yuridik_litsey | Неотсортированное

Telegram-канал yuridik_litsey - Yuridik akademik litsey

2090

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning faoliyatiga oid yangiliklar www.altsul.uz https://www.facebook.com/Yuridik-akademik-litsey-105909174693142/ https://www.instagram.com/p/Ce5T3J5s8dP/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Подписаться на канал

Yuridik akademik litsey

🎉🏆 "Elimda alyorim qolur" tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz!🥳🥳

🎥 Videorolik yo‘nalishi:

1⃣. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 32-umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Jumayeva Oysuluv

2⃣. Andijon viloyati Andijon tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Alibekova Mohinisaxon

3⃣. TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomli akademik litseyning 1.4-guruh òquvchilari

🎥 "Eng yaxshi videorolik"

1⃣. Andijon viloyati Marhamat tumani 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-"b" sinf o'quvchisi Jo'rayev Hasanboy

2⃣. Jizzax viloyati Jizzax shahri 17-sonli umumta'lim maktabining 9-ye sinf oʻquvchisi Sunnatov Kamron

3⃣. Olmaliq shahar 7-umumta'lim maktabi 9- "A" sinf o'quvchisi
Ergasheva Munojat

Ijodkor o‘qituvchi:

1⃣. XURSANDULLO TANGIROV
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, shoir, publitsist.

2⃣. Samarqand viloyati Urgut tuman 155-maktab maktab targ‘ibotchisi Gulnora Mamatova

3⃣. Сирдарё тумани 41- умумтаълим мактаби таргиботчиси Фотима Тиркашева

Ijodkor o‘quvchi:

1⃣. Toshkent shahar Chilonzor tumani 101-maktabning 8-"J" sinf o'quvchisi Nurmaxamatova Aziza Akmal qizi

2⃣. Samarqand viloyati Toyloq tumani 11-maktabning 8-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Oyjamol

3⃣. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Ixtisoslashtirilgan maktab  9-"A"sinf oʻquvchisi Rahimjanova Ruhshona

#Elimda_alyorim_qolur

🎤 Eng yaxshi audioshe’r


1. Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mamatova Malohat

2. Xorazm viloyati Yangiariq  tumani Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti: oʻzbek tili va adabiyoti ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Ikromova Surayyo

3. Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 28-umumtaʼlim maktabi Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Madaminova Oydinxon

🎤 Eng yaxshi audioshe’r

1. Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi
🎤Husanxonova Muxnoraxon

2. Samarqand viloyati. Toyloq tumani  11-umum ta'lim maktabining 8-B sinf òquvchisi JURAKULOVA PARVINA

3. Namangan viloyati Kosonsoy tumani  6-sonli maktabning
9-sinf òquvchisi To'xtaboyeva Nilufar No'monjon qizi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#hamkorlik
#master_klass

🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professori v.b. Musayev Elbek Tayufovich tomonidan 1-bosqich 5-guruh o‘quvchilari uchun “Fuqarolik huquqida vakillik” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida fuqarolik huquqida vakillik tushunchasi, turlari va ishonchnoma haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Davra suhbati baxs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mazmunli va amaliy misollar asosida javoblar berildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#Yangilanayotgan_Konstitutsiyam

🔰 BIZ BEFARQ EMASMIZ!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohista Eshankulova tomonidan akademik litseyning 1-bosqich oʻquvchilariga Adiblar xiyobonida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” mavzusida sayyor dars tashkil etildi.

✅ Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan sayyor dars jarayonida oʻquvchilar oʻrtasida bahr-u baytlar, mushoiralar boʻlib oʻtdi.

✅ Sayyor dars juda mazmunli oʻtkazildi va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

"Farovonlik va birdamlik kafolati" Referendum haqida mulohazalar

✍ Toshkentov Shohrux Rustamovich

🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi  akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi.

🔹 "Adolat kuchi" ijtimoiy-huquqiy gazetasi

O'qish istagidagilar ...Kanalga ulanish👇👇👇
e-mail://adolat-kuchi @ inbox.uz

✅ N⁰07 (558)  2023-yil 15-aprel

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2023-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#Yangilanayotgan_Konstitutsiyam
#Referendum_2023

🏛TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Umumta'lim fanlar kafedrasi o'qituvchilari tomonidan I-II bosqich o'quvchilari o'rtasida Yangilanayotgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag'ishlangan "Tarixiy o'zgarish-Yangilanayotgan Konstitutsiyam" nomli zakovat musobaqasi bo'lib o'tdi. 

✅ Musobaqada Yangilanayotgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi, unda aks etayotgan o'zgarishlar, yangi kiritilayotgan huquqiy normalar, qoidalar, prinisplar, amaldagi Konstitutsiya hamda Yangilanayotgan Konstitutsiyaning qiyosiy tahlili, O'zbekistonda referendum jarayonlari kabi mavzular doirasida mantiqiy va bilimga asoslangan savollarga javob topdilar.

➡️ Musobaqada quyidagi o'rinlar aniqlandi:

🥇1-o'rin: 2.3-guruhning  "Adolat ko'zi" jamoasi

🥈2-o'rin: 2.3-guruhning "Buyuklar" jamoasi

🥉3-o'rin: 2.4-guruhning "Galaktika" jamoasi

🏆G'olib jamoalarni tabriklaymiz!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tadbir

🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi O.Shukriddinbekov hamda Toshkent shahar IIBBning “Terrorizmga qarshi kurashish” bo‘limi xodimi ishtirokida akademik litsey o‘quvchi-yoshlariga Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan ezgu gʻoyalar, dinimiz arkonlarini eʼzozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat boʻlib yashashga daʼvat etadigan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼrifiy targ‘iibot tadbiri tashkil etildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

⚡️RASMAN: O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#suhbat_tavsiyanoma

🔰 Hurmatli Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2022/2023 o’quv yili bitiruvchilari va ularning ota-onalari!

🏛 O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-iyundagi 12-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

💠 Mazkur nizom talablariga ko‘ra, Maxsus komissiya tavsiyanomasiga asosan quyidagi asosiy minimal talablar hisobga olinadi:

🔹a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari bo‘yicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (to‘rt) baho va undan yuqori bo‘lishi kerak);

🔸 b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:

✅ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE hamda CEFR xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

✅ yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

✅ nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

✅ fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

✅ xitoy, koreys va boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🔹 v) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);

🔸 g) bitiruvchining akademik litseydagi o‘qish davrida unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilmaganligi.

❗️Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.

💠 Mazkur talablarga muvofiq ariza va hujjatlar 10-iyundan 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#Jamoatchilik_muhokamasi

Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi

🔰Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️Unga koʻra:

➡️abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

➡️abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

✔️Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

➡️Shuningdek, qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

◾️akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish tartibi;

◾️akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarni eʼlon qilish tartibi;

◾️fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlarni qoʻllash;

◾️akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibi belgilanadi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

📺📺 • Reportaj 24 | Toshkent davlat yuridik universiteti — QS xalqaro reytingi eʼtirofida

📺 To‘liq ko‘rish...

📺📺 • Репортаж 24 | Ташкентский государственный юридический университет признан международным рейтингом QS

📺 Смотреть полностью...

📺📺 • Report 24 | Tashkent State University of Law is recognized by the international QS ranking

📺 Watch...

👍👍 @tsulofficial #oav #сми #media

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#ekskursiya
#tadbir

🏛️TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyning to'garak rahbarlari, TDYU talabalari hamda akademik litsey o'quvchilari ishtirokida G'afur G'ulom ijodiga qiziqish uyg'otish maqsadida G'afur G'ulomning uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi va uning asarlarini keng targ'ib qilish maqsadida akademik litseyda o'quvchilar bilan suhbatlar o'tkazildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🏛TDYU qoshidagi akademik litseyning Yetakchilar kengashi va To'garak rahbarlari tashabbusi bilan
O‘zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludi kuni munosabati bilan "Ijodroklar tanlovi" ga start beramiz !

🔰 Ijodkorlar tanlovi to'rt yo'nalish doirasida o'tkaziladi :

1.🎥Eng yaxshi insho (insho ona tili daftarga yozilgan ravishda topshirilishi shart,tayyor ko'chirib olingan insholar qabul qilinmaydi!)

2.🎥Eng yaxshi videorolik (videorolik 2 daqiqadan oshmasligi va video boshida guruh yozilgan bo'lishi shart !)

3.🎤Eng yaxshi audio she'r ( she'r mavzuga mos bo'lishi va 2 daqiqadan oshmasligi kerak)

4.📰 Eng chiroyli devoriy gazeta (devoriy gazeta alohida o'quvchi tomonidan topshiriladi)

📨Ijodiy ishlaringizni
@E_Ahmadjonova manziliga yuborishingiz mumkin

🗓Tanlov 16.04.2023 dan 25.04.2023 gacha davom etadi

🔥Barchasi faqat siz uchun

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

"Taqdir g'aroyibotlari" haqida mulohazalari

✍ Toshkentov Shohrux Rustamovich

🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi  akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi.

🔹O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi "Kuch-adolatda" ijtimoiy-siyosiy gazetasi

✅️ O'qish istagidagilar ...Kanalga ulanish👇👇👇
http://www.kuch-adolatda.sud.uz

✅ N-21-22 (952)  2023-yil 30-aprel

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

✨ Konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalaning.

Referendumda ishtirok eting!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#tadbir

🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohista Eshankulova tomonidan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchilari oʻrtasida Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Yosh kitobxonlar jamoasi” hamda “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovlari tashkil etildi.
🎬“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi boʻyicha saralab olingan videoroliklarni e’tiboringizga havola etgan edik.

⚖️Layk-time asosida oʻquvchilar tayyorlagan videorolikka quyidagi oʻrinlar e’lon qilindi:

🥇1-oʻrin: 1.10-guruh
🥈2-oʻrin: 1.4-guruh           
🥉3-oʻrin: 1.1-guruh

Bellashuvning ikkinchi qismida oʻquvchilar shoir ijodidan yod olgan she’rlar va sahna koʻrinishlari bilan ishtirok etdilar. Bellashuvda bilimlar sinovi, bahr-u bayt, sahna koʻrinishlari, erkin ijod namunalari, raqs va qoʻshiqlar namoyish etildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga “Eng iqtidorli oʻquvchi”, “Eng faol oʻquvchi”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Eng zukko oʻquvchi”, “Eng bilimdon oʻquvchi”, “Eng yaxshi notiq” nominatsialari boʻyicha oʻrinlar berildi.

Umumiy jamoalar oʻrtasida esa quyidagi natijalar kuzatildi:

🏅1-oʻrin:1.4-guruh
🎖 2-oʻrin:1.10-guruh
🎖 3-oʻrin:1.1-guruh.

✅ Akademik litseyning 1.4-guruh oʻquvchilari “Yosh kitobxonlar jamoasi” koʻrik-tanlovining gʻolibi deb topildi.

🏆 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#hamkorlik
#master_klass

🔰 O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

✅ Toshkent davlat  yuridik universiteti Mehnat  huquqi kafedrasi dotsenti yu .f.f.d . L.Raximkulova tomonidan 2-bosqich 1-guruh o‘quvchilari uchun “Inson huquqlarini himoya qilishga doir milliy qonunchilik” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida Yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari borasida kiritilayotgan yangilik va o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

✅ Davra suhbati baxs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga amaliy misollar asosida javoblar berildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#ochiq_dars

🔰 TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 1-bosqich 7-guruh o‘quvchilari bilan Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M.Karimova tomonidan "Fuqarolik huquqida muddatlar" mavzusida ochiq dars bo'lib o‘tdi.

✅ Dars jarayonida Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yeshanova Dauletbike Ametbekovna hamda akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari ekspert sifatida ishtirok etdilar.

✅ Mavzuni yoritish davomida fuqarolik huquqida muddatlar tushunchasi, turlari, jumladan, kim tomonidan belgilanishiga ko‘ra, huquqiy oqibatiga ko‘ra, aniqlanish tavsifiga ko‘ra turlari, muddatlar o‘tishining boshlanishi va tamom bo‘lishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

✅ Ochiq dars yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda olib borildi.

✅ Jumladan, “Aqliy hujum”, “IRAC” va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#абитуриент
#мактаб_битирувчиларига

Aбитуриент четга ўқишга ҳужжат топшираётганда алданиб қолмаслик учун нималарни текшириши керак?

▪️"Танланган ОТМ давлат рўйхатидан ўтгани, лицензияси ва аккредитация гувоҳномаси борлигини текшириш лозим. Бу ҳужжатларга эга ОТМ битирувчисининг дипломи Ўзбекистонда тан олиниши муаммо бўлмайди", – дейди Таълим инспекцияси бўлим бошлиғи Низомжон Ишанқулов.

Консалтинг фирмаси орқали ҳужжат топширганда бу фирманинг ҳам ҳужжатларини текшириш керак.

🚀 @talim_obrazovaniye | Ойлик маошни ҳисобловчи бот

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

✨ Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan

Hamnafas ijodkor..

✍️ Saidakmal Mamasoliyev
🏛TDYU qoshidagi M. Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich 4-guruh o'quvchisi.

Sirdaryo viloyat hokimligi muassisligidagi "Yangi Sirdaryo" ijtimoiy-siyosiy ommaviy gazeta. 26-aprel 2023-yil .



〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
https://telegra.ph/Hamnafas-ijodkor-04-25

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#bayram_muborak🌷

⚜AZIZ YURTDOSHLAR!

⚜ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey jamoasi siz aziz yurtdoshlarimizni qutlug' sana - Iyd al-Fitr, Ramazon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi! 💐🎊

⚜ Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu-baraka tilaymiz!

⚜ HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

⚜ ONA YURTIMIZ TINCH, HAYOTIMIZ FAROVON BO‘LSIN!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident Farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;
22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#qabul_2023

🔰 Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari e'tiboriga ushbu ma'lumotlarni taqdim etamiz!

✅ TANLOVDA ADASHMANG!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

🎤🔰✅TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohista Eshankulova tomonidan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish,ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida akademik litseyning
1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Muhammad Yusuf hayoti va ijodini o‘rganish” mavzusida bellashuv tashkillashtirilmoqda.

🎬🎬🎬“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi boʻyicha saralab olingan videoroliklarni e’tiboringizga havola etamiz.

⚖️⚖️⚖️Eng ko‘p ovoz olgan videorolik g‘olib deb topiladi.

📣📣📣DIQQAT!!! ♥️♥️♥️Like timega start berildi.

🕐🕑🕒Muddat: 2023-yil 25-aprel, soat 12:00 gacha.

✅ Bellashuvning 2-qismi 25-aprel, soat 13:20 da bo‘lib o‘tadi.

BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ!

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#biz_efirda

🔰 Buyuk davlat arbobi Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Amir Temur va Temuriylar muzeyida “Amir Temur davrida inson huquqlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston-24 telekanali orqali yoritildi.

✅ Tadbirda TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari va iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

📜 Stendal asarida ayollar huquqlari (parcha)

🗣Saidakmal Mamasoliyev

🏛TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi.

📺 Madaniyat va ma'rifat telekanali "Birgalikda o'qiymiz" ko'rsatuvi.

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

Тошкент технологиялар университети

2023/2024 ўқув йили кундузги ва сиртқи таълим шакллари бўйича йўналишлар:

• Дастурий инжиниринг,
• Компьютер инжиниринги
• Ахборот тизимлари ва технологиялар

• Иқтисодиёт
• Банк иши ва аудити
• Юриспруденция (бизнес ҳуқуқи)

• Психология
• Бошланғич таълим
• Технологик таълим

• Ўзбек тили ва адабиёти
• Хорижий тил ва адабиёти

Саволлар учун: @ttualoqabot

Реклама

Читать полностью…

Yuridik akademik litsey

#konstitutsiya
#referendum
#hamkorlik
#davra_suhbati

🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda “Konstitutsiya o‘zimizniki!” nomli davra suhbati tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbirda TDYU Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yu.f.d. Muhitdinova Firuza ishtirok etib, yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda davlatimiz tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha maxsus norma kiritilayotganligini, yoshlar tarbiyasi, ta’limi va sog‘lig‘i, ularni voyaga yetgunga qadar boqish xalqimizning ming yillik an’ana va qadriyati hisoblanishini, bolalarning ta’lim olishi, ularning sog‘lom va to‘laqonli rivojlanishini davlat va jamiyat tomonidan ta’minlash to‘g‘risida o‘zgartishlar kiritilayotganligini alohida ta’kidladilar.

✅ Mazkur Konstitutsiyamizda aks etayotgan moddalar farzandlarimizning ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonligi hamda jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lib rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.

Читать полностью…
Подписаться на канал