Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
👉
NЕGA SHOIRLAR DЕVONA BO‘LADILAR?
Ibrohim G‘AFUROV
She’rni tahlil qilish juda ham go‘zal qizning kiprigini sanash bilan baravar. Kiprik sanashga berilib ketib, go‘zallikning asl mohiyatidan bexabar qolib ketasiz.
Anatoliy Ogay,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Jumali Shabanov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Dilbar Yo‘ldosheva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi,
O‘zbekiston xalq shoiri
Zulhumor Xolmanova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
MTRK “O‘zbekiston” telekanalining "Assalom, O‘zbekiston" teleko‘rsatuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida qilingan ishlar yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
20.12.2024
She'r sehri
ADASHDIM
Farida Afro‘z she'ri
Shoirning o‘zi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Kitobxonlik forumidan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.
Читать полностью…"Birinchi kitobim" loyihasida taqdimot o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari jam bo‘ldi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi va davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtaldi. Shundan so‘ng, uyushma raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga direktori Botir Ergashev, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Nosirjon Jo‘rayev, shoir va tarjimon Nikolay Ilin, yosh adabiyotshunos Begzod Ibragimov so‘zga chiqdi. Mualliflarning nasriy va nazmiy asarlari tahlil qilinib, yutuqlari eʼtirof etildi.
- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari bir necha yillardan buyon isteʼdodli yoshlarni kashf qilishda, ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, - dedi rais o‘rinbosari Farida Afro‘z. - Aslida birinchi kitob nima? Bu - o‘zbek adabiyoti, ijodkorlari oldida tan olindi va millatga yana bir shoir, yozuvchi tug‘ildi, degani. Bugungi 19 nafar mualliflarning barchasi ijod bo‘stonida o‘z aytar so‘ziga ega. Albatta, kelajakda yuzinchi kitob taqdimotlarini ham o‘tkazishlari nasib qilishini tilayman.
Xabaringiz bor, loyiha doirasida yosh ijodkorlarning O‘zbekiston Yozuvchilar uyusahmasi "Adabiyot" nashriyoti tomonidan birinchi kitoblari chop etilib, adabiyot muxlislariga havola qilib kelinadi. Bu yil ham Zomin seminaridan saralab olingan 19 nafar mualliflarning 18 nomdagi birinchi kitoblari nashr qilindi. Xususan, Faxriyor Baxtiyorovning “Sen uchun”, Bibigul Adiyevaning “Xayol kemasi”, Sanjar Toshbekovning “Xirgoyi”, Suhrob Hamroyevning “Uyg‘oq fasl”, Muhammadali G‘afforovning “Ishq safari”, Shukrullo Sheraliyevning “Kuz taronalari”, Muattar Mamatkarimovaning “Sen kelguncha”, Durdona Bahodirovaning “Ijobat”, Mahliyo Karimovaning “Taskin”, Burhon Rahmatovning “Baxtning uch siri”, Charos Avazovaning “Siyohdon”, Mahbuba Abdurahimovaning “Shams-u hilol”, Farhod Eshon va Mavluda Samariddinovaning “Ko‘ldagi aks va gul”, Snejana Zeytulayevaning “Lis” (rus tilida), Kamoliddin Ro‘zimatovning “Keyingi bekat”, Muxlisa Toshpo‘latovaning “Qo‘g‘irchoq”, Islom Eshniyozovning “Izlegen ig‘balim” qoraqalpoq tilida, Shohro‘z Umarjonning “Hurkak shuʼla” kitoblaridir.
Taqdimotda kitoblar mualliflarga qalam haqqi bilan taqdim etildi. Shu bilan birga 9 nafar yosh ijodkorlar Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi.
- Bugungi hayojonimni chegarasi yo‘q. Shu onlarda men va men kabi ijodkor tengdoshlarim birinchi kitobimizni qo‘limizga oldik, - dedi Mahbuba Abdurahimova. - "Shams-u hilol" nomli ilk kitobim qissadan iborat bo‘lib, unda inson ruhiy olamining sir-sinoati, muhabbatning iztiroblari haqida hikoya qilinadi. Unda qahramonlarni jonli va ishonchli tasvirlashda yangicha yondashuvga tayandim. Barcha ustozlarimiz va tashkilotchilarga tashakkur, deyman.
Tadbirda mualliflar yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida Yozuvchilar uyushmasida amalga oshiralayotgan ishlar uchun minnatdorligini bildirdi. Sanʼatkorlarning kuy-qo‘shiqlari kechaga yanada zavq ulashdi.
Zulayho Ahmadjonova
“Birinchi kitobim” taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Maxsus reportaj | «Ma'rifat ulashib» loyihasi doirasidagi tadbirlar
#16dec #uzbekiston24
"Birinchi kitobim" taqdimoti oldidan.
Читать полностью…Xushxabar
UYUSHMA A'ZOLARI XALQARO MUKOFOT G‘OLIBI BO‘LDI
Dallasdagi Texas universitetida joylashgan "Mundus Artium Press" nashriyoti 2024-2025-yil uchun o‘zining nufuzli adabiy mukofoti g‘oliblarini eʼlon qildi.
2024-2025-yilgi adabiyot bo‘yicha "Mundus Artium Press" mukofotiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Nazar Eshonqul va Xosiyat Rustam sazovor bo‘ldi.
Ijodkorlarni ushbu mukofot bilan qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
27-dekabr kuni tavallud topgan adiblar:
Tilovbergan Jumamurotov - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri;
Tohir Malik - O‘zbekiston xalq yozuvchisi;
Ibrohim G‘afurov - O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari Ibrohim G‘afurovni tavallud topgan kuni bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"O‘zbekiston" radiokanalining "Adabiy jarayon" eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Go‘zaloy Matyoqubova ijodi haqida so‘z bordi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Boqijon To‘xliyev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Farida Afro‘z,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari
“Mahalla” radiokanalining "Mutolaa zavqi" eshittirishida adib Jo‘ra Fozilning “Girya” hikoyasi efirga uzatildi.
Читать полностью…Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
Dunyoda ulashish mumkin bo‘lgan tuyg‘ular ichida eng saodatlisi maʼrifat ulashishdir. Farg‘ona shahridagi barcha oliy talim dargohlari hamda 3-,6-,11-,30-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida taniqli adib va tarjimon Vafo Fayzulloh hamda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva ishtirokida maʼrifiy-adabiy suhbatlar, mushoiralar o‘tkazildi.
Muallif va kitobxon uchrashgan joyda ezgu tuyg‘ular bo‘y ko‘rsatib, yangi asarlarning poydevori yuksaladi. Talaba yoshlar tomonidan ijodkorlarning hayoti va ijod yo‘li o‘zgacha talqin qilindi. Savol-javoblar, bayram kayfiyatida o‘tgan nafis suhbatlar esa o‘quvchilar istiqboliga hissa qo‘shmog‘i shubhasiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi
Viktor Alimasov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
MTRK “Toshkent” telekanalining “Salom Toshkent” tonggi ko‘rsatuvida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi professori Xayrulla Hamidov bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Diyor yangiliklari
"Ma'rifat ulashib" dasturi asosida tashkil etilgan ijodiy uchrashuv
ADABIY TASHKILOTLAR VA TIJORAT BANKI HAMKORLIGI
Adabiyotga sarflangan mablag‘ millat kelajagiga sarflangan sarmoyadir. Keyini paytlarda tijorat banklari bir qancha adabiy loyihalarga homiy bo‘layotgani ijodkorlarni, keng jamoatchilikni xursand qilyapti.
Kecha Xalq bankida “Zumerlar: kitob va kelajak” nomli forum bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli yozuvchi va shoirlar, jamoatchilik faollari, jurnalist va blorgerlar, bank jamoasi qatnashdi. Xususan, Kitobxonlik forumida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma raisi maslahatchisi Salim Ashur ham ishtirok etdi.
Forumda yozuvchi va shoirlar ijodidan namunalar o‘qildi, kitobxonlik loyihalari tashabbuskorlari va kitobxonlar bilan qiziqarli debatlar tashkil etildi, Mahalla kutubxonasi, Asaxiy Books va Mutolaa loyihalari taqdimotlari o‘tkazildi, kitoblar va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi, jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar kuylandi.
Tadbirda Xalq banki va O‘zbekiston Yozuvchilar uyumasi o‘rtasidagi “Do‘stlar klubi” doirasida qilingan ishlar ham sarhisob qilindi. Bank kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chiqarilgan 150 nomdagi 300 dona kitob sovg‘a qilindi. O‘z navbatida, tadbir so‘nggida Xalq banki Yozuvchilar uyushmasini samarali hamkorlik uchun statuetka bilan taqdirladi.
Fozil Farhod
“Birinchi kitobim” taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
“Birinchi kitobim” taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
"Birinchi kitobim" taqdimotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling. 👇
https://fb.watch/wHCk8NR5Wn/
Inson qadri uchun
Yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilmoqda.
Xususan, imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, teng huquqlilik tamoyillariga asosan jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy imkoniyati cheklanganligiga qaramay bashariyat xotirasida o‘chmas iz qoldira olgan shunday insonlar borki, ularning amalga oshirgan ishlari, hayot yo‘llari hammaga o‘rnak bo‘la oladi.
Qahramonimiz Madaniyat vazirligi xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sanobar Qulmirzayeva bo'lib, baxtsiz hodisa tufayli o'ng qo'lidan ayrilganiga qaramay, oʻzining mustahkam irodasi bilan ko'plab yutuqlarga erishib kelmoqda.
San'at va adabiyot bilan jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan qahramon...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezident.uz