Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Shoira Gulnoz Mo‘minova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3051
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | X
TAKLIFNOMA
2024-yil 25-sentyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon “Giperpoema” loyihasi a’zosi, jahon shoirlarining “Vsempoeziya” V-festivali ishtirokchisi, shoira, nosir va tarjimon, “Yurak yomg'iri”, “Ma’yus ko‘zlar” nomli kitoblar mualilifi Mahbuba Soqiyevaning yangi “Bir kaft tuproq” hamda rus tilidagi “Милый друг” kitoblari taqdimoti va “Men samo farzandi...” deb nomlangan adabiy-badiiy va ma’naviy-ma'rifiy kechaga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Yangi kitob
NAIM KARIMOV
Tanlangan asarlar
Ushbu to‘plamga olimning Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va Oybek hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan "Uch buyuk siymo" kitobi hamda O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi maʼrifiy-biografik romani kiritildi.
Atoqli olimning "Tanlangan asarlar"i kitobxonlar ommasi tomonidan qizg‘in kutib olinishiga ishonamiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Nashrga tayyorlovchilar: Shuhrat Rizayev, Jabbor Eshonqul
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati
😀
Erkin A’ZAM,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi:
Bir paytlar Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda ishlaganman. Endigina bozor iqtisodiyoti kirib kelayotgan o‘sha paytlarda “Hamkor” degan tahririyat bo‘lardi. Biz shunaqalarning kitobini chiqarib, birinchi sahifasiga yozib qo‘yardik: “Kitob muallifning o‘z hisobidan chop etilyapti”. Bu narsalar hozir yo‘q bo‘lib ketdi. Davra suhbatida turli fikrlar qatorida o‘z hisobidan chiqarayotganlar kitobining soni 200-300 tadan ortmasligi haqida gaplar bo‘ldi. Xo‘p, o‘n dona chiqarganda ham uning saviyasi past bo‘lishi kerakmi? Bu kitob borasidagi umumiy siyosatimizga, ma’naviyatga, adabiy didga zarba emasmi? Kitobi nechta chiqishidan qat’i nazar, bu odamning san’atga da’vosi bor. San’at esa mukammal, bekam-u ko‘st, faqat ma’naviy manfaatli bo‘lishi kerak.
Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Barot Isroyilning “Asriynoma yoxud Barotiynoma”, deb nomlangan kitobi taqdimoti “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligi
O‘ZBEKISTON
Muhammad Yusuf she'ri
Shoirning o‘zi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Adabiyot, ijod sari undadi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida shoira Gulandom Tog‘aevaning "Ishq handasasi" kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan “Ishq elining ovoziman” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan adabiy anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majidov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toyir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur, ”Shuhrat” medali sohibasi Zilola Xo‘janiyozova, “Do‘stlik” ordeni sohibi Shodmonqul Salom, jurnalist Uljamol Xonnaeva so‘zga chiqib, shoiraning ijodi, ilmiy-pedagogik va jurnalistik faoliyati xususida so‘zladi.
- Gulandom Tog‘aeva, o‘zining ilk ijod namunalaridayoq atrof olamni teran idrok etgan, - dedi Uljamol Xonnaeva. - Bolalik davridan boshlab gullar tabassumini ko‘ra oldi. Talabalik davridan ishq, oshiqlik , muhabbat haqida betakror misralarni bitgan.
Tadbirda mehmonlarga universitet rektori G‘ofurjon Muhammedov tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
ALISHER IBODINOV
Tanlangan asarlar
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi Alisher Ibodinov adabiyotga ilk bor o‘zining erk va ozodlik uchun kurash mavzusidagi "Quyosh ham olov" nomli hikoyasi (1979-yil) bilan kirib kelgan edi. U keyinchalik ham ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarini davom ettirib, ko‘plab badiiy, hujjatli asarlar yaratdi. Erksevar xalqimiz hurmat-eʼtiborini qozondi.
Azizlar, mana, yarim asrdan buyon adabiyotning turli janrlarida ijod qilib kelayotgan sevimli adibimizning ijodiy bisotidan saralab tartib berilgan yangi kitob nashr qilindi. Ishonamizki, undagi bitiklar sizga maroqli mutolaa onlarini taqdim etib, ko‘ngil mulkingizdan chuqur joy oladi.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.
Tahrir hayʼati: Sirojiddin Sayyid (hayʼat raisi), Ibrohim G‘afurov, Ahmadjon Meliboyev, Minhojiddin Mirzo, G‘ayrat Majid, Kengesboy Karimov, Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nurboy Jabborov, Shuhrat Rizayev
Masʼul muharrir: Orziqul Ergash
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i va mashʼalasi O‘zbekistonga topshirildi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/108155
Yangi kitob
XOJA ABDUXOLIQ G‘IJDUVONIY
Vatanimiz tarixida yuksak taʼlimot – tasavvufni rivojlantirgan allomalaru valiylar ko‘p o‘tgan. Jumladan, hozirgi davrda Buxoro shahri atroflarida yashab, “Xojagon” tariqatining yetti piri majmua ziyoratgohlari maʼlumu mashhur. Ushbu islomiy va falsafiy yo‘nalish insonning Yaratgan Zotga yaqinlashishi va natijada mazmunli, foydali hayot kechirishi qoidalarini bayon etadi. Ilk holatdagi tasavvufni yurtimizga alloma Xoja Yusuf Hamadoniy olib kelgan va targ‘ib qilgan. Uning o‘quvchilari orasida Xojai jahon deb sharaflangan Abduholiq G‘ijduvoniy bu yo‘lda yangi izlanishlar olib borib, “Xojagon” tariqatini yaratgan. Bu zot darajasi bo‘yicha avliyolar qutbi, yaʼni eng yuqori darajali hisoblanadi. U ilmu maʼrifatga, taʼlim-tarbiyaga katta ahamiyat bergan, insonlarni hamisha mehnat qilishga, dunyo va oxirat ishlarini barobar olib borishga undagan. “Dil ba yoru, dast ba kor”, yaʼni, “Qalbda Olloh bo‘lsin, qo‘l ishda bo‘lsin”, g‘oyasini ilgari surgan.
Xoja Abduholiq G‘ijduvoniyning hayoti va faoliyati juda qiziqarli kechgan. Shu sabab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ozod Moʻmin Xo‘janing bu ulug‘ alloma haqidagi asari bilan tanishish va unda keltirilgan g‘oyalarni o‘rganish har bir inson harakatlariga kuch-quvvat, to‘g‘ri yo‘llar tanlashga yordamu madadlar beradi, degan umiddamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Afsonaviy Sarmishsoy qoyatoshlariga ijodkorlarning qilgan sayohatidan suratlar.
Читать полностью…O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, marhum shoir Shoyim Shernazar nomidagi kutubxonaning ochilish marosimidan suratlar.
Читать полностью…NAVOIYDA ADABIYOT BAYRAMI
Shu yilning 19-20-sentyabr kunlari el suygan bir guruh ijodkorlar Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid boshchiligida Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan adabiyot bayramida ishtirok etdi.
Dastlab Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, faxriy jurnalist, publitsist, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Salima Umarova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir va ijodkorning to‘rt jilddan iborat kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, viloyat faollari va yosh ijodkorlar, talaba-yoshlar qatnashdi.
G‘ayrat Majid navoiylik ijodkorlar qurshovida Salima Umarovani qutlug‘ 70 yoshi bilan samimiy tabrikladi, Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyidning tabrigini o‘qib eshittirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Salim Ashur hamda Ashurali Jo‘rayev, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh, noshir Abdug‘affor Iskandarov, navoiyshunos olim Tohir Xo‘jayev Salima Umarovaning ijodi mahsuli bo‘lgan to‘rt jildlik “Saylanma” kitoblariga atroflicha baho berdi.
Navoiylik ijodkorlar faxri Salima Umarovaga Yozuvchilar uyushmasi hamda Navoiy viloyati hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tantanada ishtirok etgan shoirlarimiz o‘qigan sheʼrlarda, yangragan kuy va qo‘shiqlarda ona Vatanimiz, muqaddas Istiqlolimiz ulug‘landi.
Adabiyot bayramining davomi 20-sentyabr kuni Karmana tumanidagi “Do‘rmon” mahallasida davom etdi. Ertalabdan ijodkorlar ushbu mahallaga yig‘ildi. Mahalla binosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, marhum shoir Shoyim Shernazar nomidagi kutubxonaning ochilish marosimi, poytaxtdan kelgan shoir-yozuvchilar va navoiylik ijodkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. G‘ayrat Majid ushbu kutubxonaga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan 100 dona kitob sovg‘a qildi.
Shoir Shoyim Shernazar nomidagi kutubxona eshigi peshtoqiga “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi” peshlavhasi osib qo‘yildi. Zero, umri boqiy asarlar yaratib, millatimiz maʼnaviyatini o‘lmas kitoblari bilan boyitayotgan adiblarimizning umri ham boqiydir.
Adabiyot bayrami Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida davom etdi. Poytaxtdan kelgan adiblar bilan kechgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli o‘tdi.
Mazkur institutning rektori, iqtisod fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Muhiddin Kalonov mamlakatimiz rahbari tomonidan kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor zamirida yosh avlodga ulkan g‘amxo‘rlik namunasi mujassamligini alohida eʼtirof etdi.
Taniqli shoirlarimiz Vatanni ulug‘lovchi sheʼrlaridan o‘qidi. Tadbir talabalar ishtirokidagi mushoiraga aylanib ketdi.
Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan belgilangan rejaga ko‘ra Navbahor tumaniga yo‘l oldi.
Poytaxtlik va navoiylik shoirlarning osmonga o‘rlagan zavqli mushoiralari Oqtov tog‘ tizimiga tutashgan afsonaviy Sarmiysoy qoyatoshlari mangu qo‘nim topgan so‘lim daralar qo‘ynida davom etdi. Qoyatoshlarda aks etgan ulkan oftob, bedovlar sag‘rinida bir qo‘lida kamon, bir qo‘lida kaptarni ko‘tarib ketayotgan chavandozlar, cho‘qqilarda tasvirlangan burgutlar va arxarlar suvratlari shoirlarimizning qalbiga qayta va qayta zavq bergani ham rost.
Ha, Mustaqillik in’om etgan tinchlik evaziga kuch-qudrati tobora yuksalayotgan Yangi O‘zbekistonimizning har bir soniyasi sheʼru qo‘shiqlar bilan ulug‘lanishga arziydi.
Bahriddin Sadriddinov,
Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari
Navoiy – Karmana – Navbahor – Navoiy. 19-21-sentyabr 2024-yil
KITOB – BITMAS XAZINA
Kuzning salqin nafasi ufurib turgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskaniga kirib borar ekanmiz, uzun yo‘lning ikki chetiga qator joylashtirilgan “Bitmas xazina” kitob ko‘rgazma-yarmarkasi va bu rastalarga terilgan turli hajmdagi, turfa yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan rang-barang katta-kichik, moʻjaz kitoblarning betakror ranglar jilosi ko‘zni qamashtirdi. Maktab o‘quvchilari, talabalar, festival ishtirokchilari kitoblarni qiziqib tomosha qilishar, o‘zaro qizg‘in fikr almashishardi.
Tadbirning ochilish marosimidan so‘ng “Mualliflik huquqi va tarjima masalalari”ga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi.
➡️ Davomi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan
USTOZ
Muhabbat Ahatova she'ri
Uni muallifning o‘zi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ҳиндистон, Жанубий Корея, Мўғулистон, Германия, Исроил ва Европа Иттифоқи элчилари Президент Шавкат Мирзиёевга ишонч ёрлиқларини топширди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
E’LON!!!
She’r mashq qilasizmi? Ustozlardan badiiy mahorat sirlarini o‘rganmoqchimisiz? Unda bu e’lon faqat siz uchun!
Barcha yosh ijodkorlarga tanish boʻlgan “ONAJONIM SHE’RIYAT” toʻgaragining yangi mavsumi ochilmoqda.
Mashgʻulotlar haftaning har chorshanba kuni soat 15:00 dan boshlanadi.
Toʻgarak doirasida:
Ustoz ijodkorlardan mahorat darslari;
Qizgʻin mushoiralar;
Ijodiy muhokamalar;
Kitob mutolaasi;
Muzeylarga sayohat –
kabi qizgʻin jarayonlar iste’dodingizni charxlashda sizga yordam beradi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni telegramdagi @onajonim_sheriyat_rasmiy guruhida yoki +998909077722 raqamidan olishingiz mumkin.
Manzil: Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi Adiblar xiyoboni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
Moʻljal: metroning “Milliy bogʻ” bekati.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti “O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
https://youtu.be/Q6btGoSdM0o
"Oddiy muallim"
Muhammad Yusuf sheʼri
O‘zbekiston xalq shoiri
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolariga
Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi o‘rinni egallab, o‘zbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/108248
“Jadid” gazetasining 39-soni nashr etildi
Gazetaning ushbu sonida:
📌 “O‘tmish va kelajak tutashgan nuqtada”;
📌 “Mangulik shu’lasi”;
📌 “Qars ikki qo‘ldan... Qarz-chi?”;
📌 “Ma’rifatparvar muallimlar: Rahimiylar” kabi maqolalarni o‘qishingiz mumkin.
👉 Pdf
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Yangi kitob
TO‘POLONCHI ERKATOY
Andijonlik shoir va muallim Erkinjon Bo‘stoniyning ushbu qissasi maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan bo‘lib, u avtobiografik xarakterga ega. Аsarda to‘polonchi Erkatoy – Ozodbekning boshidan kechirgan turli-tuman sarguzashtlari maroq bilan hikoya qilinadi. Ushbu kitob yosh kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
Masʼul muharrir: Ikromjon Asliy-Andijoniy
Nashriyot: "Shafoat nur fayz"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Seul shahrida O'zbekiston va Janubiy Koreya shoirlari hamkorligida chop etilgan she'riy to'plamning taqdimoti bo'lib o'tdi
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Sarmishsoyda toshga o‘yilgan tasvirlar.
Читать полностью…Navoiy davlat pedagogika instituti taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida bo'lib o'tgan “She’riyat – ko‘ngil tarjimoni” adabiy-badiiy kechasidan suratlar.
Читать полностью…O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, publitsist, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Salima Umarova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir va ijodkorning to‘rt jilddan iborat kitoblari taqdimotidan suratlar.
Читать полностью…https://uza.uz/uz/posts/til-millat-ruhi_637720
Читать полностью…"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 21-sentyabr soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzoning "Yangi O‘zbekiston shabbodasi" sheʼri, uyushma aʼzosi Bekzod Shukurovning "Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini himoya qilishimiz, asrashimiz kerak" nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati