#sport
#e'tirof
⚜ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!
🔰 Buxoro shahridagi Humo sport majmuasida professional taʼlim muassasalari va akademik litsey oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida Barkamol avlod sport musobaqalarining Dzyudo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika final bosqichida hududlardan jami 220 nafar ishtirokchilar -- 9 vaznda qizlar oʻgʻil bolalar bellashdilar.
✅ Mazkur musobaqada akademik litseyning 1-bosqich 4-guruh o‘quvchisi Jumanazarov G‘iyosiddin 60kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi!
⚜ G‘iyosiddinni ushbu natijalari bilan tabriklaymiz!
⚜ Navbatdagi musobaqalarda ham omad tilaymiz!
🇺🇿 YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BO‘LSIN!
#seminar_trening
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti A.Sodikov tomonidan Innovatsion ta'lim berish metodlari doirasida yuridik akademik litsey pedagoglari uchun trening bo'lib o'tdi.
✅ Tadbir davomida huquqshunoslik fani bo‘yicha zamonaviy ta'lim metodlari, dars jarayonlarining samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
✅ Namunaviy dars doirasida g'olib bo'lgan jamoa vakillariga sovg'alar taqdim etildi.
#tadbir
✅ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tashabbusi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida taniqli huquqshunos olimlar Ikrom Zokirov va Mamlakat Vosiqova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ular bosib o‘tgan hayot va ilmiy-ijodiy faoliyatida amalga oshirgan ishlari yuzasidan fikr almashish maqsadida Respublika ilmiy konferensiyasi bolib o'tdi.
🔰 Mazkur konferensiyada ko'plab olimlar, yuridik fanlar doktori, professor va shular bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasida Yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, akademik Akmal Saidov ishtirok etdi.
✅ TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning konferensiyada ishtirok etgan xodimlari va o'quvchi-yoshlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
Batafsil
#8_mart
#Bayram_Muborak
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda to'garak rahbarlari tomonidan
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkillashtirildi.
🎉Tadbirda akademik litseyning iqtidorli o'quvchilari tomonidan ayol pedagoglar, xodimalar hamda o‘quvchi qizlar uchun turli chiqishlar taqdim etildi.Tadbirda akademik litsey xodimlari barcha ayollarni tabriklab,samimiy so'zlar bilan tabrikladilar.
🥳🤩 Siz bor ekansiz, hayot mazmunli, yo‘llar yorug‘, ro‘zg‘or saranjom-sarishta, ko‘ngil xotirjam, har yon go‘zal va tarovatli, xonadonlar fayzlidir,sizga uzoq umr, baxt- saodat, sog‘liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizga omad tilaymiz!
💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
TDYU qoshidagi akademik litsey faollari
Telegram | Instagram | Web-sayt
#ekskursiya
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 1-guruh oʻquvchilari Olimpiya Shon-Shuhrat muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
✅ Ekskursiya davomida oʻquvchilar Olimpiada chempionlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.
✅ Sayohat davomida oʻquvchilar majmuadagi sovrinlar, oʻquv zali bilan tanishdilar.
✅ Sayohat oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Президент Шавкат Мирзиёев: Инсон қадрини улуғлаш аввало азизу мукаррама аёлларимизни улуғлашдан бошланади
—
Президент Шавкат Мирзиёев: Уважение чести и достоинства человека начинается прежде всего с уважения к нашим дорогим женщинам
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ekskursiya
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 10-guruh oʻquvchilari Olimpiya Shon-Shuhrat muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
✅ Ekskursiya davomida oʻquvchilar Olimpiada chempionlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.
✅ Sayohat davomida oʻquvchilar majmuadagi sovrinlar, oʻquv zali bilan tanishdilar.
✅ Sayohat oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
#tadbir
#zakovat #BMT_tarixi
🇺🇳🇺🇿 2-mart O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTIGA a'zo bo'lgan kun munosabati bilan TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Umumta'lim fanlari kafedrasi tarix fani o'qituvchilari tomonidan INTELLEKTUAL ZAKOVAT MUSOBAQASI o'tkazildi.
✅Musobaqada quyidagi o‘rinlar belgilandi: O‘zbek guruhlari o’rtasida:
1️⃣o‘rin: “Impuls” jamoasi ( 2-bosqich 3-guruh)
2️⃣o‘rin: „Subyektiv“ jamoasi ( 2-bosqich 1-guruh)
3️⃣o‘rin: “Femida“ jamoasi ( 2-bosqich 10-guruh)
✅ Rus guruhlari o’rtasida:
1️⃣o‘rin: “Xavfsizlik kengashi” jamoasi ( 2 bosqich 5-guruh)
2️⃣ o‘rin: „MDMD“ jamoasi ( 2-bosqich 5-guruh)
3️⃣ o‘rin: “Sitora“ jamoasi ( 2-bosqich 5-guruh)
Musobaqada g'olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz!!!
#tadbir
🔰 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
✅ Tadbir akademik litseyning birinchi bosqich o‘quvchi-qizlari o‘rtasida tashkil qilindi.
✅ Viktorina 4 ta shartdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
1. Huquqiy bilimlar;
2. Mohir qo‘llar;
3. Pazandalik mahorati;
4. Gʻazalni ifodali o‘qish (Alisher Navoiy, Bobur)
✅ Ko‘rik-tanlovning har bir shartini bajarishda o‘quvchi-qizlar mas’uliyat va ijodkorlik bilan yondashib, o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.
✅ Isteʼdodli o‘quvchi-qizlarning ko‘rik-tanlov har bir shartidagi chiqishlari, ularning faolligi hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi.
✅ Akademik litsey Xotin-qizlar maslahat kengash a’zolari tomonidan “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovida faol qatnashgan o‘quvchi-qizlar faxriy yorliq va sertifikat bilan taqdirlandilar.
📣G'afur G'ulom ijodiga bag'ishlangan Respublika Olimpiyadasi o'tkazilishini e'lon qilamiz!
📚Olimpiyada uchun o'qilishi lozim adabiyotlar:
1⃣. G'afur G'ulomning "Shum bola" hikoyasidan 5 ta savol;
2⃣.Turli manbalarga asoslangan 5 ta
blits va mantiqiy savol;
3⃣. Konstitutsiya va normativ huquqiy hujjatlardan 5 ta savol.
✅ She'r bosqichida esa G'afur G'ulomning ijodidan istalgan bir she'rni ifodali, ravon, yoddan aytib berish orqali hakamlar tomonidan baholanadi.
⚡️ Olimpiyadada ishtirok etuvchi ta'lim muassasalari: /channel/izdoshlarimiz/199
📌 Eslatma: Olimpiyada uchun har bir talaba va o'quvchilar individual tarzda ishtirok etidilar.
📨 Ro'yxatdan o'tishuchun @bakhriddinovsardor ga murojaat qilishingiz mumkin.
❗️ Olimpiyada 12-mart kuni, 14:30da "Adiblar xiyoboni"da o'tkaziladi.
🏆🎉 G'oliblar munosib tarzda taqdirlanishadi!
⭐️ Bizni @izdoshlarimiz da kuzatib boring.
🌸🌸🌸 ЎЛКАМДА БАҲОР
Далалар уйғонди, бойчечак унди,
Заминдан қор кетди, кўнгилдан ғубор.
Ярқ этган толедай қуёш кўринди,
Ўлкамда баҳордир, ўлкамда баҳор.
Қиш узоқ чўзилди, шукур, ўтди-я,
Боқийдек туюлган музлар кетди-я,
Ивишиқ кунларнинг куни битди-я,
Ўлкамда баҳордир, ўлкамда баҳор.
Баҳорда ёшликнинг тотли бўйи бор,
Баҳор эрк сингари ёруғ ва зангор,
Ёш юртим баҳордек бўлсин беғубор,
Ўлкамда баҳордир, ўлкамда баҳор.
Баҳорнинг баҳордек феъллари бордир,
Момақалдироғи, селлари бордир.
Гоҳ сарин, ғоҳ аччиқ еллари бордир,
Ўлкамда баҳордир, ўлкамда баҳор.
Майли-да, хуш келди, бут келди кўклам,
Тўкинлик, барака кут келди кўклам,
ИншаАллоҳ, дейлик- қут келди кўклам,
Ўлкамда баҳордир, ўлкамда баҳор.
✍️ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов
#tadbir
🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 1-bosqich 5-guruh o‘quvchilari bilan Tillar fanlar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi Dilfuza Abdualimova tomonidan "Bobur- shoh va shoir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o‘tdi.
✅ Tadbirda akademik litseyning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
✅ Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Boburning hayoti va ijodi haqida taqdimot qilindi.
✅ Shoirning ruboiy va g‘azallari rus, o‘zbek, ingliz va qoraqalpoq tillarida yangradi.
✅ O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko'rinishi tadbir mehmonlari va ishtirokchilarda taassurot qoldirdi.
#ochiq_dars
🔰 Akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Toshkanov tomonidan 2-bosqich 1-guruhida Davlat va huquq asoslari fanidan "Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
➡️ Ochiq darsda "Izohli test", "True/False", "guruhlarda ishlash", "Aqliy hujum", "Klaster", "Keys-stadi" texnologiyalaridan foydalanildi.
✅ O‘quv mashg’ulotidaToshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) M.Usmonova hamda pedagoglar qatnashdilar.
✅ Ochiq dars noan’anaviy tarzda o‘tdi. Darsda taqdimot namoyishlaridan foydalanildi.
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning To'g'arak rahbari hamda Yetakchilar kengashi tomonidan bahoriy tanlov!
🔰 Iqtidorli o'quvchilarga bahoriy xush kayfiyat ulashish maqsadida "Mr/Miss yurist-2024" ko'rik-tanloviga barcha o'quvchilarni taklif qilamiz.
🔰 Tanlovga @Mr_Miss_Yurist_bot manzili orqali ro'yhatdan o'ting hamda tanlov haqida batafsil ma'lumot oling!
🗓Tanlovga 14.02.2024 dan 17.02.2024 gacha ro'yhatdan o'tishingiz mumkin!
TDYU qoshidagi akademik litsey faollari
#Tadbir
🔰Bugun TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning oʻquvchilari soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida boʻlib oʻtgan “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurishdi.
✅Tadbirda oʻquvchilar Akademiyaga qabul va ta’lim olish tartibi, o‘quv dasturlari, faoliyat yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va Akademiyada ta’lim olish afzalliklari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅Mazkur tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
✅Tadbir davomida tashrif buyurgan barcha taʼlim muassasalarining oʻquvchilari guruhlarga bo‘linib, ular uchun maxsus ekskursiyalar, koʻrgazmalar va amaliy mashgʻulotlar tashkillashtirildi.
👉Batafsil
TDYU qoshidagi akademik litsey faollari
Telegram | Instagram
📣G'afur G'ulom ijodiga qiziquvchi talabalar diqqatiga!
🖇️G'afur G'ulomning hayoti va ijodini keng targ'ib qilish maqsadida “Men o’zbek shoiriman - o’z xalqimning tiliman” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi.
📆 Bugun, 16-mart kuni soat 16.00
da Adiblar xiyobonida tadbirimiz bo’lib o’tadi.
🔍Tadbir davomida qiziqarli suhbat hamda adib hayoti va ijodiga bag’ishlangan tanlov kahoot platformasi orqali bo’lib o’tadi.
📍G'afur G'ulom stipendiyasi va ko'krak nishonini qo'lga kiritish istagida bo'lgan talabalarimiz uchun yana bir imkoniyat!
🏆 G’oliblar darajali diplom bilan taqdirlanadi.
❓Qo'shimcha ma'lumot uchun @zavqiddinovna21 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
🏛TDYU qoshidagi akademik litseyning To'garak rahbarlari tashabbusi bilan "Har kuning bo'lsin,Navro'z" mavzuda madaniy tadbirlar tanlovga start berildi !
🔰 Tanlov besh yo'nalish doirasida o'tkaziladi :
1.🖼Eng yaxshi devoriy gazeta(gazeta mavzuga mos bo'lishi va yakka tartibda yoki jamoaviy topshirish zarur)
2.🎥Eng yaxshi videorolik (videorolik 2 daqiqadan oshmasligi va video boshida o'quvchi ism va familiyasi bo'lishi shart,koʻchirib olingan videolar qabul qilinmaydi)
3.📕Eng yaxshi insho (12 varoqli daftarda topshirish zarur)
4.🥁Eng yaxshi "Xalq badiiy ijodiyoti"
5.📬Eng yaxshi "Milliy kiyimlar namoyishi" yo'nalinishlari bo'yicha uyushtiriladi.
📨Ijodiy ishlaringizni /channel/yuridik_litseyt manziliga yuborishingiz mumkin.
🎉🎁Gʻolib boʻlganlar munosib taqdirlandi
🗓Tanlov 15.03.2024 dan 19.03.2024 gacha davom etadi
🔥Barchasi faqat siz uchun
Telegram | Instagram
4️⃣4️⃣4️⃣ • Huquqni mustaqil o‘rganish tizimi ilovalarini yaratish uchun tanlov e’lon qilindi
👉 tsulofficial/e5Tm7WGc4cR">TDYU tomonidan huquqni mustaqil oʻrganish tizimi (huquq maktabi) ilovalarini (Web, IOS, Android) yaratish xizmati uchun tanlov e’lon qilindi...
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Объявлен конкурс на создание приложений для системы самостоятельного изучения права
👉 tsulofficial/e5Tm7WGc4cR#eltX">ТГЮУ объявляет конкурс на услугу создания приложений (Web, IOS, Android) для системы самостоятельного изучения права (Школа права)...
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • A competition has been announced for the development of applications for a self-study legal system
👉 tsulofficial/e5Tm7WGc4cR#TSLL">TSUL announces a competition for the service of creating applications (Web, IOS, Android) for a self-study legal system (Law School)...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #elon #объявление #announcement
#tadbir
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi Sh.Raxmonova tomonidan 1-bosqich 4-guruhda "Means of communication" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Xujanova o‘quvchilar ingliz tilida so‘zlashishda talaffuzga e’tibor berishlarini va xorijiy tillarni o‘rganish uchun barcha sharoitlar va malakali o‘qituvchilar yetarli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
✅ Dars jarayonida CLT va Direct metodlar va "Telepathy game", “Game with bricks”, "Who will be the first to reach to the Mars" texnologiyalaridan foydalanildi.
#Adliya_tabrigi
Adliya vaziri A.Toshqulovning 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
@adliyangiliklari
#tabriklaymiz
#bayram_muborak
⚜⚜⚜
AYOL BORKI, OLAM MUNAVVAR! 🌺🌺🌺
⚜Hurmatli ayollar!
⚜Muhtarama onaxonlar!
⚜Opa-singillar!
⚜O‘quvchi qizlar!
💠 Sizlarni 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tabriklaymiz! 🌺
⚜ Siz bor ekansiz, hayot mazmunli, yo‘llar yorug‘, ro‘zg‘or saranjom-sarishta, ko‘ngil xotirjam, har yon go‘zal va tarovatli, xonadonlar fayzlidir. 🌷
⚜ Sizga uzoq umr, baxt- saodat, sog‘liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizga omad tilaymiz!
⚜ Sizlarni hech qachon bahoriy kayfiyat va go‘zallik tark etmasin, yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin.
⚜Sizning shirin so‘zligingiz, mehnatsevarligingiz va o‘z kasbingizga qat'iyat bilan yondashishingiz barchaga namuna bo‘lib qolsin!
⚜Sizning munavvar va mehr to‘la qalbingiz yo‘llarimizni yoritsin! 🌺
⚜BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🌷
⚜Hurmat va ehtirom bilan,
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi!
📌Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarori 5.2-bandida ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish” bo‘yicha o’qituvchi-pedagoglar uchun seminar-trening bo’lib o’tdi.
✅Ushbu seminar-trening Toshkent davlat yuridik universitetining M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi Feruza Lutfullayeva tomonidan olib borildi.
🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
#press_tur
🔰 Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Gʼafur Gʻulom tavalludining 121 yiligi munosabati bilan TDYU qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchilari Gʼafur Gʻulom uy-muzeyiga sayohat uyushtirib, adibning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.
#tadbir
#davra_suhbati
🔰 Akademik litseyda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan haftalik o‘tkazish vazifasi ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
✅ Akademik litsey o‘quvchi qizlarining olima ayollar bilan muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi:
✅ Nizomiy nomidagi TDPU umumiy psixologiya kafedrasi olima ayollari bilan davra suhbati o‘tkazildi;
✅ TDYU professori, yuridik fanlar doktori Baxramova Mohinur bilan uchrashuv tashkil qilindi;
✅ TDYU o‘qituvchisi Joʻrayeva Asal Baktiyevna hamda TDYU magistranti, Alisher Navoiy stipendiyasi sohibi, “Lider qizlar” loyihasi muallifi Eshturdiyeva Farangiz Baxodir qizi bilan davra suhbati o‘tkazildi.
🇺🇳🇺🇿 Oʼzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992-yil 2-martda aʼzo boʼlgan.
🇺🇳 BMT 1945-yil 24-oktyabrda tashkil etilgan. Tashkilotga 193 davlat aʼzo. 2ta davlat kuzatuvchi maqomiga ega. https://www.un.org/en/about-us/member-states
🇺🇿Bugungi kunda Oʼzbekiston dunyoning 145 ta davlati bilan diplomatik aloqalar oʼrnatgan. O’zbekiston Respublikasi diplomatik aloqalar o’rnatgan davlatlarning ro’yxati https://mfa.uz/uz/pages/strani-kotoriye-uzbekistan-ustanovil-diplomaticheskiye-otnosheniya
Toshkentda 46 ta chet el elchixonalari, 3 ta bosh konsullik, 13 nafar faxriy konsullar, 24 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 26 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda Oʼzbekiston Respublikasining 59 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.
Oʼzbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning aʼzosi. https://mfa.uz/uz/pages/vneshnaya-politika
©/channel/mehnathuquqi/6921
#tadbir
🏛TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi R.Irzaqulova tomonidan 1-bosqich 10-guruhda qomusiy olimlar xotirasiga bag'ishlangan "Ajdodlar xotirasi mangu barhayot" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
✅Tadbirni akademik litsey direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari A.Pirnazarov qomusiy olimlar haqidagi fikrlari bilan ochib berdi va o’quvchilarga omad tiladi.
✅ Tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Xujanova buyuk siymolarning bugungi avlodga qoldirgan ulkan ma'naviy merosini chuqurroq o'rganishni ta’kidlab o’tdi.
✅Tadbirda "Wordcloud", "Jeopardy", "Matching quotes with pictures" metodlaridan foydalanildi.
🌎 “Xorijiy davlatlarda o‘qish, stajirovka o‘tash va grantlarni qo‘lga kiritish” mavzusida trening o'tkazildi
📌 2024-yilning 15-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti "Ma'muriy va moliya huquqi" kafedrasi mudiri S.Yusupov hamda kafedra professor-o'qituvchilari A.Jurayeva, A.Axrorov, J.Zoilboev, Y.Saidazimov va A.Jurayevlar tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikumi va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda “Xorijiy davlatlarda o‘qish, stajirovka o‘tash va grantlarni qo‘lga kiritish” mavzusida turkum treninglar tashkil etildi.
🔔 Trening qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📽Batafsil quyidagi lavhada tomosha qilishingiz mumkin.
🤝 Safimizga qo’shiling, bizni kuzatib boring.
http://t.me/admfin
#maqola
✨ 14-феврал Заҳириддин Муҳаммад Бобур туғилган кун...
Бобур буюк фақиҳ...
✍️ Саидакмал Мамасолиев,
🏛 ТДЮУ қошидаги академик лицей 2-босқич ўқувчиси
"Адолат кўзгуси" gazetasi № 07 - son 15-fevral 2024-yil
👉@tsullibrary👈
➰➰➰➰➰➰➰
#статья
✍️ Статья ученика 2-го курса академического лицея при ТГЮУ Саидакмаля Мамасолиева
Газета "Адолат кўзгуси" № 07 от 15 февраля 2024 г.
Текст на узбекском языке.
👉@tsullibrary👈
#tadbir
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi bosh o'qituvchisi A.Tursunmuradova va katta o'qituvchi E.Rahimov tomonidan 2.11-guruhda o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlangan tadbir tashkillashtirildi.
✅ Mazkur tadbirda 2.11-guruhning "Babur's descendants" va "Justice league" guruh o'quvchilari Babur ijodidan g'azal va ruboiylarni turli tillarda taqdim etdilar. Z.M.Bobur hayoti va ijodiga oid savol-javoblar, sahna ko'rinishlarini taddim etdilar.
✅ Tadbir so'ngida o'quvchilar Bamboozle o'yini orqali o'z bilimlarini namoyish etdilar.
🔰 Umumiy hisob bo'yicha "Babur's descendants" jamoasi g'olib bo'ldi.
#trening
🔰Akademik litseyning psixologik xizmat hamkorlik rejasiga ko‘ra, Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi R.Abdullaeva, o‘qituvchilar N.Raxmonova, Z.Hayitova tomonidan o‘quvchilarga “Sog‘lom turmush tarzi- kelajak poydevori” nomli trennig o‘tkazildi.