yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4-sentyabr - Bilimlar kuni

MAKTAB

O‘qingiz, ey o‘g‘il-qizlar, go‘zal davron erur maktab.
Saodat manzilin topmoqqa bir imkon erur maktab.

Shijoat aylangiz toki iki olamni bilmakka, 
Kamolu ravnaq eltuvchi ajab urfon erur maktab.

Kishi xor o‘lmagay tutsa agar ilmu adab ilkin,
G‘ariblik,  notavonlik o‘qiga qalqon erur maktab.

Tilarsan ne ravo dilga, muroding  komi ro‘yosin,
Umiding gulshanin ham qilguchi xandon erur maktab

Jaholat tiyg‘idin olamga yetsa zulmu istibdod,
Zalolat zaxmidin asrarga ham luqmon erur maktab

Qaro ko‘zlarni g‘aflat pardasidan asragingizkim, to
Vatandek bir vujudda chashm ila mujgon erur maktab.

Mashaqqat chekmaguncha, Shoira,  kim yetdi manzilga,
Riyozatda madadkoring bo‘lar sarbon erur maktab.

Shoira Shams,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4-sentyabr - Bilimlar kuni

Birinchi qo‘ng‘iroq


Bugun eng chiroyli kun. Boisi, yangi o‘quv yili boshlandi. Birinchi qo‘ng‘iroqning chalinishi nafaqat o‘quvchi yoshlarni, balki ustozlarni, ota-onalarni ham behad shodlantirdi.
Halima Hudoyberdiyeva nomli ijod maktabining bu yilgi bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga 100 foiz ko‘rsatkich bilan qabul qilinganining o‘zi bu ilm maskanidagi ibratli faoliyatdan dalolatdir. Ijod maktabida o‘tkakzilgan “Men - yangi O‘zbekiston farzandiman!” mavzusidagi mustaqillik darslarida bolalarning ongu tafakkuri naqadar teranligini anglatdi.
Darslarda viloyat Mudofaa ishlari faxriylar uyushmasi rahbari Odil Muhammejonov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Noriniso Qosimova, Ravshanbek Mahmudov, Bahor Xolbekova, “Xalq so‘zi” gazetasining viloyat bo‘yicha muxbiri Ahmadali Shernazarov, “Yangi Sirdaryo “ gazetasining bo‘lim mudiri Xolida Pardaboyeva ishtirok etdi. Ular yoshlarni ilm olishga, kitobga muhabbatli bo‘lishga chorladi. Shuningdek, bugun Prezidentimiz tomonidan aynan yoshlarga berilayotgan misli ko‘rilmagan eʼtibor va g‘amxo‘rliklar, cheksiz imkoniyatlar borasida, ona-Vatanni ulug‘lash, uning shaʼnini qadrlash haqida to‘xtaldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqilligimizning_33_yilligi

O‘zbekiston

Farog‘at Xudoyqulova,
“Shuhrat” medali sohibasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning avgust oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi Sharofiddin To‘laganovga ukasi Ma'rufboy To‘laganovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

SEN YAXSHILAR ONASI

Paralimpiya chempionlarining onalariga                            

Sen onalar yaxshisi, yaxshilarning onasi,
Bugun sening kuningdir, tilagin tilagingni.
Sulton xotin bo‘lding sen o‘g‘loning bahonasi,
Ko‘hiqofdan bo‘lsa-da topaman keragingni.

Atirgul shoxasiga bog‘lab tilla simli tor,
Qolgan barcha gullarga “Omon yor” kuylataymi?
Oqshomlari osmonni poyingga to‘shab bir bor,
Yulduzlarni qizlardek dastalab o‘ynataymi?

Shaʼningga tiklaymi yo Tojmahal misol qasr,
Xino sharbati bilan unga yozib g‘azallar.
Malika maqomiga munosibsan sen, axir,
Oldingdan o‘taversin parizodlar, go‘zallar.

Jayhunni Sayhun bilan boshlab kelaymi Shoshga,
Tabarruk qil, tekkizib unga barmog‘ing uchin.
Suvdan qudrat o‘tarmish, senga o‘xshasak, koshki,
Qo‘ling tekkan daryodan hovuch-hovuch suv ichib.

Or sabog‘in o‘qitar sening ona maktabing,
Shundan tahsil olmoqqa yugurgayman, shoshgayman,
Ustoz o‘trusidagi eng oddiy shogird kabi,
Har bir imo-ishorang bajo etmoqqa shayman.

Qadr topgan yurt qadrin o‘g‘ling ko‘tardi tikka,
Baland ko‘tarilgan el beklikka qodir bo‘lgay.
Axir, yo‘lbars tug‘ibsan, shunchaki o‘g‘lon tug‘may,
Ista, istaging uchun har o‘zbek Xizr bo‘lgay.

Qutlibeka Rahimboyeva,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqilligimizning_33_yilligi

Biz birlashsak

Botirjon Ergashev she'ri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

​​​1-sentabr — shoir Yo‘ldosh Eshbek tug‘ilgan kun

SENING QO‘SHIG‘ING

1.

Biz baxtiyor bo‘lgaymiz xo‘b,
Bizni zafar quchajak!
Tepamizda charx urishib
Qaldirg‘ochlar uchajak!

Shunday qo‘shiq aytgan eding sen,
Shunday qo‘shiq… hayotday aziz.
Va dunyoga qaytgan edim men,
Dunyo menga qaytdi o‘sha kez.

Qo‘shig‘ingni buloqlar tinglab,
Shamollarning tili tugildi.
Osmon yuzi ko‘zing nusxalab,
O‘pmoq bo‘lib senga egildi.

Qaldirg‘ochlar uchdi tepangda,
Qo‘shiq aytib sho‘xshan, dilrabo.
O‘n yettida eding o‘shanda.
O‘n yettiga to‘lgandi dunyo.

***
Dunyolardan rashk qildim seni,
Dunyolarga ishonmas edim.

2.

Qaldirg‘ochlar kelmoqda uchib,
Bahor quvib yasharlar doim.
Ushbu damda sen yodga tushib,
Alamlarda qovrilar o‘yim.

Sen umringai bo‘lding ikkiga,
Endi menga ikki xil o‘ysan.
To‘lib ketsa dardpar ko‘ksimga,
Yolg‘izlikning hukmidan to‘ysam,

Madadga zor odamday goho,
Atrofga javdirar nigohim.
Ko‘zlarimda intiq iltijo,
Ko‘zlarimda tizilar ohim.

Shunda izlab qolaman zor-zor,
O‘n yetti yosh ko‘hligim qayda?
Va qaytmoq bo‘laman intizor
O‘n yetti yosh dunyoga qayta.

Meni chorlar ilk umring maʼsum,
Meni chorlar ul pokiza ishq.
Qayg‘ularga chek qo‘yib, bir zum –
Ruhimda tirilar ul qo‘shiq:

«Biz baxtiyor bo‘lgaymiz xo‘b,
Bizni zafar quchajak!
Boshimizda charx urishib,
Qaldirg‘ochlar uchajak!»

Yo‘ldosh Eshbek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqilligimizning_33_yilligi

"MUSTAQILMAN"

Zulfiya Mo‘minova,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yozyovon ilhomlari

Bugun Yozyovon tumani markazidagi  “Tolquduq” ommaviy dam olish maskanida mustaqilligimizning 33 yillik bayramiga bag‘ishlangan “Yozyovon ilhomlari” mushoira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi viloyat bo‘limlari hamkorligida bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbirda farg‘onalik ustoz adib va shorilar, yosh ijodkorlar, uyushmaning Namangan hamda Andijon viloyat bo‘limlari, tuman hokimligi, shuningdek mahalliy aholi vakillari qatnashdi.
Tadbirda Farg‘onada yashab o‘tgan atoqli adiblarning yorqin xotirasi haqida so‘z yurtildi. Mumtoz qo‘shiqlar hamda vatan va istiqlolni sharaflovchi, insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi sheʼrlar o‘qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi Ortiqboy Abdullayevga opasi Tojiniso Abdullayevaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

31 avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni

“Metro”

Muhammad Siddiq,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Siz, azizlarni, ko‘p millatli xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim, ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/106683

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan xalqimiz va yurtimiz ijodkorlarini muborakbod etadi.
Tinch va osuda hayotimizga ko‘z tegmasin! Yangi O‘zbekistonda yangilanish va keng qamrovli islohotlar bardavom bo‘lsin! Vatanimiz gullab-yashnayversin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqillikning_33_illigi

“Vatandoshlar”

G‘ayrat Majid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

Asila


Paralimpiya rekordchisi, Parij – 2024 g‘olibi Asila Mirzayorovaga

Isming go‘zal, bardoshing ham asildir,
Yurting – jannat, to‘rt tomoni yashildir.
Xalqing mudom hamjihat va ahildir,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Kam emasdir hech kimdan hur ovozing,
Tongday yorug‘ tabassuming, pardozing.
Ko‘z o‘ngimda besh metrlik “parvozing”,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Zo‘r maydonda haqiqiy zo‘r “jang” bo‘ldi,
Kim umidvor, kimning holi tang bo‘ldi.
Jurʼatingga dunyo hang-u mang bo‘ldi,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Kim pand yedi xatolarning dastidan,
Ko‘mak kutdi kimlar hatto do‘stidan!
Sakrab o‘tding naq Eyfelning ustidan,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Tomiringda go‘yo chaqmoq shitobi,
Barchinoyning "qurri-yo hayt" xitobi;
Meros erur pahlavonlik kitobi,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Madhing kuylab, men ham burchim o‘tayman,
Yurt bayrog‘in yuragimga qadayman.
Seni "Hisor ohusi" deb atayman,
O‘zbegimning asil qizi – Asila!

Shuhrat Hakim,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kecha Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Anqara shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi

Anqara shahri Kechio‘ren tumanida buyuk ajdodimiz, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/106740

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlar

***

Paralimpiya rekordchisi Asilaga Mirzayorovaga

Ko‘z tegmasin senga, Asila,
Munchoqlarni g‘olib qilding sen.

Yo‘llaringga qarab turgan ul
Mushtoqlarni g‘olib qilding sen.

Ayvoningda qaldirg‘ochlar bor
Peshtoqlarni g‘olib qilding sen.

Yashnab ketdi bog‘larim, hatto
Yantoqlarni g‘olib qilding sen.

No‘noq, mudroq kimsalar – mag‘lub,
Chaqmoqlarni g‘olib qilding sen.

Tovonlaring haroratidan
Tuproqlarni g‘olib qilding sen.

Sakrashingni tomosha qildik,
Biz sog‘larni g‘olib qilding sen.

O‘zbeklarim qo‘lda ko‘targan
Bayroqlarni g‘olib qilding sen.

Tog‘day xalqing turar ortingda,
Shu tog‘larni g‘olib qilding sen.

Shodi Otamurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Intervyu 24 | To'lqin Eshbek — Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti

#2sep #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qutlov

LIRA PIRJANOVA

Bugun — taniqli tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Lira Pirjanova tug‘ilgan kun.
Lira Pirjanova 1969-yilda Nukus shahrida, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1986-yil o‘rta umumtaʼlim maktabini, 1996-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti filologiya fakultetining fors tili va adabiyoti yo‘nalishi bitirgan.
Turli yillar davomida “Kamolot” respublika yoshlar jamg‘armasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi chet eldagi O‘zbekistonga oid boyliklarni tadqiq etish markazi, “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari hamda “Zamon-press” nashriyotida faoliyat yuritgan.
Hozirgi vaqtda u O‘zbekiston Milliy axborot agentligining strategiyani belgilash va monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ijodkor hozirga qadar Shoyim Bo‘tayev, Habib Abdunazar, Akbar Mirzo, Qo‘chqor Norqobil, Javlon Jovliyev, Mansur Jumayev, Komil Sindarov kabi o‘zbek adiblari asarlarini rus tiliga tarjima qilib, Rossiya, Ukraina, Belarus kabi mamlakatlarning adabiy jurnallarida chop etishda faol qatnashdi.
Lira Pirjanova bibliograf sifatida o‘zining ota va onasi, qoraqalpoq shoir va yozuvchilari — Uzaqbay Pirjanovning “Xazonrezgi” hamda Shiyrin Xalmuratovalarning “Bulbil sesti tanda oyatar meni” majmualarini o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashrga tayyorlab, adabiyot ixlosmandlariga armug‘on etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ijodkorni ushbu sana bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqilligimizning_33_yilligi

Mehnatkash, fidoyi yurtdoshilarimizni men o‘zimning eng yaqin qadrdonlarim, sadoqatli safdoshlarim deb bilaman. Bugun Vatanimizga jonkuyar, o‘zini el-yurt taqdiriga daxldor deb biladigan insonlar yana-da ko‘proq kerak. Boshqalarni, ayniqsa, yoshlarimizni ortidan ergashtira oladigan, ertangi kunga ishontiradigan, jamiyatni birlashtiradigan odamlar kerak. Chunki el ishonchi, xalq birligi va ahilligi ko‘zlagan marralarimizga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

SHAVKAT MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqillikning_33_yilligi

"Vatan desa..."

Botirjon Ergashev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqillikning_33_yilligi

Vatanni sev!

Bolam, quloq sol, senga
Rost allalar aytaman.
Bobolaring bo‘yiga
Xos allalar aytaman.

Bolam, bu qo‘shiqlarni
Osmonlardan olmadim.
Yarmi chin, yarmi yolg‘on
Dostonlardan olmadim.

Bil, sening bobolaring
Pokdomon bo‘lgan, bolam.
Qahramon axtarmagan,
Qahramon bo‘lgan, bolam.

O, moziyga qarasam,
Ikki ko‘zim ko‘l bo‘lur.
Ikki yuzim lolazor,
Ikki yengim ho‘l bo‘lur.

Shiroq yoqqan chiroqni
Ikki dunyo o‘chirma.
Vatanni sev, sevgini
O‘zgalardan ko‘chirma.

Istak

Shunday do‘sting bo‘lsa, qayerda yurma,
Borligini doim his qilib tursang.
Va yo shunday sevsang, qayga yuz burma,
Faqat u ko‘rinsa, bir uni ko‘rsang.

Baxtli sezar eding o‘zingni butkul,
Tonglar otar edi sen uchun mahtal –
“Vatan nima?” desang, oh, yonib gul-gul
Yuraging so‘zlasa tilingdan avval…

Shohsanam Nishonova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqillikning_33_yilligi

Davlat mukofoti haqidagi xabarni eshitib, rosti juda hayajonlandim. Bunday yuksak eʼtibordan kim ham hayajonlanmaydi. Kamtargina ijodimga berilgan yuksak baho, bu albatta hurmatli Yurtboshimizning barcha ijod ahliga bo‘lgan eʼtiboridan, deb bilaman.
Aslida, biz bu eʼtiborni har jabhada his qilib turibmiz. Birgina Adiblar xiyobonini olasizmi, Yozuvchilar uyushmamizning yangi binosi, Zominda qurilgan sihatgohni aytasizmi, Zarkent ijod uyi, bular adabiyot ahlining katta orzulari edi.
Yaqinda qozog‘istonlik taniqli ijodkorlardan biri bilan suhbatda qardoshimiz shunday dedi: “Men ko‘p yurt kezaman, lekin hech bir joyda sizlarga yaratilayotgan sharoitlarni ko‘rmadim. Ochig‘i havas qildim”.
Albatta, eʼtibor yaxshi, ammo uning ortida munosib bo‘lmoq masʼuliyati ham bor. Kelajakda bu mukofot bizga yana-da ko‘proq ijod qilishimiz, izlanishimiz va xalqimizga yangidan-yangi, eng sara asarlar taqdim etish yo‘lida katta ilhom bag‘ishlashiga ishonaman.

Zilola Xo‘janiyozova,
“Shuhrat” medali sohibasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shavkat Mirziyoyev: Yurtning kuchi birlikda, qadri esa tinchlikdadir

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/106685

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Mustaqillikning_33_yilligi

"Vatan bo‘lmas Vatandan tashqarida..."

Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/andijonlik-ijodkorlar-taqdirlandi_629183

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun Termiz shahrida joylashgan аdib Sobir Termiziy axborot kutubxona markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Mushoira" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlovda 16-30 yosh toifasida tuman-shahar bosqichida g'olib bo'lgan 10 nafar yoshlar 3ta shart bo'yicha:

1. She'r o'qib berish
2. She'r aytib berish
3. Adiblar ijodi
shartida o'zaro bellashdilar.

Bellashuv yakuniga koʻra:

1–oʻrin Diyorova Fazilat Uzun tumani,
2–oʻrin Zoirjonova Zilola Termiz tumani,
3–oʻrin Aziza Qosimova
Ishtirokchilar Termiz shahar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom va vaucherlar bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Surxondaryo viloyat boʻlimi

Читать полностью…
Подписаться на канал