yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Sizni 2025-yil 31-yanvar kuni soat 15:00da O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarovning 120 yillligiga bag‘ishlangan xotira kechasiga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Amirqul Po‘lkan ijodidan” videoroliklar tanlovi g‘oliblari:

1-o‘rin (20 000 000 so‘m bilan):

1. Shahriyor Shavkat va Nozima Habibullayeva juftligi (10 000 000 so‘m);
2. Muhammadali G‘afforov (10 000 000 so‘m).

2-o‘rin (10 000 000 so‘m bilan):

1. G‘ayratjon Madrahimov (5 000 000 so‘m);
2. Mashhura Fayzullayeva (5 000 000 so‘m).

3-o‘rin (5 000 000 so‘m bilan):

1. Shamsiqamar Suyunova (2 500 000 so‘m);
2. Shohida Jo‘rayeva (2 500 000 so‘m).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar (televizor bilan):

1. Zamira Beshimova;
2. Dilmurod Do‘st;
3. Muhammadxon Yusupov;
4. Ulug‘bek Xalilov;
5. Farangiz Umidullo qizi.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar (planshet bilan):

1. Zulfiya Mo‘minova;
2. Rustam Musurmon;
3. Oydinniso;
4. Jamoliddin Muslim;
5. Hasan Almatov.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar (telefon bilan):

1. Durdona Bahodirova;
2. Islom Ali;
3. Dilshod Laziz;
4. Nilufar Ergasheva;
5. Madina Otamurodova.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar (1 000 000 so‘m bilan):

1. Xosiyatxon Akramova;
2. Iroda Rahmonaliyeva;
3. Aydana Medenova;
4. Mahfuza Mezon (Begaliyeva);
5. Nasrullo Ergash;
6. Mohinur Xolmo‘minova;
7. Guliniso O‘tkirova;
8. Sitora Naimjonova;
9. Zulayho Ahmadjonova;
10. Munira Ramazonova;
11. Xo‘jayev Muhammadjon;
12. Musharraf Xo‘jabekova;
13. Dildora Yorbulova;
14. Venera Inoyatova;
15. Bahodir Abdurashidov;
16. Shahina Usmonova;
17. Bahrom Otajonov;
18. Roziya Jabborova.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli shoir, publitsist va tarjimon Amirqul Po‘lkanning “Sen oyday uzoqsan, malagim” kitobi taqdimoti hamda “Amirqul Po‘lkan ijodidan” nomli videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Madaniyat va maʼrifat" telekanalining “Agar” ko‘rsatuvida "Zamonaviy kitobxon nimalarni bilishi muhim" mavzusida so‘z bordi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo va kengash aʼzolari ishtirok etdi. Yig‘ilishni bolalar kengash raisi Orif To‘xtash olib bordi.
     Yig‘ilishda bolalar uchun chop etilgan sheʼriy kitoblar va gazeta-jurnallardagi sheʼriy turkumlar bo‘yicha taniqli bolalar shoiri Xudoyberdi Komilov, nasriy kitoblar va gazeta-jurnallarda nasriy yo‘nalishda chop etilgan  asarlar bo‘yicha tadqiqotchi olima Gulgun Usmonova hamda ijodkor pedagog Ruxsora To‘laboyeva maʼruza qildi. Shuningdek, “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omonning 2024-yilda AOKA tashabbusi bilan bolalar adabiyoti yo‘nalishida chop qilingan yangi kitoblar haqida mulohazalari tinglandi.
Muhokama yakunida 2025-yilda kengashning oldida turgan ustuvor vazifalar xususida ham kelishib olindi.

Quyida tadbirning to‘liq audiosi havola qilinadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SEN OYDAY UZOQSAN, MALAGIM

"Ijod Nashr" nashriyoti

Muallif: Amirqul Po'lkan
Noshir: Ahmad To'ra
Montaj: MYDesigner
Matnni Muhammadjon Xo'jayev o'qidi.

/channel/amirqulpulkan

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MUBORAK BO‘LSIN!

   O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, uyushma yetakchi mutaxassisi Shohsanam Nishonova "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Mukofoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoira Farida Afro‘z topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tadbirdan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Memorandum imzolandi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida “Vatandoshlar” jamoat fondi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik bitimi imzolangan tadbirda fond rahbari Odiljon Sattorov va uyushma raisi Sirojiddin Sayyid qatnashib, hujjatga imzo chekdi.
Ikki tomon uchrashuvida rahbarlar o‘z fikrlarini bildirar ekan, hamkorlik aloqasini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad, xorijda istiqomat qilayotgan ijodkor vatandoshlarimiz ijod namunalarini, ular va boshqa atoqli ijodkorlar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan chet el adabiyoti namunalarini va o‘zbek shoir va yozuvchilarining xorijiy tilga o‘girilgan asarlarini chop etish va targ‘ib qilish ekanini aytishdi.
Hujjatga ko‘ra, nashr etilgan kitoblar taqdimoti xorijda hamda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Ijodiy jamoalar, nashriyotlar, gazeta va jurnallar xodimlari hamda muayyan adiblarning biron bir asar yaratilishi jarayonida kerakli materiallarni to‘plash maqsadida uyushtiriladigan ijodiy safarlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. Turli mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi bilan bir vaqtda nishonlanadigan umumxalq bayramlarining o‘tkazilishida shoir va yozuvchilarni safarlar qilishda, elchixonalar, madaniy markazlar bilan bog‘lanishda va atoqli yozuvchi va shoirlar tavalludining yubiley sanalarini kengroq nishonlashda, targ‘ib etishda ham hamkorlik qiladi. Xorijdagi vatandoshlar uchun o‘zbek tilidagi eng sara adabiyotlarni sharhlovchi videomaterillar muntazam tayyorlab boriladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘ZBEK SHOIRASI XOSIYAT RUSTAMOVA OZARBAYJON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

O‘zbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xosiyat Rustamova Ozarbayjon Respublikasi Davlat mukofoti – “Diaspor faoliyatidagi xizmatlari uchun”  (“Diaspor fəaliyyətində xidmətə görə”) medali bilan taqdirlandi.
Ozarbayjon Respublikasi bilan aloqalarni mustahkamlash, xalqaro maydonda Ozarbayjon haqida obyektiv maʼlumotlarni tarqatish, Ozarbayjon tili va madaniyatini xorijiy mamlakatlarda targ‘ib qilish, shuningdek, Ozarbayjonning xalqaro ikki va ko‘p tomonlama aloqalarini rivojlantirishda samarali faoliyat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi.
– Xosiyat Rustamova Ozarboyjon madaniyatini targ‘ib qilish, Qorabog‘ haqiqatlarini turkiy dunyo hamjamiyatiga yetkazish, xalqlarimiz orasida adabiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda keng ko‘lamli faoliyati bilan ajralib turadigan madaniyat vakillaridan biridir, – deb yozadi bizmyazi.az sayti.
– Xosiyat Rustamova o‘zi rahbarlik qilayotgan “Kitob dunyosi” gazetasi orqali qardosh xalqlarimiz orasida adabiy aloqalarimiz yana-da ravnaq topishi uchun mislsiz hissa qo‘shdi. Mazkur nashr isteʼdodli ozar adiblari va madaniyat vakillarining ham targ‘ibot minbariga aylandi. Shoiraning Qorabog‘ mavzusiga bag‘ishlangan “44 kun”, “Ismi lola edi u qizning” nomli kitoblari, ayniqsa, diqqatga sazovordir, – deya eʼtirof etadi Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi kotibi Salim Bobullo o‘g‘li.
   Biz ham isteʼdodli shoiramizni bu ulkan muvaffaqiyat bilan qutlab, ijodiy foliyatida omad tilaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

26-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

Sharofat Jalilova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Saylauboy Jumag‘ulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Nargiza Asadova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

26-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

Odil Ikrom, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Islom Hamro, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

T A K L I F N O M A

Hurmatli ijodkorlar!
2025-yilning 28-yanvar seshanba kuni soat 15.00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2024-yilda bolalar uchun nashr etilgan nasriy hamda sheʼriy asarlar haqida maʼruza va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Bolalar uchun chop etilgan sheʼriy kitoblar va gazeta-jurnallardagi sheʼriy turkumlar bo‘yicha taniqli bolalar shoiri Xudoyberdi Komilov, nasriy kitoblar va gazeta-jurnallarda nasriy yo‘nalishda chop etilgan asarlar bo‘yicha tadqiqotchi olima Gulgun Usmonova hamda ijodkor pedagog Ruxsora To‘laboyevalar maʼruza qilishadi.
Shuningdek, hisobot yig‘ilishida “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omonning 2024-yilda AOKA tashabbusi bilan bolalar adabiyoti yo‘nalishida chop qilingan yangi kitoblar haqida mulohazalari tinglanadi.
Mazkur hisobot yig‘iniga barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“TAFAKKUR GAVHARI” – TURKMAN XALQI MA’NAVIY OLAMINING YORQIN KO‘ZGUSI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida turkman xalqining Milliy lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yaqinda o‘zbek tilida nashr etilgan “Tafakkur gavhari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, vazirlik va idoralar, mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar, ilm-fan, ta’lim va madaniyat, ijod sohalarining taniqli namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davomi...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Amirqul Po‘lkan ijodidan” nomli videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida shoir, publitsist va tarjimon Amirqul Po‘lkanning "Ijod nashr" nashriyotida chop etilgan "Sen oyday uzoqsan, malagim" kitobi taqdimoti hamda “Amirqul Po‘lkan ijodidan” nomli videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. Unda uyushma aʼzolari - Qozoqboy Yo‘ldosh, Nurali Qobul, Shahodat Isaxonova, Rustam Musurmon, Ismat Xushev, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov va boshqalar so‘zga chiqdi.
Taqdimotda uyushma vakillari, ijodkorlar, tanlov qatnashchilari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar Amirqul Po‘lkanning hayot va ijod yo‘li haqida so‘z yuritdi.
- Ushbu kitobga taniqli shoir, tarjimon Amirqul Po‘lkanning sara sheʼrlari, dostonlari va tarjimalari, hikoyalar, esselar va publitsistik risolalari kiritilgan, - dedi "Ijod Nashr" nashiyoti rahbari Gulnoza Ergasheva. - Loyiha rahbarlari - Saodat Po‘lkanova, Maqsud Po‘lkanov. Nashriyotimiz tomonidan 1000 nusxada chop etilgan ushbu kitobga Odil Ikrom va Ulug‘bek Xalilov muharrirlik qilgan. Ushbu to‘plamning o‘qirmanlari yanada ko‘payishiga ishonamiz.
Tadbir davomida tanlov ishtirokchilarini taqdirlash marosi ham bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga va faol qatnashganlarga homiylarning pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va Yozuvchilar uyushmasining badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.
- Amirqul Po‘lkan sheʼrlariga tayyorlangan videoroliklarim yuqori baholanganidan xursandman, - dedi tanlov g‘olibi Muhammad Ali G‘afforov. - Tasvirga olish jarayonida asosan sheʼrning mazmunini ochib berishga va yoshlarni kitobxonlikka chaqirish g‘oyasini targ‘ib qilishga harakat qildim.
Kechada shoirning sheʼrlaridan namunalar o‘qildi, xonandalarning chiqishlari yanada zavq ulashdi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli shoir, publitsist va tarjimon Amirqul Po‘lkanning “Sen oyday uzoqsan, malagim” kitobi taqdimoti hamda “Amirqul Po‘lkan ijodidan” nomli videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli shoir, publitsist va tarjimon Amirqul Po‘lkanning “Sen oyday uzoqsan, malagim” kitobi taqdimoti hamda “Amirqul Po‘lkan ijodidan” nomli videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo'lib o'tgan shoir Akmal Toshning "Chaqmoqqa aylandim" nomli xotira kechasi va “Havotir” kitobi taqdimoti “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi havola qilindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/682388

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

28-yanvar kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Nazokat Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Elmurod Nishonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan ijodkorlarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"O‘zbekiston tarixi" telekanalida taniqli adib, olim va tarjimon, O‘zbekiston san’at arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan “Ibrohim G’ofurov – adib, munaqqid, tarjimon” mavzusida bo‘lib o‘tgan ilmiy-adabiy anjuman haqida ko‘rsaruv efirga uzatildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tadbirdan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Diqqat, tanlov!

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI,
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI,
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BUYICHA QO‘MITA


Islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, axloqiy komillik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida buyuk mutafakkir Imom Dorimiy va allomaning ilmiy merosi davomchilari haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar (elektron varianti bilan) kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan tartib bo‘yicha taqdim etilmagan asarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o‘qib, baholab boradi. G‘olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda kitob holida chop etiladi. Mualliflar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025-yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

2025-yil 29-yanvar kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida shoir, publitsist va tarjimon Amirqul Po‘lkanning "Ijod nashr" nashriyotida chop etilgan "Sen oyday uzoqsan, malagim" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Barchangizni ushbu tadbirga chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

T A K L I F N O M A

Hurmatli ijodkorlar!
2025-yilning 28-yanvar seshanba kuni soat 15.00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2024-yilda bolalar uchun nashr etilgan nasriy hamda sheʼriy asarlar haqida maʼruza va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Bolalar uchun chop etilgan sheʼriy kitoblar va gazeta-jurnallardagi sheʼriy turkumlar bo‘yicha taniqli bolalar shoiri Xudoyberdi Komilov, nasriy kitoblar va gazeta-jurnallarda nasriy yo‘nalishda chop etilgan asarlar bo‘yicha tadqiqotchi olima Gulgun Usmonova hamda ijodkor pedagog Ruxsora To‘laboyevalar maʼruza qilishadi.
Shuningdek, hisobot yig‘ilishida “O‘zbekiston” nashriyoti bosh muharriri Muhiddin Omonning 2024-yilda AOKA tashabbusi bilan bolalar adabiyoti yo‘nalishida chop qilingan yangi kitoblar haqida mulohazalari tinglanadi.
Mazkur hisobot yig‘iniga barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Amirqul_Pulkan_tanloviga

“Yur, ketaylik…” & “Sevgi”

Amirqul Po‘lkan sherlari

Shahriyor Shavkat & Nozima Habibullayeva o‘qidi
.

/channel/amirqulpulkan

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/681378

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Gulandom Tog‘ayevaning “Ishq handasasi” kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif–Ahmad To'ra

Читать полностью…
Подписаться на канал