#Temuriylar_tarixi_bilimdonlari
🇺🇿 Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Umumta'lim fanlari kafedrasi tarix fani o'qituvchilari tomonidan INTELLEKTUAL ZAKOVAT MUSOBAQASI o'tkazildi.
✅Musobaqada quyidagi o‘rinlar belgilandi: O‘zbek guruhlari o’rtasida:
1️⃣o‘rin: “Aktivistlar” jamoasi ( 1 bosqich 1-guruhi)
2️⃣o‘rin: „Yangi Temuriylar“ jamoasi ( 1 bosqich 4-guruhi)
3️⃣o‘rin: “Temuriy shahzodalar“ jamoasi ( 1 bosqich 1-guruhi) hamda “Temuriy izdoshlari“ jamoasi ( 1 bosqich 2-guruhi)
✅ Rus guruhlari o’rtasida:
1️⃣o‘rin: “1.5 A” jamoasi hamda “1.6 A” jamoasi
2️⃣ o‘rin: „1.5 B“ jamoasi hamda "1.6 B" jamoasi
3️⃣ o‘rin: “1.6 C“ jamoasi hamda "1.5 C" jamoasi
Musobaqada g'olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!!!
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚜9-aprel-Amir Temur tavallud topgan kun uchun litsey tuhfasi
Hamma uchun
#7apr #uzbtarixi
Intervyuda: Saidakmal Mamasoliyev
TDYU qoshidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#maqola
✨ 9-аprel -Amir Temur tavallud topgan kun
Sohibqiron va jahon teatri
✍️ Saidakmal Mamasoliyev
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi
"Tong yulduzi" gazetasi №14 (67492)- son. 8-aprel 2024-yil
🏛Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Amir Temur tavalludining 688 yilligini keng nishonlash maqsadida "Qomus" intellektual klubi bilan "Temur tuzuklari bilimdoni" tanlovi o'tkazildi!
✅ Tanlovda jami 50 ta jamoa ishtirok etib, tadbir so'ngida 3 ta jamoa g'olib deb topildi:
1⃣. "Pragmatiklar" jamoasi
2⃣. "Extreme" jamoasi
3⃣. "Impuls" jamoasi
🎉 G'oliblar munosib tarzda taqdirlanishdi!
@TDYU_Manaviyat
@TSUL_Qomus
#tadbir
✅ "Yosh siyosatchilar ligasi" a’zolari O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligiga tashrif buyurib, vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅Tashrif davomida jamoa a'zolari vazirlik faoliyati xususida o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
#tadbir
🔰TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey Tillar kafedrasi katta o'qutuvchisi Dilfuza Kasimova 2.9-guruh o'quvchilari bilan she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shaxzoda Zaxiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'shlangan g'azallar mushoirasi tashkil etdi.
🔰G'azallar mushoirasi ko'tarinki kayfiyatda o'kazildi.
🔰 Tadbirda akademik litsey Tillar kafedrasi ustozlari òquvchilarning ingliz va ona tillarida ijro etishgan ģazallardan bahramand bòldilar.
⚡️14 xil Yurisprudensiya yo'nalishi bo'ldi!
✅ 2024-yilda abituriyentlar “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha 14 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishlari mumkin:
1. Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha
2. Yurisprudensiya: islom huquqi
3. Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi
4. Yurisprudensiya: xalqaro-huquqiy faoliyat
5. Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi
6. Yurisprudensiya: tijorat huquqi
7. Yurisprudensiya: davlat yuridik faoliyati
8. Yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
9. Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari
10. Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquq.
11. Yurisprudensiya: yer munosabatlari.
12. Yurisprudensiya: fuqarolik va iqtisodiy huquq.
13. Yurisprudensiya: tergov faoliyati
14. Yurisprudensiya: prokuratura faoliyati.
✅ @talimuz
🏛Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Amir Temur tavalludining 680 yilligini keng nishonlash maqsadida "Qomus" intellektual klubi bilan "Temur tuzuklari bilimdoni" tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz!
✅ Tanlovda o'qillishi lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati:
1⃣."Temur tuzuklari".
2⃣. "Normativ huquqiy hujjatlar to'g'risidagi" qonun.
↪️. Shuningdek, mantiqiy va blits savollari ham o'ynaladi.
⏏️ Tanlovda ishtirok etish uchun 5 kishidan iborat jamoa tuziladi!
⏫ Umumiy savollar soni 30 tani tashkil etadi!
🗓 6-aprel kuni
⏱ 10:00
📌 Jamoalarni ro'yxatga olish 2- aprel kuni 23:59 da yakunlanadi!
📨 Ro'yxatdan o'tish uchun @bakhriddinovsardor ga murojaat qiling!
🎉 G'olib bo'lgan 3 ta jamoa munosib tarzda rag'batlantiriladi!
@TDYU_Manaviyat @Tsul_Qomus
#maqola
✨ Huquq va hayot
Huquqiy maʼrifat — huquqiy madaniyatdir...
✍️ Saidakmal Mamasoliyev
🏛 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi
"Adolat koʻzgusi" gazetasi № 11 - son 14-mart 2024-yil
➰➰➰➰➰➰➰
#статья
✍️ Статья ученика 2-го курса академического лицея при ТГЮУ Саидакмаля Мамасолиева
Газета "Адолат кўзгуси" № 11 от 14 марта 2024 г.
Текст на узбекском языке.
👉@tsullibrary👈
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi bosh o'qituvchisi N.Mahkamova tomonidan 2-bosqich 2-guruhda "Social Media" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
🔸 Darsda o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, devoriy gazetalar, ko’rgazmali qurollar, prezentasiyalar va viktorina savollari orqali o‘z ijodiy ishlarini namoyish qildilar.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Xujanova o‘quvchilar ingliz tilida muntazam ravishda, darsdan so'ng ham shug'ullanish kerak ekanligini aytib o'tdilar
🔸 Darsni interaktiv o‘tkazish maqsadida har xil o‘yinlardan unumli foydalanilib, o‘quvchilarni nafaqat ingliz tilidagi bilimlarini, balki virtual dasturlardan foydalana olish imkoniyatlarini oshirishdagi chora tadbirlar ko‘rilganligi ta’kidlab o‘tildi.
🔸Ochiq darsda "Grammar spinner if clause", PPT presentation, "Quiz game" Wallpaper presentation, va boshqa zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan foydalanildi.
#ochiq dars
🏛️TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi ingliz tili katta o’qituvchisi D.M.Jurayeva tomonidan 2-bosqich 10- guruhda “ A radio program” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
🔰Dars jarayonida o’qituvchi “Brainstorming”, “Finding the melody”, Running dictation”, “Artikulyatsiya”, “Identifying speaker”, “Wordwall” kabi metodlardan unumli foydalandi.
🔰Shu jumladan Tillar kafedrasi mudiri f.f.n.,dotsent G. U. Xujanova dars yakunida so’zlab, dars yuqori darajada tashkillashtirilganligi hamda metodlarni yosh o’qituvchilarga ham namuna sifatida ko’rsatish joizligini takidlab o’tdi.
🔰 Qadrli kanalimiz aʼzolari,
Aziz yurtdoshlar!💐🌷🎊
💠 Navroʻzi olam necha ming yillik tarixga ega, ildizlari “Avesto” davrida paydo boʻlgan, qadimiy, asl milliy, kecha va kunduz teng keladigan sharqona Yangi yil boʻlib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng goʻzal bahor bayramidir. 🎊🌠💥
⚜ Ayni shu betakror va dilbar faslda koʻklam nafasi va mayin shabadalar kirib kelishi, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga bahor nashidasi yugurgandek boʻladi.🌹
🔷 Barchamiz oʻzimizni yasharib ketgandek, kuch-quvvat, gʻayrat va shijoatga toʻlgandek sezamiz, oʻzimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz. 💐💥
✅ Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha goʻshalari, qir-adirlar, bogʻu rogʻlar oʻzgacha tarovat aks etadi.☘🌸
🔶 Yurtdoshlarimiz sumalak va halim, koʻksomsa va goʻja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida bu bahor neʼmatlarini oʻz oilasi, yaqinlari, doʻstu birodarlari bilan baham koʻrishga intiladilar. 💐🎊
♦️ Mana shu nurafshon va goʻzal ayyomda barchangizni yasharish va yangilanish ayyomi -- Navroʻzi olam bilan muborakbod etamiz! 💥💐
🟩 Navroʻz har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, mehru-oqibat, baxtu-saodat, qut-baraka olib kelsin! 💥
❇️ Barcha orzu-niyatlarimiz roʻyobga chiqsin! 💥💐🌷
⚜ Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin! 💥
💠 Hurmat va ehtirom ila,
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi! 💐🌷
#maqola
✨ Huquq va hayot
Huquqiy maʼrifat — huquqiy madaniyatdir...
✍️ Saidakmal Mamasoliyev
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchisi
"Adolat koʻzgusi" gazetasi № 11-son 1 2024-yil 14-mart.
#bayram_muborak🌷
⚜AZIZ YURTDOSHLAR!
⚜ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi siz aziz yurtdoshlarimizni qutlug' sana - Iyd al-Fitr, Ramazon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi! 💐🎊
⚜ Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu-baraka tilaymiz!
⚜ HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
⚜ ONA YURTIMIZ TINCH, HAYOTIMIZ FAROVON BO‘LSIN!
#ochiq_dars
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o'qituvchisi M. Komilova tomonidan 1-bosqich 3-guruhda "Shops and shopping" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Uzluksiz Ta’lim Boshqarmasi boshlig’i D.Avezov va O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Pirnazarov va Tillar kafedrasi o’qituvchilari ochiq darsni kuzatishdi.
✅ Dars jarayonida CLT va Direct metodlar va "TBL", “Jeopardy”, “Jigsaw puzzle”, “Presentation”, "Guess the words" texnologiyalaridan foydalanildi.
✅ Barcha o’quvchilar darsda juda faol ishtirok etishdi.
#9aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
✅Bugun buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
Ulug‘ sarkarda davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur hamda buyuk davlat asoschisidir.
Sohibqiron Amir Temur tarqoq qavmlarni birlashtirish, ularni yagona, kuchli va ahil millatga aylantirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygandi. Bu maqsad yo‘lida kuchini ham, vaqtini ham ayamadi.
Amir Temurning “Temur tuzuklari” doim ilm ahlini qiziqtirib kelgan, alohida nusxa ko‘chirilib, shaxsiy kutubxonalardan joy olgan. Ijtimoiy-siyosiy faoliyatda undan muhim yo‘l-yo‘riq sifatida foydalanilgan.
Ushbu asar ilmiy jamoatchilikni 600 yildan ziyod vaqt mobaynida qiziqtirib kelmoqda. Ushbu asar o‘lmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega. Buyuk ajdodimizning "Kuch – adolatda" shiori esa har birimiz uchun dasturulamal bo‘lishi lozim.
#tadbir
🔰2024-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarni munosib nishonlash hamda keng targ'ib qilish maqsadida Tillar kafedrasi bosh o'qutuvchisi, filologiya fanlari nomzodi Elmira Jo`raqulova 1.2-guruh o'quvchilari bilan Nabixon Chustiy hayoti va ijodiga bag'shlangan ''Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham'' nomli g'azalxonlik kechasi tashkil qildi.
🔰G'azalxonlik kechasi ko'tarinki ruhda bòlib òtdi.
🔰 Tadbirda barcha tadbir ishtirokchilari iqtidorli òquvchilarning ijro etishgan she'r va ģazallaridan bahramand bòldilar.
#tabriklaymiz
🔰 SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!
🔰 "Qomus" tadbirida akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan "Impuls" jamoasining faol ishtiroki va faxrli o‘rinlarni egallaganliklari uchun tabriklaymiz!
✅ Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!
Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.
Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.
Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar.
Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/
@grantlar
#tadbir
🔰2024-yilda adabiyot, madaniyat va san'at, ilm-fan sohalari atoqli namoyandalarining tavallud sanalarni munosib nishonlash hamda keng targ'ib qilish maqsadida Tillar kafedrasi o'qutuvchisi Fazilat Qosimova 1.8-guruh o'quvchilari bilan Tòra Sulaymon hayoti va ijodiga bag'shlangan g'azallar mushoirasi tashkil qildi.
🔰G'azallar mushoirasi ko'tarinki ruhda bòlib òtdi.
🔰 Tadbirda akademik litsey Tillar kafedrasi ustozlari òquvchilarning ijro etishgan ģazallardan bahramand bòldilar.
#tadbir
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi yetakchi o'qituvchisi N.Axunxodjayeva va katta o'qituvchi Sh.Rahmonovalar tomonidan 1.6-guruhda Navro'z munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi.
✅ Unda 1.6-guruh o'quvchilari tomonidan mamlakatimizning viloyatlari urf-odatlaridan namunalar ko'rsatildi.
✅️Navro'zga bag'ishlangan bayram dasturxoni bezatildi.
✅️Jonli ijroda bayramni madh etuvchi kuy va qo'shiqlar ijro etildi.
✅Tadbir ishtirokchilar va mehmonlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
4️⃣4️⃣4️⃣ • Amir Temur davri madaniy-ma’naviy merosi — Uchinchi Renessans poydevori
👉 tsulofficial/BLXoRIPuFai">Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligiga bag‘ishlangan tadbir 3-aprel 11:30 dan boshlab TDYU 3-bino katta majlislar zalida o‘tkaziladi...
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Культурное и духовное наследие эпохи Амира Темура – основа Третьего Ренессанса
👉 tsulofficial/BLXoRIPuFai#Txpq">Мероприятие, посвященное 688-летию со дня рождения нашего великого предка Амира Темура, состоится 3 апреля в 11:30 в Большом конференц-зале ТГЮУ...
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • The cultural and spiritual heritage of the era of Amir Timur - the foundation of the Third Renaissance
👉 tsulofficial/BLXoRIPuFai#FqFB">The event dedicated to the 688th anniversary of the birth of our great ancestor Amir Timur, will take place on April 3 at 11:30 (Main Conference Hall of TSUL)...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #elon #объявление #announcement
#ochiq_dars
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M.Karimova tomonidan 1-bosqich 6-guruh o‘quvchilari bilan Davlat va huquq asoslari fanidan “Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
✅Mazkur darsda TDYU "Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi dotsenti, yu.f.f.d.(PhD) F. Fozilov ishtirok etdi.
✅ Ochiq dars noan’anaviy, kichik guruhlar musobaqasi tarzida o‘tdi. Pedagogning kasbiy mahorati va o‘quvchilarning faolligi e’tirof etildi.
YANGI SAYLOVLAR—YOSHLAR NIGOHIDA
💢Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan “Saylovlar demokratiya ko‘zgusi: yangi saylov tizimi — yoshlar nigohida” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
⭕️Deputatlar, quyi palataning Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar mas’ullari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimiz saylov qonunchiliga kiritilgan muhim o‘zgarishlar hamda saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✅ Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchilari savol va takliflari bilan ishtirok etdilar.
#ochiq dars
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o'qituvchisi M. Askarova tomonidan 1-bosqich 9-guruhda "Advertisement " mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, f.f.n.,dotsent G.Xujanova o‘quvchilar ingliz tilida so‘zlashishga ko'proq e’tibor berishlarini va xorijiy tillarni o‘rganish uchun barcha sharoitlar va malakali o‘qituvchilar yetarli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
✅ Dars jarayonida ‘'Blending'', ''Direct'' metodlari va "Guess what", “Cups game”, "Find the product with logos" harakatli mashqlardan foydalanildi.
#ochiq_dars
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi R.Irzaqulova tomonidan 1-bosqich 5-guruhda "Personal Email" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent G.Xujanova o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini alohida ta’kidlab o’tdi.
✅ Dars jarayonida “Wordcloud“ va “Mentimetr” metodlar va "Jigsaw reading", “If I were you”, “Prezi" texnologiyalaridan unumli foydalanildi.
#tadbir
🏛Toshkent davlat yuridik unversiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 21-mart-Navro'z bayrami munosabati bilan ilk marotaba o'quvchi-yoshlar o'rtasida "Mister & Miss yurist-2024" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
🔰Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan akademik litseyning o'quvchilari o'z intellektual va ijodiy salohiyati, egallagan bilimi, madaniyati, ahloqiy jihatlarini amalda ko'rsata bilishlari talab etildi.
🔺2 bosqichli kasting natijasiga ko'ra 7 nafardan qizlar va o'g'il bolalar tanlab olindi.
🔰Tanlov natijasiga muvofiq "MISTER & MISS YURIST -2024" ko'rik-tanlovining ramziy toji hamda lentasi tantanali ravishda "Miss yurist-2024" ko'rik-tanlovi sohibalari quyida nomlari keltirilgan qizlarga taqdim etildi:
✅Jamilova Ozoda Komilovna- 1.2-guruh o‘quvchisi
✅ Muxiddinova Gulnoza Muxiddin qizi 2.4-guruh o‘quvchisi
✅ Soatova Malika Sherali qizi -- 2.3-guruh o‘quvchisi.
🎓 "Mister yurist- 2024" ko'rik-tanlovi g‘olibligiga ushbu o‘g‘il bolalar loyiq deb topildi:
✅ Ashiraliyev Rasulberdi -2.3-guruh o‘quvchisi
✅ Nuriddinov Saidislom -2.4-guruh o‘quvchisi
✅ Mamirxodjayev Azizxoʻja-
1.4-guruh o‘quvchisi.
⚜G‘oliblarni tabriklaymiz!
⚜BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!
#tadbir
🏛Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida TDYU qoshidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchilari Saidakmal Mamasoliyev "Huquqiy madaniyat va huquqiy tartibotning zamonaviy huquqdagi oʻrni " mavzusida , Nuriddinov Saidislom "Yangi Oʻzbekistonda-bola huquqlari" mavzusida maʼruza qildilar.