📣O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida universitet talabalari o'rtasida o'tkazilgan tanlov g'oliblari aniqlandi.
✅"Til millat ko'zgusi" shiori ostida "Eng yaxshi maqola" tanlovi g'oliblari
🥇-o'rin: Shafiyeva Mehrangiz, Ommaviy huquq fakulteti talabasi
🥈-o'rin: Usmonova Dildora, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi
🥉-o'rin: Xursanov Shamsiddin, Ommaviy huquq fakulteti
✅"O'zbek tilim - faxrim mening" mavzusida "Eng yaxshi intervyu" tanlovi g'oliblari
🥇-o'rin: Zairov Asadbek , Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti, Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti
🥈-o'rin: Haydarova Xurshidabonu, Xususiy huquq fakulteti talabasi
✅"Eng mazmunli va ta'sirchan ijtimoiy rolik" tanlovi g'oliblari
🥇-o'rin: Hamidova Salomat, Ommaviy huquq fakulteti talabasi
🥈-o'rin: Mamasoliyev Saidakmal,TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi o'quvchisi.
#ekskursiya
✅ Аkademik litseyning 2.2- guruh oʻquvchilari taniqli rus adibi S.Yeseninning uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.
✅ Tashrif davomida adibning hayot va ijod yo‘li bilan yaqindan tanishdilar.
#seminar_trening
🔰 Toshkent shahar IIBB ATSJQKB HPB profilaktika inspektori podpolkovnik Qodirov Sherzod Ravshanovich, Katta leytenant Turdiyev Sohib Sadirovich va leytenant Saparbayev Shokir Yusupbayvich hamda Shayxontohur tumani 4-sonli IIB HPB XKMB katta inspektori podpolkovnik Yusufxadjayeva Malika tomonidan akademik litsey o‘quvchilari uchun yoshlar o'rtasida kiberjinoyat, huquqbuzarlik va jazo muqarrarligi to'g'risida davra suhbati o'tkazildi.
#ochiq_dars
📘Akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi SH.Eshankulova tomonidan 1-bosqich 3-guruhda o‘tkazilgan "Alisher Navoiy lirikasi. Xamsachilik tarixi" mavzusidagi ochiq dars qiziqarli va mazmunli o‘tkazildi.
✅ Kichik guruhlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahr-u baytlar bellashuvi , gʻazallar, badiiy san’at tahlillari, qiziqarli topshiriqlar, mushoiralar va mahorat bilan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari darsning mazmundorligini yanada boyitdi.
📗Noan'anaviy tarzda o‘tilgan ochiq dars mutaxassislar tomonidan namunali deb baholandi.
🔤🔤🔤
🔺 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda "Qomus" tanlovining 1-turi bo'lib o'tdi!
🔺 TDYU qoshidagi Akademik litseyining to'garak rahbari Xusanova Guljahon Odiljonovna tanlovni ochib berdilar va ishtirokchilarga omad tiladilar va bo'lajak yuristlarga bu tanlovning ahamiyati haqida so'zlab berdilar. Loyiha koordinatori Bahriddinov Sardor esa tanlovni olib bordi.
🔸 Birinchi turda 2️⃣0️⃣ dan ortiq jaomalar ishtirok etdilar.
🤔 Bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyadan, G'ofur G'ulomning "Tirilgan murda" qissasidan,shuningdek mantiqiy savollar orqali o'quvchilar bilimlarini sinashdi va oshirishdi.
💠 Tadbir davomida juda qizg'in, shiddatli, murosaga boy atmosfera yaraldi.
💠 @Tsul_Qomus - birgalikda haqiqiy yurist shaxsiyatini yaratamiz!
#ekskursiya
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich 2-guruh o‘quvchilari poytaxtimizdagi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
✅ Ekskursiya davomida o‘quvchilar muzey haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
➡️ P/s: Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.
🔸 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirilib, etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903).
🔹 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi.
🔸1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan.
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi qayta tashkil etildi.
🔸 Hozirgi kunda ushbu muzey zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi.
🔹 Bularning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etnografik yodgorliklar tashkil etadi.
🔰 Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
https://www.youtube.com/live/dHgwTYZDIJk?si=LTH2NcNKSSik04lG
🏆🏆🏆 • TDYU Round University Ranking (RUR) sohaviy reytingida TOP–200 universitet orasidan joy egalladi
👉 tsulofficial/kaa_1w7kdNg">Round University Ranking xalqaro reyting tashkilotining 2023-yil uchun Subject Ranking (Sohalar kesimida) reytingi natijalari e’lon qilindi...
🏆🏆🏆🏆 • ТГЮУ занял место среди ТОП-200 университетов в отраслевом рейтинге Round University Ranking (RUR)
👉 tsulofficial/kaa_1w7kdNg#GbKP">Опубликованы результаты рейтинга Subject Ranking (в разрезе отраслей) международной рейтинговой организации Round University Ranking за 2023 год...
🏆🏆🏆🏆 • TSUL took a place among the TOP 200 universities in the industry ranking Round University Ranking (RUR)
👉 tsulofficial/kaa_1w7kdNg#QYlw">The results of the Subject Ranking (by industry) of the international rating organization Round University Ranking for 2023 have been released...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #yutuq #достижение #achievement
🗣TANLOV NATIJALARI!
Assalomu alaykum barchaga, va nihoyat tanlov natijalarini eʼlon qilamiz. Hamma maqolalarni birma bir tahlil qilib chiqdik. Haqqoniy va xolisona yondashdik.
✅ Maqola tahlili👇
https://telegra.ph/Maqolalar-tahlili-10-25
🥇1- oʻrin Farida Fazliddinova
🥈2- oʻrin Saidakmal Mamasoliyev
Salomat Hamidova
🥉3- oʻrin Ulugʻbek Sharobiddinov
Nodirabegim Roziqaliyeva
Gʻoliblar tahriryatimizga kellib sovg'angizni olib ketishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi 25- uy. 5- qavatda.
Moʻljal: Oloy bozori roʻparasi.
Tel: 884914145
❓Savollar bo'yicha: @adolatkozgusi_01
Ishtirokchilarning barchasiga rahmat. Bizdan uzoqlashmang.
Bundan-da yaxshi tanlovlarni kanalimizda eʼlon qilamiz.
Maqsadimiz: Huquqga qiziqadigan shu yoʻnalishda ijodiy ishlar yozadigan talaba, oʻquvchilar bilan hamkorlik qilish.
↘️ Kanalga ulanish 👇
/channel/adolatkozgusi
#ona_tilim_faxrim
🔰 Toshkent davlat yuridik universitetida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!" shiori ostida tadbir dasturi o'tkazildi.
✅ Dastur davomida talabalar tomonidan Jadidlar siymosi gavdalantirildi. O'zbek tilini ulug'lovchi qo'shiq va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
✅ Tadbirda akademik litsey o'quvchilari ishtirok etib, ma'naviy hordiq chiqazdilar hamda bayram tadbirlaridan bahramand bo'ldilar.
🏛️ TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda to'garak rahbarilari hamda ARM kutubxona hamkorlikda 21-oktyabr davlat tili bayrami kuni munosabati bilan "O'zbek tili-milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi!
✅️ Mazkur tadbirda "O'zbek tilining izohli lug'ati"nomli kitob ko'rgazmasi bo'lidi.
⚡Tadbirda akademik litseyning iqtidorli o'quvchilari faol ishtirok etdilar.
✨21-oktyabr -O'zbek tili bayrami kuni
"TILGA EHTIROM YOSHLIKDAN BOSHLANADI"
✍ SAIDAKMAL MAMASOLIYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi.
🔹"TONG YULDUZI" Respublika bolalar va o'smirlar gazetasi
✅ № 42 (67467), 16-oktyabr, 2023-yil.
#tadbir
“Ona Vatanga muhabbat va sadoqat -ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi "
Joriy yilning 19-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti xodimlari uchun "O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan ilmiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2- bosqich 4-guruh o'quvchisi, Mamasoliyev Saidakmal 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Akademik litsey o'quvchisi tomonidan Davlat tilining qabul qilinishi, uning tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida ma'ruza qilindi. Shuningdek, O‘zbek tili – o‘zbek xalqining milliy tili, unda o‘zbek xalqining o‘zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi mujassam bo'lganligi, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro‘-mavqeyini ko‘tarish shu tilda so‘zlovchi har bir shaxsnning insoniy burchi va huquqi ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.
#Tanlovga
ONA TILIM- MENING FAXRIM, G'URURIM!
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig'ladi o'lim.
Sen deb qurbon bo'ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding tilim.
Bilamizki, bosqinchi va istilochi kuchlar el-yutlarni o'ziga qaram qilmoqchi , bo'ysundirmoqchi bo'lsa , avvalo, uni o'z tili va dinidan , tarixi va madaniyatidan, milliy g'ururidan judo qilishga uringan....
✅ Batafsil o'qish 👇
https://telegra.ph/Ona-tilim--mening-faxrimgururim-10-19
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti huzuridagi akademik litseyning 1-bosqich 2-guruh o'quvchisi Mexriddinova Shirin Ramziddin qizi
↘️ Kanalga ulanish 👇
/channel/adolatkozgusi
👨🏫👩🏫 • Abdurashid Pirnazarovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
💻 tsulofficial/evRAXw-k74-">Batafsil va ZOOMga havola...
👨🏫👩🏫 • Состоится защита докторской диссертации (PhD) Абдурашида Пирназарова
💻 tsulofficial/evRAXw-k74-#mzcm">Подробнее и ссылка на ZOOM...
👨🏫👩🏫 • The defense of the doctoral dissertation (Ph.D.) of Abdurashid Pirnazarov will take place
💻 tsulofficial/evRAXw-k74-#T6up">More & ZOOM-link...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #phd #himoya #защита #defense
#sport
#musobaqa
#tabriklaymiz
🔰 BESH TASHABBUS OLIMPIADASI doirasida sportning Voleybol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar bosqichi musobaqasida TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoa faol ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
#Zakovat
#Besh_tashabbus
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda “Zakovat” intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
✅ Mazkur tadbirda TDYU Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Axtamova Yulduz Axtamovna ekspert sifatida ishtirok etdi.
✅ Loyiha koordinatorlari va to'garak rahbarlari tashabbusi bilan mantiqiy, huquqiy savollar va Oybekning "Qutlug' qon" romani asosida tuzilgan savollarga jamoalar javob berdilar.
✅️Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan intellektual o'yinda
🥇1.2-guruh jamoasi;
🥈1.3-guruh jamoasi;
🥉1.3 va 2.1-guruh jamoalari.
👏 G‘olib jamoalarni tabriklaymiz!
#hamkorlik
✅ Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi oʻqituvchilari p.f.d. Axmedova M., p.f.n. Nazirova L., Phd. Jurakulova D., Xayitova Z. tomonidan oʻquvchi-qizlarga “Erta va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning sabab va oqibatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda o'tkazilgan "Qomus" tanlovining 1-turidan qaynoq video lavha!
⭐ @TSUL_Qomus - shiddat bilan davom etadi!
#seminar_trening
🔰 Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, tamaki va uning zararlari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi preparatlarni suiiste'mol qilish hamda noqonuniy aylanishi bilan bog'liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali mutaxassisi, vrach-narkolog Intizorova Sayyora Nurmuhammadovna tomonidan akademik litsey o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan seminar-trening jarayonidan fotolavhalar.
#ekskursiya
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich 8-guruh o‘quvchilari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
✅ Sayohat davomida oʻquvchilar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov siyosiy faoliyatini olib borgan bino, muzey, kutubxona, o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zallari bilan tanishdilar.
✅ Sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
❗️Smart Assessmentda Linguaskill imtihoni uchun tayyorgarlik kurslariga yangi guruhlar ochildi🎉
⏱Dushanba - Chorshanba - Juma kunlari
1-guruh 14:00
2-guruh 18:30
⏱Seshanba - Payshanba - Shanba kunlari
1-guruh 14:00
2-guruh 15:30
3-guruh 18:30
✅ Siz uchun qulay vaqtda bo’lgan kurslarimizga hoziroq ro’yxatdan o’ting va yuqori natijalarga erishing
Murojaat uchun👇
📞99 200 0220 @smartassessment
#sport
#musobaqa
#tabriklaymiz
🔰TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey qizlar jamoasi BESH TASHABBUS OLIMPIADASI doirasida sportning voleybol turidan “Akademik litsey ligasi” musobaqalarining Shayxontohur tuman saralash bosqichida g‘olib bo‘lib, musobaqaning shahar bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
#sport
#musobaqa
#tabriklaymiz
🔰 BESH TASHABBUS OLIMPIADASI doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan akademik litsey ligasida o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
🔰 Musobaqa natijalariga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha belgilandi:
✅ O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin: 2.7-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin: 2.4-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin: 2.11-guruh jamoasi.
✅ Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin: 1.1-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin: 2.9-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin: 2.4-guruh jamoasi.
🎉 G‘olib jamoalarni tabriklaymiz!
#Tanlovga
Agar ona tilim muhim bo’lmaganda, Rus xalqining nishoni bo’lmagan bo’lardi...!
✍ Til, quloqqa chalinganda go’yoki oddiydek tuyuladi, insonlar esa befarq. Ammo umr o’tmoqda, xuddi mazmunsizdek. Biz o’zligimizni yo’q qilish arafasidamiz. Uzoq, ammo achinarli taqdirga ega bo’lgan o’tmish yana bir bor bizni yo’qlab kelmasmikin? 1919 yil Kremlda Lenin va Stalin o’zbek xaqining taqdiri haqida so’z yuritgan..
✅ Batafsil o'qish 👇
https://telegra.ph/Agar-ona-tilim-muhim-bolmaganda-Rus-xalqining-nishoni-bolmagan-bolardi-10-20
Toshkent davlat Yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning 1-kurs 4-guruh o'quvchisi Amonboyev Ozodbek
↘️ Kanalga ulanish 👇
/channel/adolatkozgusi
#ona_tilim_faxrim
⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMI BUGUN
🔰TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning o'quvchilari o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida tayyorlangan videoroliklar taqdimoti.
#tabrik
#til_bayrami
#ona_tilim
💐 Qadrli yurtdoshlar!
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi barcha vatandoshlarimizni, o‘zbek tili jonkuyarlari, adabiyotchi, tarixchi olimlarimizni, barcha til o‘qituvchilarini, yoshlarimizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi.
⚜️ Davlatimiz rivojida iqtisodiy islohotlarning o‘rni qanchalik beqiyos bo‘lsa, ma’naviy boyligimiz, ma’rifat o‘chog‘imiz bo‘lmish ona tilimizning o‘rni shunchalik buyukdir.
⚜️ Ona tilim — onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa.
Elu yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikdan o'xshar ona tuproqqa.
⚜️ O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!
#Tanlovga
ONA TILIM-FAXRIM G'URURIM!
✍ Millatimning sharaf shoni -ona tilim,
Navoiyni maftun qilgan tanho gulsan
Bobolarim duosidan masrur dilim, Elimdayin , yurtimdayin seni suysam!
Ona tili - shu ikki jumlaning ma'nosi shu qadar qudratliki, u butun millatning, xalqning ichki dunyosini ochib bera oladi...
✅ Batafsil o'qish 👇
https://telegra.ph/Ona-tilim---faxrim-gururim-10-19
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey 1-bosqich 2-guruh o'quvchisi Roziqaliyeva Nodirabegim Erali qizi.
↘️ Kanalga ulanish 👇
/channel/adolatkozgusi
#Tanlovga
TIL- MILLAT KO'ZGUSI
Til – millat koʻzgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Oʼzbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, оnа tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya e’tirof qilmagan. Oʻz tilini yoʻqotgan har qanday millat oʻzligidan judo boʻlishi muqarrar. Til – millatning faxri, gʻururi! Til – oʼzaro muomala, aloqa vositasi, tafakkur qurolidir....
✅ Batafsil o'qish 👇
https://telegra.ph/Til--millat-ko%CA%BBzgusi-10-18-4
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich oʻquvchisi Axmedova
Kamola Nuriddinovna
↘️ Kanalga ulanish 👇
/channel/adolatkozgusi