yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4628

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

HURLIKDAN HALOVAT TOPGAN BU YURAK

Ufq ham qizarib, gulgun tong otdi,
Quyosh shitob bilan kelmoqda qaytib.
Oqshom o‘tganini vaqt ham unutdi,
Nur kezar atrofda qo‘shiqlar aytib.

Kengliklar yastangan mas'um, xokisor,
Oshiqar ziyoga tutib ko‘ksini.
Borliq turfalanib bormoqda oshkor,
Osmon shabnamlarda ko‘rar aksini.

Gullar topgan kabi o‘z makonini,
Kulgichi barq urar yanoqlarida.
Boshiga ko‘tarib qushlar inini,
Polapon ovozi yangrar barida...

Yer-u ko‘k oralab goho zavq toshar,
Goho shavq tizginin eplolmay halak.
Jilg‘alar toshlarga urilib shoshar,
To‘sh urib yelpinar unga sinchalak.

Ana g‘o‘zalarning bo‘yi cho‘zilib,
Ko‘k sari intilib yozmoqda qanot.
Quchog‘ida mitti gulchalar ilib,
Egatlar ichida kezadi hayot.

Boshoqlar to‘lishgan – ta'zimda bug‘doy,
Iliq taft bag‘rida ulg‘ayar rizq-ro‘z.
Bu kunga yetguncha dehqon – hotamtoy,
Qancha zahmat chekdi kecha-yu kunduz…

Choshlanar bu yerda hademay xirmon,
Mehnat-u mashaqqat aylar sarhisob.
Insonga berilgan bu ulug‘ imkon,
Umr kitobini bezar bobma-bob.

Kenglikka tikilib boqar binolar,
Boshlari go‘yoki ko‘kka yetgudek.
Sudralgan bulutlar to‘xtab sin solar,
Yuzidan bo‘salar olib ketgudek...

Shu'lalar toshadi qilgancha jilva,
Dunyo go‘zalligi tomchida ayon.
Hayajon ulashib hapriqqan dilga,
Yetaklab boradi ezgulik tomon.

O‘zlikni o‘ylagan vijdonlar uyg‘oq,
Qaddini ko‘tarib borar nomus-or.
Yurt esa oboddir, el-ulus quvnoq,
Intilmoq davridir, boshqasi bekor!

Ammo chekinmoq yo‘q, chekinmoq nadir,
Chumchuqdan qo‘rqqanlar tariq ekarmi?
Shijoat baxsh etsa qanoat, sabr,
Asli sher bo‘lganlar bo‘yin egarmi?!

Qiyoski, ota bor uyda farog‘at,
Egali har yerning bahori bordir.
Bu yurtga jon tikkan fidolar faqat,
Ertani nurafshon etmoqqa qodir!

Bir lahza tin bilmas, olg‘a intilar,
Dovondan dovonga tikkancha ko‘zni.
Yorug‘ kun kelishin chin qalbdan bilar,
Axir shu maqsadga chog‘lagan o‘zni.

G‘alvali dunyoda ko‘p erur o‘yin,
Osonmas asramoq Vatanni axir.
Girdoblar ichida bo‘lsa-da qiyin,
Ul oqil elparvar g‘olib baribir...

Hurlikdan halovat topgan bu yurak,
Borar umidlarni asrab-avaylab.
U xalqning ichida girdikapalak,
Yurar yurt ishqini qalblarga joylab.

Mehr-u muhabbatdan jo‘shar begumon,
Goh matonat, goho sabot bo‘lar u.
Yuksak parvozlarga undab har zamon,
Navqiron avlodga qanot bo‘lar u.

Oldinga talpinar tolmas shijoat,
Erta-kech millatning g‘amin yeydi u.
Odamlar shod bo‘lsa, topadi rohat,
Mudom xalq dardini dardim, deydi u.

Shonli karvonlarning sarboni yanglig‘,
Toliqmas, horimas, yo‘l tortar ravon.
Oydin niyatlarning davroni yanglig‘,
Elni boshlab borar hur manzil tomon.

Umid chechak otgay har dil qa'rida,
Ko‘zlarda quvonchning otashi yongay.
Eldoshin ko‘tarib yelkalarida,
Oqillar hamisha xalqqa suyangay.

Tonglarni uyg‘otar ezgu xushxabar,
Odamlar ko‘ngliga joylar so‘zini.
Jonin nisor etgan ul zot mo‘'tabar,
Baxshida aylamish elga o‘zini.

Bugun ilm-u irfon bog‘i ko‘rk ochgan,
Tan oladi hatto bu jahon ahli.
Xalqning xizmatiga yugurgan, shoshgan,
Ul elparvar inson sharafga haqli.

Tashabbus, g‘oyalar dilda jamuljam,
Bobolar ruhini shod etgay har kun.
Bunchalar betakror kuch-g‘ayrat, chidam,
Borlig‘in bag‘ishlab ishlaydi butun.

Xalqning qudrati ham unga zo‘r tayanch,
Bunyodkor shashtiga yo‘qdir hech qiyos.
Uning zakovati bebaho bir ganj,
Bu ko‘hna olamda buyukligi rost.

Niyatim shul mening, orzu, ahdim but,
Mudom yashna yurtim, mudom ko‘rkli bo‘l.
Eldoshim, sen uning qo‘llaridan tut,
Toki muqaddas va sharafli bu yo‘l!

Toki xotirjamlik ne'mat atalsa,
Toki qadrlasa uni dun, bashar.
Tillardan umrbod tinchlik taralsa,
Bu Vatan yana ming, million yil yashar.

Dillarga ziyoli damni naqsh etgan,
Uni aziz bilmoq shavkatdir, shondir.
Bizga shunday baxtli tole baxsh etgan,
Jonajon shu zamin — O‘zbekistondir!

O‘tkir Rahmat

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Istiqlol tabriklari

“O‘zbekiston” radiokanali

Farog‘at Xudoyqulova,
“Shuhrat” medali sohibasi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://xabar.uz/uz/ygps

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiada ilhomlari

VATANGA AYLANGAN TERAN TOMIRLAR

Nogoh ilhom do‘ndi tilsiz yurakka,
Nogoh ko‘ksim silab sabolar yeldi.
Shaxd o‘sdi, kuch to‘ldi yana bilakka,
Shabnam qarog‘imni sog‘inib keldi.
Bor bo‘ling, boridan kom qilganlarim,
O‘zida qudratni jam qilganlarim.

Netay, madhingizni bo‘lmas kuylamay,
Yoshingiz aritar qo‘l bo‘lsam, deyman.
Ko‘zingiz o‘rnida ko‘z bo‘lmoqqa shay,
Qutlug‘ qoningizga yo‘l bo‘lsam, deyman.
Bor bo‘ling, ko‘ngilni uyg‘otganlarim –
Shoirdek rizqi but, yuragi yarim.

O‘zni yengmoq – asli o‘zni tanimoq,
O‘zin anglaganning fitrati – hokim...
Kimningdir oyog‘in og‘ritgan yantoq
Sizning ko‘ksingizni tilgandir balkim...
Bor bo‘ling, g‘ururni tug‘ etganlarim,
Qalbdagi g‘uborni yo‘q etganlarim.

Mangu muzaffarsiz, g‘olibsiz, haqsiz,
Ibratsiz idrokdan sarmast har tanga.
Ulug‘larga monand avlodsiz shaksiz,
So‘nmas irodangiz o‘xshar Vatanga.
Or bilan dunyoni mot qilganlarim,
Ajdodlar ruhini shod qilganlarim.

Suhrob Hamroyev

Husniddin Ato fotosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

QARO KO‘ZLARINGDA VATAN-SHONING BOR!

Ochiq bo‘lsa hamki, yorab, ko‘zimiz,
Yo‘ldan adashamiz nogoh o‘zimiz,
Nadomatga do‘nar keyin so‘zimiz,
Sen bizga ko‘rishni o‘rgat, Asila!

Garchi ko‘zlaringni to‘sgandir devor,
Garchi zulmat ichra yashaydi diydor,
Yo‘lingdan adashmay yugurding, zinhor
Yiqilmay yurishni o‘rgat, Asila!

Bayroqni ko‘rmasdan yig‘lay olganim,
Diliga quyoshni, ko‘kni solganim,
Ayon bo‘ldi sendan ortda qolganim,
Iftixor tuyishni o‘rgat, Asila!

Sharafdir el uchun tuyolsang og‘riq,
Ne baxtdir, dilingni etolsang tortiq,
O‘zimdan, borimdan, jonimdan ortiq
Elimni suyishni o‘rgat, Asila!

Beg‘amlik-dunyoning bo‘g‘zidagi dor,
Jaholat in qurgan yurakdir bemor,
Ko‘zi ochiqlarga takror va takror
Millat deb kuyishni o‘rgat, Asila!

Olimp kitobida oltin noming bor,
Qaro ko‘zlaringda Vatan-shoning bor,
O‘zbekiston degan aziz joning bor,
Vatan deb turishni o‘rgat, Asila!

Sayyora Samandar

Husniddin Ato fotolari

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

UYG‘OQ YURAKDAGI ARSLON

Asila Mirzayorovaga


Quvvat olib ona zamin bagʻridan
Falakda yoʻlchi bir yulduz uchadi.
Uygʻoq yuragida arslon dami bor
Togʻdayin koʻksimdan jayron uchadi.

Uchqur oʻylaringga solmagin tizgin,
Sharqdan Gʻarbga qoʻngan gulgun kamalak.
Gʻoliblik suratin havoga chizding,
Oftob nurlaridek zarrin ey malak.

Qalbingda joʻshadi ulugʻvor tugʻyon,
Mitti vujudingda ulkan bir yurak.
Yugurding – gumburlar koʻksimda osmon,
Farangda chaqindek hatlading chorak.

Qarshi choʻllarida ungan rayhonim,
Xushboʻy mujdalaring sarafroz etdi.
Alpinbiy yoyidan uchgan paykonim,
Olimp choʻqqisini bexato tutding.

Parvozi yuksak – ey Qaldirgʻoch singlim,
Alpomish ogʻanglar seni olqishlar.
Muzaffar shukuhdan oʻsmoqda koʻnglim,
Hamrohing kaftimdan uchgan oqqushlar.

Asil farzandisan daholar yurtin,
Qarogʻlar sevinchga chulgʻanib ketdi.
Koʻzlari ravshanu uxlab yotganlar,
Qadaming zarbidan uygʻonib ketdi.

Dilafroʻz Choriyeva

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” nomli xotira kechasi "O‘zbekiston tarixi" telekanalida keng yoritildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SAYLANMA

Ushbu to‘plamga Shafoat Rahmatullo Termiziyning sara asarlari jamlangan. Shoir o‘z ijodida Vatanni, hayotni, inson qalbini tarannum etgan.
Bu kitob qalbingizda nurli taassurotlar qoldiradi degan umiddamiz.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Masʼul muharrir: Mengnor Ollomurodov
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri


G‘OLIBLAR QASIDASI

Paralimpiya chempionlariga. Parij – 2024


Ey, yurtimning yot ellarda
g‘olib kelgan dilbandlari,
Parijni ham dast ko‘tarib
olib kelgan dilbandlari.

Men salgina shoirona
mahobatga izn berdim,
Jahon kurash maydoniga
sizday o‘g‘il-qizim berdim.

Neki desam yarashgaydir
bugun sizning shaʼningizga,
Vatan shaʼni turar axir har
jahdu, har jangingizda.

Farangiston faranglarin
lol aylagan lolalarim,
Ey siz, mehrim tolalarim,
ey siz, mening bolalarim.

Men ham sizning ortingizdan
sheʼrlar aytib chopay deyman,
Bu dunyoning kam-ko‘stlarin
sheʼrim bilan yopay deyman.

G‘olib bo‘lmoq bizning tomir
qonimizda anʼanadir,
Yoshlik o‘zi kurash erur,
yoshlik o‘zi tantanadir.

Mayli dunyo, oqu qora
kuchlar ikki taraf bo‘lsin,
Yurt shaʼnini ko‘targuvchi
farzandlarga sharaf bo‘lsin!

Uylarimdan uchirmalar
bo‘lib ketgan o‘g‘il-qizim,
Mening yorug‘ yuzim, mening
bu dunyoda qolar izim.

Shu navqiron, sinovlarga
to‘lug‘ shu yosh boshingizda,
Taqdir o‘zi notavonu
nochor qolmish qoshingizda.

Ey yoronlar, men sevinchning
oliy damlarini ko‘rdim:
Ko‘zlariga yosh qalqigan
davlat rahbarini ko‘rdim.

Qizimdirsiz, bolamdirsiz,
ona taraf, ota taraf,
Millat yukin millat bo‘lib
tortganlarga bo‘lsin sharaf!

Dilbandlari Vatanim deb
or talashsa yot ellarda,
Oru nomus, Vatan nomi
jo‘sh urgay millyon dillarda.

Men ham endi har satrimni
zarbingizga moslab qo‘shay,
Bor sheʼrimni poyingizga
poyandozlar qilib to‘shay.

Siznikidir shu jonajon
yangi bog‘u yangi bo‘ston,
Shu onajon O‘zbekiston,
shu otajon O‘zbekiston!

Qizimdirsiz, bolamdirsiz,
ona taraf, ota taraf,
Millat yukin millat bo‘lib
tortganlarga bo‘lsin sharaf!

3, 5.09.2024

Husniddin Ato fotosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan "Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi" nomli tadbir efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Mahmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ayol baxti

AYOL MADHI

Dunyoga keltirding – onamsan,
Men uchun tengi yo‘q olamsan.
Yoritding hamisha yo‘limni,
Sevikli qizimsan – bolamsan.

Bormikan sendayin iboli,
O‘zbekning farishta ayoli.
Temurbek yonida Bibixon,
Poyingga sochildi kahkashon.

Gohida anordek ezilding,
Uvaysiy qalbiday bag‘ring qon.
Husningdir goh umring zavoli,
O‘zbekning farishta ayoli.

Momosan, Atoda haqqing bor,
Bu go‘zal dunyoda haqqing bor.
Yurtim deb jangga ham kirgan sen,
Yod etsa, duoda haqqing bor.

Ot surding To‘maris misoli,
O‘zbekning farishta ayoli.
Sen ozod zamonga yetishding,
Hur, obod davronga yetishding.

Farzandlar yulduzdek parvona,
Ming yillik armonga yetishding.
O‘zingsan Vatanning jamoli,
O‘zbekning farishta ayoli.

Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sherzod Namozov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Para dzyudochilarimiz ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun qimmatli medallarni taqdim qilishni boshlashdi. J2 klassida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz finalda gruziyalik Zurab Zurabyanini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi. Bu Namozov uchun Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionlik.

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

PARALIMPIYA G‘OLIBLARIGA

Bir nur kesib o‘tdi osmonni tunda,
Shuʼlami, chaqmoqmi, yulduz uchdimi?
Bezovta titradi yuragim shunda,
O‘rnidan yulduzdek u ham ko‘chdimi?

Yo‘q, farang yurtidan keldi o‘sha nur,
Dunyo o‘zbeklarning shiddatin ko‘rdi.
Ustasifaranglar jam bo‘lgan joyda,
Alplarim yulduzni benarvon urdi.

Axir, qanday bedor bo‘lmaslik mumkin,
Ko‘kda hilpirasa Vatan bayrog‘i.
Oltinu kumushlar keltirsa shunday,
Bugun topilgaymi bizdan boyrog‘i?

Bir nur kesib o‘tdi tunda osmonni,
Bu ne shuʼla – chaqmoq yo yulduz uchdi...
Bunday hayajonga chidash osonmi,
Yurak joyidamas, u qayga ko‘chdi?!

Muhammad Siddiq Rahmatov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SEVGI SO‘ZLARI

Muallif: Temur Xo‘ja o‘g‘li
Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek


O‘znekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қирғиз Республикасининг маданият ва санъат соҳалари вакилларидан бир гуруҳига фахрий унвонлар бериш тўғрисида"ги Фармони

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etishdi

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/107107

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

MAHOBAT SOHIBLARI        


Jussasiga dunyo hayron,
Yuraklarni etdi vayron,
Siz epchilsiz, misli jayron,
Оfarin, yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.

Siz hech kimdan kam emassiz,
Mag‘rur, boshi ham emassiz,
Ko‘zlari hech nam emassiz,
Chin nafosat mohiblari,
Siz mahobat sohiblari.

Qalbingizda quyosh yonar,
O‘zbekiston va Shosh yonar,
Tilga kirib goh tosh yonar,
Zafardandir zavqning bari.
Siz mahobat sohiblari,

Oy yarimta emas, butun,
Yarimtaman demas bu kun,
To‘linimsan, kammas bu kun,
Muzaffar yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.

Nomlarini sanamasmen,
Gar sevmasam, odammasmen,
G‘alabangdan men ham mastmen,
Elning go‘zal yoqublari,
Siz mahobat sohiblari.

Jussasida buyuklik bor,
Alpomishu Barchinlar yor,
Yarashadi endi alyor,
Muzaffar yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.

Qudratingiz mahobatli,
El ichinda saodatli,
Zo‘r ish bo‘ldi adolatli,
Alpomishning toliblari,
Yashang, yurtim g‘oliblari!

 Ashurali Boymurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

BIRLASHUV NUQTASI

Ko‘kda yulduz uchdi, nedir bo‘lindi,
Shunda zulmat osmon birdan yorishdi.
Oyning yarmi qora, yarmi to‘lindir,
Dard, sevinch ko‘z yoshi yerda qorishdi.

Topish – yo‘qotishdir, yo‘qotish – topish,
Ne yo‘qotdik bari topildi bugun.
Elga esh bo‘lyapti har xayrli ish,
Yurakda qolmadi hech qanday tugun.

Yurtimning dovrug‘i ochunga ketdi,
Bizni unutmaydi Pariji azim.
Milyonlab yuraklar Olimpga yetdi,
Xalqni birlashtirgan mardlarga taʼzim.

Fozil Farhod

Husniddin Ato fotosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

ChEMPIONDIR ASADBEK

Alp qomatli jasur er,
Bekobodda asil sher,
Hamma endi shunday der:
Chempiondir Asadbek!

Yutuqlari bo‘lsin mo‘l,
Duodadir ikki qo‘l,
Shundan ochiq har bir yo‘l,
Chempiondir Asadbek!

Yurt obro‘sin etib yod,
Raqibini qilib mot,
Ko‘ngillarni aylab shod,
Chempiondir Asadbek!

Zarbasi kuchli, jadal,
Ko‘ksida oltin medal,
Sabriga bo‘ldi badal,
Chempiondir Asadbek!

Otasiga gulpayvand,
Onasiga dilpayvand,
Xalqi uchun chin farzand,
Chempiondir Asadbek!

Munira Sulton

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

MEN BUXORO GAZLISIDAN

O‘zbekiston iftixori Sherzod Nomozovning aytimlari

Eyfel minoridan baland,
Yurtim chinoridan baland,
Yigitlik oridir baland,
Men Buxoro Gazlisidan.

Oltinlarim qator, qator,
Yuragimga quyosh botar,
Meni oriyat uyg‘otar,
Men Buxoro Gazlisidan.

Paraolimp shohsupasin,
Titratadi, qadam sasim,
Yana berdim, dyuzdo darsin,
Men Buxoro Gazlisidan.

Ko‘zga boqma, oqsoch dunyo,
Menga mehr sochgan dunyo,
Qalb ko‘zimni ochgan dunyo,
Men Buxoro gazlisidan.

Har tong esar yellar turfa,
Bu dunyoda ellar turfa,
Uzatilgan qo‘llar turfa,
Men Buxoro Gazlisidan.

Kuzatadi sharif shahar,
Dunyoda eng zarif shahar,
Minorali taʼrif shahar,
Jon Buxorom Gazlisidan.

Mustaqillik farzandiman,
Ona yurtim dilbandiman,
Otam kabi bir tantiman,
Men Buxoro Gazlisidan

O‘ttiz ikki tishman bugun,
Shuncha yozu qishman bugun,
Taʼzimda do‘st, dushman bugun,
Men Buxoro Gazlisidan.

Vatan, rahmat, imkon uchun,
Taʼlim, rag‘bat va shon uchun,
Tinchlik, tiniq osmon uchun,
Men Buxoro Gazlisidan.

Bayroq tutgan qo‘lim baland,
Bayrog‘imdan ko‘ksim baland,
Vatan senga mehrim baland,
Men Buxoro Gazlisidan.

Ko‘zlarimning nuri Vatan,
G‘alabamning qo‘ri Vatan,
Doim bo‘lay zo‘ring Vatan,
Men Buxoro Gazlisidan.

Dilbar Haydarova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

YURT ORI

Paralimpiya o‘yinlarining chempion qizlariga

Aslzoda epchil qizlar
Jahonlarga dong taratdi.
Nurdek toza yuragida
Bir musaffo tong yaratdi.

Olis Parij tuprog‘ida
Yurt orin saqladi ular.
Bellashuvda Ona Vatan
Ishonchin oqladi ular. 

Hay-yo hayt, deb maydon uzra
Chopqirlardan g‘olib keldi.
Kichikkina jussasida
Yurtga sharaf olib keldi.

Qizin “Ona qizim” – degan
Ota yurtning chopqir qizi.
Uzoqni ham ko‘ra bilgan
Zehni o‘tkir, topqir qizi.

Ko‘zlaringda nur taratdi
Bamisoli oftobiston.
Ko‘z yoshidan gullab ketdi,
Gulzor bo‘ldi O‘zbekiston.

Ko‘rsatdi o‘zbekning kuchin,
Ochiq bo‘lur doim yo‘li.
Xalqimizning baxti uchun
Baland kelaversin qo‘li!

Zumrad Masharipova,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

UMID

Parij – 2024 Paralimpiya o‘yinlari brnza medali sohibi Uchqun Quranboyevga


Qo‘li ochiq hayot, o‘zin tushinganga,
Yashash kerak oltin umid, ilinj bilan.
Xudo berar ixlos bilan intilganga,
Gohi oltin, gohi kumush, birinj bilan.

Ishonaman, uchqun bir kun olov bo‘lar,
Alpomishdek taralgaydir ovozasi.
Qo‘llarida hilpiragan yalov bo‘lar,
Ertan oltin bo‘lar uning bronzasi.

G‘ayrat Majid

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

Rustam Musurmon,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri

MUZAFFAR INSON


Paralimpiya chempioni Asila Mirzayorovaga


Hammadan kuchliroq, hammadan tezroq,
Hammadan balandroq – azaliy daʼvat*.
G‘oliblarni tog‘dek ko‘tardi tuproq,
Dunyo botirlarga tutdi gulsavat.

Maʼnaviy kuchliroq, maʼnaviy tezroq,
Maʼnaviy balandroq bo‘lmoq muhim shart.
Yer bo‘lmas qoqi o‘t paridek to‘zg‘oq,
Olam butun bo‘lur,
Odam bo‘lur mard!

Hamon haq-nohaqni ajr etar maydon,
Hamon kurash borar or-nomus uchun.
Hamon qadri uchun qayg‘urar inson,
Hamon ezgulikka intilar ochun.

Hammadan uzoqqa sakrading, jayron,
Oltin shohsupaga g‘alabang payvand.
Sening sharafingga ko‘tardi jahon
O‘zbek bayrog‘ini hammadan baland.

Yig‘layman do‘ppimni otib osmonga,
Quvnayman yuragim ko‘z yoshga to‘lib.
Qadimgi Olimpdan yangi zamonga
Mag‘rur sakrab o‘tding Femida* bo‘lib.

Olimpdan ilohlar tushdi qoshingga,
Xushbo‘y atir sepdi fransuz beka.
Asila qizim deb, sening boshingga
Zafar gultojini kiydirdi Nika*.

Bu maydonda shohu gado barobar,
Muzaffar insonni qutlaydi inson:
“G‘alabang muborak bo‘lsin, birodar!”
Bir bo‘lsak – insonmiz, birlashsak – jahon!


*“Citius, altius, fortius” (lotincha) – “Kuchliroq, tezroq, balandroq” degan hikmatli so‘z 1894-yildan boshlab Olimpiada o‘yinlari shiori bo‘lgan.
*Femida – qadimgi yunon miflarida taqdir va adolat ilohasi. Uning ko‘zlari bog‘langan, bir qo‘lida tarozi, bir qo‘lida qilich bo‘lgan.
*Nika – g‘alaba ilohasi.


Husniddin Ato fotosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ayol baxti

GULBAHOR

Nurafshondan bir gul topdim, gulday nozik,
Gul ismini bahorlarga qo‘shdim yozib.

Chehrasida balqib turar dil quyoshi,
Qorlar tugul erib ketar tog‘lar toshi.

Ilm ahlin jam etgan bir koshonaga,
Zo‘r shijoat yozilgan bul peshonaga.

O‘zi guldir, yaratmishi go‘zal chaman,
Maftun bo‘lib gul kosadan suv ichaman.

Tashnaligim qondiradi gullar shohi,
Sheʼr yozolmay bosh aylanib ketar gohi.

Gullar bunday nazokatni qaydan olgan,
Yo bahorda jo‘shib oqqan soydan olgan.

O, bundayin latofatni ko‘rganim yo‘q,
Yuragimda gurillaydi olovli cho‘g‘.

Menga bir bor boqqanida humor ko‘zi,
Bir lahzada quyiladi sheʼrning o‘zi.

Gul navosi taralgaydir, yoqar zavqi,
Qalbingizni tark etmasin bahor zavqi.

Sochingizga tol popugin taqqim kelar,
Yo‘lingizga yashil chiroq yoqqim kelar.

Gul bahosi baland ekan, yetolmadim,
Balki gulni yaxshi taʼrif etolmadim.

Ne bo‘lsa ham chin yurakdan aytar so‘zim,
Gul shaydosi bu olamda manim o‘zim.

Siz bahorning lovullagan bir gulxani,
Bu olamda sizga yetar gullar qani.

Topolmadim sizdan ortiq go‘zalni men,
Gul haqinda yozilgan sheʼr, g‘azalni men.

Balki sizni Navoiyning Guli derman,
Siz osmonsiz, men pastdagi kichik yerman.

Bu shunchaki parvonamas, chin yonishdir,
Gul haqinda kuylanajak bir xonishdir.

Gulni sevib boshim yetdi osmonlarga,
Taʼrifingiz sig‘mas sheʼru dostonlarga.

Ashurali Boymurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ayol baxti

"Millatning kelajagi onalar qo‘lida, Vatanning taraqqiyoti bolalar qo‘lida"

ABDULLA ORIPOV

"Oxirgi vaqtlarda jadidlar hayoti, ularning faoliyati haqida ko‘p o‘qiyapman. Elbek domlaning bir gapi yoqdi: "Agar biz xotin-qizlarimizni o‘qitsak, butun jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz". Judayam to‘g‘ri gap bu. Chunki ayol bilimli, aqlli bo‘lsa, kerak bo‘lsa, ona sutidan bo‘lsa-da, bolaga bilimi o‘tadi."

ShAVKAT MIRZIYOYEV

@abdullaorifijodi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tarixiy natija: Husniddin Norbekov Paralimpiya oʻyinlarida uchinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi!

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kuni delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Nomdor para atletimiz Husniddin Norbekov Oʻzbekiston delegatsiyasiga sakkizinchi oltin medalni taqdim qildi.

F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan yurtdoshimiz 16.82 metr natija qayd etib, Paralimpiya rekordini yangilashga erishdi. Shu tariqa, Norbekov hisobidagi Paralimpiya medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar esa hozircha 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

Shu yilning 9-sentabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida kutubxonaning katta majlislar zalida "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida yosh va professional shoirlar o‘rtasida mushoira bo‘lib o‘tadi.
Ushbu mushoiramizga Sizni taklif etamiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan "Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi" nomli tadbir efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Mahmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TEMUR XO‘JANING YIRLARI YO‘LDOSH ESHBEK O‘GIRMASIDA

Abdumurod Tilavov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

“Olim va shoir. Bu insonning olim sifatida meni xursand etgan ishlaridan biri – nima bo‘lsa ham, qanday bo‘lsa ham, tom va to‘la maʼnoda “o‘zbek shoiri Shayboniyxon sheʼriyati”dan ilmiy ish yoqlagani, uni himoya qilgani (Turkiya turklaridan emas, bizdan)dir...

Adabiyot o‘qituvchisining: “Turkcha adabiyotga bir uyg‘un til emas. Fors va arab kalimalarisiz Turkcha sheʼr yozilishi mumkin emas!” degan so‘zlari Temur Xo‘jaga og‘ir keladi...

Davomi...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Paralimpiya ilhomlari

ELIMNING CHEMPION O‘G‘IL-QIZLARI


2024-yil Parijda o‘tkazilgan Olimpiada g‘oliblariga

Alpomish kelbatli o‘zbek o‘g‘loni
Bilagi baquvvat, botir bo‘ladi.
Tumarisga izdosh qiz-u juvoni
Raqibin yengishga qodir bo‘ladi.

Yangi O‘zbekiston – porloq iqboli,
Sport olamida yorug‘dir yuzlar.
Vatanimning tayanch, hur istiqboli,
Jasur yigitlaru mardona qizlar.

Tomirida oqar ajdodlar qoni,
Niyati ulug‘dir, qadamlari oq.
Kurash maydonida toblangan joni,
Qo‘lida Kubroni yod etgan bayroq.

Bu kunlar kelishin kutgan edi el,
Amalga oshirdi kelajak avlod.
Yurt shaʼnin ko‘tarmoq orzusida bel
Bog‘lab ko‘ngillarni qilishdi obod. 

G‘olibliklikning ulkan shohsupasida,
O‘zining kuchiga ishongan yoshlar.
Dunyoga tanilib, el orasida,
G‘alaba qozonib quvongan yoshlar.

Parij o‘lkasida jarangdor ovoz,
Yurtim madhiyasi yangradi mag‘rur.
Xalqning yuragida shodlik sarafroz,
Mardlar jasorati bag‘ishlar surur.

Zuhra Begim

Читать полностью…
Подписаться на канал