#suhbat_tavsiyanoma
🔰 Hurmatli 2022/2023-o’quv yili bitiruvchilari va ularning ota-onalari!
🏛 O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-iyundagi 12-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
💠 Mazkur nizom talablariga ko‘ra, Maxsus komissiya tavsiyanomasiga asosan quyidagi asosiy minimal talablar hisobga olinadi:
🔹a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (to‘rt) baho va undan yuqori bo‘lishi kerak);
🔸 b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:
✅ ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE hamda CEFR xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
✅ xitoy, koreys va boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
🔹 v) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);
🔸 g) bitiruvchining akademik litseydagi o‘qish davrida unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilmaganligi.
❗️Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.
💠 Mazkur talablarga muvofiq ariza va hujjatlar 10-iyundan 20-iyunga qadar qabul qilinadi.
🏆🏆🏆 • TDYU ilk marotaba Round University Ranking xalqaro reytingining TOP-1000 taligidan joy egalladi
Ta’lim sifati bo‘yicha jahonda 415-o‘rin bilan TOP-500 talikda qayd etildi.
Round University Ranking (RUR) dunyoning yetakchi universitetlarini baholovchi global reyting bo‘lib, 2010-yildan buyon jahonning 85 ta davlatidan nufuzli universitetlarni 4 ta yo‘nalish bo‘yicha (20 ta ko‘rsatkich) taqqoslab keladi. Bular ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro xilma-xillik va moliyaviy barqarorlik yo‘nalishlaridir.
Bugun Round University Ranking xalqaro reyting tashkilotining 2023-yil uchun natijalari e’lon qilindi. TDYU umumiy reytingda 892-o‘rinni egallab, TOP-1000 talikdan o‘rin egalladi.
Quvonarlisi shundaki, universitet xalqaro xilma-xillik yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda (Country rank) 1-o‘rin , ta’lim sifati yo‘nalishi bo‘yicha esa xalqaro reytingda 415-o‘rinni egallab, TOP-500 talikda qayd etildi.
👉 Batafsil...
👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #reyting #yutuq
#ochiq_dars
🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi D. Kasimova tomonidan 2-bosqich 3-guruhida ingliz tili fanidan "A good job. Improving reading, speaking and vocabulary" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
✅ Dars "Swot", "Continue or wet", "Interest pinterest", "Brain storm" kabi interfaol usullardan hamda bir qancha o'yin va qiziqarli mashg'ulotlardan foydalangan holda mazmunli o‘tildi.
✅ Dars jarayonida akademik litsey ma'muriyati va Tillar kafedrasi o‘qituvchilari ekspert sifatida ishtirok etdilar.
🖋 Ilhaq filmini ko'rib..
✍ SAIDAKMAL MAMASOLIYEV
🏛 TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litsey 1-bosqich o‘quvchisi
🔹"TONG YULDUZI" O'zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlar gazetasi
✅ N⁰19 (67444) 2023-yil 8-may.
"Dunyo konstitutsiyalarning yaratilish tarixi"
✍ Zaylobov Nazirjon Nabijonovich
🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich o'quvchisi.
🔹"Impuls" Rossiya xalqaro ilmiy jurnali
✅ O'qish
istagidagilar ...Kanalga ulanish
👇👇👇
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/issue/view/19
289-293
✅ № 9 (100), 1-qism 30 апреля , 2023y
#jasorat_darsi
#xotira
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 9-guruh rahbari Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi D.Kasimova va 1-bosqich 10-guruh rahbari Tillar kafedrasi oʻqituvchisi D.Jurayeva tashabbusi bilan Gʻalaba bogʻiga sayohat uyushtirildi.
✅ Sayohat davomida "Shon-sharaf" muzeyida "Jasorat-mangu barhayot" mavzusida jasorat darsi tashkil etildi.
✅ Darsda Ikkinchi jahon urishida Oʻzbek xalqining ishtiroki, koʻrsatgan jasorati, gʻalabaga qoʻshgan hissasi haqida muhim maʼlumotlar berib oʻtildi.
#jasorat_darsi
#xotira
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich 3-guruh rahbari Tillar kafedrasi yetakchi oʻqituvchisi N.Xalilova tashabbusi bilan Gʻalaba bogʻiga sayohat uyushtirildi.
✅ Sayohat davomida "Shon-sharaf" muzeyida "Jasorat-mangu barhayot" mavzusida jasorat darsi tashkil etildi. Darsda Ikkinchi jahon urishida Oʻzbek xalqining ishtiroki, koʻrsatgan jasorati, gʻalabaga qoʻshgan hissasi haqida muhim maʼlumotlar berib oʻtildi.
🔰 Mavzu✨ Taraqqiyot formulasi | Yangi avlod darsliklarini tayyorlash va chop etish masalalari
🔹“Oʻzbekiston24” telekanali “Taraqqiyot formulasi” ning navbatdagi soni orqali yangi avlod darsliklarini tayyorlash va chop etish masalalariga qaratilgan koʻrsatuv efirga uzatildi.
🎙JAMSHID ABDULLAYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘qituvchisi, Adliya a’lochisi
#seminar_trening
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida psixoaktiv moddalarga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, ”Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 maydagi 3/15-1/3-64-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida litsey psixologlari M.Alimdjanova, L.Rajabova va akademik litsey hamshirasi O.Oripova tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida "Psixoaktiv moddalarga nisbatan qaramlikning oldini olish" mavzusida seminar o’tkazildi.
#xotira
#inson_qadri
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey Tillar kafedrasi bosh o‘qituvchisi S.B.Akramova tomonidan Gʻalaba bogʻiga ekskursiya tashkil qilinib, o‘quvchilar bilan sayyor dars o‘tkazildi.
✅ Gʻalaba bogʻida jamlangan “Markaziy hiyobon”, “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, “Temir yoʻl vokzali”, “Harbiy texnikalar maydonlari” nomli ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Urush yillarida Oʻzbekiston yirik evakuatsiya markaziga aylangani, yuzga yaqin sanoat korxonalarini qabul qilib, harbiy mahsulot ishlab chiqargani aks etgan videolavhalar, muzey eksponatlari, hujjatli materiallar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
➡️ P/s: Oʻzbekistonliklar 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilingan odamlarni ochlik va oʻlimdan saqlab qoldilar, o’z xonadonlariga joylashtirdilar. Ulardan 250 mingdan koʻprogʻi yetim bolalar edi.
#tabriklaymiz
#inson_qadri
🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi yurtdoshlarimizni 9-may -- Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlaydi!
3308-сон 09.06.2021. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/uz/docs/-5450050
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tadbir
🔰Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari asosida “Eng yaxshi kitobxon” adabiy ko‘rik-tanlovi oʻtkazildi.
Tadbirda atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning jahon adabiyoti rivojida tutgan oʻrni, hayoti va ijodi toʻgʻrisida ma‘lumot berildi.
✅ Chingiz Aytmatovning jamoat arbobi, jamg‘arma rahbari va elchi lavozimidagi faoliyatiga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar esa o‘quvchilar tomonidan namoyish qilindi.
✅ Tadbirda faol ishtirok etgan akademik litseyning iqtidorli oʻquvchilari faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
#ilmiy_salohiyat
#e'tirof
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari" mavzusida bo‘lib o‘tgan konferensiyada akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Toshkanov Nurbek o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️⚡️⚡️ Abituriyentlar diqqatiga!
📌 2022-yil 21-dekabrda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlanib, e’lon qilingan. Unda “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi uchun huquqshunoslik fanlari 1-mutaxassislik fani sifatida belgilangan.
📚 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022-yil 28-oktabrda abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan. Bunda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mavjud bo‘lib, unda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda qonunchilikning asl manbaiga murojaat qilinishi belgilangan.
🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.
▶️ Shu sababli 2023-yil 22-23-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ta’lim beruvchi mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
✅ Unda huquqshunoslik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish masalasi muhokama qilinib, test topshiriqlari o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular doirasida qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
❕ Shu sababli “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini ma’lum qilamiz.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#hamkorlik
#uchrashuv
🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!
🏛O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazaryasi va tarixi kafedrasi professori yu.f.n. Kudryasev Igor Vladimirovich tomonidan 1-bosqich 8-guruh o‘quvchilari uchun “Органы прокуратуры” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✅ Darsda Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarini taminlashda prokuratura organlarining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
#ochiq_dars
🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi o’qituvchisi D.M. Jurayeva tomonidan 2-bisqich 4- guruhda ingliz tili fanidan Improving speaking : Crime and punishment (speaking part 3 and vocabulary) mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
🔰Dars “Jigsaw”, “Matching” “Brainstorming”, “Magic box”, “Picture prompt” kabi metodlar bilan mazmunli va turli amaliy mashg’ulotlarga boy bo’ldi.
✅Dars huquq hamda ona tili fanlariga bog’langan holda tashkillashtirildi.
✅ Dars jarayonida akademik litsey ma’muriyati hamda Tillar kafedrasi o’qituvchilari ekspert sifatida ishtirok etdilar.
#jasorat_darsi
#xotira
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi D.Abdualimova tomonidan akademik litseyning 2-bosqich 6-guruh oʻquvchilari bilan Adiblar xiyobonida ikkinchi jahon urishida g‘alabaga O'zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan "Jasorat-mangu barhayot" mavzusida jasorat darsi tashkil etildi.
✅ Shuningdek, buyuk shoir va yozuvchi G'afur G‘ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan uning hayoti va ijodiga to'xtalib, urush mavzusidagi asarlarining mazmun-mohiyati batafsil yoritib berildi.
#ochiq_dars
🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 2-bosqich 6-guruh o‘quvchilari bilan Umumta’lim fanlar fanlar kafedrasi tarix fani o‘qituvchisi D.Toxtayeva tomonidan "Формирование в Узбекистане внешнеполитической деятельности и ее приоритетные направления" mavzusida ochiq dars bo'lib o‘tdi.
✅ Dars jarayonida akademik litseyning professor-o‘qituvchilari ekspert sifatida ishtirok etdilar.
✅ Ochiq dars yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda olib borildi.
✅ Jumladan, “Поле чудес”, “Oтгадай личностей и государства”, “отгадай термины”, “да/нет”, “Блиц-опрос” va boshqa turli qiziqarli o‘yinlarni tashkil etgan holda darsning samaradorligi oshirildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫 🇺🇸• TDYU AQSHning Kolumbiya universiteti hamda Pittsburg universiteti bilan hamkorlik qiladi
👉 tsulofficial/y-QaAyAXEnL">Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov rasmiy tashrif bilan AQSHning Kolumbiya universiteti hamda Pittsburg universitetiga tashrif buyurdi...
🤝🌏👨🏫👩🏫 🇺🇸• ТГЮУ будет сотрудничать с Колумбийским университетом и Питтсбургским университетом
👉 tsulofficial/y-QaAyAXEnL#LViP">Врио ректора Ташкентского государственного юридического университета Исламбек Рустамбеков с официальным визитом посетил Колумбийский университет и Питтсбургский университет...
👍👍 @tsulofficial
#xotira
#inson_qadri
🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyida To'garak rahbarlari tomonidan "9-may -- Xotira va qadrlash kuni" hamda G'afur G'ulom tavalludining 120 yilligiga bag'ishlangan tadbir o‘tkazildi.
✅ Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan ijodiy chiqishlar hamda xotiraga bag'ishlangan she'rlar yod olindi va bundan tashqari iqtidorli oʻquvchilar bilan birgalikda turli musiqiy dasturlar bo'lib o'tdi.
✅ Tadbir soʻngida iqtidorli hamda faol oʻquvchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.
2️⃣2️⃣2️⃣ • Toshkent davlat yuridik universitetida “Rektor soati” tashkil etildi
👉 tsulofficial/ErkdxZI7Qa9">Batafsil va FOTOlar...
2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • В Ташкентском государственном юридическом университете организован «Час ректора»
👉 tsulofficial/ErkdxZI7Qa9#14Cm">Подробнее и ФОТОграфии...
2️⃣2️⃣2️⃣ • Tashkent State University of Law organized a meeting with Rector
👉 tsulofficial/ErkdxZI7Qa9#hTSA">More & PHOTOs...
👍👍 @tsulofficial #tadbir #мероприятие #event
#dars_jarayonidan_bir_kun
🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 1-bosqich 3-guruh o‘quvchilari bilan Tillar kafedrasi o‘qituvchisi D.Abdualimova tomonidan innovatsion yondashuv asosida "Причастие и деепричастие" mavzusida namunaviy dars bo'lib o‘tdi.
✅ Dars yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda olib borildi.
✅ Jumladan, amaliy mashg'ulotda “Aqliy hujum”, “Klaster”, "Blits-so‘rov" va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalari qo‘llanildi.
Иккинчи жаҳон урушида Ўзбекистон Республикаси кўрсатган ёрдамлари...
Канал 👉 @Kunvideolari24
#suhbat_tavsiyanoma
🏛TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litsey bitiruvchilari universitetga suhbat asosida qabul qilinadi.
👉“Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3308, 09.06.2021 y.).
👉Nizomga ko‘ra, TDYU bakalavriatiga abiturientlar qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
✅O‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.
❇️ Bunda har yili 10-iyundan kechikmasdan maxsus komissiya tashkil etiladi.
➡️ Bitiruvchilar har yili 20-iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi.
▶️ Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi (20-iyundan boshlab 5 ish kunidan oshmagan muddatda).
👉Nizomga ko‘ra, har yili 1-iyuldan kechikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat har yili 10–20-iyul kunlari o‘tkaziladi.
👉Suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha abiturientga qo‘yilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.
🎥Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi.
🌐Natijalar TDYU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida e’lon qilinadi.
✔️TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
☑️Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.
#sport
🔰 Akademik litseyda 1-bosqich o‘quvchi-qizlari o‘rtasida "Sport- go‘zallik va nafosat ramzi" mavzusida sport musobaqasi o‘tkazildi.
➡️ Mazkur musobaqada qizlar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:
🔹gimnastrada
🔸estafeta
🔹arqon tortish
➡️ Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining epchilligini, iqtidorini hamda jismoniy ko‘nikmalarini namoyish qildilar.
➡️ Ushbu tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillari tomonidan xolisona baholandi hamda faol ishtirok etgan jamoalar
♦️Eng iqtidorli jamoa
♦️Eng jozibador jamoa
♦️Kreativ jamoa
♦️Eng ijodkor jamoa
kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.
Mavzu
#1may #uzbtarixi
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🔰 Mavzu. Davlat va huquq tarixi
🎙JAMSHID ABDULLAYEV
🏛 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘qituvchisi, Adliya a’lochisi.
#тадбирлар
“Юридик фан ва ҳуқуқни қўллаш амалиётининг долзарб муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий конференция
https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=1515
—
Научно-практическая конференция на тему: «Актуальные проблемы юридической науки и правоприменительной практики»
https://proacademy.uz/ru/news/view?alias=1515
📣 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!
Facebook | Instagram | Twitter | You Tube