yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4629

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kitoblari qo‘ldan tushmaydigan adib

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning asarlari mamlakatimiz kutubxonalarida yosh kitobxonlar tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan o‘qiladi. Ayniqsa, uning “Otamdan qolgan dalalar” asari hozirgacha kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelmoqda.

Davomi...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

3-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:


   Tog‘ay Murod, O‘zbekiston xalq yozuvchisi;

   Hamida Karimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi;

   Olim Eshonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi;

   G‘ayrat Murodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi;

   Aftondil Erkinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi.

   Ushbu sanada tug‘ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

2025-yil 4-fevral kuni soat 15:00da Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochiladi. Muallif: Abdug‘ani Juma.
Manzil: Toshkent shahri Istiqbol ko‘chasi 4-uy.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Zulfiyaxonim qizlari" klubining hisobot yig'ilishi

Muxbir: Farangiz Karayeva

Toshkent shahri

12:00 02.02.2025


@hududtv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/683614

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/uz/posts/adabiyotning-yangi-poetik-yolga-chiqishida-zulfiyachi-qizlarning-hissasi-katta_683592

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/683852

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

1-fevral kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Hakim Sattoriy, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi;

Rahmatulla Barakayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Hasan Karvonli, shoir tarjimon va jurnalist;

Husan Karvonli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

G‘ofir Hamro, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan ijodkorlarni samimiy qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyotning yangi poetik yo‘lga chiqishida Zulfiyachi qizlarning hissasi katta

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Zulfiyaxonim qizlari” klubining hisobot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, taniqli shoira Farida Afro‘z va boshqalar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iste’dodli qizlarni yangidan-yangi marralar sari chorlashda, ularning faoliyatini xalqimizga kengroq tanishtirishda, har jihatdan rag‘batlantirishda katta ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Anjumanda Zulfiyaxonim izdoshlarining adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan vakillari ijodi xususida batafsil so‘z yuritildi.
–Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlar nainki shoira, balki iste’dodli tashkilotchi sifatida ham xalqimiz va jamiyatimizga foydasi tegishi kerak deb o‘ylayman, – dedi O‘zbekiston Qahramoni, akademik, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov. – Aslida ularning ijodini Zulfiyaxonim, Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva singari ulug‘vor shoiralarimiz ochib berishlari kerak edi. Guljamol, Mehrinoz, Hulkar, Sarvinoz, Ruxsora, Madina, Feruza, Mohira, Yulduz va yana ko‘plab Zulfiyachi qizlarimizning ijodini o‘rganib, ularga qoyil qolmaslikning, hayratlanmaslikning iloji yo‘q. Ularning ijodida poetik fantaziya, kelajakka teran nigoh tashlash nihoyatda kuchli ekanini kuzatish mumkin. Bu ijoddan bahramand bo‘lgan inson juda mo‘’jizakor olamlarga duch kelish mumkin.
Ular adabiyotning yangi qonuniyatlari, qoidalarini topishga intilmoqdalar. Zulfiyachi qizlarga hozirgi tanqidchilarning qudrati yetishi qiyin. Qizlarimiz o‘z ijodida o‘zlarining yangi qiyofalarini yaratishga intilmoqda. Adabiyotning yangi poetik yo‘lga chiqishida Zulfiyachi qizlarning hissasi katta. Qizlarimiz shu yo‘ldan izchil borsalar, keyingi o‘n yil ichida adabiyotning yangi yo‘llarini o‘zlariga bo‘ysundiradi, tobe etadi, ochadi. Ularning ijodini kelajak adabiyotiga qilingan o‘ziga xos razvedka sifatida ham atash mumkin.
– Men 2024 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha sazovor bo‘lganman, – dedi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti Mohira Eshpo‘latova.– Asosan nasrda ijod qilaman. “Olov raqsi” va “Qirq birinchi kun” nomli hikoyalar to‘plamlarim kitob holida nashr etilgan. Bugungi uchrashuvda ustozlarimiz bizning ijodimizga juda yuqori baho berishlaridan ko‘nglimiz osmon qadar yuksaldi. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Bunday uchrashuvlarda Zulfiyaxonim qizlarining bir joyga to‘planishi juda muhim. Negaki, bu kabi uchrashuvlar o‘zaro fikr almashish, diydorlashuv imkonini berdi. Zulfiyachi qizlar adabiyotni yangilaydi, deb ta’kidladilar. Bu biz uchun juda yuksak e’tirof. Ana shunday bahoga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.
Adabiy uchrashuvda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarning ijod yo‘li xususida batafsil so‘z yuritildi. Kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Nazokat Usmonova,
O‘zA muxbiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarovning 120 yillligiga bag‘ishlangan xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarov tavalludiga 120 yil to‘ldi

Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarovning 120 yillligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev, “Oltin qalam" gazetasi bosh muharriri Nazira as-Salom, adibning o‘g‘li Asqar Safarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Shuhrat Jabborov va boshqalar so‘zga chiqdi.
— Nazir Safarov publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida yaxshi tanilgan, — dedi yozuvchi Muhammad Ali. — Adib o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning “Tarix tilga kirdi”, “Uyg‘onish”, “Sharq tongi” kabi sahna asarlari tomoshabinlar tomonidan munosib eʼtirof etilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Nazir Safarov frontning oldingi jabhalarida bo‘lib, jangchilarning qahramonligini, dushmanning yovuzligini hikoya qiluvchi “O‘q o‘tmas botir”, “Vodillik qahramon”, “Komissar Qoraboyev”, “Sevgi”, “So‘nggi nafasgacha”, “O‘zbek farzandlari”, “Qahramonning tug‘ilishi” kabi qator ocherklar yozdi. Adibning “Uzoqni ko‘zlagan ayol” qissasi shular jumlasidandir. Yozuvchining 1954-1957-yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari “Hayot maktabi”, “Elmurod” kabi  pyesalaridan iboratdir.
— Yaqindagina nashrdan chiqqan "Jizzax adiblari" nomli to‘plamning birinchi jildi Nazir Safarov ijodi bilan boshlangan, — dedi uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo. — Bu ham bo‘lsa adibning hayotiy va ijodiy faoliyatini keng ommaga tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adibning “Oltinoy”, “Olma olmadan uzoqqa tushmaydi”, “Ahmadali o‘z baxtini qanday topdi” hikoyalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi bilan ajralab turadi. Uning “Bir tomchi qon”, “Ko‘rgan-kechirganlarim” nomli qissalari, “Navro‘z” romani 60-yillar adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgan, deya taʼkidlandi tadbirda.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar adibning hayot va ijod yo‘llariga nazar tashladi. Iliq xotiralar bilan yodga olishdi.

Zulayho Ahmadjonova tayyorladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Hurmatli ijodkorlar!

4-fevral seshanba kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Tojik adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2024-yilda tojik tilida nashr etilgan sheʼriy, nasriy hamda publitsistik asarlar haqida maʼruza va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Sheʼriy asarlar bo‘yicha shoir Abdullo Subhon, publitsistik va tarjima asarlar bo‘yicha jurnalist va tarjimon Asadullo Shukurov, nasriy asarlar bo‘yicha yosh yozuvchi Faridun Farhodzod maʼruza qiladi.
Barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Представлен №21 (30595) газеты «Правда Востока», от 30 января 2025 года для чтения. В газете публикуется актуальная аналитическая статья по литературе.

Данный файл представлен редакцией газеты.

Также вы можете следить за веб-сайтом газеты в интернете Официальный канал веб-издания https://yuz.uz/ru.

〰️〰️〰️〰️〰️
Подключиться к каналу👇

/channel/gazetalar_sharhi
/channel/pvouz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi.

Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/sen-oyday-uzoqsan-malagim-kitobi-taqdimoti-otkazildi_682800

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz chiqargan kitob

VATAN MEHRI

Ushbu kitobga taniqli shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xurshida Vahobjon qizining ulug‘ so‘z salaflariga taassub va shogirdlik e'htiromi bilan yozilgan bir turkum g‘azal, masnaviy hamda muxammaslari kiritilgan. Shuningdek, to‘plamdan uning ikki dostoni ham o‘rin olgan.
Aziz kitobxon, sizga ijodkorning navbatdagi tuhfasi – nafis tuyg‘u va hayrat-u hayajon ila yozilgan manzumalari manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

Masʼul muharrir: G‘ayrat Majid
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Hurmatli ijodkorlar!

4-fevral seshanba kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Tojik adabiyoti kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 2024-yilda tojik tilida nashr etilgan sheʼriy, nasriy hamda publitsistik asarlar haqida maʼruza va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Sheʼriy asarlar bo‘yicha shoir Abdullo Subhon, publitsistik va tarjima asarlar bo‘yicha jurnalist va tarjimon Asadullo Shukurov, nasriy asarlar bo‘yicha yosh yozuvchi Faridun Farhodzod maʼruza qiladi.
Barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

2025-yil 4-fevral kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "O‘zbek tilidan tanlangan hikoyalar antologiyasi" (turk tilida) to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Tarjimon – Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xayrulla Hamidov.
Barcha tarjimonlar, yozuvchi-shoirlar va nasrimiz ixlosmandlarini taqdimotga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2-fevral kuni tug‘ilgan adiblar:

Qalandar Abdurahmonov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Hamidjon Burhonov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,

Narjan Atabayeva,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Sharofiddin To'laganov,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;

Medet Atajanov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Ushbu sanada tug'ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“ZULFIYAXONIM QIZLARI” KLUBINING HISOBOT ANJUMANI

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari soni 1198 ta yetdi. Ulardan 404 nafari ayol ijodkordir. Yana 101 nafar isteʼdodli qizlarimiz 2000-2024 yillar o‘rtasida Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bo‘di. Bu qizlar ham bizning safimizda. Ular bugun jamiyatimizning har birjabhasida sitqidildan xizmat qilishmoqda.  
Kecha ana shu ijodkor xotin-qizlarimiz ishtirokida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida go‘zal bir diydorlashuv bo‘lib o‘tdi va bu qizlarimiz 24 yil mobaynida to‘liq tarzda ilk bor uchrashdilar. Yig‘ilish uyushma qoshidagi “Zulfiyaxonim qizlari” klubining hisoboti tarzida tashkil etilib, unda 51 nafar mukofot sovrindorlari davrada ishtirok etdi, olis viloyatlardagi 36 nafar qizlar esa onlayn shaklda tadbirni kuzatib bordi. Zulfiyaxonim qizlarining 7 nafari ayni paytda chet ellarda yashashayotgan bo‘lsa, bir qizimiz (Ayjamal Joldasbayeva) vafot etgan. Bugungi kunda Zulfiyaxonim qizlarining 30 nafardan ziyodi qizg‘in ijod pallasida, xalqimiz eʼtirofidalar. 80 nafari esa jamiyatimizning turli yo‘nalishlarida o‘z o‘rinlarini egallagan. 
Yozuvchilar uyushmasi tashkil topganiga 90 yildan oshgan bo‘lsa, hali biror marta ham ayollardan rais o‘rinbosari tayinlanmagan edi. Va nihoyat, yaqinda uyushmadagi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi kengaytirilib, “Ijodkor ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi“ deb  yuritiladigan bo‘ldi. Va kamina endi sizlarning xizmatingizda. Hozirda oldimizda juda ko‘p reja va maqsadlar bor. Yaqinda “Ijodkor ayollar maslahat kengashi”ni tashkil etdik. Ular ham mazkur yig‘ilishda ishtirok etdilar.
Taʼkidlash o‘rinliki, ushbu yig‘indan maqsadimiz, “Zulfiyaxonim qizlari” klubi ishlarini jonlantirish va muntazam yo‘lga qo‘yish hamda yangi rejalar tuzib, ijodkor xotin-qizlarimizning yangi ijod namunalarini kitob holida chop etish va ayniqsa, siyosiy maydonda ularning ijtimoiy  faolligini oshirishdir.
Hurmatli Prezidentimizning 2018-yil 5-apreldagi 3652-sonli Qarori 16-bandida Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Zulfiyaxonim qizlari” klubi tashkil etish va qizg‘in faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi vazifasini belgilagan edi. Shundan so‘ng Klub tashkil etilgan va unda bir qancha vazifalar bajarilgan. Ammo keyingi yillari turli sabablarga ko‘ra klub faoliyati ancha sustlashib qolgani sir emas. O‘tgan bir oy davomida mazkur yig‘inni tashkil etish jarayonida iloji boricha har bir sovrindor bilan gaplashib chiqishga harakat qildik va shuni angladikki, maqsadlar yo‘lidagi bugungi davra ayni muddaodir. Eng asosiysi, ular bilan ijtimoiy guruh tuzib, doimiy ravishda aloqa maydonini yaratdik. Suhbat davomida ular orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzand tarbiya qilayotgan, kam taʼminlangan, to‘liqsiz oilada yashayotgan, turmush sharoiti tufayli o‘qishini davom ettirolmayotgan yoki o‘qishga imkon topa olmayotgan sovrindorlarimiz borligini aniqladik. Biz shu kabi masalalarda muloqot qilish uchun ham davra ishtirokchilariga yuzlandik.
Maʼlumki, bu yil ustoz Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan 1 mart kuni poytaxtimizdagi muhtasham saroylardan birida “Mushoira etadi davom” nomli katta nazm va navo kechasi o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bunda katta adiba va shoiralarimiz qatorida 20 nafar Zulfiyaxonim qizlari ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishi belgilangan.
Demak, hali oldimizda qiladigan ezgu ishlarimiz talaygina. Bu yorug‘ yo‘lda barchamiz birgalikda, mushtarak maqsad yo‘lida harakat qilamiz, degan umiddaman.

Farida Afro‘z,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, uyushma qoshidagi Ijodkor ayollar maslahat kengashi raisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/683851

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qutlov

MAMATQUL HAZRATQULOV

1-fevral O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibi, uyushma aʼzosi Mamatqul Xazratqulov tug‘ilgan kun. Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ustozni qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etdi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi.
Mamatqul Hazratqulov 1947-yil 1-fevralda Samarqand viloyati Urgut tumani Mingbuloq qishlog‘ida tavallud topgan. 1970-yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning “Oqqush”, “Cho‘li iroq”, “Hayotning bir parchasi”, “Intizor”, “Quyosh men tomonda”, “Qo‘zichoqning ko‘z yoshlari”, “Jurʼat”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha”, “Ko‘kko‘l” kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. “Mehr ko‘p ko‘rgazdim”, “Mehmon”, “Qadrim”, “Afandining yangi sarguzashtlari” nomli pyesalar muallifi.
U Lev Tolstoy, Vasiliy Shukshin hamda ozarbayjon, tojik, tatar, yapon yozuvchilarining hikoya va qissalarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, uyushma a'zosi Qutlibeka Rahimboyeva "Yangi O‘zbekiston yulduzlari" tanlovida "Yil adibi" bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Zulfiyaxonim qizlari” klubining hisobot-anjumanidan suratlar.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarovning 120 yillligiga bag‘ishlangan xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/adabiyotning-yangi-poetik-yolga-chiqishida-zulfiyachi-qizlarning-hissasi-katta_683593

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

31-yanvar kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Dilshoda Saidolimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi;

Humoyun Akbar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli adib, tarjimon;

Valisher Madaminov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Go‘zal Begim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;

Nodira Xoliqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Saʼdullo Quronov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, bolalar yozuvchisi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan ijodkorlarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

30-yanvar kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Uyg‘un Ro‘ziyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi;

Mehribonu Qilicheva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan ijodkorlarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Toshkent" telekanalining “Yangi taraqqiyot davri” ko’rsatuvida “Zamonaviy kitobxon nimalarni bilishi muhim?” mavzusida fikr almashildi.

30-yanvar soat 20:00 da "Toshkent" telekanalida tomosha qiling!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

2025-yil 31-yanvar kuni soat 11:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Zulfiyaxonim qizlari” klubining hisobot-anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barcha qiziquvchilarni chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал