yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, yozuvchi Artyom Goroxov

“O‘zbekiston 24” radiokanalining “Literaturnaya gostinaya” dasturi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

USTOZ

Rustam Mirvohid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Ona_tilim

O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

Abdulla Qodiriy

Adib o‘zbek tili haqidagi yuqoridagi fikrlarni aytdi va o‘z asrlarida mazkur tilning qay darajada imkoniyatlari keng ekanini isbotlabladi!

Kanalga ulanish 👉/channel/UZTRJ

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oʻzbek tilida xatosiz yozishga yordam beruvchi “Sof til” nomli bot ishga tushirildi

Bot (/channel/softil_bot) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilida xatosiz yozishni keng targ‘ib qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Agar siz reklamalarda, peshlavhalar, ovqatlanish joylari, savdo shoxobchalari va qayerda bo‘lmasin o‘zbek tilida xato yozilgan so‘zlarni ko‘rsangiz, uni suratga oling va softil_botga yuboring. Suratdagi manzil va o‘zingiz haqidagi ma`lumotlarni ham kiriting.

Mutaxassis va mas`ullar bilan birgalikda siz yuborgan manzildagi xatolik bartaraf etiladi.

Tilimizga befarq bo‘lmang!

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

USTOZLARGA

Oldimizda yo‘l bor, ortda tag‘in yo‘l,
Siz bizni kutdingiz, kutgaymiz biz ham.
Ortingizda edik – uzatdingiz qo‘l,
Ortdan kelganga qo‘l tutgaymiz biz ham...

Nasrullo Ergash,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Madaniy hayot"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TA'ZIYA

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma azosi Go‘zal Matyoqubova — Go‘zaloy Solih qiziga opasi Muhayyo Matniyozovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Встреча узбекских и корейских мастеров пера в Союзе писателей Узбекистана

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TA'ZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi Ozoda Bekmurodovaga akasi Abduahad Bekmurod o‘g‘lining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oʻqituvchisining qadr-qimmati baland boʻlgan xalqning obroʻ-eʼtibori yuksak boʻladi.

Shavkat Mirziyoyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

KO‘KSIMDAGI TUMORIM VATAN

Isteʼdodli shoir, dramaturg, rejissyor O‘zbektosh To‘raxonli serqirra ijodkorlardan biridir. Uning shu kunga qadar bir necha kitoblari nashr etilgan. Pyesalari, ssenariylari asosida sahna asarlari qo‘yilgan, filmlar suratga olingan.
Qo‘lingizdagi moʻjaz jamlanma, yangi sheʼriy to‘plam barcha yoshdagi adabiyot muxlislariga manzur bo‘ladi, degan umidimiz bor.

Masʼul muharrir: Muhiddin Omon
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Maʼrifat ulashib" loyihasi asosida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda adiblar bilan bir qatorda institut mas‘ul xodimlari hamda faol talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Amir Xudoyberdi, Gulandom Tog‘ayeva va Alisher Boymurodov yoshlar bilan ijodiy muloqotga kirishdi. Keng davrada maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy hamda yurtimizdagi bugungi yangilanishlar xususida so‘z bordi. Sheʼrlar o‘qildi, fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida adiblar institutda yaratilgan sharoitlarni alohida e‘tirof etishdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustoz

Sizning taʼlimingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo sanʼatkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

Bitta xarf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan,
To‘lab bo‘larmikan bu qarzni alhol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/108770

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Zamon Avloniysi”

Hurmatli o‘qituvchi va ustozlarimizni nega aynan mana shu spektaklga taklif etdik?!

Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, matematika faniga ixtisoslashgan Qorakoʻl internat-maktabini ochishda jonbozlik koʻrsatgan To’xtamurod Jumayev haqida. U orqali biz sizga yana bir haqiqatni eslatmoqchimiz, davlatimiz rahbari aytganlaridek, barcha islohotlar, o‘zgarishlar kaliti ta’lim va tarbiyadir. Biz bunda sizlarga – fidoyi ustozlarga tayanamiz. Teatrda jam bo‘lgan o‘qituvchi va ustozlar orasida ham To’xtamurod Jumayevdek buyuk islohotchi, ta’lim jonkuyarlari chiqishiga umid qilaman.

Spektaklda To‘xtamurod Jumayevning maktab ochishdagi qiyinchiliklari va millat bolalari kelajagi uchun fidokorona mehnati hikoya qilinadi. Biz butun tomosha davomida voqealar ichida yashadik, ta’sirlandik va o‘ylaymanki, ustoz va o‘qituvchilarimiz tanlagan kasblari qanchalar mashaqqatli va qimmatli ekanligini angladilar.

Teatr ijodkorlariga ajoyib ijro va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman. Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha ustoz va o‘qituvchilarimizga “Zamon Avloniysi” spektaklini tomosha qilishni tavsiya qilaman.

@hilola_umarova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-va-koreya-ijodkorlarining-adabiy-muloqoti_641210

https://uza.uz/posts/641209

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak"

"Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir. Men sizlarni juda hurmat qilaman"

"O‘qituvchi kasbini jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi"Prezident

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Diqqat, tanlov!

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI,
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI,
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BUYICHA QO‘MITA


Islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, axloqiy komillik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida buyuk mutafakkir Imom Dorimiy va allomaning ilmiy merosi davomchilari haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar (elektron varianti bilan) kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan tartib bo‘yicha taqdim etilmagan asarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o‘qib, baholab boradi. G‘olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda kitob holida chop etiladi. Mualliflar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: badiiy_adabiyot@mail.ru

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Alisher Navoiy

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mahliyo Asqaraliyeva

"Qaqnus"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom 

1 oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Olmaliq shahridagi Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidov, Olmaliq shahar hokimligi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Nigora Sobirova ochib berdi. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchi talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.
Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidov o‘z nutqida ustoz-murabbiylarning bugungi jadal rivojlanib borayotgan jamiyatda tutgan yuksak o‘rni, ijodkorlikni o‘stirish, rivojlantirishdagi ulkan hisassi hamda komil shaxslar yetishtirishdagi mashaqqatli mehnatlarini eʼtirof etdi.
Tadbirda bir guruh pedagoglarga "Yurt iftixori" ko‘krak nishoni va tashakkurnomalar topshirildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Maqsud Shayxzoda O‘rta Osiyo davlat universitetida tahsil olayotgan paytda o‘qituvchilarga savollarni yozma tarzda bergan. Buning sababi quyidagi maqolada keltirib o‘tilgan:

👉 jadid-media.uz/amir-temur-avlodiman-xoh-bolsam-da-ozari

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Olimlik va odamiylik uyg‘un ustozlar

Dunyoda anglaganingiz sari bahosi tengsiz bo‘lib boradigan nomli va nomsiz boyliklar bor. Shunday boyliklardan birining nomi ustoz deb ataladi. Ular vaqt, imkon, naf, burch kabi umrning qiymatini belgilovchi omillarning sarlavhasi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3069

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari — Shodmon Sulaymon, Noriniso Qosimova hamda Bahor Xolbekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodkorlar ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi va talaba-yoshlar bilan birgalikda taʼlim dargohi bog‘iga daraxt ko‘chatlari ekishdi. Samimiy muloqotda ijodkorlar o‘zlarining hayoti va ijodi haqida talabalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir so‘nggida adiblar filialga biriktirilgan 11-sonli maktabdi ham bo‘lib, o‘quvchilar bilan adabiy suhbat o‘tkazdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustoz

Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk degan buyuk qoida
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.

Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

Erkin Vohidov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari taʼlim-tarbiya sohasining barcha xodimlari va vakillarini 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yana-da ko‘plab shogirdlarga ilm-maʼrifat ziyosini ulashishda tolmang, deymiz.
Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – xalqning, millatning noyob boyligi, ularning mashaqqatli, masʼuliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ustozga ehtirom

MUALLIM DEGANI - MILLAT DEGANI

Guliston davlat universiteti magistranti, "Yosh kitobxon" tanlovi g'olibi Yorqinjon Hayitboyev ham ustoz va murabbiylarlarni bayram munosabati bilan o'z ijodi bilan tabrikladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

Рresident.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал