yupiterlik | Unsorted

Telegram-канал yupiterlik - Yupiterlik Markayeva

-

I have a lot to say to you. Sizlarga aytadiganlarim ko'p. Connect with me: @Yupiterlikk_bot

Subscribe to a channel

Yupiterlik Markayeva

Hamma savollarni o'qib komment yozmasdan ichida jimgina javob berib o'tirganlar, rosa sabrlisizlare.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

10. Mashhur insonlar, bloggerlar, hamma kuzatib boradigan aktyor, qo'shiqchi, model, futbolist, siyosatchi va hokazolar oddiy xalqqa negativ ta'sir ko'rsatadi/ko'rsatyapti deb o'ylaysizmi?
Nega?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

8. Sizga berilgan va sizni chuqur o'ylantirib qo'ygan, haligacha javob bera olmaydigan savolingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

6. Bugun oxirgi marta telefonda gaplashgan insoningiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

4. Umringizni oxirigacha faqat bitta mahsulot(oziq-ovqat) ni yeyishingizga to'g'ri kelsa, qaysi birini tanlardingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

2. Do'stlaringizdan so'rashsa, bir so'z bilan sizni qanday ta'riflashgan bo'lardi, masalan?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

savol-javob lar qilamizmi)

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Insonda bitta temperament 100% bo'lmaydi!

Masalan kimdir 50% xolerik, 50% melanxolik.

yoki 4 ta temperamentga ham ega)

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

👆

"TEMPERAMENT" tushunchasi

Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud:

1. SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.
2. XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.
3. FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.
4. MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r.

Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib, xarakteringizga xos, miyangizga kelgan birinchi fikrni javoblar ichidan tanlang. O’zingizni boshqacha qilib ko’rsatishingiz shart emas. Aks holda sizning temperamentingiz noto’g'ri aniqlanadi.

Boshladik:

Tassavur qiling bog’da sevgan insoningizni/ do'stingizni/dugonaningizni kutib o’tiribsiz. Oxirgi pulingizga gul sotib olgansiz. Ammo to’satdan bir kishi kelib gulingizni ustiga o’tirib oldi. Bunday vaziyatda u kishiga nima deysiz?

JAVOBLAR:

A). “Bu nima qilganingiz amaki? Bu gulni axir oxirgi pulimga olgandim. Farosatingiz bormi?” deya jahl qilib baqirishni boshlayman.

B) “Amaki gulimga o’tirvoldizu. Ja chaqqon odam ekansiza?” deb hazilga buraman va kulib turaman.

C) “Amaki, meni kechirasizu, boshqa gul olib berishingizga to’gri keladi. Yaqin insonimga olgandim” deya og’ir bosiqlik bilan to’g'ri tushuntiraman.

D) “Amaki nima qilib qo’ydingiz” deya siqilaman va indamay ketaman u yerdan.


qani tanlang va komment qoldiring.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

You are not hard to love.
You are not hard to embrace.
You are not hard to accept.
You are not your past.
You are not your fears.
You are not your failures.
You are not your nightmares.
You are not your pictures.
You are not your looks.
You are not your body.
You are not your money.
You are not them.

You are what you love.
You are who you love.
You are how you see the world.
You are the sunsets and sunrises.
You are the ocean.
You are the wind.
You are the star.

You are - what you can put your mind to.
You are - what you can imagine.

You exist and you matter.

Sending you love.
❤️

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

bot qilamiz bitta, botga ko'ngillilar ovozini yuborishadi, biz tanlab olamiz)

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Xalq, e'lon:

ovozi yaxshi, rolga kirishib ovozini boshqara oladigan yigit-qizlar kerak dublyaj uchun, men hozir bitta katta proyektni menejer iman, proyektda biz kiberxavfsizlik bo'yicha videokontentlarni, hujjatli filmlarni o'zbek tiliga o'girishimiz kerak bo'ladi, dublyaj uchun odamlar qidiryapman, agar sizda shunday qobiliyat bo'lsa, kommentda yozib qoldiring.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Bilasizmi nima, ba'zi odamlar bir umr negativ bo'lib qolgani ham ma'qul bir tomondan. Bitta storyga hech bo'lmasa bitta Gargamel kerak. 🙂

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Shu haqida 6 paragrafli post yozib o'tirgandim, tap etib o'chib ketdi.

endi qaytadan yozyapman,
hamma narsaga pozitiv qarash uchun sabr ham muhim, ishoning.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

When you feel unloved, unwanted, unheard and disrespected, remember me. My love is infinite and I'm sure it's enough to make you feel loved.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

11. Faqat rostini ayting. O'zingizni boringizcha, kamchilik va mag'lubiyatlaringiz bilan qabul qila olasizmi? Yoki ichingizda boshqalar bilan o'zingizni qandaydir taqqoslash, o'zidan norozilik hissi mavjudmi?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

9. Eng katta va og'riqli "Balki..." bilan boshlanadigan va faqatgina o'zingizga ma'lum fikringiz/hayolingiz/ishonchingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

7. "Osoyishta hayot" da yashashimiz uchun, nimani hozirgi hayotimizdan olib tashlagan/yo'q qilgan bo'lardingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

5. Qaysi birini tanlardingiz:
Kimdir sizdan bir umr nafratlanishi yoki sizni bir umr unutib yuborishi?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

3. Qaysi yovvoyi hayvonni uyda boqishni istardingiz va nega?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

1. Aslida maqtov lekin sizga teskaridek eshitiladigan gaplar?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

qaysi sport turida yaxshisiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

✔️ NATIJALAR:

A). XOLERIK - Juda g‘ayratli, jizzaki, jahldor, qaysar, ishga ehtiros bilan beriladigan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlarga moyil ekanidan dalolat beradi, ildam harakatlar qiladigan kishi, tug'ma lider.

B). SANGVINIK – quvnoq va hushchachaq, har qanday yangi ishni qiziqish bilan qabul qiladi, bardoshli va ishchan, nutqi baland, tezkor, ravshan,!imo-ishorali va ma'noli xatti-harakatli, kutilmagan, murakkab holatlarda o‘zini yo‘qotmaydi, doimo bardam kayfiyatda. tez uxlaydi va tez uyg‘onadi, atrofda bo‘layotgan vazifalarga tez munosabat bildiradi, ta'assurotlarni hadeb o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan shaxs.

C). FLEGMATIK - nutqi xotirjam, sokin, keskin tuyg‘ularsiz, imo-ishora va xatti- harakatlarsiz, vazmin va sabr-toqatli, boshlagan ishini doimo oxiriga yetkazadi, kuchini bekorga sarflamaydi, kun tartibiga qat'iy rioya qiladi. Yuragi keng, intilishlarda barqaror, turg'un va chuqur his-tuyg‘ularga ega inson.

D). MELANXOLIK - tortinchoq va uyatchan. Yangi sharoitlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, notanish kishilar bilan muloqot o‘rnatishda qiynaladi, o‘z kuchiga ishonmaydi, yolg‘izlikka oson ko‘nikadi, omadsizliklar oldida tushkunlikka va sarosimaga tushib qoladi. Tez charchaydi, nutqi sokin. Suhbatdoshini xarakteriga beixtiyor moslashib qoladi, ta'sirlansa ko‘zyosh to‘kadi, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan shaxs. Tushkunlikda ham o'zini erkin va qulay his qila oladigan inson.

Qaysi biri ekansiz?

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Temperamentingiz qanday?

1. Xolerik
2. Sangvinik
3. Flegmatik
4. Melanxolik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Hurmatli havaskor dublyaj "usta"lari!

Hujjatli filmlarimizda sizning ovozingizdan foydalanishimiz uchun, bizga filmdan olingan matn parchasini o'qib, ovozingizni
ushbu botga jo'natishingiz kerak:

@markayeva_casting_bot

matn:

Bu Erik Gros, butun tizim vayron bo’lgan paytda u Googlening Maxfiylik va Xavfsizlik guruhi rahbari edi.

Erik: "Bularning barchasini qanday hal qilish bo’yicha bizda hech qanday qo’llanma mavjud emas edi”.
Bu oddiy xavfsizlik hodisasi emas edi. Hujum qilgan hakkerning tezligi, tez o’rgana olishi, qobiliyati va taktikalarini kutilmaganda o’zgartira olishi, bu g’ayrioddiy edi. Bu boshqacha edi, noyob edi. Mening butun hayotim endi o’zgargandi, biz hamma ishimizni tashlab, faqat shunga diqqatimizni qaratishga majbur edik".

Tim: “Ertasi  kuni menga yana e-mail jo’natishdi: “Tim, majlislar zaliga kela olasizmi? Bir necha kishi bo’lib qo’shimcha qurilmalarni ko’zdan kechirib chiqyapmiz”. Xo’p dedim va uchinchi kuni men to’g’ri yana yig’ilish bo’ladigan xonaga bordim, hatto ish stolimga qaytib o’tirmadim, va men o’sha tekshiruv xonasidan naq 6 haftagacha qimirlamadim"

O'z qobiliyatingizni sinab ko'ring)
qolgan barcha instruksiyalar botda ko'rsatilgan.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

yigitlar kerak ko'proq🗿

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Voice chat)
balki shundan keyin yaxshiroq his qilarman.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Yuqumli virus:

Negativlik- o'tmishdagi salbiy tajribalar, qo'rquv yoki stress kabi turli manbalardan kelib chiqishi mumkin. Ko'pincha bu his - "Coping mechanism" (vaziyatni yengib o'tish mexanizmi) sifatida ko'riladi.

Negativlik - judayam yuqumli his, va bu tez tarqaladi, diffuziya holatini bilsangiz kerak, negativ fikr, kayfiyat ham xuddi shunday tarqaladi. Va bir kishini ichidagi zug'um atrofdagilarning ham kunini vayron qilish uchun chiroyli xizmat qilib bera oladi, ha.

Nega ba'zi odamlar o'ta negativ?

1. O'zi ko'p tanqidga uchragan va pozitiv fikrlarni ko'p eshitmagan. Dunyodan olgan energiyani dunyoga qaytarish - "mirroring revenge" bilan yashaydi.

2. Fikrlashi qotib qolgan, o'zi 30 da, lekin miyasi maktab bolasinikidan ham battar. Unda hech qachon tepaga siljish bo'lmagan.

3. U g'ird bekorchi. Vaqti shu qadar ko'pligidan ichidagi negativlarini 24/7 sochishga erinmaydi u. Lekin qo'llab-quvvatlashga kelganda, uni bunga vaqti yo'q, chunki u ob-havoni direktori.

4. E'tibortalab. Ko'p insonlar hammadan e'tibor xoxlaydi, va hammani o'ziga qaratishi uchun, negativlik qilishga harakat qiladi. Buyam bitta manipulativ axloqning ko'rinishi. Zaharli.

Eng ko'p negativ odamlar qayerda?

1. O'zbekistondagi barcha ijtimoiy tarmoqlardagi videolar va postlarning kommentlarida. Instagrammi u, tiktokmi, telegrammi, farqi yo'q. Toshbo'ronchilar bizda talaygina.

Kallangdan biror aqlli gap yozsang, kitobdan o'g'irlagansan.

Ko'p post qilsang, bekorchisan.

Qilmasang, e'tiborsizzan.

Ovqat rasmini post qilsang, ochopatsan.

Kiyim post qilsang materialistsan.

Kitob post qilsang, "o'zi o'qiysanmi yo faqat rasm tushurishgami?"

til bilib, biror skill o'rganib kurs sotsang - "ilmniyam biznes qildilaring".

sotmasang - "bilimingni bo'lishmasang nima keragi bor?"

raqsga tushsang - "singlim seniyam aka-ukang bordir, e turishingni qara.....#*%+#^ (diskotekada kalyan chekib komment yozadi)

Qovun - qovundan rang oladi.

Bemaza qovunni urug'i ko'p bo'ladi.

Bu mavzuga qovunni aralashtirganim uchun uzr, qovunda ayb yo'q. Shunchaki hayotga qanday qarasangiz, u shunaqa tusga kirib ketaveradi. Siz negativ bo'lsangiz, butun hayotingiz energiyangizga moslashadi. Va bundan atrofdagilar ko'proq jabr ko'radi. Odamlarni aybi nima?

Virusingizni bizga yuqtirmang.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Negativ bo'lish - juda oson.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Materializm avj olgan jamiyatda,
ko'zimga uzoqdagi tog'lar orasida qo'y boqib yurgan cho'pon - baxtliroq ko'rinadi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel