Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, uyushma aʼzosi Barot Isroilning “Asriynoma yoxud Barotiynoma”, deb nomlangan kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 18-sentabr kungi 37 (1412)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Shukur Qurbon, O‘ktam Mirzayor, Rustam Musurmon, Bahrom Akbarov, Muhabbat To‘xtashevaning sheʼr va hikoyalarini o‘qishingiz mumkin. Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haqida.
Читать полностью…Axborot 24 | Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi
#17sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Qutlov!
18-sentabr – qadrli va taniqli bolalar adibasi Yayra Sa’dullayeva tugʻilgan kun
Bolalarning sevimli yozuvchisi bugun 90 yoshga toʻldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, “Gulxan”, “Gʻuncha” jurnallari, “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharrirlari, tahririyat xodimlari Yayra Sa’dullayeva xonadonida boʻlib, u kishini muborak yosh bilan tabriklab, duolarini olib, maroqli suhbat qurib qaytishdi.
Yuqorida Yayra Sa’dullayevaning bolalar nashrlaridagi uzoq yillik faoliyatidan xotiralari jamlangan maqolani mutolaa qilishingiz mumkin.
KUZ MANZARALARI
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do‘stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, so‘ngsiz o‘ylarim.
Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
Abdulla Oripov
Sheʼriy lahza
“O‘zbekiston” radiokanali
“Samarqandimsan”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbirdan foto lavhalar.
Muallif–Ahmad To'ra.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbirdan foto lavhalar.
Muallif–Ahmad To'ra.
FARZANDIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN
"Samarqand kitob olami" majmuasida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida tadbir bo‘lib o'tdi. Unda shoir-yozuvchilar va mahalla faollari, farzandlari bilan ishtirok etishdi.
Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Xurshid Nurullayev, Zuhra Begim, shoirlar - Qurbonali Hasanov, E‘tibor Mahmudova, Gulandom Suvonova, Guli Nasimova, Parviza Rustamova va boshqalar kitob haqida fikr-mulohazalarini bildirib, she‘rlaridan namunalar o‘qidi.
Ijodkorlar tadbir yakunida farzandlari va nabiralariga kitoblar sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi
Yangi kitob
TOG‘DAGI YOLG‘IZ ODAM
Yozuvchi Normurod Norqobilovning "Tog‘dagi yolg‘iz odam" nomli mazkur to‘plamida "Ena bo‘ri", "Changalzor iti" kabi qissalar o‘rin olgan.
Muallif inson va taibat, sadoqat va muhabbat, mehr va jasorat singari hislarni qahramonlar obrazlari orqali mahorat bilan ochib bergan.
Muharrir: Baraka Boqiy
Nashriyot: “Ochun”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maʼrifatga yo‘g‘rilgan to‘plam taqdimoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, uyushma aʼzosi Barot Isroilning “Asriynoma yoxud Barotiynoma”, deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etgan tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov, uyushmaning Namangan viloyati bo‘limi boshlig‘i Ziyoviddin Mansur, tadbirkor Shavkatjon Komilov va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Shoirning ushbu yangi kitobiga umr bo‘yi o‘qib-o‘rganganlari, ko‘rgan-kechirganlarini jamlagan, – dedi Zuhriddin Isomiddinov. – Asar maʼrifatga yo‘g‘rilgan. Undan har bir o‘quvchi adiblarning ijodi haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
Qadimiy asarlarda, uzoq o‘tmishimizda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar, Turon mamlakatida birinchi va ikkinchi uyg‘onish davri vakillari va hikoya hamda uchinchi uyg‘onish davrining tamal toshini qo‘yish yo‘lida izlanayotgan fidoyi zamondoshlar haqida lavhalar hamda “Kundalik daftari”ga va “Hayotning zahmatlari – umrimning hikmatlari” daftariga qayd etilgan maʼlumotlar va so‘nggi yillarda yozilgan yangi asarlar asosida jamlanib, “Tanlangan asarlarning” beshinchi mazkur kitobi bunyod etildi.
Mazkur kitob “Voris-nashriyoti”da chop etilgan. Kitob 110 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, undan adiblarning hayoti va ijodi, sheʼrlar, g‘azallar o‘rin olgan.
Taqdimotda taniqli sanʼatkorlar – Hasan Rajabiy, Toshpo‘lat Matkarimov, Zohida Umarovaning adib sheʼrlariga bastalangan qo‘shiqlari jarang sochdi.
Zulayho Ahmadjonova
TAKLIFNOMA
20-sentabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida hajvchi adib, uyushma aʼzosi Habib Siddiqning “Saylanma” va “Nimkosa" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” nomli kitoblar taqdimoti
Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Oliy Majlis Senati aʼzosi Abdurahim Erkayev, uyushma aʼzosi Olmos Ahmedova, adabiyotshunos olim Doniyor Begimqulov, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, shoirning umr yo‘ldoshi Hanifa Mustafoyeva va boshqalar so‘zga chiqdi.
Taqdimotda Abdulla Oripovning ijodi, yangi kitoblarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Kechada shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, talabalar hamda sheʼriyat ixlosmandlari jam bo‘ldi.
Abdulla Oripov shaxsi yangi o‘zbek sheʼriyatida alohida maqomga ega. Shoir ilk sheʼrlari bilan poeziyaning chinakam vazifasini belgilashda, o‘quvchining badiiy tilini rivojlantirishda, adabiyotning haqiqiy maqsadini tayin etishda o‘ziga xosligini namoyon etdi.
– Abdulla akaning birinchi kitobi – "Mitti yulduz" bundan 59 yil avval nashrdan chiqqan edi, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Ustozimiz sheʼriyatining salobati adabiyotda yaratgan dorilfunundir.
Ijodkor badiiy adabiyotga kirib kelgan vaqtdagi vaziyatga qaramasdan qalbi buyurgan mavzuni yozishga jasorat topa oldi. Yangi o‘zbek sheʼriyatidagi soflik, badiiylik shoir ijodi taʼsirida yangilandi. Ayniqsa, shoir to‘rtliklarida falsafa, mantiq, o‘zbekning o‘zligi, oddiydek tuyulgan fikr quyuqligi, mazmunning favqulodda go‘zal shakldagi ifodasi o‘ziga xoslik kasb etadi. "Buyuk soddalik" kitobida ana shunday eng sara to‘rtliklar jam bo‘lgan. Unda shoirning badiiy niyati, o‘y-orzularini his etasiz.
– Ustozning "Buyuk soddalik" kitobidan o‘rin olgan to‘rtliklarda katta hayotiy falsafa aks etadi, – dedi Nurboy Jabborov. – Sheʼriyatidagi milliylik, Vatanni sevish, hayotiylik hissining uyg‘unligi katta ahamiyatga ega.
"Ummon bo‘yidagi o‘ylar" kitobi atoqli shoir Abdulla Oripovning Amerika Qo‘shma Shtatlarida bitgan falsafiy mushohadalari, yurt sog‘inchi va hayratdan iborat bo‘lgan benazir satrlari majumasidir. Unda shoirning musofirlikda, Vatandan yiroqda his etgan hissiyotlari olamiga olib kirsa ajabmas.
Ushbu kitoblar Xanifa Mustafoyeva va Mavluda Oripova tomonidan to‘plangan, "Invest book" nashriyotida chop etilgan.
Taqdimotda shoirning sheʼrlari, g‘azallaridan parchalar o‘qildi. Yig‘ilganlarga yangi kitoblari ulashildi.
Zulayho Ahmadjonova
Maxsus reportaj | Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
#18sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Taklifnoma
19-sentabr kuni soat 11:00da Yozuvchilar uyushmasida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, uyushma aʼzosi Barot Isroilning “Asriynoma yoxud Barotiynoma” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yayra Saʼdullayeva "Tong yulduzi" sahifalarida!
Читать полностью…😀
SHE’RIYATIMIZNING ONAGULI EDI
Munavvara USMONOVA
O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova ko‘nglida tiriklik qo‘ng‘iroqlari, shamollar poyiga bosh urib yig‘lasa ham, gullar yo‘llariga bor yaprog‘ini sochib yuborsa ham to‘xtamay oqayotgan daryoga o‘xshardi.
She’riy konsert davom etadi!
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.
• Dastur qahramoni: “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul SALOM
• Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV
📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 20-sentabr (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.
Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/BJeQBMhLreJXnHj29
BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!
Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbirdan foto lavhalar.
Muallif–Ahmad To'ra.
Ikki buyuk adib yodi
Bugun Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligi hamda mohir tarjimon va adabiyotshunos olima Kibriyo Qahhorova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Abdulla Qahhor mohir hikoyanavis” nomli adabiy, ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Yozuvchilar uyushmasi vakillari, ijodkorlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘qituvchi-pedagoglari, talabalar ishtirokida adib haykali poyiga gulchambar qo‘yildi. Davrani Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Hanifa Mustafoyeva va boshqalar so‘zga chiqdi.
Shundan so‘ng tadbir Abdulla Qahhor uy-muzeyida davom etdi.
– Abdulla Qahhor o‘z ijodida haqiqat, adolat, maʼnaviy qadriyatlar tarannumini o‘zligi bilan bog‘liq jihat-mezonlariga hamisha sodiq qolgan ijodkor, – dedi Minhojiddin Mirzo. – Adibning adabiy iboralari, yozgan asarlari ijod olamidagi har bir ijodkorga katta maktab vazifasini o‘taydi.
Abdulla Qahhor hamda Kibriyo Qahhorovaning ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Xotiralar yodga olindi. Ularning adabiy merosini yoshlar chuqur o‘rganishi va keng targ‘ib qilish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, ikki adibning hayoti va ijod yo‘llari aks ettirilgan “Chorak asr hamnafas” kitobining uchinchi nashri taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda Kibriyo Qahhorovaning adib bilan o‘tkazgan 25 yillik hayotining eng sohir lahzalari haqida hikoya qilinadi. Yig‘ilganlarga ushbu kitob sovg‘a qilindi. Sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar jarang sochdi.
Zulayho Ahmadjonova
TAKLIFNOMA
18-sentabr kuni soat 16:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Qahramoni
HAMIDULLA BOLTABOYEV – ADABIYOT MUHIBI, USTOZ VA SHOGIRD – YALAKAT MAG‘IZ
XX asrning 70-yillarida ilk tanishganimizda Hamidulla Boltaboyev tiyrak yigit edi. U o‘qigan kitoblari, ularning “sir-sinoatlari”ni tez ilg‘ab olar, kitobni yaxlit (bir butun) tasavvur qilar, aniq, biyron so‘zlar bilan hikoya qilib berar, xorijiy tillarni ham qiynalmasdan, zo‘riqmasdan qisqa vaqt ichida o‘rganib olardi. Universitetdoshlari uning xotirasiga hayron qolardilar. Unda adabiyot ilmi – adabiyotshunoslikni bilish va tushunish uchun tabiiy tug‘ma xususiyatlar mujassamlashgandek ko‘rinardi. Sanʼatning murakkab hodisalarini tez “chaqardi”. Men Hamidulladagi tabiiy tiyraklik bilish, o‘rganish jarayonlariga, ularning qirralari tabiiy charxlanib borishiga kuchli taʼsir etsa kerak, deb o‘ylardim.
Batafsil
Батафсил
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo – Germaniya" ikkinchi sammitidagi nutqi
2024-yil 17-sentabr, Ostona sh.
Batafsil
Батафсил
Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
MAKTAB OCHGAN BIRINCHI JADID
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi va Jomboy tuman hokimligi hamkorligida jadidchilik harakatining yirik namoyondasi – Saidahmad Siddiqiy-Ajziy tavalludining 160 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Jomboy tumanida keng jamoatchilik ishtirokida “Saidahmad Siddiqiy-Ajziy va uning adabiy merosi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir tumandagi muqaddas qadamjo – Imom Shamsulayimma Abdullaziz ibn Ahmad – Holvoyi maqbarasi ziyorati bilan boshlandi. Islom tarixi bo‘yicha mutaxassis, “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar Ahmedov qishloqning ming yillik tarixi, unda yetishib chiqqan allomalar haqida so‘z yuritdi.
Anjuman Ajziy tomonidan shu qishloqda 120 yil avval Markaziy Osiyodagi ilk va zamonaviy, 1903-yilda barpo etilgan maktabda davom etdi. Adabiyotshunos olimlar, taniqli shoir va yozuvchilar buyuk allomaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey faoliyati bilan tanishdi.
Tuman markazidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabida tashkil etilgan anjumanda filologiya fanlari doktorlari - Dilorom Salohiy, Mahkamoy Tursunova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar- Mamatqul Hazratqulov, Farmon Toshev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov va Ajziyshunos olimlar - Sirojiddin Xo‘jaqulov, Nabijon Haqqulov, shoir Yormamat Rustamov jadidchi maʼrifatparvarning hayot va ijod yo‘li, ibrat maktabi haqida batafsil gapirib berdi. Jadid bobomizning kelajak avlodga qoldirgan boy merosi ilmiy tahlil qilindi. "Saidahmad-Siddiqiy Ajziy bobomiz jomboyliklar qalbiga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi, – dedi tuman hokimi Qayum Sobirov. – Shu bilan birgalikda hazratning xizmatlari oldida o‘zimizni maʼnaviy qarzdor his qilamiz. Joriy yil ulug‘ bobomiz tavalludlariga 160 yil to‘lmoqda. Mazkur anjuman ana shu burchimizni oz bo‘lsa-da bajarish, u kishining ilmiy-adabiy merosini chuqurroq o‘rganish, farzandlarimizga o‘rgatish yo‘lidagi kichik qadamdir."
Anjuman ishtirokchilari mahalladagi qadimiy tarix guvohi bo‘lgan 1250 yillik chinor soyasida maʼrifat, ijod haqida aholi vakillari bilan maroqli suhbat qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi