Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
#Табрик
Бугун Ўзбекистон Халқ шоири Усмон Азим таваллуд топган кун.
🔸 Усмон Азим Сурхон воҳасининг Бойсун туманида 1950 йилда туғилган.
💠 Таваллуд кун муносабати билан "Ёшлар кундалиги" жамоаси номидан устоз Усмон Азимни табриклаймиз!
XONDAYLIQIY XOTIRLANDI
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir va tarjimon Sidqiy-Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda jamoat arboblari, shoir-yozuvchilar, yosh ijodkorlar, shoirning muxlislari qatnashadi.
Kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid olib bordi. Shoir Sidqiy Xondayliqiy g‘azaliga yozgan “Jonim Vatan” nomli muxammasini o‘qidi.
– Ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida Sidqiy Xondayliqiyning “Tanlangan asarlar”i nashrga tayyorlanayapti, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Kitobda tarjimashunos olim Begali Qosimovning so‘zboshisidan foydalanayapmiz. Kitob tez orada o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rahmatilla Sheraliyev, “Do‘stlik” ordeni sohibi Asad Asilov so‘zga chiqib, shoirning o‘zbek adabiga qo‘shgan hissasi, sheʼriyatidagi mavzular, ijodiy qirralari haqida maʼruzalar qildi.
– Bu kecha Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning boshlanishidir, – deydi Maxmud Toir. – Hali Bo‘stonlik tumanida – adib tug‘ilib yashagan go‘shada shoir yubileyi bilan bog‘liq tadbirlar davom etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zohidjon Olov shoir g‘azaliga bag‘ishlangan muxammasini o‘qib berdi. Yosh ijodkorlar Iroda Rahmonaliyeva, Erkin Hojimuhammad shoir va uning sheʼrlariga bag‘ishlangan sheʼrlardan aytdi. Xonandalar Asliddin Do‘stov, Ozoda Yorovaning musiqiy chiqishlari esa kechaga fayz bag‘ishladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi
Читать полностью…JONLI EFIR
Hurmatli ijodkorlar, adabiyotsevarlar, ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirga boshlandi. Tadbirni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qiling.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
👇
https://fb.watch/tWKpojbxy0/
Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O’zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
Читать полностью…#mahalla_yangiliklari
Abay Qo'nonboyev tavalludining 179 yilligi.
🗓 09.08.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
Olimpiada ilhomlari
IFTIXOR
Parij Olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlariga
Bobolarim bellarida belbog‘ bo‘lgan,
Momolarim yashagan joy gulbog‘ bo‘lgan,
Va ulardan meros qolgan bu vatanning –
Yigitlari – botir, qizi – gulmoh bo‘lgan.
Suyanishib o‘z kuchi va orlariga,
Kurash tushib, yetishgandir yorlariga,
Hu tog‘larning burgutlari, sorlariga –
Mardlik, Vatan darslarini bermoq bo‘lgan.
Shaylamagan tillarini quruq so‘zga,
Vatanning tuprog‘ini surib ko‘zga,
Shu elni deb, shu yurtni deb, demay o‘zga –
Bir-birlari bilan etu tirnoq bo‘lgan.
Kim bilmaydi ul Pahlavon Mahmud nomin?
Bilagida bunyod etgan yurtning shonin,
Ashʼorlari mardlar uchun asli qonun,
O‘z kuchiga tani metin qirg‘oq bo‘lgan.
O‘zini mard sanaganlar maydon kelsin,
Farqi ham yo‘q – daʼvogar kim, qaydan kelsin?
Faqat dilga halollikni joylab kelsin,
Shu shart bilan maydonlarga kirmoq bo‘lgan.
So‘zlarim ham sal olisdan boshlanganday,
Ko‘rindimi ko‘zlarim ham yoshlanganday?
Sizga nima, bo‘lsa agar qachon, qanday?!
Soylarning ham taqdirida irmoq bo‘lgan.
O‘sha irmoq bugun yana pishqirmoqda,
Go‘dak bolam barmoqlarin musht qilmoqda,
Tomirlarda boboqonim jo‘sh urmoqda,
Kelaversin “O‘zbek kim?” deb so‘rmoq bo‘lgan.
O‘z qaddini yana tiklab olib, bu yurt,
Peshqadamlik saflarida g‘olib bu yurt!
Dunyolarni hayratlarga solib bu yurt –
Olimp sari mardonavor bormoq bo‘lgan.
Ozodligim qaytib berdi o‘zligimni,
Yo‘g‘on bilak, yovqur, lochin ko‘zligimni,
Dunyo bildi bugun bitta so‘zligimni,
Pisib qoldi ustimizdan kulmoq bo‘lgan.
Anglash qiyin zimdan boqib, zimdan so‘rab,
“Bu so‘zlarni yozding, demang, kimdan so‘rab?”
Mag‘rurlikni jasur Yurtboshimdan so‘rab,
Bir niyatim o‘zimga Bek bo‘lmoq bo‘lgan.
“Mard maydonda sinaladi” degan gap bor,
Muhammadning ummatiman, Egam – Jabbor,
Bilagimda kuchim bor-u Ul madadkor,
Ayb mendamas, mag‘lub bo‘lsa yengmoq bo‘lgan.
Qarang, Yangi O‘zbekiston davronlarin –
Samolarga tutashtirar narvonlarin!
Ushaltirib Sohibqiron armonlarin,
Maqsadi ham Yer singari kengroq bo‘lgan.
G‘ururlarga to‘yintirib yuragini,
Polvonlari yer silatmas kuragini,
Ko‘kka boqmay, samolarning suratini –
Raqibining ko‘zlarida ko‘rmoq bo‘lgan.
Shashtim baland, tog‘ oshaman, qir oshaman,
Kimni ko‘rsam o‘z tilimda so‘rashaman,
Aytib qo‘yay, men o‘zbekcha kurashaman,
Menga bunda ajdodlarim o‘rnak bo‘lgan.
Bobolarim bellarida belbog‘ bo‘lgan,
Momolarim yashagan joy gulbog‘ bo‘lgan.
O‘zbegimning menday shoir bolasining –
Bir qo‘lda sheʼr, bir qo‘lida bayroq bo‘lgan!
12.08.2024
Orif To‘xtash,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
***
Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovga
Uxlamaydi butun dunyo yarim tunda,
Parij boqar nigohida hayrat, havas.
Jang boradi,
hayot-mamot jangi ringda,
Kuzatadi insoniyat olmay nafas.
Ahli olam nigohlari shu yerda jam,
Ekranlarga tikilgancha qotgandir tek.
Parij qara, ko‘tarilar ringga shaxdam,
Qadim Turon ellaridan kelgan o‘zbek.
Alpomishning chin, haqiqiy zuryodi u,
Pahlavonlar shajarasi – yovqur nasl.
Jaloliddin, Amir Temur avlodi u,
Har otaning orzusidir bunday o‘g‘il.
Bilagida kuchi bordir qirqta sherning
Hech bir raqib to‘xtatolmas uni bukun.
Farzandi u diyonatli, ulug‘ elning
Ringga chiqqan O‘zbekiston ori uchun!
Qaytgin deya Parijlardan
bo‘lib g‘olib,
Onajoni dilbandini duo qilar.
Yurtboshining olqishidan quvvat olib,
Bahodirning bilaklari kuchga to‘lar.
Diqqat bilan kuzatadi ahli jahon,
Ro‘zg‘or, turmush ishlarini chetga surib,
Bahodirning siymosida O‘zbekiston,
Shohsupaga ko‘tarilar ko‘krak kerib...
Kibr otida bu maydonga kelganlarni,
Shashtlaridan tushirar u juda oson.
O‘zbek ona tug‘ar shunday o‘g‘lonlarni,
Polvon qilib ulg‘aytirar ota makon!
Abdumajid Azim,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
"Ishonch" gazetasining 2024-yil 12-avgust kungi soni bosmadan chiqdi. Unda Prezidenimizning Olimpiada g‘oliblarini qutlagani va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qo‘chqor Norqobilning olimpiya qahramonlariga bag‘ishlovini o‘qiysiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada ilhomlari
HAYOTDA QAYTA UYG‘ONDIM!
“Olimpiada-2024”da oltin medal sohibi bo‘lgan yurtdoshlarimga
Jahon maydonida ko‘rdim buyuk Sohibqironimni,
Zamonlar zulmiga bo‘y bermagan aftoda onimni.
Hayot charx ostida yongay, muhabbat dilda uyg‘ongay,
Raqib mushtim bilan qongay, olarkan imtihonimni.
Bu ko‘nglimga bahor keldi, Diyora Keldiyor keldi,
Yurakda iftixor keldi, to‘shay yo‘lingda jonimni.
O‘zingsan mardu maydonim, samodil Barchinoyjonim,
Sog‘inch ko‘z yoshidek qonim, ravon etgay dovonimni.
Ulug‘bek, sen ulug‘ beksan, agar ko‘nglimni chog‘ etsang,
Raqibga ko‘rsatib ketsang, mening tengsiz jahonimni.
Yozar dil Andijonimga, Hasanboy kelsa yonimga,
Quyosh uyg‘ondi qonimga, ko‘rolmaysiz ziyonimni.
Bu zot farzandi Farg‘ona, kezar maydonda mardona,
Asadbek xo‘ja parvona, ado aylar fig‘onimni.
Lazizbek Mullajonov ham, emas aslo birovdan kam,
Ularning bari jamuljam, yoritgay osmonimni.
Razambek ko‘ngli chog‘imdir, yonib turgan chirog‘imdir,
U ham afsona tog‘imdir, qorishtirganda qonimni.
Qarang, Abdumalik kelgay, raqiblarga hadik kelgay,
U maydon ichra tik kelgay, etib burro zabonimni.
Bahodir o‘zga bir dunyo, boqar alplarga beparvo,
Bu kun Alpomishim go‘yo, quchar qutlug‘ zamonimni.
Ko‘rib Axtamquli yondim, hayotda qayta uyg‘ondim,
Vatanning mehridan qondim, sevib oltin makonimni.
Axtamquli,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.
Давлатимиз раҳбари аввало спортчиларимизнинг Париж Олимпиадасидаги улкан тарихий зафарлари билан бутун халқимизни чин қалбидан табриклади.
“Токио олимпиадасидан кейин яхши ният билан топ-15 га кирамиз деб, олдимизга катта мақсад қўйган эдик. 208 та давлат вакиллари қатнашган мусобақада спортчиларимиз юксак матонат, маҳорат ва ирода кўрсатиб, дунёда 13-ўрин, Осиёда 4-ўрин, туркий, мусулмон ва МДҲ давлатлари орасида 1-ўринни эгаллади. Бир йўла 3 нафар спортчимиз “икки карра олимпия чемпиони”, деган юксак шарафли номга сазовор бўлди.
Бу Янги Ўзбекистон ёшлари нимага қодир эканини бутун дунёга кўрсатиб, уларнинг натижалари тарихимизда зарҳал ҳарфлар билан муҳрланди.
Барча спортчиларимиз, уларнинг ота-оналари, устоз ва мураббийлари Янги Ўзбекистоннинг чинакам қаҳрамонларидир! Улар билан ҳар қанча фахрлансак арзийди, улар бизнинг ғуруримиз!”,
Olimpiada ilhomlari
BU HALI HOLVASI...
Qonlari ko‘pirdi yana o‘zbekni,
Shonlari gupirdi yana o‘zbekni.
Do‘stlari yurakdan bu kun shod o‘ldi,
Raqibi o‘kirdi yana o‘zbekni.
Qaddin tiklayapti kun sayin xalqim,
Yelkasi kun ko‘rdi yana o‘zbekni.
Duo ketgan buloq ko‘zi yopilmas,
Bulog‘i jo‘sh urdi yana o‘zbekni.
Ozgina eʼtibor – ko‘kka ko‘tarar,
Eʼtibor ko‘tardi yana o‘zbekni.
Oshi bilan o‘zbek dunyoni olmas,
Quvvati toshurdi yana o‘zbekni.
Kuchi mashhur edi azal-azaldan,
Kuchin ellar ko‘rdi yana o‘zbekni.
Sherlar makonida sherlar tug‘ilar,
Sherlari tug‘ildi yana o‘zbekni.
Bu hali holvasi – shoshmay turinglar,
Mushtlari tugildi yana o‘zbekni!
12.08.2024
Nosirjon Toshmatov
Rasmlar muallifi: Husan Sodiqov
TAKLIFNOMA
Hurmatli ijodkorlar, adabiyotsevarlar, Sizni 2024-yil 13-avgust kuni soat 11:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadigan tadbir, atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirga taklif qilamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!
✅ Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.
Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.
📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Olimpiya ilhomlari
HAMISHA OLAM ARO QUCH ZAFAR, O‘ZBEKISTON!
Ona yurtim qadami har doim bo‘lgan qutlug‘,
Mehri beqiyos, tanti, quyoshday o‘chmas o‘tlug‘.
Unga ezgulik hamroh, unda bordir matonat.
O‘zi bekday egilmas sira sabr-u qanoat.
Bag‘rikenglik azaldan bobolardan merosdir,
Avlodlari Alpomish, Barchinoylarga xosdir.
Baham ko‘rgan hattoki qolgan parcha nonini,
Doimo saqlab kelgan sharaf ila shonini.
Dunyo o‘zi behudud, kurash avj olgan maydon,
Unda tik turolganlar bo‘lgay albat, qahramon.
Qo‘llarda hilpiragan xush niyat bayrog‘idir,
Bu do‘stlik bellashuvi, oriyat sabog‘idir.
Yurt ishonchin oqlay deb maydon tushsa o‘zbegim,
Keldi qalbim to‘ridan “Olg‘a, o‘zbegim!” degim.
Xalqim duo qilganda, to‘lib-toshib yuraklar,
Birma-bir yerga tegdi qancha-qancha kuraklar.
Bayrog‘imiz yuksakda, yangrasa madhiyamiz,
Ko‘zlarda yosh, kuzatdik “Yasha, balli”, deya biz.
Olimp kitobi aro Vatan nomin naqsh etdi,
Bu dillarga cheksiz baxt, iftixorlar baxsh etdi.
Toleyi yarqiragan har yoshning peshonasi,
Shoda-shoda medallar — g‘oliblik nishonasi.
Muzaffarlik xabarin yayrab eshitgan zahot,
Yurtboshi ham qutladi — avlodlardan dili shod.
G‘oliblik sururidan el qalqib dengiz misol,
Alqamoqqa oshiqdi farzandlarin betimsol.
Bugun ular mamnun o‘z jigargo‘shalaridan,
Bayram qilib borishar poytaxt ko‘chalaridan.
Ko‘rib quvna, ey hayot, g‘oliblik nashidasin,
Asrlardan asrga o‘tgan shon qasidasin.
Illo, bitmagay axir bu safar, O‘zbekiston,
Hamisha olam aro quch zafar, O‘zbekiston!
O‘tkir Rahmat
@Otkir_Rahmat
Atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirdan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Бугун – Ўзбекистон Халқ шоири Усмон Азим туғилган кун
“ШОИРЛАРИ ЁЛҒОН АЙТСА ЎЛАДИ ЭЛ...”
Шеъриятнинг, адабиётнинг мезони – ҳақиқат. Ҳақ ва ҳақиқатга зид асар, қанчалик маҳорат билан ёзилган бўлмасин, ҳеч қандай қимматга эга бўла олмайди. Буюк Алишер Навоий бобомизнинг ижод концепцияси асосида ҳам ана шу мезон туради. Биргина мисол: улуғ шоир “Хамса”нинг иккинчи достони “Ҳайрат ул-аброр”да мана бундай ёзади:
Нукта су янглиғ эритур тошни,
Топса ҳақиқат ўтидин чошни.
Бўлса ҳақиқат гуҳаридин йироқ,
Ришта сўзин сўзламаган яхшироқ. Давоми...
Нурбой Жабборов
Qutlov!
USMON AZIM
13-avgust – Usmon Azim tug‘ilgan kun.
Usmon Azimni xalqimiz sevimli shoir, ardoqli dramaturg, yozuvchi, kinotsenariychi, yuksak badiiy mahoratli tarjimon sifatida yaxshi biladi va hamisha qadrlaydi.
U 1950-yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shundan so‘ng O‘zbekiston radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976-1988), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988-1989), O‘zbekiston Prezidenti devonida (1991-1994), “Savdogar” gazetasida (1995-1999) turli vazifalarda ishladi. 2003 yildan O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida adabiy bo‘lim mudiri vazifasida xizmat qilmoqda.
Shoir 1979 yilda chop etilgan “Insonni tushunish” ilk sheʼriy kitobi bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Shundan so‘ng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Ko‘zgu” (1983), “Surat parchalari”, “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “G‘aroyib ajdarho” (1990), “Uyg‘onish azobi” (1991), “G‘ussa”, “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yo‘q ekan” (1995), “Kuz” (2001), “Fonus” (2007), “Yurak” (2009) kabi sheʼriy kitoblari, “Jodu” (2003) nasriy to‘plami, “Adibning umri” (2011), “Jimlik” (2012) dramatik asarlari bosildi.
“Saylanma” (1995), “Tanlangan asarlar” (2021) hamda ko‘p jildlik sheʼriy kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. “Kuz” va boshqa o‘nlab to‘plamiga kirgan betakror sheʼrlari, dostonlari kitobxon qalbidan joy egalladi.
Usmon Azim jahonning Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichyus kabi o‘nlab shoirlari ijodidan namunalarni ona tilimizga yuksak badiiy mahorat bilan o‘girdi. O‘z navbatida o‘zining sheʼrlari ham fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilindi. Ko‘plab sheʼrlari elimizning sevimli hofiz va xonandalari tomonidan ijro etib kelinadi.
Radiodramaturgiya sohasida “Baxtli bo‘laylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” asarlarini yaratganidan so‘ng drama janrida “Kunduzsiz kechalar” (1998), “Alpomishning qaytishi” (2000), “Bir qadam yo‘l” (2002), “O‘tgan zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005) nomli pyesalari sahnalashtirildi. Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda o‘tgan xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. “Alpomishning qaytishi” asari uchun 1999-yilning “Eng yaxshi dramaturg”i deb eʼtirof etildi. Ssenariylari asosida “Sevgi” (1998), ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) nomli badiiy filmlar suratga olindi. “Alpomish”ning kinotalqini uchun Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotga loyiq ko‘rildi.
Usmon Azimning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish bo‘yicha xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O‘zbekiston xalq shoiri” (2000) faxriy unvoni, “Do‘stlik” (1997), “El-yurt hurmati” (2020) ordenlari bilan mukofotlandi.
Usmon Azim 1982-yili shoirlarning xalqaro bellushuvida Gruziyaning Viladimir Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ustoz ijodkorni ushbu sana bilan muborakbod etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Chempionlar korteji shahar bo'ylab harakatlandi. O'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan delegatsiyamiz Milliy Olimpiya qo’mitasida tantanali kutib olindi. Parij-2024 qahramonlari Prezident sovg'alarini qabul qilib olishdi.
Читать полностью…TA'ZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushmaning Namangan viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Gulchehra Zokirovaga padari buzrukvori Bahromjon Zokirovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiada ilhomlari
SIZ DAVRONGA YARASHGAYSIZ
O‘zbekiston sportchilariga
Dunyo bilan tenglashdik biz,
Yangi doston bo‘ldi bunyod.
Sahro bilan sirlashdik biz,
Bog‘u bo‘ston bo‘ldi bunyod.
Tuproq olsak oltin bo‘ldi,
Bo‘lganiga ming bor shukr,
Bir musht bo‘lib birlashdik biz,
O‘zbekiston bo‘ldi bunyod.
Maydonlarda yurt shaʼni deb,
Raqib-la kuch talashdingiz,
Omad sizga qarashganda,
Siz Vatanga qarashdingiz.
Belda belbog‘, dilda orzu,
Bo‘ldi baland bayrog‘imiz,
Davron sizga xo‘p yarashdi,
Siz davronga yarashdingiz.
Ulug‘likni bermish tangrim,
Yurt deb zahmat chekkanlarga,
Yosh yurakka ezgulikning
Niholini ekkanlarga.
Qaytib bermish Sohibqiron
Savlatini, davlatini,
Nigohini g‘oliblikning
Cho‘qqisiga tikkanlarga.
Mard o‘g‘lonlar tuqqan elim,
Tushmasin, hech boshdan tojing,
Yurt shaʼnini nomus bilmoq,
Sening faxring, sening rozing.
Dilbandlaring yurtga zafar —
Mashʼalasin baland tutib,
Qaytar bo‘ldi, toki shunday
Yangrasin baland ovozing.
Dunyo bilan tenglashdik biz…
Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
"Nurafshon" telekanali "Ajdodlar merosi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Muallif – Gulnora Otajonova. Kadr orti matnini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev o‘qidi.
/channel/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV
Olimpiada ilhomlari
***
Vatan qahramonlariga!
Birlashmagan barmoq qo‘lda begona,
Kim ayro, tark etar hatto soyasi.
Sizni bir musht etdi – etdi yagona
Yangi O‘zbekiston buyuk g‘oyasi!
Zarb jangida oldi besh oltin o‘zbek,
Parij hayron boqdi – bu nehol, nadir?!
Temur, Jaloliddin, Alpomish tirik
Ekanin isbotlab qo‘ydi Bahodir!
Olimp tarixida o‘z muhrin bosdi,
Ilk oltin egasi – qizing Diyora!
Xalqim, madhing tinglab titradi rosti,
Yuksaklikning ramzi – Eyfel minora!
Zo‘r bo‘lsang tan olar raqib ham kuching,
Bag‘riga bosadi hatto do‘stona!
Prezidentga bergan vaʼdasi uchun,
Ringda g‘olib turar Hasanboy yana!
Ulug‘bek, Asadxo‘ja, Lazizbek, Razambek,
Abdumalik ukam, oltin muborak!
Olimp osmonida sport ramzidek
Akbar, Svetlana boqar mushtarak!
Alisher, G‘ulomjon, Muzaffarbegim –
Barchangiz shu elga farzand munosib,
O‘n uch chempionim, Sizlarni bugun
Yurtboshim qutlaydi bag‘riga bosib!
Siz Yangi tarixim – qadr-qimmatim,
Shahdingizda millat matonati bor!
Shu yurtning non-tuzi haqqi-hurmati,
Sizdan Xalqim rozi, Vatan minnatdor!
11.08.2024
Qo‘chqor Norqobil,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist
Olimpiya ilhomlari
YANGI O‘ZBEKISTON G‘ALABASI
Bahodir Jalolov va barcha Olimpiada ishtirokchilariga bag‘ishlov
Bahodir – zo‘r pahlavon, qalbi so‘nmas cho‘g‘lidir,
Polvon el, Vatanimning asl polvon o‘g‘lidir,
Yurt bayrog‘in balandda tutgan g‘olib – tug‘lidir,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Besh qitʼani lol etdi, musht bo‘lib besh barmog‘i,
Yov endi yurak yutib qiyin qarshi bormog‘i,
Asrlarga tatiydi bu oltinning salmog‘i,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Mamlakat Egasining muddaosi, matlabi –
Yashasin har o‘g‘il-qiz sor kabi, burgut kabi,
Chempionlar maktabi – Bahodirning maktabi,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Barakalla, jahonning ikki bor chempioni,
Ikki ming bor yuksaldi, Vatan, millatning shoni,
Yangradi madhiyamiz – o‘zbekning kuy-zaboni,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Shubhasiz, Everestdan Olimp cho‘qqisi yuksak,
Bo‘lar ekan-ku, mana, cho‘qqiga tug‘ni tiksak,
El oldiga quyoshdek yorug‘ yuz bilan chiqsak,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Alpomishga barobar, ham qaddi, ham kelbati
Alpomishning o‘zidek shiddati, salobati,
Olimp tog‘idan boqdi O‘zbekiston davlati,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
Bahodir – zo‘r pahlavon, qalbi so‘nmas cho‘g‘lidir,
Polvon el, Vatanimning asl polvon o‘g‘lidir,
Yurt bayrog‘in balandda tutgan g‘olib – tug‘lidir,
O‘zbekning jahon uzra qutlug‘ martabasi bu,
Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabasi bu.
G‘ayrat Majid
#Шарқ_юлдузи (05/2024)
#Адабиётшунослик
Абдусаид Кўчимов
ЎЗАНИГА СИҒМАГАН ДАРЁ
Ўзанига сиғмай, пишқириб оқаётган дарё.
Баланд тоғларни кунпаякун қилмоқчидек ҳайқириб қирғоққа урилаётган асов
тўлқинлар.
Ғайрати вужудидан тошиб кетаётган – “ичида деви бор” одам. Ва Мамадали
Маҳмудов (Эврил Турон)...
Мамадали Маҳмудовга дунё торлик қилди – шу дунёда яшаб, шу дунёга сиғмади;
жамият ичида туриб, жамият тартибларига бўйсунмади. Гоҳ чақмоқ, гоҳ чашма;
гоҳ бургут, гоҳ булбул сингари бирда шиддаткор, бирда закий, бирда шикаста. Ўзи
истаганча, ўзи хоҳлаганча эркин, ўктам, қисинмай кун кечирди, ўзи ёққан оловга
қоврилиб яшаган пайтлари кўп бўлди.
Olimpiada kundaligi
SIZLAR BOSHQACHADA, SIZLAR BOSHQACHA
Olacha do‘ppingda olam sollanar,
Botirim, qahramon bolam, tomirim.
Bugun, kuragingdan hayratga qolib,
Butun dunyo o‘qir mardliging sirin.
Sen momom yuzidan nur olgan qizim,
Diyoram, kulgiching qurboni bo‘lay.
Mardginam, g‘ururim osmon qilding-ku,
Kichkina jussangdan o‘zginam o‘lay.
Bobom belbog‘ining
mahkamligi bor,
Aqling bo‘ylaringga esh, Bahodirim.
Osmonni kaftingda tutganday bo‘lding.
Sen borsan, Vatanim tinch bahodirim.
Hasanboy, boy bolam, hoy bolam, tolma,
Onangga qo‘shilib yig‘ladim men ham.
Paxta dalasiday keng bag‘ir bergan,
O‘zbekiston degan Vatandan qolma.
Bu buyuk yig‘idan eling ko‘karar,
Vujudim titratgan, polvonim yig‘la.
O‘psang faqat, yig‘lab bayrog‘imni o‘p,
Senga teng bo‘lmagan, raqibing tig‘lab.
Ulug‘bek, Lazizbek, Asad, Malikjon,
Bek desa beklardek baquvvat tog‘im.
Oynai jahonga singib ketdima,
Alpomish tirilib kelganday chog‘i.
Hay-hay, ko‘zmonchog‘ni ko‘zimga osib,
Tuflayman, irimim yodimga tushdi
Ko‘zlar tegmasin-a, ko‘zlar tegmasin.
Bugun oltinlarim yonimga tushdi.
Oh, polvon, bolam-a, oh, sarbon bolam.
Tonggacha ko‘zimga indi halovat.
O‘zbek onalari, qara, tonggacha,
Yurtim tinchligiga o‘qir salovat.
G‘alabang yarashgan chiroyli bolam,
Yarashding ko‘zimdan oqqan yoshgacha.
O‘zbek beshigida tebrandi dunyo.
Sizlar boshqachada, sizlar boshqacha.
Gulbahor Jumayeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Studiya 24 | Qo‘chqor Norqobil — Yozuvchilar uyushmasi azosi, shoir va dramaturg bilan suhbat
Читать полностью…Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlar va salmoqli natijalar yuzasidan keng jamoatchilik munosabatlari
Читать полностью…