Ustozga ehtirom
Aziz, ustozlar! 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni" barchangizga muborak bo‘lsin! Sizning kasbingiz igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ham faxrlidir. Mehnatingizni qadrlanishi, eʼtirof etilishi bejiz emas. Oftobdek kitobning zarrin nurlarini o‘quvchilarning qalblariga zargarona singdira oladigan yagona zargarlarsiz. Bu sharafli yo‘lda mashʼal nurli mayoqsizlar. Sizni qadrlash insoniy burchdir. Siz, har bir shogirdingizga ota kabi ulug‘, ona kabi mehribonsiz. Men ham bir ustoz sifatida shu yurtning ravnaqiga hissa qo‘shayotgan, Sizdek faxrli kasb egalari orasidaligimdan bag‘oyat baxtiyorman.
Muhabbat Axatova,
o‘qituvchi
Birlashish nuqtasi
TURKIY DUNYO YOSH SHOIRLARI BIRLASHDI
25-28-sentyabr kunlari Qozog‘istonda Turkiy dunyo yosh shoirlarining birinchi festivali bo‘lib o‘tdi.
TURKSOY, Almati hokimligi va bir qator hamkor tashkilotlar hamda qozoqning jonkuyar, fidoyi shoiri Murodxon Shoqan tashabbusi bilan Qozogʻiston Respublikasi Almati shahrida Turkiy dunyo yosh shoirlarining xalqaro sheʼriyat festivali oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston vakillari – Shuhrat Orif, Mansur Jumayev hamda Hulkar Sherzodova qatnashdi. Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan Irisgul Izzatova, Muhittin Gumush, Intiqam Yashar va boshqa ijodkorlar bir-birlarining ijodlari bilan tanishib, doʻstlashib, kelgusida yaqindan ijodiy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Yurtimiz vakillari bir umr esda qoladigan xalqaro festivalga oq yoʻl berib, qoʻllab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga alohida minnatdorlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi hamda soha vakillari bilan taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari yangidan tashkil etilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentabrdagi 40-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
➖ Nurislom TO‘XLIYEV:
"Turkiy meros va turizm"
➖ Ikrom ISKANDAR:
"Ustozlarga bag‘ishlov"
➖ Sherkon QODIRIY:
"Kitobga otilgan o‘q"
➖ Bahodir KARIM:
"Sharafli maqom"
➖ Fozil FARHOD:
"Hozirjavoblik namunasi"
➖ Muslimbek ALIJONOV:
"Moziy manzaralari"
➖ Mamatqul HAZRATQULOV:
"Bulbul tan bergan"
➖ Shahodat ULUGʻ:
"Meduza” soli"
➖ Abdulla QAHHOR:
"Uyat"
➖ Nozima HABIBULLAYEVA:
"Adibdan qolgan ertaklar manzili"
➖ Sayyora JABBORZODA:
"O‘zbekning piyolasi"
➖ Ahmadjon MELIBOYEV:
"Sohibjonga buyurgan sarlavha"
➖ Rustam JABBOROV:
"Amir Temur avlodiman xoh bo‘lsam-da ozari"
➖ Bahodir NURMUHAMMAD:
"Muallim Shakuriy iztiroblari"
➖ Gavhar NASRULLOH:
"Kattalar ibrati"
➖ Muyassar IBROHIMOVA:
"Psixologik kindik"
➖ Eshqobil SHUKUR:
"Lo‘killash yoki tuyayurish"
Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy
😀
30-sentyabr – Jaloliddin Rumiy tavallud topgan kun
1207-yilning 30-sentyabr kuni Vahsh (hozirgi Tojikiston) shahrida tug‘ilgan Jaloliddin o‘z asarlarini turli taxalluslar bilan imzolagan: “Balxiy” – tug‘ilgan yeri bo‘yicha, “Shams Tabriziy” – do‘sti va ma’naviy ustozi, ammo eng tanilgan taxallusi “Rumiy” – u va uning yaqinlari ikkinchi vatanini topgan mamlakat.
Rumiydan sheʼrlar devoni, "Makotib", "Ichindagi ichindadir" hamda "Masnaviyi maʼnaviy" kitoblari meros boʻlib qolgan.
Rumiy sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yer-u koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi.
😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
ABDUG'ANI ABDURAHMON XOTIRASI
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo'limi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda "Adabiy gurung" ko'rsatuvi tasvirga olinib kelinmoqda.
Shu kunga qadar o'nga yaqin uyushma a'zolari, shoir va yozuvchilar haqida ko'rsatuvlar tayyorlanib, televideniye orqali namoyish etildi. Ko'rsatuvning bu galgi soni yaqinda vafot etgan shoir, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdug'ani Abdurahmonov xotirasiga bag'ishlandi.
#reportaj
✅Toshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan adabiy-ma'rifiy tadbir tafsiloti videolavhada
👉BATAFSIL MA'LUMOT
👉tdau_rasmiy/vqDr_-ITmxH">FOTOGALEREYA
👉BATAFSIL SAYTDA
✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati
🌐WEB-SITE | 🌐TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 🌐TWITTER | 🌐TDAUrasmiy-gt1ev">YOUTUBE
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan "Nazm va navo kechasi"dan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, dramaturg Qo'chqor Norqobilning "Uydagi gap ko'chada" komediyasi Qoraqalpog‘iston MTRKda keng yoritildi.
Читать полностью…Yangi tarjima kitob
BO‘LGAN VOQEA
Qissalar, hikoyalar
Ushbu kitobdan ozarbayjonlik yozuvchi Gulqadam Mirzazoda qalamiga mansub qator asarlar tarjimasi o‘rin olgan. Ularda Vatanga muhabbat, oila qadriyatlari, turmush tashvishlari hamda jamiyatdagi ijtimoiy muammolar va unda ayolning taqdiri turfa qahramonlar obrazi orqali o‘ziga xos uslubda yoritilgan.
Kitobni ozar tilidan o‘zbek tiliga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira va tarjimon Dilorom Abdurahmon qizi o‘girdi.
Masʼul muharrir: Bayram Ali
Nashriyot: “NUBO NASHR”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ustozga ehtirom
DORILFUNUNIM
Ustoz Abdulla Oripovga
Bu ishq ayvonidir, bu dil ayvoni,
Men nurman, hattoki, nurdir kukunim.
Muhabbat so‘zlarning piri, sultoni,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.
Tuproqning qadrini qaydan bilgaylar,
Xayoli osmondan topganlar qo‘nim.
Sizga, saboqlarni qo‘msab kelgaylar,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.
Haq kalom tog‘ni ham qalqitib qo‘yar,
Sharqiroq anhorlar pokiza unim,
O‘zimni ko‘zimga balqitib qo‘yar,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.
Hayot mo‘’jizalar tortiq aylagay,
Muattar hislarga to‘lur botinim.
Intizor qalbimni so‘zga joylagay,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.
Shoh so‘zlarga butkul oshuftaman man,
Ishqu vafo ichra yonib betinim.
Angladim, eng ulug‘ so‘z erur Vatan,
Muhtaram ustozim – dorilfununim.
G‘ayrat Majid
🟦🟦🟦🟦
27-sentyabr – Rauf Parfi tavallud topgan kun
O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining Sho‘ralisoy qishlog‘ida dunyoga keldi.
Uning “Karvon yo‘li” (1969), “Aks-sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Ko‘zlar” (1977), “Qaytish” (1978), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1989) va “Tavba” kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘z qo‘li bilan tartib bergan “So‘nggi vido” (o‘limidan so‘ng, 2006-yili chop etilgan), “Hukmnoma” va “Iymon asiri” deb atalgan she’rlar, adabiy qayd, ixcham tadqiqotlardan iborat kitoblari yaqinlari va muxlislariga ma’lum.
Daryo mavjlariga yozilmish g‘azal,
Maysalar egilib o‘qiydir kitob.
Shodlanib xandalar otar bir lahza,
Bir lahza oh tortib qo‘yadir oftob.
Qamishlar shivirlar daryo tomonda,
Ko‘kda oq bulutlar kezar bemajol.
Bir tirik nafosat borliq, jahonda,
Kimgadir elanar, qilar iltijo.
Bu qadar go‘zallik qaysi ochunda,
Bu qaysi kitobdir, kimning daftari,
Kimning olamidir qilich uchinda?
Qaltirab porlaydir bir chiroq g‘arib,
Bir qushcha sayraydir ruhim ichinda,
Bir qushcha yig‘laydir meni axtarib.
Xushxabar
Jamoliddin Muslim — Moldova Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, “Ma’naviyat fidoyisi” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari sohibi Jamoliddin Muslim Moldova Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ldi.
Jamoliddin Muslim shu kunga qadar Sergey Maslabrod, Nina Avidon, Yelena Kovalki, Oksana Novak, Gennadiy Syeregorodsev, Yevgeniya Permyakova kabi Moldovaning taniqli shoir hamda yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga o‘girib, adabiyot ixlosmandlariga armug‘on etgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu e’tirof bilan muborakbod etib, uning ijodiy ishlariga ravnaq tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
SAMIMIY IJODIY UCHRASHUV
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hamda yosh ijodkorlar Zavqiddin Nasimov, Jo‘rabek Jahon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda qalamkashlar o‘z ijod namunalaridan aytishdi. Talabalar ham shoirlarning va o‘z she'rlaridan o‘qidi. Bir so‘z bilan aytganda, uchrashuv mushoiraga aylanib ketdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ENAXON SIDDIQOVA XOTIRASIGA EHTIROM XONASI OCHILDI
Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi binosida O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli arbob Enaxon Siddiqova xotirasiga ehtirom ramzi sifatidagi muzey xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Shohidbek Aslonov, Erkin Vohidov memorial muzeyi rahbari Mamlakatxon Haydarova hamda shoirlar, yozuvchilar, harbiylar, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
Shoiraning hayot va ijod yo‘li haqidagi ko‘rgazmali lavhalar, mualliflik kitoblari, bezakli eksponatlardan tashkil topgan mo‘jaz muzey mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Barchaning qalbida sog‘inch va hayajon hislari uyg‘ondi. Ustoz bosib o‘tgan shonli yillar, ezgu ishlari yodga olindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
#Ustoz
Farzandlarimiz, nihollarimizni qaysi shamollar qay tomonga egyapti, bundan xabardor boʻlishimiz kerak. Bu faqat ota-onaning emas, butun jamiyatning vazifasi.
“Ustoz” loyihasining navbatdagi ishtirokchisi – Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid.
⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
TAKLIFNOMA
1-oktyabr kuni soat 09:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Koreya ijodkorlari uchrashuvi o‘tkaziladi. Tadbirga barcha qiziquvchilarni chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maʼrifat ulashib
Mazkur loyiha doirasidagi tadbir Guliston davlat universitetida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Talabalar Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Gavhar Ibodullayeva Shodmon Sulaymon, Noriniso Qosimova bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvdan katta taassurot olishdi.
Ayniqsa, gulxan atrofidagi mushoira va dilbar qo‘shiqlar barchada unutilmas xotiralar qoldirdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘lim
Xotira
Xatirchi tumanidagi mahalla hovlisida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida shoira Bibisora Turobova ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Sadriddinov adibaning sheʼriyati, insoniy fazilatlari, sabr-matonati haqida so‘z yuritdi. Sheʼrilaridan namunalar o‘qildi. Shoiraning o‘zi o‘qigan 15-umumtaʼlim maktabiga uning nomini berish taklifi o‘rtaga tashlandi. Taʼlim maskani kutubxonasiga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi hamda Xatirchi tuman hokimligining sovg‘alari o‘quvchilar ixtiyoriga berildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan "Nazm va navo kechasi"dan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ayni paytda “Turkiston” sanʼat saroyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Nazm va navo kechasi" bo‘lib o‘tyapti. Fotograf Abdug‘ani Jumaning shoir ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rnazmasi tashkil etildi. Bahosiz suratlar.
Читать полностью…Maʼrifat ulashib
Kuni kecha Guliston davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ravshanbek Mahmudov ochib berdi. Ijodiy kechada shoirning hayoti va ijodi haqida so‘z bordi.
Yoshlar adib ijodidan namunalar o‘qidi.
#ma’rifat_ulashib
Adib va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 16-maktabda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov, Mengnor Ollomurodov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Dastlab ushbu maktablarda mehmon ijodkorlar, universitet mas’ullari va pedagoglar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar davomida adiblar tomonidan maktab o‘quvchilariga vatanparvarlik, adabiyot va ilmga muhabbat qo‘yish, katta marralar sari dadil harakat qilish, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir o‘quvchilar bilan muloqot shaklida davom etdi.
/t.me/Surxonadabiyoti
#Ma’rifat_ulashib
#Live
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda
Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetida yozuvchi va shoirlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tmoqda.
Unda ijodkorlar - Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov, Mengnor Ollomurodov ishtirok etmoqda.
/t.me/Surxonadabiyoti
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan "Ma'rifat ulashib" tadbiridan
ZAVQLI MUSHOIRA
Kecha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Onajonim, she'riyat” toʻgaragining bu mavsumdagi birinchi mashg‘uloti boʻlib oʻtdi. Unda bir guruh yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Bu kabi ijodiy davralar hech bir ijodkorni eʼtiborsiz qoldirmaydi.
Har chorshanba toʻgarak mashgʻulotlari davom etadi. Qiziquvchilarni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga chorlaymiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Mariya Zaxarova O‘zbekistondan kechirim so‘rasin!
Bu nimasi?! Rossiya tashqi Ishlar vazirligi vakili Zaxarova Toshkent maktablaridan biridagi voqea bo‘yicha tushuntirish so‘rabdi.
Bu hayot, gohida tushunmovchiliklar oqibatida ayrim shaxslar o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Qonun bor, tartib-intizom bor. Kerakli choralar albatta ko‘riladi. O‘zbekiston o‘zining muammolarini o‘zi hal qiladi. Aybdor jazosini oladi. Bu alohida masala.
Meni hayron qoldirgani, maktab O‘zbekistonda, o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham O‘zbekiston fuqarosi. Nega mustaqil bir davlatda bo‘lgan bir holat uchun Moskvaga tushuntirish berilishi kerak?!
Nima, ular haligacha O‘zbekistonni ham o‘zining guberniyasi deb hisoblamoqdami yo andishaning otini qo‘rqoq deb o‘ylashyaptimi? Bir necha rasmiy, norasmiy shaxslari suverenitetimizni shubhaga oldi, tariximizni kamsitdi, vazmin munosabat bildirdik. Migrantlarni bilgan ko‘yiga solyapti. Indamagan sayin borgan sari haddidan oshishyapti.
Bu O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashish va xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi ekani ochiq oydin ko‘rinib turibdi-ku!
Mariya Zaxarova bu gaplari uchun O‘zbekistondan kechirim so‘rasin! Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday hurmatsizlik uchun tushuntirish bersin!
Minhojiddin Mirzo,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari