yurist_guvd | Неотсортированное

Telegram-канал yurist_guvd - Yurist_GUVD

2785

Ички ишлар органлари фаолиятига оид янги норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар, ислоҳотлар ва бошқа соҳа фаолиятига доир янгиликлар ҳамда тезкор маълумотлар тақдим этувчи канал.

Подписаться на канал

Yurist_GUVD

2️⃣6️⃣ ЯНВАРЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР

👑 1340 йил— Эдуард III Франция қироли деб эълон қилинган;

📌 1525 йил— Россиянинг биринчи босма харитаси нашр этилган;

📌 1531 йил —Лиссабонда ҳалокатли зилзила ва цунами 30 мингга яқин одамни ҳаётдан олиб кетган;

📌1788 йил — Сидней шаҳри ташкил топган. У Австралиядаги илк европаликлар аҳоли пункти бўлган;

🇦🇺 1808 йил — Австралияда "ром қўзғолони" деб номланган воқеа содир бўлган;

⚔️ 1871 йил— Франция-Пруссия уруши: қамалда қолган Париж гарнизони ва Пруссия қўшинлари ўртасида сулҳ тузилган;

✈️ 1911 йил — Глен Кёртис бошқарган биринчи денгиз самолёти учиб кетган;

🛬 1914 йил— "Иля Муромец" русумли биринчи тўртта двигателли бомбардимончи самолёт парвози амалга оширилган;

📌 1924 йил — Советларнинг 2 Конгресси фармони билан Петроград Ленинград деб ўзгартирилган;.

📄 1934 йил — Фашистлар Германияси ва иккинчи Польша Республикаси ўртасида Гитлер-Пилсудски шартномаси имзоланган;

📌 1939 йил —Вашингтондаги назарий физика бўйича машҳур конференцияда Нилс Бор уранни кашф этганлигини эълон қилган;

🇦🇫 2004 йил —Президент Ҳамид Карзай расман Афғонистоннинг ҳозирги Конституциясини тасдиқлаган;

🇺🇿 🛂 Ўзбекистон Республикасида Давлат божхона хизмати ходимлари куни.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

👉Tartibga soluvchi hamda svetofor ishoralari haqida batafsil ma'lumot

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

Учта болага қанча миқдорда алимент тўланади?

— Cуд учта болага ¼ миқдорда алимент белгилаган. Ҳозирда ойига кам алимент оляпман. Лекин бу пул ҳеч нимага етмаяпти. Учта болага оз миқдорда алимент тўланиши тўғрими?


@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

2️⃣5️⃣ ЯНВАРЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР

⚔️ 750 йил— Умавийлар армияси ва Аббосий тарафдорлари ўртасида жанг бўлиб, унда Аббосийларнинг ғалабаси Умавий халифалигига чек қўйди ва XIII асргача ҳукмронлик қилган Аббосийлар сулоласининг бошқарувини бошлаб берган;

🤝 1479 йил —Константинопол шартномаси Венеция Республикаси ва Усмонли империяси ўртасидаги 15 йиллик урушни тугатган;

🚫 1658 йил— Янги Амстердам губернатори теннисни тақиқлади, чунки у одамларни ибодат қилишдан чалғитади деб ўйлаган;

📌 1791 йил — Британия парламенти Квебекни Юқори ва Қуйи Канадага (ҳозирги Онтарио ва Квебек) ажратган;

🛳 1878 йил — Туркия пароходини Россия торпедаси чўктириб юборган,бу торпеда оқибатида чўккан илк кема бўлган;

📚 1878 йил — Лейден университетида дунёдаги биринчи назарий физика бўлими очилган;

💎 1905 йил - Жанубий Африкада энг катта олмос (3106 карат) топилган;

☎️ 1915 йил — ихтирочи Александр Белл биринчи транс-америка телефон қўнғироғини ўтказган (Нью-Йорк-Сан-Франциско).

📌 1919 йил— Антанта Миллатлар Лигасини тузиш режасини маъқуллаган;

⚔️ 1942 йил —Таиланд Иккинчи жаҳон уруши пайтида АҚШ ва Англияга қарши уруш эълон қилди;

🇮🇱🗳 1949 йил —Исроилда биринчи парламент сайловлари бўлиб ўтган;

🇮🇳1957 йил —Кашмир Ҳиндистон таркибига киритилган;

1960 йил — СССРда ГУЛАГ (Мажбурий меҳнат лагерлари, меҳнат турар жойлари ва ҳибсга олинган жойлар бош бошқармаси) тугатилган;

⚔️ 1971 йил —Иди Амин Угандада тўнтариш уюштирган;

🛰 2004 йил — АҚШнинг Марсга иккинчи саёҳати амалга оширилган, "Opportunity" кемаси Марс юзасига қўнган.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

🔹g) donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi;

🔸d) immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi;

🔹e) shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.

👉Yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarisiz loyihalashtirish taqiqlanadi

Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

🔸yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi;

🔹yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

🔸Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylar chiqindi to‘plash joylari belgilanmasdan foydalanishga qabul qilinmasligini qat’iy nazoratga olish va ta’minlab borish vazifasi yuklanadi.

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasi keskin kamaytiriladi

🔹Prezident qaroriga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi

🔸Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarga ruxsat etilsin:

🔻yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;

🔻qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishga.

🔻Bunda, yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etiladi;

🔻umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya ajratiladi. Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun BHMning 15 baravaridan oshmasligi lozim.

👉Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi

🔹Hukumat qaroriga asosan shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

🔻Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023 yil 1 yanvardan boshlab;

🔻Respublikaning barcha shaharlarida — 2023 yil 1 maydan boshlab amalga oshiriladi.

👉Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etiladi

🔸Hukumat qaroriga asosan tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2023 yil
1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Читать полностью…

Yurist_GUVD

👉Maksimal pensiya miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga asosan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️Сенатнинг 36-ялпи мажлисида “2023 йил учун Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида”ги Қонун маъқулланди.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:

- Тўра Абдиевич Боболов бошқа ишга ўтиши муносабати билан Сурхондарё вилояти ҳокими лавозимидан озод этилди;

- Тошкент шаҳар прокурори лавозимида ишлаб келган Улуғбек Бердиқобилович Қосимов Сурхондарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️Президентнинг айрим қарорларига ўзгартиришлар киритилди

Давлат раҳбари томонидан "Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида"ги (23.12.2022 й.) ПҚ—448-сон қарори қабул қилинди.

✅Киритилган ўзгартиришларнинг асосий мазмуни республикада чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларни доимий яшаш жойи бўйича рўйхатга олиш тартибини такомиллаштириш ҳамда йўл ҳаракати хавфсизлигини назорат қилиш ва ЙТҲ олдини олишнинг самарали механизмларини татбиқ этишга инвестицияларни жалб қилишни давом эттиришдан иборат.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️Давлат раҳбари томонидан "Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотлари доирасида республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарор тасдиқланди.

🖥Қарорга кўра, давлат бошқарувида очиқликни таъминлаш, рақамли бошқарув моделига ўтиш мақсадида вазирликларнинг буйруқ ва қарорларини “E-qaror” электрон тизими орқали қабул қилиш ва эълон қилиш амалиёти йўлга қўйилади.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️"Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг айрим буйруқларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида" Ички ишлар вазирининг (15.12.2022 й.) 544-сон буйруғи билан ички ишлар органларининг:
🔸патруль-пост хизмати;
🔸ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизмати;
🔸хавфсиз туризмни таъминлаш бўлинмалари;
🔸ахборот хизмати;
🔸Вазирлик тизимидаги оркестр ҳамда намунавий ашула ва рақс ансамбли ходимларининг янги намунадаги кийим-бошлари ва алоҳида фарқловчи белгилари тасдиқланди.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

❇️ Markaziy apparatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bo'linma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

👉Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

🔹boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
🔹Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona ro'yxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qo'mitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspeksiyalar – 11 ta).

👉
Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari hisobidan qo'shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat'iyan taqiqlanadi.

📁 Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo'mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo'linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.

⏩ Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo'yicha kamida 1/3 nisbatda bo'lishi lozim.

🏢 Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo'naltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta'minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.

❗️Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy bo'linmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:

▫️strategik rejalashtirish va metodologiya;
▫️jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
▫️inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
▫️axborot tahlil va ijro intizomi;
▫️murojaatlar;
▫️axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish;
▫️yuridik ta'minlash;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish;
▫️moliya-iqtisod;
▫️xalqaro hamkorlik va reytinglar;
▫️birinchi bo'lim.

📌 Farmonga ko'ra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

👉Оила кодексининг 96-моддаси талабига кўра, ота-она вояга етмаган болаларига таъминот бериши шарт. Мазкур Кодекснинг 98-моддасига асосан, ота-она вояга етмаган болаларига таъминот бериш учун алимент тўлаш тартибини ўзаро келишган ҳолда белгилашга ҳақлидирлар. Вояга етмаган болаларига таъминот бериш учун алимент тўлаш тартиби ва шакли ҳақида ота-она ўртасидаги келишув қонунда белгиланган қоидаларга ва боланинг манфаатларига зид бўлмаслиги керак.

👉Шу Кодекснинг 99-моддаси талабига асосан, агар вояга етмаган болаларига таъминот бериш ҳақида ота-она ўртасида келишув бўлмаса, уларнинг таъминоти учун алимент суд томонидан ота-онанинг ҳар ойдаги иш ҳақи ва (ёки) бошқа даромадининг
❇️бир бола учун — тўртдан бир қисми;
❇️икки бола учун — учдан бир қисми;
❇️ уч ва ундан ортиқ бола учун — ярмиси миқдорида ундирилади.

👉Бу тўловларнинг миқдори тарафларнинг моддий ёки оилавий аҳволини ва бошқа эътиборга лойиқ ҳолатларни ҳисобга олган ҳолда суд томонидан камайтирилиши ёки кўпайтирилиши мумкин.

👉Ҳар бир бола учун ундириладиган алимент миқдори қонун ҳужжатлари билан белгиланган меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 26,5 фоизидан кам бўлмаслиги керак.

👉Амалдаги қонунчилик талабларига кўра, суд қарорининг қонуний, асосли ва адолатли эканлиги юзасидан текширув фақат юқори турувчи суд инстанцияси томонидан амалга оширилади.

👉Хусусан, ФПКнинг 383-моддасига асосан тарафлар ва ишда иштирок этишга жалб қилинган бошқа шахслар, шунингдек ишда иштирок этишга жалб қилинмаган, аммо ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳақидаги масала суд томонидан ҳал этилган шахслар, шунингдек Президент ҳузуридаги Тадбиркорлик субьектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакил суднинг ҳал қилув қарори устидан апелляция тартибида шикоят қилиши мумкин.

👉Бундан тадбиркорлик фаолияти билан боғлиқ бўлмаган низолар мустасно. Прокурор, юқори турувчи прокурор прокурорнинг иштирокида кўрилган иш бўйича, шунингдек тарафларнинг мурожаати мавжуд бўлган тақдирда биринчи инстанция судининг қонуний кучга кирмаган ҳал қилув қарори устидан апелляция протести келтиришга ҳақли.

👉Суд қароридан норози бўлган тақдирингизда ФПКнинг 385-387-моддалари талабларига риоя қилган ҳолда апелляция шикояти бериш ҳуқуқига эгасиз. Юқори инстанция суди суд ҳужжатига нисбатан келтирилган апелляция шикоятига асосангина ўз ваколатлари доирасида унинг қай даражада қонуний, асосли ва адолатли эканлигини текшириб чиқади.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

Бир оиладан 1 нафардан ортиқ бола боғчага борса, уларнинг тўлови учун неча фоизли чегирма имтиёзи берилади?

Қонунчиликка кўра, мактабгача таълим ташкилотига бир оиладан биттадан ортиқ бола қатнаса, оиладаги ҳар бир бола учун ойлик тўлов миқдорлари белгиланган. Ушбу қарорда ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда бир оиланинг икки ва ундан ортиқ болалари айни бир мактабгача таълим ташкилотига қатнаши шарти қўйилмагани сабабли, оиладаги болалар айни бир ёки ҳар хил мактабгача таълим ташкилотига қатнашидан қатъи назар камайтирилган миқдорларда тўлов тўлайди.

👉 Батафсил

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

👉Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini qurish rag‘batlantiriladi

🔹Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil
1 yanvarga qadar:

🔻elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular o‘rnatilgan avtomobil to‘xtash joylari joylashgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘idan;

🔻asosiy faoliyat turi transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatish (ushbu faoliyat turi bo‘yicha tushumning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi ulushi 50 foiz va undan yuqori) bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari foyda solig‘idan;

🔻transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqdan;

🔻belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

👉Oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi

🔸Prezident qaroriga ko‘ra, hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi.

👉Bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi

🔹Prezident farmoniga asosan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

👉Maktab direktorligiga nomzodlarga talablar kuchaytiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

🔸maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitiladi;

🔹o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejyerlik sertifikati beriladi;

🔸maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejyerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi va kelishish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etiladi;

🔹maktab direktorini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimdan ozod etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish talab etilmaydi.

👉Pensiya tayinlashda fuqarolardan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor bo‘ladi

Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

🔸davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;

🔹davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida olinadi;

🔸davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.

👉Fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

🔹Hukumat qaroriga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich «Ye-patrul» tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi hamda barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati «bodikamera»dan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

👉«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

🔸a) «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha oshiriladi;

🔹b) «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

🔻ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;

🔻shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;

🔻davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;

🔸v) doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o‘rtog‘ining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️"Маҳалла бюджети" тизими жорий этилади

Президент томонидан 2022 йил 26 декабрдаги ПҚ-458-сон қарор қабул қилинди.

✅Унга кўра, маҳаллалар томонидан жисмоний шахслардан олинадиган мол-мулк солиғи ва ер солиғини аҳолининг солиқ тўлаш саводхонлигини ошириш орқали ундиришга кўмаклашиш ва ҳар бир маҳалла ўзининг муаммосини мустақил ҳал этиши учун 2023 йил 1 январдан бошлаб қарор иловасида кўрсатилган 14 туманларда "Маҳалла бюджети" тизими ҳуқуқий эксперимент тариқасида жорий этилади.

❕2023 йил 1 июнга қадар ҳуқуқий эксперимент натижалари тўғрисидаги ахборот ва ушбу тизимни республиканинг барча туман (шаҳар)ларида жорий этиш масаласи кўриб чиқилади.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

2️⃣8️⃣ ДЕКАБРЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ВОҚЕАЛАР

🇬🇧 1065 йил – Лондонда Вестминстер aббатлигига асос солинган;

🚢 1810 йил – Ирландия соҳиллари яқинида инглизларнинг "Elisabeth" кемаси бўрон сабабли ҳалокатга учраган; тахминан 400 киши вафот этган;

🇺🇸 1869 йил – Огайо штатида (АҚШ) Уильям Семпл томонидан илк сақич патентланган;

📰 1895 йил – Вюрцбургда немис физиги В.Рентген томонидан рентген нурлари кашф этилганлиги эълон қилинган;

📢 1905 йил – Сочи Pеспубликаси ташкил топган;

🇮🇹 1908 йил —Сицилиядаги зилзила оқибатида 75 мингдан ортиқ одам ҳалок бўлган;

🇺🇦 1917 йил— Украина ССРда дастлабки Совет миллий ҳарбий бўлими — Қизил казакларнинг биринчи полки ташкил топган. Виталий Маркович Примаков атаман (қўмондон) этиб тайинланган;

📌 1943 йил — СССР Олий Кенгаши Президиумининг НКВД қўшинлари томонидан Қалмоқ АССРни тугатиш тўғрисидаги фармони билан қалмоқларни Сибир ва Узоқ Шарқ минтақаларига кўчириш бўйича операция ўтказилган;

🛫 1968 йил — Байрут халқаро аэропортидаги рейд пайтида Исроил махсус кучлари 14 йўловчи самолётини йўқ қилган;

📚1973 йил — Парижда Солженициннинг "ГУЛАГ архипелаги" романи нашр этилган;

🇹🇲 1999 йил — Сапармурат Ниёзов умрбод Туркманистон Президенти деб эълон қилинган;

🇳🇵2007 йил — Непал Федерал Демократик Республикаси ташкил топган;

🇮🇩 2014 йил — Индонезиянинг AirAsia авиакомпаниясига тегишли AirBus А320 самолёти Ява денгизида қулаб тушган ва 162 киши ҳалок бўлган.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

7️⃣ ДЕКАБРЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР

🕌 537 йил — Константинополда Авлиё София собори тантанали равишда очилган;

💭1831 йил — Чарлз Дарвин "Бигл" кемасида саёҳатга чиқди, айнан шу саёҳати мобайнида ўзининг машҳур эволюцион назариясини ўйлаб топган;

📢 1918 йил— Германия қўл остидаги Польшада қўзғолон бошланган;

📋 1932 йил — СССРда ягона паспорт тизими жорий этилди, паспорт ва виза хизмати шакллантирилган;

✈️ 1938 йил— АҚШ президенти Франклин Рузвельт фуқаро авиацияси учувчиларни ўқитиш дастурини тасдиқлаган;

⚔️1941 йил—Иккинчи жаҳон урушидаги "Камон операцияси" амалга оширилди. (Буюк Британия кўшинлари немислар ишғол этган Норвегия ороли Вогсёйни озод этган.);

🇰🇵 1972 йил — Корея Халқ Демократик Республикасининг социалистик Конституцияси қабул қилинган;

🇪🇸 1978 йил— Испанияда Франко диктатурасининг тугаганини билдирувчи Конституция кучга кирган;

🇦🇫 1979 йил — Афғонистоннинг Кобул шаҳридаги Амин саройига ҳужум килинган;

💣 1994 йил— Москвада автобус портлатилган;

🌠 2004 йил— 50 000 ёруғлик йилидаги супер юлдузнинг портлаши қайд этилган;

🇮🇱 2008 йил — Исроил армияси Ғазо секторидаги Ҳамасга қарши "Қуйма қўрғошин" деб номланган аксилтеррор ҳарбий операциясини бошлаган.


@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️ Тугатилаётган 12 та давлат бошқаруви органлари рўйхати

🔰
Президент Фармонига кўра:
🔹Алкоголь ва тамаки бозорини тартибга солиш ҳамда виночиликни ривожлантириш агентлиги – Қишлоқ хўжалиги билан боғлиқ вазифа ва функциялари Қишлоқ хўжалиги вазирлигига, саноатни ривожлантириш билан боғлиқ вазифа ва функциялари эса Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Вазирлар Маҳкамаси ҳузурида Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш агентлиги – вазифа ва функциялари тегишинча Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланмоқда;

🔹 Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги ҳузуридаги Халқаро ҳамкорлик ва ривожланиш агентлиги – вазифа ва функциялари Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Молия вазирлиги ҳузуридаги Суғурта бозорини ривожлантириш агентлиги – вазифа ва функциялари Иқтисодиёт ва молия вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Молия вазирлиги ҳузуридаги Давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш агентлиги – вазифа ва функциялари Иқтисодиёт ва молия вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Сув хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги Сув хўжалигида капитал қурилиш лойиҳаларини амалга ошириш агентлиги – вазифа ва функциялари Сув хўжалиги вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Тиббий-ижтимоий хизматларни ривожлантириш агентлиги – вазифа ва функциялари Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитасига ўтказилмоқда;

🔹 Монополияга қарши курашиш қўмитаси ҳузуридаги Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш агентлиги – вазифа ва функциялари Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитасига ўтказилмоқда;

🔹 Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш давлат қўмитаси ҳузуридаги “Ўзбекчорванасл” агентлиги – вазифа ва функциялари Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитасига ўтказилмоқда;

🔹 Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш инспекцияси – вазифа ва функциялари тегишинча Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланмоқда;

🔹 Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги ҳузуридаги Инвестиция лойиҳаларини ишлаб чиқиш маркази – вазифа ва функциялари Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлигига ўтказилмоқда;

🔹 Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Инновацион соғлиқни сақлаш миллий палатаси – вазифа ва функциялари Соғлиқни сақлаш вазирлигига ўтказилмоқда.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️Ихтисослаштирилган филиал битирувчиларининг мажбурият ва имтиёзлари амалда

Давлат раҳбарининг тегишли қарори (ПҚ-4166-сон)га асосан ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматини олий маълумотли кадрлар билан тўлдириш мақсадида Тошкент давлат юридик университетининг Ихтисослаштирилган филиалида ўқитилиши йўлга қўйилган.

⚠️Қарорнинг 6-бандига кўра, филиал битирувчилари 5 йил давомида узлуксиз равишда ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш тизимида ишлаб бериш мажбуриятини оладилар.

❌Президент томонидан 28.11.2022 йилда қабул қилинган ПҚ-257-сон қарорга кўра, мазкур филиал тугатилиб, унинг штат бирликлари Академия таркибига ўтказилди.

✅Бироқ, битирувчиларнинг имтиёз ва мажбуриятларини белгилаган банд ўз кучида қолган.

‼️Шунга кўра, Ихтисослаштирилган филиал битирувчилари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш тизимида узлуксиз 5 йил давомида хизмат қилишлари, йўқса белгиланган тартибда филиалга компенсатция тўловларини амалга ошириши лозим бўлади.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…

Yurist_GUVD

⚡️Ички ишлар вазирининг буйруғига ўзгартиришлар киритилди

"Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг айрим буйруқларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида" Ички ишлар вазирининг (15.12.2022 й.) 544-сон буйруғи қабул қилинди.

♻️Буйруқ билан Ички ишлар вазирининг:
2019 йил 8 августдаги 232-сон;
2019 йил 22 августдаги 247-сон буйруқларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Унга кўра, ички ишлар органларининг:
🔸патруль-пост хизмати;
🔸ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизмати;
🔸хавфсиз туризмни таъминлаш бўлинмалари;
🔸ахборот хизмати;
🔸Вазирлик тизимидаги оркестр ҳамда намунавий ашула ва рақс ансамбли ходимларининг янги намунадаги кийим-бошлари ва алоҳида фарқловчи белгилари тасдиқланди.

@Yurist_GUVD

Читать полностью…
Подписаться на канал