yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi.

В рамках программы официального визита Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил Музей исламского искусства Малайзии.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #muzey

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим подписали Совместное заявление об углублении двустороннего сотрудничества на пути к стратегическому партнерству.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим провели переговоры в узком составе и с участием официальных делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/684878

https://uza.uz/posts/684877

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:

   Fotima Sharipova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Ochildi Qo‘ysin (Ochildi Quysunmurodovich Azimurodov), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Rahima Jo‘rayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Quvanishboy O‘razimbetov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

   Bugun tug‘ilgan barcha adiblarni tavallud kuni bilan muborakbot etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimidan suratlar. Muallif: Abdug‘ani Juma.

Muallif – Ahmad To'ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/zulfiya-va-zulfiyaxonim-qizlari_684737

https://uza.uz/posts/684736

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tojik adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Suratlar muallifi: Oybek Pardayev. O‘zA.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” antologiyasi turk tilida nashr etildi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori, uyushma aʼzosi Xayrulla Hamidov tomonidan turk tiliga tarjima qilinib nashr etilgan “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” antologiyasi (Özbek Edebiyatından Seçme Eserler: Hikâyeler. Antoloji) kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar ishtirok etgan tadbirni uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Unda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti prorektori Qudratilla Omonov , uyushma aʼzolari - Muhammad Ali, Xurshid Do‘stmuhammad, Zuhriddin Isomiddinov, Adhambek Alimbekov so‘zga chiqdi.
Mazkur kitobda XX asrda yashab, buyuk asarlar yaratgan atoqli o‘zbek adiblari va hozirda oramizda qaynoq ijod jarayonida bo‘lgan 21 nafar taniqli o‘zbek yozuvchilari qalamiga mansub 74 ta eng sara hikoyalarning turkcha tarjimalari jamlangan, - dedi Xurshid Do‘stmuhammad. - Ushbu to‘plam zamonaviy o‘zbek adabiyotini dunyoga tanitish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda badiiy tarjimaning alohida o‘rni bor.
Kitobdan XX asr o‘zbek adabiyotining eng sara namunalaridan bo‘lgan atoqli yozuvchilarning sara hikoyalari, qissalaridan parchalar o‘rin olgan. O‘zbek xalqining milliy o‘zligini aks ettiruvchi asarlarni tanlab olish, asarlarni mazmun-mohiyatiga dahl qilmasdan tarjima qilish, badiiy-uslubiy xususiyatlarini saqlab qolishga intilish mazkur ijodiy ishning o‘ziga xos va muvaffaqiyatli jihatlaridan biridir. Taniqli tarjimon Xayrulla Hamidov nashrga tayyorlagan ushbu kitob shu jihatdan muhimdir.
- Kitobda Abdulla Qodiriyning XX asrning 20-yillarida yozilgan “Jinlar Bazmi” va “Uloqda”; Oybekning 30-yillarda yozilgan “Fanarchi ota”, “Musicha”; Abdulla Qahhorning “Sanʼatkor”, “Yillar” “Kampirlar sim qoqdi”, “Kim aybdor” hikoyalari, Said Ahmadning “Mehribon”, “Ko‘klam chechaklari”, “Ko‘klam taronalari” hikoyalari, O‘lmas Umarbekovning “Abdulla qovunchi” va “Bahor nafasi” hikoyalari, O‘tkir Hoshimovning hikoyalari o‘rin olgan, deya taʼkidladi tarjimon Xayrulla Hamidov.
- Ushbu kitob muqovasidan o‘rin olgan adiblarning suratiga qarasangiz, bu jarayonda tarjimon adabiyotga bir xil munosabatda bo‘lganligini bildiradi, - dedi Adhambek Alimbekov. - Xayrullaning tarjima davridagi eng katta yutug‘i bu uning turk dunyosini yaxshi bilganidandir.
Taqdimot yakunida tarjimon Xayrulla Hamidov yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirdi va oldinda xuddi shunday sheʼriy antologiya nashrga tayorlanayotganini maʼlum qildi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Yoshlar" radiokanalida Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlanib kelinayotgan "Yoshlar ijodidan" radioeshittirishida uyushma aʼzosi Elboy Qulmonovning "Hazrati ayolning ilohiy qoʼshigʼi" nomli essesi efirga uzatildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va uyushma aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ertak

JASUR NAʼMATAK

Muallif: Gulnoz Tojiboyeva
Illyustrator: Muhabbat Yo'ldosheva
Ijroda: Iroda Azimova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Xalq yo‘li” gazetasining 2025-yil 29-yanvar kungi 2-sonida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Mengnor Ollomurodovning turkum sheʼrlari chop etildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«Sharq yulduzi» jurnalining 2023-yilgi 12-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

©️ Jurnal tahririyat tomonidan taqdim etildi.

📖 Mutolaa eng sevimli mashg‘ulotingizga aylansin!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi

По завершении переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания документов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston va Malayziya yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Состоялись переговоры лидеров Узбекистана и Малайзии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kuala-Lumpurda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

В Куала-Лумпуре состоялась торжественная церемония встречи главы нашего государства Шавката Мирзиёева

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/ozbek-adabiyotidan-tanlangan-hikoyalar-kitobi-turk-tilida-chop-etildi_684862

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimidan lavha.

Muallif – Fozil Farhod

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimidan suratlar. Muallif: Abdug‘ani Juma.

Muallif – Ahmad To'ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tojik adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TOJIK ADABIYOTI KENGASHI HISOBOTI

4-fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Tojik adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o’tgan yilda tojik tilida nashr etilgan sheʼriy, nasriy hamda publitsistik asarlar haqida maʼruzalar va muhokamalar tinglandi.
Sheʼriy asarlar bo‘yicha shoir Abdullo Subhon, publitsistik va tarjima asarlar bo‘yicha jurnalist va tarjimon Asadullo Shukurov, nasriy asarlar bo‘yicha yosh yozuvchi Faridun Farhodzod maʼruza qildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan tojik ijodkorlari uchun ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2024-yil davomida 60 ga yaqin kitoblar tojik tilida nashr etildi. Shundan 20 tadan ortig‘i Tojik adabiyoti kengashi aʼzolarining tashabbusi va muharrirligida chop qilindi.
Tojik adabiyoti kengashi aʼzolari 2024-yilda yurtimizning adabiy hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etdi. Shuningdek, yil davomida adabiy aloqalarning rivojlanishiga, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan turli ilmiy anjumanlarda, adabiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlarida ham faol qatnashdi. Jumladan, kengash aʼzolari 10 dan ortiq adabiyot va maʼnaviyatga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi. Tojik tilida ijod qiladigan adiblarning ijodi muhokama etildi, asarlari munosib baholangan ijodkorlar uyushma aʼzoligiga tavsiya qilindi.
“Durdonai Sharq” jurnali bilan hamkorlikda zamonaviy tojik shoiri Abdullo Rahmonning 70 yilligi munosabati bilan uning baytiga tazmin yozish tanlovi o‘tkazildi. Shuningdek, “Abdullo Rahmon – do‘stlik kuychisi” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi va shoir “Kulliyot”ining birinchi jildi nashr etildi.
Zullisonayn shoir O‘lmas Jamolning 90 yilligi tadbiri hamda yangi nashr etilgan “O‘zim dunyo aro dunyo” kitobi taqdimoti, So‘x tumanida Muhammad Shodiyning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan “Oyati sabz” (“Yashil oyat”) asari taqdimotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim Farhod Isomiddinovning 75 yillik yubileyi nishonlandi. O‘zbek sheʼriyati antologiyasini tojik tiliga tarjima qilish uchun materiallar saralab olinib, tarjima ishlari olib borilmoqda. O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asari tarjimon Nasiba Zaynidinova tomonidan tojik tiliga o‘girilib nashr etildi. “Dunyoning ishlari” asari nashriyotga topshirildi.
Zomin seminariga qatnashgan 85 nafar ijodkorlar qatorida tojik tilida ijod qiladigan 3 nafar yosh ijodkorning mashqlari “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” nomli sheʼriy bayozdan joy olgani quvonarli hol bo‘ldi.
O‘zbekistondagi tojik adabiyoti va adabiy aloqalarga bag‘ishlangan 4 ta ilmiy-ommaviy maqola davriy matbuotda eʼlon qilindi. Shulardan bittasi “Jadid” gazetasida, 3 tasi “Ovozi tojik” da. 2 nafar shoir va bir nafar adabiyotshunos olimning yubileyi o‘tkazildi va unda kengash aʼzolari faol qatnashib, maʼruza qildi.
“Durdonai Sharq”, “Buyuk Turon” jurnalida Kengash aʼzolari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etilgan 10 ga yaqin badiiy kitob ko‘rib chiqilib, taqriz berildi.
Adabiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ikki xalq ijodkorlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Hisobot yig‘ilishida ijodkorlar, talabalar, jurnalistlar va adabiyot muxlislari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, kengash aʼzolari va boshqa ijodkorlar so‘zga chiqib, O‘zbekistondagi tojik adabiyoti oldida turgan vazifalar va muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yakunda 2025-yilda yangi rejalar asosida ishlash, adabiy aloqalarni yanada mustamhkamlashga kelishib olindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Suratlar muallifi: Oybek Pardayev. O‘zA.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz chiqargan kitob

CHUSTIY

SAYLANMA

Chustiy о‘z sheʼriyati bilan o‘tgan asrda millionlab yuraklarga kirib borgan va hamon o‘lmas satrlari orqali o‘zbek sheʼrxonlari yuragidan mustahkam joy egallab kelayotgan isteʼdodli va hassos shoir. Bugungi o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligida yangi go‘zal ohanglar qanotiga satrlarni joylash bobida hanuz Chustiy sheʼriyati zalvorli xizmat qilmoqda. Qadim aruziy ohanglarning bugungi o‘zbek sheʼrxonlariga yetib borishiga maʼnaviy ko‘prik vazifasini o‘tagan Chustiy g‘azaliyoti bugungi kunda ham sheʼr ahlining sevimli manbalaridandir. shoir tavalludining 120 yilligi munosabati bilan bu qutlug‘ sanaga munosib sovg‘a sifatida chop etilayotgan ushbu kitobdan shoir g‘azallari, muxammaslari, boshqa janrdagi sheʼrlari va tarjimalari o‘rin olgan.

Masʼul muharrir: Maʼmura Zohidova
Nashrga to‘plovchi: Baxtiyorxon Xo‘jayev
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Bugun poytaxtimizdagi 22-sonli Мehribonlik uyida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon ishtirok etib, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 584 yillik bayrami bilan tabrikladi. Tadbirda adabiyot, ijod olami, sheʼriyat sehri haqida so‘z bordi.
Mehribonlik uyi bolalarining sevib mutolaa qilishlari uchun Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Fors epik sheʼriyatiga romantizmni olib kirgan shoir

Markaziy Osiyo, Eron va Hindiston adabiyotining shakllanishi va rivojlanishiga ozarbayjonlik buyuk shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu maqolada shoirning sharq adabiyotida tutgan o‘rni va qo‘shgan hissasi haqida, uning faoliyatiga doir ayrim jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

https://oyina.uz/uz/article/3458

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalida O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurovning ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddn Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida davra suhbati tashkil etildi!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari — taniqli yozuvchi Mahmud Yo'ldosh hamda O'zbek milliy akademik teatrining taniqli rejissyori O'zbektosh To'raxonli boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan universitetimiz talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida teatr ijrochiligida o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabalar o'zlari uchun qiziq bo'lgan savollarga javoblar olishdi.

Mahmud Yo'ldoshning "Samoviy suhbat" asari universitet talabalaridan iborat jamoa tomonidan sahnalashtirilishi belgilandi.

Keyingi uchrashuv kasting tarzida tashkil etilib, asarni o'qigan talabalar orasidan jamoa shakllantirish rejalashtirildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Hamkorlik memorandumi imzolandi

muxbir: Ruxsora G'afurova

Toshkent shahri

09:00 30.01.2025

@hududtv

Читать полностью…
Подписаться на канал