Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
#MA'RIFAT ULASHIB
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin SAYYID, taniqli shoirlar Jo'rabek Jahon hamda Zavqiddin Nasimovlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
AFGʻONISTON NAVOIYSHUNOSLIGI
Azizullah Aral
Bugungi Afg‘oniston va Eron hududida Alisher Navoiy tomonidan jami 370 dan ortiq xayriya inshootlari qurilgani haqida ma’lumotlar bor.
Axborot 24 | "Maʼrifat ulashib" loyihasi
#8oct #uzbekiston24
Millat ustozlari — bir qancha avlodlarning didini, qalbini, farosatini tarbiyalaydi.
Eshqobil Shukur,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
‘Yangi O‘zbekiston‘ gazetasining 2024-yil 8-oktabr kungi 203-sonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi O‘rolboy Qobilning ‘Moziyga qarab ish кўрмоқ...'' maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Читать полностью…Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz
OILA
Kattasi ketgandi baliq oviga,
Cho‘milib-netmasin, ishqilib.
Turli tasavvurlar olar doviga,
Kampirning nafasi kelar tiqilib.
— Hoy, siz ham bolani o‘ylang-da бундоқ...-
Kampir erk bergancha puch xayoliga,
Kapgirni qaygadir ilib o‘sha choq
Tanbeh bera boshlar choliga.
Chol-chi, ko‘zoynagin artgancha bot-bot
Kitob varaqlaydi: Bedilmi, Mashrab...
— Moshinda ketuvdi kenjasi shaddod,
Yursin-da, ishqilib, ko‘ziga qarab...
Kun ham erta botdi, bilmadim, kuzmi,
Bittasi kechkida o‘qiydi.
— Sen ham o‘ylagin-da anavi qizni?—
Chol ham kampirini nuqiydi.
Hech qayda hech gap yo‘q, shundoq ikkovlon
Bir-birin besabab koyir, turtkilar.
Lekin ikkisi ham biladi pinhon:
Bolalarni o‘ylaydi ular.
So‘ngra bir mahalda uzun-qisqa bo‘lib
Bolalar ham kelar galma-gal.
Dasturxon atrofi boradi to‘lib,
Xayriyat, hammasi jam, tugal.
Kampir: — Shukr, — deydi qimtinib labi,
Chol ham jilmayadi:
Tushunar...
Dunyoda hech bir gap bo‘lmagan kabi
Bolalar ovqatni tushirar.
Abdulla Oripov
VATAN
Sirojiddin Sayyid she'ri
Chirchiq shahridagi 12-maktab o‘qivchilari ijro etdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi roman taqdimoti
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar ishtirok etgan tadbirni uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Unda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, adabiyotshunos olimlar Adhambek Alimbekov, Baxtiyor Abdushukurov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi o‘rinbosari Bekmurod Rahmatullayev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Ushbu kitob hikoya va qissalari bilan o‘qirmanlarning mehrini qozongan adib Xolmuhammad Karimiyning ilk romanidir. Unga Orziqul Ergash muharrirlik qilgan. “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.
- G‘ordagi omonat bu - o‘tov. Voqealar uning atrofida aylanadi, - dedi Adhambek Alimbekov. - Asarning ahamiyatli jihati unda milliy qadriyatlarimizni unutmaslikka chaqiradi.
Asarni o‘qir ekansiz, muallifning xalq hayotidan naqadar yaxshi xabardor ekanini anglaysiz. Unda ming yillardan buyon o‘zligimizga singib ketgan o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz qahramonlarning umr yo‘lini yoritib boradi. Ayni shu hol manzaralar tasvirida ham izchil davom ettirilganiga guvoh bo‘lasiz.
Tadbirda Bekmurod Rahmatullayev so‘zga chiqib, yangi roman xususida fikrlarini bildirdi va uyushma raisi Sirojiddin Sayyidga jangchi-faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda fidoyilik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining medalini topshirdi.
Adibning bugungacha “Hurayro”, “Hurliqo”, «Buni hayot deydilar..." nomli qissa va hikoyalar to‘plami nashr qilingan.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar yozuvchining ijod yo‘li, yozuvchilik mahorati, ilk romanining mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratishdi. Muallif yig‘ilganlarga dastxati qo‘yilgan yangi asarini ulashdi. Ijodkorga uyushmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zulayho Ahmadjonova
Kun hikmati
Insonning bilim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘zini shunchalik baxtli his qiladi.
Abu Ali ibn Sino
❗️
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qanday taxallus ostida she’riy luqmalar chiqargani haqida quyidagi maqolada o‘qishingiz mumkin:
👉 jadid-media.uz/ulugimsan-vatanim
❗️
“VATAN! BOR QISMATIM SHU BIR SO‘ZDA HAL…”
Gulbahor ASHUROVA
Abdulla Oripovning Vatan ishqi va dardi bilan yo‘g‘rilgan she’rlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ularning har biri u yoki bu darajada she’rxonni o‘zligini bilishga, “Sen kimsan, ajdodlaring kim, erk va hurriyat beshiging qayonda?” degan savollarga mustaqil javob izlash va topishga undaydi.
Jarayon
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Ellikqalʼa tumanidagi 36-, 38-, 47-, 61-, 66-sonli umumtaʼlim maktablarida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Yangiboy Qo‘chqorov, Zulayho Nurmetova kitobxonlar bilan muloqot qildi. Yangi asarlaridan o‘qib berdi. Tadbirda faol kitobxonlarga sovg‘alar topshirildi.
TAKLIFNΟΜΑ
Shu yilning 9-oktyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Ijod nashr" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Boshimdagi tojim onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" nomli kitoblarning taqdimoti hamda "Ko‘ksimni kuydirgan alanga!" deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 7-8 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Prezident.uz
* * *
Tomchilar daryoga aylandi bu kech,
Poklik libosiga belandi olam.
Qachon yuragingga kelar bahorlar,
Sen qachon o‘zingni taniysan, Odam!..
Tokay yashagaysan o‘zingni aldab,
Yetar egilganing, ko‘tar qaddingni.
Sajda qilaverma to‘rvalaringga,
O‘zingni timdalab charchamadingmi?!
Menga ota bo‘lib otalik qilgil,
Ona bo‘lib bitta oromingdan kech.
Kelgil, yuzlaringga yuzimni bosay,
Seni sog‘inganman niqobingni yech...
Qoya o‘zingdirsan, ko‘lmak o‘zingsan,
Quyosh o‘zingdirsan, sen o‘zingsan sham.
Menga maqtovlaring kerakmas, faqat
Sening buyukliging istayman, Odam!
Men tokay quyoshning yonida turib,
Shamning shuʼlasini yo‘qlab o‘taman.
Oppoq kunlaringga qayta olmasang,
Yig‘lab tug‘ilganman, yig‘lab ketaman...
(1999)
* * *
Xonqizidek g‘imirlar umrim,
Yillar norozidek kunlardan.
Lahzalarning halovati yo‘q,
Hijron isi kelar tunlardan.
Baʼzida hammasi mukammal,
Baʼzida hammasi chaladek.
Ming bir tadorikda yashayman,
Fotihini kutgan qalʼadek...
Taqdirning ismini topmadim,
U — imlosi eskirgan chizma.
Daryolardan ro‘shnolik tilab,
O‘tayotgan sho‘rlik dengizman...
To‘lqinlar kiradi tushimga,
Dengizman va lekin isbot yo‘q.
Xijolat chekmayman, baribir
Isbot so‘raydigan bir zot yo‘q...
* * *
Isming aytar dengiz shamoli,
To‘lqinlarda sukunating bor.
Izlamoqchi bo‘lib o‘zimni,
Seni topaveraman takror.
Umr — seni topmoqqa imkon,
Taqdir — oniy lahzalar yodi.
Senga yetib bo‘lmas borlikda,
Topmoq mumkin o‘zni yo‘qotib.
Izlamoqchi bo‘lib o‘zimni,
Seni topaveraman takror.
Isming aytar dengiz shamoli,
To‘lqinlarda sukunating bor...
HOL
So‘zsiz kezinaman sohilda,
Xudo bilan qolgandek yolg‘iz.
Dengizdek masʼum va osuda,
Orom olar qaydadir bir qiz...
Dengiz to‘lg‘onadi bezovta —
Uyqusidan uyg‘ondi bir qiz...
So‘zsiz kezinaman sohilda,
Xudo bilan qolgandek yolg‘iz.
* * *
Xirgoyi boshlaydi telefon,
Xushtak chalib qo‘yar baʼzida.
O‘ttiz yetti yoshga ham keldik,
Lahzalarning aravasida.
Tilaklardan xiralashar dil,
Chorig‘ini yechar eski g‘am.
Umr mendan zerikib ketdi,
Yana umr so‘raydi onam...
Hadikda quchadi qizlarim,
Ayolim kulgumni axtarar.
Sevina boshlasam devorda
Soat menga achinib qarar...
Shu zaylda qahramon bo‘lib,
Yillarimni o‘ldirayapman.
Yosh-ku mayli to‘lib bormoqda,
Men nimani to‘ldirayapman?
Quvonaymi yoki o‘kinay,
Do‘stimmi, g‘animmi — qutlagan.
Bilaman — xudoyim yaratib,
Qaysidir nuqtani butlagan...
Sendan nolimayman, yuragim,
Avval bu dunyoga bosh keldi.
Hammasi-hammasi joyida —
Tovonimdan ko‘zga yosh keldi...
Shuhrat Orif,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
#MA'RIFAT ULASHIB
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin SAYYID, taniqli shoirlar Jo'rabek Jahon hamda Zavqiddin Nasimovlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
Yangi kitob
BOLJON
Shuhrat Matkarimning ushbu kitobiga kirgan hikoyalar va qissalarning qahramonlari bugungi jamiyatning oddiy odamlari hisoblanadi. Ular goh samimiyligi, goh o‘ziga xos xarakteri bilan o‘z tashvishlarini gardaniga ortib, kishilik sahnasida umguzoronlik qiladilar. Olam mukammalligi kimlarningdir qalbida ezgulik chirog‘ini yoqsa, yana qaysidir zamondosh qiyofadasini eslatuvchi shaxs o‘ziga xos yo‘l bilan yashashga intiladi. Yozuvchi qahramonlarini ana shunday murakkab vaziyatlarda kuzatadi va ularni tushunishga harakat qiladi. Asarlardagi o‘ziga xos badiiy tasvir va ifodalar sizga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Masʼul muharrir: Davron Rajab
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz
AYOL
U butun dunyoni nurga o‘raydi
Mulki borliq undan mehr so‘raydi
Oftob ham boshqacha kulimsiraydi
Ayol baxtli bo‘lsa...
Baxtni baxtli qilar bir tabassumi
Umringiz tark etmas sevgi mavsumi
Ayting, atirgulmi yo u masʼummi?
Ayol baxtli bo‘lsa...
Yurtga Sohibqiron Temurni bergan
Hazrat Navoiyni, Boburni bergan
Erkakka mardlikni, g‘ururni bergan –
Ayol baxtli bo‘lsa...
Muhabbatning umri uzun bo‘lgaydir
Sadoqatning qo‘li ustun bo‘lgaydir
Bu dunyoning bag‘ri butun bo‘lgaydir
Ayol baxtli bo‘lsa...
Hayotxon Ortiqboyeva,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Tomchilar ozib ketdi
Tipratikancha o‘rmondagi o‘rtoqlari bilan o‘ynash uchun uyasidan tashkariga chiqqan ham ediki, birdaniga shatir-shuturlab yomg‘ir yog‘ib ketdi. Tipratikancha darrov uyasiga qaytib kirdi-da, deraza oldida o‘tirib, daraxtlarning barglari va mevalari ustida raqs tushayotgan yomg‘ir tomchilarini tomosha qila boshladi.
Yomg‘ir tomchilari:
— Osmonga chiqsa bulut,
Raqs tush, tashvishni unut! — deb qo‘shiq kuylashardi.
Tipratikancha deraza oldidagi yumshoq o‘rindig‘ida shunaqangi uzoq o‘tirdi-ki, hatto zerikkanidan uxlab ham qoldi. U uyg‘onganida raqs tushaverib charchagan yomg‘ir tomchilari daraxtlar tagida, o‘tlar orasida uxlab yotishar, barglar uzra bir nechta mitti-mitti tomchilar raqs tushishardi.
— Voy, oyijon, qarang, yomg‘ir tomchilari raqs tushaverganidan ozib ketishibdi-ya! — deb xitob qildi, ajablangan Tipratikancha.
Muhabbat Yo‘ldosheva,
bolalar yozuvchisi
Qaytarmikin Alpomish chohdan...
Donoxol Jumayeva sheʼri
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi
Prezident.uz
O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109212
Hovliqma tuyaqush
Tuyaqush bir kuni tuya bilan poyga o‘ynamoqchi bo‘ldi.
— Tuya juda tez yuguradi, — dedi Quyonvoy. — U bilan poyga o‘ynamaganing maʼqul edi-da!
— Tuya baribir sendan o‘zib ketadi, — dedi chumchuq.
Lekin tuyaqush hech kimga quloq solmay, tuyaga poyga o‘ynashni taklif qildi. Tuya boshini asta qimirlatganicha tuyaqushning maqtanishlarini tingladi, keyin “Bo‘pti, ertaga ertalab quyosh chiqishi bilan cho‘l yoqasiga kelgin”, - dedi.
Ertasi kuni quyoshning ilk nurlari cho‘ldagi qumlar ustini yoritayotgan paytda, tuya va tuyaqush poyga boshlashdi. Ular shunaqangi tez yugurishdiki, oyoqlari ostidagi qumlar har tarafga otila boshladi. Poygani tomosha qilgani kelgan hayvonlar qum bo‘roni boshlanganini ko‘rib, pana joylarga yashirinib olishdi.
Tomoshabin hayvonlar har tarafga qochayotganlarini ko‘rgan tuyaqush qo‘rqib ketdi. U boshini qumtepa orasiga tiqib oldi-da, qimirlamay turaverdi. Tuya esa yugurishda davom etdi va poygada yutib chiqdi.
Xurshid Tojiboyev,
bolalar yozuvchisi
Davlatimiz rahbari Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/109184
#audiohikoya
Shukur Xolmirzayev, “Ustoz” hikoyasi
oyina.uz
Taklifnoma
Bugun, 7-oktabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adib Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Farg'onada adabiyot kunlari
Читать полностью…«Ma’rifat ulashib» loyihasi:
Adiblar tashrifi adabiyotga ixlosmand yoshlar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.
Axborot 24 | O‘zbekiston xalq shoiri Usmon A'zim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Shuhrat Orif, Dadaxon Muhammadiy «Ma'rifat ulashib» loyihasi mehmoni.
#4oct #uzbekiston24