yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Faxriyor

Kuz yomg‘iri

(turkum)
 
      1
Xazonlar ergashdi armon xayliga,
kuz vido istadi ko‘ngil mayliga,
yomg‘irlar yog‘adi hijron saylida –
kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.

Na ko‘z – tikarga, na umid – bog‘larga,
na so‘z – aytarga, na dimog‘ – chog‘larga,
na gul – sevarga, na ko‘ngil – dog‘larga.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.

Ilinj sahrosida bir juft ko‘z sag‘ir,
suymog‘ing osondir, kuymog‘ing og‘ir,
qantarday umid ham bormoqda og‘ib.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.

Armon ajr bo‘ldi, fajr bo‘lmadi,
ko‘ngil qaqnus bo‘ldi, g‘ajir bo‘lmadi,
na suygu, na kuygu vojib bo‘lmadi.
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.

Ko‘ngil yog‘ar, shivalaydi maydalab,
bir kuy bo‘lib, ostonangdan haydalar,
egam, egam, ne dardingki, qaytalar?
Kuz yomg‘iri –
hijron yomg‘iri.

    2
Yomg‘irlarda qolgan daydi it –
yorning tillo ostonasidan
haydalgan sevgi.

Endi u kulbaga
qaytmas hech qachon.

Daydi o‘q kabi
daydi it – sevgi.

Daydi itning trayektoriyasi
taqdiring bo‘lib
sinadi har muyulishda.

    3
Oyna kabi shaffof shamol
yo‘lida uchragan
narsalarga urilib sinar.

Chumchuqlarga aylanar shamolning siniqlari
daraxtlarga qo‘nmoq uchun
yaproqlar o‘rniga.

    4
Yomg‘ir – ulkan ko‘ngil daraxtining
yog‘ayotgan xazon va rangpar
yaproqlaridir.
Hijron to‘lib qolgan bu yaproqlarning
har bir so‘nayotgan hujayrasiga.
Har bir yaproq simobday og‘ir,
yuzingga keltirib uradi shamol
bu yaproqlarni.
Yuzga sanchiladi mavhum hijronning
sensizlikning xazon faslida
moddiylashgan tikanaklari.

    5
Kuzda osmon haqda so‘zlanmas,
ayniqsa, yomg‘ir payti.

Qishki uyqusiga ketadi iloh
osmon – ko‘zini yumib.

Osmonga aylanar bulutlar
kuzda.

Ko‘ngil esa
ilohga aylanar
aytib yig‘lamoq uchun
namozshomgulni.

Bahor yodi.

    6
Men – yo‘qsil oshiq
engil qilib kiyaman dilni
kuzning salqin havolarida,
yomg‘irli kunlarda.

Dilim katta kelar egnimga.
Yerlarga sudralar dilimning bari.

Yonimda sen bo‘lsayding, sevgilim,
junjikib tursayding yonimda,
dilimni yopsaydim egningga.

Dilimni yopinib o‘tirsayding yonimda
yelkamga boshing qo‘yib…
   
7
Umid
janubga uchib ketolmaydigan
tutqun qush kabi
qunishib turar yomg‘irda
bir oyog‘ini
qanotlari ostiga olib.

Yurak tomi o‘pirilib tushgan
eski uy kabi
vayrondir.
Uning devorlari
shamoldan asrashi mumkin umidni,
biroq yomg‘ir atrofdan emas,
ko‘kdan yog‘ar…

1999-yil 31-oktyabr


TUNGI YURAK

Yurak ketib borar,
Kezgindi yurak,
Gohida imillab, gohida qichab.
Yuragimning qadam tovushlarini
Eshitib yotaman har tun, har kecha.

Yurak ketib borar  tentib, telbarab,
Ko‘ngil ko‘chasida mendan beso‘roq.
Seni izlab borar Samarqand tomon,
Bechora uyingni bilmaydi biroq.

Sho‘rlik kutishingga hamon ishonar,
Men esam bor gapni qandoq aytayin?
Qandoq tushuntiray unga vidoni,
O‘zbekcha bilmasa, axir, qaytayin?!

Nima deb avrayin, ne deb elanay,
Qandoq qaytarayin bu yo‘ldan uni?
Yurak ketib borar...
Nachora, mening
Shu bebosh yurakka qolgandir kunim.

1987

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jo‘ra Fozil 75 yoshda. "O‘zbekiston 24" radiokanalida adib tavallud topgan kun munosabati bilan eshittirish efirga uzatildi. Muallif Durdona Dilshod.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" tadbirlaridan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy muloqotlar

   Ma’rifat targ‘iboti har qachongidan ham jadal va ta’sirchan bo‘lishi, boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, u yangi kuch va harakatga aylanishini davrning o‘zi taqozo etmoqda.
   O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida maxsus tuzilgan rejaga muvofiq “Ma’rifat ulashib” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlandi.
   "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, dotsent Gulbahor Saidg‘ani va “Mahalla” telekanali bosh muharriri o’rinbosari, shoir Suhrob Ziyo mehmon bo‘ldi.
   Tadbirda universitet rektori  Bahodir Mirzayev boshchiligidagi jamoa va talabalar qatnashdi. Mehmonlar universitet kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi. U yerga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 100 dona kitob taqdim etildi. Rektor O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
   Mehmonlar tushdan keyin talabalar ishtirokidagi “Zakovat” o‘yinini kuzatdi, g‘oliblarni rag‘batlantirishdi.
   Mehmonlar tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, bu jarayonlar yosh avlod uchun yaratilayotgan sharoitlar katta imkoniyat ekanini ta'kidladilar. Shuningdek, Vatanni ulug‘lovchi she’r va ijodiy asarlaridan namunalar taqdim etishdi. Ular yoshlarni yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga undashdi.
   Mehmonlar universitet bilan hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, uchrashuvda qatnashdi, maktab o’quvchilari uchun ma’rifat sabog‘ini ulashdi.
   Uchrashuvda universitetning iqtidorli talabalari o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdi. Mehmonlar talabalarga o‘z sohalarida qanday yutuqlarga erishish mumkinligi haqida maslahat va tavsiyalar berdi.
   Tadbir so‘nggida faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, universitet rahbariyati esa mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Mehmonlar universitetdagi talabalar turar joylarini ham ko’zdan kechirdi.
   “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, adabiyot va kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida katta hissa qo‘shmoqda.
   Ushbu muloqot talabalar va o‘quvchilar hayotida unutilmas uchrashuv sifatida yodda saqlanadi, albatta.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Энахон Сиддиқова яшаган уйга ўрнатилган ёдгорлик лавҳасининг тантанали очилиш маросимидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Эркин Воҳидов ижод мактабида Ўзбекистон халқ шоири Энахон Сиддиқова таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан ёшлар ўрасида ўтказилган “Шеърюрак” адабиёт танловидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Қўқон шаҳар драма театрида бўлиб ўтган адабий тадбирдан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Фурқат ҳайкалининг очилиш маросимидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ЯХШИЛИККА САРФЛАНГАН УМРЛАР ЁДИ

Фарғона азалдан шоирларга бешик бўлиб келган замин. Бу диёрдан бугун ҳам кўплаб истеъдодли ижодкорлар етишиб чиқмоқда. Чунки бу ерда адабий муҳит, адабий мактаб бор, ҳар йили адабиёт кунлари ўтказилади. Бу йилги адабиёт байрами 3-4 октябр кунлари Қўқон шаҳри, Марғилон, Фарғона туманлари ва Фарғона шаҳрида бўлиб ўтди.

Батафсил...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zoslari - Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov ishtirok etdi.
Uchrashuv adabiy-maʼrifiy mavzuga oid fikr-mulohalar bilan qizg‘in kechdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4-oktyabr oqshomida so‘ngan o‘n ikki yulduz. Ularning aybi nima edi?

1938-yil oktyabrida Moskvadan Toshkentga kelgan SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining sayyor sessiyasi o‘tkaziladi. Sessiyaning birinchi kuni 4-oktyabrda bo‘lib o‘tadi va unda 52 nafar mahbus oliy jazo – otuvga hukm etiladi. Mazkur ko‘rsatma o‘sha 4-oktyabrdayoq bajarilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3075

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

😀
Jadidlarning tugʻilgan makon va zamonlari

Manba

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Buxoro davlat pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Zikrilla Neʼmat, Amirqul Karim hamda Laylo Sharipova ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida efirga uzatildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida el ardog‘idagi ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuv sermazmun o‘tdi.
Loyiha mehmonlari - Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Davron Rajab hamda Habib Siddiq ilm olish, Vatanparvarlik, insoniy fazilatlar, kitob mutolaasi, so‘z sehri borasida to‘lqinlanib gapirdi. Talabalarning tanlagan sohalaridan kelib chiqqan holda, ularga chinakam ma‘rifat nurini ulashdilar. Sheʼriy hamda badiiy parchalardan namunalar o‘qildi.
Tadbir so‘nggida adiblar o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#АНОНС

Мустақил юрт одамлари қандай бўлиши керак? Кўзланган марраларни забт этишда шахс тарбиясининг аҳамияти қандай? “Заррабин” бу сафар шу каби саволларга жавоб излайди.

Рукнимизнинг навбатдаги меҳмони – таниқли адиб, филология фанлари доктори, профессор, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими Хуршид Дўстмуҳаммад бўлди.

“Қонунга бўйсунамиз, албатта, лекин ўзбек шунча вақт қуллуқ қилгани етар. Қуллуқ қилишни қонунлаштириб қўймаяпмизми? Учинчи Ренессанс ишқида одим ташлаётган миллат дунёга бошини, қадди-қоматини ғоз тутган ҳолда мағрур юзлангани маъқулроқ эмасми? Улуғ шоиримизнинг қуйидаги ўлмас мисрасини нечун унутишимиз керак:

Қайга бормай, бошда дўппим,
Ғоз юрарман, фахр этиб...
Мутахассислар, зиёлилар, кенг жамоатчилик ушбу масала юзасидан кенгашайлик”.


Гап қандай кенгашиш ҳақида кетаётганини билмоқчи бўлсангиз суҳбатни тўлиқ ҳолда “Янги Ўзбекистон” газетасининг 4 октябрь кунидаги 201-сонида ўқишингиз мумкин.

Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Najmiddin Komilov. «Axtarin ashk ettiyu sovuq nafasni oh subh…» Alisher Navoiy g’azaliga sharh | Xurshid Davron kutubxonasi
https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/najmiddin-komilov-axtarin-ashk-ettiyu-sovuq-nafasni-oq-subh-alisher-navoiy-gazaliga-sharh.html

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qutlov

JO‘RA FOZIL 75 YOSHDA


     Taniqli adib Jo‘ra Fozil 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan.
     1976-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan.
    Mehnat faoliyatini 1966-yilda Romitan tumani bosmaxonasi harf teruvchisiligidan boshlagan. Turli yillarda “Romitannoma” gazetasi musahhihi, adabiy xodimi, Romitan tumani madaniyat uyi uslubshunosi, “Romitannoma” gazetasi adabiy xodimi, mas’ul kotibi, muharrir o‘rinbosari, “Mulkdor” gazetasining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri, “Romitannoma” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
     Uning “Muhabbatning bayramlari” (1991), “Barqut mavsum” (1992), “Buxoroyi sharif elchilari” (1996), “Baxt yulduzi” (1997), “Mening qizil gulim” (1998), “Bolalikning yolg‘iz yodgori” (2002), “Buxoriyning qaytishi” (2004), “Ayriliq ostonasi” (roman, 2006), “Tiramoh armonlari” (roman,  2008), “Biz lola termagan bahor” (2010), “Gʻoziyon zindoni” (2014), “Yo‘lbarsdaraning so‘nggi sultoni” (2015), “Oshiq Buxoriy qissalari” (2016), “Xongulning sarguzashtlari” (qissalar va hikoyalar, 2018) kitoblari nashr etilgan.
     Shu yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan “Yo‘l” nomli nasriy kitobi chop etildi.
2015-yilda Viktor Astavyevning “Gʻamgin sarguzasht” romanini tarjima qilib, chop ettirgan.
     Jo‘ra Fozil o‘z asarlari bilan bir qator respublika miqyosidagi ijodiy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
      1992-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
     Adabiyotimizga rivojiga qo‘shgan munosib hissasi inobatga olinib, 2019-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ijodkorni ushbu sana bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" tadbirlaridan suratlar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Умр яхшиликка сафар бўлсайди” номли хотира тадбиридан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Энахон Сиддиқова қабрини зиёрат қилиш маросимидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Эркин Воҳидов ижод мактабида Ўзбекистон халқ шоири Энахон Сиддиқова таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан ёшлар ўрасида ўтказилган “Шеърюрак” адабиёт танловидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Қўқон шаҳар драма театрида бўлиб ўтган адабий тадбирдан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Фурқат ҳайкалининг очилиш маросимидан суратлар.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Koreya yozuvchilari va shoirlari bilan bo‘lgan uchrashuv efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz

O‘ZBEK  ONASI

Ona baxt timsoli, Vatan timsoli,
Mag‘rurdir shu yurtning shoni misoli,
Har nedan ustundir farzand kamoli,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Oqila va dono, O‘zbek onasi!

Tillarda dostondir, ona timsoli,
O‘yi ham iboli, go‘zal xayoli,
Qalbi beg‘ubordir, g‘uncha misoli,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Dur icha durdona, O‘zbek onasi!

Farzandin yonida doim parvona,
Biroz ko‘rinmasa, boqar haryona,
Yo‘liga ko‘z tikib turar giryona,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Mehr bobida tanho, O‘zbek onasi!

Bolam-chaqam deya umri ham o‘tar,
Voyaga yetsa ham qo‘lidan tutar,
Tunlari beorom, intizor kutar,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Qadrli, bebaho, O‘zbek onasi!

Mehri daryo, qalbi pok, sarishta,
Balolardan asraguvchi farishta,
Farzand uchun tayyordir, har ishga,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Malaksiymo, barno, O‘zbek onasi!

Bolam  deya, kiprigiga qo‘nsa nam,
Sochlariga oq-qirovlar tushsa ham,
Nolimagay hatto, qaddin egsa g‘am,
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Olamda yagona, O‘zbek onasi!

Farzandlari uchun ona - qoyadir!
Aslo oftob urmas, salqin-soyadir!
Kelajak yo‘lida zo‘r himoyadir!
Oila qo‘rg‘onin munis bekasi,
Muqaddas ayoldir, O‘zbek onasi!

Saodat Qurbonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qonli oktyabr...

1938-yilning 4-oktyabrida millat gullari, xalq fidoiylari, maʼrifat tarafdorlari jisman yoʻq qilingan edi. Oʻsha mashʼum kechada har 57 sekundda bitta qatl amalga oshirilgan.

Videoni toʻliq koʻrish

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Farg‘ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan Adabiyot bayrami farg‘onalik ijodkorlarga bo‘lgan ehtirom ifodasi bo‘ldi.
Unda poytaxtimizdan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Enaxon Siddiqovaning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi xonadonidan boshlandi. Bu yerga viloyatimizning keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar jam bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

7-oktabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adib Xolmuhammad Karimiyning “G‘ordagi omonat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblarning Guliston davlat universitetidagi uchrashuvi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ming nafarga yaqin talabalarni qamrab olgan "Marifat ulashib" loyihasidan lavha.

Читать полностью…
Подписаться на канал