'nikmalarni egallashlari uchun foydali ta'lim resurslar ro'yxati.

📝 Ushbu tavsiyalar respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarida informatika sinf xonalaridagi har bir kompyuter yoniga qo'yiladi, o'quvchilarimizga doimiy eslatma bo'ladi.

💻 Aytgancha ushbu ta'lim resurslaridan talabalar ham bemalol foydalanishsa bo'ladi.

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2-sonli buyrugʻi

⏳2023-yil 10-yanvar

📜" Ta'lim tashkilotlarida 2022-2023-o‘quv yilining uchinchi choragida o‘quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilsh to‘g‘risida"

©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

⚡️⚡️Шаҳар ва туманлар қайси тоифага киради?

Президент фармонига мувофиқ 2023 йил 1 январдан бошлаб, Ўзбекистондаги барча — 208 та туман ва шаҳар иқтисодий аҳволидан келиб чиқиб, 5 та тоифага ажратилди. Тоифага қараб бу туманларга солиқ имтиёзлари, субсидия ажратиш тартиби ва тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш чоралари белгиланади.

Туман ва шаҳарларнинг қайси тоифага мансублигини қуйидаги рўйхатдан кўришингиз мумкин.

🔵 Қорақалпоғистон Республикаси

1-тоифа:

2-тоифа: Нукус шаҳри ва Қўнғирот тумани;
3-тоифа: Беруний, Қораўзак, Тахиатош, Тўрткўл, Хўжайли, Чимбой, Элликқалъа;
4-тоифа: Амударё ва Нукус туманлари;
5-тоифа: Бўзатов, Кегейли, Қонликўл, Мўйноқ, Тахтакўпир, Шуманай.

🔵 Тошкент шаҳри

1-тоифа:
барча туманлар;
2-тоифа:
3-тоифа: —
4-тоифа: —
5-тоифа: —

🔵 Андижон вилояти

1-тоифа:
Андижон шаҳри;
2-тоифа: Андижон, Асака ва Шаҳрихон туманлари, Хонобод шаҳри;
3-тоифа: Балиқчи, Булоқбоши, Қўрғонтепа, Олтинкўл ва Хўжаобод;
4-тоифа: Жалақудуқ, Избоскан, Марҳамат ва Пахтаобод;
5-тоифа: Бўстон ва Улуғнор.

🔵 Бухоро вилояти

1-тоифа:
Бухоро шаҳри;
2-тоифа: Когон шаҳри, Когон, Қоровулбозор ва Ромитан туманлари;
3-тоифа: Бухоро, Ғиждувон ва Қоракўл туманлари;
4-тоифа: Вобкент, Жондор, Олот, Пешку, Шофиркон;
5-тоифа: —

🔵 Жиззах вилояти

1-тоифа:
Жиззах шаҳри;
2-тоифа: Ғаллаорол;
3-тоифа: Дўстлик, Зарбдор, Зафаробод, Зомин, Мирзачўл, Пахтакор, Фориш, Шароф Рашидов;
4-тоифа: Бахмал, Янгиобод;
5-тоифа: Арнасой;

🔵 Қашқадарё вилояти

1-тоифа:
Қарши шаҳри;
2-тоифа: Шаҳрисабз шаҳри, Ғузор, Китоб ва Шаҳрисабз туманлари;
3-тоифа: Касби, Косон, Кўкдала, Қарши, Чироқчи ва Яккабоғ туманлари;
4-тоифа: Қамаши, Миришкор, Муборак, Нишон;
5-тоифа: Деҳқонобод.

🔵 Навоий вилояти

1-тоифа:
Навоий шаҳри;
2-тоифа: Зарафшон шаҳри, Кармана, Навбаҳор ва Учқудуқ туманлари;
3-тоифа: Ғозғон, Қизилтепа, Нурота;
4-тоифа: Конимех, Хатирчи;
5-тоифа: Томди.

🔵 Наманган вилояти

1-тоифа:
Наманган шаҳри, Янги Наманган ва Давлатобод туманлари;
2-тоифа: Тўрақўрғон, Уйчи, Учқўрғон;
3-тоифа: Косонсой, Наманган, Поп, Чортоқ, Чуст ва Янгиқўрғон туманлари;
4-тоифа: Норин;
5-тоифа: Мингбулоқ.

🔵 Самарқанд вилояти

1-тоифа:
Самарқанд шаҳри;
2-тоифа: Жомбой, Самарқанд ва Тойлоқ туманлари;
3-тоифа: Каттақўрғон шаҳри, Булунғур, Иштихон, Нарпай, Оқдарё, Пастдарғом ва Ургут туманлари;
4-тоифа: Каттақўрғон, Нуробод, Пахтачи, Пайариқ;
5-тоифа: Қўшрабод.

🔵 Сирдарё вилояти

1-тоифа:

2-тоифа: Гулистон ва Ширин шаҳарлари, Сирдарё тумани;
3-тоифа: Янгиер шаҳри, Мирзаобод ва Оқолтин туманлари;
4-тоифа: Боёвут, Гулистон, Сайхунобод ва Ховос туманлари;
5-тоифа: Сардоба.

🔵 Сурхондарё вилояти

1-тоифа:
Термиз шаҳри;
2-тоифа: Жарқўрғон ва Термиз туманлари;
3-тоифа: Ангор, Денов, Қумқўрғон, Сариосиё;
4-тоифа: Бойсун, Музработ, Узун, Шеробод, Шўрчи;
5-тоифа: Бандихон, Қизириқ, Олтинсой.

🔵 Тошкент вилояти

1-тоифа:
Оҳангарон ва Чирчиқ шаҳарлари;
2-тоифа: Ангрен, Бекобод, Нурафшон, Олмалиқ ва Янгийўл шаҳарлари, Бўстонлиқ, Зангиота, Қибрай, Қуйичирчиқ, Тошкент, Чиноз ва Юқоричирчиқ туманлари;
3-тоифа: Оққўрғон, Оҳангарон, Паркент, Ўртачирчиқ ва Янгийўл туманлари;
4-тоифа: Бекобод, Бўка ва Пискент туманлари;
5-тоифа: —

🔵 Фарғона вилояти

1-тоифа:
Фарғона шаҳри;
2-тоифа: Қўқон ва Марғилон шаҳарлари, Бувайда тумани;
3-тоифа: Қувасой шаҳри, Бешариқ, Боғдод, Данғара, Қува, Қўштепа, Олтиариқ, Риштон, Тошлоқ, Ўзбекистон, Учкўприк ва Фарғона туманлари;
4-тоифа: Фурқат;
5-тоифа: Сўх, Ёзёвон.

🔵 Хоразм вилояти

1-тоифа:
Урганч шаҳри;
2-тоифа: Боғот;
3-тоифа: Хива шаҳри, Гурлан, Тупроққалъа, Урганч, Ҳазорасп, Хонқа, Шовот туманлари;
4-тоифа: Қўшкўпир, Хива ва Янгибозор туманлари;
5-тоифа: Янгиариқ.
/channel/zavuchlardan

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Туман(шаҳар) ММТБ ходимларининг фаолияти самарадорлигини бахолашни такомиллаштириш хамда уларни қўшимча моддий рағбатлантириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисидаги ММТВнинг 27.06.2023 йилдаги 187- буйруғи
/channel/talimxujjatlari

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#qabul 2023

Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
➖talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

Manba

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

😀🚨🚨🚨📣📣📣

Otabek Hakimov jamoasidan ajoyib yangilik ❕❕❕

Boshlang‘ich sinf ustozlari uchun Respublikamizning eng tajribali, mahoratli ustozlari jamlangan

🦄💜🦄🦄🦄💜🦄🦄🦄

🦄🦄🦄🦄🦄🦄💜🦄

💜🦄💜🦄🦄🦄🦄🦄🦄🦄

maktabi tashkil qilindi.

😄Yozgi ta'tildan unumli foydalaning ❕

😄Pedagogik mahoratingizni "Mahoratli ustozlar akademiyasi" yordamida oshiring

😁"Mahoratli ustozlar akademiyasi" aynan siz kutgan tajribalar maskani

😄Darslarimiz 1-iyuldan boshlanadi
Joylar chegaralangan.


Batafsil ma'lumot uchun ⬇️⬇️⬇️
Adminstrator:
📞@hulkaroy1 ga yozing

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

PQ-289-sonli (21.06.2022) qaror 4-bandiga asosan maktabdagi o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilarni OTM hujjat topshirishi uchun ID.gov.uz orqali diplomlarini kiritish bo'yicha

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

❗️2023 йил 1 июндан бошлаб:

▪️тиббиёт муассасалари томонидан туғилганлик бўлимларида қайд қилинганлиги ҳақида QR-кодли маълумотнома берилади ва ушбу маълумотнома гербли гувоҳномага тенглаштирилади ҳамда давлат органлари ва ташкилотлар томонидан қабул қилишни рад этиш қатъиян тақиқланади.

Гувоҳнома эса фуқароларнинг исталган вақтдаги мурожаатларига асосан ФҲДЁ бўлимлари томонидан расмийлаштириб берилади.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

❗️Давлат органлари раҳбарлари рақамли технологиялар бўйича қисқа муддатли курсларда ўқитилади

Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш учун масъул ходимлари малакасини ошириш ва рейтинг баҳолашни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ҳукумат қарори (208–сон, 20.05.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга мувофиқ, 2023 йил 1 июлдан давлат органларининг АКТ соҳасига маъсул ходимлари 3 йилда бир марта малакасини оширади.

Малака ошириш курси 24 соатдан кам бўлмаслиги лозим, курсни таъмомлаган ходимлар икки ойда рейтинг баҳолашдан ўтказилади.

Малака ошириш билан боғлиқ барча харажатлар уларни юборган давлат органларининг маблағлари ҳисобидан қопланади.

▪️2023 йил 1 августдан давлат органларининг биринчи раҳбарлари рақамли технологияларни кенг жорий этиш ва лойиҳаларни самарали амалга ошириш бўйича Давлат бошқаруви академиясида қисқа муддатли курсларда ўқитилади.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

kundalik.com bo'yicha 2022-yilda tayyorlangan koʻrsatmalar va savollar:


1. Qizil zona nima va qanday sabab bilan unga maktablar kirib qoladi?

2. Platformadagi fayllar bilan qanday ishlash kerak?

3. Zoom yordamida Kundalik platformasida video darslarni yaratish

4. Kundalik sayti orqali to‘lovni amalga oshirishda karta ma’lumotlarini kiritish xavfli emas!

5. Kundalik.Smart platformasi orqali onlayn darsga havolani qanday qo‘shish mumkin?

6. Bolada Kundalik.Tracker ilovasida “Anchadan beri tarmoqda emas” maqomi paydo bo‘lsa nima qilish kerak?

7. Sinf bo‘yicha yillik hisobotning bosma talqinini qanday tayyorlash kerak

8. Sinflar bo‘yicha jurnallarning eksporti

9. Sinf bo‘yicha o‘quv yili uchun hisobot hujjatining bosma talqini

10. Jurnalni yuritish bo‘yicha izohlar

11
. “Ma’lumotnoma”dagi fan nomini qanday o‘zgartirish mumkin?

12. Agar xatolik tufayli turli choraklarda bitta fan bo‘yiha turli jurnallar yaratilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

13. Sinf uchun pedkengash buyruqlarini kiritish.

14. Qanday qilib “Kundalik”da bitiruvchi bo‘lgan 9 va 11-sinflarni to‘g‘ri chiqarish kerak.

15. “O‘zlashtirish: Sinflar” hisoboti haqida nimalarni bilish kerak?

16. “O‘zlashtirish: Maktab” hisoboti haqida nimalarni bilish kerak?

17. Qanday qilib yangi sinf yaratish mumkin.

18. Oʼquvchilarni va ota onalarni sinfga import qilish yoʼli bilan kiritish. (Birinchi sinflar uchun eslatma)

19. Kundalik tizimida profil xavfsizligini o'rnatish bo'yicha ko'rsatmalar

20. Kundalik.Smart o‘qituvchilar va o‘quvchilarga qanday yordam beradi?

21. Nima uchun “Pro Kundalik” obuna narxi saytda so‘mda, ilovada esa AQSh dollarida?

22. Nima uchun o‘tgan o‘quv yilida “Kundalik.Family” ilovasiga rasmiylashtirilgan obuna bekor qilindi?

23. “Kundalik” platformasida qarindoshlik rishtalarini qanday qilib qo‘shish mumkin?

24. “Kundalik” platformasidagi profilga kirishni qanday tiklash mumkin?

25. Kundalik.Teacher ilovasi

26. Chorak yakunlanishidan avval jurnallarni to‘ldirish bo‘yicha asosiy fikrlarni eslatib o‘tamiz

27. O‘quvchi reytingi nima va u qanday shakllantiriladi?

28. “Kundalik” obunasi uchun naqd pulda qanday to‘lash mumkin?

29. “Kundalik”dagi profil sahifangizda bildirishnoma paydo bo‘lsa nima qilish kerak?

30. Profildagi elektron pochta yoki telefon raqamini qanday tasdiqlash/o‘zgartirish mumkin?

31. Butun maktab uchun tadbirlarni qanday yaratish kerak?

32. Qanday qilib butun maktab uchun video xabar shaklidagi yozuvni yaratish va havolani biriktirish mumkin?

33. Jurnalni qanday to‘ldirish kerak?

34. Uy vazifasini qanday yaratish kerak?

35. Sinf uchun dars jadvalini qanday yaratish kerak?

Manba

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO'LSIN!!!
Sizni va barcha oila a'zolaringizni bugungi "RAMAZON HAYITI" bayrami bilan murakbod etaman. Sizga va oilangizga sog'lik-omonlik, ikki dunyo saodatidan nasib etishini so'rayman.
Allohim, o'tkan oyda qilingan ibodatlarimizni bu dunyoda hidoyatchi, oxiratda shafoatchi qilsin.Kelasi shu kunlarga bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, do'st-birodar, barcha yaqinlarimizni sog'-omonlikda yetkazsin!

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

Davlat dasturiga ko‘ra
2023-yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman, shaharning bittadan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻquvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi
.

https://kun.uz/70972400 1 сентябрдан 10–11-синф ўқувчилари қизиқишига мос дастурлар асосида ўқитилади – давлат дастури

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

https://www.youtube.com/watch?v=MRy9AsKN8-U&list=PLEG2qtBE3OWFsvJQPFqDb-nKeBNqsPWbc

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

⚡️Расман: Умумий қиймати 5,5 миллиард сўм бўлган, Республика фан олимпиадаси ўтказилади

🇺🇿Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги, PDP University, IT-Park ҳамда “KHISO” олимпиада мактаби ҳамкорлигида, математикадан Республика фан олимпиадаси ўтказилади.

Олимпиада аниқ фанларни ривожлантириш ҳамда ёшларни рақамли технологиялар мутахассислигига йўналтириш мақсадида 10-11-синф мактаб ва лицей ўқувчиларини қамраб олади.

Аризалар 1 февралга қадар махсус платформа (olympiad.pdp.uz) орқали бепул қабул қилинади.

Математика фанидан ўз билимларингизни синаб кўринг ва Республика миқёсидаги ушбу олимпиадада иштирок этиб, билимингиз эвазига муносиб тақдирланинг!

📹Батафсил маълумот юқоридаги видеолавҳада.


🇺🇿 @XTV_CHAT - Методик ёрдам олинг ва беринг

✅ @XTV_UZ - Халқ таълими ўқитувчилари ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун
👇👇👇

/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

​​БАЙРАМ БИЛАН!    Гурухдаги барча эркакларимизни 14 -"Ватан химоячилари куни " йигитлар байрами билан табриклайман.Доимо оилангиз устуни булиб юринг!!!!

Армияга борганлару - бормаганлар,
Қўлга қурол олганлару - олмаганлар,
Қайда бўлса, эл ишидан қолмаганлар,
Байрам билан!

Йигит бўлиб, алпомишдай юрганларим,
Оиласига тоғдек бўлиб турганларим,
Урушларни киноларда кўрганларим,
Байрам билан!

Онасини суяб турган елкаларим,
Опасини ор деб билган укаларим,
Синглисини асрагувчи акаларим,
Байрам билан!

Кураги ер кўрмайдиган полвонларим,
Изидан ҳеч қайтмайдиган арслонларим,
Матонатнинг карвонида сарбонларим,
Байрам билан!

Қайда бўлманг, қаттъиятга қози бўлинг,
Ишқ – муҳаббат куйчисининг сози бўлинг,
Бир дастрўмол, бир пайпоққа рози бўлинг,😊
Байрам билан!

Дилдорига севги изҳор этаётганлар,
Байрам сабаб муродига етаётганлар,
Шу совуқда учрашувга кетаётганлар,😊
Байрам билан! 

Осмонларни кўзлаб турган бургутчалар,
Бир шаҳд билан лов ёнгувчи гугуртчалар,
Олийгоҳу – мактабдаги йигитчалар,
Байрам билан!

Орин осмон, нафсин эса, ер деб билса,
Йўлбарсман деб, ўрмондаги шер деб билса,
Ва қисқаси, ким ўзини эр деб билса,
Байрам билан!

Армияга борганлару - бормаганлар,
Қайда бўлса, эл ишидан қолмаганлар,
Байрам билан!

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

#yangiliklar

Umumta'lim maktab o‘quvchilarining o‘quv yuklamalari kamaytirildi

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga ilovaga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchada haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:

➡️ 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.

➡️ 2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);

➡️ 5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

➡️ 10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

➡️ Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.

Manba

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…

O'TIBDO'lardan_Uyda qoling!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 1-sonli buyrugʻi

2023-yil 6-yanvar

📜" Ta'lim tashkilotlarida qishki ta'tilni uzaytirish to‘g‘risida"

©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Manba

Kanalga a'zo bo'lish  I  Savol yuborish I Muhokama guruhi I kundalik.com bo'yicha videoqo'llanmalar

Читать полностью…
Подписаться на канал