#hamkorlik
O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet bilan hamkorlikda qator ishlar bajarilmoqda.
✅ TDYU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi p.f.d, professor D.U.Xashimova va p.f.n, professor v.b. N.J.Niyazovalar tomonidan Tillar kafedrasi o‘qituvchilariga ''Til o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va unumli foydalanish'' mavzusida seminar-trening va ''Создание и использование электронной мультимедийной литературы при обучении русскому языку и литературе'' mavzusida mahorat dars o‘tkazildi.
✅ Seminar-trening va mahorat dars juda qiziqarli, mazmunli va ma‘lumotlarga boy tarzda o‘tdi. Tillar kafedrasi o‘qituvchilari elektron darslik va qo'llanma yaratish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
#ochiq_dars
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi Z.To'rayeva tomonidan 1-bosqich 2-guruhda "Shopping vocabulary. Writing problem solution essay" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlar nomzodi, dotsent G.Xujanova o'quvchilar ingliz tilida so‘zlashishda asosan talaffuzga e’tibor berishlarini va xorijiy tillarni o‘rganish uchun barcha sharoitlar va malakali o‘qituvchilar yetarli ekanligini alohida aytib o‘tdi.
✅ Dars jarayonida CLT va Direct metodlar va "Jeopardy", “Touch the board”, "Guess the logo" texnologiyalaridan foydalanildi.
#ekskursiya
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o’qituvchisi D.Tillaxo'jayeva boshchiligida 2-bosqich 8-guruh oʻquvchilari bilan poytaxtimizdagi Xotira maydonida sayyor dars uyushturildi.
#tadbir
#sayyor_dars
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o‘qituvchisi D.Tillaxo'jayeva va 2.4-guruh o‘quvchilari bilan sayyor dars tashkil qilindi. Ushbu sayyor darsda Gyote institutiga sayohat uyushtirildi.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar nemis adabiyotiga oid kitoblar va badiiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Dars jarayonida o’qituvchi turli interfaol o’yinlardan foydalanib o’quvchilar nemis tilida so’zlashish nutqlarini rivojlantirdi va Gyote institutida o’tkazilgan sayyor dars o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
#sayyordars
📚📚📚Tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi D.M.Jurayeva 2.10-guruh bilan Adiblar xiyobonida “Service” mavzusida sayyor dars tashkil qildi.
🔰🔰🔰”Brainstorming”, “Chaindrill” kabi koplab metodlardan foydalangan holda dars jarayoni qizg’in davom etdi.
✅✅✅Dars jarayonida o’qituvchi turli interfaol o’yinlardan foydalanib o’quvchilar ingliz tilida so’zlashish nutqlarini rivojlantirdi va ochiq xavoda o’tkazilgan sayyor dars o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
#tadbir
📚 O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o’qituvchisi D. M. Jurayeva tomonidan shoir haykali yonida ma'naviy-ma'rifiy
tadbir tashkil qilindi.
📚Tadbirda 2.10- guruh o‘quvchilari faol qatnashib, shoir ijodidan she'rlar aytdilar.
🔰🔰 Ma’naviy- ma’rifiy tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar sertifikat bilan taqdirlanishga tavsiya etildi.
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda
📸RUS TILIDA O’TGAN TADBIRDAN LAVHALAR!
Muallif: Hamdam Shorahmedov
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
📚 O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi
akademik litseyning Tillar kafedrasi óqituvchilari S.Gazibekova va D.Abdualimova tomonidan shoir haykali qoshida ma'naviy-ma'rifiy
tadbir tashkil qilindi.
📚Tadbirda 1.10- guruh o‘quvchilari faol qatnashib, shoir ijodidan she'rlar aytdilar.
Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni oʻylayman
Oʻzimdan koʻproq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
kabi she'rlaridan zavq bilan
aytib berishdi.
📕 M.Yusuf xalqimiz qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza bilardi. Zero, u o’zbek milliy ruhiyatining chuqur bilimdoni edi.
#Zakovat
#Konstitutsiyaviy_islohotlar
📢 E'LON!
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Umumta'lim fanlari kafedrasi tarix fani o'qituvchilari tomonidan I- bosqich o'quvchilari o'rtasida 2023-yil 1-may O'zbekiston Respublikasi Yangilangan Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Kontitutsiya-tarixiy hujjat" nomli zakovat musobaqasi bo'lib o'tadi.
🔹Sana: 2024-yil 1-may
🔸Soat: 13:30
🔹Joy: Akademik litsey binosi, 1-qavat 15-o‘quv xonasi (o'zbek guruhlari uchun) hamda akademik litsey kutubxonasi (rus guruhlari uchun).
#hamkorlik
#master_klass
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi kattao‘qituvchisi Satvaldiyeva Yulduzxon tomonidan akademik litseyning 2-bosqich 6-guruh o‘quvchilariga “Davlat soliq organlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda mavzu haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
#tadbir
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey to‘garak rahbarlari hamda o'quvchilari tomonidan “Jadidlar milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbir doirasida akademik litseyning ijtimoiy tarmog‘lariga 2024-yil 22-aprel kuni "Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzusida o‘z davrining ilg‘or fikrlovchi yoshlari qatorida jadidchilik harakatiga qo‘shilgan, 44 yillik umrini 20 yilini ijtimoiy va ijodiy faoliyatga bag‘ishlab, o‘zining fenominal asarlarida ma’rifatparvarlik, millat taraqqiyoti va yurt hurligini targ‘ib qilgan o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning vatanga bo‘lgan muhabbati hamda xizmatlari bilan o‘quvchi-yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrifi haqida e‘lon berildi.
✅ Tashrif davomida A.Qodiriy uy-muzeyi xodimlari tomonidan adib hayoti va ijodidan qiziqarli ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbirda iqtidorli o'quvchlar tomonidan adib ijodidan parchalar sahna ko‘rinishi tarzda namoyish etildi, she’rlar, kuylar ijro etdilar.
✅ Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, o‘quvchilar ushbu tadbirdan yaxshi taassurotlar bilan qaytdilar.
#tadbir
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Tillar kafedrasi tomonidan “Islom-maʼrifat dini”, “Maʼrifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.
✅ Davra suhbatida Tillar kafedrasi mudiri f.f.n, dotsent G.Xujanova,
Akademik litsey xotin-qizlar raisi S.Akramova,
Huquq fanlari kafedrasi mudiri, yu.f.n, dotsent M.Hamidova,
litsey psixologi M.Alimjanova,
ingliz tili fani o‘qituvchisi D.M.Jurayevalar
hamda akademik litsey 2.10- guruh o‘quvchilari o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashdi.
🏆Tadbirda viktorina savollari ham tashkillashtirildi , faol qatnashgan o’quvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
🔰Tadbir so’ngida o’quvchilar fikr- mulohazalarni bildirib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#tadbir
🔰 Toshkent shahar hokimligining 2024-yil 15-apreldagi 09/166-sonli xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 87-sonli Farmonining 56-bandida ko‘rsatilgan “O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish” yuzasidan berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan Shayxontohur tumani “Gulbozor” mahallasida o‘tkazilgan Xon atlas festivalida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchi-qizlari milliy, o‘zbekona atlas va adras liboslarda ishtirok etdilar.
#master_klass
#hamkorlik
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PF-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Kayumova Asal Sultonmurodovna tomonidan akademik litseyning 1-bosqich 6-guruh o‘quvchilari uchun Huquqiy ko‘nikmalar fanida “Bitimlar” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda Fuqarolik huquqida bitimlar tushunchasi, turlari, bitim tuzishdan maqsad haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Tillar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi N. Axunxodjayeva boshchiligida 2.7-guruh o‘quvchilari poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar Amir temur va Temuriylar davriga oid eksponatlar, tarixiy qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdilar.
✅Temuriylar tarixi davlat muzeyi – Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, Amir Temur va u asos solgan sulola vakillari davridagi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan muzey bo‘lib, Temur va Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.
✅O‘quvchilar muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, muzey tarixi haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.
❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.
✔ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🏛TDYU qoshidagi akademik litseyning To'garak rahbari tashabbusi bilan "9-may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va ajdodlar jasorat, sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini tashkil etish vazifasi belgilangan akademik litseyda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar,munozaralar ko‘rik-tanlovini tashkil etildi.
🔰 Ijodkorlar tanlovi to'rt yo'nalish doirasida o'tkaziladi :
1.🎥Eng yaxshi insho,maqola (insho ona tili daftarga yozilgan ravishda topshirilishi shart,tayyor ko'chirib olingan insholar qabul qilinmaydi!)
2.🎥Eng yaxshi videorolik mavzuga o'ziga xos yangicha uslubda yondoshish (fikrlarning mantiqiy bayoni videorolik 2 daqiqadan oshmasligi va video boshida guruhi yozilgan bo'lishi shart !)
3.🎤Eng yaxshi audio she'r va fikr mulohazalari ( she'r mavzuga mos bo'lishi va 2 daqiqadan oshmasligi kerak)
4.📰 Eng chiroyli devoriy gazeta (devoriy gazeta alohida o'quvchi tomonidan topshiriladi)
📨Ijodiy ishlaringizni @dilbartoshtemirova manziliga yuborishingiz mumkin
🗓Tanlov 1.05.2024 dan 8.05.2024 gacha davom etadi.
#tadbir
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 3/15-52-589-sonli xatiga ilova qilingan “Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasi”ning 19-bandida “Professional ta’lim muassasalarida “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Internetda ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!” va “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” hamda “Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uygʻunligi” mavzularida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etish” vazifasi belgilangan.
✅ Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Jumladan, “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Internetda ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!” va “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” hamda “Oʻzbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uygʻunligi” mavzularida joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi xodimi Shukuruddinbekov Otabek ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Mazkur davra suhbati davomida O.Shukuruddinbekov O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalash muhim omil ekanligini ta’kidladi.
✅ Tadbir davomida O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik tushunchalari hamda radikalizm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash, shu bilan birga yoshlarga oid davlat siyosati masalalari muhokama qilindi.
#tadbir
#sayyor_dars
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi N.Mahkamova va 2.2-guruh o‘quvchilari bilan sayyor dars tashkil qilindi. Ushbu sayyor darsda Adiblar xiyoboniga sayohat uyushtirildi.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar “Adiblar hiyobonida” adiblarimiz A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, H. Olimjon va Zulfiyaxonim ijodiga oid asarlar va badiiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Dars davomida iqtidorli o'quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon“ asaridan lavhalar taqdim etildi.
Sayyor dars davomida o‘quvchilar adiblarimiz va ularning hayoti- ijodi bilan tanishdilar va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
#tadbir
📚 O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o’qituvchisi D. M. Jurayeva tomonidan shoir haykali yonida ma'naviy-ma'rifiy
tadbir tashkil qilindi.
📚Tadbirda 2.10- guruh o‘quvchilari faol qatnashib, shoir ijodidan she'rlar aytdilar.
🔰🔰 Ma’naviy- ma’rifiy tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar sertifikat bilan taqdirlanishga tavsiya etildi.
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda
⚡️Rus tilida “Скорпион из алтаря” deb nomlangan tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi o’quvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
✅Tadbirga mehmon bo’lib Abdulla Qodiriy avlodi Manzuma Qodiriy tashrif buyurdi.
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda
⚡️Aprel oyi tom ma’noda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag’ishlandi. Yurtimizdagi ta’lim maskanlarida yozuvchi tavalludining 130 yilligi o’ziga xos tarzda nishonlandi.
📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham adibning “Mehrobdan chayon” asari rus tilida sahnalashtirildi. Bunda rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Leyla Tagiyeva barcha sinf o’quvchilari ishtirokida ajoyib tadbir uyushtirdi.
✅Tadbirdan so’ng faol o’quvchilar maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Tashrif buyurgan mehmonlar esa kuy-qo’shiq, raqs va ajoyib sahna asaridan bahramand bo’lishdi.
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#maqola
✨ Tarix va bugun»»
«Muhtasiblik»dan «Ombudsman»gacha
✍️ Saidakmal Mamasoliyev
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi ,
✍Munisa Rustamqulova
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi akademik litsey 1-bosqich oʻquvchisi
"Adolat koʻzgusi" gazetasi № 17(1488)- son 25-aprel 2024-yil
#ekskursiya
🔰 Akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi yillik ish rejasiga muvofiq 1-kurs 11-guruh o‘quvchilari bilan guruh rahbari J.Bobojonov boshchiligida "Temuriylar tarixi" davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
✅ Ushbu ekskursiya o‘quvchilarning milliy o‘zligini anglatish, ularning O‘zbekiston tarixiga, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini yuksaltirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
✅ Ekskursiya davomida o'quvchilar muzeyda joylashgan eksponatlar va Temuriylar davriga oid qadimiy buyumlar bilan tanishdilar.
✅ Ekskursiya o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
#hamkorlik
#master_klass
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Inoyatova Sohiba Fazilovna tomonidan akademik litseyning 1-bosqich 6-guruh o‘quvchilariga “Da'vo muddati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda Da'vo muddati tushunchasi, talablari haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
#Ochiq_dars
🔰TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi bosh o'qituvchisi, f.f.n. E.Djurakulova tomonidan 1-bosqich 3-guruhda adabiyot fanidan "Mustaqillik davri adabiyoti" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, y.f.n. A.A.Pirnazarov, xotin-qizlar qo'mitasi raisi S.Akramovalar ochiq dars haqida o’zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.
🔰Darsda o‘quvchilar faol qatnashib, shoirlar ijodidan yod olgan she'rlarini ijro etdilar va dars jarayoniga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladilar.
✅ Ochiq darsda ''Charxpalak'', ''Piramida'', ''Jeopardy'', ''Veen diagrammasi'', Krossvord kabi o‘yin va metodlardan unumli foydalanildi.
#seminar_trening
🔰Toshkent davlat transport universiteti “Yurisprudensiya” yo'nalishi 3-bosqich talabalariga Fuqarolik protsessual huquqi fanidan “Appelyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida sud ishlarini ko‘rish” mavzusida akademik litsey o‘qituvchisi Karimova Madina Mirzadjanovna tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.
🔰 O‘zbekiston Respublikasining FPKga kiritilgan sud ishlarini ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berish, ishlarni viloyat sudlarida appelyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish bosqichlari, ishlar Oliy sudida taftish tartibida hamda Oliy sud Rayosatida qayta ko‘rilishi, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishi, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishi, sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishi borasidagi yangiliklar yoritib berildi.
🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-apreldagi 3/15-2/9-13-sonli xati orqali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z.Mahkamova tomonidan “Xotin-qizlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha hududlarda targʻibot ishlarini amalga oshirish yuzasidan
“Ilmdan boshqa najot yo’q”
#hamkorlik
#master_klass
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori v.b. Musayev Elbek Tayufovich tomonidan 1-bosqich 5-guruh o‘quvchilari uchun “Yuridik shaxslar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida fuqarolik huquqida yuridik shaxslar tushunchasi, turlari va tashkil etish asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Davra suhbati baxs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mazmunli va amaliy misollar asosida javoblar berildi.
#tadbir
📙📙📙2024-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash hamda keng targ'ib qilish maqsadida Tillar kafedrasi yetakchi o'qituvchisi, Roza Ermetova 1.1-guruh o'quvchilari bilan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag'ishlangan ''Muhammad Yusuf qalblarda mangu barhayot " nomli adabiy kecha tashkil qildi.
📗📘📕 Tadbirda barcha tadbir ishtirokchilari iqtidorli òquvchilarning ijro etgan she'rlaridan, tayyorlagan videoroliklar va chiqishlaridan bahramand bòldilar.
📚📚📚Adabiy kecha barchada katta taassurot qoldirdi.