yuridik_litsey | Неотсортированное

Telegram-канал yuridik_litsey - Yuridik akademik litsey

2090

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning faoliyatiga oid yangiliklar www.altsul.uz https://www.facebook.com/Yuridik-akademik-litsey-105909174693142/ https://www.instagram.com/p/Ce5T3J5s8dP/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Подписаться на канал

Yuridik akademik litsey

4️⃣4️⃣4️⃣ • “Huquq maktabi” tanlovi g‘oliblari iPhone 16 Pro bilan taqdirlanadi

👉 tsulofficial/oSUC9RYiou7#6Xhy">Batafsil...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Победители конкурса «Huquq maktabi» будут награждены iPhone 16 Pro

👉 tsulofficial/oSUC9RYiou7#QW8F">Подробнее...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Winners of the "Huquq maktabi" contest will be awarded an iPhone 16 Pro

👉 tsulofficial/oSUC9RYiou7#lkXw">More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #elon #объявление #announcement

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

DIQQAT!  E’LON!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan akademik litseyda “Asosiy qonun 32 yoshda” mavzusida zakovat intellektual oʻyinlari boshlanganligini e’lon qilamiz.

✅ Intellektual o'yinlar ikki bosqichda o‘tkaziladi.

🔹Birinchi bosqichda maksimal ball yiqqan oltita jamoa final bosqichida kuch sinashadi.
Asosiy qonun 32 yoshda” intellektual o‘yinlarida ishtirok qilish uchun akademik litseyning har bir guruhidan bittadan jamoa shakllantirish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan tartibda ariza berish uchun akademik litsey ‘‘Zakovat‘‘ to‘garagi rahbariga murojaat qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#bayrog‘im_faxrim

🔰 O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan bayram sonida akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan bayroqning mohiyati, tarixiy rivojlanishi,  faxr va g‘urur timsoli ekanligi, davlat ramzlariga hurmat ko‘rsatish, ulardan odob-ahloq qoidalarida, fuqarolik pozitsiyasiga mos ravishda foydalanish, bayroqqa nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tushunchalar keltirildi.

✅ Suhbat davomida akademik litseyda huquq fani oyligi doirasida o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, ochiq darslar ko‘lami, jumladan bayroqning mazmun-mohiyatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilayotgan zakovat bellashuvlari haqida ma'lumot berildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🇺🇿MANGU HILPIRAYVER, YURTIM BAYROG‘I! 🎉

💠 QADRLI YURTDOSHLAR!

🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi sizlarni Ona  Vatanimiz ramzi, hur millatimiz sha’ni va g‘ururi bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilingan qutlug‘ sana bilan muborakbod etadi!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Toshkent shahar hokimining 2024-yil 30-yanvardagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 59-14-0-Q/24-son qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida 14-noyabr kuni litseyimizning faol o`quvchilari tomonidan Jadidlar faoliyatini o`rganish va targ`ib qilishga bag`ishlangan "Jadid izdoshlari" manaviy-ma`rifiy kechasi bo`lib o`tdi. 📕📕📕 Tadbir jarayonida o`quvchi yoshlar tomonidan jadidlar haqidagi maruzalar va namoyishlar taqdim qilinib, ularning ijodi va faoliyatidan sahna ko`rinishlari va she`riy chiqishlar taqdim etildi. 🧑🏻‍💼🧑🏻‍🏫👩🏻‍🏫 Tadbirda faol qatnashgan o`quvchilar sertifikatlar bilan rag`batlantirishga tavsiya etildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#maqola

🏛 TDYU huzuridagidagi M.S.Vosiqova nomidagi  akademik litseyning 1-bosqich o'quvchisi

🔰 SHAVKATOVA JASMINA

🔷2024 yilning 18-19-oktyabrda bo'lib o'tgan TABIIY FANLAR: YANGI YONDASHUVLAR VA DOLZARB TADQIQOTLAR xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

"INTELLECTUAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE TEACHING OF CHEMISTRY"

📚Ilmiy maqola bilan konferensiya to'plamida tanishishingiz mumkin.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

15. Avgust oyining uchinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasining Havo Floti Kuni. “O‘zbekiston Respublikasi havo floti kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. 117-I-son 31.08.1995

16. 26 sentyabr (avval 5 aprel edi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-715-son 14.09.2021

17. 21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-615-son 10.04.2020

18. 25 oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-65-son 06.12.2006

19. 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-648-son 23.11.2020

20. Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-47-son 12.09.2006

21. Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-438-son 25.08.2017

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 /channel/mehnathuquqi

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

11 ноябр – Касаба уюшмалари куни

2020 йил 23 ноябрдаги ЎРҚ-648-сон Қонуни билан "11 ноябрь – Ўзбекистон касаба уюшмалари куни" деб белгиланган.

Касаба уюшмаси – фуқароларнинг меҳнат фаолияти ёки ўқиш тури бўйича умумий манфаатлар боғлаб турадиган ихтиёрий жамоатчилик бирлашмаси. Касаба уюшмалари мақсади – ўз аъзоларининг меҳнат ҳамда бошқа ижтимоий-иқтисодий ҳуқуқ ва манфаатларини ёқлаб чиқиш ва ҳимоя қилиш.

————————

11 ноября – День профсоюза

«11 ноября – День профсоюзов Узбекистана» установлен Законом № ЗРУ-648 от 23 ноября 2020 года.

Профсоюз – добровольное общественное объединение граждан, имеющих общие интересы в сфере труда или учебы. Целью профсоюзов является продвижение и защита трудовых и других социально-экономических прав и интересов их членов.

⚡️ @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисоблаш

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🔰 Toshkent shahar hokimining 2024-yil 30-yanvardagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 59-14-0-Q/24-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida akademik litsey o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Jadid izdoshlari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etilganini ma’lum qilamiz.

✅ Tanlovda qatnashishni xohlovchi o’quvchilar yozgan insholarini Tillar kafedrasi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi R.Ermetova (@S_SHSHU)ga olib kelishi so’raladi.

✅ Insholar 12.11.2024-yil soat 15.00 gacha qabul qilinadi.

✅ Tanlovda faol ishtirok etgan va faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilar munosib taqdirlanadilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

➖Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
➖Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
➖Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

📌 Kanalga ulanish

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

📣 TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-tur bahslari quyidagi tartibda o'tkaziladi:

🔼 1-smenada o'qiydigan o'quvchilar uchun 14:00da;

🔼 2-smenada o'qiydigan o'quvchilar uchun 10:00da boshlanadi.

👏 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

📆 1-noyabr kuni

🏢 Manzil: TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Sport zali


@Tsul_Qomus
@Yuridik_litsey

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tabriklaymiz

🔰"Huquq maktabi" onlayn innovatsion ta'lim platformasi orqali  doimiy ravishda huquqiy savodxonligini oshirish imkonidan unumli foydalanib  eng yuqori natijaga erishgan akademik litsey o'quvchilari aniqlandi.

✅ 2024/2025 o'quv yilining oktabr oyi davomida "Huquq maktabi" onlayn innovatsion ta'lim platformasidan unumli foydalangan "ENG FAOL O'QUVCHILAR" hamda oktabr oyi davomida Axborot-kutubxona texnologiyalari markazi fondidan unumli foydalangan "ENG FAOL KITOBXONLAR" reytingi aniqlanib, akademik litsey ijrochi direktori Pirnazarov Abdurashid Abdulxayevich tomonidan esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.

✅ "Huquq maktabi" axborot platformasidan foydalangan "ENG FAOL O'QUVCHILAR"

👏  1.1-guruh  o‘quvchisi Normuxamedov Behruz –  "Huquq maktabi" axborot platformasidan faol foydalangan hamda 195 tadan ortiq sertifikatga ega bo'lgan;

👏  1.4-guruh  o‘quvchisi Botirova Durdona –  "Huquq maktabi" axborot platformasidan faol foydalangan hamda 26 tadan ortiq sertifikatga ega bo'lgan.

"ENG FAOL KITOBXONLAR"

👏   2.2-guruh  o‘quvchisi Jalilova Ozoda –   badiiy va siyosiy adabiyotlardan foydalangan;
👏  2.9-guruh o‘quvchisi Yuldashova Ruxshona –   darsliklar va  badiiy adabiyotlardan foydalangan.

✅ Shu bilan birga, o'quvchilarimizni  har oy yakunlariga ko'ra rag'batlantirib borish ko'zda tutilgan.

Barchangizni yanada faollikka chorlaymiz!

📚 Ilm olish istagida bo'lganlar o'quvchi-yoshlar, ziyo maskaniga marhamat!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tanlov

🏛Akademik litseyimizning faol, iqtidorli yoshlari uchun ajoyib imkoniyat

✅ Akademik litsey Yetakchilar kengashi koordinatorlarini aniqlash maqsadida 1-2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida saylov oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bunda quyidagi yo'nalishlarda koordinatorlar saylanadi:
1.Yetakchilar kengashi bosh koordinatori

2.Ta'lim va tarbiya loyihalari koordinatori

3.Start-up loyihalari koordinatori

4.Sport va harbiy vatanparvarlik loyihalar koordinatori

5.Munozara klubi  rahbari

6.Zakovat intellektual o'yini qo'llab-quvvatlash klubi rahbari

7.Xorijiy tillarni rivojlantirish klubi rahbari

8.Matbuot va media klubi rahbari.

📩Ushbu  yo'nalishlardan biriga o'z nomzodingizni qo'ying va akademik litseyning koordinatori bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting

⁉️O'z nomzodingizni qo'ymoqchimisiz? 1-qavat Musiqa xonasiga murojaat qiling.

Eslatma: 2024-yil 1-noyabr kuni oxirgi qabul kuni.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

''Jimjitlik kuni"

📅 Saylovlar — demokratiyaning asosiy institutlaridan biri bo‘lib, har bir fuqaro o‘z tanlovini adolatli, erkin va ochiq sharoitda amalga oshirishi lozim. Shu sababli saylovchilarga haqiqiy ovoz berish imkoniyatini ta’minlash uchun, saylovdan bir kun oldin, qonunchilikka binoan, “jimjitlik kuni” 🤫 belgilanadi.

Bu kunning ildizlari eng avvalo, Yevropa davlatlari amaliyotidan kelib chiqqan. Masalan, 20-asrda Yevropada saylovoldi targ‘ibotlar ko‘p hollarda saylovga qadar katta bosim va axborot urushi bilan kechar edi. Shuning uchun saylovchilarga tinch va osoyishta muhitda o‘z ovozini berishga qaror qilish imkoniyatini yaratish uchun “jimjitlik kuni” joriy etildi.

💭Jimjitlik kuni, avvalo, saylovchilarga tinch muhitda o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratadi.

📢🚫Jimjitlik kunida har qanday targ‘ibot yoki saylovoldi kampaniyasini to‘xtatish talab qilinadi. Bu saylovchilarga tarqatilgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib, emosional bosimlardan holi holda ovoz berish imkoniyatini beradi.

Jimjitlik kuni 🕊️ — saylovchilar fikrlarini jamlash, mustaqil va xolis qarashlarni shakllantirishda muhim kun hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi 44-moddasiga ko'ra saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🏛TDYU huzuridagi akademik litseyda O'zbek tili kafedrasi hamda AKTM xodimlari tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan akademik litsey faollar zalida TDYU professor o'qituvchilari hamda akademik litsey o'qituvchilari hamkorligida o'quvchilar uchun yangi o'quv dasturi asosida yaratilgan "O'zbek tili" darsligining taqdimoti o'tkazildi.

✅ Taqdimotda barcha pedagog-xodimlar va o'quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

📫 Kutubxona kanali havolasiga ulaning
↗️ /channel/al_tsul_library

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

📢 DIQQAT! E’LON!

Hurmatli akademik litsey o’quvchilari!

Joriy yilning 27-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Axborot kutubxona-texnologiyalar markazida AKTM xodimlari tomonidan
“Mening sevimli kitobim” nomli davra suhbati hamda oyning eng yaxshi kitobxon tanlovi o'tkaziladi. Bunda siz sevib o’qigan kitobingiz haqida o’z tengdoshlaringizga fikringiz, mulohazangiz inobatga olingan holda mahorat ila tavsiya etishingiz bilan baholanadi

✅ Tanlov ishtirokchilari quydagi mezonlar asosida baholanadi:

1.  Asarning bugungi kun uchun dolzarbligi va jamiyat rivojiga qo'shadigan hissasi
2.  Syujet va personajlarni tahlil qilish
3.  Asardagi muhim lavhalarni keltirib o'tish
4.  Asardagi axloqiy qadriyatlarni aniqlash va tahlil qilish
5.  Asarda aks etgan insoniy fazilatlarni yoritish
6.  Asardan olingan ibratli fikrlar hamda hayotga tatbiq etish mumkin bo'lgan o'gitlar
7.  Milliy qadriyatlarning aks etishi hamda vatanparvarlik g'oyalarining ifodalanishi
8.  Asar qahramonlarini tabiyatidagi uyg’unligi
9.  Kitobning asosiy g'oyasini tushuntira olishi
10. Asarning ahamiyatini asoslab berish va o'z xulosalarini shakllantirish.

💞 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan o’quvchilar ushbu shartni bajarishishlari lozim boʻladi.
1️⃣  /channel/sevimliktobim Shu havola orqali ro'yxatdan o'tasiz.

2️⃣ Odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, boʻladi, Ushbu tanlovda siz o’qigan kitobingiz haqida erkin fikrlab chiroyli ifodalashga tayyorgarlik ko'rasiz.
Tanlov g'oliblari faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.💯

Unutmang, kitob mutolaasi - ajoyib mashgʻulot, lekin kitobni davra suhbatlarida tahlil qilish undanda ajoyibroq! 🔥

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🔰

TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda O'zbekiston Respublikasi O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Umumta'lim fanlari kafedrasi o'qituvchilari D.Toxtayeva va U.Mamatkarimovlar tomonidan I-II bosqich o'quvchilari o'rtasida "Davlat ramzlari va ularning tarixi" nomli intellektual zakovat musobaqasi o'tkazildi.

✅Musobaqada TDYU professori X.Azimov hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etib musobaqani yuqori baholadi.
 ✅ Musobaqada quyidagi o’rinlar belgilandi: 1-smena guruhlari o'rtasida:
 1️⃣-o’rin: “Buyuk millat”( 1.4-guruh) jamoasi
2️⃣-o’rin: “Вогиня Мат”(2.5-guruh)  jamoasi
3️⃣-o’rin: "Aristokratlar” ( 1.1-guruh) jamoasi hamda "Vikipediya" (2.5-guruhi) jamoasi
  ✅ 2-smena guruhlari o'rtasida:
1️⃣-o’rin: "Ramstain” (1.7-guruh) jamoasi
2️⃣-o’rin: "Знатоки знамени”(1.7-guruh) jamoasi
3️⃣-o’rin: "Kosmos”(1.8-guruh) hamda "Legion"(1.11-guruh) jamoasi

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining  yaratilish tarixi.                                                     

➡️ 1991-yil 18-noyabr.                                                                        

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

📚📚📚 O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi 361-son buyrug‘i hamda Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 14-oktabrdagi 186-um-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar orasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan faolliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida akademik litseyda “Kitob mening do‘stim” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
✅✅✅ Tanlov 3 ta shart “Bilimdon kitobxon” (test shaklida), “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartlarini o’z ichiga olgan.
🥇🥈🥉 Ushbu tanlovda o’quvchilar faol qatnashib, o’z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi. Faxrli o’rinlarni olgan o’quvchilar munosib rag’batlantirishga tavsiya etildilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Dear students,

🏛We are announcing a video contest dedicated to Constitution day of Republic of Uzbekistan on topic “Constitution in our daily life”

⚖You are free to interpret any article of the Law or come up with other ideas related to Constitution

📝Requirements:
-Appealing video clip
-Good English
-Creativity

Deadline:
✅Videos should be sent till 4th December 2024.
🏆1st, 2nd and 3rd place winners will be awarded with certificates.

✅Please sent your videos to @MsNigoraTSULAL via telegram.

Hurmatli o'quvchilar,

🏛 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan "Hayotimizda Konstitutsiyaning o'rni" mavzusida videolar tanlovini e'lon qilinadi!

⚖Video klipda siz Konstitutsiya moddasini sharhlashingiz lozim.

📝Talablar:
-Qiziqarli video klip
-Ingliz tilida bo'lishi lozim
-Ijodkorlik

✅Videolar 2024-yilning 4-dekabr kunigacha yuborilishi lozim
🏆1, 2, 3-o'rin egalari sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

✅Videolar telegram orqali  @MsNigoraTSULAL ga yuborilish so'raladi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Assalom alaykum!!!
Hurmatli 1 bosqich o'quvchilari!!!
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 18.11.2024 yilda akademik litsey "FAOLLAR ZALI "da "Umumta'lim fanlari" kafedrasi tomonidan

🔰"DAVLAT RAMZLARI VA ULARNING TARIXI" nomli INTELLEKTUAL ZAKOVAT musobaqasi bo'lib o'tadi. 

Manbalar: 1.O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat Gerbi, Davlat Madhiyasi to'g'risidagi Qonunlar; 2. Davlatimiz bayrog'i haqida qiziqarli savollar; 3. O'zbekiston tarixida mavjud davlatlar bayroqlari haqida qiziqarli savollar; 4. Jahon tarixida davlat bayroqlariga oid qiziqarli savollardan tuziladi.

✅18.11.2024 soat 11: 00 da 1-kurs 2-smena guruhlari ( rus va o'zbek) uchun/ 18.11.2024 soat 14:30 da 1 kurs 1-smena guruhlari (rus va o'zbek) uchun bo'lib o'tadi.

✅Musobaqada qatnashish istagida bo'lganlar 5 kishilik jamoa shakllantirish talab etiladi. Murojaat uchun: U.Mamatkarimov/ Dilnoza Toxtayeva

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#lekinbufakt ❗️Ko‘pchilik qiziquvchan obunachilarimizning iltimos va takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan tasdiqlangan barcha bayram (ishlanadigan hamda ishlanmaydigan) kunlarini taqdim qilmoqdamiz. Ushbu bayram kunlarini eslab qolish, hamda tanish-bilishlarni kasb bayramlari bilan tabriklash qanday yaxshi!

Masalan, bugun noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni.

Ertaga esa, O‘zbekiston Respublikasining 23.11.2020 yildagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan tasdiqlangan bayramlar soni — 3️⃣0️⃣ dan ortiq. Shundan 9️⃣ tasi ishlanmaydigan, qolganlari esa ishlanadigan bayram kunlaridir.

MK 208-moddasiga ko‘ra, 9 ta bayram ishlanmaydigan kunlar mavjud:

1. 1 yanvar — Yangi yil;
2. 8 mart — Xotin-qizlar kuni;
3. 21 mart — Navro‘z bayrami;
4. 9 may — Xotira va qadrlash kuni;
5. 1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
6. 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
7. 8 dekabr — Konstitutsiya kuni;
8. Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
9. Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Ishlanadigan bayram kunlari esa quyidagilardir:

1. 8 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-414-son 19.12.2016

2. 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni. “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. 1018-XII-son 29.12.1993

3. 26 yanvar — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-507-son 22.12.2018

4. 22 mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni. “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-606-son 02.03.2020

5. Aprel oyining birinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-509-son 26.12.2018

6. 15 aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-694-son 07.06.2021

7. 18 aprel — O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-464-son 02.04.2018

8. May oyining uchinchi yakshanbasi —O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni. “O‘zbekiston respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. 221-II-son 12.05.2001

9. 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. 948-XII-son 03.09.1993

10. 30 iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-437-son 25.08.2017

11. Iyun oyining oxirgi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi Savdo, matlubot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni. “Savdo, matlubot kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. 422-I-son 25.04.1997

12. 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni. “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-672-son 10.02.2021

13. Avgust oyining birinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-449-son 20.12.2017.

14. Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni. “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-450-son 21.12.2017

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Diqqat! Diqqat!📣📣

🔰“Yilning eng faol o‘quvchisi” tanloviga start berildi!

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (27- q/q), Madaniyat vazirligi (01-17-15), Yoshlar ishlari agentligi (01-07/21), O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (q-q-03-03) hamda Fanlar akademiyasining (2/5)-sonli 2024-yil 25-iyuldagi qo‘shma qarorining 4-ilovasiga muvofiq akademik litseyda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔸a) “Yilning eng faol o‘quvchisi”, bunda o‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan ijodiy ishlari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ко‘rib chiqiladi;

🔹b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi o‘quvchisi”, bunda o‘quvchining akademik litsey jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari
tomonidan tashkil etilgan turli tanlov va musobaqalardagi faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

🔸d) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator o‘quvchisi”, bunda joriy yilda o‘quvchi tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ко‘rib chiqiladi;

🔹e) “Yilning eng faol sportchi o‘quvchisi”, bunda joriy yilda o‘quvchining xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

🔸f) “Yilning eng faol iqtidorli o‘quvchisi”, (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha), bunda o‘quvchining joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishilari mumkin!

Tanlovning akademik litsey bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchilarning guruh rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar belgilangan muddatlarda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

🔹tanlov ishtirokchisining qobiliyati,
fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

🔸tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, o‘quvchining baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;

🔸tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ijodiy ishlarning elektron shakli;
xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);

🔹hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo'ishi lozim.

✅ Guruh rahbarlari tanlov nominatsiyalari bo'yicha akademik litsey bosqichiga nomzod bo'lgan o'quvchilarining hujjatlari yig‘majildini to'liq shakllantirgan holda 2024-yil 11-noyabr kuni soat 15-00 ga qadar o'quv-metodik bo'limiga topshirishlari kerakligi eslatib o'tiladi!

🏆Faol ishtirokchilar munosib taqdirlanadilar hamda tanlov nominatsiyalari bo'yicha 1-o'rinlarni egallagan 2-bosqich o'quvchilari tanlovning respublika bosqichiga yo'l oladilar!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Diqqat! Diqqat!📣📣

“Kitob mening do’stim” ko’rik-tanloviga start berildi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-sentabrdagi “Kitob mening do‘stim” Respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g’risida”gi 361-son buyrugida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida akademik litseyda “Kitob mening do’stim” ko’rik-tanlovi tashkil etildi.

Ko‘rik tanlovda 3 ta shart -“Bilimdon kitobxon” (test shaklida), “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targib etish” asosida o`tkazilishi belgilangan.

✅ Ko’rik-tanlovda ishtirok etishni xohlovchi o’quvchilar ro’yxatdan o’tish uchun Tillar kafedrasi yetakchi o’qituvchisi /channel/dilafruz_jurayeva8 ga murojaat qilishingiz mumkin.

⏳Qabul muddati 11.11.2024-yil, soat 15.00 gacha.

🏆Faol ishtirokchilar munosib taqdirlanadilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tadbir

🔰 TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda "Qomus" intellektual klubining 1-tur bahslari bo'lib o'tdi.

✅ 1-turda 44 ta jamoa ishtirok etdi
hamda mehmon jamoa sifatida Ichki Ishlar vazirligi Sirdaryo viloyati Ichki ishlar akademik litsey o'quvchilari qatnashdilar.

✅ O'quvchilar bosh qomusimiz bo'lmish Konstitutsiyadan, Davlat va huquq nazariyasidan, detektiv asarlardan, shuningdek huquqiy zakovat savollari orqali o'zlarining huquqiy savodxonliklari oshirdilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tadbir

🔰 “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” 2024-yil 16-iyuldagi PRQ-258-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida akademik litseyda Tillar kafedrasi oʻqutuvchisi Abdualimova Dilfuza tomonidan 1.10-guruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida oʻquvchilar adib hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar va she'r va oʻlanlaridan namunalar aytishdi.

✅ Hozirgi zamon yoshlarining ma'naviy-axloqiy rivojlanishi uchun muhim boʻlgan mardlik, halollik, adolatparvarlik kabi xususiyatlarning shoir ijodida aks etishi tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#sayyor_dars
🔰 TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey 2.1- guruh o’quvchilari bilan akademik litseyning Tillar kafedrasi o’qituvchilari A.Tursunmuradova va Z. To'rayeva tomonidan Respublika bolalar kutubxonasida “Reading. My favorite author and book” mavzusida sayyor dars tashkil etildi.

✅ Sayyor dars jarayonida kutubxonada o’quvchilar sevimli yozuvchi va kitoblari haqida ma’lumot oldilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tanlov

🔰 TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, huquqshunos olima, davlat va jamoat arbobi Vosiqova Mamlakat Sobirovna tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan "Adolatli huquqshunos – ezgulik me’mori" mavzusida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

✅ Ushbu tadbir doirasida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etiladi. Bular:

🔸1. Eng yaxshi insho (insho bir chiziqli (ona tili) daftarga yozilgan ravishda topshirilishi shart (tayyor koʻchirib olingan insholar qabul qilinmaydi!)

🔹2. Eng yaxshi videorolik (videorolik 2 daqiqadan oshmasligi va video boshida ta'lim muassasi nomi, guruhi va muallifi yozilgan boʻlishi shart)

🔸3. Eng yaxshi maqola,eng yaxshi devoriy gazeta,eng yaxshi intervyu.

Ijodiy ishlaringizni 1-qavat Musiqa xonasiga topshirishingiz soʻraladi.

Tanlov gʻoliblari esdalik sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov 2024-yil 28-oktabr kunidan 29-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#sport
#musobaqa
#tabriklaymiz

🔰 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar birinchiligi musobaqasida akademik litsey o‘quvchi-qizlar jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tadbir

🔰 Qoraqalpoq xalq shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan "Ajiniyoz asarlari yoshlar nigohida" nomli badiiy kecha 28-oktabrda 1-kurs 2-guruh o‘quvchilarining faol ishtiroki bilan tashkillashtirilmoqda.

✅ Adabiyot ixlosmandlarini va intiluvchan yoshlarni Faollar zalida soat 13:00 kutib qolamiz.

✅ Adabiy kechada Ajiniyoz qalamiga mansub quyidagi asarlar muhokama qilinadi:
🔸 "Qiz Mengesh bilan aytishuv", 🔹"Yigitlar",
🔸"Bo‘lmasa".

Читать полностью…
Подписаться на канал