2016-2022 yillarda Oliy ta'lim yo‘nalishidagi islohotlar samarasi
/channel/AOKBToshvil
#hokimlik_hujjatlari
Zangiota tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlariga 2023-yil uchun yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 19/10-136449-son qo’shma xatiga asosan hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasidagi qaroriga asosan belgilandi.
Qarorning to'liq matni ushbu havolada:
https://e-qaror.gov.uz/doc/1118474
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi (D.Mirzaboyeva) va tuman hokimining birinchi o’rinbosari J.Safaraliyev zimmasiga yuklatildi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
toshvil-jko_l">Bosh sahifa | toshvil-jko">Бош саҳифа | mjko">Главная страница
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Zangiota tumani “FAYZ TA‘MIRSOZ” BSK tomonidan 350 p/m yerto‘la qismidagi yotiq hamda tik quvurlar yangisiga toshvil-jko_l/C8VjiBSzbXV">almashtirildi (Foto)
__________________________________
Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси: Зангиота тумани “FAYZ TA’MIRSOZ” БСК томонидан 350 п/м ертўла қисмидаги ётиқ ҳамда тик қувурлар янгисига toshvil-jko/xXGeupjlfPc">алмаштирилди (Фото)
🌐 www.toshvil-jko.uz
|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
#jarayon
#sessiya
✅Shuningdek, Xalq qabulxonasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Zangiota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Yulduz Mirzayeva va Zangiota tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2023-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida Zangiota tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Sh. Nafasovning axboroti tinglandi.
✅Zangiota tuman mahalliy byudjetining 2022-yil ijrosi toʻgʻrisida, Zangiota tuman mahalliy byudjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida Zangiota tuman Moliya boʻlimi mudiri o`rinbosari, Jinoyat va fuqorolik ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudi, Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudlarining 2022-yildagi faoliyati boʻyicha axborotini eshitish toʻgʻrisida Iqtisodiy sud raisi S.Soliyevning, Jinoyat ishlari boʻyicha sud raisi S.Avlaqulov va Fuqorolik ishlari boʻyicha sud raisi S. Zayniyevalarning axboroti eshitildi.
✅“Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi fondi mablagʻlari hisobidan moddiy yordamga muxtoj va kam taʼminlangan fuqarolarga moddiy mablagʻ ajratilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Zangiota tuman xalq deputatlar Kengashi 14-okrug deputati, Adolat SDP deputatlik guruhi raisi X.Xalxodjayevaning hisobotlari tinglandi.
📌Kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
E ʼ L O N❗️
‼️ “Toshkent suv taʼminot” MCHJ Zangiota tuman boʻlimi maʼmuriyati shuni maʼlum qiladiki,
‼️Zangiota tumani ”Fayz“ MFY hududidagi ”Toshgoʻshtkombinati“ hududidagi suv inshooatida elektr energiyasida uzilish sababli 2023-yil 12-fevral soat 11-35da ”Fayz“ MFY yo'nalishini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi ”Toshgoʻshtkombinati“ hududidagi nasos stansiyasi vaqtinchalik to'xtatilganini maʼlum qilamiz . “Turkiston” va “Fayz” MFY hududida ichimlik suvi taʼminotida uzulishlar kuzatiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Zangiota ” Suvtaʼminoti" MCHJ bo'limi ushbu noqulayliklar uchun uzr so'raydi.
☎️Murojaat uchun
+998953404011
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
✅"Zangiota suvta'minoti" bo'limi VU 3-suv ko'tarish inshootida D 160/90 rusumli nasosining 415 podshipnigi singanligi aniqlandi va darhol yangisiga almashtirildi.
✅Shuningdek, Zangiota tuman "Madaniyat" MFY hududidan o'tuvchi d 300mm.li cho'yan quvur va D 50 mm.li quvurdagi nosozlik bartaraf qilindi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi
🔰 Koʻp kvartirali uylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda va ularga tutash yerlarda oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish:
➖ fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (6 mln soʻmdan 9 mln soʻmgacha) miqdorda;
➖ mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 50 baravarigacha (12 mln soʻmdan 15 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Manba
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
TURK QARDOSHIM VA DINDOSHIMGA
Sen mahzun boʻlma!
Negaki, bu olamda barcha jon egasi oʻlajak!
Lekin, kim qanday jasorat ila?
Hamma gap ham aslida mana shunda!
Sen bu musibat ortidan butun olamga chin musulmonlik, oʻzaro bir tanu jonlik neligin ifoda etding.
***
Ishon! Bu hodisadan soʻng Oʻzbek xalqining ham koʻrpasi sovudi. Issigʻi oʻz bagʻridagilarga issiq boʻlib tatimadi.
Negaki, U Sening Qardoshing va Dindoshingdir!
Oʻzbek xalqining odil, oqil va dono Rahbari Sen tomon koʻmakchi Oʻgʻlonlarin yoʻlladi.
Qabul et!
Toki, bu koʻmak oz boʻlsada, alamli darding uchun malham boʻlib, biz uchun ham biroz boʻlsada tasalli boʻlsin...
Aslini olsa, bu musibating qarshisinda Innaa lillaahi va innaa ilayhi roojiʼuun, demoqdan oʻzga munosib chora topa olmadik...
Darding uchun sherikmiz, TURK QARDOSHIM, DINDOSHIM...
✍ Nurali MAVLANOV
“Abu Bakr Siddiq” jome masjidi imom-xatibi.
Oʻzbekiston, Toshkent.
Batafsil o'qishni tavsiya qilamiz❗️
Manba
/channel/Zangiotatumanihokimligi
Mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi
Joriy yil 10-fevralida “Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Manba
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#aholi_murojaati
#qabul
✅ Zangiota tumani hokimligida fuqarolar murojaatlari bo'yicha qabul bo'lib o'tdi.
🔷Aholi murojaatlarini Zangiota tumani hokim o'rinbosari va mutasaddi tashkilot vakillari tinglab muammolar bo'yicha amaliy va yo'naltirilgan yechim topishda ish olib bordilar.
📌Umumiy hisobda 17 nafar fuqaro qabulidan 6 ta muammo joyida hal etildi. Qolganlari jarayonga yo'naltirildi. Aksariyat murojaatlar kadastr, moddiy yordam, bola puli, noqonuniy qurilmalar buzulishi va uy-joy (subsidiya) bo'yicha bo'ldi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#tibbiy_ko'rik
✅Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko'rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlanishi belgilangan.
📌Shunga ko'ra, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish orqali mehnat faoliyatida samaradorlik va natijadorlikka erishishni ta'minlash maqsadida Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasining tor doiradagi shifokorlari tomonidan Zangiota tuman hokimligi xodimlari uchun profilaktik tibbiy ko'rik o'tkazildi.
🔷Aniqlangan kasalliklar bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi va ambulator sharoitda davolanish uchun hududiy oilaviy poliklinikalarga yo'naltirildi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul
#sektor_faoliyati
✅Zangiota tumani 2-sektor hududida Zangiota tumani Xalq qabulxonasi mudiri Yulduz Mirzayeva boshchiligida hamda sektor ishchi guruh aʼzolari ishtirokida “Obod” MFY aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
📌Ushbu qabulda 34 nafar fuqaro qatnashib 18 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 4 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar tegishli tashkilot xodimlariga yo'naltirilib tez kunda bartaraf etilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#press_tur
🔰 Press tur ishtirokchilarning navbatdagi manzili tuman tibbiy turizm salohiyatini koʻtarish borasida munosib hissa qoʻshib kelayotgan "Zangiota Zam-Zam" sihatgohi boʻldi.
🔷Obi Zam-zam suvi hamda tuz gʻori muolajalari taklif etiladigan ushbu sihatgohga nafaqat respublikamizdan, balki qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya, hatto Germaniyadan kelgan bemorlar shifo izlab kelishadi.
⚡️OAV vakillari Press tur yakunida tumandagi muqaddas qadamjolardan biri sanalgan Zangiota ziyoratgohini ziyorat qilishdi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР! ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИ БОШЛАШ ИСТАГИДАМИСИЗ?
❇️ Зангиота тумани Мактабгача таълим бўлими туманимиз ҳудудларида мактабгача таълим ташкилотларига эҳтиёж бўлганлиги сабабли, кўп қаватли биноларнинг 1-қаватида 3, 4 хонали хонадонларда ва ўзингиз яшаб турган ҳовли уйларингизда мактабгача таълим ташкилоти фаолиятини ташкил этишни таклиф этади.
🏘 Оилавий мактабгача таълим ташкилотини ташкил этиш учун Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 30 июлдаги “Оилавий нодавлат мактабгача таълим муассасалари ҳамда оилавий нодавлат мактабгача таълим муассасалари фаолияти бўйича рухсатнома бериш тартиби тўғрисида”ги 595-сонли қарорида кўзда тутилган оилавий нодавлат таълим муассасаларига бир қатор имтиёзлар берилган.
📌 Оилавий мактабгача таълим ташкилоти фаолиятини йўлга қўювчи талабгорлар учун давлат томонидан 50 фоизли имтиёз мавжуд.
☎️ Мурожаат учун телефонлар:
❇️ Туман Мактабгача таълим бўлими:
(99) 861-38-92.
❇️ МТБ ходими: Турсуной Баҳромова:
(94) 667-79-00.
✍️ Зангиота тумани Мактабгача таълим ташкилоти.
https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
#Зангиота_тумани
#Мурожаатнома ижроси
🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлисга мурожаатномасида Ислоҳотларимиз натижалари, бўлаётган ўзгаришлар ва аҳолининг кайфияти аввало маҳаллада сезилади. Шу маънода, “маҳалла – жамиятимизнинг ёруғ юзи ва виждони кўзгуси”, десак, тўғри бўлади. Шунинг учун барча даражадаги раҳбарлар пастга тушиб, ўз соҳаси бўйича маҳаллалардаги муаммоларни ўрганиши ва уларга ечим топиши, одамлар сезадиган натижани таъминлаши шарт.
❇️Сўнгги 3 йилда “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари доирасида 5 миллионга яқин аҳоли яшайдиган 1 минг 200 та маҳалла ва қишлоқлар қиёфаси тубдан ўзгарди. Лекин пандемия туфайли ушбу йўналишдаги ишлар вақтинча тўхтаб қолганлиги юзасидан таъкидлаб ўтилди.
✅Ҳукумат бир ой муддатда 2021 йил учун “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурларини ишлаб чиқиш, тасдиқлаш ва ушбу дастурларни республика ва маҳаллий бюджетлар томонидан тенг улушларда молиялаштиришни назарда тутилиши, шунингдек, бундан буён маҳалладаги ишларнинг аҳволи вазирлик, идоралар ва ҳокимликлар ишини баҳолашда бош мезон бўлиши хақида ҳам тўхтатилиб ўтган эдилар.
📍Шунингдек, маҳалланинг нуфузини, унинг ресурс ва имкониятларини ошириш, ходимларининг моддий таъминотини яхшилаш бўйича дастур ишлаб чиқиш зарурлигини ҳам таъкидлаб ўтдилар.
👉Мурожаатномадага вазифалардан келиб чиқиб, Зангиота туман ҳокимлигида маҳалла раислари ва фаоллари иштироки йиғилиши бўлиб ўтди. Унда маҳалла тизимида амалга оширилиши лозим бўлган ишлар юзасидан маҳаллабай кесимида “йўл харитаси” ишлаб чиқиш тартиби тушунтирилди. Ҳар бир маҳаллага раҳбар ҳодимлар бириктирилди.
/channel/Zangiotatumanihokimligi
Telegram
Zangiota tumani hokimligi®
Zangiota tumani hokimligi Axborot xizmati
Информационная служба хокимията Зангиатинского района
#xushxabar
#ta'lim
🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 22-umumiy o'rta ta'lim maktabining yutuqlari tahsinga loyiq.
📌Yaqindagina maktabning 11-"A" sinf o'quvchisi Abdulaziz Absalomov IELTS dan yuqori natija bilan muddatidan oldin Amerika Qo'shma Shtatlari Indiana shtatida joylashgan "THE UNIVERSITY OF EVANSVILLE" universitetiga hujjat toshirib BIZNES YO'NALISHI BO'YICHA 140.000$ miqdorida grant qo'lga kiritib muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
📌Shuningdek, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Toshkent viloyati kengashi, Buyuk shoir va mutafakkir "Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi" va jamoat arbobi "Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi" munosabati bilan o'tkazilgan tanlovda maktabning tasviriy san'at fani o'qituvchisi Bobur Rasulov faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
⚡️Zangiota tumani XTB ga qarashli 22-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz!
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#Diqqat_loyiha
❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi
🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.
➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
👉Manba
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#yoshlar_daftari
#sektor_faoliyati
✅Zangiota tumani IIB, 3-sektorda Toshkent viloyati IIBB boshlig'ining 2023 yil 8-fevral kuni bergan topshirig'ining ijrosini ta'minlash maqsadida sektor hududidagi 17 ta mahallaning yoshlar yetakchilari bilan Zangiota tumani Yoshlar ishlari agentligi bo'lim rahbari va sektor mas'ul xodimi boshchiligida tanqidiy- tahliliy yig'ilish o'tkazildi.
🔰 "Yoshlar daftari" da turgan yoshlarga yordam berish hamda murojaatlarni o'z vaqtida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib olindi.
🔷Uchrashuv davomida o'z faoliyatida kamchilikka yo'l qo'ygan yoshlar yetakchilari ogohlantirildi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#turizm
#press_tur
✅Zangiota tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan Zangiota tumanining turizm salohiyati bo'yicha press tur tashkil etildi.
📌Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Unga ko'ra Toshkent viloyatida 6ta hudud shuningdek, Zangiota tumani ham «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirilishi ko'zda tutilgan.
🔰O'tkazilgan press turdan maqsad OAV vakillariga ayni shu jarayon bo'yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar natijasi bilan qisman bo'lsada tanishtirish bo'ldi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
“Menimcha” teleloyihasining navbatdagi sonida tahlil qilinadigan mavzular:
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yerusti metrosining yangi bekatlari va transformator zavodi bilan tanishdi, poytaxt uchun dolzarb masalalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi;
- Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga safari tafsilotlari;
- Zamindan kuch olayotgan kuchli ayol qissasi.
Koʻrsatuv bugun, 12-fevral kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#tadbir
#e'tibor
🔰Zangiota tumani hududiga joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 71186-sonli harbiy qism majlislar zalida “Oila-mustahkam qoʻrgʻon” mavzusida tadbir tashkil etildi.
🔷 Tadbirda ishtirok etgan Zangiota tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Usmonova, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi boʻlim mudiri Gʻ.Musayev, ushbu harbiy qism ofitserlari, ularning oila aʼzolari va askarlar ishtirok etdilar.
🔷Davlatmiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan qulayliklar, qator imtiyozlar xususida maʼlumotlar berildi. Mudofaa vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati hamkorligida yaratilgan “Askar maktublari” kitob-albomining mazmun-mohiyati xususida ham soʻz yuritildi.
🔷Harbiy qismda fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlarga Zangiota tumani hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat
🌐Ijtimoiy tatmoqda joylangan “Yoʻllar qachon muzlamadan tozalanadi?” nomli videomurojaat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Ushbu murojaat Zangiota tumani "Fayz" mahallasining koʻp qavatli uylar orasidagi koʻchalar muzlamadan tozalanmagani xususida bo'lib, anomal sovuq kunlarida Zangiota tumani aholi murojaatlari bot kanali orqali ham kelib tushgan. Ushbu holat shu kunning o'zida Zangiota tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташрифини Пахтакор туманидаги «Пахтакор элита уруғчилиги» фермер хўжалиги фаолияти билан танишишдан бошлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев начал свою поездку в Джизакскую область с ознакомления с деятельностью фермерского хозяйства "Пахтакор элита уругчилиги" в Пахтакорском районе.
#Mirziyoyev #safar #Jizzax #fermerxujaligi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#jarayon
Saralash bosqichi davom etmoqda
✅Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga oʻtkaziladigan boʻlajak saylovga tayyorgarlik ishlari Toshkent viloyatida ham faol olib borilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Zangiota tuman Kengashi tomonidan saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼati tuzilib, chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
🔰Yoshlar parlamentiga tanlov Nizomida koʻzda tutilgan vazifalar ijrosiga jiddiy kirishilganligi bois nomzodlarning tegishli hujjatlari qabul qilib olinmoqda.
Oʻzbekiston “Adolat” SDP partiya masʼullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda koʻzdan kechirilib, ularga tegishli tavsiya va maslahatlar berilmoqda.
N.Xalxodjayeva,
Oʻzbekiston “Adolat” SDP
14-okrug deputati
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюради.
Қатор иқтисодий ва ижтимоий объектлар фаолияти билан танишиш, аҳоли билан мулоқот қилиш, вилоятни ривожлантиришнинг долзарб масалаларини муҳокама қилиш режалаштирилган.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.
Предусматривается ознакомление с деятельностью ряда экономических и социальных объектов, проведение диалога с народом, обсуждение актуальных вопросов развития региона.
Facebook|Instagram|Twitter
#Diqqat_loyiha
📁 Xabaringiz bor, “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.
➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Manba
Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Telegram | zangiotatumanhokimligi9256">YouTube I Bot
Kanalga ulanish:👉 /channel/Zangiotatumanihokimligi
#ЗАНГИОТА ТУМАНИ
🇺🇿Зангиота туманида Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 29 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни кенг нишонланди.
❇️Зангиота тумани ҳокимлиги, туман Мудофаа бўлими ва туман Маданият бўлими билан хамкорликда катта байрам тадбири ташкил этилди. Тадбирда туманда жойлашган 11 та Харбий қисм командирлари, офицерлари, аскарлари ва сержантлари иштирок этишди.
✅Тадбирда Зангиота туман хокимининг байрам табриги ўқиб эшиттирилди ва 100 нафар офицерлар, аскарлар, сержантлар, туман ички ишлар ходимлари, туман прокуратура ҳодимлари, туман давлат хавфсизлик ҳодимлари, туман фавқулодда вазиятлар бўлими ҳодимлари туман ҳокимининг қимматбаҳо совғалари ва фахрий ёрлиқлари билан тақдирландилар.
🥁🎤Шунингдек, тадбирда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, Мудофаа ва хавфсизлик масалалари қўмитаси аъзоси Каримов Тўлқин Паязович иштирок этди. Туман Маданият бўлими томонидан байрам концерти ташкил этилди.
/channel/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Қуролли Кучлар Академиясига ташриф буюрди.
Давлат раҳбари замонавий қурол ва ҳарбий техника намуналари билан танишди.
Шундан сўнг Академияда Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони раислигида Қуролли Кучлар ва ҳарбий-маъмурий секторлар фаолиятининг 2020 йил якунлари ҳамда келгусидаги устувор вазифаларга бағишланган Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Академию Вооруженных Сил.
Глава государства ознакомился с образцами современного вооружения и военной техники.
Затем в Академии под председательством Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооруженными Силами состоялось расширенное заседание Совета безопасности, посвященное итогам деятельности Вооруженных Сил и военно-административных секторов в 2020 году и приоритетным задачам на перспективу.
#Mirziyoyev #yigilish #QurolliKuchlar #xavfsizlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter