Давлат гранти бўйича қабул квоталари тасдиқланди
“2023/2024 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида”ги президент фармойиши қабул қилинди.
Фармойишга мувофиқ, 2023/2024 ўқув йили учун давлат ОТМларига давлат гранти квоталари:
➖бакалавриат бўйича кундузги таълим шаклига – 34 860 нафар;
➖магистратура бўйича – 8 923 нафар этиб тасдиқланди.
Тизимида ОТМ бўлган вазирлик ва идоралар ҳамда молиявий мустақиллик берилган ОТМлар контракт асосидаги қабул параметрларини 2023 йил 20 июнгача тасдиқлайди.
#qabul2023
#akademik_litsey
Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 71 ta litseyga jami 14 690 ta kvota ajratildi: 11 544 ta o‘zbek, 2 678 ta rus va 468 ta qoraqalpoq tillari uchun.
Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
Boshqarmaning rasmiy saytlari:
🕊Telegram |📱Instagram|🕊Twitter |📱 Facebook
📺📺 • Universitetlar va professor-oʻqituvchilarning nufuzini oshirish dolzarb vazifa
📰 Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekovning maqolasi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining rasmiy saytida e’lon qilindi...
📺📺 • Повышение престижа вузов и профессорско-преподавательского состава - актуальная задача
📰 Статья врио ректора Ташкентского государственного юридического университета, профессора Исламбека Рустамбекова опубликована на официальном сайте газеты “Новый Узбекистан”...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #oav #сми #media
#suhbat_tavsiyanoma
🔰 Hurmatli 2022/2023-o’quv yili bitiruvchilari va ularning ota-onalari!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-iyundagi 12-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
💠 Mazkur nizom talablariga ko‘ra, Maxsus komissiya tavsiyanomasiga asosan quyidagi asosiy minimal talablar hisobga olinadi:
🔹a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (to‘rt) baho va undan yuqori bo‘lishi kerak);
🔸 b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:
✅ ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE hamda CEFR xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ xitoy, koreys va boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
🔹 v) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);
🔸 g) bitiruvchining akademik litseydagi o‘qish davrida unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilmaganligi.
❗️Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.
💠 Mazkur talablarga muvofiq ariza va hujjatlar 10-iyundan 20-iyunga qadar qabul qilinadi.
#bitiruvchi
#imtihon
🔰Yakuniy davlat attetatsiyasi imtihonlari bugundan boshlanmoqda
✅ Tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarda belgilangan fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari tasdiqlangan reja-grafik asosida bugundan boshlanmoqda.
✅ Imtihon jarayonlari shaffof va ochiq bo‘lishi, shuningdek topshirilgan ishlarni tekshirishda xolislik va obyektivlikka amal qilish ta'minlanishi maqsadida TDYU professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.
#bitiruvchi
#imtihon
🔰 Avval xabar qilganimizdek, TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Kasbiy fan (ish yurituvchi) bo‘yicha amaliy imtihon jarayonlari davom etmoqda.
#bitiruvchi
#imtihon
Ayni damda TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun Kasbiy fan (ish yurituvchi) bo‘yicha amaliy imtihon bo‘lib o‘tmoqda.
#hamkorlik
#mahorat_dars
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi òqituvchisi G.Bòriyeva tomonidan 2-bosqich 3-guruh o‘quvchilari uchun “Leisure time aktivities” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Mahorat darsi jarayonida interfaol usullardan unumli foydalanildi. O‘quvchilar òzlarining mavzu yuzasidan bergan savollariga batafsil javob berildi.
#yangilik
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari G. Gulyamova, D. Rasulmuxamedova va G. Xujanova tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili” darsligi nashrga tayyorlandi hamda chop etildi.
Ushbu darslik yangi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich rus guruhi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda dastlab leksik minimum berilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning mavzu doirasidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qiladi. Darslikda sintaksis, stilistika va punktuatsiya bo‘limlariga oid berilgan ma’lumotlar rus guruh o‘quvchilarining o‘zbek tili grammatikasiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mualliflar jamoasi tomonidan darslikda berilgan davlat tilida ish yuritish hujjatlari haqidagi ma’lumot va topshiriqlar bo‘lajak yuristlar uchun juda muhimdir. O‘zbek tili darsligida badiiy asarlarning berilishi esa ularni o‘zbek adabiyoti bilan oshno bo‘lishga, badiiy-estetik didlarini oshirishga, mustaqil fikrlashlariga yordam beradi.
Ushbu darslik bilan Universitet Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. Shuningdek, universitetga murojaat qilish orqali mazkur darslikni sotib olish mumkinligi ma’lum qilinadi.
👉 /channel/tdyutnb
#tabriklaymiz
🔰INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 75 YILLIGI MUNOSABATI BILAN "INSON HUQUQLARI-BOLALAR NIGOHIDA" RESPULIKA KO'RIK-TANLOVIDAGI FAOL ISHTIROKI UCHUN INSON HUQUQLARI BO'YICHA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI, "TONG YULDUZI" O'SMIRLAR GAZETASI TAHRIRYATI, "KLASS" GAZETASI TAHRIRIYATI NOMIDAN TDYU QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY 1-BOSQICH 4-GURUH O'QUVCHISI MAMASOLIYEV SAIDAKMAL TASHAKKURNOMA VA ESDALIK SOVG'ALARI BILAN TAQDIRLANDI.
#Kun_tarixi
⚜⚜⚜
SEN KULSANG DUNYO HAM KULAR, BOLAJON!
Bugun, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
👫Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlash taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan.
1949-yilda Parijda ayollar demokratik federatsiyaining qaroriga ko‘ra, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, deb tan olingan. 1950-yildan esa 1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafe'ligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
👫 Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog‘ida ham o‘z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz hisoblansa, atrofidagi bolalar o‘sha uy (yer shari) bo‘ylab baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi.
#qabul_2023
🏛 TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litseyga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 20-iyundan boshlanadi
✅ Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillanggirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey faoliyatini “litsey-universitet” uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlash orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirish va litseyga o‘qishga qabul qilish jarayonini takomillashtirish vazifalari belgilangan.
✅ Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 9-sinf bitiruvchilarini TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul qilish Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
✅ Bunda test sinovlari katta sig‘imdagi binolarda ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda o‘tkaziladi.
✅ Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 20-iyundan 10-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi va ular test sinovlarida ishtirok etish uchun Davlat test markazining rasmiy veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga kirish imtihonlari “Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 2” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ikkita bo‘lim doirasida amalga oshiriladi:
🔹 I bo‘lim – tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan mos 2 ta fan:
birinchisi,
➡️ birinchisi, umumta’lim maktablarining 8- va 9-sinflarida o‘qitiladigan huquqiy (Davlat va huquq asoslari) fanlar;
➡️ ikkinchisi, umumta’lim maktablarining 9-sinfgacha o‘qitiladigan chet tili fanlari.
🔸 II bo‘lim – intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test.
✅ Shuningdek, qabul jarayoniga oid tezkor ma’lumotlar akademik litseyning telegram kanalida yoritib boriladi.
➡️ Quyidagi link orqali kanalga ulanish mumkin: /channel/Yuridik_litsey
#besh_tashabbus
#ekskursiya
✅ TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o‘qituvchisi D.Jurayeva rahbarligida o'quvchilarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini kengaytirish va kitobga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida 1-bosqich 10-guruh o‘quvchilari bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar.
✅ Sayohat jarayonida o'quvchilar kutubxona haqida bir qancha ma'lumotga ega bo'ldilar hamda kutubxona tarixi va undagi bo'limlar bilan tanishib chiqdilar.
#besh_tashabbus
#ekskursiya
✅ TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o‘qituvchisi D.Kasimova rahbarligidagi o'quvchilarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini kengaytirish va kitobga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar.
✅ Sayohat jarayonida o'quvchilar kutubxona haqida bir qancha ma'lumotga ega bo'ldilar hamda kutubxona tarixi va undagi bo'limlar bilan tanishib chiqdilar.
#ilmiy_salohiyat
#ustoz_shogird
📝"JINOYAT ISHLARINI YURITISHDA TARJIMONGA QO'YILGAN TALABLAR"
✍️ Shohista Eshankulova,
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘qituvchisi;
✍️ Gulsanam Baxtiyorova,
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchisi.
✅ “MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH” xalqaro onlayn konferensiya materiallari (GERMANY).
🔹Part №23. May/2023.
#qabul2023
#akademik_litsey
⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot
#bitiruvchi
#imtihon
Xabar qilganimizdek, TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun fanlar bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
3308-son 09.06.2021. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/uz/docs/-5450050
#bitiruvchi
#imtihon
Ayni damda TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
#hamkorlik
#mahorat_dars
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta òqituvchisi M.Baxriddinova tomonidan 2023-yil 2-iyun kuni 2-bosqich 5-guruh o‘quvchilari uchun “Familienregeln” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Mahorat darsi jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanildi. Shuningdek, òquvchilar mavzu doirasida nemis tilida sòzlashish, fikrlash, sòzlarni qanday eslab qolish bòyicha turli xil interaktiv mashg'ulotlarni bajardilar.
#tayinlov
🔰 Shu kunga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti xodimi sifatida faoliyat yuritgan Muxiddinov Nodir Sayfiddinovich Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning kadrlar bo‘yicha inspektor lavozimiga tayinlandi.
✅ Akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
#hamkorlik
#mahorat_dars
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi òqituvchisi M.Rasulova tomonidan 2-bosqich 2-guruh o‘quvchilari uchun “Improving speaking skill: Currency” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Mahorat dars bahs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mazmunli va batafsil javoblar berildi.
#hamkorlik
#mahorat darsi
🔰🔰O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "Igtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4910-son qarorida ko'zda tutilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🔰🔰Jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi V.Sh.Mamadayupova 2023-yil 2-iyun kuni TDYU goshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi 2-bosgich 9-guruhda Ingliz tili fanidan "Final Control work. Consolidation" mavzusida mahorat darsi o'tkazdi.
🔰🔰Mavzuni yoritishda interaktiv metodlardan samarali foydalanildi. Shuningdek, guruh o'quvchilarining mavzu yuzasidan olgan bilimlarini test va kazuslar yordamida mustahkamladi.
Mahorat darsi jarayonida interfaol usullardan foydalanildi va amaliy mashg'ulot qiziqarli hamda mazmunli o'tdi.
#hamkorlik
#mahorat_dars
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi òqituvchisi J.Ashurov tomonidan 2-bosqich 3-guruh o‘quvchilari uchun “Improving writing skill, Bar chart” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Mahorat darsi jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanildi. Shuningdek, guruh o‘quvchilarining ''Writing: Bar chart'' mavzusi yuzasidan olgan bilimlarini test va kazuslar yordamida mustahkamladi.
“ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИ БОЛАЛАР НИГОҲИДА”
1 июнь – Халқаро болалар кунида “Инсон ҳуқуқлари болалар нигоҳида” танловининг дастлабки босқичи ғолиблари тақдирланди. Тақдирлаш маросими Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий марказида бўлиб ўтди.
⏩ Батафсил | Batafsil
🌐 www.nhrc.uz | Telegram | Facebook | Twitter | YouTube
#yangilik #новость #news
• Akademik litsey o'quvchisi Saidakmal Mamasoliyev Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya g'olibi
• Ученик академического лицея Сайдакмал Мамасолиев, стал обладателем стипендии имени Хадичи Сулаймановой
• Saidakmal Mamasoliev, a student of the academic lyceum, became the owner of a scholarship named after Khadichа Sulaymanova
@TDYU_Manaviyat
#qabul_2023
🔰 Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari e'tiboriga ushbu ma'lumotlarni taqdim etamiz!
✅ TANLOVDA ADASHMANG!
#master_klass
#hamkorlik
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti va akademik litsey hamkorligi doirasida TDYU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti v.b. R.B.Matenov “ЮриторЪ” klubi bosh treneri sifatida TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey 1.6-guruh o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
✅ Treningda “Notiqlik san’ati muvaffaqiyati sirlari” mavzusida taqdimot namoyish etildi va o'quvchilar notiqlik san’atiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, turli mavzularda o‘zlarining debyut chiqishlarini auditoriya oldida namoyish etdilar.
✅ Mahorat darsida o'quvchilar tarqatma material, tezkor javob berish, muammoli savollarni muhokama qilish kabi topshiriqlarni bajardilar.
#tadbir
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda akademik Xadicha Sulaymonovaning tavalludining 110 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Jo'rayev Javoxir Meliboy o'g'li tomonidan "Akademik Xadicha Sulaymonova hayoti yosh yuristlarga o'rnak" mavzusida tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida akademik Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ijodi haqida m'lumotlar berildi va ushbu ma'lumotlar yuzasidan "Kahoot" platformasida test jarayoni o'tkazildi.
✅ Test yakuniga ko'ra eng yuqori natija ko'rsatgan o‘quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
3308-son 09.06.2021. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/uz/docs/-5450050