yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/26712

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" IV Xalqaro simpoziumi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Men buyuk Ona so‘zin – Navoiydan o‘rgandim,
Vatan – yagona so‘zin – Navoiydan o‘rgandim.

Shodmon Sulaymon

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Bugun Farg‘ona shahrida barcha adabiyotsevar, ma’rifatsevarlar buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy haykali poyiga jam bo‘ldi.
Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tashkillangan ehtirom mitingida viloyatimizdagi barcha davlat idoralari, korxona va tashkilot vakillari, ziyolilar, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi – Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida joylashgan muhtasham yodgorlik poyida bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

NAVOIY

Xitoblarga ko‘milib, hotam,
Buyuk shoir, deyish-ku oson.
Hech kimi yo‘q Navoiyni ham,
U ham mendek bir g‘arib inson.

Minoradek marmar haykali
Ko‘rinsa ham hatto Hirotga,
Qavmin uyi tursa chayqalib,
To‘yi tatirmikan u zotga?..

Kechirgaymi hazrat o‘z qavmin,
Bir-biriga bo‘lmasa panoh:
Podshosini bilmasa qadrin,
Gadosini siylamasa goh?..

Yuragini chaqqandek ari
Pir yengidan kirib yashirin,
Azobmasmi, nabiralari
Ko‘zin o‘yib yursa bir-birin...

Yum-yum yig‘lab yotmasmi ustoz,
Qabrida ham yurak-bag‘ri qon –
Shoirlari so‘ylamasa rost,
Olimlari talashsa unvon?...

Mangu nazm gulshani so‘nmas,
Navoiy-ku yashar to abad.
Oqibatsiz elda erk bo‘lmas,
Muruvvatsiz yurtda saodat...

Buyuk shoir deyish-ku oson,
Xitoblarga qo‘shilib. Lekin
Navoiyning to‘yi,
Biz qachon –
Arvohini shod etolgan kun!

Muhammad YUSUF

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot 24 | «Alisher Navoiy va Sharq Renessansi» IV xalqaro simpoziumi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/alisher-navoiyning-goyalari-boy-manaviy-merosi-bugun-ham-dolzarb_686286

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ADABIYOT UNIVERSITETIDA GʻAZALXONLIK

   Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi Hazratning muhtasham siymosi poyida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda universitet talabalari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan g‘azalxonlik tadbiri oʻtkazildi. Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, universitet faollari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Farida Afro‘z, Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Sultonbek Normamatov soʻzga chiqib yigʻilganlarni Navoiy tavalludi va adabiyot bayrami bilan qutladi. Soʻngra o‘quv yurti talabalari tomonidan gʻazallar tinglandi. Tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ADABIYOT MUZEYIDA NAVOIYXONLIK

Bugun Davlat adabiyot muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan maʼrifiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda muzey olimlari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Shayxontohur tumani jamoatchiligi, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Jumladan, Muzey direktor o'rinbosari Shahnoza Nazarova, katta ilmiy xodim Otabek Jo'raboyev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sitora Tojiddinova yig'ilganlarni bugungi qutlug' sana bilan tabrikladi. Maʼrifiy suhbatlar, mumtoz navolar, sheʼrlar yangradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kecha Navoiy viloyati mehmonlarni tantanali kutib oldi

Buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" xalqaro simpoziumi start oldi.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi dunyo navoiyshunos olimlarini Navoiyga chorladi. Belgiya, AQSH, Vengriya, Pokiston, Rossiya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Kipr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ta davlatning, shuningdek, respublikamizning navoiyshunoslari, arboblar, madaniyat va san’at namoyandalari, yirik oliy o‘quv yurtlari professorlari Navoiyga yig‘ildi.
Mehmonlarni Navoiy temir yo‘l vokzalida viloyat mas’ullari kutib oldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlanadi

📝
Sirojiddin Sayyid, Nodir Jonuzoq she’rlari

🎤Dilshoda Ergasheva o‘qidi


🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Farg'ona viloyati boʻlimi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro simpoziumi jaoayonlarini shu yerdan kuzatishingiz mumkin. 👇

https://www.facebook.com/share/v/1BRxnEVvw6/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mehmonlar Navoiy vokzalida tantanali kutib olindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

NAVOIYGA BORISH

Har bir insonga Navoiyga borish baxti nasib qilsin! Biz ham Navoiyga yaqinlashish uchun bugun Navoiy viloyatiga yo‘l oldik.

So‘z mulki sultoni sanalgan hazrat tavalludining 584 yilligi har yilgidan boshqacha nishonlanyapti. Yaʼni, bu yilgi asosiy tantanalar Navoiy viloyatida o‘tyapti.

Xullas, sana munosabati bilan "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" anʼanaviy xalqaro simpoziumi, "Nazm va navo"
adabiy-musiqiy konsert dasturi, Alisher Navoiy xiyobonida o‘tadigan adabiy-ma'rifiy tadbirni o‘tkazish uchun Toshkentdan Navoiyga qarab yo‘lga otlandik.

Bizni kuzatib boring.

Fozil Farhod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ALISHER

Jahonki muqaddas neni ko‘ribdi, —
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Shu buyuk o‘g‘lingni ardoqlab dildan, —
Xalqim, taʼzim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o‘zbek degan nom.

Boyqaro irg‘ishlab istak otida
Jahonga boqqanda misli bola sher, —
Hirot darvozasin bir qanotida
Sheʼriy lashkarini tizgan Alisher.

Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun
Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.
Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni ko‘rsatgan, xolos.

Tun bilan tong erur tashbihda udum,
Misoli zahru may, hajru shakar lab.
Kimnidir quyoshday eslasa mardum,
Kimnidir zulmatday yurarlar qarg‘ab.

Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo‘l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang biri — Alisher.

Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.

Birovlar nazdida johil Osiyo
Faqat zavol ko‘rib, ko‘rmagan kamol.
Muso iltijosi yetdi-yu go‘yo,
Haq Тur tog‘i uzra ko‘rgazdi jamol —

Jahon mehrobida paydo Alisher...
Shodmon qasida ayt sen ham, ey quyosh!
Besh yuz yil unga ham nima gap axir,
Mingga qadam qo‘ydi yigirma besh yosh.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ulugʻ mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlangan viloyat anjumani Andijon davlat universitetida boʻlib oʻtdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Diyor yangiliklari"

Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar

Sirdaryo

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

9-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:

   Qutlibeka Rahimboyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir, tarjimon va jurnalist;

   Dilorom Karimova, O‘zbekiston xalq artisti, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

   Bugun tug‘ilgan barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ALISHER NAVOIY HAQIDA FAKTLAR

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi


Navoiyning bizdan farqi nimada edi?

Filologiya fanlari doktori, professor, taniqli navoiyshunos Olimjon Davlatov hazrat Navoiy haqida noyob faktlarni soʻzlab berdi.

📱 To‘liq video:
https://youtu.be/MOsFxJ0bEmo?si=lXgCLwaPE33HajkJ

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Jadid_uz">YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" xalqaro simpoziumidagi nutqi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Barchasini garchi latif aylading,
Barchadin insonni sharif aylading”


Adiblar xiyobonida Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/117273

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SIMZPOZIUMNING OCHILISHI

2025-yil 8-fevral kuni Navoiy shahridagi Ma’naviyat maskani — Shirin saroyida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Saroy ayvoni Navoiy asarlari asosida bayramona bezatildi. Navoiy asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Zalda davlat va jamoat arboblari, xorijlik va mahalliy navoiyshunoslar, ijodkorlar, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari, o‘quvchi va talabalar, Navoiy viloyati
jamoatchiligi vakillari to‘plandi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov olib bordi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning simpozium ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nutq so‘zladi.
Normat Tursunov so‘zining nihoyasida Alisher Navoiy merosini xalqaro miqyosda faol targ‘ib
qilib kelayotgan turkiyalik Abdurahmon Go‘zel, AQShlik Rizo Husayniy Balxiyga “Navoiy shahrining faxriy fuqarosi” guvohnomasini topshirdi.
Shundan so‘ng turkiyalik navoiyshunos Abdurahmon Go‘zel, Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazi rahbari Otabek
Hasanov so‘zladi.
Otabek Hasanov so‘zining nihoyasida Alisher Navoiy merosini xalqaro miqyosda faol targ‘ib qilayotgan ozarbayjonlik Bedirxon Ahmedli, tojikistonlik Badriddin Maqsudzodaga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
So‘ng tojikistonlik navoiyshunos
Badriddin Maqsudzoda, O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti rektori, 
akademik Shuhrat Sirojiddinov, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov ma'ruza qildi.
Tushdan so‘ng simpozium oltita sho‘'baga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident «Alisher Navoiy va Sharq Renessansi» IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

👉 https://xs.uz/uzkr/124061

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram|Instagram|YouTube|Facebook

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Termiz shahrida Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an'anaviy xalqaro simpoziumi jarayonlarini shu yerdan kuzatishingiz mumkin. 👇

https://www.facebook.com/share/v/1BRxnEVvw6/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Алишер Навоий ва Шарқ Ренессанси” IV халқаро симпозиуми иштирокчиларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева Участникам IV Международного симпозиума «Алишер Навои и Восточный Ренессанс»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

8-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:

Muratboy Nizanov, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi;

   To‘lqin Alimardonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

Gulnoz Tojiboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, bolalar yozuvchisi, rassom;

Alisher Sabriyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, tarjimon.

   Bugun tug‘ilgan barcha ijodkorlarni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Badiiy tarjima: kecha, bugun, ertaga” adabiy forumidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…
Подписаться на канал