yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/bolalar-shoiri-hamza-imonberdiyevni-xotirlab_669065

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#mahalla_yangiliklari

To'ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi.

🗓 16.12.2024

@mahalla_yangiliklari_tv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yozuvchilar uyushmasida taniqli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi.

Suratlar muallifi: Oybek Pardayev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Fargʻonada Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

LAYLAK QOR

Allohimning jamolin

Ko‘rmoqchi bo‘lsang,

Nainki, yozu kuz

Va bahorga boq.

Astoydil talpinib,

Sog‘inchga to‘lsang,

Dekabrda yoqqan

Laylak qorga boq.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Italiyalik noshir Sandro Teti:

Italiyada bugungi kungacha buyuk Bobur yaratgan imperiyani mo‘g‘ullar davlati deb atab kelguvchilar bor edi. Bizning tarjimamiz va nashrimiz ushbu tarixiy adolatsizlik va xatolikni to‘g‘rilashga hamda mazkur imperiyani tarix haqiqatiga mos ravishda Boburiylar saltanati deb atashga zamin yaratadi.


📱 To‘liq video:
https://youtu.be/KKLF1weYHeA

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida taniqli ijodkorlar ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"QASHQADARYO AXBOROTI" Qamashilik shoir va adib Sharifjon Ahmad qalamiga mansub yangi kitob taqdimoti

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qutlov

DILSHOD RAJAB - 60 YОSHDA

Bugun o‘zbek bolalar she‘riyatining ijodkorlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Dilshod Rajab tavallud topgan kun.
U 1964-yil 17-dekabr kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilk sheʼri 1978-yilda “Gulxan” jurnalida chop etilgan. “Qorqiz sovg‘a  keltirdi” nomli ilk kitobi esa hammualliflikda 1989-yilda nashr qilingan. Shundan so‘ng, shoirning “Otamning bog‘i” (1996), “Daryo ko‘ngil” (1997), “Jilvon o‘g‘loni”, “Alifbo” (2001), “Tanish tovushlar” (2006), “Sukut sarhadi” (2006), “O‘n o‘rtoq”, “Hamro polvon” (2011), “Poyezdning bolasi” (2013), “Baxshi bola – yaxshi bola” (2016), “Shamolning supurgisi” (2018),"Yo‘lim quyosh tomondir" (2019), “Qahramon qasidasi” (2022), "Olam ziyoga to‘lsin" (2023) kabi bolalarga bag‘ishlangan kitoblari dunyoga keldi.
Dilshod Rajab “Bolalarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob", “Vatan uchun yashaylik” respublika ko‘rik-tanlovlar hamda 2011-yilda “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori,  2023-yilda II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari Dilshod Rajabni qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etadi va ijodiy yuksaklikni tilaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

17-dekabr - O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev tavallud topgan kun

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya to‘plamlarini, qissa va romanlarini yaratdi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami “Shoshqaloq” 1961-yilda eʼlon qilingan.
U «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo‘llar», «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida», «Mungli ko‘zlar», «Sir ochildi», «Omonboy va Davronboy sarguzashti», «Jannati odamlar», “Shoshqaloq”, “So‘qmoqlar” kabi asarlar muallifidir. Asarlari tojik, qirg‘iz, turkman, ozarboyjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan tillariga tarjima bo‘lgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 70 YILLIGIGA BAG‘ISHLANDI

   Yunusobod tumanidagi 260-maktabning Ona tili va adabiyot hamda O'zbek tili metodbirlashmasi a'zolari tomonidan fan toʻgaraklarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirokida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan "Erkli elning erka shoiri" deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi. Unda shoirning ayoli, shoira Nazira as-Salom, qizi Nozima Yusupova mehmon bo‘ldi.
   Bayram so'nggida o'quvchilar, maktab rahbari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

IX XALQARO RUMIY SIMPOZIUMI BO‘LIB O‘TDI

12-14 dekabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahri Hazar universitetida Mavlono nomidagi Adabiyot va falsafiy tadqiqotlar instituti hamda Rumiy ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida IX Xalqaro Rumiy simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoira Farida Afro‘z ham qatnashdi.

– To‘rt kun Boku shahrida bo‘lib, Hazrat Jaloliddin Rumiyga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda qatnashdik, – deydi Farida Afro‘z. – Dunyo rumiyshunoslarning so‘zlarini tinglar ekansan, bir fikr hayolingda aylanaveradi: “Rumiy asl gavharki, yo‘nganing sari qimmati oshaveradi”.
Anjumanda yetmishdan ortiq olim va ijodkorning Rumiyga oid chiqishlari tinglandi. Xususan, Farida Afro‘z “Rumiy ijodining o‘zbek adabiyotiga taʼsiri” mavzusida yig‘ilganlarga maʼruza o‘qidi.

Fozil Farhod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Sulton RAYEV
CHINGIZ AYTMATOV
Hamid OLIMJON
O‘ZBEKISTON
Matnazar ABDULHAKIM
OGOHLAR OGOHI
Musulmon NAMOZ, Shavkat DO‘STMUHAMMAD
O‘TMISHGA OCHILGAN VAQT QOPQASI
Rustambek SHAMSUTDINOV
TARIX TILGA KIRGANDA
Qo‘chqor NORQOBIL
O‘ZIMIZNI... O‘ZIMIZDAN QUTQARAYLIK!
Mamatqul HAZRATQULOV
QADRIYATLARIMIZ QADRI SO‘NMASIN
Bobur ELMURODOV
“BOBUR”dan rang olgan “BABURIN”...
Xayrullo GʻAFFOROV
CHANG VA G‘UBOR BO‘LMASA...
Zarnigor IBROHIMOVA
AZIM YURTNING AZIZ TUPROGʻI
Shahriyor SHAVKAT
OCHIQ KO‘Z KO‘RADI, HUSHYOR BO‘LING!
N.HABIBULLAYEVA
JAHONGASHTA KASHTALAR
Mohirbek QO‘CHQOROV
FITNA URUGʻI
Diyorbek MAHMUDOV
YIGIT OMON BO‘LSA...
Otabek BAKIROV
BIZ HAM KITOB O‘QIYAPMIZ
Abduvosit ABDURAHIMOV
DIL TUBIDAN CHIQQAN BITIKLAR

Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

QOR QO‘SHIG‘I

Lahza tinim bilmay kutdim bu kunni,
Bugun orzularim, mana, ushaldi.
Sen atayin uxlab o‘tkazding tunni,
Men-chi yog‘averdim, men-chi to‘shaldim.

Bo‘ronlarda yelib, hovlingga kelib,
Uyingni aylanib kezdim jon halak.
Nihoyat, nihoyat, uyg‘otdim seni
Derazangda bo‘lib girdikapalak.

Yog‘duga ko‘mildi bedor hislaring,
Ular bois bo‘ldi oppoq faxrimga.
Ohista-ohista bosgan izlaring
O‘yilib-o‘yilib qoldi bag‘rimga.

Istasang, do‘stingga ot. Turibman shay.
Axir nechun bundan qilay orlar man.
Sevib, shodligimdan osmonga sig‘may,
Senga zorlar bo‘lib yog‘gan qorlar — man.

Men uchib qo‘nayin, sen quvna yal-yal,
Sen sira qilmagin shodlikni kanda.
Kechir ko‘z yoshingga o‘xshab qo‘ysam sal,
Kiprigingga asta qo‘nayotganda.

Shodligingga qisqa umrimni berib,
Oh-fig‘on qilmasdan, nolimasdan, jim,
Asta yer qaʼriga ketaman erib
Senga atab gullar yuborish uchun...

Matnazar ABDULHAKIM

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#ma'rifat_ulashib

4️⃣4️⃣4️⃣ Joriy yilning 18-dekabr kuni zamondosh oʻzbek adiblari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish va ular yozgan asarlarni yoshlar orasida keng targʼib etish maqsadida “Ma’rifat ulashib” tadbiri o'tkaziladi.


⏰ soat 11:00

Tadbirda "Oliy ta'lim a'lochisi" unvoni sohibi Abdulla Sher, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdunabi Boyqo'ziyev va bir necha nasriy kitoblar muallfi Fozil Farhod bilan ijodiy uchrashuv o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

• Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, ulugʼ adiblarning ijod yoʻli va ular yaratgan ulkan adabiy merosni oʼrganish hamda kitobxonlikni keng targʼib qilishdir.

📍Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek 45, Toshkent farmatsevtika instituti 3-bino Faollar zali

📩 ❤️ 👍 @toshfarmiofficial

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"IJODIY BAHS" hakamlari – ustozlar!

Shahodat Isaxonova

Nurboy Jabborov

Shodmonqul Salom

Karomat Mullaxo'jayeva

Barchangizni taklif etamiz!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yozuvchilar uyushmasida taniqli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi.

Suratlar muallifi: Oybek Pardayev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Markaziy Osiyoning eng sermahsul tarjimoni – Ogahiy faoliyatiga chizgilar

19 ta tarjima asarining 3 tasi hozirgacha topilmagan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3301

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

QUTLOV

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan 50 yoshni qarshilagan ijodkor, taniqli qozoq shoiri Muratxon Shoqanni tabrikladik. Ustoz Sirojiddin Sayyidning tabrik xatini yetkazdik.
Bovurim, qardoshim umringizga va ijodingizga baraka tilayman.

G‘ayrat Majid,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Qaqnus"ning Yangi yil soni tasvirga olindi.

Ko'rsatuv 31-dekabr kuni efirga uzatiladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘ZBEKISTON

O‘zbekiston —
Hur Vatan,
Bag‘ri to‘la
Nur Vatan.
Baxt porlar
Quyoshingda,
Xumo qushi
Boshingda!
Otamizday
Ulug‘san
Mehrga kon —
To‘liqsan.

 
BOG‘CHA OPAM

Bog‘cha opam —
Oy opam.
Go‘zallikka
Boy opam.
Kulib turar
Ko‘zlari.
Shirin-shakar
So‘zlari.
Oldiga tez
Chopamiz.
Salom, bog‘cha
Opamiz!

KAPALAKLAR

Bog‘imizga
Bir qarang:
Kapalaklar
Rang-barang.
Qizil, sariq,
Yashil, oq,
Bir-biriga
Do‘st-inoq.
Ko‘rib rosa
Quvnaymiz.
Lekin sira
Quvmaymiz.

SUV

Suv keladi
Shildirab,
Yugurganday
Pildirab.
O‘tib ketar,
To‘xtamas.
Vaqti borga
O‘xshamas.
Shoshib borar
Dalaga.
Yetay deb
Gul-maysaga.

Dilshod Rajab

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» romanidan iqtiboslar

✍️ Naqadar dahshat, umringda hech bo‘lmasa bir marta Vataning uchun to‘ka olmasang yosh!
Bundan ortiq baxtsizlik bo‘lishi mumkinmi?
✍️ Tilim “ota”, “ona”, “bobo” yoki “momo” emas, “o‘lim” so‘zi bilan chiqqan. Aniq eslayman, bu paytni menga o‘xshagan telbalargina eslay oladi!
✍️ Otasi, bolasi, xotini uchun emas, sevgi, boylik, mansab yo prezidentlik uchun emas, shu millat uchun o‘qishni istash – naqadar go‘zal, naqadar go‘zal, naqadar go‘zal!
✍️ Turkiston tarixiga Temursiz qarash koptoksiz futbol o‘ynashdek gap.
✍️ Loladan hech qachon bobosi haqida so‘ramaganman. Chunki tarixga qo‘ylardan ko‘proq, bobomdan sal kamroq qiziqadi, millionlab o‘zbeklar kabi.
✍️ Yo Xudoyim, to qiyomat Vatan bizga omonatdir, omonatdir, unga xiyonat – qiyomatdir, qiyomatdir, qiyomatdir!


📱 Batafsil: jadid.uz

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ko‘ngil kechinmalari aks etgan kitob taqdimoti

Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida “Ko‘nglingiz topsam”, “Ikkimiz ikki olam” kabi kitoblar muallifi Boboqand Mirzo o‘zining galdagi “Ko‘rgulik” nomli to‘plamini o‘qirmanlarga tuhfa etdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, harbiylar jam bo‘ldi.
Tadbirda shoir Salim Ashur Boboqand Mirzoning ijodiy faoliyati haqida maʼlumot berdi. Kechada O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, uyushma aʼzolari - Islom Hamro, Vafo Fayzullo, Shodmonqul Salom, “Sahhof” nashriyoti muharriri Akbarali Mamasoliyev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Muallifning ushbu sheʼriy to‘plamida ijodkor ko‘ngil kechinmalarining yorqin suvratlari, quvonchu og‘riqlari, umidlari samimiy ifodasini topgan, deya taʼkidlandi taqdimotda. Shoir sheʼrlarining mavzu ko‘lami, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi sheʼriyat muhiblarini o‘ziga jalb qiladi. Mazkur kitob “Sahhof” nashriyotida chop etilgan. Unga Usmon Azim so‘zboshi yozgan, Dadaxon Muhammadiyev muharrirlik qilgan.
 – Boboqandning sheʼrlari ko‘ngilga yaqin. U juda kamtar ijodkor, - dedi Sirojiddin Rauf. – Uning yaxshi bir odati borki, har bir yangi kitobiga so‘zboshi yozilishida ustoz ijodkorlarga murojaat qiladi. Ularning mulohazalari bilan qiziqadi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning mehnat faoliyati, ijodi, sheʼriyati xususida fikr bildirdi. Yangi kitobining mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi.
  – Boboqandning birinchi kitobi chiqqanida so‘zboshi yozganimni yaxshi eslayman, - dedi “Adolat” gazetasi bosh muharriri Islom Hamro. – U katta shoir, katta iqtidor egasi. Boisi, uning ijodi yillar davomida ustozlar o‘gitlari bilan charhlandi.
Taqdimotda aktyor Azizbek Qobilov shoirning “Turkiston” sheʼrini o‘qib berdi. Yakunda muallif ustoz adiblarga minnatdorligini bildirdi va yig‘ilganlarga “Ko‘rgulik” nomli kitobini ulashdi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/posts/668345

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbek adibasi asari Belarusda chop etildi

Belarusda chop etiluvchi “Polimya” adabiy jurnalining 2024-yil dekabr sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Risolat Haydarovaning “G‘urg‘urtepada saraton” hikoyalar turkumi chop etildi. Ularni taniqli belarus yozuvchisi Ales Karlyukevich belarus tiliga o‘girgan.
“G‘urg‘urtepada saraton” turkumi bir-biri bilan bevosita bog‘langan beshta hikoyani o‘z ichiga oladi.
“O‘zbek adabiyoti belarus o‘quvchilariga ko‘pdan tanish va qadrdon, – deyiladi jurnalni chop etuvshi “Zvyazda” nashriyotining anonsida. – Belarus va o‘zbek adiblarining do‘stligi adabiyotimiz tarixining o‘chmas sahifalariga yozib qo‘yilgan. Yakub Kolasning 1941-1943-yillarda Toshkentda yashagani, Oybek, Mirtemir, Hamid Olimjon, Zulfiya, Shuhrat, Ramz Bobojon bilan yaqin munosabatda bo‘lgani, 1942-yilning noyabr oyida Toshkentda Yakub Kolasning 60 yillik yubileyi nishonlangani ma’lum. Mixail Pozdnikov G‘afur G‘ulom she’rlarining, Mikola Metlitskiy Mirtemir, Oybek, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov asarlarining faol tarjimoni bo‘lgan, bugungi kunda o‘zbek zamonaviy she’riyati Viktor Shnip tarjimasida, o‘zbek nasri Ales Karlyukevich tarjimasida belarus o‘quvchilariga tanishtirilyapti. Qo‘chqor Norqobilning kitoblari Minskda belarus tilida chop etildi. Risolat Haydarovaning “G‘urg‘urtepada saraton” hikoyalar turkumi Toshkentning zamonaviy mahallalaridagi hayot haqida belarus o‘quvchilariga yorqin tasavvur beradi. Mahalla hayoti belaruslar uchun notanish edi, ushbu asar o‘zbeklarning turmush tarzi, ularning ma’naviy qadriyatlarini tushunib yetish uchun xizmat qiladi”.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

17-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli bolalar shoiri Hamza Imomberdiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

VATAN

Onam kabi suykalsam sizga,
O‘g‘lim kabi erkalasaydim.

Qizim kabi suysaydim sizni,
Otam kabi suyansam sizga.

Jimjilog‘im yoki qulog‘im,
Goh sirdoshim, goho o‘rtog‘im.

Guldan yaproq to‘kilar, sizdan
To‘kiladi xushbo‘y-xushbo‘y gul.

Jamolini bitta ko‘ray deb
Yuragimni teshadi bulbul.

Salim Ashur

Читать полностью…
Подписаться на канал