TAKLIFNOMA
2024-yil 11-dekabr soat 15:00 da O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radikonalining “Bedorlik” adabiy eshittirishida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan “Ugam River” turistik majmuasini borib ko‘rdi.
Читать полностью…Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Читать полностью…Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdga chiqib, Toshkentdan Xojikentga keldi. Safar chog‘ida mutasaddilar bilan temir yo‘l sohasi va "Yashil makon" loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar va rejalar muhokama qilindi.
Читать полностью…8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
XALQIM
Xalqim,
Bardam bo‘lgin, yoningda borman,
Bejiz chorlamaysan, ko‘nglingda borman.
Yillaringda borman, kuningda borman,
Oylaringda borman,
Siyratingdaman.
Ko‘ngling farzandlarda, qo‘llaring ishda,
Elga xizmat deysan yozdami qishda.
Sen hormay ishlagan dalayu dashtda,
Soylaringda borman,
G‘ayratingdaman.
Xalqim,
Darding olay ko‘ksimni ochib,
Yelkamni tutayin mehrimni sochib,
Borsam, uylaringda darvozang ochiq,
Choylaringda borman,
Suhbatingdaman.
Tinmaysan mehmonga himmat ko‘rsatib,
Ko‘ngilga yetganda sheʼrning fursati,
Poygakda o‘tirib, o‘qib to‘rt satr,
Uylaringda borman,
Izzatingdaman.
Xalqim,
Qulluq qilsam, qullug‘im arzir,
Mingta sheʼr yozsam ham uzilmas qarzim,
Sen aytgan tilakda, sen qilgan orzu –
O‘ylaringda borman,
Zahmatingdaman.
Teraklaring askar qatorasiga,
O‘g‘lonlaring o‘xshar tog‘ qoyasiga,
Ota meros yurtning himoyasiga
Shaylaringda borman,
Quvvatingdaman.
Xalqim,
Erk ko‘nglingga baxsh etdi olov,
Dilda darding bo‘lsa, bilmasin birov.
Ikki og‘iz tilak, bir osham palov –
To‘ylaringda borman,
Xizmatingdaman.
Xalqim,
Gullab-yashna, sen ulkan daraxt,
Uzilib tushmasin sendagi bir band.
O‘zbekiston degich jannatga monand
Joylaringda borman,
Davlatingdaman.
Shodi Otamurod
MEN QAYTAMAN
Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga – dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi ko‘z ochgan qoyasiga qaytaman.
Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, ko‘zlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash o‘g‘ilning orazida qaytaman.
Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin beg‘ubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror – tuproq, havo, o‘t va suv
himmatidan zarralab bino bo‘lgan basharman.
Anglamayman qandayin tug‘ilmoqda aytarim;
qulog‘ingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda vaʼdalashgan paytlarim.
Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab o‘ynamasin zarra nam,
g‘am chekmagin, Sendaman – pok dilingda zindaman;
shoirlar o‘lish uchun tug‘ilmaydi, jonginam!
Mansur JUMAYEV
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Baxtiyor GENJAMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
KONSTITUTSIYAM
Sen bo‘lmasang, so‘zning – tilning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, cho‘lning, gulning qadri yo‘q,
Sen bo‘lmasang, poytaxt, elning qadri yo‘q,
Millat o‘zligining kafolati sen.
Muzlasam, quyoshdek gulxanim o‘zing,
Posbonim o‘zingsan, qalqonim o‘zing,
Mangu to‘g‘ri yo‘lim – sorbonim o‘zing,
Ushalgan orzular vakolati sen.
Erkin qush qanoti qayilar sensiz,
Tulporlar tuyoqdan mayrilar sensiz,
El-yurt huquqidan ayrilar sensiz,
Ona Vatanimning kamoloti sen.
Ozodlik gashtining viqori senda,
Yangi O‘zbekiston meʼmori senda,
Sohibqiron bobom shiori senda,
Yurtim kuch-qudrati – adolati sen.
Bugunim, ertamning baxtin tiklagan,
Turonda tinchlikning taxtin tiklagan,
Buyuk kelajakning vaqtin tiklagan,
Shonu shavkatimning dalolati sen.
Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi.
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan yosh qalamkashlarning birinchi kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
BUYUK KITOB
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga bag‘ishlanadi.
Adolatni so‘ylar bu kitob,
Baxtimizni kuylar bu kitob.
Mehr berdi ota-onamga,
Bolamni ham o‘ylar bu kitob.
Yuragimdan toshayotgan so‘z,
Qonun bilan yashayotgan so‘z.
Xizmat qilib elu yurtimga,
Asrlardan oshayotgan so‘z.
So‘zlasin yer, so‘zlasin osmon,
Davlat qurish emasdir oson.
Bu kitobni o‘qir mamlakat,
Bu kitobda qahramon – inson.
Buyuk kitob, bu buyuk kitob,
Jamiyatda ishlaydi shitob.
Hayot uchun zarur huquq, burch,
Har qadamda zarur hamma bob.
Inson qadri dunyoga ziynat,
Erkin yashar har shaxs, har millat.
Bu kitobning ijodkori – xalq,
Bu kitobning timsoli – davlat.
Xalqim uchun ushalgan armon,
Vatan uchun qilich va qalqon.
Buyuk kitob oliy kafolat,
O‘zbekiston, jon O‘zbekiston.
Yangi zamon shohnomasi bu,
Yangi davr tavsifnomasi.
O‘zbekiston rahnamosi bu,
Taraqqiyot tashrifnomasi.
Adolatni so‘ylar bu kitob,
Baxtimizni kuylar bu kitob.
Mehr berdi ota-onamga,
Bolamni ham o‘ylar bu kitob.
Rustam Musurmon,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘gli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tyapti. Tadbirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://fb.watch/whhR1Me-JT/
Yangi kitob
ZAMONA XOTINI
Adabiyot muzeyi xazinasidan
Cho‘lpon beqiyos shoir bo‘lishi bilan birga mohir dramaturg ham edi. Ammo bu asarlarning aksariyati yo‘qolib ketgan yoki yashirilgan. "Zamona xotini" ham Cho‘lponning bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri edi. Sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xushxabarimiz shundan iboratki, hech kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qo‘lyozma varianti topildi. Eng muhim jihati, qo‘lyozma ustidan Cho‘lpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan, so‘zboshi ham yozilgan. Asarda zamon shamollari ta‘siri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson sha‘nini avaylash kabi azaliy qadriyatlar ustiga qurilgan. Shuningdek, bolasini bag‘riga bosgancha, yangi ijtimoiy munosabatlar ichiga qisinib-qimtinib kirib borayotgan o‘zbek ayoli haqida so‘zlab, to‘g‘rirog‘i, ko‘rsatib beradi.
Nashrga tayyorlovchi: Shahnozaxon Nazarova
Masʼul muharrir: Jabbor Eshonqulov
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Noshir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Adadi: 1000
Nashriyot: «Ijod Nashr»
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Biz chiqargan kitob
IZLARINGNI IZLAYMAN, ALQOR
Muallif Asad Asilning ushbu kitobi tabiat va inson munosabati xususida so‘z yuritadi. Una adibning tabiatga aloqador qator voqeiy hikoyalari ham o‘rin olgan. Ular sizga ham maʼqul bo‘ladi, degan umiddamiz.
Masʼul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Prezident Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan "Chorvoq darvozasi" turizm majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Читать полностью…Toshkent va Xo‘jakent yangi, yana-da qulay va zamonaviy temir yo‘l tizimi bilan o‘zaro bog‘lanadi
Читать полностью…Axborot 24 | Toshkent shahrida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etildi
#5dec #uzbekiston24
“O‘zbekiston” radikonalining “Bedorlik” adabiy eshittirishida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident.uz
❗️
KUZ TUNI KIRADI…
Halima AHMEDOVA
She’rlar
Kuz tuni kiradi g‘amgin va go‘zal,
Tinglayman yuragim larzasini jim.
Labimdan sirg‘alib tushadi mahtal,
Shabnamda chayilgan bir so‘z:
“Sog‘indim…”
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi.
t.me/yuz_official
Biz chiqargan kitob
TO‘RA SULAYMON
zamondoshlari xotirasida
Ushbu kitobga o‘nlab sheʼriy majmua va dostonlar, dolzarb mavzulardagi maqolalar, yuzlab dilbar qo‘shiqlar muallifi O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonni xotirlab yozilgan yodnomalar, eʼtiroflar, tadqiqot maqolalardan tartib berildi.
Mazkur to‘plam sizni befarq qoldirmasligiga, sevimli shoiringizning hayot yo‘li, uning suvratu siyrati borasida yanada boyroq tasavvurga ega bo‘lishingizga yordam berishiga ishonamiz, azizlar.
Masʼul muharrir: Muhiddin Abdusamad,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Ravshanbek Mahmudov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Dilfuza Qarshiboyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Yanig kitob
KO‘RGULIK
Olimlar dunyoni kashf etsalar, shoirlar uning go‘zalliklarini sheʼrga soladilar. Boboqand Mirzoning mazkur sheʼriy to‘plamida ijodkor ko‘ngil kechinmalarining yorqin suvratlari, quvonchu og‘riqlari, umidlari samimiy ifodasini topgan.
Shoir sheʼrlarining mavzu ko‘lami, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi sheʼriyat muhiblarini o‘ziga manzur qiladi, degan umiddamiz.
Muharrir: Dadaxon Muhammadiyev
Nashriyot: “Sahhof”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Shoir To'ra Sulaymonning uy muzeyi ochildi
Muxbir: Sevara Ahmadqulova
Sirdaryo viloyati
12:00 05.12.2024
@hududtv