Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Hurmatli Sirojiddin Sayyid,
Sizni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining barcha aʼzolarini yangi 2025-yil bilan chin dildan qutlayman. Yangi yil o‘zbek ijodkorlari uchun yangi ijodiy muvaffaqiyatlar yili bo‘lib qolsin. Turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalar yana-da baland pog‘onalarga chiqishini va qardosh xalqlar do‘stligining yana-da yuksalishi yo‘lidagi mehnatlarimiz o‘z samaralarini berishiga tilakdoshman.
Qardosh qalamkashlarimga cheksiz hurmat bilan
Ulug‘bek Eshdavlat,
TURKSOY Yozarlar birligi raisi,
Qozog‘iston xalq shoiri
Intervyu 24 | Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi
#5jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
https://uza.uz/oz/posts/milliy-adabiyotimizning-donishmandi_674207
Читать полностью…#anons #ustoz #Ibrohim_Gafurov
U adabiyotimizda so‘zning asl darajasini belgilab beradigan buyuk zargar!
30 dan ortiq jahon adabiy durdonalarini o‘zbek tilida so‘zlatgan mohir tarjimon.
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurovning hayot yo‘li.
10-yanvar 21:20da "Madaniyat va ma’rifat" telekanalida tomosha qiling!
📺 "Ustoz"
🗓 11-yanvar
⏰ 20:00
#iqtibos
Daragi eshitilgan yaxshi kitob — sogʻinch! Uni qoʻlga kiritish — quvonch! Oʻqib chiqish — bayram! Bu qizgʻin mutolaadan soʻng yurakning yana-da hassos tortganini his qilish lazzatini aytmaysizmi?
Usmon Azim
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnalu
Qaqnus
#31dec #madaniyat
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Аnons
Adabiyotshunos olim, professor Naim Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlangan hujjatli filmni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida o‘tkazib yubormang.
📺 "Ilm majnuni"
🗓 10-yanvar
⏰ 21:30
#Diqqat_eʼlon
‼️ DIQQAT! TANLOVGA IJODIY ISHLARNI QABUL QILISH MUDDATI UZAYTIRILDI!
🔰 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining o‘ttiz uch yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan eʼlon qilingan “Vatan – aziz, jasorat – mangu!” respublika tanloviga ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 2025-yil 7-yanvargacha uzaytirildi.
🖥 Batafsil: O‘zbek (kirill) | O‘zbek (lotin)
✅ Bizni kuzatib boring
Telegram | YouTube | Instagram |Facebook
⏳⏳⏳⏳
4-yanvar – yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov tavallud topgan kun
Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini tamomlagan.
Adib yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G varianti” (1981), “G‘urur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”, “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi.
Shuningdek, u “Sharif va Ma’ruf”, “Yuzsiz“ (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlarning ssenariylarini yozishda ham ishtirok etgan. “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarining ssenariysini yozish barobarida rejissyor sifatida ham ijod qilgan.
✅ Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
Kitob taqdimotidan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.
Читать полностью…YANGI KITOB TAQDIMOTI
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyot jonkuyari, maʼrifatli inson Keldiyor Xo‘jayorov haqidagi “Himmat va maʼrifat yog‘dusi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov va boshqalar so‘zga chiqdi. G‘ayrat Majid o‘zining 70 yoshini qarshilagan Keldiyor Xo‘jayorovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alarini topshirdi hamda yangi kitob o‘zbek kitobxonlariga muborak bo‘lsin, dedi.
“Ijod nashr” nashriyoti tomonidan 2000 nusxada bosilgan kitob “Adabiyot, sanʼat va jamoat abroblari eʼtirofi”, “Xalqaro eʼtirof”, “Ijod ahli nazari”, “Tengdoshlar ko‘ngil izhori”, “Izhoshlar ehtiromi” nomli besh bo‘limdan iborat bo‘lib, unga Keldiyor Xo‘jayorov haqidagi maqolalar, sheʼrlar jamlandi.
Kitob o‘z o‘quvchilari ko‘nglini manzur etadi, degan umiddamiz.
Fozil Farhod
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
➖ Shavkat MIRZIYOYEV:
O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI
➖ Bahodir KARIMOV:
JADIDONA SO‘Z DOVRUGʻI
➖ Olim ASTANAQULOV:
JOZIBADOR SAYYOHLIK MARKAZI
➖ Shuhrat AZIZOV:
UMR SOATLARI
➖ Obid QO‘LDOSH:
YASHIL BOG‘LAR – KO‘NGILNI CHOG‘LAR
➖ Gulchehra UMAROVA:
SUV – TIRIK JON OZIGʻI
➖ Muhayyo PIRNAFASOVA:
EL SALOMAT – KO‘NGIL TINCH
➖ Olim DAVLATOV:
XUN EVAZIGA KELTIRILGAN yoxud “g‘alati mashhur”lardan biri xususida
➖ Ro‘zimboy HASAN:
NISHONPAZLIK VASVASASI yoxud el tanimagan “jahongashta adiblar”
➖ Karina GAZIYANS:
“VATANIY ISH...”
➖ Bekzod IBRAGIMOV:
YANGI YILGA YANGI KITOBLAR BILAN
➖ Sultonmurod OLIM:
TA’SIRCHAN TARG‘IBOT ZARURATI
➖ Bahrom IRZAYEV:
ZAMON TEGIRMONIDAN OMON CHIQQAN ZAMONBOYEV
➖ Otaqo‘zi Dodaxo‘ja o‘g‘li BOBOQAND:
TOMOSHOG‘A BORMOQ VA TOMOSHO BO‘LMASLIQ ZIKRIDA
➖ Husan MAQSUD:
KIRPI VA KIPRIK
➖ O‘tkir ROZIQOV:
ULKAN YUTUQLAR YILI BO‘LSIN!
➖ Bekmurod BO‘RIBOYEV:
BEHUDA BAHS NE KERAK?
jadid.uz
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” eshittirishida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ulug‘bek Hamdamovning ustozi Umarali Normatov haqidagi intervyusi havola qilindi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Erkin Vohidov she’rlari
Jadid.uz
Yangi 2025-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid nomiga dunyoning turli burchaklaridan tabriklar keldi. Ulardan ayrimlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Hurmatli Sirojiddin Sayyid,
Yangi yil boshida biz o‘tgan yilda boshimizdan kechirgan barcha yaxshi va go‘zal voqealar haqida o‘ylashni istaymiz.
Sizni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining barcha aʼzolarini Yangi yil bilan tabriklayman.
Gordana Vlajik,
Serbiya Yozuvchilar assotsiatsiyasi prezidenti
____________________________
Dear Sirojiddin Sayyid,
At the beginning of the new year, we would like to reflect on all good and beautiful things that we experienced in the previous year.
To you and to all members of Writers Union in Uzbekistan I wish all the best and blessed Christmas and New Year.
Gordana Vlajic
President of the Writers Association Serbia
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi oldidan
DUNYODA TURMOQ UCHUN DUNYOVIY FAN VA ILM LOZIM
Boshqa millatlarga qaralsa, ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
6-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Bahrom Akbarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Sayyora Samandar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;
Sanobar Mehmon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ахборот 24 | Комментарий к Постановлению Президента Республики Узбекистан «О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди»
#3jan #uzbekiston24
5-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Muhiddin Abdusamad, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Erkin Bozorov, taniqli aktyor va shoir.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan barcha adiblarimizni tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Axborot 24 | «Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida» gi Prezident qaroriga jamoatchilik munosabati
#4jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
4-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar
Sharof Boshbekov, taniqli dramaturg;
Hurram Rahimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon;
G‘ulom Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir;
Negmurod Guliyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor o‘qituvchi;
Go‘zalxon Oxunova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Bahodir Bobojonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Aydos Muhammadiyorov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan barcha adiblarimizni tabriklaymiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Manbashunos tarixchi Hilola Nazirova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Loyihaning birinchi sonida 100 ta ziyolidan 1000 ta kitob tavsiya etilsa, top 100 talik ro‘yxati shakllanadi, degan ezgu niyat va g‘oya bor edi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3311
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube
Xushxabar
CHINGIZ AYTMATOV HAQIDA
Mashhur adib Chingiz Aytmatov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan turkiy tilli davlatlar kengashi Parlament Assambleyasining bosh sahifasida “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyevning adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼruzasi turk tilida, Qirg‘izistonning “Xabar” axborot agentligi saytida esa “Chingiz Aytmatov va o‘zbek va qirg‘iz adabiyotlari rivoji” maqolasi qirg‘iz tilida eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kitob taqdimotidan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.
Читать полностью…Diqqat, tanlov!
EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI
VA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI
2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida “Onajonim – tabiat” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ko‘zlab tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim qadamdir. Shuningdek, ijod ahlining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirib, yangi badiiy asarlar yaratishga ruhlantirishi tabiiy.
Tanlovga Yangi O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin va farovon yurtda barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizda ona Vatanni, uning ne’matlarini asrab-avaylash tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlarimizdan meros havo, yer va yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashdek milliy qadriyatlarimizni, ijtimoiy hayotdagi yutuqlarimizning barchasi ona tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini yosh avlod qalbiga
va ongiga singdirish kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan, shuningdek, soha fidoyilarining hayoti va yutuqlari, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlarini yoritib beruvchi she’rlar, hikoyalar, dramatik hamda badiiy publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar 2025-yil 20-mayga qadar qabul qilinadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida “Eng yaxshi she’riy asar”, “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi dramatik asar” va “Eng yaxshi badiiy publitsistik asar” nominatsiyalari bo‘yicha quyidagi tartibda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bitta birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
bitta ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
bitta uchinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
E-mail: badiiy_adabiyot@mail.ru
Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-69.
"Oʻzbekiston 24" telekanalida "Jadid" gazetasi faoliyatiga oid koʻrsatuv efirga uzatildi.
Jadid.uz
3-yanvar - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim Umarali Normatov tavallud topgan kun
Читать полностью…“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida atoqli shoir Lutfiy ijodiga bag‘ishlangan eshittirish efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev