yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Народное слово" gazetasining 2025-yil 11-yanvar kungi sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va tarjimon Nikolay Ilinning "От знакомства к сотрудничеству" nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

TINCHLIGU HURLIKKA POSBON ARMIYA

Metinday mustahkam qo‘rg‘on armiya,
Vatanning holini so‘rg‘on armiya.

Katta bir qo‘shinni mavh etgan Shiroq,
Mudom ozodlikka qalqon armiya.

Yovni dovdiratgan yovqur bahodir,
Spitamen – mardi maydon armiya.

Iymoni salomat Najmiddin Kubro,
Shaksiz Jaloliddin Sulton armiya.

Adolat birla el-urtlar so‘ragan
Amir Temur Sohibqiron armiya.

Dukchi eshonlarning o‘tlig‘ armoni –
Muazzam Turkiston, Turon armiya.

Jadidlarning ochiq ketgan ko‘zlari –
Ko‘kdan boqib turgan cho‘lpon armiya.

Xalq bilan armiya bir tanu bir jon,
Tinchligu hurlikka posbon armiya.

Birlashsak, bo‘linmas Vatan hech qachon,
Vatan der, Vatan der har on armiya.

Mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri,
Shavkati olamga doston armiya.

G‘ayrat MAJID

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Diqqat, tanlov!

EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI
VA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI


2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida “Onajonim – tabiat” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ko‘zlab tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim qadamdir. Shuningdek, ijod ahlining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirib, yangi badiiy asarlar yaratishga ruhlantirishi tabiiy.
Tanlovga Yangi O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin va farovon yurtda barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizda ona Vatanni, uning ne’matlarini asrab-avaylash tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlarimizdan meros havo, yer va yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashdek milliy qadriyatlarimizni, ijtimoiy hayotdagi yutuqlarimizning barchasi ona tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini yosh avlod qalbiga
va ongiga singdirish kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan, shuningdek, soha fidoyilarining hayoti va yutuqlari, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlarini yoritib beruvchi she’rlar, hikoyalar, dramatik hamda badiiy publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar 2025-yil 20-mayga qadar qabul qilinadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida “Eng yaxshi she’riy asar”, “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi dramatik asar” va “Eng yaxshi badiiy publitsistik asar” nominatsiyalari bo‘yicha quyidagi tartibda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bitta birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
bitta ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
bitta uchinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
E-mail: badiiy_adabiyot@mail.ru
Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-69.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | Oybek tavalludining 120 yilligi
#10jan #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BIR KUN

Aylanadi
Charxikajraftor,
Aylanadi misli charxpalak.
Shu tuproqqa ko‘milib ming bor,
Milyon bora
Ko‘karar yurak.

Ayon qismat…
Billur tomchidek
Qumliklarga ketarman singib.
Yuz ming…
Ming yil qaʼridan balki
Ozod so‘zdek
chiqarman unib.

Men o‘lmayman…
Ruhim nur kabi,
Samolarga qo‘shilgay abad.
Bir moʻjiza ro‘y berar toki,
Buloq bo‘lib ko‘z ochgay, albat!
Aylanadi charxikajraftor…

Enaxon Siddiqova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TABRIK

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Ayollar Kengashimiz sho‘ba rahbari FAROG‘AT XUDOYQULOVA tavallud topgan kun.
Shu munosabat bilan, shoiramizga tuganmas baxt, omad, ijodiy parvozlar tilaymiz. Yoniq So‘zi bilan, hikmatli sheʼrlari bilan ko‘p yillar kitobxonlar qalbini zabt etib yurishlarini tilaymiz!
Ijod bulog‘ingiz hech qachon so‘nmasin!

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI “IJODKOR AYOLLAR MASLAHAT KENGASHI”

___

ТАБРИК

Бугун Ў
збекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоира, Аёллар Кенгашимиз шўъба раҳбари ФАРОҒАТ ХУДОЙҚУЛОВА таваллуд топган кун.
Шу муносабат билан, шоирамизга туганмас бахт, омад, ижодий парвозлар тилаймиз. Ёниқ Сўзи билан, хикматли шеърлари билан кўп йиллар китобхонлар қалбини забт этиб юришларини тилаймиз!
Ижод булоғингиз ҳеч қачон сўнмасин!

ЎЗБЕКИСТОН ЁЗУВЧИЛАР УЮШМАСИ “ИЖОДКОР АЁЛЛАР МАСЛАҲАТ КЕНГАШИ”

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ТАЪЗИЯ

   Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган маданият ходими, таниқли шоира ва жамоат арбоби, Ёзувчилар уюшмаси Сирдарё вилояти бўлими раҳбари ҲАЁТХОН ОРТИҚБОЕВАнинг вафоти муносабати билан унинг яқинларига ҳамдардлик билдирамиз.
   МИЛЛАТНИНГ ТИЛИ, ЮЗИ, СЎЗИ ВА ОВОЗИ бўлган бир ШОИРАни йўқотиш халқимиз учун, айниқса, биз шоиралар учун жуда оғир…
   Жойлари жаннатда бўлсин!

ФАРИДА АФРЎЗ,
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси “Ижодкор аёллар маслаҳат кенгаши” раиси


Давоми...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TA'ZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulga akasi Abdumurod akaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2025-yil  8-yanvar sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  Jizzax viloyati bo‘limi rahbari  Mehribon Abdurahmonovaning kitobxonlik mavzuidagi "Yosh kitobxon oilalar — millat tarbiyachilari" nomli maqolasi chop etildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Oybek uy-muzeyida ijodkor, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida “Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan harbiylarni qutladi. Unda uyushma raisi o‘rinbosarlari Farida Afro‘z, G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, harbiy bo‘limlar vakillari, ijodkorlar, kursantlar ishtirok etdi.
- Tanlovning birinchi bosqichi tashkilot tizimlarida 2024-yilning dekabr oyi davomida o‘tkazildi, - dedi tadbir tashkilotchisi Maʼmura Zohidova. - Respublika bosqichiga Qurolli Kuchlar tizimidagi 6 ta harbiy tuzilmalardan 16 nafar ishtirokchilarning insholari hamda 18 nafar ishtirokchilar she‘rlari taqdim etildi. Professional shoirlar uchun tanlov to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda e‘lon berildi. Professional ijodkorlardan jami 35 nafari, bulardan 25 nafar shoirlarning tanlovga taqdim etgan 86 dan ortiq she‘rlari, 10 nafar publitsist-yozuvchilarning 21 ga yaqin nasriy asarlari o‘rganib chiqildi.
Tadbirda shoirlar va ishtirokchilar tomonidan Vatanni, harbiylarni tarannum etuvchi sheʼrlar o‘qildi. G‘oliblarga Yozuvchilar uyushmasi va harbiy tuzilmalarning diplom, kitoblar jamlanmasi va pul mukofotlari topshirildi.
Tanlov g‘oliblari eʼlon qilinadi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BORMI ER YIGITLAR, BORMI ER QIZLAR?!

Turkiy dunyoning jo‘mard shoiri Shavkat Rahmon yuksakdagi satrida o‘g‘ilmi, qizmi, Vatan himoyasi uning eng muqaddas burchi ekani haqida yozadi. Va yana uning “...nihoyat shoirdan ko‘ra zobitman” kabi misralari ham bor. Vatan himoyasi, Vatanga xizmat faqatgina qo‘lga qurol olib uning xizmatida shay turmak emas, holbuki bu ish eng ulug‘ va eng jasoratli ishdir! Ammo unga qalam bilan ham sharafli xizmat etmak mumkin. Shavkat Rahmon aytmoqchi, shoirlar qalam ila, so‘z ila Vatanni himoya qiladilar. Dunyoga kelgan har bir haqiqiy shoir – jangchi, uning muqaddas quroli esa so‘zdir! Bu dunyoda faqat Vatan ozodligi va uning himoyasi uchun ko‘tarilgan qurolgina eng odil quroldir! Payg‘ambarimiz hadislarida esa “Vatanni sevmak iymondandir!” deyilgan...
Bularni aytmakdan murod shuki, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi birga bir vaqtlar qalam ahli: shoiru jurnalistlar orasida o‘tkazilgan “Vatan – aziz, jasorat – mangu” tanlovini yana tikladi. Bardavom bo‘lsin!
Shoirlar o‘zlarining she’rlari bilan vatan himoyachilarini yurtni himoya qilmakka ruhlantiradilar. Vatan sevgisi, uni qo‘riqlash tuyg‘usi inson bolasi qalbiga ona allasi bilan kiradi. Shoirlar she’ri ham alla kabidir! Faqat, shoir aytmoqchi, uyg‘otguvchi alladir!
Uyg‘otguvchi allalar va uyg‘onguvchi yuraklar bor bo‘lsin!

Nasrullo Ergash,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taʼziya

SIRDARYO KUYCHISI EDI

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Hayotxon Ortiqboyeva shu yil 10-yanvar kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi.
Hayotxon Ortiqboyeva 1946-yil 6-iyunda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan. 1969-yili Toshkent davlat pedagogika instituti tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1966-yilda o‘qituvchilikdan boshlab, Guliston tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasi, “Sirdaryo haqiqati”, “Guliston yangiliklari” gazetalarida, Guliston shahar va Sirdaryo viloyati hokimliklarida masʼul vazifalarda faoliyat yuritdi.
Ayni vaqtda isteʼdodli shoira, jonkuyar jamoatchi sifatida tanildi. Uning ko‘p yillik ijodiy izlanishlari mahsuli bo‘lgan, el-yurtimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyg‘usi mahorat bilan tarannum etilgan “Feruza oqshomlar”, “Humolari qaytgan yurt”, “Ne baxt bu diydor”, “Oy qo‘ngan ayvon”, “Tonglaringda esgan nasimman” singari o‘nlab asarlari kitobxonlar qalbidan munosib joy egalladi.
Hayotxon Ortiqboyeva 1997-yildan 2024-yilga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari sifatida qizg‘in mehnat qildi. U viloyatda adabiyot, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, joylarda ilm-fan va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish borasida samarali xizmat qildi. Yuzlab yoshlarga ustozlik qilib, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda tashabbuskor bo‘ldi.
Ayniqsa, Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda chinakam jonbozlik ko‘rsatib xizmat qildi.
U 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi sifatida mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizda parlamentarizm tizimini rivojlantirish, ijtimoiy va maʼnaviy taraqqiyotimiz uchun zarur bo‘lgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo‘shdi.
Bir necha yil Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi, 2004-2009, 2020-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi sifatida mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizda parlamentarizm tizimini rivojlantirish, ijtimoiy va maʼnaviy taraqqiyotimiz uchun zarur bo‘lgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo‘shdi.
Hayotxon Ortiqboyevaning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Taniqli ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Hayotxon Ortiqboyevaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Ijodkor ayollar maslahat kengashi” a’zolarining ilk yig‘ilishidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni


Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BILDIRISH

Dilmurod Xoldorovning janozasi 14-yanvar kuni bomdod namozidan so‘ng Beltepa mahallasida o‘qiladi.
Joylashuv ilova qilinadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi Dilmurod Xoldorovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

#13jan #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi Jo‘ra Fozilga umr yo‘ldoshi Aziza aya Fozilovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza namozi bugun — 13-yanvar kuni soat 12:00da Romitan tumani Oromitan ko‘chasi 9-uyda o‘qiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

12-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar  

Nodira Rashidova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Sodiqjon Inoyatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

Xo‘jayor Shoto‘rayev, shoir.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAʼZIYA

   O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira va jamoat arbobi, Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari HAYOTXON ORTIQBOYEVAning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
   MILLATNING TILI, YUZI, SO‘ZI VA OVOZI bo‘lgan bir SHOIRAni yo‘qotish xalqimiz uchun, ayniqsa, biz shoiralar uchun juda og‘ir…
Joylari jannatda bo‘lsin!

FARIDA AFRO‘Z,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Ijodkor ayollar maslahat kengashi” raisi

Davomi...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Abdulla Oripov ijodi "Olamning qalbi" ko‘rsatuvida.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan Oybek uy-muzeyida ijodkor, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Posboniman muqaddas yurtning” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Posboniman muqaddas yurtning” tanlovida quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi.

I.    Yosh ijodkorlar o‘rtasidagi she‘riy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin – Parizoda Ro‘ziboyeva, (harbiylar to‘g‘risidagi she‘rlari uchun);
1-o'rin – Mansur Jumayev, (harbiylar to‘g‘risidagi she‘rlari uchun);
2-o‘rin – Husniddin Hayit, (harbiylar to‘g‘risidagi she‘rlari uchun);
3-o‘rin – Shahina Usmonova, (harbiylar to‘g‘risidagi she‘rlari uchun);

Yosh ijodkorlar o‘rtasidagi nasriy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin – Ma‘mura To‘rayeva, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun);
2-o‘rin – Iroda Zokir qizi, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun);
3-o‘rin – Zikrilla Muhammad, (harbiylar to‘g‘risidagi hikoyalari uchun);

Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari, ularning oilalari o‘rtasidagi she‘riy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin – Dilnozaxon Sulaymonova – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
2-o‘rin – Baxtiyor Do‘svuriyev – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
3-o‘rin – Rustamova Gulmira – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi

II.     Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari, ularning oilalari o‘rtasidagi nasriy asarlar yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin – Rasul Qadamboyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchisi
2-o‘rin – Dinora Hamzayeva, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi
3-o‘rin – Munira Nazarova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taʼziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, taniqli jurnalist Nazokat Usmonovaga onasi Nafisa Usmonovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“VATAN – AZIZ, JASORAT – MANGU!” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Poytaxtimizdagi Yoshlar ishlari agentligi binosida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Vatan – aziz, jasorat – mangu!” respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami tadbirlari doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlov taqdirlash marosimida keng jamoatchilik vakillari, markaziy ommaviy axborot vositalari masʼullari, media tuzilmalar xodimlari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Marosimda “Vatan – aziz, jasorat – mangu!” respublika tanlovi tashkiliy qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tanlov bo‘yicha atroflicha maʼlumot berdi.
Tadbirda tanlovga taqdim etilgan asarlarda “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” degan ezgu g‘oya mujassam bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik-osoyishtalik naqadar muhimligi, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili hayotimizda barqaror bo‘lib borayotgani, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, jonajon Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashashga chorlov kabi mavzular yoritilgani qayd etildi.
Maʼlum qilinganidek, tanlovda yuz nafardan ortik jurnalist, yozuvchi va shoir ishtirok etdi. Hakamlar hayʼati xulosasiga ko‘ra, OAV vakillarining jurnalistik materiallari − teleradio, bosma nashrlar va internet jurnalistikasi, shuningdek, yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha jami 8 nafar ijodkor g‘olibi deb topildi.
Marosimda g‘oliblarga tashkilotchilarning maxsus diplom va sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira va jamoat arbobi, uyushma aʼzosi Hayotxon Ortiqboyevaning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Janoza bugun soat 12:00da marhumaning uyida o‘qiladi. Manzil: Guliston shahar, Gulzor ko‘chasi, 5-uy.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodkor ayollar maslahat kengashi tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ijodkor ayollar maslahat kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda uyushma vakillari, ijodkorlar, olima va har sohada faol bo‘lgan ayollar jam bo‘ldi. Uchrashuvni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda jamiyatimizning har bir bo‘g‘inida xotin-qizlar faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvni uyushma raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z olib bordi va ushbu kengashni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va uning vazifalari haqida so‘zladi. Yurtimizning chekka-chekka hududlarida yashaydigan, adabiyot olamida o‘z yo‘lini topolmayotgan ijodkor ayollarni izlab topishni, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishni, milliy urf-odatlarimizni xalqimiz, yoshlarimiz onggiga sheʼriyat, adabiyot orqali yetkazishni kengash o‘z oldiga katta maqsad qilib qo‘ygani taʼkidlandi. Yig‘ilishda "Xalqaro alla festivali", “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari uchrashuvi, "Mushoira etadi davom", "Istiqlol mening madhiyamda" nomli nazm va navo kechalari, mavsumiy sayllarni o‘tkazish, shoirlar, yozuvchilar va sanʼatkorlarning ijodiy hamkorligini kuchaytirish kabi qator vazifalar bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi aytildi.
Ishtirokchilar kengash faoliyati yuzasidan ijodkor ayollarning kitobxonlik targ‘ibotlarini o‘tkazish, telekanallarda ayollar faolligini aks ettiruvchi ko‘rsatuv loyihalarini ko‘paytirish, “Saodat” jurnalida "Asrimiz adibalari" ruknini ochish, adibalarning asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish, kitoblarini chet davlatlarda nashr ettirish, tarjimonlar faoliyatini kengaytirish, turli millat adiblari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozimligi haqidagi qator takliflarini berdi.
Yakunda kengash faoliyati yuzasidan chora-tadbirlar kelishib olindi. Ayol nafosatini madh etuvchi sheʼrlar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…
Подписаться на канал