#Tanlov #Konstitutsiyabilimdoni
💡Konstitutsiya bilimdoni tanloviga start berilmoqda!
👆 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayot poydevori” shiori ostida “Konstitutsiya haftaligi” doirasida onlayn test tanlovi o'tkaziladi.
🔼Tanlov 2 shartda bo`lib o`tadi.
💻Tanlovning 1-sharti kahoot.it platformasi orqali test o'tkaziladi.
🟩2-shartda test bosqichida eng yuqori natija ko`rsatgan 6 nafar ishtirokchi qonunchilikka takliflarni o`zida qamrab olgan maqola taqdim etadi.
⏰ Tanlov 1-dekabr soat 10:00 da start oladi.
‼️Tanlovda faqatgina ro`yxatdan o'tgan ishtirokchilar qatnashish huquqiga ega!
👆Tanlov 221-xonada bo'lib o`tadi.
🎉Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.
👉 Ro`yxatdan o`tish uchun bu yerga
📱 Telegram | Instagram
#Bayrog'imiz_tarixi
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Umumta'lim fanlari kafedrasi tarix fani o'qituvchilari D.Toxtayeva va U.Mamatkarimovlar tomonidan I-II bosqich o'quvchilari o'rtasida "Bayrog'imiz tarixi" nomli intellektual zakovat musobaqasi o'tkazildi.
✅ Musobaqada quyidagi o'rinlar belgilandi:
🥇1-o'rin: 1.4-guruhi jamoasi
🥈2-o'rin: 1.1-guruhi hamda 1.2-guruhi jamoalari
🥉3-o'rin: 1.10-guruhi jamoasi
🏛️ TDYU qoshidagi akademik litseyda 18-noyabr 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i qabul qilinganiga 32 yil bo'lgani munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🔰Tadbirda akademik litseyning oʻquvchilari faol ishtirok etishdi
🇺🇿🎉Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir.Bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!
#fan_oyligi
#Konstitutsiya_kuni
‼️DIQQAT! 🔈E’LON! 📣
AZIZ O‘QUVCHILAR!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tadi:
🔷 1. “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi;
✅ Ushbu tanlovda o‘quvchilar Konstitutsiya moddalarini yod olishlari, uning mazmun-mohiyatini o‘rganib, joriy yilning 4-dekabr sanasigacha batafsil aytib berishlari lozim bo‘ladi. 📜
🔷 2. “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insholar tanlovi;
✅ Insholarni topshirish muddati – joriy yilning 4-dekabr sanasigacha; 📝
🔶 3. “Konstitutsiya mening hayotimda” mavzusida slayd-taqdimotlar tanlovi;
📌 Ijodiy ishlarni topshirish muddati – joriy yilning 4-dekabr sanasigacha.
📚 4. “Konstitutsiya va inson qadri” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya;
➡️ Mazkur konferensiyada tezislar bilan ishtirok eting va sertifikatni qo‘lga kiriting.
✅ Tezislar joriy yilning 4-dekabr kunigacha qabul qilinadi.
🔰 Murojaat uchun:
@albabunj
@karimova0825
@feruza_lutfullayeva
#Диққат_танлов
🇺🇿 Умуммиллий Конституция имтиҳонида қатнашиш учун рўйхатдан ўтиш давом этмоқда
Хабарингиз бор, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.
✅ Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.
📝 Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).
🔰 Танлов 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади.
➡️ Батафсил бу ерда.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
#fan_oyligi
#hamkorlik
#bayrog‘im_faxrim
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "Bayrog‘imiz -- faxrimiz, g‘ururimiz!" mavzusida o‘tkazilgan tadbirda TDYU Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yu.f.d. Muxiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etib, ular tomonidan bayroqning yaratilish tarixi, uning davllatlarning suveren tengligi va istiqbolini belgilashda mayoq ekanligi kabi tushunchalar berildi.
✅ Tadbirning badiiy qismida o‘quvchilarning ijod namunalari taqdim etildi.
✅ Bellashuvda esa jamoalar Davlat razmlari to‘g‘ridagi qonun hujjatlarini o‘rganganliklarini namoyish etdilar.
#musobaqa
🔰 2023-yil 22-noyabr kuni soat 13.20da akademik litsey faollar zalida "BAYROG'IMIZ TARIXI" nomli intellektual musobaqa bo'lib o'tadi.
✅ Bunda davlat ramzlari, bayroqlar tarixi, mavzu doirasida qiziqarli savollardan iborat bo'ladi.
✅ Faxrli o'rinlarni egallagan jamoaning(maksimal 6 nafar) barcha a'zolariga sertifikatlar taqdim etiladi.
🇺🇿MANGU HILPIRAYVER, YURTIM BAYROG‘I! 🎉
⚜⚜⚜
💠 QADRLI YURTDOSHLAR!
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi sizlarni Ona Vatanimiz ramzi, hur millatimiz sha’ni va g‘ururi bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilingan qutlug‘ sana bilan muborakbod etadi!
#fan_oyligi
#Konstitutsiya_kuni
📚 TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY KONFERENSIYANING AXBOROT XATI
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey tomonidan “Konstitutsiya va inson qadri” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, qolaversa, iqtidorli o‘quvchilarni anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.
🔷 Tezislar o‘zbek, ingliz va rus tillarida (3-5 bet) joriy yilning 4-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
🔶 Anjuman materiallarini to‘plam shaklida nashr etish ko‘zda tutilgan.
✅ Tezislarni rasmiylashtirish talablari:
1. Maqola matnlari Times New Roman shriftida, belgilar kattaligi 14, satrlar orasi 1,15 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
2. Matn yuqorisidan 2 sm, pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm hoshiyalar qoldirilishi talab etiladi.
3. Sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi birinchi qatorda muallifning ismi, sharifi, ikkinchi qatorda tashkilotining to‘liq nomi, uchinchi qatorda telefon raqami (kodi bilan) va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
4. Mavzu nomi qoraytirilgan katta harflar bilan beshinchi qatorda, sahifa o‘rtasidan yoziladi.
5. Tezisda mavzu orqali ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy amaliy-ahamiyati va xulosasi qisqa mazmunda berilishi talab qilinadi. Zarur havolalar satr ostida ifodananishi mumkin (Masalan: Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni. Toshkent, 2016. B. 135.)
6. Tezislarni elektron shaklda topshirish so‘raladi.
❗️Talablar bo‘yicha tayyorlanmagan tezislar nashr etilmaydi.
Namuna:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI – BOSh QOMUSIMIZDIR
Ochilov Akrom Parmonovich
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi
+99 891 169 12 34 akromparmonov@mail.ru
Maqola yuboruvchilar https://t.me/joinchat/EITX2BsHFNMmTIsr1_rvrg telegram guruhiga ulanishlari lozim (barcha xabarlar shu kanalda berib boriladi)
Manzilimiz: 100128, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Labzak tor ko‘chasi, 10-uy
🔷 Murojaat uchun:
@ntoshkanov
@Islom_Ogli
#hamkorlik
🏛Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-son akademik litseyining Huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida MЕMORANDUM imzolandi.
Mazkur memorandum asosida tomonlar bir qator yo‘nalishlardagi vazifalarni, jumladan,
🔹a) kafedralar faoliyatiga doir o‘quv, o‘quv-uslubiy va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar hamda adabiyotlarni almashish;
🔸b) o‘qitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;
🔹с) o‘quv jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
🔸d) o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari haqida o‘quv seminarlarini tashkil etish;
🔹e) hamkorlikda ilmiy-amaliy, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, shu jumladan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
🔸f) amaliy tajriba almashish va muloqot qilish maqsadida Tomonlarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish, hamkorlikda stajirovka va maslahatlashuvlar o‘tkazish;
🔹g) AKT sohasida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan elektron boshqaruv dasturlaridan foydalanish darajasini o‘rganish maqsadida Tomonlarning ushbu soha yo‘nalishidagi mutaxassislari, o‘zaro faoliyatlari bilan yaqindan tanishish va hamkorlikda loyihalarda ishlash kabi bir qator ishlarni amalga oshirilishiga kelishib olindi.
🏛TDYU qoshidagi akademik litseyda Axborot-kutubxona texnologiyalari markazi xodimlari, to‘garak rahbarlari tomonidan O‘qituvchi-xodimlar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Mening sevimli kitobim” nomli davra suhbati hamda eng yaxshi kitobxon tanlovi o‘tkazildi.
✅ Bunda akademik litseyning o‘quvchilarga vazifa qilib o‘zlarining sevimli kitoblarini o‘quvchilarga suzlab berishlari va tavsiya qilishlari kerakligi haqida aytildi va eng yaxshi kitobxonlar aniqlandi.
✅ Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchi-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishdir
"Inson huquqlarining fuqarolik jamiyatidagi o'rni"
✍ Alisherova Bahora Alisher qizi
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 3-guruh o'quvchisi.
🔹"Impuls" Rossiya xalqaro ilmiy jurnali
✅ O'qish
istagidagilar ...Kanalga ulanish
👇👇👇
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/12211/8266
✅ № 14 (100), 1-qism. Oktabr, 2023-yil
#e'tirof
⚜ Akademik litsey o‘quvchi-yoshlari jonajon ta'lim maskanida faoliyat yuritayotgan barcha mehnat faollarini muborakbod etadilar.
✅ Ularning beminnat xizmatlarini e'tirof etadilar va qadrlaydilar.
Умумтаълим фанларидан ўқишга тавсия этилган дарсликлар рўйхати эълон қилинди
Олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовларига тайёргарлик кўриш учун ўқишга тавсия этилган дарсликлар ва ўқув адабиётлари рўйхати эълон қилинди.
Рўйхат 👉 https://uzbmb.uz/info/textbooks
#hamkorlik
#master_klass
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Inoyatova Sohiba Fazilovna tomonidan akademik litseyning 1-bosqich 5-guruh o‘quvchilari o‘quvchilariga “Ijtimoiy normalar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda ijtimoiy normalar tushunchasi, turlari, tizimi haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
#hamkorlik
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PF-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori, yu.f.d. Burxanova Leyla Mariusovna tomonidan akademik litseyning 2-bosqich 5-guruh o‘quvchilariga Oila huquqi fanidan “Aliment majburiyatlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Dars davomida o‘quvchilarda aliment tushunchasi, turlari, aliment to‘lash talablari va majburiyatlari haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
✅Tadbir jarayonida o‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob berildi.
#sport
#musobaqa
#tabriklaymiz
Osiyo kubogida TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1.6-guruh o‘quvchisi taekvondo Gafurov Saidakbar faxrli 1-o‘rinni egalladi.
#fan_oyligi
#Konstitutsiya_kuni
📚 TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY KONFERENSIYANING AXBOROT XATI
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey tomonidan “Konstitutsiya va inson qadri” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, qolaversa, iqtidorli o‘quvchilarni anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.
🔷 Tezislar o‘zbek, ingliz va rus tillarida (3-5 bet) joriy yilning 4-dekabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
🔶 Anjuman materiallarini to‘plam shaklida nashr etish ko‘zda tutilgan.
✅ Tezislarni rasmiylashtirish talablari:
1. Maqola matnlari Times New Roman shriftida, belgilar kattaligi 14, satrlar orasi 1,15 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
2. Matn yuqorisidan 2 sm, pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm hoshiyalar qoldirilishi talab etiladi.
3. Sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi birinchi qatorda muallifning ismi, sharifi, ikkinchi qatorda tashkilotining to‘liq nomi, uchinchi qatorda telefon raqami (kodi bilan) va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
4. Mavzu nomi qoraytirilgan katta harflar bilan beshinchi qatorda, sahifa o‘rtasidan yoziladi.
5. Tezisda mavzu orqali ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy amaliy-ahamiyati va xulosasi qisqa mazmunda berilishi talab qilinadi. Zarur havolalar satr ostida ifodananishi mumkin (Masalan: Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni. Toshkent, 2016. B. 135.)
6. Tezislarni elektron shaklda topshirish so‘raladi.
❗️Talablar bo‘yicha tayyorlanmagan tezislar nashr etilmaydi.
Namuna:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI – BOSh QOMUSIMIZDIR
Ochilov Akrom Parmonovich
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi
+99 891 169 12 34 akromparmonov@mail.ru
Maqola yuboruvchilar https://t.me/joinchat/EITX2BsHFNMmTIsr1_rvrg telegram guruhiga ulanishlari lozim (barcha xabarlar shu kanalda berib boriladi)
Manzilimiz: 100128, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Labzak tor ko‘chasi, 10-uy
🔷 Murojaat uchun:
@ntoshkanov
@Islom_Ogli
#fan_oyligi
#Davlat_va_huquq
#ilmiy_maqola
✨ BILGANINGIZ-FOYDANGIZ
Bobomiz Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 933 yiligi munosabati bilan
"BURHONIDDIN MARG'INONIY IZIDAN...."
✍ SAIDAKMAL MAMASOLIYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi.
🔹"ADOLAT KO'ZGUSI" huquqiy -ma'rifiy, ommabop gazeta.
✅ № 44 (1465), 16-Noyabr, 2023-yil.
"THE ROLE OF THE FLAG OF UZBEKISTAN IN FOREIGN POLICY"
✍️Tuxtayev Azamat Azizovich
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 2-guruh o'quvchisi.
🔹"ERUS" Xalqaro ilmiy jurnali
✅ O'qish
istagidagilar ...Kanalga ulanish
👇👇👇
http://erus.uz/index.php/er/article/view/4570
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining yaratilish tarixi.
➡️ 1991-yil 18-noyabr.
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
Президент фармойиши (Ф–72-сон, 16.11.2023 й.) билан Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кунига бағишланган байрам тадбирларига тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш дастури тасдиқланди
🔰 Дастурга мувофиқ, жумладан:
🔹туман ва шаҳар марказларида “Конституция кўчаси” ташкил этилади;
🔹журналист ва блогерлар ўртасида “Конституцияда белгиланган қоидаларни тушунтирадиган энг яхши пост ва мақола” танлови ўтказилади;
🔹янги таҳрирдаги Конституция 3 минг нусхада брайль алифбосида нашр этилади;
🔹Конституциянинг яратилиш тарихига бағишланган архив ҳужжатлари кўргазмаси ташкил этилади;
🔹давлат ташкилотларида “Менинг Конституциям 31 ёшда” шиори остида “Менинг Конституциям ва давлат тилим” мавзусида оммавий умумреспублика диктанти ташкил этилади;
🔹мактаб ўқувчилари ўртасида “Халқ Конституцияси”, “Конституция – бахтимиз қомуси”, “Конституция – келажагим машъали” мавзуларида расмлар ва иншолар танлови ўтказилади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
#fan_oyligi
#Konstitutsiya_kuni
‼️DIQQAT! 🔈E’LON! 📣
AZIZ O‘QUVCHILAR!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tadi:
🔷 1. “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi;
✅ Ushbu tanlovda o‘quvchilar Konstitutsiya moddalarini yod olishlari, uning mazmun-mohiyatini o‘rganib, joriy yilning 4-dekabr sanasigacha batafsil aytib berishlari lozim bo‘ladi. 📜
🔷 2. “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insholar tanlovi;
✅ Insholarni topshirish muddati – joriy yilning 4-dekabr sanasigacha; 📝
🔶 3. “Konstitutsiya mening hayotimda” mavzusida slayd-taqdimotlar tanlovi;
📌 Ijodiy ishlarni topshirish muddati – joriy yilning 4-dekabr sanasigacha.
📚 4. “Konstitutsiya va inson qadri” mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya;
➡️ Mazkur konferensiyada tezislar bilan ishtirok eting va sertifikatni qo‘lga kiriting.
✅ Tezislar joriy yilning 4-dekabr kunigacha qabul qilinadi.
🔰 Murojaat uchun:
@albabunj
@karimova0825
@feruza_lutfullayeva
#tanlov
#tabriklaymiz
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida nemis tilida eng yahshi ifodali o'qish bo'yicha tanlov o'tkazildi.
🔰 Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha belgilandi:
🥇 1-o‘rin: 2.2-guruh o‘quvchisi Musayeva Ruxshona
🥈 2-o‘rin: 2.3-guruh o‘quvchisi Zaylobov Nazirjon
🥉 3-o‘rin: 2.2-guruh o‘quvchisi Abdulhayev Mirhalil.
🎉 G‘olib o‘quvchilarni tabriklaymiz!
Siz ham ko'p kitoblar o'qigansiz-u, lekin ularni kitobxonlar bilan muhokama qilmaganmisiz? Demak, sizga ajoyib yangiligimiz bor!😊
27- noyabr kuni TDYU qoshidagi akademik litsey AKTM xodimlari,to'garak rahbarlari hamda "Munozara" klubi koordinatori tomonidan "2 kitob munozarasi" nomli tanlov o'tkaziladi. Bahsda siz bilan O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" va Erix Mariya Remarkning "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" asarlari asosida kitob muhokamasini o'tkazmoqchimiz. 💞
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabgorlar 2 ta shartni bajarishishlari lozim boʻladi.
1️⃣ @Jamshid_Ubaydullayev havolasi orqali ro'yxatdan o'tasiz.
2️⃣ Berilgan ikkala adabiyotni mutolaa qilasiz hamda ulardagi g'oyalar haqida keng tafakkur qilib, bahsga tayyorgarlik ko'rasiz.
Tanlov g'oliblari faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.💯
Unutmang, kitob mutolaasi - ajoyib mashgʻulot, lekin kitobni davra suhbatlarida tahlil qilish undanda ajoyibroq! 🔥
#tanlov
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda mavjud vakant bo'sh ish o'rinlariga navbatdagi tanlov e'lon qilinadi.
🔹Ingliz tili oʻqituvchisi lavozimiga -- 1 oʻrin;
🔸Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi lavozimiga -- 1 oʻrin.
✅ Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish “Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi veb-sayt orqali 2023-yilning 22-noyabr kuniga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
👉 https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1101#
📞 Qoʻshimcha ma’lumot uchun +998977724948 raqamiga bogʻlanishingiz mumkin.
#ekskursiya
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 6-guruh o‘quvchilari poytaxtimizdagi Planetariy muzeyiga tashrif buyurdilar.
✅ Ekskursiya davomida o‘quvchilar ushbu muzey haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
✅ Tashrif davomida 1961-yil 12-aprel kuni rus kosmonavti Yuriy Gagarin insoniyat tarixida ilk marta koinotga parvoz qilganligi, ushbu sana 1968 yildan buyon Jahon aviatsiya va kosmonavtika kuni sifatida keng nishonlanib kelayotgani hamda hozirgi paytda ushbu sohaning qay darajada taraqqiy etganligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
✅ Ekskursiya jarayoni o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohista Eshankulova tomonidan akademik litseyning 1.9- guruh oʻquvchilariga Adiblar xiyobonida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Adiblar siymosi doim yodimizda” mavzusida sayyor dars tashkil etildi.
✅ Sayyor darsda oʻquvchilar Alisher Navoiy, Choʻlpon, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi oʻzbek adabiyotining yorqin namoyondalarining hayot yoʻli va ijodlari bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Sayyor dars juda mazmunli oʻtkazilib, oʻquvchilar oʻrtasida bahr-u baytlar, mushoiralar boʻlib oʻtdi va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.